5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari


 Soliqlarning turlari va funksiyalari



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
4 мавзу макро

3. Soliqlarning turlari va funksiyalari.. 
  
Soliqlar majburiy to`lovni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildirib, bu 
munosabatlar soliq to`lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan soliqni o`z 
mulkiga aylantiruvchi davlat o`rtasida yuzaga keladi.
Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko`rsatganida, ishlar bajarganida yoki 
bozorlarda oldi-sotdi kilganda ham pul to`lovlari mavjud. Lekin ular soliq bula 
olmaydi. Soliq munosabati bulish uchun davlat mamlakatda yaratilgan yalpi ichki 
mahsulot kiymatini taksimlash yo`li bilan majburan davlat budjetiga mablag 
to`plash jarayonini amalga oshiradi.
Soliqlarning o`ziga xos belgilari mavjud bo`ladi, ularga: majburiylik
xazinaga tushishlik, kat‘iylik va doimiylik, anik soliq to`lovchi uchun 
ekvivalentsizlik belgilari mavjuddir.
Birinchi belgi-majburiylik. Soliq va yig`imlar majburiy bo`ladi, bunda davlat 
soliq to`lovchining bir kism daromadlarini majburiy badal sifatida budjetga olib 
kuyadi. Bu majburiylik Oliy Majlis tasdiqlab bergan Soliq Kodeksiing tamoyili 
asosida amalga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy tomondan davlat 
uchun kafolatlangan.
Ikkinchi belgi soliqlarning davlat mulkiga aylanishidir. Soliqlar albatta 
xazinaga-davlat budjetiga va boshqa davlat pul fondlariga tushadi. Bordi-yu, to`lov 
boshqa ixtiyoriy fondlar - «Iste‘dod», «Yoshlar ittifoqi», «Nuroniy», «Mahalla» 
jamg`armalariga tushsa, unda soliq munosabati bo`lmaydi. Chunki majburiylik 
tamoyili yuk, u to`lov davlat mulkiga tushmaydi.
Soliqlar qat‘iy belgilangan va doimiy harakatda bo`ladi. Tarixda 50 va 100 
yillab o`zgarmasdan harakatda bo`lgan soliqlar mavjud. Ilmiy asosi kancha chuqur 
bo`lsa soliqlar shuncha kat‘iy va uzoq yillar o`zgarmasdan harakat kiladi yoki juda 
kam o`zgaradi.
Markazlashgan pul fondini va davlatning boshqa fondlarini majburiy tashkil 
etadigan soliq va yig`imlar turlarining yig`indisiga soliqlar tizimi deb ataladi. Bu 


ta‘rifda soliq va yig`imlar yagona mohiyat, ya‘ni «majburiy xarakterga ega bo`lgan 
munosabat» va ularning bir-biri bilan bog`liqligi va nihoyat budjetga tushishligini 
ko`rsatadi. Bu O`zbekiston Respublikasi soliq Kodeksi mazmuniga mos keladi. Shu 
yerda bahsli masala ham mavjud, ya‘ni davlatning budjetdan tashqari fondlariga 
(pensiya, ijtimoiy sugurta, bandlik, yo`l fondlari va boshqalarga) to`lovlarni ham 
majburiylik nuktai nazardan soliq tizimiga kiritish muammosi mavjud. O`zbekiston 
Respublikasi Soliq Kodeksiga binoan soliqlar tizimi umumdavlat soliqlari hamda 
mahalliy soliql ar va yig`imlarni o`z ichiga oladi (8.1-jadval).
8.2-jadvalda ko`rinib turibdiki, hozirgi kunda soliqlar kodeksda 6 ta 
umumdavlat (respublika) soliqlari va 5 ta mahalliy soliqlar kiradi.

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin