18
6. O’simliklarning oziqlanish maydoni va ekish sxemalari
7. O’suv davrida tuproqqa ishlov berish va o’simliklarni parvarishlash.
8. Sug’orish soni, sug’orish oralig’i va me’yorlari.
9. Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash.
Adabiyotlar: 1; 2; 3; 9; 10.
1. Poliz ekinlari tuproqning mexanik va ximik xossalariga, uning unumdorligiga
juda talabchan o’simliklardir. Havo va namlikni yaxshi o’tkazadigan g’ovak
tuproqlarda poliz ekinlari juda yaxshi natija beradi. Organik va mineral o’g’itlarga
boy bo’lgan hamda bog’ va tokzorlardan yangi bo’shagan
yerlarga ekilgan poliz
ekinlari kasallikka chalinmay, yuqori hosil beradi. Poliz ekinlaridan yuqori hosil olish
uchun almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish zarur. Poliz ekinlarini yaxshi unib
rivojlanishida o’tmishdosh ekinning ahamiyati katta.
Qadimdan poliz ekinlarini yangi o’zlashtirilgan qo’riq va bo’z yerlarga ekib
kelishgan. Ko’p yillik beda ham poliz ekinlari uchun yaxshi o’tmish-dosh ekin
hisoblanadi. Ko’p yillik beda tuproq strukturasini yaxshilaydi, unumdorlikni oshiradi.
Bunga sabab poliz ekinlari ildizlari joylashgan tuproq qatlamida boshqa
ekinlardagiga nisbatan ko’proq miqdorda chirindi to’planadi,
nitrat va fosforli
elementlar miqdori ortadi.
Ko’p yillik beda ekilgan yerlarda begona o’tlar kam bo’lib, poliz ekinlari uchun
eng xavfli kasallik-fuzarioz so’lish kasalligini tarqatuvchi zamburug’lar kam bo’ladi.
Poliz ekinlarini ekishdan oldin o’tmishdosh ekinni yaxshi o’rganib, yuqorida qayd
qilingan kasalliklar bo’lmagan yerlarga poliz ekinlarini joylashtirish kerak.
Poliz ekinlari uchun o’tmishdosh ekin sifatida donli, dukkakli ekinlar, karam,
kartoshka va ildiz mevali o’simliklar eng yaxshi hisoblanadi.
Poliz ekinlarini
makkajo’xori, sholi o’simliklaridan so’ng ekilsa, fuzarioz so’lish va nematoda
kasalliklari bilan kasallanish darajasi birmuncha kamayadi.
O’zbekiston sharoitida poliz ekinlari uchun uch dalali almashlab ekish sxemasi
joriy qilingan. Bu sxema quyidagicha: 1-2-3 yili beda, 4-yil poliz ekinlari, 5-yil poliz
va kechki xashaki ekinlar, 6-yil ertagi sabzavot va kechki kartoshka, 7-yili piyoz va
karam, 8-yili poliz ekinlari.
Poliz ekinlarining qishki navlarini ikkinchi ekin sifatida ertagi kartoshka, sabzi,
karam, rediska va ikki yillik sabzavot o’simliklarining urug’idan bo’shagan yerlarga
ekilsa, juda yaxshi natija beradi.
2. Poliz ekinlarini yetishtirishda yerni tayyorlash
keyingi barcha agrotexnika
chora-tadbirlarining yaxshi naf berishida muhim shartdir. Yerga belgilangan
muddatlarda va poliz ekinlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlov berish
kerak. Poliz ekinlarini ekish uchun yerni tayyorlash yuzasidan bajariladigan asosiy
ish kuzgi shudgor qilishdan boshlanadi.
O’tmishdosh ekinlardan barvaqt bo’shaydigan sug’oriladigan yerlarga avval suv
qo’yiladi, so’ngra T-4A chopiq traktoriga tirkalgan ChKU-4 markali chizel-kultivator
bilan yer yumshatib chiqiladi. Yerni haydashdan oldin RTT-4,2 o’g’it solg’ich
seyalka bilan mineral o’g’itlar va RTO-4 mashinasi yordamida organik o’g’itlar
solinadi.
19
Kuzda 30 sm chuqurlikkacha shudgor qilish uchun odatda, to’rt korpusli PLCh-4-
35
osma plug, qo’sh yarusli qilib haydash uchun qo’shyarusli 4 korpusli, chuqur
haydagichli (40 sm) PD-4-35 pluglar qo’llaniladi.
Ko’p yillik begona o’tlar bilan ifloslangan yerlarda kuzgi shudgorlash oldidan
tuproqni yumshatmasdan oldin VKS-1,8 mashina vositasida o’tlar
ildizlari tirmalab,
yig’ishtirib olinadi. Buzilgan pushta va egatlar GN-2,8 tekislagich-greyder yordamida
tekislanadi.
Erta bahorda yog’inlar tufayli to’plangan namlikni saqlab qolish uchun yer
maydoniga 6-8 sm chuqurlikda ishlov beriladi. Tuproqning turi va holatiga qarab,
og’ir yoki o’rta vaznli tirkamalardan foydalaniladi. U shudgorlash yo’nalishiga
nisbatan biroz qiyalatib solinadi.
Ekish oldidan yer maydoni ChKU-4 kultivatori bilan 18-20 sm chuqurlikda
chizellanadi. Yerni tekislash uchun VP-8 tekislagichdan foydalaniladi. Poliz ekinlari
erta muddatlarda (aprelda) ekilganda yerni bahorda qayta haydashning hojati yo’q.
Bu ekinlar kechki muddatlarda (may oyi oxirlarida)
ekilganida qayta haydash
zarurati tug’iladi. Chunki ekish paytida tuproq zichlashadi va uni begona o’tlar bosib
ketadi. Bu holda yerni ag’darmasdan turib, yana 22 sm chuqurlikda haydab chiqish
zarur bo’ladi.
3. Poliz ekinlari ekiladigan maydonga kuzgi shudgorlash oldidan 15-20 t/ga
go’ng yoki kompost, fosforli o’g’itlarning yillik normasidan 75 % va kaliyli
o’g’itlarning to’liq normasini solish tavsiya etiladi. Fosforli o’g’itlarning
qolgan
qismi (25 %) ekish oldidan solinadi. Azotli o’g’itlarning 50 % ekish oldidan yoki
ekish bilan birga, qolgan qismini esa o’simliklar 3-4 ta chinbarg yozganda
oziqlantirish uchun solish kerak. O’g’itlarni solish me’yori
va muddatlariga amal
qilinishi, poliz ekinlaridan yuqori sifatli va shirin mevalar olinishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: