Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish Reja: O’zbekistonda fosforli organik o’g’itlar



Yüklə 8,79 Kb.
səhifə1/2
tarix29.11.2023
ölçüsü8,79 Kb.
#169925
  1   2
Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish Reja O’zbekistonda fosforli-fayllar.org


Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish Reja: O’zbekistonda fosforli organik o’g’itlar Fosforli o’g’itlar olish texnologiyasi


Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish

Reja:
1. O’zbekistonda fosforli organik o’g’itlar
2. Fosforli o’g’itlar olish texnologiyasi
3. Fosforli o’g’itlar olinishi


Fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish
Fosforli oʻgʻitlar - tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziqlanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. F.oʻ. tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi. Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan F.oʻ. tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim F.oʻ. esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. F.oʻ. sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi (1842-yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab F.oʻ. ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.oʻ. Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) F.oʻ.; bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.oʻ. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. F.oʻ.ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti fosforli o‘g‘itlar laboratoriyasi mudiri, akademik Shafoat Namozov boshchiligida Markaziy Qizilqum nokonditsion fosforitlari, chorvachilik va parrandachilik chiqindilari asosida tuproq unumdorligini oshirishda va o‘simliklardan yuqori va sifatli hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan organik mineral o‘g‘itlar olishning yangi texnologiyasi ishlab chiqildi.


O‘zbekistonda chorvachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi sohalaridan biri. Bugungi kunda O‘zbekistonda qoramolning umumiy soni 12,7 mln., parrandalar esa 75 mln. taga yetdi. Bir kunda hosil bo‘ladigan qoramol va parranda go‘ngi jonivor og‘irligiga nisbatan 6-8 foizni tashkil etadi. Umumiy holatda har sutkada 110 ming tonna qoramol va parranda go‘ngi hosil bo‘ladi. Bir yilda umumiy hajmi 40 mln. tonnani tashkil etadi.
FA xabariga ko‘ra, Qizilqum fosforit kombinatida hozirgi kunda fosforitlarni boyitish jarayonida ajralib chiqayotgan 15 mln. tonnadan ortiq sanoatda ishlatilmayotgan past navli fosforitlar to‘plangan. Fosforli o‘g‘itlarning tanqisligi sharoitida bunday xom-ashyodan qishloq xo‘jaligida foydalanish muhim hisoblanadi. Go‘ng bilan fosforit asosida organik mineral o‘g‘it olish jarayonida go‘ng tarkibidagi organik kislotalar ta'sirida fosforit tarkibidagi fosfatlar eruvchanligi ortib o‘simlik o‘zlashtira oladigan shaklga o‘tadi. Ushbu usulda o‘g‘it olinganda faqatgina go‘ngning o‘zidan o‘g‘it olishga nisbatan fiziologik faol moddalar – gumin kislotalar, fulvokislotalar va suvda eruvchan organik moddalar miqdori ortadi, azotli va organik birikmalarning yo‘qolishi esa kamayadi.
O’simliklarning oziqlanishda azotdan keyingi urinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. O’simliklar fosforni asosan ortofosfat PO4-3 anionlari uzlashtiriladi. Ular fosforni metofosfat (H3PO3) va prifosfat kislotalarning tuzlardan uzlashtirish shuningdek ba’zi organik fosfatlar -fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforni ham uzlashtirish mumkin 3 asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota pH 7-8 da undan pastda disotsiyalanib 1ta yoki 2 ta H+ ion ajratib chikaradi va H2PO4- hamda HPO4-2 ionlarini hosil kiladi ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklar vegitatsiya davri mobaynida 1ga yerdagi tuproqdan o`rtacha 20 dan 60 kg gacha miqdorda ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam P2O5 istemol kiladi. Tuproqda fosforning urnini hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan tuldirib bulmaydi. Tuproqdagi fosfor zahirasini tuldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo`q. Fosforli o’g’itlar eruvchanligiga va o’simliklarga qarab 3 guruhga bo`linadi:
1.Suvda yahshi eriydigan o’g’itlar oddiy superfosfat va qo`sh superfosfat.
2. Suvda kam eriydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’itlar pretsipitat, tomasshlak, termofos-fatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.
3. Suvda erimaydigan faqat kuchli kislotalarda tupik eriydigan o’g’itlar - fosforit uni suyak uni
Superfosfat oddiy superfosfat maydalangan apatit eki fosforitga kislota bilan ishlov berish yuli bilan olinadi bunda keyin eruvchan fosfatlar parchalanib suvda eriydigan monokaltsiy fosfat Ca(H2PO4) va suvda erimaydigan gips CaSO4 hosil bo`ladi.

[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 7H2SO4 +3H2O → Ca(H2PO4)2 ·H2O+7CaSO4 +2HF


[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 10H2SO4 → 6H3PO4 +10CaSO4 +2HF
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 4H2SO4 +12H2O → CaHPO4 · 2H2O +4CaSO4 +2HF
Pretsipitat kaltsiy difsofat (CaHPO4 •2H2O) tarkibida 27 dan 35 % gacha P2O5 bo`ladi. Pretsipitat fosfori suvda erimay di lekin ammoniy tsitrptda eriydi va uni o’simliklar yahshi uzlash tiradi.O’g’it yahshi fizik xossalarga ega. Pretsipitatni barcha tuproqlarda turli hil ekinlarga asosiy o’g’it sifatda ishlatsa bo`ladi.
Tomasshlak -fosforga boy chuyanlarni tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va po`latga aytantirishda hosil buladigan kushimcha mahsulot. Tomasshlak to`q rangli og`ir, mayin kukun. Tarkibada 14 dan 20 % gacha P2O5 buladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni, fosforitni un holiga keguncha maydalash yuli bilan olinadi.
Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib kolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo`ladi.
Fosforit uni eng arzon fosforli o’g’it. Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlargashuningdek, chopiq-talab ekinlarga qandlavlagi, kartoshka, makkajuhori va boshqalarga solinganda eng ko`p samara beradi. Fosforit uni qancha ko`p solingan bo`lsa, ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo`ladi.
Fosforli yuqori choyshab 
Yüklə 8,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin