Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

 
Tayanch iboralar: geologiyasi, orografiyasi, geomorfologiyasi, relefi, tog‗ 
va tekislik, geopara haqida tushuncha. 
O‗rta Osiyo tog‗li qismining geologik tuzilishida barcha geologik 
jarayonlarning tog‗ jinslari qatnashadi, lekin ularning geologik kesimlari 
rayonlarda bir-biridan farq qiladi. Barcha harakatchan oblastlarda bo‗lgani kabi, 
tog‗ jinslarining qalinligi va ular tarkibi tez o‗zgarib turadi. Umuman olganda 
O‗rta Osiyo tog‗li qismining 80% i paleozoy davrining yotqiziqlaridan tashkil 
topgan. 
Kemberiygacha bo‗lgan yotqiziqlar O‗rta Osiyo hududida keng tarqalgan. 
Kemberiy yoshiga ega bo‗lgan tog‗ jinslari ko‗proq Tyanshanning shimoliy 
tizmalarida va Janubiy-G‗arbiy Pomirda joylashgan. Bu geologik davrning tog‗ 
jinslari, kuchli metamorflashgan bo‗lib, har xil gneys, kristall, slanes, marmar, 
kvarsitlar va boshqa tog‗ jinslaridan iboratdir. Eng dastlabki paleozoy 
yotqiziqlari ko‗proq asosan Tyanshan tog‗ tizimlarining Sharqiy va Janubiy 
tizmalarida uchrab, mutlaqo xilma-xil fatsial tarkibga ega bo‗lgan dengiz 
yotqiziqlaridan iborat. Ordovik davriga mansub bo‗lgan yotqiziqlarning 
qalinligi Qirg‗iz tizmasida 7-10 km ga teng. Shimoliy Tyanshanda intruzuv tog‗ 
jinslari juda keng tarqalgan. Intruziv jarayonlar ayniqsa, kuchli namoyon 
bo‗lgan Ordovik davrining ikkinchi yarimiga to‗g‗ri keladi. Intruziv tog‗ 
jinslarining tarkibi asosan granit va granodioritlardan tashkil topgan. O‗rta 
paleozoy davri yotqiziqlarining tarqalishi, undan oldin bo‗lib o‗tgan kaledon 
tog‗ burmalanishi natijasida vujudga kelgan sharoitlar vaqti bilan belgilanadi. 
Kaledon tog‗ hosil bo‗lish, yoki kaledon burmalanishi vaqtida hosil bo‗lgan 
Tyanshanning shimoliy tog‗ tizmalarida silur, devon yotqiziqlari qatnashmaydi. 
Tyanshanning boshqa qismlarida, Pomir-0loy va Pomirda o‗rta paleozoyda 
geosinklinal rejim saqlanib qolganligi uchun bu davr yotqiziqlari keng 
tarqalgan. Ayniqsa, Hisor, Zarafshon tizmalarida o‗rta paleozoy davrining 
yotqiziqlari juda keng tarqalgan va ularning qalinligi Hisor, Oloy tizmalarida 


19 
silur davrining qalinligi 6-6,5 km gacha, devon davrida esa, 2 km gacha yetadi. 
Nurota tizmasida o‗rta devon yotqiziqlari ham keng tarqalgan. Turkiston, 
Zarafshon, Hisor tog‗ tizmalarida silur yotqiziqlari ohaktosh, asosan, 
marmarlashgan ohaktoshdan va slanes (kristalik hamda glinali)lardan iborat 
bo‗lib, ular tog‗ massivlarining tuzilishini belgilaydi. 
Devon davrining yotqiziqlari ham Pomir-Oloy va Pomir tog‗larida keng 
tarqalgan. Devon davri yotqiziqlari asosan ohaktoshdan iborat. Lekin, devon 
ohaktoshlari Silur davrining ohaktoshlaridan farq qilib, boshqacha ximik va 
fizik xususiyatlarga ega, shuning uchun ham devon ohaktoshlarida ajoyib tabiiy 
jarayon-karst hodisasi keng tarqalgan. Qayerda devon yotqiziqlari tarqalgan 
bo‗lsa, albatta, o‗sha joyda karst hodisasi uchraydi. Masalan, Zarafshon 
tizmasining Chaqilkalon tog‗ massivida 2500 m dengiz sathidan balandlikda 40 
km.kv maydonda faol karst hodisalari: karst shaxtalari (dunyoda 3-chi o‗rinda 
turuvchi «Kilsi» karst shaxtasi), karst g‗orlari, karst varonkalari va boshqalar 
juda ko‗p uchraydi. 
Hisor tizmasining Janubi-G‗arbiy chekkasida katta maydonda tarqalgan 
karst hodisalari (karst voronkalari, g‗orlar va boshqalar) ham devon davrining 
ohaktoshlariga mansubdir. O‗rta Osiyoning geologik tuzilishining noyob 
xususiyatlaridan yana biri shundan ibortki, u gersin burmalanishi (tektogenezi) 
bilan, magmatik jarayonlarning faollashishiga bog‗liq. Shuning uchun ham 
Tyanshanning Sharqiy va Janubiy qismi hamda Pomir-Oloyda intruziv tog‗ 
jinslari keng tarqalgan. Intruziv tog‗ jinslari tarqalgan maydonlar ko‗pincha 
chuqur bo‗laklarga (yer siniqlarga) ajraladi. Shulardan biri – Hisor plutoni nomi 
bilan ataluvchi intruziv maydondir. U 5,5 ming km. kv. hududni egallab turadi. 
Gersin orogenezi bilan bog‗liq bo‗lgan yana bir intruziv maydon bu – Qoratepa 
(Zarafshon tizmasi) batolitidir. Qoratepa tog‗i Zarafshon tizmasining davomi 
bo‗lib asosan intruziv tog‗ jinslaridan (granit va granodioritlar) tuzilgan. 
Shunday qilib, paleozoy tog‗ jinslarida intruziv maydonlar ko‗tarilib turishi 
bilan ajralib turadi. Masalan, Nurota tizmasida 13 dan ortiq intruziv 
maydonlarning ko‗tarilib turishi aniqlangan. 
Bo‗r va paleogen davrining yotqiziqlari O‗rta Osiyo tog‗larida uning faqat 
chekka, hali to‗liq yuvilib ketmagan joylarida saqlanib qolgan. Masalan: 
Zirabuloq va Ziadin tog‗larining asosiy qismi paleozoy tog‗ jinslardan tuzilgan, 
lekin tog‗ oldi zonasida bo‗r va paleogen davrining yotqiziqlari keng tarqalgan. 
O‗rta Osiyoning tekislik qismida paleozoy yotqiziqlari har xil (950 m dan 
2800 m gacha (Quyi Amudaryo), Markaziy Qoraqumda 1600 m dan 2400 m 


20 
gacha) chuqurlikda yotadi. Markaziy Qizilqumning orol shaklida chiqib turgan 
– Bukantog‗, Muruntov, Quljuqtog‗ va boshqa tog‗larida paleozoy davrining 
yotqiziqlari yer yuzasiga yaqin joylashgan. O‗lkaning tekislik qismida 
shuningdek, har xil chuqurlikka va har xil qalinlikka ega bo‗lgan bo‗r davrining 
yotqiziqlari keng tarqalgan. Ular yashil glina tusiga ega. Qoraqum va Qizilqum 
sahrolarining yuza qismi 100-120 m qalinlikdagi qumlar bilan qoplangan. Bu 
yerda tog‗ va tog‗ oldi tekisliklari lyoss va lyossimon yotqiziqlardan tuzilgan 
bo‗lib, lyossning eng qalin joylari Turkiston tizmasining shimoliy 
yonbag‗ridagi tog‗ oldi tekisligida 120 m gacha yetadi. Bundan tashqari O‗rta 
Osiyoning daryo vodiylari va daryo terrasalarida allyuvial yotqiziqlar va 
antropgen yotqiziqlar keng tarqalgan. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin