Mavzu: oqsillar. Oqsillarning umumiy tasnifi, irsiyat va gen tushunchasi


XOSSALARINI VIDEO LAVHALAR YORDAMIDA O‘RGANISH



Yüklə 471,98 Kb.
səhifə3/4
tarix28.09.2023
ölçüsü471,98 Kb.
#150126
1   2   3   4
4-H va G muhan

XOSSALARINI VIDEO LAVHALAR YORDAMIDA O‘RGANISH
REJA:
1. Nukleotidlar-nuklein kislotalarning stuktura elementlari
2. Azot asoslari-purinlar va pirimidinlar
3. Riboza va dezoksiriboza
4.DNKning fizik-kimyoviy xossalari
Har bir tirik organizmda nuklein kislotalarning har ikki turi-ribonuklein kislota (RNK) va dezoksiribonuklein kislota (DNK) mavjud.
Faqat viruslar bularning bir turini, yo DNK, yoki RNK ni tutadi.Nuklein kislotalar oqsillar bilan birga hayotning moddiy asosini tashkil qiladi.Ular bir-biri bilan har tomonlama uzviy bog‘liq, ammo ularning hujayradagi o‘rni va funksiyasi tubdan farq qiladi:oqsillar assosan qurilish va hujayraning ishchi organlari materiali, nuklein kislota esa informatsion material, u organizmning tuzilishi, o‘sishi, rivojlanishiga tegishli axboratning saqlanishi,takrorlanishi, almashinuvi va nasldan-naslga o‘tishini ta’minlaydi.
Uzoq ajdodlardan milliard yillar davomida uzilmay kelgan axborot biopolimerlar bu ikki turining o‘zaro kelishib ishlashi jarayonida amalga oshadi. Hayotning ma’nosi ham naslni saqlash, o‘z-o‘zini takrorlash bo‘lsa, bu jarayon nuklein kislotada nukleotidlarning birin-ketin kelishi tartibi shaklida ximiyaviy tilda yozilgan axborotni oqsil molekulasida
aminokislotalar tartibiga o‘tkazishda amalga oshiriladi.Demak, nuklein kislotadagi ramziy buyruq organizmning real oqsillarida ifodalanadi. Oqsil esa har qanday hujayraning morfologiyasini ham, funksiyasini ham belgilaydi. Demak, nuklein kislotalarning biologik roli cheksiz buyukdir.Barcha nuklein kislotalar yuksak molekular birikmadir.Ular eng
kichik vakillarining molekular massasi 25 ming atrofida bo‘lsa, eng kattalariniki 1mlrd.ga yetadi. DNK molekulalari hujayradagi eng katta molekulalar qatoriga kiradi.
Nukleotidlar-nuklein kislotalarning stuktura
elementlari.RNK ham, DNK ham nukleotidlar deb ataladigan monomerladan tuzilgan, shuning uchun nuklein kislotalar polinukleotidlar deyiladi.Har bir mononukleotid birg‘biridan farq qiladigan uchta ximiyaviy komponentdan: anorganik fosfat, monosaxarid riboza yoki dezoksiriboza va azot asosi:purin yoki pirimidin asosidan tashqari topgan.DNK va RNK molekulalari tarkibiga kiradigan monosaxarid va azot asoslari birmuncha farq qiladi. DNK tarkibidagi monosaxarid dezoksiriboza bo‘lganidan uning mononukleotidlar ham dezoksiriboza mononukleotidlar, DNK ning o‘zi dezoksiriboza-polinukleotid;RNK esa
ribozomononukleotidlardan tashkil topgan ribozopolinukleotidlar. Azot asoslarida farqi pirimidin asoslariga oid bo‘lib, RNK tarkibiga uratsil, DNK tarkibiga esa timin kiradi.Bu farqlar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.



Quyida bu komponentlar va ularning birikishida hosil bo‘ladigan nukleotidlar bilan tanishamiz.

Yüklə 471,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin