Dajjol haqida nima bilasiz?
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
"Qachon (kofirlarning)
ustiga so’z-azob tushganda (ya’ni, qiyomat yaqinlashganida)
Biz ular uchun yerdan jonivor chiqarurmiz. U ularga odamlar Bizning
oyatlarimizga ishonmaydigan bo’lib qolganlari haqida so’zlar" (Naml, 82).
Mufassirlar yer hayvonini shunday ta’riflaydilar: "U juda bahaybat bo’lib, Safo tog’ining
yorig’idan chiqadi. Yonidan o’tgan har bir kishi mo’min bo’lsa yuzi yorishib, peshonasida
"mo’min" degan yozuv paydo buladi. Kofir bo’lsa, yuzi qorayadi va peshonasiga "kofir"
deb yoziladi".
Abdulloh
ibn Umariing aytishicha, "Yer hayvoni "jassosa"ning o’zidir" (jassosa haqida
keyingi sahifalarda to’xtalib o’tamiz).
Alomatlarning oxirgisi Yamandan chiqadigan olovdir. Bir hadisda "Adan qaridan",
deyilgan bo’lsa, boshqa hadisda "Hijoz yeridan", deb aytilgan.
Qozi Iyoz aytadi: "Ehtimol, ikkita olov odamlarni mahsharga yig’ishi mumkin
yoki olov
avval Yamandan chiqib, keyin Hijozda zohir bo’lishi mumkin".
Qurtubiy aytadi: "Hijozdan chiqadigan olov chiqib bo’lgan.
Odamlarni mahsharga
haydaydigan olov hali chiqmadi. U esa Yamandan chiqadi". Quyoshning mag’ribdan
chiqishi haqida, Хudo xohlasa, boshqa o’rinda so’z yuritamiz.
ÏMt/utIø%$#
èπtã$¡¡9$#
¨,t±Σ$#uρ
ãyϑs)ø9$#
∩⊇∪
Dostları ilə paylaş: