Nuraliyeva xafiza otaevna


 FARMATSEVT UCHUN GIGIYENANING AHAMIYATI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

1.2. FARMATSEVT UCHUN GIGIYENANING AHAMIYATI 
Zamonaviy farmatsevtlar va farmatsevt texnologlar – ular tibbiy xodim, dori 
preparatlarini tayyorlash sohasida mutaxassis, aholi salomatligini mustahkamlash 
ishlarida va profilaktika chora-tadbirlarini o‗tkazishda ishtirok etadigan 
shaxslardir. Shu nuqtai nazardan qaraganda gigiyena sohasidagi bilimini ikkala 
mutaxassislar ish faoliyatida zarur ekanligini alohida qayd etish lozim. 
Dorixona sog‗liqni saqlash tizimidagi muassasalardan biridir, uning asosiy 
vazifasi, aholini va davolash-profilaktik muassasalarini dori preparatlari, sanitariya 
va boshqa tibbiyot mahsulotlar bilan o‗z vaqtida ta‘minlashdan iboratdir. Dori 
preparatlarini tayyorlash va saqlashda gigiyenik rejimga qat‘iy rioya qilish lozim
shuning uchun ular dorixona muassasalarida va farmatsevtika korxonalarida atrof 
muhit parametrlarining gigiyenik me‘yorlarini yaxshi bilishi kerak. U gigiyenik 
me‘yorlarni va sanitariya qoidalarini dorixonada buzilishi natijasida kelib 
chiqadigan kasalliklar haqida to‗liq ma‘lumotga ega bo‗lishi kerak. Farmatsevtlar 
sanitariya epidemiologiya xizmati xodimlari bilan birga dorixona xonalarida 
gigiyenik rejimga rioya qilish va mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini 
ishlab chiqarishi, dorixona qurilishi loyihalariga baho berishda, ogohlantiruvchi va 
joriy sanitar nazoratini olib borishi kerak. 



Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari katta 
ahamiyatga ega. Dorixona xodimlarining bu qoidalarga rioya qilmasliklari 
natijasida dori preparatlari, distillangan suv, dorixona jihozlari ifloslanishi 
mumkin. Shuningdek, dorixona xodimlari bemor odam bilan aloqada bo‗lganda, 
havo, retseptlar, turli xil jihozlar orqali zararlanishlari mumkin. 
Farmatsevtlar ish faoliyatida sanitar-maorif ishlari ahamiyatli o‗ringa ega, u 
aholi sanitar madaniyatini oshirishga, o‗zicha davolanishga va aholi orasida turli 
xil yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. 
Farmatsevtlar ish faoliyatida davolovchi va sanitar shifokorlari bilan doimo 
muloqotda bo‗ladi. Bu esa provizorni tibbiyot profilaktikasida, atrof muhitni 
muhofaza qilishda va boshqa asosiy yangiliklar haqida xabardor bo‗lishlarini 
talab qiladi. 
Tibbiy-profilaktika yo‗nalishidagi kasb egalari uchun gigiyenik bilimlar 
uning mehnat faoliyati asosini tashkil qiladi. Shu bilan birga farmatsevt uchun ular 
o‗zining kundalik faoliyatida keng ma‘noda gigiyenaga doir masalalarga duch 
keladi. Gigiyenik bilimlarga ega bo‗lmagan farmatsevt ayniqsa kasbga oid 
kasalliklarni umuman to‗g‗ri baholay olmaydi, bemor uchun zaruriy bo‗lgan 
davolovchi preparatlarni, dorixona ichi infeksiyasining oldini olish tadbirlarini 
ta‘minlay olmaydi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin