Imkoniyat va voqelik
– falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa
va
hodisalarning
makon
va
zamondagi
rivojlanish
tendentsiyasini
ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu
qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va
voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra,
boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi
va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini,
mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
www.arxiv.uz
Mazmun va shakl.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi
va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega.
Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani
tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishi bo’lib, uni boshqa
sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini
ifodalaydi.
www.arxiv.uz
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog’lanishlari,
aloqadorliklari,
munosabatlarining
ifodalanishidir.
Hozirgacha
falsafiy
adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi bog’lanishlarni bir-biridan ajratib
tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning
o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan. Vaholanki, sistemaning
elementlari strukturaviy bog’lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish
mumkin bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la
olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun va shaklni bilish
xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin.
www.arxiv.uz
|