1 gurux: Aqliy mehnat bilan band bo‗lganlar: korxona rahbarlari, ilmiy
tadqiqot xodimlari, tibbiyot xizmatchilari, o‗qituvchilar, tarbiyachilar, asab tizimi
zo‗riqishi bilan ishlovchilar.
2 gurux: Engil jismoniy mehnat bilan shug‗ullanuvchilar: tikuvchilar,
agronomlar, zootexniklar, veterinar xizmatchilari, tibbiy hamshiralar, sanitarkalar,
sanoat va oziq-ovqat do‗konlari xodimlari, aloqa va pochta xodimlari, jismoniy
tarbiya o‗qituvchilari, murabbiylar.
3 gurux: O‗rta og‗irlikdagi jismoniy mehnat bilan shug‗ullanuvchilar:
slesarlar, stanokda ishlovchilar, jarroxlar, kimyogarlar, turli xil transportlarni
boshqaruvchilar, kommunal-maishiy xizmati xodimlari, temiryo‗lchilar.
4 gurux: Og‗ir mehnat bilan shug‗ullanuvchilar: neft va gaz ishlab chiqarish
korxonalari
ishchilari,
quruvchilar,
qishloq
xo‗jaligida
ishlovchilar,
mexanizatorlar, metall quyuvchilar, duradgorlar.
5 gurux: Juda og‗ir mehnat qiluvchilar: konlarda ishlovchilar, daraxt
kesuvchilar, g‗isht va beton quyuvchilar.
Jadval 2.1.
Katta yoshdagi aholining jins va kasb guruxlari uchun tavsiya etilgan
o‘rtacha kunlik energiya me’yorlari
(SanQ va M № 0347-17)
Kasb
guruxlari
Yosh guruxlari,
yilda
Kunlik extiyoj, Kkal
erkaklar
ayollar
I
18-29
2450
2000
30-39
2100
2000
22
40-59
2200
2100
II
18-29
2800
2200
30-39
2650
2150
40-59
2500
2100
III
18-29
3300
2600
30-39
3150
2550
40-59
2950
2500
IV
18-29
3850
3050
30-39
3600
2950
40-59
3400
2850
V
18-29
4200
-
30-39
3950
-
40-59
3750
-
Talaba yoshlar uchun o‗rtacha energiya sarfi 3330 kkal deb belgilangan.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanuvchi erkaklar uchun energiya sarfi 5000
kkal va ayollar uchun 4000 kkal deb belgilangan. Etarli darajada kommunal
xizmati yo‗q joylar aholisi uchun qo‗shimcha miqdorda 200-300 kkal energiya
sarfi belgilangan.
Keksalar uchun agar ularning yoshi 60-75 atrofida bo‗lsa kunlik ovqat
ratsionining energetik qiymatini 5% ga kamaytirish, 75 yoshdan o‗tganlar uchun
10-15% ga pasaytirish tavsiya etiladi.
Bir kecha-kunduzgi organizmning umumiy energiya sarfi quyidagilardan
tashkil topgan:
1. Asosiy almashinuviga sarflanadigan energiya (shu bilan birga uyqu payti ham).
2. Ovqat qabul qilish bilan bog‗liq bo‗lgan energiya sarfi.
3. Bir kecha-kunduz mobaynida barcha turlarga sarflanadigan energiya.
23
Asosiy almashinuv deb-aniq bir standart sharoitida, to‗liq tinchlangan holda,
mushaklarning bo‗shashgan, tana harorati normal, och holda o‗rinda yotgan
holdagi almashinuvga aytiladi.
O‗rta yoshdagi sog‗lom erkak kishining asosiy almashinuv darajasi 1 kg
og‗irligi uchun 1 soat mobaynida 1 kkal energiyaga teng, 70 kg og‗irlikdagi erkak
kishi uchun bir kunlik asosiy almashinuv energiyasi 1700 kkal ga, 60 kg
og‗irlikdagi ayollarda 1400 kkalga teng bo‗ladi.
Organizmning energiya sarfini quyidagi usullar bo‗yicha aniqlanadi:
1. To‗g‗ri (bevosita) kalorimetriyali usullari
2. Bevosita bo‗lmagan kalorimetriyali usullar
3. Xronometrli-jadal usuli bo‗yicha
4. Professor Pokrovskiy usuli yordamida
5. Tana og‗irligini va haqiqiy qabul qilingan ovqatni hisobga olgan holda aniqlash.
Kunlik va xaftalik taomnomalar tuzish uchun Xronometrli-jadal usulidan
foydalanamiz. Buning uchun bizga ozuqali moddalarning, ya‘ni oqsil, yog‗ va
karbonsuvlarning oziq –ovqat mahsulotlaridagi miqdori kerak bo‗ladi. Professor
B.A.Do‗schanov barcha oziq-ovqat mahsulotlaridagi ozuqali moddalarning har
100 grammdagi miqdorini aniqlab chiqqan va by ma‘lumotlarni qo‘llanma
shaklida nashirdan chiargan.
Inson salomatligiga ovqatning ko‗p miqdori ham kam miqdori ham salbiy
ta‘sir ko‗rsatadi. Sistemali ravishda ortiqcha ovqatlanganda organizmda ko‗p
miqdorda yog‗ yig‗iladi, natijada ovqat xazm qilish organlarining faoliyatini izdan
chiqaradi, yurak mushaklarini yog‗ bosib uni zaiflashtiradi. To‗yib ovqatlanmaslik
esa, tana og‗irligini kamayishiga, ozib ketish, umumiy nimjonlik, ish qobiliyati va
himoya kuchining zaiflashnishi sababli bo‗ladi.
Kuchaytirilgan kaloriyali ovqat bir qancha kasalliklarni davolashda tavsiya
etiladi, chunonchi qalqonsimon bezning giperfunksiyasi, intoksikatsiyalar, ba‘zi bir
surunkali kasalliklar va hakozo. Kamaytirilgan kaloriyali ovqatlar kam harakatli
hayot tarzidagilarga, modda almashinuvi pasaygan shaxslarga va ortiqcha vaznli
odamlar uchun, kasalxona sharoitida esa qorin bo‗shlig‗idagi o‗tkir jaroxlik
24
patologiyalarda, oshqozon-ichak tizimining o‗tkir kasalliklarida, semirib ketganda,
podogra va yurak tomir kasalliklarida, oshqozon va ichak yaralari qaytalanganda,
diabetning og‗ir kechuvchi shakllarida tavsiya etiladi.
Yyqori kaloriyali ovqat ratsioni xavfli o‗sma kasalliklarining paydo bo‗lishi
va kechishini kuchaytirishi mumkinligi haqida ilmiy axborotlar mavjud. Past
kaloriyali ratsion esa o‗smalar o‗sishi va rivojlanishini sekinlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |