15.Parallel hisoblash tizimlari konverli hisoblash superskalyar hisoblashlar . Hyper threading texnologiyasi . Ma’lumotlarni parallel ishlashning ikkita asosiy shakli mavjud: 1.Buyruqlar sathidagi parallellik.
2.Protsessorlar sathidagi parallellik. Birinchi holatda unumdorlikni oshirish uchun, har bir sekundda ko‘proq buyruqlarni
bajarilishini yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi. Ikkinchi holatda unumdorlikni oshirish esa, bitta topshiriqni bajarishni, bir vaqtda bir
necha protsessorlarga yuklash bilan erishiladi. Avval, o‘ttiz ikki razryadli bitta protsessorli kompyuterlarning unumdorligini
oshirishda qo‘llanilgan – buyruqlar sathidagi parallelik nima ekanligini tushuntirib o‘tamiz. Birinchi bosqich (C1 bloki) – asosiy
xotirada yozilgan buyruqni chaqirib oladi va oraliq xotiraga, ya’ni buyruqlar registri IR-ga joylashtiradi. Ikkinchi bosqich (C2
bloki) – buyruqni dekodlaydi, ya’ni uni qanday buyruq ekanligini va ushbu buyruqning operandalari qanday operandalar
ekanligini aniqlaydi. Operandalar deganda buyruqni bajarilishida qatnashadigan ma’lumotlar tushuniladi. Bu operandalar –
ishorali yoki ishorasiz butun sonlar, suriluvchi nuqtali sonlar, o‘nli-ikkilik sonlar, simvolli yoki mantiqiy ma’lumotlardan biri
bo‘lishi mumkin. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar – ko’p
protsessorli tizimlar deb ataladi. Hyper-Threading (HT) texnologiyasidan foydalanilganda bir mavjud prosessor operasion
sistema tomonidan ikki vitual prosessorlar kabi qabul qilinadi, bu server platformasi har bir prosessoriga ko'p oqimli server
qo'shimchalarining baravariga ikki oqimini bajarish imkonini beradi. HT texnologiyasi qo'shimchalar hisoblash ehtiyojlari
o'zgarishi bo'yicha prosessor o'rtasida ularning resurslarini qayta taqsimlaydi. Ko'p oqimli qo'shimchalari bilan oqimlarni parallel
bajarishga imkon berib u prosessor resurslaridan maksimal samarali foydalanishni ta'minlaydi va aniq vaqt davomida ko'proq ish
bajarishni amalga oshirishga yordam beradi.