Mavzu: oqsillar. Oqsillarning umumiy tasnifi, irsiyat va gen tushunchasi



Yüklə 471,98 Kb.
səhifə1/4
tarix28.09.2023
ölçüsü471,98 Kb.
#150126
  1   2   3   4
4-H va G muhan


MAVZU: OQSILLAR. OQSILLARNING UMUMIY TASNIFI, IRSIYAT VA GEN TUSHUNCHASI.
Oqsillar yoki proteinlar – murakkab, yuqori molekulali organik birikmalar bо‘lib, о‘zaro amid bog‘ bilan bog‘langan aminokislotalar qoldiqlaridan tuzilgan. Bir xil oqsil tarkibiga turli xil aminokislotalar kirishi mumkin. Oqsil tо‘liq gidrolizgna uchraganda aminokislotalar hosil bо‘ladi. Inson, hayvon va о‘simliklar tanasida oqsillar turli xil vazifalarni bajaradi.
Ular tomir, pay, teri, suyak va boshqalar asosini tashkil qiladi, modda alamshinish va tо‘qimalar kо‘payishida muhim vazifani bajaradi. Garmonlar, enzimlar, pigmentlar, antibiotiklar, toksinlar oqsil birikmalar bо‘lib hisoblanadilar.
Oqsillar katta molekulyar massaga ega. Masalan, inson qoni zardobi albuminining molekulyar massasi 61500, qon zardobidagi (globulinining molekulyar massasi 153000, gemotsianiniki esa 6600000 ga teng .
Kо‘pchilik oqsillar qattiq holda batiy vakilni (jun, ipak) saqlaydilar yoki kukun shaklida mavjud bо‘ladilar. Ayrim oqsillarni kritsall shaklda olish mumkin.
Kо‘pchillik oqsillar suvda, suyultirilgan kislota eritmalarida eriydilar. Deyarli barcha oqsillar ishqorlarda eriydilar. Hamma oqsillar organik erituvchilarda erimaydilar. Oqsil eritmalari kolloid xususiyatiga ega bо‘lib, dializ usulida tozalanadi. Oqsillar eritmalarda suvda eruvchi organik erituvchilar (spirt, atseton va boshqalar), tuz eritmalari, kislotalar yordamida chо‘ktiriladi. CHо‘ktirishi vaqtida kо‘pchilik oqsillar zanjirining konformatsiyasi о‘zgaradi va erimaydigan holatga о‘tadi. Bu jarayonga
oqsilning denaturatsiyalanishi deyiladi.
Kо‘pchilik oqsillar qizdirilganda ham denaturatsiyaga uchraydilar. Oqsillar qizdirish vaqtida о‘zgarib ketishlari, ularni aniq suyuqlanish nuqtasiga ega emasliklari va haydash mumkin bо‘lmaganligi ularni ajratish va tuzilishini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi.
Aminokislotalar kabi oqsillar ham amfoterlik xususiyatiga ega. Izoyelektrik nuqtaning holati oqsilning tarkibiga kiruvchi aminokislotalarning tabiatiga bog‘liq bо‘ladi. Bu qiymat jelatinada 4,2; kazeinda 4,6; tuxum albuminida 4,5; gemoglabinda 6,8; bug‘doy gliadinida 9,8; klupeinda 12,5 ga teng. Oqsillarni kislota–asosliklaridagi farqdan foydalanib ularni elektroforez usuli bilan ajratiladi.
Barcha oqsillar optik faollikka ega. Kо‘pchilik oqsillar yorug‘likning qutiiblanish tekisligini chapga buradi. Oqsillarni aniqlashda bir qator rangli reaksiyalar mavjud. Bular quyidagilardir.

Yüklə 471,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin