5
I BOB. ZAMONAVIY GIGIYENA VA UNING FARMATSEVTIKADAGI
O‘RNI
1. GIGIYENANING FAN SIFATIDA TUTGAN O‘RNI VA AHAMIYATI
Gigiyena - inson salomatligiga tashqi muhit omillarining ta‘sirini o‗rganadi
va olingan ma‘lumotlar natijalariga asoslangan holda me‘yor
va qoidalarni ishlab
chiqadi fandir.
Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‗z oldiga quyidagi vazifalarni
qo‗yadi:
- tashqi omillarini o‗rganish va ularning odam organizmiga ta‘sir etish
xususiyatlarini aniqlash, olingan
natijalarga asoslangan holda, odam organizmi
uchun befarq bo‗lgan va uzoq muddat davomida ta‘sir etganda ham zararli ta‘sir
ko‗rsatmaydigan gigiyenik me‘yorlar va qoidalarni ishlab chiqish;
- aholini oqilona ovqatlanishini o‗rganish va tavsiyalar ishlab chiqish;
- farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va dorixonalarni loyihalashga,
qurilishiga, jihozlanishiga va ekspluatatsiyasiga,
toza va aseptik xonalarga, ishchi
xodimlarga va ularning kiyimlariga bo‗lgan gigiyenik talablarni o‗rganish va
farmatsevtik ishlab chiqarishda mehnat sharoitini sog‗lomlashtirish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqarishdagi salbiy omillarni ishchi xodimlar organizmiga ta‘sirini
o‗rganib, ular tomonidan yuzaga keladigan kasb kasalliklarini oldini olish chora-
tadbirlarini ishlab chiqish;
- ishlab chiqilgan me‘yorlar va qoidalarni hayotga
tadbiq qilish va ularning
bajarilishini nazorat qilish.
Har qanday gigiyenik me‘yor yoki qoidani hayotga tadbiq qilishni
gigiyenaning muhim bir qismi bo‗lgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‗rinlarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati)
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi
va bu usullar o‗zining mohiyatiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi:
6
1. Aniqlangan kamchiliklarni yo‗qotish bo‗yicha
taklif va ijro muddatlari
ko‗rsatilgan dalolatnomalar tuzish bilan bog‗liq sanitariya tekshirish usullari
Aniqlangan kamchiliklarni yo‗qotish bo‗yicha taklif va ijro muddatlari ko‗rsatilgan
dalolatnomalar tuzish bilan bog‗liq sanitariya tekshirish usullari;
2. Laboratoriya tekshirish usullari: fizikaviy, kimyoviy bakteriologik va radiologik
jihatdan suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tashqi muhit
omillarini tekshirish.
3. Fiziologik kuzatish usuli (odam a‘zolari va sistemalarning vazifaviy holatini
turli sharoitlarda tekshirish).
4. Tajriba usulini qo‗llash (organizmga salbiy ta‘sir
qiluvchi omillarini asbob-
uskunalar yordamida tekshirish), ya‘ni ayrim organlarning funksional holatlarini
tekshirish usullari;
5. Klinik kuzatish usuli. Bu usul ko‘proq profilaktik tibbiy ko‗riklar o‗tkazishda
qo‗llaniladi.
6. Statistika usuli: tashqi muhit omillarini inson salomatligiga ijobiy va salbiy
ta‘sir etish natijalarini aniqlaydi va unga baho beradi.
Gigiyenada qo‗llanadigan usullarga keltirilgan ta‘riflar bilan tibbiy-biologik
va boshqa fanlar hamda sohalarga doir tekshirish usullarisiz birorta ham gigiyenik
vazifani to‗laqonli hal etish mumkin emasligini ko‗rsatadi.
Gigiyenaning zamonaviy muammolari:
- tashqi muhitning salbiy omillarini baholash va ularni me‘yorlashtirish;
- aholini ratsional, ya‘ni oqilona ovqatlanishini o‗rganish
va ovqatlanishning
fiziologik me‘yorlarini ishlab chiqish;
- aholi kasallanishida suvni epidemiologik jihatlari;
- kasb kasalligi profilaktikasi;
- farmatsevtika sohasida ishlatiladigan suvga qo‗yiladigan gigiyenik talablarni
o‗rganish va me‘yorlash;
- bolalar va o‗smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‗lgan muammolar;
- aholi o‗rtasida sog‗lom turmush tarzini tashkillashtirish muammolari.
7
Hozirgi kunda O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan sanitariya nazoratining tarkibi
qayta
o‗rganilib
chiqilmoqda.
Respublikamizdagi
hamma
sanitariya-
epidemiologiya xizmatini qayta ko‗rish konsepsiyasi yuzaga keldi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 4790 - sonli qaroriga muvofiq
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tugatilib, uning o‗riniga 2020 yil
27 iyuldan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va
jamoat salomatligi xizmati
(keyingi o‗rinlarda Sanitariya-epidemiologiya xizmati) tashkil qilindi.
Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida
sog‗liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik yo‗nalishlarning birligi turishi
muqarrar. Bu degani, farmatsevt va farmatsevt texnologlar uchun gigiyenik
bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi
va uning kasbga doir
tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‗lib qolmog‗i kerak.
Dostları ilə paylaş: