Davriy
pasayish
bosqichida
soliqlar
avtomatik
pasayishi,
davlat
transfertlarining oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi.
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko`payishi
va davlat
xarajatlarining kamayishi natijasida budjet ortiqchaligi paydo bo`ladi. Davlat
xarajatlari o`zgarmas bo`lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi
mavjud bo`lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va budjet
funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog`liq. Soliq funksiyasi T ning egilish
burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog`liq. t qancha yuqori bo`lsa
T chizig`i shuncha tik bo`ladi. Davlat budjetidan beriladigan
transfertlar hajmi
o`zgarishining daromadlar o`zgarishiga bog`liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent
qancha kichik bo`lsa, G chizig`i ham shuncha tik bo`ladi. Demak daromad oshgani
sari budjetga soliq to`lovlari oshaveradi, budjetdan transfert to`lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog`liq bo`lmagan o`zgarmas miqdor bo`lganda
t qanchalik katta bo`lsa T chizig`i shuncha tik va iqttisodiyotning o`rnatilgan
barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo`ladi. Ammo iqtisodiy o`sishning
ta‘minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo`lishini taqozo etadi.
O`rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini , uning
potensial hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to`liq
tugatmaydi va ishlab
chiqarishning har qanday darajasida mavjud bo`lishi mumkin.
To`liq bandlikni ta‘minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat
budjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya‘ni to`liq bandlik sharoitida budjet
xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o`rtasidagi farq yuzaga keladi.
Davriy taqchillik ko`pincha davlat budjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy
taqchillik farqi sifatida baholanadi.
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
1.
Pul-kredit emissiyasi;
2.
Davlat zayomlarini chiqarish;
3.
Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko`paytirish.
4.
Xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga moliyalashtirish.
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul
massasini ko`paytirish inflatsiyaga olib keladi.
Inflatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi. Ya‘ni, soliq
to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliqlar to`lovini atayin kechiktirish
hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet
taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib
olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o`z
mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo`yishadi. Bu esa inflatsiyaning oshishiga
olib keladi.
Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini
chiqarish orqali
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida
foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya
xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste‘mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida
siqib chiqarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning rag`batlantiruvchi
samarasini zaiflashtirib qo`yadi.
Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul
hisoblansada inflatsiya xavfini ma‘lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki
muddati etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat
muomaladagi pul massasini
ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baholar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi.
Soliq tushumlarini ko`paytirish budjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi
yo`li bo`lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati o`tkazilishini talab etadi. Bu
islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish,
soliq yukini
ishlab chiqaruvchilardan ko`proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar
zimmasiga o`tkazish orqali soliqlar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi.
Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag`larini
olib qo`yish va davlat qarzlarini to`lash kiradi.
Davlat qarzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini
oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli
budjetdagi
ortiqcha mablag`larni muzlatib qo`yish budjet kamomadini
pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir.
Barqarorlashtirishning
dastlabki
bosqichida
olib
borilgan
izchil
makroiqtisodiy siyosat natijasida davlat budjeti taqchilligi pasaytirildi va 2003, 2004
yillarda YaIM ga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi (1992 yilda 12 %). Bu umumetirof
etilgan 3 % li me‘yordan ancha past ko`rsatkichdir.
Budjet taqchilligi asosan
noinflatsion usullar bilan, ya‘ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda
xususiylashtirishdan tushgan mablag`lar hisobiga moliyalashtirildi.
Respublikamizda o`tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy
barqarorlikni ta‘minlab turish, ustivor tarmoqlarni investitsiyalash, ta‘lim sohasini
jadal
rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib
kelinmoqda.
Mamlakatmizda
kuzatilayotgan
makroiqtisodiy
barqarorlik
muhim
begilaridan biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hisoblanadi.
Xususan, keyingi yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo‘lsa-
da, soliqlar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni ortig‘i bilan bajarilishi hamda davlat
budjeti xarajatlarini manzili va maqsadli sarflanishini ta‘minlanishi natijasida budjet
profitsit bilan ijro etilmoqda.
9.3-rasmdan
ko`rishimiz
mumkinki,
2000-2004
yillar
davomida
mamlakatimiz davlat budjeti taqchilligini -1,0 foizdan -0,4 foiz darajasiga qadar
pasaytirishga, 20052008 yillar davomida esa davlat budjeti taqchilligiga barham
berib, davlat budjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi.