Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning
ranglari, shakllarini qiyoslashni o‘rganadilar, bu
ularning kuzatuvchanligini o‘stirishga yordam
beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab
qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan keyin bolalarga
barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi,
buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi.
Har bir ekskursiyada bolalarning e’tibori insonning yaratuvchilik
mehnatiga albatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida yakun
yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan
tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni
ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangiga alohida e’tibor
berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar
applikatsiyalarni ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, applikatsiyani o‘z
istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash
topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday mashg‘ulot quyidagi
tuzilmasiga ega bo‘lishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016.
2. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017
3. “Bilimdon” dasturi. T.: 2014
4. Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B.R. Maktabgacha ta’lim
muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014.
5. D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik
elementlarini shakllantirish.
Dostları ilə paylaş: |