Tmc instituti iqtsodiyot sirtqi 22-13 guruh Ruzimova Zeboning “Ifloslantiruvchi taksonomiya” mavzusidan tayyorlagan



Yüklə 1,32 Mb.
tarix16.09.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#144448
ifloslantiruvchi taksonomiya

TMC instituti iqtsodiyot sirtqi 22-13 guruh Ruzimova Zeboning Ifloslantiruvchi taksonomiya” mavzusidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI

Reja:


Atmosferada havo doimo aralashib turganligi tufayli uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida, asosan, bir xildir. Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha Yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning massasi Yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos.
Atmosferaning yuqori chegarasi deb, shartli ravishda Yerning tortish kuchi bilan sayyoraning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo‘qoladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellipsoid yuzaga ega bo‘lib, ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 %dan ortig‘i) uning quyi qatlamiga – troposfera va stratosferaga to‘g‘ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi
Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi va asosan, suv bug‘laridan tashkil topadi. Bu qatlamda balandlikning har bir km ga ortishi bilan harorat o‘rtacha 6 0C ga pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib, ekvatorda 16-18 km ni tashkil qiladi. Zichligi esa yerdan baland ko‘tarilgan sari kamayib boradi.
Troposferaning yuqori – stratosferaga o‘tish qismida harorat aksincha sovib, -50 dan -80 0C gacha yetadi. Stratosferada yerdan 25 km balandlikkacha harorat o‘zgarmay qoladi. Stratosferada suv bug‘lari oz. Shuning uchun bulut hosil bo‘lish jarayoni kuzatilmaydi va yog‘ingarchilik sodir bo‘lmaydi.
Stratosfera bo‘ylab Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ozon (O3) hosil bo‘ladi. Uning ko‘p konsentratsiyasi Yerdan 22-25 km balandlikda kuzatiladi. Ozon yuqori qalinliklarda ko‘p, o‘rta va quyi kengliklarda kam uchraydi. Uning miqdori faslga qarab ham o‘zgarib turadi: bahorda ko‘payadi, kuzda esa kamayadi
Atmosferaga chiqarib yuborilayotgan is gazlari evaziga CO2 ning asta-sekin yig‘ilib, havodagi namlik bilan ta’sirlanishi karbon kislotalari bug‘ini hosil qiladi. Bu holat xuddi issiqxona oynasi to‘siqlari kabi Quyosh radiatsiyasini o‘zidan yaxshi o‘tkazib, infraqizil nurlarni orqaga qaytarmaydi.
Natijada havoning dimiqishi, “Parnik effekti”ni hosil qiladi. Har yili yer yuzida yonish jarayonlariga qo‘shimcha 10 mlrd. tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar – yashil o‘simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muammosi yuzaga kelishi shubhasizdir
O‘zbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurashish va havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi umumiy strategiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy hujjatlar, dasturlar, harakatlar rejasi asosida atrof-muhitni, shu jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar maqsadli Davlat dasturlari ishlab chiqiladigan loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi
Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin