17
II
. OVQATLANISH SALOMATLIK OMILI.
2.1. OVQATLANISHNING ORGANIZMGA TA’SIRI VA TO‘G‘RI
OVQATLANISH.
Ovqatlanish salomatlik holatini belgilovchi muhim omillardan biri bo‗lib, u
har bir shaxsning va umuman olganda butun aholining salomatlik ko‗rsatkichi
hisoblanadi. Har qanday tirik organizmda doimiy tarzda assimilyasiya va
dissimilyasiya jarayonlari kuzatiladi. Agar organizmda ozuqli kimyoviy
moddalarning ovqat orqali iste‘mol qilinmasligi hamda oksidlanish qaytarilish
jarayonlari kuzatilmasa assimilyasiya jarayoni izdan chiqadi. Natijada organizmni
energiya bilan ta‘minlash va organizmda ro‗y
beradigan barcha hayotiy
jarayonlarni ta‘minlovchi asosiy ozuqli moddalar - oqsillar, yog‗lar, karbonsuvlar,
vitaminlar va mineral tuzlarga bo‗lgan tanqislik yuzaga keladi. Shuning uchun
inson organizmi muntazam tarzda sifatli ovqatlanib turishi zarur. Insonning
yashash umri davomida (o‗rtacha 70 yillik umr mobaynida) odam o‗rta hisobda 2,5
tonna oqsil, 3 tonna yog‗ mahsulotlari, 10 tonna karbonsuv va 250 kg osh tuzini
iste‘mol qiladi. Odam organizmiga ozuqli moddalarning
tushib turishi uning
hayotiy faoliyatini ta‘minlabgina qolmay, balki sezilarli darajada odamning
salomatligini ham belgilab beradi. Ma‘lumki, aholining salomatlik ko‗rsatkichlari
ularning ovqatlanish tarzi bilan chambarchas bog‗liqdir. Ovqatlanish sifatiga
ayniqsa bolalar va o‗smirlarning jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichlari, mehnatga
layoqatli aholining mehnat qobiliyati, tashqi muhitning salbiy taasurotlariga qarshi
kurashish qobiliyati, aholining umumiy kasalllanish darajasi, o‗ratacha umr ko‗rish
davomiyligi bevosita bog‗liqdir. Noto‗g‗ri ovqatlanish natijasida ko‗pgina
kasalliklarning kechishi og‗irroq shaklda o‗tadi, ularning surunkali shaklga o‗tishi
tezlashadi, sog‗ayish muddati uzayib ketadi.
Inson organizmining bekamu ko‗st
rivojlanib, yashashini ta‘minlaydigan
asosiy omillardan biri ovqat hisoblanadi. U energiya manbai. Bir gramm ovqatning
organizmda yonganda ajraladigan issiqligiga qarab ovqatning quvvatiy qiymati
aniqlanadi.
18
Aholini ovqatlanish muammosi faqat gigiyenik muammo bo‗lib qolmay,
balki ko‗proq darajada ijtimoiy muammodir, chunki aholini ovqatlanish sifati xar
bir davlatning
rivojlanganlik darajasi, oziq-ovqatlar uchun ajratiladigan mablag‗
miqdori bilan belgilanadi. Bundan tashqari, ovqatlanish muammosi xar bir
davlatning iqtisodiy holati va boshqa davlatlar bilan qiladigan iqtisodiy
munosabatlari, har bir
davlatning ijtimoiy siyosati, mehnat resurslari va mehnat
qiluvchi potensialiga ham bog‗liqdir.
Bizning Respublikamizda aholining ovqatlanish muammolari o‗ziga xos
xususiyatlarga egadir. Aholining ovqatlanishiga doir masalalar bo‗yicha
bilimdonlik darajasi uyqori darajada emas, oqilona va to‗g‗ri ovqatlanishga doir
elementlarni ko‗pchilik bilgan taqdirda ham unga e‘tibor qaratmaydi.
Aholining
ko‗pchilik qismi sifatli ovqat mahsulotlari bilan to‗liq ta‘minlanish imkoniyatiga
ega emas, bunday imkoniyatga ega bo‗lgan aholi xam to‗g‗ri ovqatlanish
talablariga rioya qilmaydi. Bugungi kunga kelib ovqat mahsulotlarining sifat
ko‗rsatkichlarini gigiyenik nazorati sezilarli darajada pasaygan.
Bozorlarda,
xususiy savdo nuqtalarida va ko‗chalarda tartibsiz ravishda sotiladigan
ovqatlarning sifatiga hech kim kafolat beraolmaydi va bu holatni baholashda
sanitar nazoratning olib borayotgan ishini ko‗ngildagidek deb bo‗lmaydi.
Respublikamizning qishloq aholisi yashash joylarida ovqatlanish muammosi
bundan ham keskin vaziyatda, chunki ovqat mahsulotlarining
assortimenti
kamaydi va iste‘mol qilinadigan ovqat mahsulotlarining miqdori ham oldingidan
pasaygan. Buning oqibatida aholi o‗rtasida (ko‗pincha ayollar o‗rtasida)
kamqonlik, bolalar o‗rtasida gipotrofiya, kamqonlik va raxit kabi kasalliklar
darajasi keskin ortib ketdi.
Dostları ilə paylaş: