Javob: Jonlantirish 55. «Bulnar meni ulas koʻz...» («Xumor koʻzli (goʻzal) meni asir qiladi...») toʻrtligida qaysi usul asosiy oʻrin tutadi?
Javob: Sifatlash 56. «Bulnar meni ulas koʻz...» toʻrtligida qoʻllangan sifatlashlar qaysi? Javob: ulas, qara, qizil 57. «Alp Er Toʻnga oʻldimu?...» toʻrtligida sheʼrning taʼsir kuchini taʼminlayotgan asosiy unsur qaysi? Javob: qofiya (oʻldimu-qaldimu-aldimu) 58. «Devon»da koʻz yoshlarini nimaga oʻxshatgan? Javob: Buloq 59. Qaysi asar qahramonlik qoʻshiqlarining jamlangani bilan alohida eʼtiborga molik? Javob: «Devonu lugʻot at-turk» 60. Qaysi sheʼriy va nasriy parchalarda Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarining daxlsizligi uchun kurash gʻoyalari kuylangan? Javob: «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang» 61. Qadimgi turklarning qahramoni? Javob: Alp Er Toʻnga 62. Qaysi adib Alp Er Toʻngani tojiklar Afrosiyob deb atashini yozgan? Javob: Yusuf Xos Hojib 63. Mahmud Koshgʻariy Afrosiyobni qaysi shaharda turishini koʻrsatib oʻtadi? Javob: Qashqar – Oʻrdukent 64. Alp Er Toʻnga kim kabi kuchli bahodir? Javob: yoʻlbars kabi 65. Afrosiyobning farzandlari? Javob: Barman va Barsgʻan degan oʻgʻillari, Qaz ismli qizi 66. Qazvin shahrini kim qurgan? Javob: Qaz – Afrosiyobning qizi 67. Qaz soʻzning maʼnosi? Javob: qaz oʻyini – gʻoz oʻynaydigan joy 68. Kim Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan? Javob: Alp Er Toʻnga – Afrosiyob 69. Qaysi shahar sariqligi tufayli mis shahri sanaladi? Javob: Dizroʻyin