2 – Mavzu Boshlang'ich sinf o’quvchilarining geografiyaga oid tasavvur va tushunchalarini shakttantirish hamda rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 310,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.05.2023
ölçüsü310,05 Kb.
#112787
1   2   3   4   5   6
2-MA\'RUZA

Tabiatshunoslik tushunchalari umumiy muhim belgilari bilan birlashtirilgan 
obyektlar, hodisalar, jismlarning butun guruhi to'g'risidagi umumlashgan bilimlardir. 
Chunonchi, «o'simliklar» tushunchasiga barcha o'simliklar uchun umumiy bo'lgan 
muhit belgilari bilan bir guruhga birlashtirilgan har xil narsalar kiradi. Ularning hammasi o'sadi, 
rivojlanadi, nafas oladi, ko'payadi, ya'ni tirik organizm hisoblanadi. 
Tushunchalarni tasavvurlardan farq qila bilish kerak. 
Tasavvur sezgi organlar faoliyatining, xotiraning yoki tasawur qilishning mahsulidir. 
Tushuncha tafakkur mahsuloti hisoblanadi. Tushunchalar qabul qilinadigan va tasawur 
etiladigan narsalar ustida fikr yuritish natijasida vujudga keladi. Masalan, qushni tasavvur qilish 
uchun unga qarash kifoya. O'sha qush to'g'risida tushuncha hosil qilish uchun esa aniq bilimlar 
va ularni tizimlashtirish bo'yicha fikrlash kerak bo'ladi. 
Qabul qilish va tasavvurlar ayrim narsalarning qiyofasidir. Tushunchalar esa o'zida 
butun narsalar sinfiga taalluqli umurn-lashgan mazmunni aks ettiradi. Masalan, «barg» 
tushunchasi daraxt, buta, o't o'simliklarda o'sadigan hamma barglarga taalluq-lidir. 
Tasavvurlar tushunchalarning sezgili asosi hisoblanadi, biroq tasavvurlar bifan 
tusbunchalar o'rtasida keskin chegara yo'q. Tasavvurlar narsalarning muhim xususiyatlarini 
tobora ko'proq aks ettirib borishi bilan umumlashadi hamda tushunchalarga aylanadi. Ayni 
vaqtda tushuncha o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. U yokibunarsa yoxud tabiat obyektlari to'g'risida 
tasawurlarning bo'lishi ular to'g'risidagi tushunchadan dalolat bermaydi. Tushuncha ko'pgina 
ayrim hodisalarning muhim belgilarini umum-lashishi sifatida hosil bo'ladi. 
1-, 2- sinflarda o'quvchilar «Atrofimizdagi olam» fanidan umumiy tabiatshunoslik 
tushunchalarini oladilar. Kelgusi sinflarda ular tajribalar o'tkazish, kuzatishlar, ekskursiyalar
amaliy ishlar vaqtida tabiat to'g'risida aniq tushunchalarga ega bo'ladilar. 

Yüklə 310,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin