3
Kirish
Hozirgi kunda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga katta e‘tibor
qaratilayotgani O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil
14 fevraldagi PQ-3532 sonli ―Farmatsevtika tarmog‗ini
jadal rivojlantirish
bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorida va 2019 yil 10
apreldagi PF-5707 ―2019-2021 yillarda Respublikaning farmatsevtika tarmog‗ini
yanada jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ gi farmonida batafsil bayon
etilgan.
Rivojlangan davlatlarda inson salomatligini muhofaza qilish va mehnat
qobiliyatini ko‗tarish haqida g‗amxo‗rlik qilish muhim davlat vazifalaridan
hisoblanadi. Kasalliklarning oldini olishda, sog‗lom turmush tarzini
shakllantirish
va targ‗ib qilishda tibbiyotda profilaktika yo‗nalishining xizmati benihoya
kattadir. Profilaktik tibbiyotga asos bo‗la oladigan fan - gigiyenadir.
Gigiyena –yunoncha «higiyenos» so‗zidan olingan bo‗lib, inson
salomatligiga tashqi muhit omillarining ta‘sirini o‗rganadigan, o‗rganish natijasida
olingan ma‘lumotlarga asoslanib me‘yor va qoidalarni ishlab chiqadigan fandir.
Gigiyena fani ishlab chiqqan me‘yor va qoidalar sanitariya muassasalari tomonidan
joriy etiladi.
Inson organizmi tashqi muhitning beto‗xtov almashinib turadigan ko‗p
omillari ta‘siriga
duch keladi, lekin organizmning tabiiy moslashuvchanlik
xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‗l qo‗ymaydi. Organizm bilan tashqi muhit
o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi esa kasalliklarga zamin yaratadi,
chunki
moslashuvchanlikning chegarasi bor. Gigiyena fani inson salomatligi va tashqi
muhit orasidagi mutanosiblikni saqlash zarurligini o‗rgatadi, inson vujudi va
faoliyati bilan atrof -muhitning uzviyligini ta‘minlaydi.
Gigiyenaning asosiy muammolari - bu organizm
bilan tashqi muhitning
o‗zaro munosabatlari - hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning o‗zaro ta‘siri va
birligi deb talqin qilinadi. Tashqi muhitning organizmga ko‗rsatadigan ta‘siri
organizmning nafas olish, ovqatlanish, termoregulatsiya
jarayonlarida namoyon
4
bo‗ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning
ta‘sirlariga, bularning sifati va miqdoriga bog‗liqdir.
P. Pavlov odam salomatligi tashqi muhit omillari ta‘siriga uchrab qolganida
kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bilan organizm o‗rtasidagi
muvozanat
buziladi, deb ko‗rsatib o‗tgan edi.
Gigiyena moduli farmatsevtik ishlab chiqarish muhitida fizikaviy, kimyoviy
va biologik, radiologik omillar ta‘siri, farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va
dorixonalarni loyihalashga, qurilishiga, jihozlanishiga va ekspluatatsiyasiga, toza
va
steril xonalarga, ishchi xodimlarga va ularning kiyimlariga qo‗yiladigan
gigiyenik talablarni o‗rganadi va farmatsevtik ishlab chiqarishida mehnat sharoitini
sog‗lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Darslik gigiyenaning asosini ochib berib, uning vazifalari sog‗liqni
saqlashdagi profilaktika masalalarini yoritib beradi. Farmatsevtika sohasida
farmatsevtlarning kasalliklarni
dorilar bilangina davolamasdan, kasallik sabablari
va oldini olish ishlarini olib borishlarida yordam beradi.
Darslikni
yanada
yaxshilash
maqsadida
o‗quvchilar
tomonidan
bildiriladigan fikr va mulohazalar, ko‗rsatilgan kamchiliklar
mualliflar tomonidan
mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: