130
Dori vositalarini ishlab chiqarish uchun aseptik shartlarga rioya qilish
bo‗yicha sanitariya-gigiyena talablari.
Katta shaharlardagi zamonaviy dorixona o‗z
ichiga quyidagi xonalar
jamlagan aseptik bo‗linmaga ega bo‗lishi kerak: shlyuzli defektor, shlyuzli aseptik
xona, sterilizatsiya va distillash xonalari. Aseptik bo‗linma alohida kirish joyiga
ega bo‗lishi yoki boshqa xonalardan shlyuz bilan ajratilishi kerak.
Aseptik sharoitda dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishtirok etadigan ishchi
xodimlar shlyuzga kiraverishda maxsus kombinzonlarni kiyadi, qo‗llarini yuvadi,
dezinfeksiya qilib, steril xalat, 4 qavatli doka bintdan tayyorlanilgan niqob
(maska), qalpoq (soch to‗liq yopilishi kerak) va baxilla kiyib, keyin aseptik xonaga
kiradilar. Niqobni har 4 soatda o‗zgartirish kerak. Steril bo‗lmagan sanitariya
kiyimida aseptik sharoitda dori-darmonlarni tayyorlash va
qadoqlash uchun xonaga
kirish va steril sanitariya kiyimida aseptik bo‗linmadan tashqariga chiqish
taqiqlanadi.
0,5 mkm dan katta zarralarni ushlaydigan havo filtrlari havoni tozalash va
toza saqlash uchun samarali hamda ishonchli antibakterial deb hisoblanadi.
Bundan tashqari, maxsus uskunalar yordamida aseptik bo‗limlarda toza
havolaminar
oqimlarini
tashkil
etish
tavsiya
etiladi.
Laminar-parallel
(aralashtirilmaydigan) havo oqimlari cheklangan maydon ichida bir xil o‗rnatilgan
tezlikda harakatlanadi. Bunday havo oqimining optimal tezligi 0,3–0,6 m/s
hisoblanadi, hamda kamida bir oyda bir marta majburiy mikrobiologik nazorat
o‗tkaziladi.
Yo‗laklar va sanoat binolaridan havo oqimini aseptik bo‗limga
kirishini
oldini olish uchun, aseptik bo‗limda kiruvchi-chiquvchi ventiyalsiya tizimini
tashkil qilish tavsiya etiladi, bunda havo oqimining kirishini chiqishdan ustunligini
ta‘minlash (+4-2) lozim. Olib kiruvchi ventilyasiya tizimlarining "toza" xonalarda
etarlicha havo ta‘minotini ta‘minlash uchun olib chiquvchi ventilyasiya
tizimlarining samaradorligi 80-90% ni tashkil qilishi kerak.
131
Aseptik bo‗limda havo muhitining sifatli saqlashning yana bir yo‗li xonada
mavjud bo‗lgan yuzalarga doimiy ishlov berishdir.
Yuvish vositalari va
dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda yuzalarni nam tozalash tavsiya
qilinadi. Aseptik bo‗linma binolarini tozalash ish oxirida smenada kamida 1 marta
amalga oshiriladi. Haftada bir marta, agar iloji bo‗lsa, uskunalar chiqarilishi bilan
umumiy tozalash amalga oshiriladi.
Aseptik bo‗lim yoki xonalarni tozalashda tozalash bosqichlari ketma-
ketligiga qat‘iy rioya qilish talab qilinadi. Tozalashni aseptik zonadan boshlash
kerak. Birinchi bo‗lib, devor va eshiklar yuzalarini shiftdan polgacha yuvish,
harakatlar yuqoridan pastga qarab bo‗lishi kerak. Keyin
statsionar
uskunalar
yuviladi va dezinfeksiya qilinadi, oxirida esa pollar yuviladi.
Aseptik
bo‗linmaga kiritiladigan barcha uskunalar va mebellar
dezinfeksiyalovchi eritma bilan oldindan tozalanadi. Tozalash va dezinfeksiya
qilish uchun ko‗pikli gubkalar, tolali materiallardan tayyorlangan salfetkalar
tavsiya etiladi.
Pollarni artish uchun, qattiq matolardan tayyorlangan lattadan
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: