Javob: turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bogʼliq parchalar
31. Qaysi asarda yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yoʻnaltirish kabi qadimgi
turmush tarzining manzaralari aks etgan?
Javob: «Devonu lugʻot at-turk»
31. Qaysi sheʼrda marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon boʻladigan
xislatlarga beriladi?
Javob: «Erdi ashin taturgʻan»
32. «Erdi ashin taturgʻan» she'ridan nima tasvirlangan?
Javob: qabilaning sobiq jasur aʼzosi vafot etganligi, ammo uning tirik paytidagi koʻplab ochiqqoʻl,
mehmondoʻst va qoʻrqmas, dovyurak, shijoatli kabi fazilatlari alohida taʼkidlanmoqda.
33. «Devon»dagi lirik qoʻshiqlarda qanday mavzular yetakchilik qiladi?
Javob: insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuygʻulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari
tasviri
34. «Devonu lugʻot at-turk»da turkiylarning doimiy yoʻldoshi hisoblangan hayvon qaysi?
Javob: Ot
35. «Iqilachim erik boʻldi» («Shoʻx, oʻynoqi otim chopqir boʻldi») sheʼrida nima tasvirlanadi?
Javob: tabiatdagi oʻzgarishlar (qishning ketib, bahorning kelishi) hayvonot olamiga taʼsiri
taʼriflanayotganday boʻlsa-da, aslida, bu ham insonning oʻz kuzatishlari natijasidagi taʼsirlanishdir.
36. «Devoni lugʻot at turk»dagi qoʻshiqlar orasida qanday qoʻshiqlar mavjud?
Javob: mehnat va marosim qoʻshiqlari, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bogʻliq
qoʻshiqlar, mavsum qoʻshiqlari
37. Qaysi atama ilk marta Mahmud Koshgʻariy tomonidan qayd etilgan?
Javob: Qoʻshiq
38. Mahmud Koshgʻariy “qoʻshiq” atamasiga qanday izoh bergan?
Javob: sheʼr, qasida
39. Qaysi janr oʻziga xos adabiy boʻlib, u asar qahramonlarining oʻzaro tortishuvi, bahsi asosida
quriladi?
Dostları ilə paylaş: |