Office ADT idora faoliyatini tashkiliy
boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga
oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish
vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar
bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon
va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan
boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima
qilishga mo’ljallangan dasturlar;
skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga binoan
o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi
o’zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
Kichik nashriyot tizimlari “kompyuterli nashriyot faoliyati” axborot texnologiyasini
ta’minlaydi, matnni bichim solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat
boshlarini
yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo’yish va hokazolarni bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning
nisbatan yangi sinfi
hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o’zgarishi, lazerli disklarning
paydo bo’lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnalogiyasining
rivojlanishi natijasida
shakllandi.
Sun’iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlarni to’rt yo’nalishga bo’lish mumkin:
Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.Ushbu yo’nalish kompyuterda
o’yinlarni (shaxmat, shashka va h.k) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni
amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug’ullanadi.
Bilimlarga asoslangan intelektual tizimlar .Yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli
Dostları ilə paylaş: