Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


O‗rta Osiyo tabiiy sharoitining o‗rganilish tarixi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

O‗rta Osiyo tabiiy sharoitining o‗rganilish tarixi 
O‗rta Osiyo tabiiy sharoitini o‗rganishga bag‗ishlangan adabiyotlar juda 
ko‗p. Qadimgi davrdan, XIX asrning ikkinchi yarimigacha o‗rganish tarixi 
I.V.Mushketovning – «Turkestan» (1886, 1906, 1915), L.S.Bergning 
(«Aralskoye more») – «Orol dengizi» (1908), V.V.Bartoldning – «Orol dengizi 
va Amudaryo quyi qismi haqida ma‘lumotlar» (1902), R.U.Rahimbekov, 
Z.N.Donsovalarning «O‗rta Osiyo tabiatini geografik o‗rganish tarixi» (1982) 
va boshqa adabiyotlarda ancha to‗liq yoritilgan. O‗rta Osiyoning geografik 
nomlari haqidagi eng dastlabki ma‘lumotlar, eramizdan oldingi VI-V asrlarga 
mansubdir. 
Antik davrdagi O‗rta Osiyo hududining tabiati (tog‗lari, vodiylari, daryolari 
va boshqalar) haqidagi umumiy geografik ma‘lumotlar yunon olimi 
Gerodotning (miloddan oldingi V-asr) «Tarix» asarida uchraydi. Unda O‗rta 



Osiyoning tabiati, xususan relefi, daryo va ko‗llari, aholisi haqida qisqa 
ma‘lumotlar berilgan. Eng qadimgi davrda O‗rta Osiyo geografiyasi haqidagi 
nisbatan kengroq ma‘lumotlarni miloddan oldin yashagan yunon va rim 
olimlari: Kvint Kursiy Ruf, Arrion, Ptolemeylarning asarlarida uchratish 
mumkin. Ularning asarlarida Sug‗diyona davlatining sodda bo‗lsa-da, orografik 
kartalari berilib, unda Amudaryo-(Oks), Sirdaryo-(Yaksart), Zarafshon-
(Politimet) deb ko‗rsatilgan. Arrion Zarafshon daryosi sersuv bo‗lishiga 
qaramay qumlar orasiga singib ketadi, deb yozgan bo‗lsa, Kvint Kursiy Ruf 
(mil.av. 3 asr) esa, (Politimet)-Zarafshon daryosi tog‗li qismida tor va chuqur 
o‗zanda oqishi haqida yozib qoldirgan. O‗rta Osiyo hududlaridagi cho‗llar, 
vohalar, daryolar haqidagi geografik ma‘lumotlarni Strabon (mil.av. 1 asr)ning 
«Geografiya» va boshqa bir qancha asarlarida uchratish mumkin. 
O‗rta Osiyo geografiyasini o‗rganishda, ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning 
(mil.av. II asr) ilmiy ishlari alohida ahamiyatga ega. Ptolomeyning 8-jildli 
«Geografiya» asarida va unga ilova qilingan kartalarida Sirdaryo, Amudaryo, 
Zarafshon kabi daryolar tilga olinib, ular Kaspiy dengiziga quyiladi, deb 
ko‗rsatilgan. Kartada yana Sug‗diyona, Baqtriya davlatlari va Turkistonning 
sharqida joylashgan tog‗lar ko‗rsatilgan. O‗rta Osiyo geografiyasi bo‗yicha 
xitoylik sayohatchilar ham ko‗p ma‘lumotlar to‗pladilar. Shuni aytish kerakki, 
xitoyliklarning O‗rta Osiyo geografiyasi haqidagi ma‘lumotlari yevropalik 
olimlarda yo‗q edi.
O‗rta Osiyoga kelgan birinchi sayohatchi xitoylik Chjan Syan edi. U mil.av 
II asrda Tyanshan tog‗laridan oshib o‗tib, Farg‗ona vodiysiga tushadi, undan 
Xorazmga o‗tadi. Chjan Syanning sayohati, ko‗pgina xitoylik elchilarning, 
savdogarlarning va boshqalarning O‗rta Osiyoga kelishiga yo‗l ochdi. Chjan 
Syanning sayohatidan keyin xitoyliklarning O‗rta Osiyo bilan savdo aloqasi 
juda tez rivojlanib ketdi. Xitoy va O‗rta Osiyo bilan savdo aloqasining 
rivojlanib ketishi esa, Xitoyda juda qimmatli geografik ma‘lumotlarning 
to‗planishga olib keldi. O‗rta Osiyo haqida ko‗pgina mazmunli qo‗lyozmalar 
qoldirgan sayyoh Syuan Szan (629-645 yillar) hisoblanadi. Syuan Szan 
yevropaliklardan 1200 yil avval Qashqardan Tyanshan orqali Issiqko‗lga va 
Boam darasiga, undan Semire‘chega, Toshkent va Samarqand orqali 
Amudaryoga chiqib, undan Hindistonga yo‗l oladi. U orqaga qaytishida Vaxan, 
Pomir, Sariqko‗l, Qashqarga boradi. Syuan Szanning sayohati 16 yil davom 
etib, O‗rta Osiyoning yirik rayonlari va borish qiyin bo‗lgan joylari bilan 
tanishib, vatandoshlariga «G‗arb» mamlakatlari haqida haqqoniy ma‘lumotlar 
beradi. O‗rta Osiyo tabiiy sharoitini o‗rganishda o‗rta asrlarda yashab o‗tgan 
mahalliy va arab sayyoh olimlarning ham olib borgan kuzatishlari muhim 
ahamiyatga ega. O‗rta asrlarda yashab o‗tgan arab va eron sayyohlari Ibn 
Xurdodbeh, Ibn Rustod, Al Mas‘udiy, Abu Istaxriy, Yoqut Ibn Abdullo, Ibn 
Batuta kabilar yozib qoldirgan ma‘lumotlar diqqatga sazovordir. 



Arab sayyohi va geografi Ibn Xurdodbeh o‗zining «Masofalar va 
mamlakatlar kitobi» asarida Turkiston tabiati, xususan uning zamin va havosi, 
cho‗llari va daryolari haqida ma‘lumot beradi. Yana arab sayyohi Ibn 
Rustodning geografiyaga oid asarlarida esa, Quyi Amudaryo vohasi, uning 
deltasidagi zaxkash yerlari, ko‗llari, Amudaryoning Orolga quyilishi va 
Orolning janubiy sohillari hamda Ustyurt chinklari haqida ma‘lumotlar 
keltirilgan. Mashhur arab geografi Ibn Batuta Turkistonga qilgan sayohatida 
Ustyurt, Quyi Amudaryo, Zarafshon vodiysi tabiati, Urganch, Buxoro, 
Samarqand shaharlari, u yerdagi obidalar haqida juda qiziqarli ma‘lumotlar 
yozib qoldirgan. 
O‗rta Osiyo hududining tabiati haqida ilmiy jihatdan birmuncha 
mukammal geografik ma‘lumotlar yozib qoldirgan Turkistonlik olimlar (IX-XII 
asrlar) Muhammad Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‗oniy, Muhammad At-
Termiziy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud 
Koshg‗ariy va boshqalarning ishlarini alohida ta‘kidlab o‗tish kerak. Muso 
Xorazmiy tabiiy fanlarga oid juda ko‗p asarlar yaratgan. Ular ichida eng muhim 
geografik va kartografik asar - bu uning «Yerning tasviri» («Surat al-arz») 
kitobidir. Bu asarda yer yuzasidagi 537 ta geografik manzil, jumladan 200 dan 
ortiq tog‗larning ta‘rifi, mamlakatlar, okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‗llar 
haqida ma‘lumotlar bo‗lib, ularda geografik ob‘ektlarning aniq koordinatalari 
berilgan. Muso Xorazmiy meridian yoyining bir gradusi 111,8 km ga teng 
ekanligini (haqiqatda 111,0) isbotlab berdiki, bu keyingi kartografik ishlar 
uchun asos bo‗lib xizmat qildi. 
O‗rta Osiyoda geografiya fanining rivojiga katta hissa qo‗shgan 
Farg‗onalik buyuk astronom, sayyoh, geograf olim Ahmad Farg‗oniydir. U 
umrining ko‗p qismini Bag‗doddagi «Donolar uyi»da o‗tkazgan va ijod qilgan. 
Ahmad Farg‗oniy asarlari orasida geografiyaga oid muhim kitobi 
«Astronomiyaga kirish» («Madhal an-nujum») bo‗lib, unda yer kurrasining 
sharsimonligi aniq dalillar bilan isbotlangan. U astronomiyaga, geodeziyaga va 
geografiyaga oid o‗lchov asboblarini yaratish bilan ham shug‗ullangan. Ahmad 
Farg‗oniy daryo suvini o‗lchaydigan asbob («Miqyosi jadid»)ni ixtiro qilgan. 
O‗rta Osiyoni sayyoh sifatida kezib chiqib juda qiziqarli ma‘lumot to‗plagan 
olimlardan biri Abu Nasr Forobiydir. U matematik, astronom, buyuk faylasuf 
bo‗lish bilan bir qatorda geograf sifatida ham jahonga mashhurdir. Uning 
«Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» nomli asari diqqatga sazovardir.Farobiy 
bu asarida tabiat haqidagi geografiya fani boshqa barcha tabiiy fanlardan boy va 
ko‗lami keng ekanligini uqtirib, moddiy dunyoning to‗rt «ildizi» - olov, havo, 
suv va yer mavjudligi haqida fikr yuritgan. Bu esa geografik qobiq - komponent 
hisoblangan asmosfera, gidrosfera, litosferaga ancha mos keladi. O‗rta Osiyo 
o‗lkasining tabiati, xususan, iqlimi, suvlari, o‗simlik va hayvonot olami haqida, 
shuningdek Buxoro tarixi haqida ancha mukammal ma‘lumotlar yozib 
qoldirgan allomalardan biri – Abu Bakr Narshaxiydir. U o‗zining «Buxoro 


10 
tarixi» asarida Buxoro shahri topografiyasi, tarixi, aholisi va xo‗jaligi, 
Amudaryo va Zarafshon daryolari haqida ancha keng ma‘lumotlar beradi. 
Zarafshon daryosining Qorako‗lga borib qo‗yilishini, u ko‗lda baliq va qushlar 
ko‗pligini qayd qiladi. 
Jahon fanining, shu jumladan O‗rta Osiyo fanining rivojlanishiga ulkan 
hissa qo‗shgan qomuschi olimlardan yana biri Abu Rayhon Beruniy bo‗lib, 
uning geografiya sohasidagi xizmatlari juda kattadir. U barcha tabiiy fanlar, shu 
jumladan, yer haqidagi fanlarning taraqqiy etishiga katta xizmat qiladigan 150 
dan ortiq asar muallifidir. Uning ilmiy ishlari orasida bizgacha yetib kelgan 
«Hindiston», «Geodeziya», «Kartografiya» va boshqa kitoblari alohida 
ahamiyatga ega. 
Abu Rayhon Beruniy dunyoda birinchi bo‗lib, polyak olimi N.Kopernikdan 
550 yil oldin geliotsentrik nazariyaga asos solib, olam markazida Quyosh, 
Quyosh atrofida barcha planetalar va shu jumladan, Yer aylanib yurishini 
isbotlab bergan alloma bo‗lib hisoblanadi. Beruniy 995 yili fan olamida birinchi 
bo‗lib Yer sharining maketi hisoblangan globusni ham yaratdi. U Qizilqum va 
Qoraqum tabiati, daryolarning qadimdagi migratsiyasi haqida juda qiziq ilmiy 
fikrlarni aytdi. O‗rta Osiyoning geografik sharoitini o‗rganishga ma‘lum 
darajada hissa qo‗shgan olimlardan biri Abu Ali Ibn Sinodir. Buxorolik olim, 
o‗z asarlarida o‗lkaning yirik shakllari: tekislik, botiq va tog‗larning vujudga 
kelishida tashqi va ichki (endogen va ekzogen) kuchlarning ta‘siri mavjudligi 
haqida fikr yuritib, u minerallarni: toshlar, metallar, oltingugurtli yonuvchi 
jismlar va tuzlarni 4 guruhga ajratadi. 
O‗rta Osiyoda yer haqidagi fanlarning, jumladan geografiyaning 
taraqqiyotiga o‗z hissasini qo‗shgan olimlardan yana biri Mahmud 
Koshg‗ariydir. U ko‗p yillik sayyohati davomida to‗plagan ma‘lumot-lariga 
asoslanib «Devoni lug‗otit turk» asarini yaratadi. Bu asarda birinchi marotaba 
dunyo kartasining asl nusxasi berilgan. Unda Oloy, Turkiston, Zarafshon, 
Farg‗ona, Chotqol tog‗lari, Qoraqum, Surxon-Vaxsh vodiylari tasvirlangan 
karta berilgan. O‗rta Osiyoning geografik sharoitini o‗rganish tarixida 
Samarqandlik olim, temuriylar sulolasining vakili Mirzo Ulug‗bek alohida o‗rin 
tutadi. U Samarqand shahrida «Fanlar Akademiyasi»ni tashkil etib, o‗z 
davrining mashhur olimlarini to‗pladi. Uning bizgacha yetib kelgan asarlaridan 
biri «Ziji Ko‗ragoniy» - astronomiyaga bag‗ishlangan bo‗lsada, unda 
qimmatbaho geografik ma‘lumotlar mavjud bo‗lib, jahondagi ko‗pgina 
shaharlarning koordinatalari aniq berilgan. 
O‗rta Osiyoda geografiya, biologiya va ekologiya fanining rivojlanishiga 
juda katta hissa qo‗shgan va uning rivojiga asos solgan olimlardan biri 
Zahiriddin Muhammad Boburdir. Hech mubolag‗asiz u kishini o‗zbek 
«geografiya» fanining otaxoni deb aytish mumkin. U o‗zining barcha 
ko‗rganlari va kuzatishlarini «Boburnoma» asarida tasvirlab, O‗rta Osiyoning 
iqlim tiplari, fyon shamollari, Farg‗ona va Zarafshon vodiylarining tabiati va 


11 
xo‗jaligini yuqori ilmiy darajada tasvirlagan. Bobur nafaqat o‗lka tabiiy 
sharoitining xilma-xilligini yozadi, balki uning kelib chiqish sabablarini ham 
chuqur ilmiy tahlil qiladi. Tabiatga nisbatan eng dastlabki ekologik qarashlarni 
o‗z asarlarida targ‗ib etgan olimlardan biri bu - buyuk mutafakir olim 
Zahiriddin Muhammad Boburdir. Bobur o‗z davrining katta bilimdoni sifatida 
mavjud bo‗lgan barcha bilimlarni ham puxta o‗rgandi va o‗zlashtirdi. 
Boburning tirik organizmlarning ular yashaydigan tabiiy-geografik sharoit bilan 
o‗zaro aloqalari va o‗zaro ta‘sirlari haqidagi e k o l o g i k qarashlari uning noyob 
asari «Boburnoma»da yaqqol ko‗zga tashlanadi. Bobur bu asarida Farg‗ona, 
Zarafshon va Toshkent vohalarining ekologik sharoitlarini, tabiiy resurslarini, 
tabiatining o‗ziga xos xususiyatlarini va xo‗jaligini chuqur talqin etgan. Shu 
bilan birgalikda, muallif «Boburnoma»da yuqorida nomi tilga olingan 
vodiylarning tabiiy boyliklarini, u yerda o‗suvchi o‗simliklar va yashovchi 
hayvonlarning bir-biriga bog‗liqlarini mohirona tasvirlaydi. 
Bobur birinchi bo‗lib Garmsel (issiq shamol) shamollarning esishini va 
uning o‗simliklarga, hayvonlarga ta‘sirini to‗g‗ri ilmiy tushuntirib beradi. 
Hindistonning xilma-xil hayvonot va o‗simlik turlariga qisqacha ta‘rif bergan. 
Shuni alohida ta‘kidlab o‗tish kerakki, «Boburnoma»da Hindistonning o‗simlik 
va hayvonot turlari, hozirgi ekologik til bilan aytganda, ekotizimlar 
(ekosistemalar)ga: tog‗, tekislik, jangal (to‗qay), cho‗l va suv havzalari 
komplekslariga ajratib berilgan. Bu - tabiatga ekologik yondashish sohasida 
O‗rta asrlarda bajarilgan birinchi ishdir. Ushbu ilmiy ishlar bilan Boburning 
ekologik qarashlari hozirgi zamon ekologik g‗oyalari darajasigacha ko‗tarilgan. 
XIII - asrda yevropalik Marko Polo Italiyadan chiqib Eron va Pomir orqali 
Xitoyga o‗tadi. U Sharqiy va Markaziy O‗rta Osiyo yerlarini, ayniqsa, 
Badaxshon va Pomir haqida ancha qiziqarli ma‘lumotlarni yozib, bu hududlarda 
rubin, kumush va oltin ko‗pligini aytib o‗tadi. O‗rta Osiyoning o‗ziga xos 
noyob tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari qadimdan qo‗shni mamlakatlarning, 
eng avvalo, Rossiyaning diqqatini jalb qilib keldi. 
XVII-asrdan boshlab ruslar tomonidan O‗rta Osiyo o‗lkasini o‗rganishga 
kirishiladi. Ularning asl maqsadi bu o‗lkaning tabiiy sharoitini o‗rganish 
maqsadida, bu hududda joylashgan Xiva xonligi, Buxoro amirligi va Qo‗qon 
xonligining davlat sirlarini hamda qanday boyliklari, arzon xom-ashyolari 
borligini bilish edi. 1715-1717 yillarda Bekovich-Cherkasskiy boshligidagi 
ekspeditsiya Kaspiy dengizi, Amudaryoning Uzboy o‗zani, Ustyurt orqali 
Xivaga keladi. 1794 yili T.S.Burnashev boshchiligidagi ekspeditsiya Qizilqum 
cho‗li va Zarafshon vodiysining qo‗yi qismini o‗rganadi. Orol dengizi 
chuqurligini, qirg‗oq tuzilishini va undagi mavjud bo‗lgan kichik-kichik 
orollarni o‗rganishda 1849 yilda tashkil etilgan A.I.Butakov boshchiligidagi 
Orol ekspeditsiyasining ahamiyati katta. 
Rossiya XIX asrning ikkinchi yarimiga kelib boy xom-ashyo manbalariga 
ega bo‗lgan O‗rta Osiyo o‗lkasini bosib olish uchun o‗z yurishini boshladi. 


12 
Natijada shafqatsiz qirg‗inlar hisobiga, 1853 yili Qo‗qon xonligiga qarashli 
Oqmachitni (hozirgi Qizil O‗rdani), 1864 yili Chimkentni, 1865 yili 17 mayda 
mahalliy xalqning qattiq qarshiligiga qaramasdan Toshkent va nihoyat, 1868 yil 
2-may kuni esa, Samarqandni qo‗lga kiritdi. So‗ngra esa, asta-sekin O‗rta 
Osiyoning boshqa qismlarini ham egallab oldi. Rossiya bu o‗lkani bosib 
olgandan keyin, uning tabiiy sharoitini o‗rganish va tabiiy boyliklarini qidirib 
topish uchun qator ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirishga e‘tibor berdi. Shu 
maqsadda 
P.P.Semenov-Tyanshanskiy, 
A.P.Fedchenko, 
I.V.Mushketov, 
L.S.Berg va boshqa olimlar boshchiligida qator ekspeditsiyalar tashkil etildi. 
P.P.Semenov - Tyanshanskiy 1855-1856 yillarda G‗arbiy Tyanshanni va 
Issiqko‗lni tekshirgan birinchi yevropalik va birinchi rus olimidir. 1869 yil 10-
yanvar kuni Samarqandga yosh olim B.A.Fedchenko rafiqasi Olga bilan kelib, 
fevral oyidan boshlab Zarafshon vodiysi o‗rta qismining o‗simliklarini 
tekshiradi. 
Farg‗ona vodiysini va uning atroflarida 1868-71 y. chuqur ilmiy tekshirish 
ishlari olib borgan mashhur olim akademik A.F.Mitdendorf bo‗lib hisoblanadi. 
U birinchi marotaba vodiyning iqlim xususiyatlarini o‗rgandi, lyoss jinslarining 
tarqalishi va uning kelib chiqishiga oid jiddiy ilmiy g‗oyalarni ilgari suradi. 
O‗rta Osiyoning geologik tuzilishini birinchi bo‗lib o‗rgangan olim 
I.V.Mushketovdir. U boshchiligidagi ekspeditsiya 1874 yildan boshlab shu 
mintaqaning geologik sharoitini, tog‗ jinslarining tarqalish qonuniyatlarini ilk 
bor sinchiklab o‗rganadi. Akademik V.A.Obruchev 1886-1888 yillarda, Sank-
Peterburg universitetining IV-kursini bitirgandan so‗ng o‗zining ilk geologik 
kuzatishlarini (hozirgi Turkmanboshi) Krasnovodsk shahridan boshlab 
«Turksib» temir yo‗l trassasi bo‗ylab olib boradi. V.A.Obruchev Zarafshon 
vodiysining, ayniqsa Zirabuloq-Ziadin tog‗larining geologik va geomorfologik 
tuzilishini batafsil o‗rganadi. 1902 yildan boshlab Orol dengizi va Quyi 
Amudaryo sohillarida bo‗lajak geograf olim, akademik L.S.Berg 
boshchiligidagi ekspeditsiya tekshirish olib boradi. L.S.Berg Orol dengizi va 
uning atroflarini sinchiklab o‗rganib, o‗zining mashhur «Orol dengizi» nomli 
monografiyasini yozadi. Bu kitob hozir ham o‗z ilmiy ahamiyatini yo‗qotgan 
emas. 
O‗rta Osiyoning o‗simlik dunyosini o‗rganishga katta hissa qo‗shgan 
olimlar A.N.Krasnov (1914), V.L.Komarov, S.I.Korjinskiy (1916) va 
boshqalar. O‗rta Osiyo tog‗li va tog‗ oldi rayonlarining tuproq qoplamini 
S.S.Neustruyev (1914) o‗rganadi. Moldoviyalik N.A.Dimo esa birinchi 
marotaba O‗rta Osiyo tekislik qismining, jumladan Mirzacho‗l tuproq 
qoplamining xususiyatlarini tekshiradi. Sobiq sovetlar hukumati davrida, 1924 
yil GUK (Bosh kartografiya boshqarmasi) tashkil etiladi. Bu tashkilot birinchi 
bor O‗rta Osiyo mintaqasida kartalashtirish ishlarini olib boradi. 1926 yil 
Ittifoqdosh va Avtonom Respublikalarni o‗rganish bo‗yicha maxsus qo‗mita 
tashkil etiladi. Bu qo‗mitaning boshlig‗i etib A.Ye.Fersman tayinlanadi. Ana 


13 
shu davrdan boshlab, O‗rta Osiyo tabiiy sharoitini va tabiiy resurslarini 
o‗rganish bo‗yicha uzluksiz ilmiy tekshirish ishlari olib boriladi. 1928-36 
yillarda O‗rta Osiyo hududida Komleks tadqiqot ishlari olib borgan TPE (Tojik-
Pomir ekspeditsiyasi) ishladi. Bu ekspeditsiya tarkibida mashhur olimlar 
(I.P.Gerasimov, K.K.Markov, E.M.Murzayev, A.Ye.Fersman, D.Sherbakov va 
boshqalar) ish olib boradi. Umuman TPEda 800 dan ortiq kishi ishtirok etib, 
o‗lkaning tabiiy-geografik sharoiti va tabiiy resurslarini o‗rganishga ulkan hissa 
qo‗shadilar. 
D.Sherbakov, A.Ye.Fersman 1928-30 yillarda birinchi marotaba O‗rta 
Osiyoning qumli sahrolarini tekshiradilar. Bu o‗lkaning sahrolarini tekshirishda 
buyuk olimlar samolyotdan foydalanib, ilk marotaba qumli relef formalarning 
hosil bo‗lish qonuniyatlarini aniqladilar. 
O‗rta Osiyoning tog‗ muzliklari dastlab N.L.Korjenevskiy (1928), 
S.V.Kolesnik (1934), K.K.Markov, I.P.Gerasimov (1936-38)lar tomonidan 
tekshirilib, bu o‗lka tog‗ muzliklarning joylanish qonuniyatlari va tiplarini 
aniqladilar. Ye.N.Korovin (1934), A.N.Rozanov va boshqalar O‗rta Osiyoning 
o‗simlik va tuproq qoplamini tekshirdilar. Ye.N.Korovinning 1934 yilda 
birinchi marotaba O‗rta Osiyo o‗simliklarini umumlashtiruvchi 2-tomli («O‗rta 
Osiyo va Janubiy Qozog‗istonning o‗simliklari») kitobi nashr etildi. Bu O‗rta 
Osiyo tabiatini o‗rganishdagi eng katta voqealardan biri edi. O‗rta Osiyoning 
suvlarini o‗rganishni va gidropostlarni tashkil etishni amalga oshirgan olim 
V.N.Glushkovdir. O‗rta Osiyodagi foydali qazilmalarni tekshirishda va ularni 
aniqlashda D.I.Sherbakov, A.Ye.Fersman, Yu.A.Popov, Yu.A.Skvorsov va 
boshqalarning xizmati katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, XX asrning 30-
chi yillarining oxirida va 40-chi yillarning boshida mahalliy xalqdan yetuk yosh 
olimlar yetishib chiqdi, ular: H.M.Abdullayev, G‗.O.Mavlonov, I.Hamroboyev, 
K.I.Satpayev, Udeshev, P.Baratov va boshqalar. O‗rta Osiyoda keng tarqalgan 
noyob va ko‗pgina jumboqlarga boy tog‗ jinslaridan biri – lyossdir. Mashhur 
olim, akademik Vladimir Afanasivich Obruchevning iste‘dodli shogirlaridan 
biri G‗ani Orifjonovich Mavlonovning ana shu lyoss jinsining kelib chiqishi, 
tarqalish qonuniyatlari va genetik tipi bo‗yicha qilgan ishlari uni butun dunyoga 
mashhur qildi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin O‗rta Osiyoning geologik va 
tektonik tuzilishini o‗rganishda va foydali qazilmalarining joylanish 
qonuniyatlarini ochishda mahalliy xalq vakillaridan juda ko‗p mashhur geolog 
olimlar: H.Abdullayev, I.Hambrabayev, G‗.A.Mavlonov, O.Akramxo‗jayev, 
X.Akbarov, A.Sultonxojayev, S.Mirzayev, M.Mamatqulov, Sh.Davlatov va 
boshqalar yetishib chiqdilar. O‗rta Osiyo o‗lkasining o‗ziga xos geomorfologik 
xususiyatini o‗rganishda Yu.A.Skvarsov (1949), G‗.A.Mavlonov (1958), 
S.O.Skvorichevskaya (1965), M.M.Mamatqulov (1972), I.S.Shukin (1983) va 
boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlari diqqatga sazovordir. 


14 
Bu davrda va undan keyin O‗rta Osiyoning iqlim sharoiti va uning 
shakllanish qonuniyatlarini aniqlashda V.A.Bugayevning (1946, 1957), 
L.N.Babushkinning (1957, 1961, 1981) ishlarini ta‘kidlash mumkin. Ayniqsa, 
V.A.Bugayev, V.O.Djordjio va boshqalarning dunyoga mashhur «O‗rta 
Osiyoning sinoptik jarayonlari» (1957) kitobini eslatib o‗tish lozim. Bu kitobda 
birinchi marotaba O‗rta Osiyo hududida ob-havo va iqlimning shakllanish 
qonuniyatlari batafsil yoritilgan. O‗rta Osiyo iqlimining o‗ziga xos 
xususiyatlarini 
tasvirlashga 
Ye.N.Balashova, 
O.M.Jitomirskaya, 
O.A.Semenovalarning (1960), O.M.Chelpanova (1963), S.G.Chanisheva 
(1966), T.Muxtarov (1999, 2000, 2001, 2002) va boshqalarning ishlarini 
ko‗rsatish mumkin. O‗lkaning gidrologik sharoitini va suv resurslarini 
o‗rganishda V.L.Shuls (1949), (1958, 1959, 1963, 1968, 1969), O.P.Sheglova 
(1981), E.I.Chembarisov, B.A.Baxritinov (1983) kabi olimlarning xizmati katta. 
O‗rta Osiyo o‗simliklarini o‗rganishda Ye.P.Korovin (1961, 1962, ikkinchi 
nashri), Q.Z.Zokirov (1947, 1955) va boshqalarning xizmatlari kattadir. 
Q.Z.Zokirov Zarafshon daryosi havzasining o‗simlik dunyosini sinchiklab 
o‗rgandi va shu hudud misolida O‗rta Osiyo tog‗ va tog‗ oldi o‗simliklarining 
balandlik bo‗ylab tarqalish qonuniyatini aniqlab, ularni mahalliy Xalq atamalari 
bilan – «cho‗l», «adir», «tov», «yaylov» deb atashni asoslab berdi. O‗rta Osiyo 
hududining tuproqlarini o‗rganishda A.N.Rozanov (1951) va A.M.Mamitov 
(1982), A.Z.Genusov (1983) va hayvonot dunyosini o‗rganishda T.Z.Zohidov, 
R.N.Meklenbursov, O.P.Bogdanov (1971) ishlarini alohida ta‘kidlab o‗tish 
zarur. 
O‗rta Osiyoning tabiiy geografik sharoitini yaxlit o‗rganishda, uni batafsil 
yoritgan Rossiya fanlar Akademiyasi Geografiya instituti tomonidan 
tayyorlangan monografiyalarni («Srednyaya Aziya» 1958, 1968) va 
Toshkentlik geograflar V.M.Chetirkin (1960), N.L.Korjenevskiy (1960), 
N.A.Kogay (1979) va boshqalarning ishlari alohida o‗rin tutadi. O‗rta Osiyo 
sahrolari tabiiy geografik sharoitining shakllanishi va tabiiy boyliklarini 
atroflicha yoritgan V.S.Zaletayev (1976), A.G.Babayev, Z.G.Freykin (1977) va 
A.G.Babayev, I.S.Zonn, N.N.Drozdov, Z.G.Freykin (1986) ishlarini ko‗rsatish 
mumkin. L.Alibekovning Moskvada «Misl» nashriyotida chop etilgan «Sahro 
saxovati» (1988) kitobida O‗rta Osiyo sahrolarining tabiiy-geografik 
sharoitining o‗ziga xos xususiyatlari, tabiiy boyliklari hamda bu o‗lkaning 
insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishidagi roli ochib berilgan. Shu bilan birga 
sahro boyliklaridan foydalanishdagi yutuqlar va kamchiliklar ko‗rsatilgan, eng 
muhimi, O‗rta Osiyo sahrolarini o‗zlashtirishda tabiat qonuniyatlaridan to‗g‗ri 
foydalanishning geografik asoslari bayon qilingan. 
Ma‘lumki, O‗rta Osiyoda tog‗ oldi tekisliklari qadimgi va hozirgi dunyo 
sivilizatsiyasi paydo bo‗lgan va barq urgan hayot mintaqasidir (polosasidir). 
Qadimgi va hozirgi navqiron Samarqand, Toshkent, Ashxabod, Bishkek 
shaharlari ham xuddi ana shu mintaqada joylashgan. Ekologik jihatdan nozik 


15 
bo‗lgan bu tog‗ oldi tekisligi iqlimning o‗zgarishiga va kuchayib borayotgan 
inson xo‗jalik faoliyatiga juda ta‘sirchandir. L.Alibekovning 1992 yilda 
Moskvada «Nauka» nashriyotida chop etilgan «Tog‗ va sahro o‗rtasidagi 
(oralig‗i) hayot mintaqasi (polosasi)» kitobida, ana shu ming yillardan buyon 
tog‗ va tekislik o‗rtasidagi tor mintaqada hayot uchun kurash tajribasi, o‗troq va 
ko‗chmanchi madaniyatlarning bir-biriga ta‘siri, Buyuk Ipak yo‗li o‗tgan bu 
ulkan tog‗ va bepoyon tekislik o‗rtasidagi tor mintaqa – ta‘siri «kontakt zona» - 
O‗rta Osiyodagi ekologik qiyinchiliklarga yangicha ekologik nuqtai nazardan 
qarashga imkon beradi.
1995 yilda akademik A.G.Babayevning rus va ingliz tillarida «Cho‗llarni 
o‗zlashtirish muammolari» fundamental monografiyasi nashrdan chiqdi, unda, 
Yer yuzidagi cho‗llarga umumiy tavsif berish bilan birga, Markaziy Osiyo 
(regional aspektda) va Turkmaniston cho‗llariga (milliy aspektda) alohida 
to‗xtalib, ularning potensial tabiiy resurslariga batafsil tavsif berish bilan birga 
bu resurslardan ilmiy asosda foydalanish bo‗yicha tavsiyalar berilgan, cho‗l 
tabiiy boyliklarini o‗zlashtirishda va mahalliy xalqning ko‗p yillik tajribasiga 
e‘tibor berish zarur ekanligi ko‗rsatilgan. 
O‗rta Osiyo tog‗larining o‗ziga xos umumiy tabiiy-geografik xususiyatlari 
V.M.Chupaxin (1964), O.K.Agaxanyans (1964, 1965, 1981), R.A.Zlotin 
(1975), N.A.Gvozdeskiy, Yu.Golubchikovlarning (1987) monografiyasida 
batafsil yoritilgan. O‗rta Osiyo hududini tabiiy geografik rayonlashtirishda 
V.M.Chetirkin (1947), E.M.Murzayev (1956, 1958, 1968), N.A.Gvozdeskiy 
(1960), L.N.Babushkin, N.D.Dolimov, N.A.Kogay (1961, 1964) va boshqalar 
ancha ishni amalga oshirdilar. O‗rta Osiyo hududi mintaqaviy qismlarining 
tabiiy geografik sharoitlarini o‗rganishda L.N.Babushkin, N.A.Kogay, 
N.D.Dolimov, M.Qoriyev, P.Baratov, M.Mamatqulov, M.Umarov, A.Rafiqov, 
A.Abdulqosimov, S.Nishonov, H.Vahobov, P.G‗ulomov, Sh.Zokirov, 
I.Hasanov, 
A.Rahmatullayev, 
S.Abbosov, 
Yu.Sultonov, 
A.Mamatov, 
M.Halimov, R.Halimov, T.Jumaboyev kabi O‗zbekistonlik geograf olimlarning 
ishlari diqqatga sazovordir. 
Mustaqillikka erishgandan keyin O‗rta Osiyoni tabiiy-geografik jihatdan 
o‗rganish ko‗proq mintaqalar va mustaqil respublikalar hududlari bo‗yicha olib 
borildi. Shunday qilib, O‗rta Osiyo tabiiy sharoitini o‗rganilish tarixi bo‗yicha 
yuqoridagi keltirilgan ma‘lumotlardan ma‘lum bo‗layaptiki, o‗lkaning umumiy 
tabiiy-geografik komponentlari zamon darajasida to‗liq o‗rganildi deyish 
mumkin. Lekin shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tabiiy- geografik tadqiqotlarda 
ko‗pincha to‗plangan tabiiy-geografik ma‘lumotlar A.Gumbolt zamonidan 
(XIX) va L.S.Berg (1913) davridan boshlab ma‘lum bir sxema bo‗yicha 
umumlashtirilib, tog‗ va tekislik bir-biridan ajralgan holda alohida qaralar edi. 
Lekin hayot va amaliyot O‗rta Osiyo bo‗yicha to‗plangan tabiiy-geografik 
ma‘lumotlarga yangicha dinamik nuqtai nazaridan va yangicha (sistemali) 
tizimli yondashishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda, O‗rta Osiyoda inson xo‗jaligi 


16 
faoliyatining ta‘sir jarayonlari yirik tabiiy geografik komplekslarni qamrab olib 
tog‗-tekislik geosistemalarining (tizimlarining) real mavjudligini ko‗rsat-
moqda. Regionda keyingi 40-50 yilda tabiiy sharoitdan va tabiiy resurslardan 
noto‗g‗ri, ayniqsa, jadal (ekstensiv) foydalanish natijasida ko‗pgina ko‗ngilsiz 
(negativ), hatto xafvli tabiiy va antropogen hodisalar kuzatilmoqda. Buning 
uchun esa modda va energiya harakatlari bilan bir butun bo‗lgan katta 
miqyosdagi (masshtabdagi), murakkab hududiy birliklarning tabiiy-hududiy va 
ishlab chiqarish hududiy komplekslarini boshqarishning dastlabki ilmiy 
asoslarini ishlab chiqish kerak bo‗lib qoldi. L.Alibekovning 1994 yilda «Fan» 
nashriyotida chop etgan «Tog‗ va tekislik landshaftlarining o‗zaro ta‘siri (O‗rta 
Osiyo misolida)» monografiyasida, birinchi marotaba O‗rta Osiyo tog‗ va 
tekislik-larining tabiiy-geografik aloqalari va ularning inson xo‗jalik faoliyati 
ta‘siri ostida o‗zgarishi (tarnsformatsiyasi) hamda ularni xalq xo‗jaligining turli 
sohalarida maqsadga muvofiq boshqarishlar bayon etilgan. Bu monografiyada 
muallif tomonidan tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish maqsadida tog‗ 
va tekislik landshaftlarining gorizontal dinamik bog‗liqlik va aloqadorligini 
o‗rganish muammosini yechish uchun nazariy va metodologik asoslar 
yaratilgan. Unda tog‗ va tekisliklar rivojlanayotgan va ishlayotgan 
(funksioniruyushiy) tizimlar va uning qismlari (tog‗ va tekisliklar) material 
(patok) oqimlar bilan birlashgan deb qaraladi. Muallif tomonidan, O‗rta Osiyo 
o‗lkasiga xos bo‗lgan tog‗-tekislik «geopara» -«qo‗shaloq komplekslari» degan 
geografik tushuncha kiritilgan. 
Monografiyada, boshqa fanlar ichida, birinchi marotaba tabiiy- geografik 
tadqiqotlar O‗rta Osiyo o‗lkasi misolida tog‗ va tekislik o‗rtasida moddalarning 
aylanib yurishi qonuniyati ochib berilgan. Bir qancha qismlardan tuzilgan 
moddalarning tog‗ va tekislik o‗rtasida aylanib yurishi batafsil tahlil qilingan. 
O‗rta Osiyo tog‗ va tekisliklarining bir butun yaxlit qilib bog‗lab turuvchi 
moddalar almashinuvining miqdoriy baholari keltirilgan (5-chizmaga qarang). 
L.Alibekovning ushbu monografiyasida «Tog‗-tekislik» qo‗shaloq  

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin