O‘zbekiston Respublikasidagi gigiyenik me’yorlar
Hozirgi kunga kelib O‗zbekiston Respublikasida ko‗plab gigiyenik me‘yoriy
hujjatlar tasdiqlangan va amaliyotda qo‗llash uchun tavsiya qilingan bo‗lib,
ularning asosiylari Sanitariya qoidalari va me‘yorlari (SanQvaM) hisoblanadi. Bu
hujjatlarning aksariyat qismi oldin o‗rnatilgan me‘yorlar bo‗lib, ularga ayrim
yangilik va qo‗shimchalar kiritilgan, bunda O‗zbekistonning geografik-iqlim
sharoitlarining o‗ziga hosligi, respublika iqtisodiyotining hususiyatlari hamda
jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlar inobatga olingandir. Bu
hujjatlarning bir qismi ko‗pincha gigiyenik reglament ko‗rinishi (masalan,
atmosfera havosidagi kimyoviy moddalarning REM, shovqin va tebranishning
REM) tabiatiga egadir, ammo bu hujjatlarning ko‗pchilik qismi o‗z tarkibiga
9
sanitariya qoidalari va me‘yorlarini yoki sanitariya qoidalari va reglamentlarini
oladi. Sanitariya qoidalari va me‘yorlaridan tashqari, O‗zbekiston Respublikasida
me‘yoriy hujjatlar qatoriga uslubiy tavsiyanomalar, uslubiy ko‗rsatmalar,
ko‘rsatma xatlar, tekshirish usullari kirib, ilmiy izlanish natijalari asosida
tayyorlangan hamda ko‗p bosqichli ko‗rib chiqilishi va muhokama qilinishi shart
bo‗lgan sharoitlarda ishlab chiqilib, O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni Saqlash
Vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
Gigiyenik me’yor va reglamentlarni ishlab chiqishga bo‘lgan umumiy
yondashuvlar
Gigiyenik me‘yor va reglamentlarni o‗rnatish tartibi muayyan misollarda
ko‗rib chiqilishi kerak. Masalan, yashash xonalarining mikroiqlimi yoki uning
yoritilishiga doir gigiyenik me‘yorlar tabiiy tekshirishlar asosida ishlab chiqilishi
va tekshirish jarayonida tekshirilayotgan omilning turli sharoitlarda odam
organizmining funsional holatiga ta‘siri bilan baholanishi kerak, masalan,
(mikroiqlim uchun - issiqlikning boshqarilishi, yurak-qon-tomir tizimi, nafas olish
organlari funksiyasi; yoritilganlik uchun - ko‗rish a‘zolari va markaziy asab tizimi
funksiyasi). Bunda tekshirilayotgan omilning shunday parametrlari gigiyenik
me‘yor qilib olinishi kerakki, u organizmning optimal funksional holatini
ta‘minlasin. Aholining eng optimal suv iste‘moli me‘yorlarini o‗rnatish uchun
aholining ko‗pchilik qismidan anketa so‗rovlar o‗tkazilib, keyinchalik turar-
joylarning kommunal obodonlashtirilganligiga bog‗liq holda suv sarfi qiymatlari
hisoblab
topiladi.
Ayrim
omillarni
me‘yorlashtirishda
tabaqalashgan
me‘yorlashtirish prinsipi qo‗llanadi va bunda omilning yuqori, optimal va quyi
darajalari o‗rnatiladi. Shunday prinsip bo‗yicha, jumladan ishlab chiqarish
xonalarining ruxsat etiladigan va optimal mikroiqlim qiymatlari va ichimlik suvi
tarkibidagi kimyoviy elementlarning ruxsat etiladigan miqdoriy chegarasi
belgilangan va hakazo.
Gigiyenik me‘yorlardan farqli o‗laroq, gigiyenik reglamentlarni o‗rnatish,
qoida bo‗yicha tabiiy sharoitda emas, balki tajriba (eksperiment) sharoitida olib
boriladi. Omillarning gigiyenik reglamentatsiyasi atrof-muhitdagi turli omillarning
10
bo‗sag‗ali ta‘sir konsepsiyasiga asoslanadi. Gigiyenik reglamentlarni o‗rnatish - bu
murakkab va etarlicha uzoq davom etadigan jarayondir. U me‘yorlashtiriladigan
omilning sifat va miqdoriy ta‘riflash bilan birga fizikaviy, kimyoviy, biologik,
radiologik, statistik tekshirish usullaridan foydalanishni, omilni tirik organizmga
ta‘sirini o‗rganish bilan keyinchalik olingan ma‘lumotlarni statistik tahlil qilish va
shunga muvofiq reglament ishlab chiqishni taqozo etadi. Ko‗p sonli gigiyenik
reglamentlar qatoriga kimyoviy moddalarga ruxsat etiladigan konsentratsiyalar
(REK) ni kiritish mumkin.
- atmosfera havosidagi kimyoviy moddalarni reglamentlash;
- kimyoviy moddani havzalardagi suvda reglamentlash;
- kimyoviy moddalarni tuproqda reglamentlash;
- kimyoviy moddalarni oziq-ovqat mahsulotlarida reglamentlash.
O‗tkazilgan tekshirishlarning natijalari asosida tekshirilgan moddaning
zaharlilik sinfi o‗rnatiladi va talab etiladigan gigiyenik reglamentlar hisoblab
topiladi (REK).
Ishlab chiqilgan gigiyenik me‘yor va reglamentlarning samaradorligi
aholining salomatlik darajasini o‗rganish asosida baholanadi yoki ishlab chiqilgan
gigiyenik me‘yorning vazifasiga muvofiq aholining ayrim guruhlarida baholanadi.
Gigiyenik me‘yorlashtirish va reglamentlashtirish atrof-muhitdagi omillarning
barchasini o‗zida aks ettirishi bilan birga ishlab chiqiladigan barcha profilaktik va
sog‗lomlashtirish tadbirlari uchun asos bo‗ladi.
Xorijiy mamlakatlarda shu jumladan, Amerika Qo‗shma shatatlarining ko‗plab
kasaba uyushma tashkilotlarida, birlashma va davlat mahkamalarida turli xil
sohalarning, atrof-muhitni zararlovchilarning hamda jismoniy idoralarning
faoliyatini chegaralovchi tavsiyanomalarni, qo‗llanmalarni, me‘yorlarni ishlab
chiqarish rivojlangan. Bularning ichida eng mashxuri Amerika davlat iqtisodiyot
gigiyenachilari kengashi bo‗lib, ular ish joylarida jismoniy zo‗riqishlarni va kimyoviy
zaharlanishlarni chegaralab turish maqsadida turli tavsiyanomalar ishlab chiqishadi.
Bundan tashqari, Radiaktiv himoya xalqaro komissiyasi va Radiatsion himoya milliy
11
vazirligi ham radiatsion zaryadlanishga qarshi himoyalanish uchun shu turdagi bir xil
qo‗llanmalarni yaratgan.
Birlashgan mahkamalar quyidagi tashkilotlarni o‗z ichiga oladi: Atrof muhitni
himoyalash agentligi, Oziq-ovqat va dori-darmon boshqarmasi, Kasbiy havfsizlik va
Sog‗liqni saqlash boshqarmasi, Qo‗shma shtatlar Atomni nazorat qilish komissiyasi.
Bu tashkilotlar atrof-muhitdagi, uy sharoitidagi, ishxonadagi jismoniy zo‗riqishlar,
tushkinliklar va zaharlanishning bir necha xil turlarini me‘yorlar asosida nazorat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: |