hujjatlarda blanket tusda bo‘lgan muayyan jinoyat-huquqiy normaning
(masalan, JK ning 285-moddasi) tutgan o‘rni
va mazmuni batafsilroq aks
etadi, lekin unga xos bo‘lgan dispozitsiyasi va sanksiyasi bo‘lgan
normaning o‘zi faqat Jinoyat kodeksida mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘iston
O‘zbekiston tarkibiga kirishi va O‘zbekistonning qonunlari Qora-
qalpog‘istonning hududida ham majburiy ekanligi to‘g‘risidagi qoidalariga
muvofiq (Konstitutsiyaning 71- va 72-moddalari)
1
Jinoyat kodeksi,
shuningdek, jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning
yagona
shakli bo‘ladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ham amal
qiladi.
Jinoyat kodeksi ham O‘zbekiston hamda Qoraqalpog‘iston uchun
yagonalashtirilgan (yagona) bo‘lib, boshqa qonunchilik hujjatlari
(masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari, Jo‘qorg‘i
Kengesning qarorlari va hokazolar) Qoraqalpog‘iston Respublikasining
hududida jinoyat qonunining manbai sifatida tan olinishi mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: