M a ’ r u z a m a t e r I a L l a r I i ma’ruza. Kirish. Adabiyot nazariyasi fan sifatida



Yüklə 198,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix12.05.2023
ölçüsü198,78 Kb.
#112100
1   2
1-Маъруза

 
Savol va topshiriqlar: 
 
1. “Adabiyotshunoslik” atamasining etimologiyasi haqida gapiring. 
2. Adabiyotshunoslik tarkibiga qanday predmetlar kiradi va ular o‘rtasida qanday aloqadorlik 
bor? 
3. Harq klassik adabiyotidagi qaysi asarlarda adabiy-nazariy fikrlar bayon etilgan? Ularning 
o‘xshash va farqli tomonlari haqida gapiring.
4. Adabiyotni sinflarga bo‘lshib o‘rganish noto‘g‘ri ekanligini fikrlaringiz asosida isbotlang.
Sanʼat qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni 
bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan. 
Ibtidoiy sanʼatning dastlabki izlari soʻnggi paleolit davriga, taxminan mil. av. 40—20ming 
yillikka borib taqaladi. U davrda hali sanʼat inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib 
chiqmagan edi. Chunki maʼnaviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik 
madaniyatning oʻsishi natijasida sanʼat alohida soha sifatida astasekin ajrala bordi. 
Sanʼat odamlarning estetik talablarini qondirish bilan birga, oʻz taraqqiyotining turli davrlarida 
jamiyat aʼzolarini maʼlum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vositasi 
sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuygʻu, manfaat, ideallarini ifoda etgan. 
Sanʼat ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan oʻzining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish 
usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning 
moddiy va maʼnaviy faoliyatidagi bilimi, tajribasi, mahorati va qobiliyatlarini namoyon etuvchi 
badiiy ijodiyot mahsulidir.
Estetik tafakkur tarixida sanʼat narsa va hodisalarni qanday boʻlsa shunday aks ettirish va 
hayotni goʻzallik qonunlari asosida badiiy ifodalash gʻoyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat 
va insonning ijtimoiy, maʼnaviy, milliy dunyosi sanʼat predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi 
shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga maʼlum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan 
munosabat bildiradi va oʻz estetik bahosini beradi. 
sanʼatni tushunish, uning kiplutar hayotidagi oʻrnini aniqlash masalasi butun madaniyat tarixi 
davomida jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Shunga koʻra, sanʼat mazmuni obʼyektiv va 
subʼyektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. Sanʼatning ijtimoiyestetik 
vazifalari juda keng va xilmaxil. 
Sanʼat — inson uchun estetik zavqshavq manbai; inson hayotiga goʻzallik baxsh etadi; 
odamlarda voqelikka nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, oʻrganish va 
bilish vositasi; hayotni inson orzu qilgan tomonga oʻzgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; 


hayotdagi goʻzallikdan ilhrmlanishga, xunuklikdan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, 
orasidagi maʼnaviy koʻprik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyestetik didini tarbiyalaydi, 
ularda maʼlum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. Sanʼat jamiyat maʼnaviy hayotining boshqa 
hodisalari (fan, mafkura, axloq) bilan maʼlum darajada bogʻlikdir. Sanʼatning maqsadi dunyoni 
badiiy oʻzlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni maʼnaviy boyita oladigan asarlar 
yaratish yoʻli bilan kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Sanʼat asarlarining 
diqqat markazida insonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va oʻzaro munosabatlari, muayyan tarixiy 
sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham sanʼat asarlari beradigan maʼrifiy 
bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan 
olingan maʼlumotlardan farqqiladi. Sanʼatning tarbiyaviy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va 
obrazlarning har bir oʻquvchi, tomoshabinning qalbiga kirib borishi, ularda zavqiy hissiyotlarni 
uygʻotishidadir. 
San’at turli koʻrinishlari bilan oʻziga xos badiiyestetik qadriyatlarni toʻplash, saqlash va 
boshqalarga uzatish xususiyatiga ega boʻlgan estetik tizimni tashkil etadi. Sanʼat tasviriy sanʼat, 
meʼmorlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, sirk, badiiy adabiyot, xoreografiya va 
boshqalarni oʻz ichiga oladi. Sanʼatning turlari oʻz predmeti, tasvir vositalari va ifoda 
imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Macalan, adabiyotda asosiy ifoda vositasi boʻlib til 
xizmat qiladi; tasviriy sanʼatda boʻyok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda 
pesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda oʻz aksini topadi.
Sanʼat barcha ijtimoiy ong shakllari singari oʻz taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu 
qonuniyatlar sanʼatning oʻz ichki xususiyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot bilan 
bogʻliq boʻlgan xalq, millat, elat, mamlakat va jahon sivilizatsiyasi darajasi bu qonuniyatlarda 
oʻz ifodasini topadi. Sanʼat qonuniyatlarini estetika, sanʼatshunoslik oʻrganadi. 
O‘z vaqtida Abdurauf Fitrat: "San’at lug‘atda hunar demakdirkim, bir narsani yaxshi ishlab 
chiqarishdan iboratdir"- deb yozgan edi. Bir qarashda Fitrat "san’at" so‘zining ma’nosini, 
san’atning mohiyatini jo‘nlashtirayotgandek ko‘rinishi mumkin. Biroq e’tibor qilinsa, olim 
"yaxshi" so‘ziga ayricha urg‘u berayotgani, unga juda katta ma’no yuklayotgani anglashiladi. 
Xo‘sh, ko‘chirmadagi "yaxshi" so‘ziga qanday ma’nolar yuklangan? Darhaqiqat, tilimizda 
ishlatiluvchi "san’at" so‘zining ma’no qirralari ancha keng. Masalan, "rassomlik san’ati", 
"kulollik san’atini egallamoq", "yuksak san’at bilan ishlangan" kabi birikmalarning har birida 
"san’at" so‘zi turli ma’no qirralarini ifodalaydi. Shunga qaramay, ularda "san’at" so‘zi 
ifodalayotgan ma’no qirralarini birlashtiruvchi umumiy nuqtalar mavjudki, bu mazkur so‘zning 
har uchala holda ham "go‘zallik", "mahorat", "did" tushunchalari bilan bog‘liqligidir.
«San’at» so‘zi jonli tilimizda nechog‘li keng ma’noda qo‘llanmasin, tabiiyki, bizni uning 
lug‘aviy ma’nosi emas, istilohiy ma’nosi qiziqtiradi. Istilohiy ma’noda san’at deganda insonning 
go‘zallik qonuniyatlari asosida borliqni badiiy o‘zlashtirish(va o‘zgartirish)ga qaratilgan 
yaratuvchilik faoliyati hamda uning natijasi o‘laroq vujudga kelgan narsalar jami tushuniladi. 
Demak, bu ma’noda tushunilsa, go‘zallik qonunlari asosida mahorat va did bilan yaratilgan 
narsalarning hammasi san’atga aloqadordir. Shu bois ham biz "amaliy san’at" va "badiiy(nafis) 
san’at" turlarini ajratamiz. Amaliy san’at turlariga kulolchilik, naqqoshlik, kashtachilik, 
zardo‘zlik, modelyerlik kabi qator sohalarni kiritsak, badiiy san’atlarga rassomlik, musiqa, 
haykaltaroshlik, kino, teatr kabilarni mansub etamiz. Modomiki biz keng ma’nodagi "san’at" 
ichida amaliy va badiiy san’at turlarini ajratar ekanmiz, ularning umumlashtiruvchi va farqli 
jihatlari bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda umumlashtiruvchi jihat shuki, har ikkisi ham go‘zallik 
qonunlari asosida did va mahorat bilan yaratiladi. Farqli jihatlariga kelsak, ulardan eng muhimi 
shuki, amaliy san’at mahsuloti insonning moddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilsa, badiiy 
san’at namunalari insonning ma’naviy-ruhiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Demak, 
amaliy san’at mahsuloti insonning kundalik turmushda foydalanishini ko‘zda tutadi, ayni paytda 
unga zavq beradi. Masalan, kulol ishlagan piyola qanchalik nafis va go‘zal bo‘lmasin, biz unda 
choy (umuman, ichimlik) ichamiz. Mohiyat e’tibori bilan nafis ishlangan piyola ham, jo‘n piyola 
ham amaliy foydaliligi jihatidan teng. Biroq nafis ishlangan piyola kishining choy ichishiga 
vosita bo‘lishidan tashqari unga zavq ham beradi, kayfiyatini ko‘taradi. Shunday bo‘lsa-da, zavq 


bag‘ishlashlik piyolaning ikkilamchi funksiyasi. Demak, amaliy san’at mahsulotining qimmati 
birinchi navbatda foydaliligi bilan belgilanadi. Endi qiyos uchun, masalan, qadim yunon 
haykaltaroshi yaratgan biror bir haykalni olaylik. Haykalni yaratar ekan yunon undan amalda 
foydalanishni ko‘zda tutgan emas. Aytaylik, u o‘zi topingan ma’budlardan birining haykalini 
yaratdi. Haykaltarosh o‘sha ma’budni avvalo o‘zining tasavvurida yaratdi, ijodiy fantaziya 
quvvati bilan tasavvur qila olgani obrazda — qotirib qo‘yilgan lahzada ma’budining go‘zalligi, 
qudrati, mehriyu-qahrini ko‘ra oldi, undan zavqlandi, hayratlandi, unga topindi va ayni shu 
holatni toshda yo‘nib muhrladi. Haykalni ko‘rar ekan tomoshabin o‘sha zavqni, hayratni o‘ziga 
yuqtiradi, haykaldan boshqa maqsadda foydalanishni o‘ylamaydi ham. Ko‘ramizki, haykal 
boshqa bir odamning zavqiyu hayratini boshqa odamga ko‘chirdi, uning ruhiyatiga oziq berdi. 
Yuqoridagidan ko‘rinadiki, piyola ham, haykal ham go‘zallik qonunlari asosida did va 
mahorat bilan yaratilgan. YA’ni, amaliy san’at ham, nafis san’at ham estetik faoliyat mahsuli. 
Insonning go‘zallik qonunlari asosida borliqni o‘zlashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan faoliyati 
estetik faoliyat deb yuritiladi. 
Estetik faoliyat inson hayotining barcha nuqtalarida o‘zini namoyon qiladi: kundalik 
turmushda, mehnatda, istirohatda va h. Aytaylik, hovlisiga gulu rayxon o‘tqazayotgan ayol, 
o‘ziga oro berayotgan qiz, daraxtlarga shakl berayotgan bog‘bon, tabiat manzarasidan 
zavqlanayotgan sayyoh, o‘sha manzarani chizayotgan rassom ... — bularning barida estetik 
faoliyat unsurlari u yoki bu darajada mavjud. Biroq ular bir-biridan farqlanadi. Aytaylik, agar 
piyola go‘zallik qonunlari asosida kechgan mehnat faoliyati mahsuli bo‘lsa, haykal go‘zallik 
qonunlari asosida kechgan ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli. Anglashiladiki, estetik faoliyat 
tushunchasi badiiy ijod, badiiylik tushunchalaridan keng ekan, zero, badiiy ijod estetik 
faoliyatning bir ko‘rinishi sifatida mavjuddir. Biz mutaxassis sifatida ko‘proq tor ma’nodagi 
"san’at" tushunchasi bilan ish ko‘ramiz. 
Tor ma’noda qo‘llanilgan "san’at" so‘zi badiiy san’atlarni ko‘zda tutadi. Badiiy san’atlar 
deganda biz musiqa, raqs, rassomlik, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot, teatr, kino kabi san’at 
turlarini tushunamiz. Modomiki san’atni turlarga ajratar ekanmiz, bu turlarni umumlashtiruvchi 
va farqlovchi jihatlar bo‘lishi lozim. Sanalgan san’at turlarini umumlashtiruvchi jihat obrazlilik, 
ya’ni, ularning bari badiiy obraz vositasida fikrlaydi. Farqlovchi jihatlarga kelsak, bu narsa, 
birinchi navbatda, obrazni yaratish materialida ko‘rinadi: musiqa ohanglar, rassomlik ranglar, 
raqs plastik harakatlar, haykaltaroshlik qotgan plastika vositasida obraz yaratadi. Badiiy adabiyot 
esa so‘z vositasida obraz yaratadi va shu bois ham so‘z san’ati deb yuritiladi. So‘z universal 
bilish vositasi bo‘lganidek, universal ifoda vositasi hamdir: har qanday fikriy faoliyat va hisning 
ifodasi so‘z vositasida amalga oshadi, amalga osha oladi. So‘z bilan ish ko‘rgani uchun ham 
badiiy adabiyot boshqa san’at turlari orasida tasvir va ifoda imkoniyatlarining kengligi bilan 
alohida o‘rin va mavqe kasb etadi. Biz ko‘pincha "rangtasvir tili", "kino tili" kabi tushunchalarga 
duch kelamiz. Negaki, boshqa san’at turlarining tili badiiy adabiyot tiliga o‘girilishi mumkin, 
boz ustiga, biz boshqa san’at turlariga mansub asarlarni-da so‘z vositasida aqliy va hissiy 
mushohada qilamiz, "singiramiz". San’at turlarining ichida ifodaviy va tasviriy san’at turlarini 
farqlanadi. Bir xil san’at turlari tasvirlasa, boshqalari ifodalaydi. Aytaylik, musiqa - ifoda san’ati, 
kompozitor ohanglar orqali kechinmalarini ifodalaydi va shu ohanglar ruhiyatimizda muayyan 
bir kayfiyat hosil qiladi. Musiqani tinglarkan, o‘sha kayfiyat asosida har bir tinglovchi o‘ziga xos 
bir manzarani, holatni ko‘z oldiga keltiradi. YA’ni, kompozitor muayyan obraz ta’sirida 
tug‘ilgan kechinmalarni ifodaladi — obrazning o‘zini tasvirlamadi, tinglovchi esa kechinmalar 
asosida o‘sha obrazni o‘zi tasavvur etadi. Rassomlik bilan haykaltaroshlik tasviriy san’at turlari 
sanaladiki, bunda o‘zgacharoq holga duch kelamiz. Bu jarayonni tubandagicha tasavvur 
qilishimiz mumkin: biror manzara, holat musavvir qalbini jumbushga keltirdi, ko‘nglida 
muayyan kechinmalar buhronini qo‘zg‘adi — musavvir o‘zini hayratga solgan, zavqlantirgan, 
ko‘nglida kechinmalar qo‘zg‘agan o‘sha manzarani rangtasvirda muhrlaydi — rangtasvir bizda-
da o‘sha yoki o‘shanga yaqin his-tuyg‘ularni uyg‘otadi, kayfiyatni hosil qiladi. Badiiy 
adabiyotga shu jihatdan nazar solsak, uning qorishiq hodisa sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rinadi: 


deylik, epik asarlarni olsak, ularda tasviriylik xususiyati ustunligini, lirik asarlarda esa 
ifodaviylik yetakchilik qilishini kuzatamiz. 
San’at turlari orasidagi farq yana ularning retsepiyent (o‘quvchi, tinglovchi, tomoshabin) 
tomonidan qabul qilinishidagi o‘ziga xoslikda ham ko‘rinadi. Masalan, rassom chizgan peyzajni 
qabul qilish jarayoni bilan epik asardagi so‘z bilan tasvirlangan peyzajni qabul qilishdagi farqni 
olaylik. Rangtasvir asarini yaxlit holda ko‘ramiz: ya’ni, uni avvaliga butunicha ko‘ramiz, keyin 
butundan qismga (detallarga qarab) boramiz. Badiiy adabiyotdagi peyzajni qabul qilishda esa, 
aksincha, qismdan butunga qarab boriladi: avvaliga detallar bilan tartibi bilan tanishamizda, 
oxirida ko‘z oldimizda yaxlit manzara hosil bo‘ladi. Ayrim san’at turlariga mansub asarlarini 
retsipiyent bevosita qabul qilsa, boshqalarning qabul qilinishi uchun o‘rtada vositachi — 
ijrochining bo‘lishi talab etiladi. Masalan, musiqa asarini olaylik. Musiqa asarining yaratuvchisi 
(kompozitor), asarning o‘zi(notalar bilan ifodalangan matn), ijrochisi va eshituvchi bor. Ko‘rinib 
turibdiki, kompozitor tinglovchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi, zero, ijro etilayotgan 
kuyda qisman ijrochining-da talqini qo‘shilgan. Bu jihatdan badiiy adabiyotning ustunligi 
shundaki, o‘quvchi badiiy informatsiyani bevosita(asarning o‘zi orqali) qabul qiladi, 
o‘quvchining ruhiy faolligi yuqori darajada bo‘ladi. Turli san’at turlariga mansub asarlarning 
yaratilishi jarayoni bilan bog‘liq farqlarga ham to‘xtalish lozim. Masalan, badiiy adabiyot 
yozuvchining individual ijodiy faoliyati mahsuli bo‘lsa, kino kollektiv ijod mahsuli sifatida 
yaraladi. Kino asarining yaratilishida ssenariy muallifi, sahnalashtiruvchi rassom, kompozitor, 
aktyor kabilarning ijodiy mehnati borki, ularning bari bir fokusga — rejissor nigohiga jamlanadi. 
Mavjud san’at turlari orasida badiiy adabiyot yetakchilik mavqeida turadi. Bu xil mavqening 
asosi shuki, badiiy adabiyot universal bilish va ifoda vositasi bo‘lmish so‘z bilan ish ko‘radi. Biz 
yuqorida badiiy adabiyot "tili"ga barcha san’at turlari "tili"ni o‘girish mumkin, dedik. Biroq, 
agar bu fikrni mutlaqlashtirilgan holda tushunadigan bo‘lsak, unda boshqa san’at turlarining 
paydo bo‘lishi asossiz, keraksiz bo‘lur edi. Holbuki, rangtasvir darajasidagi tasviriylikka, musiqa 
darajasidagi ifodaviylikka adabiyotning erishmog‘i dushvordir. Shunga qaramay, badiiy tafakkur 
so‘z asosiga qurilgani sababidan ham badiiy adabiyot belgilovchi san’at turi sanaladi: boshqa 
san’at turlari yaratuvchi obrazlar so‘z san’atida yaratilgan obrazlar kontekstida qabul qilinadi. 
Keyingi yillarda "ko‘rish"ga asoslangan badiiy informatsiyaning o‘rni kuchaysa ham, so‘z 
o‘zining yetakchi mavqeini saqlab qoldi va shu bois ham badiiy adabiyot hamon san’atning 
belgilovchi turi bo‘lib turibdi. 
Badiiy adabiyot san’atning boshqa turlari rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatganidek, boshqa san’at 
turlari ham badiiy adabiyot taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. YA’ni, adabiyot boshqa san’at 
turlari bilan aloqada yashaydi va rivojlanadi. Masalan, o‘zbek milliy teatrining rivojlanishi 
o‘zbek badiiy prozasining tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirgani, nasriy asarlar 
strukturasini o‘zgartirgani shubhasizdir. Zamonaviy nasriy asarlarda "sahnaviylik"ning 
kuchaygani, dialoglarning tobora keng o‘rin olib borishi hamda tasvirda "obyektivlik"ka 
intilishning ortgani teatr san’atining rivoji bilan bog‘liqdir. Zero, teatr san’ati milliy badiiy 
tafakkurni boyitdi: nosirlarimiz "dialog" vositasida qahramonlar ruhiyatini ochish, hayotiy 
holatning ruhiy asoslarini ko‘rsatish kabi yangi badiiy imkoniyatlarni o‘zlashtirdilar. Ikkinchi 
tomondan, o‘quvchilar shu xil nasriy asarlarni qabul qilishga tayyorlandilar, epik nasriy asar 
voqealarini "chetdan" kuzatish(xuddi sahna asarini tomosha qilayotgandek) orqali estetik zavq 
olish, asar mazmun-mohiyatini tushunish ko‘nikmalarini hosil qildilar. Boshqa bir misol 
tariqasida musiqani olaylik. 
Milliy turmush tarzining, hayot ritmining o‘zgarishi barobari milliy musiqamiz ritmida ham 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldiki, bu o‘zgarishlar she’riyatda ham kuzatiladi. Milliy rangtasvir 
san’atining, xususan, undagi portret va peyzaj janrlarining rivoji va milliy nasrimizdagi peyzaj, 
portret tasviridagi o‘zgarishlar, shuningdek, peyzaj she’rlar haqida ham yuqoridagicha fikrlarni 
aytish mumkin bo‘ladi. Bulardan ko‘rinadiki, badiiy adabiyotning tasvir va ifoda 
imkoniyatlarining kengayishi va takomilida uning boshqa san’at turlari bilan aloqasi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shu bois ham hozirgi adabiyotda nafaqat adabiy turlar orasidagi 


sintezlashuv, balki boshqa san’at turlari bilan sintezlashuv hollarini ham kuzatish mumkin. Misol 
tariqasida X.Davronning tubandagi she’rini olaylik: 
Ro‘mol o‘rab ko‘chaga chiqdi, 
ro‘molini yechdi ko‘chada 
va sochlari birdan shovullab 
oqib ketdi yelkalaridan. 
Juda go‘zal ayol edi u 
qalandardek ergashdi hilol. 
Bu she’r o‘quvchisining ko‘z oldida tasvir birma-bir, xuddi kino kadrlaridek namoyon 
bo‘ladi. YA’ni, she’rning qabul qilinishida kino asarini qabul qilishga yaqinlik, demakki, uning 
ifoda yo‘sinida kino "tili"ga yaqinlik bor. Demak, badiiy adabiyotga qotib qolgan hodisa sifatida 
ham, mutlaqo mustaqil hodisa sifatida ham qaramaslik kerak. Shundagina bugungi adabiyotdagi 
o‘zgarishlarni his qilish va ularni "xazm" qila olish mumkin bo‘ladi. Aks holda mutaxassis 
sifatida ham, kitobxon sifatida ham cheklanib qolish, adabiy hodisalarni o‘tmish "toshi" 
bilangina o‘lchaydigan bo‘lib qolishimiz mumkin.
Xulosa shuki, chinakam adabiyotshunos bo‘lmoq uchun, birinchidan, san’atning barcha 
turlaridan zavqlana biladigan xassos qalbga, ikkinchi tomondan, undagi o‘zgarishlarni ziyraklik 
bilan ilg‘ashu tahlil qilishga qobil teran aqlga ega bo‘lmoq lozim. 
Tayanch tushunchalar: 
san’at 
amaliy san’at 
foydalilik 
moddiy ehtiyoj 
badiiy san’at 
ma’naviy-ruhiy ehtiyoj 
estetik faoliyat 
sintezlashuv 
Savol va topshiriqlar: 
1. Estetik faoliyat tushunchasiga izoh bering. Estetik faoliyat va badiiy ijod tushunchalarining 
o‘zaro munosabati qanday? 
2. Amaliy va badiiy san’atlarning mushtarak va farqli tomonlarini tushuntiring. Xususan, amaliy 
faoliyat o‘zi yo‘naltirilgan predmetni o‘zgartirishi aytildi. Shu jihatdan karab, 
haykaltaroshlikning badiiy san’at turi ekanini asoslab bering. 
3. Badiiy san’at turlarini umumlashtiruvchi va farqlovchi jihatlar qaysilar? 
4. Badiiy adabiyotnining o‘ziga xosligini boshqa san’at turlari, masalan, musiqa va rangtasvir 
bilan qiyoslab tushuntirib bering. 
5. Badiiy adabiyotni kino san’ati bilan qiyoslang, o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsating. Kino 
asari tomosha qilinadi, adabiy asar o‘qiladi. Badiiy asarni ikki xil yo‘sinda qabul qilishning farqli 
tomonlari nimada? Insonning ma’naviy-ruhiy yuksalishiga bulardan qaysisi kuchliroq ta’sir 
ko‘rsatishi mumkin? Nima uchun?

Yüklə 198,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin