M a ’ r u z a m a t e r I a L l a r I i ma’ruza. Kirish. Adabiyot nazariyasi fan sifatida



Yüklə 198,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.05.2023
ölçüsü198,78 Kb.
#112100
  1   2
1-Маъруза



 
M A ’ R U Z A M A T E R I A L L A R I 
I - MA’RUZA . 
1. Kirish. Adabiyot nazariyasi fan sifatida.
 
 
1. Kirish. Adabiyot nazariyasi fan sifatida 
 
R E J A 
1 San’at – estetik hodisa. San’atning tabiati va turlari.
2. San’atda inson ruhiyati masalasi. Badiiy adabiyot san’atning bir turi sifatida. 
3. Adabiyot nazariyasining adabiyotshunoslik fani tarkibida tutgan o‘rni; Adabiyot 
nazariyasining adabiyot tarixi, adabiy tanqid, adabiy manbashunoslik, adabiy jarayon, jahon 
adabiyoti, adabiyotshunoslik metodlari bilan aloqasi.
Asosiy adabiyotlar 
1.Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik.-T.: «Fan», 1978-1979. 
2.Alisher Navoiy. Mezon ul avzon. Asarlar. O’n besh tomlik. 14-tom.T.: «Fan», 1967. 
3.Arastu. Poetika. Ahloqi kabir-T.: «Yangi asr avlodi», 2004
4.Valixo’jayev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi.-T.: «O’zbekiston»,1993. 
5.Sultonov I. Adabiyot nazariyasi.-T.: «O’qituvchi», 2002. 
6 Fitrat. Adabiyot qoidalari.-T.: «O’qituvchi»,1995. 
Qo‘shimcha adabiyotlar 
1. Abu Ali Ibn Sino. She`r san’ati. T. Adabiyot va san’at, 1980. 
2. Abu Nasr Forobiy. She`r san’ati. T. Adabiyot va san’at, 1979. 
3. Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. Asarlar. 15 tomlik, 12-tom. T. “Fan”, 1966. 
4. Alisher Navoiy. Muhokamatul lug’atayn. Asarlar. 15 tomlik, 14-tom. T. “Fan”, 1967 
 
Internet saytlari 
1. www.alishernavoiy.uz 
2.
www.ziyo-net.uz
 
3.
www.literature.uz
 
4.
www.kutubxona.uz
 
Adabiyot atamasi arabcha “adab” so‘zining ko‘plik shaklidir. U keng va tor ma’nolarda 
ishlatiladi. Keng ma’noda ishlatilganda kitoblar, risolalar, maqolalar, umuman, ko‘pchilikning 
o‘qishi uchun mo‘ljallangan nashrlar tushuniladi. Bunday adabiyotlar turli sohalarga bo‘linadi va 
turlicha nomlar bilan yuritiladi: “Qishloq xo‘jaligi adabiyoti”, “Texnika adabiyoti”, “Meditsina 
adabiyoti”, “Badiiy adabiyot” singari. Adabiyot atamasi tor ma’noda qo‘llanganda faqat badiiy 
adabiyotlar (romanlar, qissalar, hikoyalar, she’rlar, balladalar, dramalar, qasidalar) tushuniladi. 
Maxsus, tor va profetsional ma’nodagi “adabiyot” atamasi o‘zbek adabiy tiliga XX 
asrning boshlarida kirib kelgan. O‘tmishda badiiy adabiyot bilan birga ilmiy, tarixiy, axloqiy 
kitoblar ham adabiyot atamasi tushunchasi ham doirasiga kiritilgan. O‘rta asrlarda shunday 
asarlar ham yaratilganki, ulardan so‘z san’ati ilm-fan, odob-axloq masalalari bilan qorishib 
ketgan (“Qobusnoma”, “Qutadg‘u bilig”, “Boburnoma” singari). Bundan tashqari sof badiiy 
asarlar ham “adabiyot” atamasi tushunchasi doirasiga kiritilgan. She’riy asarlar “nazm”, 
“manzuma”, “abyot”, “she’r” atamalari bilan nasriy asarlar “nasr” nomi bilan yuritilgan. She’riy 
to‘plamlar uchun “devon”, “bayoz” singari atamalar qo‘llanilsa-da, umumiy maxsus atama 
ishlatilmagan. XX asr boshlarida Hamza, Abdulla Avloniy va boshqalar o‘zlarining badiiy 


asarlarini “adabiyot” deb atay boshlaganlar. XX asrning 20-yillariga kelib, badiiy asarlarga 
nisbatan “adabiyot” atamasini qo‘llash odat tusiga kirgan.
Adabiyotshunoslik badiiy adabiyot – so‘z san’ati haqidagi fandir. Badiiy adabiyotning 
muhim xususiyatlarini rus tanqidchisi I.Belinskiy “Adabiyot so‘zining umumiy ma’nosi” asarida 
ko‘rsatib o‘tadi. Uningcha, adabiyotning eng muhim va umumiy xususiyati 3 tadir:
1. Adabiyot doimo ommaviylikka suyanadi, ya’ni adabiyot boy va kambag‘alga, erkak va 
ayollarga, yoshu-qariga, demak irqi, millati, dinidan qat’iy nazar hammaga birdek xizmat qiladi.
2. Adabiyot ma’lum shaxslar, talant egalari tomonidan yaratiladi. Shu nuqtai nazardan 
yozma adabiyot bilan xalq og‘zaki ijodi bir-biridan farqlanadi. Og‘zaki ijodning bunyodkori xalq 
bo‘lsa, yozma adabiyot ma’lum bir shaxslar tomonidan yaratiladi.
3. Adabiyotning badiiyligidir, ya’ni unda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. So‘z 
vositasida inson qalbi kashf etiladi, u orqali hayot jonli qilib, boyitib ta’sirli qilib tasvirlanadi.
“Adabiyotshunoslik” so‘zi kelib chiqish jihatdan “adabiyot” so‘ziga tojikcha “shinos” 
(yaxshi bilish, tayin etish) fe’li va o‘zbekcha lik qo‘shimchasini qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. 
“Shinos” fe’li o‘zbek tili taqozosiga ko‘ra, “shunos” shaklini olgan. “Adabiyotshunoslik” 
atamasiga Qisqacha Adabiyot ensiklopediyasida shunday ta’rif berilgan: Adabiyotshunoslik – 
badiiy adabiyotni uning mohiyatini, kelib chiqishini va ijtimoiy aloqalarini har taraflama 
o‘rganuvchi fandir; so‘z orqali badiiy fikrlashning negizi, zamini, tuzilishi, tarixiy-adabiy 
jarayonning lokal (ma’lum joy, davrga oid) va umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar jamidir”.
Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” fan sifatida” nomli maqolasida adabiyotshunoslik 
haqida shunday deydi:
“1. Adabiyotshunoslikning diqqat markazida dastavval adabiyotning eng yaxshi 
namunalari, ya’ni klassik asarlar va klassik yozuvchilar ijodi turadi. Ana shunday asarlar va 
yozuvchilar ijodi tahlili jarayonida badiiy adabiyotning qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari 
kashf etiladi.
2. Adabiyotshunoslik tarixiy-adabiy jarayon – adabiyotning ma’sum bir davrda 
rivojlanish haroiti va yo‘llarini o‘rganadi, qonuniyatlarini ochadi.
3. Adabiyotshunoslik adabiyotni yaratuvchilarning o‘zlarining adabiyot va tarixiy –
adabiy jarayon haqida aytgan fikrlari ham hisobga oladi, ularga tayanadi. Demak, adabiy 
klassika, buyuk yozuvchilarning adabiyot haqidagi fikrlari, tarixiy-adabiy jarayon va uning 
hamma arboblari faoliyati, ijodiy mahsuloti – adabiyotshunoslikning ob’ektidir.
Adabiyotshunoslikning asosiy vazifasi biridan, adabiy jarayonni, adabiyot taraqqiyoti 
an’analari, qonuniyatlari- chuqur o‘rganishdan iborat. Adabiyotshunoslik badiiy adabiyoti zamon 
talablari asosida tinimsiz rivojlanib borishga va xalqqa xizmat qilishga da’vat etadi. Ikkinchidan, 
adabiyotshunoslik kitobxonning estetik didini shakllantirishga, uni nazariy jihatdan 
qurollantirishga xizmat qilishi kerak”.
Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari ikkiga bo‘linadi:
I. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari:
1. Adabiyot nazariyasi – so‘z san’atining mohiyati, sotsial tabiati, taraqqiyot 
qonuniyatlari, kishilik jamiyati rivojidagi o‘rni va rolini, o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi.
2. Adabiyot tarixi – so‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanishini tadqiq etadi. 
Kishilik jamiyatining rivojida badiiy adabiyotning roli va ahamiyatini belgilaydi. Adabiyot tarixi 
adabiyot nazariyasi qoidalariga suyanib ish ko‘radi va, ayni chog‘da, uni yangi ilmiy xulosalar 
bilan boyitadi.
3. Adabiy tanqid – har bir davrning adabiy hodisalari, yozuvchilari ijodi haqida o‘z 
vaqtida muhokama yurgizadi, ularni badiiy adabiyotning vazifalari va o‘z zamonasining ijtimoiy 
talablari nuqtai nazaridan tahlil etadi, baholaydi.
II. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalari:
1. Adabiyotshunoslik istoriografiyasi – adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy 
tanqidning barcha davrlardagi tarixiy taraqqiyotiga oid materiallar majmui, ularning 
umumlashmasi. Istoriografiya adabiyotshunoslik fanlari erishgan yutuqlarni umumlashtirish 
yo‘li bilan uning taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


2. Matnshunoslik – tadqiq etish, harhlash, ommabop yoki akademik nashrga tayyorlash 
maqsadida adabiyot va folklor asarlarini o‘rganish, ularning yaratilishi tarixini aniqlash, aslga 
yaqinroq matnini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslik badiiy asarning u yoki bu 
nusxasi yoxud nashri nechog‘li mukammal, nomukammalligi bilan shug‘ullanadi.
3. Adabiyot bibliografiyasi – badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikka oid asarlar 
ko‘rsatkichi matnlar, maqolalar, materiallar va manbalarni aniqlaydi, tadqiq etilayotgan 
mavzuning ishlanish tarixini kuzatib borishga yordam beradi.
Bibliografiyaning ikki tipi mavjud: a) ilmiy tadqiqot ishlariga yordam beradigan 
bibliografiya; 
B) o‘qish uchun tavsiya qilinadigan asarlar bibliografiyasi. 
“Adabiyotshunoslik asoslari” fani uch bo‘limdan iborat:
1-bo‘lim: “Badiiy adabiyot haqida ta’limot”. 
2-bo‘lim: “Badiiy asar haqida ta’limot”.
3-bo‘lim: “Adabiy jarayon” deb nomlangan. Kurs davomida adabiyot nazariyasining 
asosiy tushunchalari xaqida ma’lumot beriladi. Adabiyot tarixi va nazariyasining asosiy 
tushunchalari xaqida ma’lumot beriladi. Adabiyot tarixi va nazariyasini o‘rganish uchun hart-
haroitlar yaratiladi. Bu kursda, asosan, badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlari, badiiy asar 
tabiati va adabiy jarayonning eng muxim muammolariga e’tibor qilinadi. 

Yüklə 198,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin