Nuraliyeva xafiza otaevna


 OVQATLANISHDA OZUQALI MODDALARNING O‘RNI



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

2.2. OVQATLANISHDA OZUQALI MODDALARNING O‘RNI. 
 Oqsillar. 
Ovqatlanishdagi eng muhim ozuqali modda bo‗lib oqsillar hisoblanadi, 
chunki ular organizmda bir qator muhim biologik vazifalarni bajaradi 
(hujayralarning tiklanishida plastik funksiya, energetik, garmonal, katalitik, 
vositachilik va maxsus vazifalar). Bunda oqsillarning energetik vazifasi 
organizmdagi kunlik energiya sarfining faqat 13% gina qoplaydi (1 gr oqsil 
yonganda 4,1 kkal energiya hosil qiladi), shuning uchun oqsillar energetik nuqtai-
nazardan asosiy manba emas deb baholanadi. Keltirilgan boshqa funsiyalarni to‗liq 
ado etilishi uchun oqsillar tarkibida bo‗ladigan barcha zaruriy aminokislotalar, 
ya‘ni almashtirib bo‗lmaydigan va almashtirsa bo‗ladigan aminokislotalarning 
bo‗lishi shartdir. O‗z tarkibida zaruriy aminokislotalar to‗plamini tutuvchi oqsillar 
to‗la qiymatli oqsillar va o‗z tarkibida deyarli almashtirsa bo‗ladigan 
aminokislotalar to‗plamini tutuvchi oqsillarni esa to‗la qiymatli bo‗lmagan oqsillar 
deb ataladi. Almashtirib bo‗lmaydigan aminokislotalarni essensial aminokislotalar 
deb atalib, ular odam organizmida sintezlanmaydi (metionin, lizin, triptofan, 
fenilalanin, leysin, izoleysin, treonin, valin). Bunday aminokislotalar hayvon 
mahsulotlari tarkibida bo‗ladi (go‗sht, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq, 
parranda go‗shti). To‗la qiymatli aminokislotalar dukkakli o‗simlik donlarida 
ancha-muncha miqdorda bor - mosh, loviya, no‗xat, soya kabilar. Donlar tarkibida 
ularning miqdori juda kam yoki bo‗lsa ham ular muvozanatlashmagan holdadir, 
ammo bu mahsulotlarda almashtirsa bo‗ladigan aminokislotalar etarli miqdorlarda 
bor, shuning uchun don mahsulotlari tarkibida bo‗ladigan oqsillar to‗la qiymatli 
bo‗lmagan oqsillar qatoriga kiritiladi. Kunlik ovqat ratsioni tarkibidagi oqsillarning 


25 
fiziologik me‘yori keng diapozonda tebranishi mumkin bo‗lib, ularning o‗rtacha 
miqdori kuniga 90-100 grammni tashkil qiladi (jadval 2.2). O‗suvchi organizmning 
oqsillarga bo‗lgan ehtiyoji, xamda homilador va emizuvchi ayollarning oqsillarga 
bo‗lgan fiziologik ehtiyoji yuqoridir. Oqsillarning o‗rtacha fiziologik me‘yorlarini 
jadval bo‗yicha aniqlash mumkin, masalan, o‗suvchi organizmning har bir kg 
vazni uchun o‗rtacha 2,0 gramm, o‗rta yoshli odamning 1 kg vazni uchun 1,5 
gramm, homilador va emizuvchi ayollarning 1 kg vaznlari uchun 2,5 gramm 
to‗g‗ri kelishi kerak. 
Organizmda oqsil etishmagan hollarda bolalarda kvashiorkor kasalligi, 
organizmga oqsil umuman tushmasa marazm kasalligi kelib chiqadi. Agar oqsil 
organizmda me‘yordan ko‗payib ketsa, oshqozon-ichak yo‗llarida achish – bijg‗ish 
jarayoni kuchayib ketadi va mikroorganizmlarni yashashi va ko‗payishi uchun 
yaxshi sharoit yaratiladi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin