Полизчилик


  O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida rayonlashtirilgan qovun navlari



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix13.05.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#112722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
 


12 
O’zbekiston Respublikasi viloyatlarida rayonlashtirilgan qovun navlari
1-jadval. 
Qovunchilik
Viloyat 
Rayonlashtirilgan navlar 
makoni 
 
Ertapishar 
O’rtapishar 
Kechpishar 
1. Toshkent qo-
vunchilik makoni 
Toshkent, 
Sirdaryo, 
Jizzax 
Handalak ko’kcha 
14; Toshloqi 862, 
Rohat
Baytqo’rg’on; Oq-urug’ 
1137; Yirik ichi qi-zil, 
Buxarka 944, 
Shakarpalak 544 
Qo’ybosh 476, 
Umrboqi 3748, 
Qorapo’choq
3744 
Toshkent 
Zarchopon G’
1
Ko’k-tinna 1057,
Ko’kcha 588, Oltin- 
tepa, Lazzatli 
2. Farg’ona 
qovunchilik 
makoni 
Farg’ona, 
Andijon, 
Namangan 
Handalak
ko’kcha 14, 
Toshloqi 862 
Assati 3806, 
Shakarpalak 544, Ko’k-
tinna 1087, Ko’kcha 588 
Umrboqi 3748, 
Qo’ybosh 476, 
Qorapo’choq 3744 
3.Zarafshon 
qovunchilik 
makoni 
Samarqand 
Mahalliy sariq 
handalak, Ko’k-
kalla-po’sh, Ma-
halliy Dahbedi, 
Samarqand obi-
novvoti, Tosh-loqi 
862 
Ko’k tinna 1087 
Zarg’aldoq
gulobi,
Qo’ybosh 476, 
Sayli, Mahal-liy 
qoraqand 
Buxoro, 
Navoyi 
Mahalliy sariq 
xandalak, Ko’k-
kalla-po’sh, Ma-
halliy Bo’ri-kal-la, 
Toshloqi 862 
Ko’k-tinna 1087,
Ko’kcha 588, Lazzat- 
li, Oltin vodiy 
4. Janubiy 
qovunchilik 
makoni 
Surxondaryo, 
Qashqadaryo 
Sariq handalak, 
Ko’k-kalla-po’sh, 
Mahalliy Dahbedi, 
Toshloqi 862 
Ko’k tinna 1087, 
Aravakash 1219 
Qashqadaryoda: 
Zarg’aldoq gulobi,
Surxondaryoda: 
Mahalliy
qora-qand 
5. Xorazm 
qovunchilik 
makoni 
Xorazm vi-
loyati, Qo-
raqalpog’is-ton 
Respub-likasi 

Mahalliy Gurbek, Oltin 
vodiy, Gurlan 
Mahalliy Beshak, 
Mahalliy ola-
hamma, Mahalliy 
Qoraqand, 
To’yona, Qariqiz 


13 
 
Savollar: 
1. Kam tarqalgan qovoqdoshlar vakillaridan qaysilarini bilasiz? 
2. Qovunning ovrupa kenja turi qanday tur xillarini o’z ichiga oladi? 
3. Hashaki tarvuzlar madaniy navlaridan qanday farqlanadi? 
4. O’zbekistonda qovoqning qaysi turlari yetishtiriladi? 
5. Poliz ekinlari navlaridan fuzarioz so’lish kasalligiga chidamlilari qaysilari? 
 
3-MAVZU: POLIZ EKINLARINING MORFOLOGIK VA BIOLOGIK 
XUSUSIYATLARI.
Reja: 
1. Qovun o’simligi va mevalarining morfologik tuzilishi. 
2. Tarvuz o’simligi va mevasi tuzilishining morfologik xususiyatlari. 
3. Qovoq turlariga oid o’simliklar va mevalarining morfologik tuzilishi. 
4. Poliz o’simliklarining o’sishi va rivojlanishi. 
5. Poliz o’simliklarining yorug’likka munosabati. 
6. Issiqlikka talabchanligi. 
7. O’simliklarning tuproq va havo namligiga talabchanligi. 
8. O’simliklarning tuproqdan oziqlanish sharoitlari. 
Adabiyotlar: 1; 2; 3; 4; 5. 
1. Qovun- Cucumis melo turiga mansub bo’lib, poyasi uzunligi 2,5-3 metr; 
ko’ndalang kesimi yumaloq qirrali, barglari yaxlit, orqa tomoni tuklangan, o’q ildizi 
60-100 sm chuqurlikda bo’lib, tarqalish diametri 2-3 metrga yetadi. Yon ildizlari soni 
9-12 ta. Aksariyat gullari 2 jinsli bo’lib, chetdan changlanadi. Qovunning dumaloq 
shaklli navlarida otalik va germafrodit gullari ko’proq bo’lsa, uzunchoq mevali 
navlarda esa otalik va onalik gullari shakllanadi. Onalik gullari ayrim joylashadi, 
otalik gullari bir nechtadan to’pgul hosil qiladi. Gul barglari besh bargli, gul 
kosachasi tuklangan, changchilari beshta (bittasi erkin va to’rttasi juftlashib o’sgan). 
Changlari uchburchak yumaloq shaklda, og’ir va yopishqoq. Chang donachalari 
diametri 55 - 58 mkm. Ustunchasi kalta, yo’g’on 3 - 4 yoki 5 bo’lakli. Ustun 
og’izchasi uch bo’lakli, tugunchasi pastki.
Mevasi - har xil shakldagi soxta meva. Qovun mevasi ichida bo’shliq (uya) 
bo’lib, u yerdagi urug’lar ipchalar (platsenta) yordamida urug’donga birikadi. 
Mevalar uch qatlamdan iborat: tashqi - kutikula bilan qoplangan epidermis qatlam
o’rtangi - xlorofil parenximali, kollenxima qatlami va ichki - yirik va mayda 
hujayralardan iborat seret iste’mol qilinadigan qatlam. Meva po’sti qanchalik qalin 
bo’lsa, u shunchalik uzoq saqlanadi.  
2. Tarvuz - Citrullus turiga mansub bo’lib, poyasining uzunligi 4-5 m, xashaki 
navlarining poyalari esa 5-7 m, barglari kalta konussimon, ba’zan yapaloq, uch 
bo’lakli, har bir bo’lagi juda ko’p qirqilgan mayda-mayda bo’lakchalardan iborat. 
O’zbekistonda yetishtiriladigan tarvuz navlarida besh xil gul bo’ladi: funksional 
erkak va chin erkak gullar, funksional urg’ochi va chin urg’ochi gullar va germafrodit 
gullar. Pastdan yuqori tomon erkak va germafrodit gullar ochilib boradi. 


14 
Tarvuz gulining tuzilishi qovun gulining tuzilishi bilan taxminan bir xil. Chang 
donalarining diametri 60-63 mkm keladi, tugunchasi pastki 3-4, ba’zan 5 bo’lakli. 
Tarvuzda meva tugadigan gullar tezpishar navlarida 4-11, o’rtapishar navlarida 15-
18, kechpishar navlarida 20-25 barg qo’ltiqlarida yuzaga keladi. 
Tarvuz mevasi po’st, et va urug’li platsentalardan tashkil topgan. Po’stining 
uchinchi qavatida yog’ochlangan qalin devorli hujayralar qatlami (sovut) joylashgan, 
uning ostida ko’p qavatli parenximasi bo’ladi, shu parenxima meva etining 
parenximasiga aylanib boradi. Meva etining parenximasida po’st parenximasi bilan 
qo’shilib ketgan platsentalar joylashadi. Platsentalar butun meva bo’ylab 
tarmoqlangan, ularning shu tarmoqlarida urug’lar bo’ladi. Tarvuz urug’lari tomirlar 
bilan tutashgan, bu tomirlar tarvuz mevasining markazida bir-biri bilan 
qo’shilib,tomir dastalarini hosil qiladi. 
3. O’zbekistonda yetishtiriladigan qovoq o’simligi uchta turdan iborat: yirik 
mevali, qattiq po’stli va muskat qovoqlari. 
Poyasining tuzilishi yirik mevalilarda yumaloq, qattiq po’stli qovoqlarda 5 qirrali 
va muskat qovoqlarda besh qirrali chuqur o’yilgan, poya tuklarining xarakteri qovoq 
turlari bo’yicha tegishlicha o’rtacha qattiq, tikansimon va yumshoq bo’ladi. Qovoq 
ildiz sistemasi kuchli rivojlangan.O’q ildiz uzunligi 2 metr. Birinchi tartib yon 
ildizlari 2-5 metr, soni 10-12 ta. Qovoq tuplarida gullar o’zining shakli, rangi va 
boshqa belgilari jihatidan bir-biridan farq qiladigan bo’ladi. Yirik mevali qovoqning 
gul toji hammadan ko’ra yirik va ochiq rangli bo’lsa, muskat qovoqlarining gullari 
hammasidan maydadir. Yirik mevali qovoq gulbarglari tashqariga qayrilgan, qattiq 
po’stli, muskat qovoq gulbarglari esa tik turadigan va uchi o’tkirlashgan. Yirik 
mevali qovoq gulining kosachasi qadahsimon, bochkasimon, kosacha barglar yirik 
mevali qovoqda ipsimon, ingichka, muskat qovoqda uzunlashgan, serbarg, qattiq 
po’stli qovoqda bigizsimondir. 
Har xil turdagi qovoq gullarining tuzilishida o’xshashliklar ham ko’p. 
Gulqo’rg’oni besh a’zoli, gul toji qo’ng’iroqsimon bo’lib, kosachasi bilan qo’shilib 
ketgan, o’rtasigacha 5 ta sariq yoki zarg’aldoq rangli yaproqlarga ajralgan. Erkak 
gullarning changdonlari qovuzg’oqqa o’xshab bukilgan va bir-biri bilan qo’shilib 
ketgan, o’rtasigacha 5 ta sariq yoki zarg’aldoq rangli yaproqlarga ajralgan. Erkak 
gullarning changdonlari qovuzloqqa o’xshab bukilgan va bir-biri bilan qo’shilib, bitta 
ustuncha hosil qilgan. Chang donalarining diametri, Ispan 73 navida 101-107, Palov 
kadi navida 106-111 mkm keladi. Urg’ochi gullarning ustunchasi yo’g’onlashgan, 
dumaloq yoki qirrali, taqasimon shaklda bo’ladigan 3-5 ta qirrali tumshuqchasi bor. 
Tugunchasi pastki bo’lib, uchta, ba’zida 4-5 ta mevabarglardan yuzaga keladi. 
Qovoq mevasining ichki bo’shlig’i bo’lib, unda platsenta va urug’lari bor. 
Po’stlog’ida sovut qatlami bor, bu qatlam qattiq po’stli qovoqda hammadan pishiq. 
4. Poliz ekinlari o’simligi individual o’sish davrida quyidagi bosqichlarni 
o’taydi: 
1-bosqich- ekilgan urug’ nish urganda to unib chiqquncha bo’lgan davr bo’lib, 
urug’palla barglardan to birinchi chin barg chiqquncha bo’lgan davr 2- bosqich 
hisoblanadi. 


15 
3-bosqich- qovunlarda, urug’ unib chiqqandan 10-14 kun, tarvuzlarda 20-22 kun 
o’tgandan boshlanib, bu paytda o’simlik birmuncha o’sib, gul va boshlang’ich chin 
barg bo’rtmalari paydo bo’ladi. 
4-bosqich- gul g’unchalari paydo bo’lgandan boshlanadi. Bunda qovunlar 
bittadan, tarvuzlar esa ikkitadan chin barg chiqaradilar. 
5-bosqich- changlovchi gullarning changi yetila boshlaydi. Shu bilan bir paytda 
birinchi va ikkinchi tartib novdalar o’sa boshlaydi. 
6-bosqich- changlovchi gullar bo’rtmasi to’liq yetiladi, gultoji barglari sariq 
rangga kiradi. 
7-bosqich- changlanuvchi gullar g’unchasi paydo bo’ladi. 
8-bosqich- qovunlarda, urug’ unib chiqqandan keyin 40-45 kunda, tarvuzlarda 
45-55 kunda changlovchi gullar ochiladi, changlanuvchi gullar g’unchasi ancha 
bo’rtib qoladi.
4-5-6-7-8 bosqichlarda havo haroratini mo’’tadil bo’lishi hosildorlikni oshiradi. 
9-bosqich- changlanuvchi gullar g’unchasi kattalashadi, urug’don cho’zilib 
urug’ kameralari paydo bo’la boshlaydi. Changlovchi gullar soni ko’payadi. 
10-bosqich- qovun urug’i unib chiqqandan 50-60 kun, tarvuzlarda 60-65 kun 
o’tgandan keyin changlovchi gullar qiyg’os ochilib, changlanuvchi gullar ochila 
boshlaydi. 
11-bosqich- changlanuvchi gullarning qiyg’os ochilishi bilan boshlanib, 
tuganaklar rivojlana boshlaydi, 2 va 3 tartib novdalar hamda asosiy novda juda tez 
o’sadi. 
12-bosqich- qovun urug’i unib chiqqandan 75-88 kun, tarvuzlarda 100-110 kun 
o’tgandan keyin boshlanadi. Bunda asosiy va yon novdalardagi birinchi tugilgan 
mevalar pishadi. 
Poliz ekinlarining o’suv davrining uzun qisqaligi o’simlik turiga, naviga, tashqi 
muhitga va tuproq strukturasiga bog’liqdir. Yog’ingarchilik-ning ko’p bo’lishi, havo 
haroratining pastligi, quyoshsiz kunlarning ko’p bo’lishi o’suv davrini uzaytiradi. 
Quyoshli yerlarda o’suv davri qisqa bo’ladi. 
Poliz ekinlarining o’suv davri 2 asosiy qismdan, ya’ni urug’ unib chiqqandan to 
maysalik gullar ochilguncha va meva tugilgandan to pishib yetulguncha bo’lgan 
davrdan iborat. 
5. Poliz ekinlari yorug’liksevar o’simliklar, shuning uchun poliz ekinlarini ochiq 
maydonlarda yetishtirish kerak. Yorug’lik ayniqsa o’simliklarning gullash va pishish 
davrida zarurdir. Yorug’likning yetishmasligi natijasida o’simliklarda assimilyatsiya 
jarayoni 10-20 martagacha pasayib ketadi. Natijada gullash davri cho’zilib, 
mahsuldorlik keskin pasayadi. O’simliklarni me’yordan tashqari qalin joylashtirish 
vegetativ qismlarining o’sib ketishi shakllanadigan onalik gullari sonining 
kamayishiga, mevalar o’rtacha vazni kamayishi va hosildorlik pasayishiga olib 
keladi. Havo bulut bo’lganda o’simliklar soyaga tushib qolganda mevalarda quruq 
modda va shakar kam to’planadi. Ekinlar o’suv davrida o’simliklarga 10-12 soatlik 
yorug’lik kuni kerak.
6. Poliz ekinlari tuproq va havo haroratiga juda talabchan o’simliklardir. Ayniqsa, 
urug’ unib chiqish davrida yuqori harorat bo’lishi lozim. Shuning uchun ham tarvuz 


16 
ko’proq cho’l va yarim cho’l mintaqalarida, Janubiy va Sharqiy-janubiy nohiyalarda, 
qovun esa iqlimi eng issiq va yorug’ bo’lgan tumanlarda o’stiriladi. Poliz ekinlari 
orasida qovoqning issiqqa talabchanligi birmuncha pastdir. Uning urug’i tuproq 
harorati 13
0
S qovun urug’i 15
0
S, tarvuz urug’i esa 16-17
0
S da unib chiqadi. Bundan 
past haroratlarda poliz ekinlari urug’larining unib chiqish xususiyati pasayib, urug’lar 
chirib ketadi, yoki unib chiqqan taqdirda ham ko’chatlar sust rivojlanadi. Unib 
chiqqan o’simlikning yaxshi o’sishi uchun mo’’tadil harorat 25-30
0
S hisoblanib
harorat bundan yuqori bo’lsa, unib chiqish jarayoni pasayadi. Qovoq o’simligi uchun 
esa mo’’tadil harorat 20-25
0
S bo’lishi kerak. 15
0
S dan past havo haroratida o’simlik 
o’sishi keskin to’xtab, hosildorlik juda pasayib ketadi. Havo harorati -1
0
S bo’lganda 
qovun va tarvuz o’simliklari umuman rivojlanmaydi, qovoq esa birmuncha 
shikastlanadi. Poliz ekinlari gullash davrida ham yuqori havo haroratiga talabchandir. 
15
0
S dan past haroratda gul g’unchalari ochilmaydi, changdonlar yaxshi yetilmaydi, 
changlanish jarayoni umuman o’tolmaydi va nihoyat gullar qurib to’kilib ketadi. Bu 
esa hosildorlikni pasaytiradi. Havo harorati 35
0
S dan yuqori bo’lsa, shu ahvol 
takrorlanadi, gullar yaxshi changlanishi uchun havo harorati ertalab 18-20
0
S, kunduz 
kuni esa 20-25
0
S bo’lishi kerak. Poliz ekinlarining ildiz sistemasi yer ustki qismiga 
nisbatan past havo haroratidan ko’proq ta’sirlanadi. Poliz ekinlari is-siqqa chidamli 
o’simliklardir. Ayniqsa qovun va tarvuz o’simligining O’rta Osiyo turlari bunga 
misol bo’la oladi. Xashaki tarvuz navlari va qovoqning hamma turlari esa issiqqa 
chidamlilikda qovun va tarvuzga nisbatan sustroqdir. Poliz ekinlari palagi katta
barglarining soni ko’p va barg sathi katta bo’lganligidan suv bug’lanish koeffitsienti 
juda yuqori. Lekin ildiz tarkibi katta va chuqur joylashganligi sababli suvni so’rish 
qobiliyati yuqori bo’lib, bug’langan suvning o’simlikdagi miqdori to’ldirilib turadi, 
shu sababli poliz ekinlari qurg’oqchilikka chidamli o’simlik hisoblanadi.
7. Tuproq namligi mevaning kimyoviy tarkibiga ham ta’sir etadi. Ko’pgina tarvuz 
navlari o’ta to’yintirib sug’orilganda mevasi tarkibidagi qand miqdori qovun va 
qovoqqa nisbatan past bo’ladi. Lekin ayrim navlar bundan mustasno. Tuproq namligi 
yuqori bo’lishi bilan poliz mevalari tarkibidagi S vitaminining miqdori yuqori 
bo’ladi.
Suv-o’simliklarning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Poliz o’simliklarining har 
xil qismlarida hammasi bo’lib 80-90 % suv bor. To’qimalar namlik darajasini 
shunday yuqori ko’rsatkichlarda saqlab turish uchun o’simliklarga suv yetarli 
miqdorda yetib borishi zarur. 
Poliz o’simliklari kserofitlar turkumiga kiradi, qurg’oqchilikka chidamlidir, bu 
esa o’simliklar suvni kam sarflashidan emas, balki ularning tuproq namligidan yuqori 
darajada foydalanishlaridandir. 
Katta barg sathiga ega bo’lgan poliz o’simliklari, ayniqsa qovoq, ko’p miqdorda 
o’zidan suv bug’lantiradi. Bug’lanish (transpiratsiya) koeffitsienti (quruq modda hosil 
qilish uchun sarflanadigan suv miqdori) qovoqda -834, qovunda -621, tarvuzda -600 
ni tashkil etadi. 
Poliz ekinlarining suvni tuproqdan yaxshi o’zlashtirish xususiyati barglarning va 
ildizlarining yuqori so’rish qobiliyatiga bog’liq.


17 
Poliz ekinlarining yaxshi o’sib rivojlanishi uchun tuproq namligi dala nam 
sig’imidan 80-85 % va havo namligi 50-60 % bo’lishi kerak.
8. Poliz ekinlari tuproqning mexanik tarkibi va suv fizik xossalariga 
talabchandir.Qovun o’simligi tarvuzga nisbatan tuproqning ozuqa moddalariga 
talabchandir, shu sababli qovun qumloq tuproqlarda yaxshi o’smaydi, ko’proq ozuqa 
moddalarga boy bo’lgan, strukturali loyqa tuproqlarga ekilgani ma’qul.
Nordon tuproqlar poliz ekinlari uchun yaroqsizdir. Ular tuproq rn ko’rsatkichi 
6,5-7,7 bo’lganda yaxshi o’sadi. Poliz o’simliklari tuproq sho’rlanishiga turlicha 
munosabatda bo’ladilar, xususan, qovoq o’simligi qovun va tarvuzga nisbatan 
sho’rlanishga chidamlidir. Qovun va tarvuz unga nisbatan sho’rlanishga chidamsiz.
Qovunda agronomik sho’rlanishga chidamlilik xlor bo’yicha 0,015-0,017%; 
tarvuzda 0,015-0,02% ; qovoqda 0,02%. Poliz ekinlarining sho’rga chidamli bir 
qancha navlari yaratilgan. Barcha o’simliklar kabi, poliz ekinlari mineral oziqlanish 
moddalaridan azot, fosfor va kaliyga talabchan. Shu moddalarning biri kam miqdorda 
bo’lishi o’simlikning hayotida u yoki bu salbiy o’zgarishlarga olib keladi.
O’zbekiston tuproqlari kaliy bilan yaxshi ta’minlanganligi sababli, bu yerlarda 
azotli va fosforli o’g’itlardan foydalanish katta ahamiyatni kasb etadi. Mineral 
oziqlanishga poliz ekinlarining talabchanligi o’suv davrining turli pog’onalarida har 
xil, bu esa o’sish jarayonining faolligiga bog’liqdir. O’suv davri boshida o’sish tezligi 
sust bo’ladi, shu sababli mineral moddalar kam o’zlashtiriladi. O’simliklar vegetativ 
va generativ qismlarining intensiv o’sishi natijasida - oziqa moddalari o’zlashtirilishi 
tezlashadi, o’suv davri oxirida esa - yana sustlashadi. 
Organik o’g’itlar (go’ng) ham poliz ekinlari o’sishiga yaxshi ta’sir etadi. Poliz 
ekinlaridan muttasil yuqori hosil olish uchun organik va mineral o’g’itlarni zarur 
miqdorlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin