Nuraliyeva xafiza otaevna



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/121
tarix11.05.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#111644
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121
Гигиена дарслик ПДФ

Oqilona, ratsional ovqatlanish deb tashqi muhitning noxush, nomaqbul 
omillariga organizmning yaxshi kurashish qobiliyatini yaratuvchi, o‗suvchi 
organizmning garmonik rivojlanishini ta‘minlovchi ovqatlanishga aytiladi.
Ovqat ratsioni – bu inson ovqatlanishi uchun zarur bo‗lgan bu bir kunlik 
oziq-ovqat mahsulotlarining miqdoriy va sifatiy tarkibidir. 
Ovqat ratsioni quyidagi gigiyenik talablarga javob berish kerak: 


19 
1. Miqdoriy jihatdan fiziologik ehtiyojga muvofiq bo‗lishi kerak, ya‘ni ovqat 
ratsionining kaloriyaliligi organizmning yo‗qotgan energiya miqdorini qoplashi 
lozim. 
2. Tegishli sifat tarkibiga ega bo‗lishi kerak. Ovqat o‗z tarkibida etarli miqdorda 
barcha ovqatlik moddalarni (oqsillar, yog‗lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral 
moddalarni) tutishi lozim (oqsil, yog‗, uglevodlar quyidagi nisbatda bo‗lishi 
kerak: kattalar uchun 1:1,2:4,6, bolalar uchun 1:1: 4) 
3. Bir kunlik ovqatlanish to‗g‗ri taqsimlangan bo‗lishi kerak. Yilning sovuq 
paytlarda nonushta 30-35%, tushlik 40-45%, kechki ovqat 25-30%, yilning issiq 
paytlarida tushlik 15% ga ertalabki nonushta va kechki ovqat hisobidan 
kamaytiriladi. 
4. Ovqat engil xazm bo‗lishi lozim, bu esa ovqatning tarkibiga, tayyorlanish 
sifatiga hamda oshqozon-ichak sistemasining funksional holatiga bog‗liq. 
5. Ovqatning organoleptik xususiyatlari - tashqi ko‗rinishi, rangi, mazasi, suyuq - 
quyuqligi, harorati yaxshi bo‗lishi lozim. 
6. Ovqat turli tuman bo‗lishi kerak. 
7. Ovqat to‗yg‗izish sezgisini chaqirish xususiyatiga ega bo‗lishi kerak. 
8. 
Sanitariya-epidemiologiya 
nuqtai-nazaridan 
ovqatlar 
zararsiz, 
ya‘ni 
mikroblardan holi bo‗lishi shart. 
Respublikamizda oxirgi yillarda ovqatlanish bilan bog‗liq kasalliklarni 
oldini olish hamda yuqumli bo‗lmagan kasalliklar
darajasini pasaytirish maqsadida 
quyidagi bir qancha me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqilgan:
1. SanQ va M № 0347-17 bo‗yicha «O‗zbekiston Respublikasi aholisining 
sog‗lom ovqatlanishini qo‗llash uchun yosh-jins va kasbiy guruxlari bo‗yicha oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‗lgan extiyojning fiziologik me‘yorlari»; 
2. SanQvaM №0361-18 ―Gen injeneriya usuli bilan olingan oziq ovqat 
mahsulotlarining inson hayoti va salomatligi uchun havfsizligini baholash‖
3. 
SanQ va M № 0366 – 19 ―Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining 
gigiyenik normativlari‖; 


20 
4. SanQ va M №0367 – 19 ―Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik 
ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‗yiladigan gigiyenik 
talablar‖.
SanQ va M № 0366 – 19 ― Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining 
gigiyenik normativlari‖ da oziq-ovqat mahsulotlari organoleptik va fizikaviy-
kimyoviy ko‗rsatkichlar bo‗yicha oziq-ovqat mahsulotlariga qo‗yiladigan 
talablarga javob berishi hamda hozirgi va kelgusi avlodlar salomatligi uchun xavf 
soluvchi kimyoviy, radioaktiv, biologik faol moddalar va ularning birikmalari, 
mikroorganizmlar va boshqa biologik organizmlarning yo‗l qo‗yilgan miqdoriga 
qo‗yiladigan me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan talablarga to‗liq javob berishi 
lozimligi keltirilib o‗tilgan. 
Ushbu SanQ va Mda yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqish va ishlab 
chiqarishda yoki uni takomillashtirishda, shuningdek, ishlab chiqarish 
texnologiyasini ishlab chiqishda yuridik va jismoniy shaxslar oziq-ovqat 
mahsulotining xavfsizligi, yaroqlilik muddati, sifat ko‗rsatkichlari hamda nazorat 
uslublarini asoslab berishlari shartli keltirilgan. 
SanQ va M №0367 – 19 ―Funksional, shifobaxsh (parhez) va profilaktik 
ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarish va muomalasiga qo‗yiladigan gigiyenik 
talablar‖ ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab 
chiqarish xonalariga, maishiy xonalarga, suv ta‘minoti va kanalizatsiyaga, tabiiy va 
sun‘iy yoritishga, havoni shamollatish, isitish hamda harorat va namlikni bir 
maromda saqlashga, texnologik asbob uskunalar, anjomlar va idishga, ishlab 
chiqarish jarayonida ishlatiladigan xom ashyoni qabul qilish va saqlashga 
qo‗yiladigan talabalar va mehnat sharoitlari va shaxsiy gigiyena qoidalariga 
qo‗yiladigan gigiyenik talabalarni o‗zida jamlagan. 
SanQ va M № 0347-17 bo‗yicha «O‗zbekiston Respublikasi aholisining 
sog‗lom ovqatlanishini qo‗llash uchun yosh-jins va kasbiy guruxlari bo‗yicha oziq-
ovqat mahsulotlariga bo‗lgan extiyojning fiziologik me‘yorlari»ga binoan 
aholining turli tabaqalari va ularning energiyaga bo‗lgan ehtiyojlari oqsillarning, 
yog‗larni, karbonsuvlarning, vitaminlar, mineral moddalarga bo‗lgan ehtiyojlar 


21 
nazarda tutiladi. Shu bilan birga aholining jinsi, yoshi, kasbi, turmush sharoiti, 
kommunal xizmat bilan ta‘minlashganligi, sport bilan shug‗ullanishi, iqlim 
sharoitlari nazarga olinib fiziologik normalar tuzilgan. 
Ishga yaroqli barcha odamlar kasbining og‗ir-engilligiga qarab 5 ta maxsus 
kasb guruxlariga bo‗linganlar va har bir gurux uchun ularning yoshlarini e‘tiborga 
olgan holda (18-29, 30-39, 40-60) alohida ovqatlik moddalar miqdori va ularning 
beradigan energiya miqdorlari belgilangan. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin