Nuraliyeva xafiza otaevna


 OVQATDAN ZAHARLANISH VA UNING PROFILAKTIKASI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

2.4. OVQATDAN ZAHARLANISH VA UNING PROFILAKTIKASI 
Ovqatdan zaharlanish turlari: mikrobli (toksikoinfeksiyalar, toksikozlar), 
mikrobga aloqador bo‗lmagan (zaharli mahsulotlardan zaharlanish, vaqtincha 
zaharli bo‗lgan mahsulotlardan zaharlanish), sababi aniqlanmagan zaharlanish 
(alimentar mioglobinuriya). 
Toksiinfeksiyalar - deb, tirik mikroblar ko‗p miqdorda tushgan ovqatni 
iste‘mol qilish natijasida to‗satdan paydo bo‗lib o‗tkir yoki o‗rtacha kechadigan 
kasalliklarga aytiladi.
Zaharlanish sabablari: shartli patogen ichak tayoqchasi va protey bakteriyasi, 
enterokokklar, sporali anaeroblar va boshqalar. 
Klinikasi. Enteropatogen ichak tayoqchalari va protey qo‗zg‗atadigan 
kasalliklarning yashirin davri odatda 4-24 soat davom etadi va organizmga 
tushgan ichak tayoqchalari va proteyning miqdoriga bog‗liq (1 gr mahsulotda 100 
milliardgacha ko‗payishi mumkin). Bunda yashirin davr 2-4 soatgacha qisqaradi. 


37 
Kasallik birdan boshlanadi: ko‗ngil ayniydi, bosh aylanadi, harorat 37-39

gacha 
ko‗tariladi, qorin tutib-tutib g‗ijimlab og‗riydi, kuchli ich ketadi, ba‘zan teriga nim 
pushtirang toshmalar toshadi. Ko‗pincha oyoq mushaklari tortishib og‗riydi. 
Sog‗ayish davri 2-4 kun davom etadi. 
Mikrobning bu turi ko‗proq go‗shtli, qiymali taomlarga: kotletlar, go‗shtli 
blinchiklar, flotcha makaronlar hamda salartlarga ko‗p miqdorda tushadi. 
Profilaktikasi 
1. Oziq-ovqat mahsulotlarini olib keladigan xodimlar shahsiy gigiyena 
qoidalariga amal qilishi kerak. 
2. Oziq- ovqat mahsulotlari tayyorlanadigan uskunalar va anjomlarni yuvish 
va tozalash lozim.
3. Umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat mahsulotlarining yig‗ilib qolishiga yo‗l 
qo‗ymaslik kerak. 
4. Toksiinfeksiyaning oldini olish uchun hayvonlarni so‗yishda va fermalarda 
sanitariya-veterenariya nazorati o‗rnatiladi. 
5. Oziq-ovqat ob‘ektlarining xizmatchilarini tibbiy tekshiruvidan o‗tkazish va 
ular batsilla emasligini tekshirib ko‗rish shart. 
Toksikozlarga botulizm hamda stafilokkokli toksikozlar kiradi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin