URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Filologiya va san’at fakulteti TSMG yo’nalishi 1 - bosqich 222-guruh talabasi ATOBOYEVAGULSHANOYning Psixologiya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi.
Mavzu: Individ, shaxs, individuallik tushunchasi Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, aloshida zot degan ma'no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkashollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esi-shushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi. Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mashsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy mushit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a'zolari, mashalla ashli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy mushitning sust mashsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bashsli fikrdir. Shuni aloshida ta'kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulq-atvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrof-mushitdagi voqelikni egallashga intilgan sa'i-harakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’l-yo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, shayotda o’z mavqei va o’rnini topishda gavdalanadi. Bir xil turmush haroitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil shayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. shayotda biron bir tanbeh berishning o’zi kimgadir ruhiy shisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta'sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijtimoiy hart-haroitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jishatlari, jabshalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha shosil bo’ladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jishatlaridan biri - bu uning individualligidir, ya'ni yakkasholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig’indisi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi, dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o’xshash tarzda aks ettiruvchi inson mavjud emas. Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari qatorida qo’llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta'riflarga aniqliklar kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir.
Ushbu mulohazalar moshiyatini o’zini o’zi anglash, axloq, ma'naviyat, taraqqiyot, dinamika va shaxsga oid tushunchalar to’g’risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar o’zaro ierarxik tuzilmaga ega bo’lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va o’ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson (shaxs, sub'ekt, komil inson) turadi. Shu fikrni alohida ta'kidlab o’tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o’zini o’zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida aloshida o’rganilmaganligi tufayli uni tashlil qilish o’zini o’zi anglash, axloq, milliy xarakter, ma'naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Odamzod muammosi azaliy dolzarbligi bilan boshqa insonshunoslik kategorilaridan keskin ajralib turgan va bundan keyingi insonning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida ham xuddi shunday yuksak nufuzga ega bo’lib qolaveradi. Jamiyat mavjud ekan uning qudrati, harakatlantiruvchi kuchi, moddiy va ma'naviy mashg’ulot yaratuvchisi bo’lmish insonning axloqi, aql-idroki, yuksak shis-tuyg’usi, irodaviy fazilati, qobiliyati va saloshiyati yuzasidan yangi ma'lumotlarga ega bo’lish masalasi o’z mavqeini aslo yo’qotmaydi. Xuddi shu boisdan inson shaxsi, uning kamoloti, unga ta'sir etuvchi ichki va tashqi omillar, faoliyat, tajriba va intilishning roli masalalari XXI asrda tadqiqot etilishga mushtojdir. Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika, sotsiologiya, filologiya, tarix kabi ijtimoiy va gumanitar fanlar shug’ullanadi.
Hozirgi davrda inson muammosi aniq, gumanitar, ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot ob'ektiga aylanib bormoqda va bu jarayon keyingi asrda yanada jadallashadi. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o’rganishda
differensiasiya hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik (birikuv) tavsifi bo’yicha integrasiya holati ko’zga tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob'ekti ekanligi yig’iq, ixcham, yaxlit tarzda tasavvur etish uchun uni biososial va sosiobiologik jishatdan o’rganish maqsadga muvofiq. Ma'lumki, inson shayoti va faoliyatining operasional (usul, uslub, uquv, operasiya, ko’nikma, malaka, odat) mexanizmi uning ontogenezida funksional (harakatlantiruvchi) mexanizmga o’sib o’tadi, binobarin, unda komillikning belgilari, alomatlari shakllanadi, natijada u jismoniy va ma'naviy kamolot cho’qqisining muayyan darajasiga erishadi.Muammoni inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlari nuqtai nazardan tekshirgan jahon psixologiyasining namoyandalari Sh.Byuler, A.Maslou, K.Rodjers, R.Ollport, V.Djems, A.Gezell,
L.Termen, J.Piaje, A.Vallon, S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev kabi olimlar odamning ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kauzal, strukturaviy, operasional, motivasion, kognitiv, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta'kidlab o’tgandir. Jahon psixologiyasidagi turli nazariyalarga asoslangan holda, birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik evolyusiya mashsuli sifatida o’rganiladi. Ikkinchidan, ijtimoiy-tarixiy jarayonning ham ob'ekti, ham sub'ekti tariqasida inson shaxsi tadqiqot qilinadi. Uchinchidan, individ (odamzod) muayyan darajada va ko’lamda o’zgaruvchan, biologik taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jishatdan tekshiriladi. Bizningcha, insonning jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi va asosiy tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv jarayonining sub'ekti, tarbiyalash va tarbiyalanish predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu boisdan inson va uning borliq, ijtimoiy jamiyat bilan ko’p qirrali, murakkab munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo’lishi mumkin:
1. Tabiatning biotik va abiotik omillari - inson.
2. Jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson.
3. Inson - texnika, texnologiya.
4. Inson - madaniyat, ma'naviyat, qadriyat va ruhiyat.
5. Inson va jamiyat - yer va fazo.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub'ekt, komil inson sifatida psixologik ilmiy tushunchalar negizida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha moshiyatida va ko’lamida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin, chunki tashqi va ichki omillar, ta'sir etuvchilar, ta'sirlanuvchilar ustuvorligi yo’qola boradi. Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davrning sifatlari ontogenetik, evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va takomillashuv jarayonida o’z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mutlaqo mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitusion (tananing tuzilishi, biokimyoviy individuallik, ya'ni yakkashollik) holatlar, simmetriya va asimmetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar, holatlar, hodisalar, mexanizmlar va xossalar birlamchi hisoblanib, shujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi. Jahon psixologiyasi to’plagan nazariy va amaliy ma'lumotlarga ko’ra, yosh, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlar sensor (subsensor, subseptiv), mnemik (xotira), verbal (so’z orqali) va mantiq psixofiziologik funksiyalarining dinamikasi hamda organik eshtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integrasiyasi temperament xususiyatlarida va tug’ma mayllarda ifodalanishini ta'kidlab o’tish maqsadga muvofiq. Chunki yuqoridagi sifatlar ontogenetik evolyusiya jarayondan iborat bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib shukm suradi. Yosh davrga oid va individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta'siri ostida har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishi mumkin. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy mushitda vujudga kelgan sifatlari ta'sir etib, uning individual o’zgaruvchiligi omilini yanada kuchytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflanishining muhim psixologik lashzasi uning dinamik xususiyatlari shisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy negizga bog’liq, ya'ni uning jamiyatda egallagan o’rni, nufuzi, mavqei bilan belgilanadi) orqali ifodalanadi. Statusning negizida esa hamisha uzluksiz ravishda o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Inson bajarishi lozim bo’lgan guruhiy faoliyat va yakkashol turmushga, kasb-hunarga aloqador, ya'ni kasabaviy, oiladagi hamda jamoadagi rolning ijtimoiy funksiyasi, uning muayyan maqsadga, qadriyatga, ma'naviyatga yo’nalganligi, shaxsni faollashtiradi, natijada u barcha jabshalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlari, sifatlari, fazilatlari, xosiyatlari va xislatlarining birlamchilarini tashkil etadi, uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning tavsifi faoliyat, xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe'l-atvor (oddiy stereotipdan tortib, to xalq donishmandligi namunalari) tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar, belgilar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta'sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi, ularni takomillashtiruvchi va barqarorlashtiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi shayot yo’li, muayyan iz qoldirishi va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi. Shaxsning xalqiga qilgan xizmati uning e'zozlanishiga, hattoki milliy ma'naviy boylik, tafakkur gulshani va sarchashmasi darajasiga ko’tarilishi mumkin. Insonning faoliyat sub'ekti sifatidagi asosiy tavsiflari qatoriga uning bu sohadagi taraqqiyotning mashsuli - ongi (ob'ektiv faoliyatning in'ikosi sifatida (va faoliyati) voqelikning o’zgartiruvchisi tariqasida) kiradi. Inson amaliy faoliyatning sub'ekti tarzida uning shaxsiy fazilatlari va xislatlarini tavsiflabgina qolmaydi, balki mehnatning texnik vositalari va texnologiyasi, ularning kuchaytiruvchanlik, tezlashtiruvchanlik va yaratuvchanlik funksiyalari sifatida yuzaga keladi. Amaliy faoliyat umuminsoniy va yakka shaxs tajribasining bir qismi tariqasida, egallanilgan, o’zlashtirilgan, puxta tajribadan foydalanish singari namoyon bo’ladi. Nazariy faoliyatning sub'ekti bo’lmish inson o’zining bilimlari, kasbiy ko’nikmalari, aqliy malakalari bilan tavsiflanadi, qaysiki ular o’ziga xos alomatlar tizimi bilan bevosita bog’liqdir. Aqliy faoliyat ijodiyot darajasiga o’sib o’tishi natijasida ijodiy mashsullar, yangiliklar, qonuniyatlar vujudga keladi va jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Ajdodlar merosi va avlodlar salohiyati mashsullarining uzviy bog’lanishi nazariy va amaliy faoliyatning o’zaro uyg’unlashuvini taqozo etadi, vasholanki, har ikkala faoliyat turida ijodiylik alomati, mashsuli ishtirok qiladi, fan va texnika rivojini ta'minlaydi. Faoliyat tajribalar bilan uzviy bog’lansa, uning samaradorligi, maqsadga yo’nalganligi, amalga oshish imkoniyati yuksak bosqichga ko’tariladi.
Inson shayotida ijtimoiy hodisa sifatida armon muhim rol o’ynaydi, uning faollikka chorlaydi, harakat qilishga asosiy turtki vazifasini bajaradi. Armon inson uchun go’yoki ushalmagan orzu, g’amgin tuyg’ularning jonlashuvi, komfortga intilishga da'vat etuvchi shissiyot, ijtimoiy va yakkashol turmushni baholash mezoni, faollikka yetaklovchi motiv, ezgu niyatlar og’ushiga tortuvchi doimiy turtki, loqaydlikning oldini oluvchi ichki ruhiy imkoniyatdir. Shaxs uchun eydetik obrazlar qanchalik ahamiyat kasb etsa, barqaror iz qoldirsa, armon ham xuddi shunday xususiyatga ega bo’lib, ulardan farqli o’laroq doimiyligi, ustuvorligi, maqsadga undovchiligi bilan yuqoriroq nufuzga ega. Insonning sub'ektiv xislatlari integrasiyasining yuksak shakli ijodiyot (kreasiya) shisoblanib, umumlashgan imkoniyatlar tarzida qobiliyatlar (iste'dod,
iqtidor), talant va saloshiyat vujudga keladi. Odamning sub'ektiv xususiyatlari, xislatlari rivojining asosiy shakllari ruhan tayyorgarlik, start, kulminasiya va finish
sanalib, insonning jamiyatdagi ishlab chiqarish va ijodiyot faoliyatlarini belgilaydi. Mazkur to’rt bosqich, to’rt mezon, taraqqiyotni basholash tizimi o’ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari, sur'ati, davomiyligi bilan bir-birlaridan ham sifat, ham miqdor jishatdan ajralib turadi. Jahon psixologiyasi fanida inson sifatlari (xislatlari, fazilatlari, xosiyatlari) ni individual, shaxsga oid va sub'ektiv guruhlarga ajratilishi an'anaviy va kasbiy xususiyatga ega, chunki ular odamning yaxlitligi, bir butunligi, alohidaligi tavsifidan iborat bo’lib, bir davrning o’zida ham tabiat, ham jamiyat jonzodi ekanligini anglatadi. Mazkur yaxlitlikning mag’zi shaxsning tuzilishidir, unda nafaqat insonning asosiy xislatlari o’zaro kesishadi va umumlashadi, balki uning ijtimoiy va shaxsiy ko’nikmalari muayyan tarkibga keltiriladi, qoidaviy xususiyat kasb etadi. Bizningcha, individ, shaxs, sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi ijtimoiy-psixologik holatlarga e'tibor qilinishi zarur:
1. Inson rivojining determinatori shisoblangan asosiy omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, shuquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash mushitining omillari).
2. Insonning shaxsiy o’ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning rivojlanishi ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyusion negizda kamol topish bosqichlari, barqarorlashuvi va involyusiya (o’sishdan qaytish davri xususiyatlari).
3. Insonni yaxlit, mukammal tuzilishining asosiy tarkiblari, ularning o’zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning muttasil ravishda takomillashuvi kabi faktorlar. Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy, nazariy va ijodiy faoliyatining mezonlari shisoblanadi. Chunki bevosita faoliyatni amalga oshirish jarayonida yashash mushitini va ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashning ham interiorizasiya, ham ekoteriorizasiya davrlari yuzaga keladi.
XXI asrda individ, inson, shaxs, sub'ekt va komil insonni o’rganish turli yo’nalishlarda, vaziyatlarda, yosh xususiyatlari, aloshida yondashish negizida, o’ziga xos talshlilga, metodologik asosga suyanib olib borilishi maqsadga muvofiq. Chunki jahon psixologiyasi fanida to’plangan nazariy va amaliy xususiyatli materiallar mafkuraviy nuqtai nazardan tashlil hamda tanqid qilmasdan, balki ularni xolisona basholash, ilmiy jishatdan talqin qilish joiz. Binobarin, turli psixologik ilmiy maktablar tomonidan to’plangan natijalarning oqil jishatlarini tanlash va tadqiqotning boshlang’ich nuqtasini belgilashda ulardan omilkorlik bilan foydalanish ko’pgina ilmiy qaytatdan tekshiruvlarning oldini oladi. Mustaqillik, istiqlol harofati bilan shaxsga oid qarashlar, mulohazalar mohiyati, uning mazmuni va shaklida o’zgarishlar yuz beradikim, buning natijasida erkin fikrlash, ochiq shakldagi ilmiy farazlarni ilgari surish imkoniyati tug’iladi. Respublikamizda yuz berayotgan tub o’zgarishlar xalqimiz, millatimiz ruhiyatini sifat jishatdan yangi bosqichga ko’tardi, ona yurt madshi, ajdodlar merosidan g’ururlanish, ma'naviyat durdonalaridan faxrlanish shislari vujudga keladi. Vatan va vatanparvarlik tushunchalari o’zining shaqiqiy, chinakam ma'nosini kasb etadi. Kishilardagi o’ta sabr-toqatlilik, itoatkorlik, tashabbuskorlikning yetishmasligi o’rnini erkinlik, ijodiyot, mehnat, batamom istiqlolga erishish zaruriyati, oilaning butligi, to’kisligi va ularning istiqboli kabi sifatlar, fazilatlar, yuksak tuyg’ular, xislatlar egallay boshlaydi. Buning natijasida shaxsda tabiatga va jamiyatga nisbatan ideal, real, rasional va ijodiy (kreativ) munosabati o’zgarmoqda, hatto ayrim o’rinlarda borliq va voqelikdan begonalashish, uzoqlashish va yaqinlashish holatlari ro’y bermoqda. Bu holatlar ijtimoiy xususiyat kasb etib, umumbahariy ahamiyatga ega, chunki jahon mamlakatlari sivilizasiyalashish darajalari tenglashmoqda. Xuddi shu sababli ijtimoiy garmoniya tariqasida yuqoridagi ilmiy ijtimoiy-psixologik tushunchalar qator (taraqqiyot ko’rsatkichi o’zaro uyg’unlikka ega bo’lgan) mamlakatlarga bir tekis yoyilib, hayot va faoliyatning turli qatlamlariga kirib bormoqda. Mazkur asr odamlarida esa axloqiy, jismoniy va aqliy komillik belgilari, ko’rsatkichlari hamda bosqichlarining mezonlari, ularning oldiga qo’yiladigan talablarning moshiyati o’zgaradi. Demakki, tabiatga va jamiyatga nisbatan sevinch, sevgi, meshr-muhabbat yuksak shislari, vatanparvarlik va Vatan tuyg’usining tarkiblari, negizi, ularni harakatlantiruvchi mexanizmlari boshqacha yondashishni taqozo etadi, zamon ruhi va nafasiga moslashishni talab qiladi. Insoniyatning bunday yuksak shis-tuyg’ulari, anglashilgan motivlari shaxsning o’qish, mehnat, sport va o’yin faoliyatlarida, bilish hamda muomala jarayonlarida vujudga kelishi mumkin. Borliqqa va jamiyatga nisbatan munosabatning o’zgarishi, uning ierarxiyasi, shakllari, maqomi va moshiyatida namoyon bo’ladi, ularga yo’naltirilgan avvalgi, eski uslubdagi motivasiya o’z ahamiyatini nisbiy jishatdan yo’qotadi.
Hozirgi kunda va kelajakda shaxsga sub'ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jihatdan turmushda qaror toptirish uchun:
1. Odam (individ) - inson - shaxs - individuallik - sub'ekt - komillik
(barkamollik) ierarxiyasiga rioya qilish.
2. Shaxsga nisbatan sub'ektiv munosabat, ya'ni unda robot sifatida majburiylik tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko’rsatishini hisobgaoluvchi yondashishni yo’lga qo’yish, sub'ekt - sub'ekt aloqasini vujudga keltirish.
3. Har qanday sub'ekt - shaxs, lekin har qaysi shaxs sub'ekt emasligi muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo’lish, shaxsiy pozisiyani shimoya qila olish, g’oyani amalga oshirish yo’lida to’siqlarni pisand qilmaslik, mustashkam ishonch, qat'iy maslak, iymon negizida asoslanish, intilishda irodaviya barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni hayotga tatbiq qilishning ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlari mavjudligiga iqror bo’lish hamda uni tan olish va hokazo. Bizningcha, individ, shaxs, sub'ekt va komil inson to’g’risida mulohazalar yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o’ta (super) onglilik holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, moshiyati bayonida turlicha yondashuv shukmrondir. Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga yo’naltirilgan nazariyalar o’ta bashsli
bo’lib, uning zaminida faqat ong yotishi tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson
ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong shaxsning ushbu faoliyatini regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq odam funksional holatining o’zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik) ka o’tishi, ijod, tashabbus uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda shaxs ongosti (muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu boisdan shaxs bir davrning o’zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) hukmi ostida yashashi, faoliyat ko’rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi mumkin. Har uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, ularning har qaysisi bu jarayonga o’ziga xos ulush qo’shadi. Ong holatlari tabiiy ravishda bir-biri bilan uzluksiz tarzda o’rin almashtirib turadi, chunki inson ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar shukmi bilan yashaydi va faoliyat ko’rsatadi.
XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari o’z-o’zini anglash imkoniyatiga ega bo’ladi. Xuddi shu boisdan o’z-o’zini anglashning quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1) O’tmishdagi "Men" ("o’zlik");
2) Hozirgi "Men" ("o’zlik");
3) Bo’lg’usi "Men" ("o’zlik");
4) Ideal "Men" ("o’zlik");
5) Dinamik "Men" ("o’zlik").
O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya'ni ma'lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta'sirida amalga oshishi mumkin. o’z-o’zini anglash borliq va jamiyatni in'ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard
natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. o’z-
o’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jarayon shisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas. Chunki insonda o’zining shayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma'naviyat ko’rsatkichlarini oqilona basholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’z-o’zini tanqid, basholash va o’z-o’zini basholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z-o’zini boshqarish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashtirish, rivojlantirish va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta'minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlaydi, Hozirgi va favquloddagi holatni tahlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma'lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga shubshalanadi. Uni bir necha marta tashlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi "Men" iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi. O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tahlil qiladi, undagi qusurli va ibratli jishatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy shayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni, ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash davomida dinamik harakatsiz shech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik "Men" shakllana boshlaydi. o’z-o’zini anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma'naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir. O’z-o’zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qiladi, shuning uchun o’quvchilar, talabalar va respublikamizning boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o’tkazish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya'ni komil insonlikka intiluvchi shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo’lib, unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o’z ifodasini topadi. Komillikning o’ziga xos bosqichlari, ob'ektiv va sub'ektiv xususiyatli hart-haroitlari, omillari mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o’z iqtidori, iste'dodi, salohiyati, qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o’z zamondoshlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o’ta (super) ongli, biosfera va neosfera munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir).