Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar
1-topshiriq.
Multimedia
Multmedia (multimedia) atamasi, “ko‘p qavatli muhit” ma’nosini
bildiradi, multimediali texnologiya esa bu dasturli va texnik moddiy ta’minot
asosida kompyuterda bir vaqtning o‘zida matnli tasviriy axborotlarni tovushli-
ovozli, rangli, harakatga keltirilgan holda ifodalash imkoniyati demakdir. Hozirgi
kunda tilshunoslik fanlarini o‘rganishda birgina darslik, o‘quv qo‘llanma va ma’ruza
matnlari bilan cheklanmasdan, shu fan sohalariga oid multimediali yoki animatsiyali
o‘quv ko‘rsatuvlar va elektron darsliklar yaratish tilshunoslik sohalarini chuqurroq
o‘rganish uchun aniq imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Bu esa talabalarning tilshunoslik fanlariga bo‘lgan ilmiy salohiyatini,
fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga katta yordam beradi. Shuning uchun “Tilning
kelib chiqishi”, “Tillarning genealogik tasnifi”, “Tillarning morfologik tasnifi”,
“Turkiy xalqlar va turkiy tillar” singari tilshunoslikka doir qator mavzularni pishiq-
puxta o‘rganib, ana shu mavzularni o‘tishga doir elektron yoki multimediali
darsliklar yaratish lozim bo‘ladi.
Tilshunoslik fanlarini o‘tish bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajriba va
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, tilshunoslik sohalariga doir yaratiladigan elektron
darsliklar sodda, tushunarli va eng muhimi, ilmiy-ommabop xarakterda bo‘lishi
kerak. Shu o‘rinda kompyuter texnologiyasi yordamida izchil va muntazam ravishda
ishlangan elektron darsliklar tilshunoslik sohalari bo‘yicha talabalarning bilim
doirasini kengaytirishda yaxshi natija beradi. Ayniqsa talabalarimiz “Turkiy
filologiyaga kirish” fanidan “Turkiy tillarning tasnifi”, “Turkiy tillarning Rossiyada
o‘rganilishi”, “Moskva, Qozon, Peterburg turkiyshunoslik maktablari”, “Turkiy
tillarning Yevropada o‘rganilishi” kabi mavzularga oid bilim va ko‘nikmalarni
egallashda kafedrada shu fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik materiallariga tez-
tez murojaat qilmoqdalar.
Tilshunoslik bo‘yicha yaratilayotgan elektron va multimediali darsliklarda til
birliklari (nutq tovushi, o‘zak, morfema, so‘z, so‘z birikmasi va gap kabi) ning
asosiy ko‘rinishlari obrazli qilib ekranga chiqarilishi, ularning mohiyat va mazmuni
muammoli bo‘lishi lozim. Tilshunoslikka oid har qanday elektron darslikning asosiy
maqsadi talabalarda lingvistik tushunchalarni shakllantirish va to‘ldirishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, bizningcha, tilshunoslik bo‘yicha ma’ruza
darslarini o‘tish bilan birgalikda til bo‘yicha amaliyot darslarini ko‘proq kompyuter
texnologiyalari yordamida o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki “Tillar
tasnifi”, “Tillar va xalqlar” singari mavzular bo‘yicha amaliyot darslarini o‘tish
vaqtida Autocad, Fotoshop, Yexcel va boshqa dasturlar yordamida tilshunoslik,
tillarning sotsiolingvistik tasvifiga oid olingan yangi ma’lumotlarni tahlil qilish va
qayta yaratish imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin bo‘ladi. Buning
natijasida talabalar jahonda tillarning geografik tarqalishi, ayrim tillarning ikki yoki
undan ortiq mamlakatlar uchun rasmiy davlat tili (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili,
ispan tili kabilar) va Kuba, Avstriya, Avstraliya, AQSh, Kanada kabi mamlakatlarda
boshqa xalqlarning tillari milliy til sifatida xizmat qilayotganligi kabi muhim
ma’lumotlarni kompyuter orqali topib aniqlaydilar, shu asosda jahonda slavyan,
eron, roman, german, turkiy, oltoy tillarining tarqalishi, bu tillarda gaplashuvchi
aholi soni to‘g’risidagi ma’lumotlarni Excel dasturi orqali diagramma shaklida
yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Manba matnlarining asosiy ma’lumotlarini siqilgan shaklda taqdim
eting.
2. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing.
3. Matndagi terminlarni aniqlang, ularni sohalari bo‘yicha guruhlarga
ajrating.
Dostları ilə paylaş: |