36
Oshqozon va ichakning sekret va motor vazifasini buzilishi oqsillarning
aminokislotalargacha parchalanishining, oqsillarni gidrolizlanish tezligini va ovqat
massalarini ichakdagi harakatini izdan chiqaradi.
Kasbga oid kasalliklarda zaharli moddalar ta‘sirida ayrim fermentlarning
jadalligi sekinlashadi. Ikkilamchi alimentar kasalliklarning oldini olishda,
organizmning fermentiv statusini qolibga soluvchi enzimlarga e‘tibor berish zarur.
Enzimlar-organizmda biologik katalizator vazifasini o‗taydigan spetsifik
oqsillar (turli kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi moddalar).
Enzimopatiyalar yoki fermentopatiya bo‗lishi mumkin:
1. Irsiyatga oid: a) ma‘lum bir ferment sintezining ishdan chiqishi; b) ferment
ishlab chiqarish jarayonining ayrim bo‗limlarida tuzilishi bo‗yicha kamchilik
bo‗lganda.
2. Zaharlanishga oid fermentlar sinteziga spetsifik ta‘sir birikmalarining
xolinesteraza fermentining jilovlanishi;
3 Alimentar: a)vitaminlar tanqisligidan; b) mikroelementlar tanqisligidan; v)
ovqatli moddalar balansi buzilishidan.
Dostları ilə paylaş: