Himoyaga ruxsat beriladi


 O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti



Yüklə 1,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix12.05.2023
ölçüsü1,45 Mb.
#112261
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
1.3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish 
bo‘yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy 
o‘zgarishlarning kuchli quroli bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston respublikasi 
Prezidenti I.A.Karimov,-―Iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish 
va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar 
ishlab chiqarishni ta‘minlashning muhim sharti bo‘lgan xorijiy investistiyalar, 
avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit 
va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega‖ - 
degan edi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining 
hissasi oshib bormoqda. Agar 1993 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital 
qo‘yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda bu
ko‘rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit 
yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi 
ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar 
faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan 
bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
- umumiy choralar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat investistion 
dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar; 
- xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag‘batlantirish; 
- texnik – texnologik qayta jihozlash, xalq iste‘moli mollarini ishlab 
chiqarilishini rag‘batlantirish. 
O‘zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator 
huquqiy hujjatlarga - ―Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va 
choralari to‘g‘risida‖, ―Chet el investistiyalari to‘g‘risida‖, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining ―Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga 
beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirishlar va imtiyozlar to‘g‘risida‖, ―Chet el 
investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag‘batlantirish 
bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida‖gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi. 


25
Shuni ta‘kidlab o‘tish zarurki, ―Xorijiy investorlarga kafolatlar to‘g‘risida‖gi 
qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil 
mobaynida 
qonunchilikda 
investistiyalash 
sharoitlarini 
yomonlashtiruvchi 
o‘zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan. 
Xorijiy investor O‘zbekiston Respublikasida quyidagi yo‘llar bilan investistion 
faoliyatni amalga oshirishi mumkin: 
- O‘zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda 
tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, birlashmalar va boshqa 
korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo‘li bilan; 
- 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo‘li bilan; 
- portfel investistiyalari - O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan 
akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog‘ozlar sertifikatlarini harid 
qilish yo‘li bilan; 
- er osti va er usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya) 
huquqlarini o‘z ichiga oluvchi er va ko‘chmas mulkni to‘la yoki qisman sotib olish 
yo‘li bilan. 
Qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng 
tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo‘shma korxonalarni tashkil etishdir. 
O‘zbekiston Respublikasida qo‘shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 
30 % xorijiy investorlarga tegishli bo‘lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs 
bo‘lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng 
bo‘lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya 
ishtirokidagi korxona nizom jamg‘armasining 150 ming AQSh dollaridan kam 
bo‘lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish 
ishlari bilan shug‘ullanishga ixtisoslashgan kichik qo‘shma korxonalarning 
keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan. 


26

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin