1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix12.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#111981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
eksperimental psixologiya

 
 
3 - MAVZU : PSIXOLOGIK TADQIQOTLARDA O`LCHOV 
USULLARINING QO`LLANISHI. 
R e j a : 
1. Psixologik tadqiqot natijalarini mikdoriy tahlil qilishning zarurligi. 
2. O`lchov shkalasi tiplari. 
3. Nomlash (nominativ) shkalasi. 
4. Tartib (ordinar) shkalasi. 
5. Interval (oralik) shkalasi. 
6. Munosabatlar shkalasi. 
 
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

Validlik-metodikaning tadqiqot predmetiga mosligi; 

Ishonchlilik- metodikaning o`lchov vositasi sifatida loyiqligi; 

Ob`ektivlik- o`lchov natijalarining undan foydalanuvchi shaxsga bog`liq 
emasligi; 


12

SHkalalashtirish-psixik 
holatlarni 
o`lchash 
uchun 
qo`llaniladigan 
eksperimental va matematik usullar yig`indisi; 
 
Psixologik kuzatish va tajriba natijalarini so`z orqali ifodalaganda sub`ektivlik 
holatlari bo`lishi muqarrar, bunday sub`ektivlik holatlari muddatidan avval xulosa 
chiqarishda, asoslanmagan umumlashtirishlarda namoyon bo`ladi. Sifat jihatdan 
o`rganilayotgan psixik hodisa va jarayonlarni tavsiflashda ular o`rtasidagi farq va 
o`ziga xos rivojlanish xususiyatlarini to`la holda ta`riflashda qiyinchilik tug`diradi. 
Bunday tahlil kuzatish va tajriba natijalarida qay darajadagi xatolar bo`lishi 
mumkinligini aniq ko`rsatib bera olmaydi. SHuning uchun hamma vaqt mikdoriy 
tahlil sifat tahlil bilan birgalikda qo`llaniladi. Ana shunda sub`ektivlik holatlariga 
barham berilib, shakllantirilgan hukm va xulosalar tadqiqotchi shaxsiyatiga 
bog`liqlikdan xalos bo`ladi, natijalarni tekshirish imkoniyati vujudga keladi.
Psixolog uchun kuzatish va tajriba natijalarini statistik metodlar yordamida 
aniqlashni bilish juda muhimdir. 
Psixologiya matematik fan bo`la oladimi? 
Psixologiyani matematikalashtirish - uning barcha sohalariga tarqaladi. 
Psixologiya yaqin kelajakda qay darajada eksperimental fan bo`lsa, shu darajada 
matematik fan ham bo`lib qoladi. 
Psixologiyani matematikalashtirishning ahamiyati qanday? 
 
Tadqiqot 
metodikasini 
tanlashdan 
avval 
eksperimentator 
nimani 
o`rganayotgani, olingan natija amaliy va tadqiqotchilik vazifasi talablariga mos kela 
olishini tasavvur qila olishi kerak bo`ladi. Birinchi navbatda bu metodning validligi, 
ishonchliligi va ob`ektivligini isbotlash uchun zarur bo`ladi. Metodikaning validligi 
deganda uning tadqiqot predmetiga adekvatligi (mosligi) tushuniladi. Miqdoriy 
validlik ushbu metodika natijalari bilan tashqi o`lchovlarning o`zaro aloqasini 
aniqlashda namoyon bo`ladi. Masalan, ta`limning muvaffakiyati –o`quvchining 
intellektual taraqqiyoti bilan bog`liq bo`ladi. SHuning uchun ham tashqi o`lchov 
sifatida uning o`zlashtirishini olish mumkin. Aytaylik, talabalarning aqliy 
rivojlanishini o`rganish uchun test topshiriqlari va o`zlashtirish bahosi o`rtasida 
ijobiy aloqa mavjud bo`lsa, qo`llanilgan metodika validlikka ega bo`ladi.
Metodikaning yana bir muhim xususiyati uning ishonchliligi bo`lib, ushbu 
metodikaning o`lchov vositasi sifatida loyiqligida namoyon bo`ladi.
Metodikaning ob`ektivligi o`lchash natijalarining undan foydalanuvchi 
shaxsga bog`liq emasligida aks etadi. Metodikaning validligi va ishonchliligini 
tekshirish maqsadida turli statistik o`lchovlardan foydalanish mumkin bo`ladi.
Har qanday metodikadan ham tajriba jarayonida foydalanish
mumkinmi? 
O`lchov nazariyasi fikricha psixologiyada qo`llaniladigan barcha o`lchov 
usullari psixologik o`lchov shkalalarini tuzishdan iboratdir.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin