Nuraliyeva xafiza otaevna


Sporali anaeroblar – Klostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Sporali anaeroblar – Klostridium perfringens qo‘zg‘atgan ovqat 
toksikoinfeksiyalari. 
Hozirgi kunda 12 turda toksin moddalar alfa, betta, gamma va boshqalarni 
ajratadigan A, V ,S, E, G, D, Kl.perfringens turli ovqat toksikoinfeksiyalarining 
qo‗zg‗atuvchilari hisoblanadi. 
Go‗sht, kolbasa, sut mahsulotlari Kl.perfringens bilan zararlanishi mumkin. 
Klinikasi. Kasallik ikki ko‗rinishda namoyon bo‗ladi: a) yashirin davr 6-22 
soat davom etadi. Kasallik to‗satdan boshlanadi: bemorning ko‗ngli ayniydi, 
qusadi, ichaklari spazmga uchraydi, ko‗p marta (kuniga 20 martagacha) ichi ketadi, 
axlatidan badbo‗y hid keladi, ko‗p el ajraladi. Og‗ir hollarda qo‗l-oyoq mushaklari 
tortishadi, ba‘zan arterial bosim tushib ketadi; b) kasallik nekrotik enterit


38 
ko‗rinishida xam kechib ichaklarning bir qismi yiringlay boshlaydi, natijada bemor 
jarrohlik bo‗limiga tushib qoladi. 
Profilaktikasi. Kl.perfringens qo‗zg‗atgan toksikoinfeksiyalarning oldini olish 
quyidagilardan iborat: 
1. Go‗shtni qayta ishlaydigan korxonalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi 
ustidan nazorat o‗rnatish 
2. Go‗sht va boshqa mahsulotlarni past haroratda saqlash. 
3. Yaxshilab pishirish, ya‘ni kolbasa va boshqa go‗sht mahsulotlarini 
tayyorlash uchun ajratilgan mahsulot va ziravorlarni sterillash. 
Stafilokokk intoksikatsiyalari. 
Stafilokokk toksinidan zaharlanish ko‗pgina sut mahsulotlaridan: tvorog, 
smetana, krem konditer mahsulotlari iste‘mol qilish natijasida ro‗y beradi. Biroq 
go‗sht va sabzavotli har xil taomlar ham stafilokokklarning rivojlanishi uchun 
qulay muhit ekanligi hozir aniqlangan. Qoramol bilan odam ham stafilokokklar 
manbai hisoblanadi. Agar oziq-ovqat mahsulotlari stafilokokklar keltirib 
chiqaradigan ovqatdan zaharlanishlar mastit bilan og‗rigan sigirlar sutini iste‘mol 
qilganda yuzaga keladi, chunki sut mahsuloti kasal tarqatuvchi manba hisoblanadi. 
Klinikasi. Kasallanish alomatlari 2-4 soat o‗tgandan so‗ng paydo bo‗ladi. 
Stafilokokk intoksatsiyasining etakchi belgilari gastroenterit hisoblanadi. 
To‗satdan bemor tez-tez qusadigan bo‗lib qoladi, qorinda qattiq achishtiradigan 
og‗riq (to‗sh sohasi ostida) paydo bo‗ladi, tez orada ich ketishi kuzatiladi, ayrim 
hollarda ich ketmasligi xam mumkin. Bemor darmonsizlanadi, boshi og‗riydi va 
aylanadi, puls tezlashadi. Tana harorati odatda normal, sovuq ter chiqadi. Talvasa 
tutadi. Kasallik qisqa vaqt kechadi. Odatda 1-2 kundan keyin bemor sog‗ayib 
ketadi. O‗lim bilan tugagan hollar qayd qilinmagan. 
Profilaktikasi quyidagilardan iborat: 
1. Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlashga aloqador shahslarning sog‗ligi 
ustidan qat‘iy nazorat olib borish. Teri qatlamida qulog‗ida, ko‗zida, tamog‗ida 
yiringli kasalliklar va yuqori nafas yo‗llarida yallig‗lanish belgilari bo‗lgan 
shaxslar oziq-ovqat mahsulotlari bilan aloqador ishga qo‗yilmaydi. 


39 
2. Mastit kasalligiga uchragan hayvonlardan sog‗ib olingan sutni ichishni 
ta‘qiqlash. 
3. Oziq-ovqat korxonalarining xodimlari orasida stafilokokk tashuvchanlikni 
aniqlash, ustidan doimo nazorat olib borish, burun-xalqum va chirigan tishlarni o‗z 
vaqtida davolatishlari kerak. 
4. Sut, sut mahsulotlari, kremli konditer taomlar shuningdek tez buziladigan 
boshqa mahsulotlarni sovitiladigan xonalarda saqlash. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin