ta’minoti borasidagi fermerlar faoliyatini muvofiqlashtirishda bir qator muammolar yuzaga
keladi. Shu bois bunday muammolar paydo bo’lishining oldini olish, mavjud muammolarning
samarali yechimlarini topish maqsadida fermer xo’jaliklari va hududdagi boshqa qishloq
xo’jaligi korxonalari, qayta ishlovchilar, savdo va transport tarmog’i korxonalari tomonidan
ixtiyoriylik asosida agrosanoat firmalari tashkil etildi.
Yangidan tashkil etilgan bog’dorchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari yagona yer solig’i
to’lashdan 5 yil muddatga; fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat ko’rsatish sohasi
korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa
daromad (foyda) solig’i to’lashdan, yer solig’i, mulk solig’i, qo’shilgan qiymat solig’i (importga
qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan - 3 yil muddatga ozod
qilindi.
Ayni paytda soliq solishdan bo’shaydigan mablag’lar maqsadli ravishda meva-sabzavotni
qayta ishlash sohasini rivojlantirish, yangi bog’ va uzumzorlar yaratish, kengaytirishga
yo’naltirilishi
qat’iy belgilab qo’yildi. Ushbu tadbirlar yangi bog’ va uzumzorlar barpo etilishini hamda
mavjudlarining hosildorligini oshirishni, agrosanoat firmalari tashkil qilishni rag’batlantiruvchi
muhim iqtisodiy dastak vazifasini o’tadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal
rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida"
2004 yil 4 noyabrdagi F-2069-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xo’jaliklarini jadal
rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi 607-sonli “2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal
rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilinib, mazkur qarorga binoan
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda
maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan zarar ko’rib ishlaydigan, past rentabelli va
istiqbolsiz shirkat xo’jaliklarini 2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklariga aylantirish dasturi; 2005
yilda fermer xo’jaliklariga aylantiriladigan istiqbolsiz shirkat xo’jaliklari ro’yxati; 2005-2007
yillar davrida qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi
tasdiqlandi.
Dostları ilə paylaş: