Nuraliyeva xafiza otaevna


GIGIYENA FANINING RIVOJLANISH TARIXI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

1.3.GIGIYENA FANINING RIVOJLANISH TARIXI 
Gigiyena fani juda uzoq va serqirrali rivojlanish yo‗lni bosib o‗tgan. Juda 
qadim zamonlardan boshlab inson o‗z sog‗lig‗ini saqlash uchun hayot tajribalari 
asosida eng oddiy gigiyenik tadbirlarni amalga oshirgan. Tuproqni ifloslanishdan 
muhofaza qilish, suv manbalarini tanlash va qurish, ularni har xil ifloslanishlardan 
saqlash, har xil o‗simlik va hayvon mahsulotlaridan ovqat tayyorlash, ovqatlanish 
tartibi, badanni toza tutish, mehnat qilish, dam olish va uyqu tartibi, yuqumli 
kasalliklar tarqalishining oldini olish, yuqumli kasallik bilan og‗rigan bemorlarni 
ajratib qo‗yish, ularning buyumlarini yoqib yuborish, murdalarni yoqish va keyin 
ko‗mish va boshqalarga turmush tajribalari asosida amal qilingan. 
Qadimgi va o‗rta asrlarda gigiyena shaxsiy gigiyenaga doir ayrim elementlar 
haqidagi qoidalarga ega bo‗lgan bo‗lib, u asosan turmush tajribalariga asoslangan 
holda yuzaga kelgan, ijtimoiy yo‗nalishga ega bo‗lgan biron-bir gigiyenik tadbirlar 
umuman bo‗lgan emas. Gigiyenik bilimlarga doir barcha elementlar faqatgina 
shaxsiy gigiyenagagina taalluqli bo‗lgan bo‗lib, badan tozaligi, turar-joylarning 
orastaligiga oid qoidaga amal qilish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish va badanni 
chiniqtiruvchi muolajalarni bajarish kabilarga qaratilgan. 
Gigiyenik ma‘lumotlarni birinchi bo‗lib tibbiyot asoschilaridan biri, buyuk 
tabib Gippokrat jamlagan. Qadimgi Yynonistonning buyuk tabibi Gippokrat 
(miloddan avvalgi 460 – 477- yillar) gigiyena masalalariga bag‗ishlangan: 
«Sog‗lom turmush ma‘romi to‗g‗risida», «Havo, suv va joylar to‗g‗risida» deb 
nomlangan asarlarida tashqi muhitning odam salomatligiga ta‘sir qilish omillari, 


12 
hamda shu omillarning kasalliklarga nechog‗li aloqadorligi to‗g‗risidagi o‗z 
kuzatuvlari va nazariy mulohazalarini bayon qilgan. U o‗z shogirdlariga qarata 
shunday degan ―Sen kasalni davolamoqchi bo‗lsang, birinchi navbatda unga ta‘sir 
qilib turuvchi tashqi muxit omilini bartaraf et‖. 
Gippokratdan so‗ng buyuk allomalar qatoriga Abu Ali ibn Sino (980 - 1037) 
– Evropada Avitsena nomi bilan mashhur, jahon madaniyatiga katta hissa qo‗shgan 
buyuk olimni kiritish mumkin. Abu Ali ibn Sino (tashqi muxit omillari: ovqat, 
havo, tuproq, iqlim, turmush sharoiti va boshqalar) kasalliklarning paydo 
bo‗lishida ichki va tashqi muhit ta‘sirini asoslab beradi. Ibn Sino turli yuqumli 
kasalliklarning kelib chiqishi, hamda tarqalishida ifloslangan suv va havoning 
ta‘sirini uqtirib, qaynatilgan yoki suzgichdan o‗tkazilgan suvni ichishni tavsiya 
etadi. Uning bu tavsiyasi hozirgi kunda xam o‗z ahamiyatini yo‗qotgani yo‗q. 
Kasalliklarni oldini olishda organizmni yoshlikdan chiniqtirish (toza havo, quyosh 
nurida toblanish, suv muolajalari), tozalik va ozodalikka doimiy amal qilish 
zarurligini ta‘kidlaydi. Olimning ba‘zi bir tavsiyanomalari, jumladan: ichimliklar 
haqidagi ma‘lumotlari «Tabobat haqidagi urjua» sida bayon etilgan. 
Abu Ali ibn Sino o‗zining "Tib qonunlari" asarida turar-joy gigiyenasi, 
kiyim-bosh gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalarni gigiyenik tarbiyalash, 
ularni ovqatlanish masalalariga katta e‘tibor qaratgan bo‗lib, chaqolaq 
tug‗ilganidan to ikki yoshgacha iloji boricha onaning ko‗krak suti bilan 
ovqatlantirishni tavsiya qilgan.
Abu Ali ibn Sinoning butun hayot faoliyati inson salomatligini saqlash, 
kasalliklarni oldini olish, davolashga bag‗ishlangan. Uning tibbiyotga doir asarlari 
bir necha asrlar davomida tibbiyot fanining nazariy va amaliy asosi bo‗lib keldi. 
Ibn Sinoning shoh asari bo‗lmish «Kitob al qonun fit tibb» («Tib ilmi qonuni») bir 
qancha tillarga tarjima qilinib, bir necha asrlar davomida Evropa oliy ta‘lim 
muassasalarida asosiy qo‗llanma sifatida o‗qitilgan. 
Abu Ali ibn Sino ichki va tashqi muhitning (ovqat, havo, suv, iqlim, turmush 
sharoitlari va boshqalar) kasallik paydo bo‗lishida muhim rol o‗ynashini ko‗rsatib 
beradi. Ibn Sino tabiatda suv, havoda yashovchi ko‗zga ko‗rinmaydigan mayda 


13 
hayvonlar (ya‘ni mikroblar) yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaradigan hamda 
tarqatadigan vositalardir, degan fikrni olg‗a surdi. U kasalliklarning oldini olish, 
ularning tarqalishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun ozodalik tartib - qoidalariga rioya 
qilish, suvni qaynatib ichish kerakligini ta‘kidlaydi. Ibn Sino mikroblar yuqumli 
kasalliklarni keltirib chiqaruvchi va tarqatuvchilari ekanligini Lui Pasterdan 8 asr 
muqaddam isbotlab berdi. 
Tibbiyot olamida Abu Ali ibn Sinoning tabarruk nomi Gippokrat va Galen 
kabi buyuk shifokorlar bilan bir qatorda tilga olinadi. 
Eron va O‗rta Osiyo xalqlarining ilohiy kitobi hisoblangan «Avesto»da diniy 
urf-odatlar bilan bir qatorda gigiyenik ma‘lumotlar ham berilgan. Bu 
ma‘lumotlarni O‗rta Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid ilk yozma ma‘lumot deyish 
mumkin. O‗rta Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozma ma‘lumotlari 
feodalizmning eng rivojlangan davriga (IX – XII asrlar) to‗g‗ri keladi. Shu davrda 
yashagan va ijod qilgan olimlardan Abu Bakr-ar Roziy hamda Abu Ali ibn 
Sinolarni namuna sifatida keltirish mumkin. 
Abu Bakr ar-Roziy tashqi muhit omillarining odam organizmiga ta‘sirini 
chuqur o‗rgangan va tashqi muhitning salbiy ta‘siridan saqlanish chora-tadbirlari 
to‗g‗risida o‗z mulohazalarini bildirgan. Olim jahonda birinchi bo‗lib chechakning 
oldini oluvchi chora sifatida emlashni tavsiya qilgan va uni qanday amalga oshirish 
kerakligini batafsil bayon qilgan. 
XIV asr oxirlarida hamma fanlar qatori gigiyena fani ham inqirozga uchradi. 
Feodalizmning rivojlanish davrida Evropada barcha fanlar inqirozga yuz tutgan. 
Yynonistonda, Rimda tavsiya etilgan gigiyenik tadbirlarni bartaraf qilinishi
natijasida shaharlarda sanitariya tadbirlariga itoat etmaslik holati yuzaga keladi. 
Shu sababli, o‗rta asr davri o‗lat (chuma), ich terlama, vabo, moxov, zaxm va 
boshqa xavfli va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning tarqalishi bilan tarixga kirdi.
XIV asrning o‗rtalarida biologiya, kimyo, fizika va mikrobiologiya 
fanlarining gurkirab rivojlanishi gigiyena taraqqiyotida ham yangi davrni boshladi. 
Bakteriologik va fizik – kimyoviy tahlil usullari gigiyenaga ham kirib keldi, aholi 
istiqomat qiladigan hudud va uy-joylar sanitariya holatini sog‗lomlashtrish, 


14 
ovqatlanish gigiyenasi, me‘yor va talablarini asoslashda qo‗llanila boshlandi. Bu 
gigiyenadagi eksperimental yo‗nalishning ibtidosi bo‗ladi. 
Rossiyada bu davrda ko‗p toifadagi aholining yashash va mehnat qilish 
sharoitlarini baholashda sanitar tavsifiy usul keng qo‗llanila boshlagan. Aholining 
kasallanish holati va demografik ko‗rsatkichlarni, jismoniy rivojlanishini ta‘riflash 
bo‗yicha batafsil kuzatishlar olib borilgan. Olib borilgan kuzatishlar endi 
mamlakatda tub ijtimoiy o‗zgarishlarni amalga oshirish lozimligini ko‗rsatgan. 
Bundan tashqari, atrof-muhitning holatini tekshirish ishlari asosan suv, tuproq, 
havo, oziq-ovqat, turar-joy binolari, mehnat sharoitlarini sanitar baholash bo‗yicha 
tavsiyanomalar ishlab chiqish maqsadida va turlicha tabiatga ega bo‗ladigan 
omillar majmuasining zararli ta‘sirlarini bartaraf qilish uchun zaruriy tadbirlar 
ishlab chiqish lozimligi isbotlandi. 
O‘zbekiston Rezpublikasi tibbiyotining rivijlanish tarixi Rossiya tibbiyoti 
bilan chambarchas bog‘liq, sababi 70 yildan ortiq O‘zbekiston Rezpublikasi 
Rossiya mustamlakasida bo‘lgan. Rossiyada gigiyenaning maxsus fan sifatida 
shakllanishida A.P.Dobroslavin, F.F.Erisman,
G.V.Xlopin, M.YA.Mudrovlarning 
xizmatlari alohida o‗rin egallaydi. Shu bilan birga XVIII va XIX asrlardagi 
klinitsist-vrachlar ham gigiyena faniga alohida e‘tibor qaratganlar.
"Men gigiyenaga ishonaman. Kelajakdagi tibbiyot profilaktik yoki 
ogohlantiruvchi tibbiyotga taalluqli bo‗lib qoladi" degan edi N.I.Pirogov. O‗sha 
davrdagi rus vrachlari jamiyatining raisi S P.Botkinning fikriga ko‗ra: 
«Sog‗lomlashtirishga oid chuqur g‗oya kundan kunga e‘tiborli bo‗lib bormoqda, 
sog‗lomlashtirish haqidagi fikr shaharlarimizning kanalizatsiyasi, chiqindilarni 
assenizatsiyalash zararli kasalliklarning tarqalishida markaz ekanligi kundan kunga 
aniqlanib bormoqda». 
G.A.Zaxarin 1873-yilda o‗zining Moskva Universitetida so‗zlagan kirish 
nutqida shunday degan: Ommaning xastaliklari bilan g‗olibona kurasha oluvchi 
fan faqat gigiyena bo‗lishi va uni davolash usullarini bilgandan ko‗ra gigiyenik 
bilimlardan voqif bo‗lish hamma uchun zarurdir". 


15 
Gigiyena sohasida muntazam ravishda ilmiy tekshirishlarni olib borish 
Rossiya universitetlari qoshidagi tibbiyot fakultetlaridagi gigiyena kafedralarining 
ochilishi bilan bog‗lanib ketadi. Birinchi gigiyena kafedrasi Peterburgdagi Xarbiy 
tibbiy jarrohlik akademiyasida 1871 yilda A.P.Dobroslavin raxbarligida ochilgan. 
A.P.Dobroslavin Rossiyada birinchi bo‗lib gigiyenani fan sifatida ro‗yobga 
chiqarib, ilmiy tajribalarga tayangan holda olib bordi. 
Ikkinchi gigiyena kafedrasi 1882-yilda Moskva Universitetida tashkil 
etilgan. Uning tashkilotchisi F.F.Erisman bo‗lib, uning hamma mehnat faoliyati 
yuqori darajadagi gigiyenik tekshirishlarga bag‗ishlangan bo‗lib, shu bilan bir 
qatorda amaliy sanitariya sohasida tibbiy-jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok 
etgan. U Moskvada birinchi shahar sanitariya stansiyasini tashkil etgan va bu 
stansiyada laboratoriya tekshirishlarini keng ko‗lamda yo‗lga qo‗ygan olim 
hisoblanadi. Ko‗pgina olimlar fikriga ko‗ra turli davlatlar ichida Rossiya va uning 
ichiga kiruvchi davlatlarda gigiyena fani o‗zining ilmiyligi bilan boshqa 
davlatlarnikidan ajralib turgan. 
O‗rta Osiyoda gigiyenaning rivojlanishi o‗ziga xos tarixga ega. Qadim 
zamonlarda O‗rta Osiyo aholisi qaysi hayvon va o‗simlik mahsulotlarini iste‘mol 
qilish mumkinligi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash yo‘llari, suv manbalarini 
tanlash va ularni ifloslanishdan saqlanish yo‘llari va issiq iqlim sharoitida turar 
joylarni qurish, kiyinish to‗g‗risida ma‘lumotlarga ega bo‗lishgan. 
O‗rta Osiyoda feodalizm davrining oxirlariga kelib boshqa fanlar qatori 
tibbiyot fanlarining, shu qatorda gigiyena fanining ham rivojlanishi kuzatildi. 
Buning sababi birinchidan, aholining iqtisodiyoti va madaniyatini yuksalishi 
bo‗lsa, ikkinchidan, ko‗p shaharlarga O‗rta Osiyodan ipak yo‗li orqali o‗tishi 
bo‗lsa, uchinchidan tabiiy fanlarning (biologiya, kimyo, mikrobiologiya, fizika) 
rivojlanishi bo‗lgan. Karvonlarni qum, sahrolardan, o‗rmonlardan quyoshlarning 
jazirama nuri ta‘sirida o‗tishi, ularning sog‗lig‗iga salbiy ta‘sir qilmay qolmagan. 
Bu davrda aholini bir davlatdan ikkinchi davlatga borishiga ko‗pincha yuqumli 
kasalliklarning tarqalishi, uning oldini olish choralarini qidirishga majbur etgan. 


16 
Respublikamizda gigiyena fanining taraqqiyoti Toshkent Davlat Tibbiyot 
instituti tarkibida tashkil topgan gigiyena kafedralarining faoliyatlari bilan 
chambarchas bog‗lanib ketgandir. O‗zbekistondagi tibbiyot institutlarning barcha 
gigiyenik kafedralarini asosi bo‗lib, 1920-yilda tashkil topgan O‗rta Osiyo Davlat 
Universiteti qoshida tashkil etilgan umumiy gigiyena yoki ilgarigi nomi 
"Eksperimental gigiyena" kafedrasi hisoblanadi. O‗sha davrdagi birinchi kafedra 
mudiri doktor Grigoriy Nikolaevich Pinegin bo‗lgan. G.N. Pinegin sanitariyaga 
doir masalalarning amaliy qo‗llanishini chet davlatlardan o‗rganib qaytganligi 
sababli, u shu usullar va tajribalarni qo‗llagan. U chet davlatlardagi aholiga suv 
tarqatish tarmoqlari, chiqindi suvlarni tozalash, qattiq chiqindilarni yoqish kabi 
usullarni tatbiq qilinishiga sabab bo‗lgan. Shu davrda bu yo‗nalish gigiyenaning 
ijtimoiy gigiyena fani bilan mujassamlashtirilganligidan dalolat beradi. 
O‗zbekiston Respublikasida gigiyena fanining rivojlanishiga o‗zining 
serqirra faoliyati bilan ulkan hissa qo‗shgan olimlar qatorida A.Z.Zohidov, 
S.N.Bobojonov, K.S.Zoirov, T.I.Iskandarov, M.M.Magzumov, R.U.Ubaydullaev, 
A.S.Bobojanov, M.T.Toxirov, N.S.Tajiboeva, L.A.Ponomaryova, G.I.SHayxova, 
R.T.Kamilova, A.S.Xudayberganov, G.T.Iskandarova, SH.T.Iskandarova, N.J. 
Ermatov va boshqa olim va olimalarimizni nomlarini aytib o‗tishimiz mumkin. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin