5 mavzu. Davlat budjeti, soliqlar va davlat qarzi (2 soat) Reja: Davlat budjetining mohiyati va funksiyalari



Yüklə 468,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix13.05.2023
ölçüsü468,22 Kb.
#113160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
4 мавзу макро

  
8.1-jadval  
O`zbekiston Respublikasida soliqlar tizimi tarkibi  
Umumdavlat soliqlari. 
Mahalliy soliqlar va yig`imlar 
1. 
Yuridik shaxslar daromadiga (foydasiga) 
soliq. 
2. 
Jismoniy shaxslar daromadiga soliq. 
3. 
Qo`shilgan qiymat solig`i. 
4. 
Aksiz solig`i. 
5. 
Yer osti boyliklaridan foydalanish solig`i. 
6. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliq. 
7. 
Bojxona boji. 
8. 
Davlat boji. 
9. 
Boshqa Boshqa to`lovlar. 
1. 
Mol-mulk solig`i. 
2. 
Yer solig`i. 
3. 
Yagona soliq. 
4. 
Obodonlashtirish
va 
infiratuzilmani rivojlantirish solig‘i 
5. 
Jismoniy shaxslardan transport 
vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va 
suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan 
soliq 6. Boshqa to`lovlar. 
Soliqlarni ob‘ekti va iqtisodiy mohiyati bo`yicha guruhlanadi. Soliqlarni 
guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta‘sirlarni o`rganishning ilmiy va amaliy 
uslubidir.
Soliqlar soliqqa tortish ob‘ektiga karab to`rt guruhga bulinadi:
-oborotdan olinadigan soliqlar;
-daromaddan olinadigan soliqlar;
-mol-mulk kiymatidan olinadigan soliqlar; -yer maydoniga qarab olinadigan 
soliqlar.
Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i, 
bojxona va yer osti boyliklari kiymatidan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot 
(aylanma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo`yicha ilgaridek mahsulot 
realizatsiyasi oborotidan emas, balki maxsulotlarni yuklab yuborgan kiymat bilan 
ulchanadi Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan 
soliqlarga kiradi.
Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga 
(foydasiga), jismoniy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq, savdo 


tashkilotlarining yalpi daromadidan soliqlar i kiradi. Bu guruh soliqlarga ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish solig`i ham kiradi.
Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i, ekologiya, 
avtomobil mashinalarini qayta sotish solig`i va boshqalar kiradi.
Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishlok xo`jalik tovar ishlab 
chikaruvchilarning yagona yer solig`i va yuridik (noqishloqxo`jalik) va jismoniy 
shaaxslarning yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatiga karab soliqlar egri va to`g`ri soliqlarga yoki bevosita va 
bilvosta bulinadi.
To`g`ri soliqlarni bevosita soliq to`lovchilarning o`zi tulaydi, ya‘ni soliqni 
huquqiy to`lovchisi ham, hakikiy to`lovchisi ham bitta shaxs bo`ladi. TO`gri soliq 
yukini boshqalarga ortish Holati bu yerda bO`lmaydi. Bu soliqlarga hamma 
daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi.
Egri soliqlarni huquqiy to`lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab 
yuboruvchilardir (xizmat ko`rsatuvchilardir). Lekin soliq og`irligini haqiqatdan ham 
budjetga to`lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste‘mol qiluvchilardir, ya‘ni xakikiy 
soliq to`lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga 
ustama ravishda qo`yiladi.
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga 
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko`p bo`lishiga yordam 
beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning 
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakuniga to`gridan to`gri ta‘sir etmaydi, ya‘ni investitsion 
faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa 
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga 
to`lovlari kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini 
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo`lgan 
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to`gri soliqlar stavkasini 
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko`prok mahsulot ishlab chiqarishni 
ko`paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta‘minlashi kerak.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig`imlari kam bo`lganligidan bu 
budjetlarning daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha 
murakkabdir.
Bu masalani yechishda ilgari ko`rsatganimizdek xududdan respublika 
budjetiga tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad 
solig`i va boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini 
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya 
(maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o`z 
xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha 
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.


Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika 
hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o`z xududlaridagi soliqlar 
to`liq undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg`amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning 
davlat budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, 
mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig`imlar amalda 
bo`lgan bo`lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2016 –yilga kelib esa 11 tagacha 
qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini 
esa qo`shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta‘minlandi. Masalan ijtimoiy 
infratuzilma solig`iga obodonlashtirish yig`imi qo`shib yuborilgan bo`lsa, 2006 
yilda ekologiya solig`i mutlaq bekor qilindi.
2000-2016 yillarda foyda solig`i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi,
Shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya 
qilindi, ya‘ni unga nobudjet davlat jamg`armalariga o`tkaziladigan majburiy 
to`lovlardan yagona yo`l jamg`armasi, maktab ta‘limini rivojlantirish 
jamg`armasiga ajratmalar ham qo`shib yuborildi.

Yüklə 468,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin