8. Qaysi asari turkiy xalqlar uchun bebaho qumaru – merosdir? Javob: «Devonu lugʻot at-turk» 9. «Devonu lugʻot at-turk» asarida turkiy tildagi soʻzlar maʼnosini qaysi tilda izohlab beradi? Javob: arab tilida 10. Misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi qaysi? Javob: rajaz 11. Qaysi olim oʻz asari haqida «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli soʻzlar, saj’( qofiyali nasr)lar, maqollar, rajaz(misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanib kelgan sheʼrlaridan, shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlardan, maqollardan keltirdim», deydi? Javob: Mahmud Koshgʻariy 12. «Devonu lugʻot at-turk» asari nechinchi yilda yozila boshlagan? Javob: 1072-yilda 13. «Devonu lugʻot at-turk» asariga kirgan materiallar necha yillar davomida toʻplangan? Javob: 15-20 yillar davomida 14. Qaysi olim oʻz asari haqida quyidagi jumlalarni yozadi: «Men turklar, turkmanlar, oʻgʻuzlar chigillar, yagʻmolar qirgʻizlarning shaharlari qishloq va yaylovlarini koʻp yillar kezib chiqdim, lugʻatlarini toʻpladim» Javob: Mahmud Koshgʻariy 15. Muallif Kitobni qachon yozila boshlangan deb koʻrsatadi? Javob: hijriy 464-yil jumodul-avval boshlarida
15. Qaysi asar «Kitob hijriy 464-yil jumodul-avval boshlarida boshlandi va toʻrt karra yozilgandan(koʻchirilgandan) va tuzatilgandan soʻng 466-yil jumodul-oxirning 12-kuni (1074-yil) bitirildi» deb koʻrsatilgan? Javob: «Devonu lugʻot at turk» 16.«Devonu lugʻot at-turk» soʻzining maʼnosi nima? Javob: «Turkiy tillar lugʻatlari»