Mavzu: Yer po'stining tuzilishi, turlari , kimyoviy tarkibi
Reja:
1.
Yer haqida tushuncha
2. Yer po'stining tuzilishi
3. Yer po’stining turlari va kimyoviy tarkibi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yer haqida tushuncha
Yer-Quyosh
sistemasidagi
Quyoshdan uzoqligi
jihatdan
uchinchi
(Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi
atrofida va aylanaga juda
yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi
jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi
oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq
qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi
sababli Yerni
koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini
esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi (qarang Yerdan tashqaridagi
sivilizatsiyalar). Astronomik belgisi fi .
Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda
gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi
(birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan.
Yer tarkib
topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib
chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning
ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining
differensiyalanishiga
olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli
qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq
qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi, seysmik toʻlqinlarning
yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu
toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning
Yer ichki qismini tashkil
etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy
metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib,
uning
ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li
chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km
chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi
(gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.