2-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib oddiy, asosiy va murakkab
tezis turlarini taqqoslang hamda tahlil qiling.
3-topshiriq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar
asosida matn yarating.
Kim? xabar yetkazadi
Kimga?
Kim? qabul qiladi
Kimdan?
Qachon? yig’ilishi bo‘ladi (o‘tkaziladi)
Nima?
Kim?
qatnashishi shart (tayyorgarlik ko‘rishi)
Nima uchun?
4-topshiriq.
EDISON TOMAS ALVA
oddiy
murakk
ab
asosiy
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo
va fizikaga oid kitoblarni sevardi.
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv
stoli ustiga mo‘’jazgina apparatni qo‘ydi:
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi?
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi,
apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig’i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga
tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik
sehrgar»ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York
(AQSh) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib
kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchun Edison ixtiro etgan
apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech
kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar,
patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib
olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877-yilda sodir bo‘lgan edi.
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo
va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki
kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba
o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta
sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda
tajribalar o‘tkazdi.
Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha
bo‘sh vaqtini va pulini asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun
sarfladi. Tez orada Edison AQSh Kongressidagi ovozlarning avtomatik
hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi.
Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini
uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu apparat uchun katta
pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi
va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi.
Edison
rus
ixtirochisi
A.N.Lodiginning
cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi, unga patron
o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya
hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib
ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng
kuchli generatorlarini yasadi.
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita
yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison telefonni ham
takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga
erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni
qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab
chiqdi.
Edison1882-yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr
stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish
tajribalarini oxiriga yetkazdi.
Edison AQSh va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini
ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish,
cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini
amalga oshirdi. 1887-yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida
yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi. Edison temir yo‘l tormozi hamda
kinetoskopni ixtiro qildi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini
takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini
ishlab chiqdi. Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi,
shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi
sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering.
2. 5-6 ta sodda gaplarni ko‘chiring, ularni qo‘shma gapga aylantiring.
3. Matnga tayangan holda jadvalni to‘ldiring.
Faoliyat ta’rifi
Muammo
Yangilik
Dostları ilə paylaş: |