5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
4 мавзу макро



5
- MAVZU. DAVLAT BUDJETI, SOLIQLAR VA DAVLAT QARZI
 (2 soat) 
Reja:  
1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari.
2. Davlat budjeti xarajatlari.
3. Soliqlarning turlari va funksiyalari.
4. Davlat budjetining soliqlarga ko`ra tarkibi.Soliq yuki
.
 
 
Tayanch so’z va iboralar: Davlat byudjeti, moliyaviy balans, soliqlar
markazlashgan pul fondi, subvensiya, subsidiya, transfertlar. 
1. Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari. 
Davlat o`z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat 
budjetiga tayanadi.
Davlat byudeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo`lib 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o`ynaydi.
Davlat budjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo`lib, bu 
qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin.
Davlat budjeti daromadlari soliq va soliq bo`lmagan tushumlar hisobiga 
shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb 
qaraladi.
Davlat budjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgang 
investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv 
va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud.
Davlat budjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) 
ko`paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat 
tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki budjet siyosati tovar va 
xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat budjetining daromadlar va 
xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy 
yordam shakllarini ko`rsatish, baholar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import 
qilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya 
qilish maqsadida olib borilayotgan choratadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko`rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya 
va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, budjet va 
budjetdan tashqari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita 
bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo`yilmalar, ilmiy tadqiqotlar
kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag`lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga 
soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari 
va boshqalar kiradi.


Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko`rinishida himoya 
qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko`p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. 
Aholi davlat budjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig`i to`laydi, 
korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to`laydilar. Shu kabi juda ko`p 
mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq 
siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu 
bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko`rsatadi. Soliqlarni o`zgartirish orqali 
investitsiyalar va jamg`armalar rag`batlantiriladi 

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin