ko‘rib,
unda
ishlatilgan
barg
plastinkalarining
shaklini,
daraxt
navlarini
aniqlaydilar.
Shundan
so‘ng
uyushtiriladigan
ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e’tibor
beriladigan obyektlar (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar)
Bolalarning e’tiborlari va faoliyatlarini kuzatilayotgan оbyektning
zarur bo‘lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga,
to‘planayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savollar
tuziladi.
Дaraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga
qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari
bolalarni ajablantiradi. Kuzning go‘zalligini, uning
ranglarini, to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining
elastiklik xususiyatini yo‘qotganligini, qattiqlashib,
sinuvchan
bo‘lib
qolganligini
ko‘radilar.
Bolalarning atroftabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab,
ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi.
Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki jarayonlar qisqa
va tushunarli shaklda bayon etib beriladi: jumladan‚ o‘simlik yangi
sharoitlarga moslashib, qishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Bolalarning
e’tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning asosiy
belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning tuzilish
shakllari mehnat jarayonida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash
uchun obrazmaterial xizmatini o‘tashi kerak.
|