Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-tadbirlar
ko`tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy
tebranishlarni avtomatik
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti
qoldig`ini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat
o`rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rnatilgan
barqarorlashtirgichlari
rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va
foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy
pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa
jami
talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag`batni yuzaga
kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan
ishsizlik nafaqasi to`lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami
taklif hajmini oshishiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflatsion ta‘sir
ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi
bilan soliqlar stavkalari
pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta‘sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat
xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to`liq
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Iqtisodiyotning o`rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet taqchilligi va
ortiqchaligi miqdorlariga bog`liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik)
iqtisodiy faollik
pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va
davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan
davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir.
Dostları ilə paylaş: