O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
M. YO‘LDOSHEV, Sh. MAMATQULOV, F. YO‘LDOSHEV
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
2-nashr
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2016
2
UO‘K 330. 8 (075)
KBK 65.01ya722
Y73
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik
birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash
tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Hozirgi zamon iqtisodiyot ilmi ko‘p qirrali bo‘lib, uning tarkibiga 20 dan
ortiq iqtisodiy fanlar kiradi. «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi ana shu fanlarning
fundamental ilmiy-nazariy asoslaridan mamlakatimizning iqtisodiyot yo‘nalishidagi
kollejlarida ta’lim olayotgan o‘quvchi yoshlarning yetuk mutaxassis sifatida
tayyorlanishiga xizmat qiladi.
Darslik kasb-hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchi yoshlariga mo‘ljal-
langan. Shuning uchun darslikda iqtisodiyot nazariyasining asosiy tushunchalarini
imkon boricha sodda tilda yoritishga harakat qilindi.
Òaqrizchilar
:
A.Sh. BEKMURODOV — iqtisod fanlari
doktori, professor;
Ò.Ò. JO‘RAYEV — iqtisod
fanlari doktori, professor;
M. SOLIYEV —
Andijon moliya-iqtisodiyot kollejining iqtiso-
diyot nazariyasi fani o‘qituvchisi.
M a s ’ u l m u h a r r i r : A. O‘LMASOV — O‘zbekistonda xizmat
ko‘rsatgan fan arbobi, iqtisod fanlari doktori,
professor.
©
M. Yo‘ldoshev, Sh. Mamatqulov,
F. Yo‘ldoshev.
ISBN 978-9943-16-300-3
©
«ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2016-y.
3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov mamla-
katimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq, xususan, O‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi chaqiriq birinchi sessiya-
sida ta’kidlaganidek, «...mustaqil dunyoqarashga ega ajdodlari-
mizning bebaho me’rosi va zamonaviy tafakkurga tayanib ishlay-
digan barkamol shaxs — komil insonni tarbiyalashdan iborat».
Ana shunday ulug‘ maqsadlarni amalga oshirish uchun mamla-
katimizda juda katta amaliy ishlar olib borilmoqda. «Òa’lim to‘g‘ri-
sida»gi Qonunning qabul qilinishi va «Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi»ni joriy etish yo‘lidagi faol harakatlar buning isbotidir.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida ta’lim sohasini isloh
qilishning birinchi bosqichida ushbu tizimning birinchi bo‘g‘ini
bo‘lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda olib borilgan
o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy jarayonlar
katta tajriba-sinov maydoni bo‘lib xizmat qildi. Islohotlarning
keyingi bosqichlarida esa to‘plangan tajribalar asosida o‘quv
dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini hozirgi kun talabiga
javob bera oladigan darajada yaratish zaruriyati tug‘ildi.
Shunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
sining 2000-yil 16-oktabrdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi-
ning davlat ta’lim standartlari to‘g‘risida»gi 400-qaroriga ko‘ra
hamda ta’limga oid yo‘riqnomalar talablari asosida barcha fanlar
qatori «Iqtisodiyot asoslari» fani bo‘yicha ham o‘quv dasturi tayyor-
landi. Ushbu dastur talablariga ko‘ra, o‘rta maxsus ta’lim tizi-
mida «Iqtisodiyot asoslari» fanini chuqurroq o‘rganish alohida
ahamiyatga egadir. Zero, o‘sib kelayotgan avlod barkamol va yetuk
inson bo‘lishi uchun bozor iqtisodiyoti bo‘yicha har tomonlama
nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishini zamon taqozo etmoqda.
Yangi o‘quv rejasida iqtisodiyot fani uchun ajratilgan o‘quv soatlari
salmog‘i oshirilganligi va uni alohida «Iqtisodiyot nazariyasi»
tarzida o‘qitilishi ta’lim islohotlarining yangi bosqichida muhim
ahamiyat kasb etadi.
4
Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiy bilimlar zaminida butun
jahonda yaratilgan tarixiy-iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar
alohida ahamiyatga egadir. Lekin mamlakatimiz yoshlari, ayniqsa,
mustaqil hayotga endigina kirib kelayotgan, kasb-hunar kollej-
larida bilim olayotgan o‘quvchi yoshlarni, eng avvalo, o‘z milliy
g‘oya va milliy mafkuramiz, tarixiy-iqtisodiy qadriyatlar asosida
tarbiyalash bebaho ahamiyatga ega. Shuning uchun ham darslikni
ko‘proq mamlakatimiz mustaqilligi yillarida iqtisodiy-ijtimoiy
sohalarda erishilgan yutuqlarga asoslangan holda yozishga harakat
qilindi.
Mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti iqtisodiyotimizning
umumjahon iqtisodiyoti bilan qanchalik darajada chuqur integra-
tsiyalashuviga ham bog‘liqdir. Shuning uchun milliy iqtisodiyotning
jahon iqtisodiyoti bilan hamkorlik, integratsiyalashuv mohiyatini
tushunish nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi nazarda tutilib,
davlatimiz tomonidan mamlakatimizga ko‘proq chet el investitsiya-
larini olib kelishga, qo‘shma korxonalar tashkil qilishga qaratilgan
faoliyati ham kengroq yoritildi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi 17 bobdan iborat bo‘lib, iqtiso-
diyotning turli sohalariga oid eng asosiy mavzular, tushunchalar,
tamoyillar qamrab olingan va ixcham hamda sodda bayon etilgan.
Darslikda tayanch iboralar, takrorlash uchun savollar, topshiriqlar
kabi ma’lumotlar berish maqsadga muvofiq deb hisoblangan holda
har bir mavzuning oxirida uning asosiy mazmunini qamrab olgan
savollar qo‘yildi. O‘quvchi yoshlarni ko‘proq mustaqil ishlashga
o‘rgatish, iqtisodiy jarayonlarning, hodisalarning kelib chiqish
sabablari, oqibatlarining asl mohiyati va mazmunini to‘g‘ri anglab
yetishni ta’minlash asosiy maqsad bo‘ldi. Ushbu ikkinchi nashr
avvalgi nashrdagi kamchiliklari to‘g‘rilangan va ayrim ma’lumot-
lari yangilangan holda bosilmoqda.
Darslik ayrim kamchilik va xatolardan xoli bo‘lmasligi mumkin.
Shuning uchun mualliflar kitob yuzasidan bildirilgan taklif,
mulohaza va tanqidiy fikrlarni minnatdorlik bilan qabul qiladilar.
5
1-bob. «IQTISODIYOT NAZARIYASI» FANINING
PREDMETI VA O‘RGANISH METODLARI
1.1. Jamiyat hayotida yuz beradigan iqtisodiy
jarayonlar va iqtisodiy hodisalar
Jamiyat hayotida yuz beradigan iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy
hodisalar jamiyat taraqqiyoti va uning qonuniyatlari tahliliga
bag‘ishlangan tarixiy, iqtisodiy va boshqa ilmiy manbalarda keng
yoritilgan. Odamlar hayot kechirish uchun dastlab tabiatdagi tayyor
ne’matlarni iste’mol qilishib va o‘zlashtirishib borishgan. Keyin-
chalik ular mehnat qilish orqali tabiat resurslari, yerlar, o‘rmonlar,
hayvonot dunyosi va boshqa moddiy boyliklarni o‘zlashtirib,
o‘zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlar ishlab
chiqara boshlashgan.
Shu tariqa keyinchalik mehnat jarayonlari rivojlanib, mehnat
taqsimoti kengayib, chuqurlashib borishi, yangi-yangi mehnat
turlarining paydo bo‘lishi natijasida turli xil mahsulotlar ishlab
chiqarila boshlandi. Bu holat, o‘z navbatida, odamlarda ushbu
mahsulotlarga ehtiyojlarni ham keltirib chiqargan. Bu esa o‘zaro
bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi jarayon sifatida rivojlana borishi
jamiyatda tovarlar almashuvi jarayonining kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi. Natijada keyinchalik jamiyat natural xo‘jalik yuritish orqali
moddiy ne’matlar ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga,
ya’ni tovar xo‘jaligiga o‘tdi.
Bu iqtisodiy hodisa bizning davrimizda, ayniqsa, fan-texnika
taraqqiyoti kabi iqtisodiy omillarning takomillashib borishida va
odamlar o‘rtasidagi aloqalarning keng ko‘lamda rivojlanib borishida
namoyon bo‘lmoqda.
1.2. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish —
jamiyat hayotining asosi
Inson tirik jon bo‘lgani bois, birinchi navbatda, uning mod-
diy talab-ehtiyoji qondirilishi kerak. Shuning uchun insonlar
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan uzluksiz shug‘ullanadilar.
6
Bu iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Iqtisodiyot inson faoliyatining
asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevori hisoblanadi. Demak,
yuqorida keltirilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish jamiyat hayotining asosini tashkil qiladi.
«Iqtisod» so‘zi tor ma’noda inson yaratgan barcha ne’matlarni,
tabiatdagi barcha boyliklarni, insonning mehnatini tejab-tergab
ishlatish ma’nosini ifodalaydi. Keng ma’noda iqtisodiyot deb
atalgan holda, u, insonning tirikchiligini o‘tkazishga qaratilgan
xo‘jalik faoliyati bo‘lib, bu faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib,
yaratilgan mahsulotlar iste’mol qilinishi bilan yakunlanadi.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni taqsimlash, sotish,
almashtirish orqali o‘zlashtirish va iste’mol qilinishi bilan bog‘liq
kelib chiqadigan munosabatlar iqtisodiy munosabatlarni tashkil
etadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani ana shu iqtisodiy munosabatlarni
o‘rganadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» umumiqtisodiy fanlar turkumiga kiruv-
chi fan hisoblanadi. Iqtisodiyot o‘zining rivojlanish qonun-qoida-
lariga va tamoyillariga ega. «Iqtisodiyot nazariyasi» ana shu qonun-
qoidalarni ham o‘rganadi. Bu fan xorijda «Ekonomiks», «Ekono-
mika», «Politekonomiya» kabi nomlar bilan yuritiladi.
Iqtisodiyotni o‘rganadigan fanlar shartli ravishda uch guruhga:
umumiqtisodiy; xususiy iqtisodiy; funksional iqtisodiy fanlarga ajratiladi.
• Umumiqtisodiy fanlar iqtisodiyotni bir butun yaxlitlikda
o‘rganadi.
• Xususiy iqtisodiy fanlar iqtisodiyotning alohida sohasini
o‘rganadi.
• Funksional iqtisodiy fanlar ayrim iqtisodiy faoliyat turlarini
o‘rganadi.
Iqtisodiyot nazariyasi paydo bo‘lgandan buyon turli xil nomlar
bilan atalib kelingan. Jumladan, XVII asrda uni «politekonomiya»
deb atashgan va predmeti tovar ayirboshlash, ya’ni savdo-sotiqni
o‘rganadi, deb qarashgan. So‘ngra XVIII asr oxiri va XIX asr boshla-
rida «politekonomiya» boylikni o‘rganadi deyilgan. XIX asrning
2-yarmidan boshlab, marksizm ta’limotida «politekonomiya» (siyo-
siy iqtisod)ni siyosiylashtirilib, sinfiy iqtisodiy munosabatlarni
o‘rganadigan fan sifatida qaralgan. Shunga ko‘ra, proletar (ishchi
sinfi) va burjuaziya (kapitalistlar sinfi) siyosiy iqtisodi deb qaralgan.
Keyinchalik paydo bo‘lgan marjinalizm vakillari politekonomiya
tovarlar nafliligi va uni odamlar qanday qabul qilishini o‘rgatuvchi
fan deb baholashdi.
7
Mashhur iqtisodchi olim Alfred Marshallning yozishicha,
«Politekonomiya yoki iqtisodiyot fani kishilik jamiyatining nor-
mal hayotiy faoliyatini tadqiq etadi. U individual va ijtimoiy xatti-
harakatlarning shunday sohasini o‘rganadiki, bu farovonlikning
moddiy asosini yaratish bilan chambarchas bog‘langan»
1
, ya’ni
bu fan insonning iqtisodiy xatti-harakatlarini o‘rganadi, deb
ta’kidlaydi.
AQSHning taniqli iqtisodchi olimi, Nobel mukofoti sohibi
P. Samuelson iqtisodiyot nazariyasi predmetiga juda keng ta’rif
beradi:
1. Iqtisodiyot nazariyasi — ayirboshlash, pulli bitimlar bilan
bog‘liq iqtisodiy faoliyat turlari haqidagi fan.
2. Iqtisodiyot nazariyasi — har xil tovarlarni (bug‘doy, go‘sht,
yo‘llar, kichik kemalar va h.k.) ishlab chiqarish maqsadida kishilar
tomonidan noyob va cheklangan unumli resurslardan (yer, ishlab
chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar, mehnat, mashinalar, texnika-
viy bilimlar) foydalanilishi to‘g‘risidagi fan.
3. Iqtisodiyot nazariyasi — kishilarning kundalik ishbilarmonlik
faoliyati, kishilarning tirikchilik uchun mablag‘ topishi va undan
foydalanishi to‘g‘risidagi fan
2
deb qaraydi.
«Ekonomiks» kitobining mualliflari Kempbel R. Makkonell
va Stenli L. Bryular iqtisodiyot nazariyasini cheklangan resurslar
sharoitida kishilar tomonidan moddiy ne’matlar ishlab chiqarish,
xizmatlar ko‘rsatish, taqsimlash va iste’mol jarayonida o‘zlarini
qanday tutishlarini tadqiq qilishdan iborat
3
deb ko‘rsatadilar.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda nashr etilgan adabiyotlarda
aksariyat iqtisodchi olimlar iqtisodiyot nazariyasini cheklangan
resurslar sharoitida iqtisodiy faoliyatning muqobil yo‘llarini tanlab,
faoliyat yuritishni o‘rganadigan fan deb qaraydilar.
Jumladan, A. O‘lmasov, A. Vahobov tomonidan nashr etilgan
darslikda iqtisodiyot nazariyasining predmeti — bu kishilarning
cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xo‘jalik yuritish
asosida o‘z ehtiyojini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlari,
bularni belgilovchi iqtisodiy shart-sharoitlar hisoblanadi
4
deyilgan.
1
À. Ìàðøàëë. Ïðèíöèïû ýêîíîìè÷åñêîé íàóêè. Ì., 1993, ñòð. 5.
2
Ï. Ñàìóýëüñîí. Ýêîíîìèêà. Òîì 1. Ì., 1992, ñòð. 7.
3
Ê. Ìàêêîíåëë, Ñ.Ë. Áðþ. Ýêîíîìèêñ. Òîì 1, 2. Ì., «Ðåñïóáëèêà», 1992.
4
À. O‘lmasov, À. Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò., 2006.
8
Sh. Shodmonov, R. Alimov, Ò. Jo‘rayev tomonidan nashr
etilgan o‘quv qo‘llanmada bu fanning predmetiga quyidagicha
ta’rif berilgan: «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti — iqtisodiy
resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini
qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab
chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni
samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganishdan iborat
1
, deb aytish
mumkin. So‘ngra yanada to‘laroq qilib, «Iqtisodiyot nazariyasi»
fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon
va makonda shaklan va mazmunan o‘zgaruvchanligini, ularni ifoda
etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o‘zgarib
turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lishini
o‘rganadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy
voqea-hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini
o‘rganibgina qolmay, ularning o‘zaro aloqadorligini, bir-biriga
ta’sirini ham tahlil qiladi deb, bu fanning predmeti ancha keng
ekanligini ta’kidlashgan.
D. Òojiboyevaning ikki kitobdan iborat o‘quv qo‘llanmasida
bu fanning predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Iqtisodiyot
nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondi-
rishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan
samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq
etadi»
2
.
Bu fanning tadqiqot obyektini ayrim iqtisodchilar (A. O‘lmasov)
kishilarning xatti-harakatini yuzaga keltiruvchi omillar, kishilar
o‘zaro iqtisodiy munosabatlari, deb qaraydi. Iqtisodiy munosabat
obyektini esa bu iqtisodiy munosabat nima xususida yuz bersa,
mana shu bo‘ladi, degan fikr bildiradi.
D. Òojiboyeva tadqiqot obyektini — bu iqtisodiy hodisalar,
jarayonlar, ya’ni xo‘jalik yuritish faoliyati, tadqiqot subyekti —
bu inson, kishilar guruhi va davlatdir deb ko‘rsatadi.
Albatta, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimda kishilar o‘zaro
iqtisodiy munosabatda bo‘ladilar, bu ularning aloqalarida o‘z
ifodasini topadi. Iqtisodiy munosabat subyekti deganda, uning
ishtirokchilari tushuniladi. Demak, iqtisodiy munosabatlarning
1
Sh. Shodmonov, R. Alimov, Ò. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò., «Moliya»,
2002.
2
D. Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò., «O‘qituvchi», 2002, 227-bet.
9
asosiy subyektlari — bu alohida kishilar, oila, ya’ni uy xo‘jaligi,
korxonalar, firmalar va boshqalar hamda davlat va uning sektoriga
kiruvchi korxona-tashkilotlar hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarish, ayirboshlash, yaratilgan
ne’matlarni taqsimlash, ularni o‘zlashtirish va iste’mol qilish bilan
bog‘liq kelib chiqadi. Demak, iqtisodiyot nazariyasi jamiyat
taraqqiyotining turli bosqichlarida ishlab chiqarishning rivojlanish
qonunlari, qonuniyatlari va cheklangan resurslar sharoitida turli
muqobil usullardan foydalanib, samarali xo‘jalik yuritish orqali
ehtiyojlarni qondirish yo‘llarini o‘rganadigan fan hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarda har bir subyekt ishlab chiqaruvchi
yoki iste’molchi hamda bir vaqtning o‘zida ham ishlab chiqaruvchi,
ham iste’molchi sifatida qatnashadi. Davlat ham iqtisodiy muno-
sabatlarda teng huquqli subyekt sifatida ishtirok etadi, shu bilan
bir qatorda jamiyatni boshqaruvchi apparat sifatida mamlakatda
yaratilgan moddiy ne’matlarni taqsimlash, qayta taqsimlash,
o‘zlashtirish va iste’mol jarayonlarida boshqalar kabi faol ishtirok
etadi. Davlat iqtisodiy munosabatlarni ma’lum bir tamoyillarga
asoslangan holda tashkil etib, iqtisodiy mexanizm, iqtisodiy
vositalar orqali munosabat ishtirokchilarini rag‘batlantirish yoki
ular faoliyatini cheklash yo‘llari bilan iqtisodiyotni tartibga solib
turadi.
1.3. Iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning kelib
chiqish sabab-oqibatlari, ularning jamiyat hayotiga ta’siri o‘rga-
nilib, umumlashtirish jarayonida ayrim iqtisodiy hodisalar kishilar
xohish-irodasidan tashqari ravishda sodir bo‘lishi, mohiyatlari
ochib beriladi. Bu holatni tadqiqotchi olimlar iqtisodiy qonunlar
sifatida kashf qiladilar va ta’riflaydilar. Jumladan, A. O‘lmasov iqtisodiy
qonunlar — iqtisodiy jarayonlarning turli asosiy tomonlari o‘rta-
sidagi muhim takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy, iqtisodiy
zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibatni bildiruvchi o‘zaro bog‘-
lanishlardir deydi. D. Òojiboyeva esa qonunlar iqtisodiy hodisa
va jarayonlar o‘rtasidagi muhim, barqaror takrorlanuvchi, iqtisodiy
zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, sifat va miqdor bog‘lanish-
lari, aloqalaridir, deb ko‘rsatadi.
Bizning nazarimizda «Iqtisodiyot nazariyasi» fani tomonidan
o‘rganiladigan iqtisodiy qonunlar — bu jamiyat iqtisodiy hayotida
10
sodir bo‘lib, doimo takrorlanib turuvchi, ma’lum sabab va oqibat
aloqalarining o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi obyektiv, ya’ni kishilar
xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan, lekin insonlar tomonidan kashf
etilgan ilmiy-nazariy tushunchalardir. Bu ta’rifdan ko‘rinib turib-
diki, ayrim iqtisodiy hodisalar muqarrar takrorlanib turuvchi bir-
birlari bilan o‘zaro bog‘liq aloqadorlikni bildiradi.
Iqtisodiy qonunlar — iqtisodiy munosabatlar in’ikosidir.
Iqtisodiyot katta bir olam, ulkan makondir, unda bir-biriga bog‘liq
munosabatlar, bog‘liqlik va aloqadorliklar mavjud. Ana shu
jarayonlarning o‘zi keng ko‘lamli va serqirradir. Bu murakkab
iqtisodiy jarayonlar yoki voqealar ichida shundaylari borki, ular
muhim o‘zaro bog‘lanishga va sabab-oqibat aloqalariga ega. Ular
doimo takrorlanib, ana shunday iqtisodiy voqealar, hodisalar
iqtisodiy qonunlarda o‘z ifodasini topadilar. Iqtisodiy qonunlar
chuqur mohiyatli va sabab-oqibatli bog‘langan iqtisodiy hodisa
hamda voqealarning ilmiy intiqosidir. Demak, juda chuqur
mohiyatga, sabab va oqibatli bog‘liqliklarga, doimo o‘z borligini
ko‘rsatib turadigan iqtisodiy munosabatlarga iqtisodiy qonunlar
deyiladi. Jamiyatdagi barcha ishlab chiqarish va taqsimotga,
almashuv va iste’molga bog‘liq bo‘lgan munosabatlar iqtisodiy
qonunlar orqali boshqariladi, yo‘naltirilib turiladi.
Iqtisodiy qonunlarning tabiat qonunlari bilan o‘xshashlik tomoni
bor, ya’ni har ikki turdagi qonunlar ham obyektiv qonunlardir.
Ularning kelib chiqishi, amal qilishi yoki barham topishi odam-
larning, sinflar yoki siyosiy partiyalarning istaklari, xohish-irodasi,
talab-ehtiyojlariga aslo bog‘liq emas. Masalan, quyoshning ma’lum
vaqtda chiqishi yoki uning botishini kechiktirib yoxud to‘xtatib
turish mumkin bo‘lmaganidek, iqtisodiy qonunlarning ham amal
qilishini to‘xtatib qo‘yish, bekor qilishning iloji yo‘q.
Iqtisodiy qonunlarning obyektivligi (odamlar xohish-irodasiga
bog‘liq emasligi) «ularni bilib olish mumkin emas ekan, ularning
«siri»ni ochish odamlarning qo‘lidan kelmas ekan», degan
tasavvurlar uchun asos bo‘la olmaydi. Aksincha, odamlarning
kuchi, ularning aql-zakovati, tafakkur olami o‘zlarini o‘rab turgan
muhitni, shu jumladan, iqtisodiy qonunlarni ham bilib olish uchun
yetarli. Odamlar o‘z ilmiy tafakkurlari, bilimlari orqali iqtisodiy
qonunlar mohiyatini, harakat va amal qilish mexanizmini bilib
boradilar, ular oldiga qo‘yadigan talablarni o‘rganib oladilar.
Xulosa shuki, iqtisodiy qonunlar obyektiv bo‘lsa-da, ularni
bilib olish, xo‘jalik faoliyatida ulardan samarali foydalanish
11
imkoniyati odamlar ixtiyoridadir. Jamiyat tomonidan iqtisodiy
qonunlarni bilib olishga ko‘proq e’tibor berilsa, ulardan foyda-
lanishga yo‘l ochilgan bo‘lsa, unda iqtisodiy o‘sish, barqarorlik va
taraqqiyot ta’minlanadi. Iqtisodiy qonunlar talablari bilan hisob-
lashmaslik, iqtisodiyotni inqirozga olib kelishi ham mumkin.
Iqtisodiy qonunlar odamlar tomonidan yaratilmaydi, balki kashf
etiladi, ochiladi. Iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy qonunlarni kashf
etadi, mohiyatini tushuntirib beradi va bu qonunlarning odamlar
oldiga qo‘yayotgan talablarni ko‘rsatib beradi.
Iqtisodiy qonunlarni bilib olmay turib ham iqtisodiyotni tashkil
etish, boshqarish, iqtisodiy hayotni qurish, moddiy va nomoddiy
ne’matlar ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlash
mumkinmi? Bu savolga «ha, mumkin» deb javob bersa bo‘ladi.
Ammo, iqtisodiy qonunlarni bilib olmay iqtisodiyot yuritilganda,
pirovard natijalari samarasiz yoki kam samarali bo‘ladi, ishlab
chiqarishda yuksak natijalarga, barqaror o‘sish sur’atlariga erishib
bo‘lmaydi. Bunday ahvolda odamlarning o‘sib borayotgan ehtiyoj-
larini qondirib borishning imkoni bo‘lmaydi, ularning turmush
darajasi, ijtimoiy ahvoli yomonlashadi. Natijada jamiyat iqtisodiy
tanazzulga uchrashi mumkin.
Iqtisodiy qonunlar butun bir tizimdan iborat bo‘lib, bu tizimda
har bir qonunning o‘z o‘rni bor. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani ana
shu iqtisodiy qonunlarning harakat mexanizmini o‘rganib, ularni
umumiqtisodiy va maxsus, ya’ni ayrim iqtisodiy tizimlarga xos
qonunlarga bo‘ladi.
Umumiqtisodiy qonunlar — jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar, ya’ni ijtimoiy mehnat
taqsimotining chuqurlashuvi, mehnat unumdorligining o‘sib
borishi, vaqtni tejash, ehtiyojlarning doimo o‘sib borishi va jam-
g‘arish kabi qonunlardir. Bu qonunlar jamiyat iqtisodiy-moddiy
va ma’naviy boyliklarining ko‘payib, yuksalib borishini ta’minlashga
xizmat qiladigan asosiy qonunlar hisoblanadi. Umumiy iqtisodiy
qonunlarning xususiyati shundaki, ular mazkur aniq sharoitda
o‘ziga xos harakat xususiyati bilan namoyon bo‘ladi. Shu bilan
birga mavjud iqtisodiy davr mohiyati barcha iqtisodiy qonunlar
tizimidagina o‘zining keng va batafsil ifodasini topadi.
Ayrim iqtisodiy tizimlarga xos iqtisodiy qonunlar — bular faqat
muayyan ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizim doirasida amal qiluvchi,
shu tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini ifoda etuvchi qonunlardir.
12
Masalan, talab qonuni, taklif qonuni, me’yoriy naflilik qonuni,
raqobat qonuni bozor tizimiga xos qonunlar sifatida o‘rganiladi.
Qonunlar o‘rganilganda, dastlab ularning mazmuni ochib
beriladi va bunga ularni ta’riflash orqali erishiladi. Iqtisodiyot
rivojlanishi yoki iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi bilan ayrim iqtisodiy
qonunlar o‘rniga boshqa yangi qonunlar kirib kelishi mumkin.
Qonunlar o‘rganilganda ularni ikki jihatda, birinchidan, sifat
jihatdan, bunda qonunlar o‘zi nimani taqozo etishi, ya’ni ular
muntazam takrorlanib turuvchi qanday iqtisodiy hodisalar o‘rtasida
bog‘liqlikni ifoda etishlari o‘rganiladi. Ikkinchidan, miqdoriy jihat-
dan o‘rganilganda, muayyan qonunning amal qilishini ifodalovchi
miqdoriy ko‘rsatkichlar tahlil etiladi, natijada qonunlar amal
qilishining miqdoriy o‘lchami aniqlanadi.
Qonunlarning sifat va miqdoriy jihatdan o‘rganilishining amaliy
ahamiyati shundaki, tadbirkorlar o‘z xo‘jalik faoliyatlarini ularga
asoslanib tashkil etishganda, ya’ni ular iqtisodiyotda bo‘layotgan
o‘zgarishlarga moslashtirib olib borishsa yuqori natijalarga erishish
mumkin bo‘ladi. Bu esa iqtisodiyot nazariyasining amaliy hayot
bilan bog‘lanishiga erishilishini ta’minlaydi. Demak, mazkur fan
iqtisodiy qonun va qonuniyatlarni obyektiv, ya’ni kishilar xohish-
lariga bog‘liq emasligi, ularni o‘z bilganicha bekor qila olmasligini,
lekin ularni anglab yetgan holda ularning talabiga moslashib,
faoliyat ko‘rsatishlari kerakligini o‘rgatadi.
1.4. Iqtisodiy kategoriyalar
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani jamiyatda sodir bo‘ladigan iqtisodiy
hodisalar, jarayonlar va ulardagi o‘zgarishlarni iqtisodiy
kategoriyalar yordamida tushuntirib beradi. Iqtisodiy kategoriya-
lar — bu real iqtisodiy voqelikning, iqtisodiy munosabatlarning
muhim tomonlarini o‘zida ifoda etgan ilmiy-nazariy tushun-
chalardir.
U yoki bu iqtisodiy munosabat, iqtisodiy qonun, iqtisodiy
jarayon haqida iqtisodiy bilim hosil qilmoq uchun ularni ifodalovchi
iqtisodiy tushunchalarga, ya’ni kategoriyalarga murojaat qilinadi.
Boshqacha aytganda, iqtisodiy kategoriyalar orqali iqtisodiy
munosabatlar mohiyati to‘g‘risida to‘laqonli tasavvur hosil qilish
mumkin. Shuning uchun iqtisodiyot ilmini o‘rganish iqtisodiy
kategoriyalarni bilib olishdan boshlanadi. Iqtisodiy kategoriyalarni
iqtisodiyot ilmining «tili» deyish mumkin.
13
Har bir iqtisodiy kategoriya o‘z mazmuniga, amal qilish
xususiyati va o‘ziga xos ifodasiga ega. Iqtisodiy kategoriyalar o‘ziga
xos tizimdan iborat bo‘lib, bu tizimda har bir kategoriyaning o‘z
o‘rni, mohiyati, mavqeyi bor. Masalan, ma’lum iqtisodiy davr iqtiso-
diyoti holati bir necha iqtisodiy kategoriyalar orqali ifodalanadi:
jami ijtimoiy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad,
yalpi daromad kabilar. Ko‘rsatilgan iqtisodiy kategoriyalar tizimida
ayrim kategoriyalar iqtisodiy holatni umuman aks ettirsa, ba’zilari
nisbiy jihatdan tavsiflaydi. Agar sof mahsulot iqtisodiyot holatining
buyum (mahsulot) tarzini, ijtimoiy sarfni ifodalasa, milliy daromad
pul hisobidagi (taqqoslama yoki qat’iy baholardagi) holati haqida
tushuncha beradi va h.k.
Iqtisodiy kategoriyalar ham obyektiv, ham tarixiydir. Iqtisodiy
kategoriyalar iqtisodiy munosabatlarning ifodasi bo‘lganligi uchun
ham obyektivdir. Ularning mavjudligi ular ifodalaydigan iqtisodiy
jarayonlarning mavjudligiga bog‘liq. Iqtisodiy jarayon doimo
o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘lganligi uchun iqtisodiy kategoriyalar
ham o‘zgarishda, rivojlanishda, ular abadiy emas, balki iqtisodiy
qonunlar kabi tarixiydir. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarning
tarixiy xarakterda bo‘lishi iqtisodiy adabiyotlarda asoslab berilgan.
Iqtisodiy kategoriyalarning tarixiyligi shundaki, ularni vujudga
keltirgan iqtisodiy zamin, iqtisodiy sharoit o‘zgarishi bilan, boshqa
iqtisodiy asoslar, sharoitlar, iqtisodiy munosabatlar vujudga kelishi
bilan iqtisodiy kategoriyalar ham o‘zgaradi yoki barham topadi
yoxud boshqacha shaklda namoyon bo‘la boshlaydi.
Biz yashayotgan va faoliyat yuritayotgan hozirgi davr o‘z
xarakteri bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, iqtisodiy vositalar
bilangina xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan davrdir. Zero, bugun
bu munosabatlarni ifodalaydigan iqtisodiy, taraqqiy etgan dunyo-
ning axborot tizimini, radio va televideniye, matbuot materiallarini
tushunish, idrok etish mumkin bo‘lmay qoldi. Buning ma’nosi
shuki, davr bilan hamnafas bo‘lish uchun, samarali faoliyat ko‘rsa-
tish va shaxsiy hayotini o‘z mo‘ljalidek tashkil etish uchun iqtisodiy
tafakkur «kaliti» bo‘lmish iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni
chuqur o‘rganmoq zarurdir.
Iqtisodiy kategoriyalar ikki guruhga bo‘linadi:
Umumiqtisodiy kategoriyalar — bular iqtisodiy taraqqiyotning
hamma bosqichlarida mavjud bo‘ladi, masalan, ehtiyoj, mehnat,
ishchi kuchi, iqtisodiy resurs, ishlab chiqarish, mahsulot, iste’mol,
jamg‘arish kabi tushunchalar. Bu kategoriyalar iqtisodiyotning
14
umumiy jihatlarini izohlab, barcha iqtisodiy tizimlarda ham mavjud
bo‘ladi.
Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos kategoriyalar. Masalan, tovar,
qiymat, pul, talab, taklif, narx, foyda, kredit, emissiya, inflatsiya
kabi tushunchalar bozor tizimiga xos bo‘lib, bular shu tizim tahlilida
qo‘llaniladi. Iqtisodiyot rivojlanib, iqtisodiy munosabatlarning
takomillashib borishida ularning roli juda kattadir. Iqtisodiyot
rivojlanishi bilan ayrim iqtisodiy kategoriyalar eskirishi, boshqalari
kirib kelishi mumkin. Iqtisodiy kategoriyalar iqtisodiy hodisalarning
mohiyatini tushunib yetishda asosiy bazaviy tushuncha sifatida
xizmat qiladi.
1.5. Asosiy iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Biz oldingi paragraflarda ko‘rsatib o‘tganimizdan ma’lumki,
iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisalar, jarayonlar, ularning
sabablari, oqibatlari, ularga xos bo‘lgan qonun-qoidalarni o‘rga-
nadi. Iqtisodiy hodisalar, munosabatlar o‘z holicha emas, balki
kishilarning manfaatlariga tatbiqan tahlil etiladi va kishilarning
iqtisodiy xatti-harakatlarining asl sabablari ochib beriladi. Iqtiso-
diyotni o‘rganishda har xil ilmiy tushunchalar va bir qator iqtisodiy
ko‘rsatkichlar shakllangan. Ular yordamida iqtisodiy hodisalarning
mazmun-mohiyati ochib beriladi.
Jumladan, mehnat, daromad, foyda, tovar, pul, talab, taklif,
iqtisodiy resurs, tadbirkorlik, iqtisodiy tanlov, xarajat, zarar, naflik,
raqobat, bankrotlik kabi bir qancha tushunchalar iqtisodiyotda
keng qo‘llaniladi. Bu tushunchalarning iqtisodiy mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri tushunib yetish, ulardan o‘z iqtisodiy faoliyati-
mizda to‘g‘ri foydalanish ko‘zlangan samaraga erishuvimizga yor-
dam beradi. Ma’lumki, iqtisodiyot statik, to‘xtab turib qolgan
holatda emas, balki dinamik holatda, ya’ni rivojlanish jarayonida
olib qaraladi, unga xos muammolarni hal etish usullari tahlil etiladi.
Iqtisodiyot ilmida xulosalar chiqarish o‘z-o‘zidan va mavhum holda
emas, balki jamlangan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida
qonun-qoidalar shaklida ifodalab beriladi. Shu bois iqtisodiyotga
oid juda ko‘p ko‘rsatkichlarni batafsil o‘rganish alohida ahamiyat
kasb etadi.
Iqtisodiyotning umumlashma ko‘rsatkichlari. Ishlab chiqarish
jarayonida juda ham xilma-xil mahsulotlar yaratiladi, turli-tuman
xizmatlar ko‘rsatiladi, ma’naviy ne’matlar vujudga keltiriladi. Ular
ma’lum iqtisodiy ko‘rsatkichlar yordamida hisoblab boriladi,
15
baholanadi. Bu ish iqtisodiyotning holatini aniqlash, ne’matlarni
to‘g‘ri taqsimlash, ayirboshlash va maqsadli iste’mol qilish uchun
bajariladi. Iqtisodiyotning holati, jamiyatning boyligi, ijtimoiy
ishlab chiqarish samaradorligi butun bir iqtisodiy ko‘rsatkichlar
tizimi orqali o‘lchanadi, ularning ba’zilari umumiy xarakterga,
ba’zilari xususiy xarakterga egadir.
Butun ijtimoiy ishlab chiqarishning bir yil ichidagi natijasi,
yaratilgan ne’matlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb ataladi.
U moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan barcha xodim-
larning mehnat mahsulidir. U buyum shaklida ishlab chiqarish
vositalaridan va iste’mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Bozor
munosabatlari hukm surgan sharoitda jami ijtimoiy mahsulot yana
qiymat shaklida ham hisoblanadi. Jami ijtimoiy mahsulotning
qiymat (pul) ko‘rinishi orqali mamlakat iqtisodiyotida ro‘y bergan
miqdor o‘zgarishlari (iqtisodiy o‘sish yoki iqtisodiy inqiroz) bilib
boriladi. Jami ijtimoiy mahsulotning pul ifodasi ma’lum muddat-
larga qat’iy baholanadi, mamlakatning milliy valutasida ifodalanadi.
Iqtisodiyotning umumlashma ko‘rsatkichlaridan yana biri yalpi
milliy mahsulotdir (YMM). U mamlakatdagi va mamlakatdan
tashqaridagi korxonalar iqtisodiy faoliyati to‘liq natijasining ifodasi
hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulot (YIM) esa YMMdan shu bilan
farq qiladiki, u faqat shu mamlakat ichkarisida moddiy ishlab
chiqarishning va barcha noishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishning
ham ish natijasidir. YIM mamlakatdagi barcha korxonalar (ular-
ning qaysi idoraga bo‘ysunishidan, qanday mulk shakliga
mansubligidan qat’i nazar), tashkilotlar, idoralar, kooperativlar,
uyushmalar, firmalar, konsernlar, korporatsiya yoki kompaniya-
larning yillik faoliyati natijasi ifodasidir.
YIM tarkibida xizmatlar ham muhim, salmoqli o‘rin tutadi.
Shuning uchun yalpi milliy mahsulotni ko‘paytirishda mamlakat
xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini safarbar qilish, har bir kishi
faoliyatini yaxshilash katta ahamiyat kasb etadi.
Yalpi milliy mahsulotning bir qismi sof mahsulotdir. Sof
mahsulot — jamiyatda ma’lum bir davrda butunlay yangidan
yaratilgan mahsulotdir, u sarf qilingan jonli mehnatning moddiy-
lashgan ifodasidir. U yangidan yaratilgan mahsulot deb ham ataladi.
Sof mahsulot ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ko‘rsatuvchi
muhim kategoriyadir.
Sof mahsulot iqtisodiy hayotda sof daromad ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Sof daromad korxona yoki firmalar daromad-
16
larining pul shaklidagi ifodasidir. Biroq ular miqdor jihatdan farq
qiladi, sof mahsulot ma’lum miqdorga (agar milliy valuta bar-
qarorligi ta’minlanib turilgan bo‘lsa) sof daromaddan kamroqdir.
Sof daromad kategoriyasi orqali korxonalar iqtisodiy faoliyatiga
baho berilishi mumkin. Zero, bu faoliyat samaradorligi boshqa
ko‘rsatkichlarda ham ifodalanadi.
Jamiyat boyligini qaysi ko‘rsatkichlar to‘laroq ifodalaydi?
Jamiyatning boyligi, iqtisodiy taraqqiyot darajasi faqat yillik
natijalar bilangina emas, balki ana shu natijalarning qanchasi saqlanib
qolganligi, ishlab chiqarish va shaxsiy hayot uchun asqatayotganligi,
joriy davr uchun qanday darajada xizmat qilishi bilan ham
o‘lchanadi. Milliy boylik ana shunday iqtisodiy ko‘rsatkichdir. U
mamlakat ma’lum bir paytda ega bo‘lgan barcha narsalardir, uning
butun tarixiy taraqqiyoti davrida jamg‘arilgan vositalar, noz-
ne’matlar, iste’mol buyumlaridir, ma’naviy boyliklaridir.
Milliy boylikka mamlakatdagi tarixiy obidalar, yodgorliklar,
yozma manbalar, adabiyot va san’at asarlari va boshqalar ham
kiradi. O‘zbekiston milliy boyligini, yuqorida ko‘rsatilganlar bilan
birga, tabiiy resurslar, ishlab chiqarish fondlari, ijtimoiy sohaning
barcha imkoniyatlari, to‘plangan tajribalar, fan-texnika yutuqlari,
milliy kadrlarimizning tafakkuri va boshqalar tashkil etadi. Bunday
milliy boylikni milliy daromad hisobidan ko‘paytirib borish, uni
xalq manfaatlariga xizmat qildirish eng muhim vazifadir.
Milliy daromad ko‘rsatkichi. Milliy daromad ham iqtisodiyot-
ning g‘oyat muhim ko‘rsatkichi, samaradorlik mezoni, jamiyat
boyligini to‘laroq tavsiflovchi iqtisodiy vositadir. Milliy daromad
hosil qilingan sof mahsulotning qiymat ifodasi yoki pul ko‘rinishi-
dir. Milliy daromad baholarning o‘zgarib turishidan «tozalangan»,
o‘zgarmas baholarda hisoblangan taqdirdagina iqtisodiyotning
haqiqiy «ko‘zgusi» bo‘la oladi. Milliy daromad mamlakat xalqining
farovonligi va barqaror rivojlanishining moddiy manbayidir. Shu-
ning uchun milliy daromadni ko‘paytirishning barcha vositalari
va yo‘llari ishga solinadi.
Milliy daromadning ko‘payishi, asosan, uch omilga bog‘liq:
1) ishlab chiqarishda band bo‘lgan kishilarning ma’lum miqdori;
2) band aholi mehnati unumdorligining ortishi;
3) tadbirkorlik va ishbilarmonlik, biznes faoliyati.
Jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida bu uch omil nisbati
turlicha ahamiyat kasb etadi. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti
17
sharoitida ikkinchi omil kuchliroq rol o‘ynamoqda. Aholining
ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi qatlamlarining
ko‘payishi ham ikkinchi omilda o‘z ifodasini topadi. Biroq, hozirda
rivojlangan mamlakatlarda milliy daromadni ko‘paytirish tajribasi
shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarish sohalarida bevosita band
bo‘ladigan mehnat resurslari sonini ko‘paytirish yalpi milliy mah-
sulot miqdorining ko‘payishiga har doim ham olib kelavermaydi,
aksincha, ishlab chiqarishning rivojlanishi noishlab chiqarish soha-
larining rivojlanishiga, xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida bandlikni
oshirish, iqtisodiy o‘sishga olib keladi.
Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish atrofida shakllanadigan
iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanishi milliy daromadni
ko‘paytiradi. Masalan, AQSH, Gollandiya, Germaniya kabi dav-
latlarda qishloq xo‘jaligida 2—4 % aholi band bo‘lishiga qaramay,
ular o‘zlarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ichki
ehtiyojlarini batamom ta’minlabgina qolmay, balki bu xil mah-
sulotlar asosiy qismini eksport qilishga ham erishmoqdalar. O‘zbe-
kistonda ham hisob-kitoblarga qaraganda kelajakda qishloq xo‘jali-
gidagi ishlarni ko‘pi bilan 1,5—2 mln kishi bajarishi mumkin.
Vaholanki, hozirgi vaqtda bu tarmoqda talab qilinganidan ikki
baravardan ziyodroq kishi ishlamoqda. Bu sohaning samaradorligini
keskin ko‘tarish uchun ortiqcha mehnat resurslarini qishloqlarda
olib borilayotgan sanoat, maishiy xizmat va madaniy sohadagi
qurilishlarga jalb etish lozim.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy agrar siyosat va
islohotlarning asosiy yo‘nalishi ham ana shundan iboratdir. Har
bir mamlakatda uning boyligini ko‘paytirish, yuksak iqtisodiy rivojiga
erishishning o‘z xususiyatlari, vositalari, yo‘nalishlari mavjud.
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning bir qator asarlarida,
ma’ruza va nutqlarida bu xususiyatlar yetarli darajada keng bayon
qilib berilgan. Xo‘sh, O‘zbekiston boyligi qanday qilib ko‘payadi,
uning taraqqiyoti nimalar hisobiga ta’minlanishi mumkin:
1) yerosti va yerusti resurslaridan samarali foydalangan holda
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ular bilan o‘zimizni ta’minlash
bilan birga chetga eksport qilishga kirishish hisobiga;
2) ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini tubdan qayta qurish,
iste’mol buyumlari ishlab chiqarish ustuvorligini ta’minlash hisobiga;
3) qishloq xo‘jaligida yerga egalik qilishning yangicha shakllarini
vujudga keltirish, qishloqlarda iqtisodiy islohotni amalga oshirish,
sanoat va maishiy xizmatni rivojlantirish hisobiga;
18
4) bazaviy sohalarni (mashinasozlik, neft va gaz ishlab chiqarish,
energetika) ustuvor rivojlantirish hisobiga;
5) mamlakatimizda sayyohlikni, ayniqsa, xalqaro sayyohlikni
rivojlantirish va boshqalar hisobiga ko‘payishi mumkin.
Yalpi milliy mahsulot va uning tarkibi
1.6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining metodologik asoslari
«Metodologiya» atamasi ko‘p mazmunli bo‘lib, turli manba-
larda turlicha talqin etiladi (usullar haqidagi nazariya, usullar
majmuyi, falsafiy usul va h.k.). Metodologiya bilimning qaysi
sohasida ishlab chiqilishidan qat’i nazar, barchasida u yagona
boshlang‘ich prinsiplarga bo‘ysunadi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, bir
turdagi, ya’ni mazkur fan uchun yaroqli bo‘lgan usullarni qidirish
va nazariy jihatdan asoslash, ular ustidan amallar bajarish tartibini
Yalpi investitsiyaning
moddiy resurslarni o‘stirish
va ularni jamg‘arish uchun
ishlatiladigan qismidir
Umumiy ishlab chiqarish
sohasida iste’mol qilish
uchun ajratilgan mahsulot
va xizmatlar yig‘indisidir
Kundalik — joriy iste’molni
qondiradi, bu vazifani oziq-
ovqat, kiyim-kechak,
sanitariya-gigiyena xizmati
(va h.k.) bajaradi
Uzoq muddat ishlatiladigan
tovarlar (avtomashina,
televizor, kir yuvish
mashinasi, gilam,
videomagnitofon, mebel
va h.k.) bilan ta’minlashga
ketadigan mahsulot
Turli-tuman xizmatlarga
bo‘lgan ehtiyojni qondiradi
Sof investitsiya
Yalpi investitsiya
Yalpi milliy
mahsulot
Iste’mol
Ishlab
chiqarishning
o‘sishiga xizmat
qiladi
Farovonlikning
oshirilishiga
xizmat qiladi
19
Iqtisodiy tahlil uslubi — bu ilmiy bilishga yondashish yo‘llari, tamoyillari,
qonun-qoidalari va aniq hodisalar tizimidir.
Ilmiy bilish usullari
Iqtisodiyotga bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va o‘zaro aloqada bo‘lgan
turli bo‘g‘inlardan iborat yaxlit bir tizim sifatida qarab, unda ro‘y beradigan
jarayonlar doimiy o‘zgarishda (oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga)
va rivojlanishda deb hisoblaydi.
Mantiqiy tahlil paytida hodisa va jarayonlar-
ning ikkinchi darajali belgilari fikridan chet-
lashtirib hamda eng asosiy belgilarni ajratib
olish orqali ularning mohiyatini ochib berishga
harakat qilish.
Tahlil — bu o‘rganilayotgan voqea-hodisalarni
alohida qismlarga ajratib, sintez esa ularni
yaxlit bir butun qilib birlashtirish orqali
mohiyatini ochib berish.
Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy
chora-tadbirlarni sinov tariqasida iqtisodiyot-
ning alohida bo‘g‘inlarida qo‘llash. Bu usul
islohotlarni amalga oshirish, iqtisodiyot
inqiroz va turg‘unliklarga uchragan davrlarda
alohida muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy hodisalar miqdoriy o‘lchamga ega
bo‘lganligi sababli ularni tahlil qilishda mate-
matik amallardan keng foydalaniladi. Statistik
usul — statistik kuzatish, tanlash, alohida
belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish va o‘rta-
cha miqdorlar chiqarish kabilarni o‘z ichiga
oladi.
Tarixiylik — iqtisodiy hodisa va jarayonlarni
tarixiy rivojlanish davrlari nuqtayi nazaridan,
mantiqiylik esa ularning ichki qonuniy
bog‘lanishlari orqali tahlil qilishdir.
Tahlil va sintez usuli
Ilmiy abstraksiya
Tarixiylik va
mantiqiylik usuli
Eksperiment
Matematik va
statistik usul
Bilishning umumilmiy, maxsus va xususiy usullari,
ularning o‘zaro aloqadorligi
20
ishlab chiqish, ularning bilish imkoniyatlarini va qo‘llash sohalarini
aniqlash muammolarini hal etadi.
Metodologiya qaysi muayyan fanga xizmat qilishi va qanday
usullarni, ya’ni umumiy, umumilmiy yoki xususiy usullarni ishlab
chiqishiga ko‘ra, alohida tur va ko‘rinishlarga bo‘linadi. Har bir
fan o‘zining maxsus predmetiga ega ekan, u muqarrar ravishda
o‘zining tadqiqot usulini yaratadi. Bu usul talablari orqali uning
predmet xususiyatlari o‘z aksini topadi.
Metodologiya «Iqtisodiyot nazariyasi» fani uchun ham, boshqa
fanlar uchun ham yagona bo‘lgan boshlang‘ich prinsiplarga
bo‘ysunadi, umumiy metodologik muammolarni hal etadi, biroq
bularning barchasini mazkur fanga nisbatan, uning predmeti
xususiyatlarini hisobga olgan holda bajaradi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani jamiyat iqtisodiy munosabatlarini
ma’lum ilmiy tamoyillarga asoslangan holda o‘rganadi. Iqtisodiyot
nazariyasi iqtisodiy jarayon va hodisalarni, eng avvalo, tizimiy
yondashuv asosida o‘rganadi. Bunda iqtisodiy munosabat qismlarga
ajratilib, ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot, o‘zlashtirish va
iste’mol bilan bog‘liq kelib chiqadigan munosabatlar har biri
alohida o‘rganiladi, ulardan har biriga xos bo‘lgan xususiyatlar
aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi
qonuniyatlari, taqsimotning ijtimoiy-iqtisodiy tizim xarakteri bilan
bog‘liqligi o‘zlashtirish va iste’molning o‘ziga xos jihatlarini
alohida ajratib o‘rganiladi.
Ajratilgan bloklar tahlil etilgach, ular faoliyatining shart-sharoiti
va belgilari, ular qanday funksiyani bajarishi va ularning bir-
birlariga o‘zaro ta’siri hamda oqibatlari aniqlanadi. Iqtisodiyotning
Alohida olingan iqtisodiy subyektlar xatti-
harakatini tadqiq qilishda foydalaniladi. Ular,
ko‘pincha, cheklanganlik tavsifiga ega bo‘ladi.
Masalan, daromadlar, ish haqi, xarajatlar
modeli va h.k.
Iqtisodiy subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy
munosabatlarni tadqiq qilishda foydalaniladi.
Masalan, yalpi talab va yalpi taklif, iste’mol
va investitsiyalar, tovarlar miqdori hamda pul
massasi modeli.
Iqtisodiy voqelikning soddalashtirilgan
manzarasi.
Iqtisodiy modellar
Ilmiy optimallashtirish
modellari
Muvozanatlashgan tahlil
va sintez usuli
21
turli jihatlari tahlilidan so‘ng, ular birgalikda qaraladi, turli bloklar
majmuyidan iborat iqtisodiyot yaxlit bir tizim sifatida nima ekanligi,
u qanday rivojlanish qonuniyatlarga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda kompleks yondashuv — tizimiylik
tamoyilining namoyon bo‘lishini ifodalaydi.
Iqtisodiyot nazariyasining iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishdagi
yana bir muhim metodologik yondashuvi tamoyili — bu iqtisodiyot
va tabiatni o‘zaro bog‘liqlikda qarashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi ishlab chiqarish kuchlarining rivojla-
nishida tabiat resurslarining o‘rni va ulardan samarali foydalanish
jamiyat ehtiyojlarini qondirishning asosiy vositalaridan biri va
undan noto‘g‘ri foydalanish iqtisodiyotni izdan chiqarishi, tabiatga
putur yetkazishi, ekologik muvozanatni buzishi va bu bilan
iqtisodiyotni inqirozga olib kelishi ham mumkin. Shuning uchun
iqtisodiyot nazariyasi predmetida resurslarning cheklanganligi,
undan foydalanish bilan bir qatorda uning qaytadan tiklanishi
masalalari inson iqtisodiy faoliyatining eng muhim sharti ekanligini
uqtirib borishni ham asosiy vazifa sifatida qaraydi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir asosiy metodologik tamo-
yili — bu iqtisodiyotni statik holatda, ya’ni o‘zgarmas qotib turib
qolgan holatda emas, balki dinamikada — o‘zgarishda, rivoj-
lanishda olib o‘rganishdir. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy hodisa-
larning kelib chiqishi, o‘zgarishlari, rivojlanishi sabab va oqibatlarini
obyektiv qonuniyat sifatida qaraydi. Iqtisodiyotning rivojlanishiga
xos bo‘lgan tendensiyalarni aniqlab, ularning yo‘nalishlarini
ko‘rsatib beradi. Bu xo‘jalik faoliyati subyektlariga kelajakda o‘z
faoliyatlarini qanday tashkil etish kerakligini aniqlashga yordam
beradi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili —
bu iqtisodiy jarayonlarni ishlab chiqarishdagi, umuman, jamiyat
hayotidagi texnik, texnologik o‘zgarishlarni hisobga olib o‘rga-
nishdir. Òexnika va texnologiya ishlab chiqarishning asosiy qurol
vositasi bo‘lganligidan, undagi jiddiy o‘zgarishlar iqtisodiy faoliyatni
tubdan yangilab yuboradi. Mana shu narsani nazariya e’tibordan
qochirmaydi va ishlab chiqarish kuchlarida sodir bo‘lgan o‘zgarish-
lar, iqtisodiy munosabatlarda o‘z aksini topib borishini ko‘rsatib
beradi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir metodologik tamoyili —
bu iqtisodiyotni jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, milliy, demografik,
22
ruhiy-axloqiy va boshqa hayoti bilan bog‘liq holda o‘rganishidir.
Chunki ular ham iqtisodiy rivojlanishga bevosita ta’sir qiluvchi
omillar hisoblanadi. Bu sohalardagi o‘zgarish iqtisodiyotda ham
o‘z aksini topib, uning rivojlanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir
o‘tkazadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmetini o‘rganish ikki
bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda kuzatish amalga
oshiriladi, iqtisodiyotga oid ma’lumotlar to‘planadi, ularga umumiy
baho beriladi va xulosa chiqarilib, gipoteza olg‘a suriladi. Ikkinchi
bosqichda gipotezalar sinab ko‘riladi, ular tasdiqlansa, qabul
qilinadi va ular asosida ilmiy-nazariy xulosalar, qonun-qoidalar
ishlab chiqiladi. Nazariy xulosa amaliyot sinovlaridan o‘tsa, real
iqtisodiy hayot nazariy qoidani doimo tasdiqlab tursa, iqtisodiyot
nazariyasining qonun-qoidasiga aylanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlar, hodisalarni o‘rga-
nishda turli usullardan foydalanadi. Shulardan biri ilmiy abstrak-
siyalash hisoblanadi. U iqtisodiy nazariyaning asosiy usuli hisob-
lanadi. Uning yordamida iqtisodiy hodisalar ularga ta’sir etuvchi
boshqa omillardan xalos etilib, ularga ilmiy baho beriladi. Abstrak-
siyalash metodi o‘zagida mantiqiy usul yotadi, ya’ni mantiq yorda-
mida iqtisodiy hodisalarning o‘zaro bog‘lanishi, ularning umu-
miyligi va farqlari, kelib chiqish sabablari va oqibatlari aniqlanib,
bo‘lg‘usi iqtisodiy hodisa taxmin qilinadi.
Abstraksiyalash asosida iqtisodiyotning nazariy modeli yara-
tiladi. Lekin model har doim ham real iqtisodiy voqelikni aks
ettiravermaydi, faqat aks ettirgandagina ilmiy hisoblanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi predmetini tahlil qilishda pozitiv va
normativ usullar qo‘llaniladi. Pozitiv usulda iqtisodiy voqelik
nazariy jihatdan tushuntirib beriladi, ya’ni u ilmiy talqin qilinadi.
Normativ usulda iqtisodiy voqelikning amalda qanday bo‘lishi
kerakligi va buning uchun nima qilish zarurligi tavsiyalar sifatida
beriladi.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil
qilishda induktiv va deduktiv usullardan foydalaniladi. Induktiv
usulda hodisalar kuzatiladi, ular umumlashtiriladi va umumiy xulo-
salar chiqariladi. Deduktiv usulda esa shakllangan nazariy xulosalar
asosida iqtisodiyotdagi ayrim hodisalar tahlil etiladi va iqtisod
qoidalarining naqadar to‘g‘ri ekanligi sinab ko‘riladi.
23
1.7. Iqtisodiy jarayonlarni bilishda matematik
va grafik usullardan foydalanish
Iqtisodiyot nazariyasida, eng avvalo, miqdoriy tahlil usulidan
keng foydalaniladi va bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar nazariy
xulosalar chiqarishga hamda iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini
aniqlashga xizmat qiladi. Ekonomiks — tadqiqotlarni yuzaki
iqtisodiy jarayonlarga yo‘naltirib, miqdoriy tahlil usullaridan keng
foydalanadi. Miqdoriy tahlilning eng ko‘p tarqalgan usullari sifatida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• iqtisodiy-statistik usullar;
• matematik usullar;
• grafik usullar.
Quyida grafik usuldan foydalanib, daromadlar va iste’molning
mutanosiblik darajasini tahlil qilib ko‘ramiz. Miqdoriy o‘zgarish-
lar, masalan, mahsulot miqdoridagi yoki narxdagi o‘zgarishlar
chizmalar asosida matematik va grafik usullardan foydalangan
holda amalga oshiriladi. Masalan, ikki o‘zgaruvchan qiymatning
o‘zaro ta’sirini anglash uchun koordinatalarga asoslangan chizma
hosil etiladi. Bunda abssissa o‘qiga bir ko‘rsatkich qo‘yilsa, ordinata
o‘qiga boshqasi qo‘yiladi. Bir qiymat miqdorining o‘zgarishi
boshqasining qanchaga o‘zgartirishiga qarab vertikal va gorizontal
chiziqlar hosil etiladi, ular kesishgan nuqtalar egri chiziq bilan
birlashtirilganda iqtisodiy o‘zgarishlar qandayligi aniqlanadi.
300
200
150
100
50
À
B
C
D
E
100
200
300
400
Daromad, so‘mda
Iste’mol, so‘mda
Iste’mol va daromadning mutanosibligi
24
Nazariyada sifatli tahlil usuli birlamchi, u mantiqqa asoslangan
abstraksiyalash usulidan iborat bo‘lib, nazariy xulosalar chiqarishga
va qonun-qoidalarni ilmiy ta’riflashga xizmat qiladi. Ammo u
miqdoriy tahlilga tayanadi, chunki mazkur usul kuzatish ma’lu-
motlarini jamlash, ularni umumlashtirishga imkon beradi. Bundan
tashqari, miqdoriy tahlil yordamida nazariy qonun-qoidalar
iqtisodiyotda naqadar amal qilayotganligi bilib olinadi.
1.8. «Iqtisodiyot nazariyasi»ning fan sifatida funksiyalari
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida turli funksiyalarni bajaradi.
Birinchisi — bilish funksiyasidir. Bunda nazariyani o‘rganish
orqali iqtisodiy hodisalar nima ekanligi, ularni nima yuzaga chiqa-
rishi, ular nimaga olib kelishi anglab olinadi. Nazariya iqtisodiyot-
ning sir-asrorlarini o‘rgatib, kishilarni ulardan xabardor qiladi,
ularning bilim darajasini oshiradi. Boshqa iqtisodiy fanlar qatori
u ham kishilarga iqtisodiy bilimlarni yetkazib beradi, ularni
iqtisodiyotda ma’lum qonun-qoidalar borligidan ogoh etadi, ularga
rioya etish zarurligini tushuntirib beradi.
Ikkinchi funksiyasi — bu boshqa iqtisodiy fanlar uchun nazariy-
metodologik asos bo‘lib xizmat qilishidir. Bu fan umumnazariy,
ya’ni iqtisodiyotga xos bo‘lgan umumiy qonun-qoidalarni o‘rga-
nadi. Shu jihatdan u boshqa xususiy-funksional nazariyalardan,
Grafik usuliga misol
25
20
15
10
5
B
C
D
E
4
8
12
16
Tomoshabinlar
soni, mingta
Chipta narxi,
so‘mda
D ... D — oraliq optimalligini bildiradi.
20
A
D
25
masalan, moliya nazariyasi, pul nazariyasi, statistika nazariyasi,
buxgalteriya nazariyasi kabi fanlardan farqlanadi. «Iqtisodiyot
nazariyasi» umumnazariy-metodologik fan bo‘lganidan, u asos-
langan nazariy qonun-qoidalarga boshqa iqtisodiy fanlar tayanadi.
Uchinchi funksiyasi — bu uning amaliyot uchun ilmiy baza
bo‘lib xizmat qilishi, unga umumiy tarzdagi tavsiyalar berishidir.
Iqtisodiyot nazariyasi tavsiyalari mikrodarajadagi siyosatda ham
qo‘l keladi, bu firmalarga to‘g‘ri strategik (kelajakni ko‘zlagan) yo‘lni
tanlash imkonini beradi. Masalan, nazariyadagi diversifikatsiya
g‘oyasi kapitalni bir vaqtning o‘zida turli sohalarga joylashtirish
zarurligini bildiradi. Kapitali katta firmalar shunga amal qilgan-
larida bir sohadan ko‘rilgan zarar, boshqa sohaga qo‘yilgan kapital
keltirgan foyda hisobidan qoplanib turadi.
Nazariyaning yana bir amaliy ahamiyati shundaki, bu fan
iqtisodiyotning sir-asrorlarini ochib berar ekan, undan xabardor har
bir kishi iqtisodiyot qoidalariga amal qilsa, bundan faqat naf ko‘radi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanining vazifalari
Iqtisodiyotning
sir-asrorlarini
o‘rganish, ularni
ommaga yetkazib,
uning iqtisodiy
bilim saviyasini
oshirish
Boshqa iqtisodiy fanlarga
ilmiy-uslubiy asos
bo‘lib xizmat qilish.
Boshqa fanlar iqtisodiy
nazariya asoslab
bergan kategoriya va
qonunlarga tayangan
holda o‘z predmetini
o‘rganadi. Ayni vaqtda
nazariya boshqa
fanlar xulosasiga
asoslanib, iqtisodiy
hodisalarni
umumlashtiradi
Amaliy tavsiyalar berish.
Bu tavsiyalar umumiqti-
sodiy xarakterga ega va
iqtisodiy siyosatga tegishli
bo‘ladi. Ular iqtisodiy
o‘sishni va uning sama-
radorligini oshirish, aho-
lini to‘la ish bilan
ta’minlash va uning
farovonligini oshirish,
iqtisodiyotni integra-
tsiyalash va tashqi
aloqalarni kengaytirish
kabi umumiy ahamiyatga
ega tavsiyalardir
1.9. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining tarkibi
Iqtisodiyot nazariyasi fani jamiyat iqtisodiy faoliyatini, uning
rivojlanish qonun-qoidalarini uch xil darajada o‘rganadi va shu
asosda uning tarkibi shakllanadi:
1) mikrodarajada — xonadonlar, firmalar, korxonalarning
iqtisodiy faoliyatlari o‘rganiladi;
26
2) makrodarajada — milliy iqtisodiyot, ya’ni butun bir mamlakat-
davlat darajasidagi va milliy bozordagi jarayonlar o‘rganiladi;
3) metadarajada — xalqaro miqyosdagi, ya’ni jahon xo‘jali-
gidagi yuz beradigan jarayonlar, jahon bozori o‘rganiladi.
Iqtisodiyotning har uch darajasi ham o‘zaro bog‘liqlikda
o‘rganiladi, chunki mikrodarajadagi iqtisodiy faoliyatlar yig‘ilib
yaxlitlikda makrodarajani, turli mamlakatlar, ya’ni milliy iqtiso-
diyotlar yig‘indisi metadarajani — jahon iqtisodiyotini yuzaga
keltiradi. Bu turli darajadagi iqtisodiyotlar o‘rganilganda, ularning
har biriga xos qonun-qoidalari alohida ko‘rib chiqiladi va jahon
bozoridagi ularning o‘rni aniqlanadi.
1.10. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani va zamonaviy yangicha
iqtisodiy ong, tafakkurning rivojlanishi
Bozor iqtisodiyoti har bir inson oldiga oddiy, ammo qattiq talab
qo‘yadi: farovon yashash uchun samarali mehnat qilish zarur. Iqtisodiy
faoliyat hammaga, uning sir-asrorlarini yaxshi bilishni zarur qilib
qo‘yadi. Hozir buni anglamaganlar keyin pushaymon bo‘lishadi.
Shuning uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani oldida ikki vazifa turadi:
• birinchisi, kishilarga iqtisodiyotning sir-asrorlarini o‘rgatib,
ularning iqtisodiy savodini chiqarish, kishilarning bilim saviyasini,
ya’ni ongini oshirish;
• ikkinchisi, iqtisodiyotga oid amaliy qoidalarni ayrim kishilar,
oilalar, firmalar va davlat xizmatchilari e’tiboriga yetkazish. Bular
vaziyatga qarab qanday iqtisodiy yo‘l tutish, harakat qilish, iqtisodiy
vositalardan qanday foydalanish, iqtisodiy manfaat yo‘lida nimalar
qilish kerakligi haqida tavsiyalar berishdir.
Insonning iqtisodiy sa’y-harakatlari negizida hamisha muayyan
qonun-qoidalar yotadi. Shu bois ularni bilishga intilish qadimdan
mavjud. Kishilar asrlar davomida iqtisodiy hodisalarni kuzatib,
ularni umumlashtirgan holda turli fikr-mulohazalar, ilmiy qarash-
larni olg‘a surishgan. Bu qarashlar va fikrlar jamlana borib, iqtiso-
diyot ilmi yuzaga kelgan. Qur’oni karim, Hadisi sharifda, ajdod-
larimiz bo‘lmish buyuk allomalar asarlarida iqtisodiyot qonun-
qoidalariga, tartiblariga oid ilk va ajoyib fikrlar mavjud, G‘arbiy
Yevropada yashab o‘tgan mutafakkirlar ham iqtisodiyot ilmiga
ulkan hissa qo‘shishgan.
Ayniqsa, XX asrga kelib iqtisodiyot ilmiga e’tibor g‘oyatda
kuchaydi. Jahonning buyuk tabiatshunos olimlari, madaniyat
27
arboblari qatorida bir necha taniqli iqtisodchi olimlarga iqtisodiyot
sohasidagi ulkan kashfiyotlari uchun xalqaro Nobel mukofoti
berilgani ham buning yaqqol dalilidir.
Iqtisodiy bilimlarning hayotda asqatishi turgan gap. XX asrning
atoqli iqtisodchi olimi, Nobel mukofoti sovrindori Milton Fridmen
(AQSH)ning yozishicha, iqtisodiyot ilmining qoidalarini bir bet
qog‘ozga yozib sig‘dirish mumkin, ammo shunga qaramay, uni
juda kam kishi tushunadi. Demak, iqtisodiyotni bilish uchun uni
qunt bilan o‘rganish kerak.
Hamma zamonlarda ham iqtisodiy bilimlar kishilarga zarur
bo‘lgan, chunki iqtisodiyot bilan har xil darajada bo‘lsa-da, hamma
shug‘ullanadi. Kishilar faqat bugungi kun bilan emas, balki kelajak
bilan ham yashaydilar. Iqtisodiyot ilmi esa shu kun hodisalarini
tushuntirish bilan cheklanmaydi, balki kelajakni ham anglashga
ko‘mak beradi. Masalan, hozirgi O‘zbekiston iqtisodiyoti jahon
xo‘jaligining bir qismi ekan, uning iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar
mamlakatimizni ham chetlab o‘tmaydi. Shu bois tashqi iqtisodiy
muhitning mamlakatga ta’siri kuchayib borayotgan sharoitda qanday
faoliyat lozimligini oldindan ko‘ra bilish talab qilinadi, uni esa
iqtisodiy bilimlar bilan qurollangan holda to‘g‘ri hal etish mumkin.
Iqtisodiy hayotning inson har qadamda duch keladigan g‘oyat
murakkab o‘z tartibi, tamoyillari va qoidalari ko‘p. Iqtisodiyot
tartiblanib tursa-da, tasodiflardan xoli emas. Bu tasodiflarni ham
hisobga olib ish yuritish ko‘p hollarda muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Masalan, iqtisodiy xatar hodisasini olaylik. Unga faqat tadbirkorlar
emas, balki oddiy fuqaro, hatto mamlakatlar ham duch keladi. Ishchi
va xizmatchining ishsiz, binobarin, daromadsiz qolish, bozorda aldanib
qolish xatari bor, firma ishi yurishmay zarar ko‘rishi va xonavayron
bo‘lishi, mamlakat esa daromad topa olmay qarzga botib qolishi
mumkin. Iqtisodiyotning qonunlari, tamoyillari va qoidalari qanchalik
chuqur egallansa, shunchalik xatarga kam yo‘liqish, yo‘liqqan taqdirda
ham undan kam talafotlar bilan chiqish mumkin.
Jamiyatimiz hayotida iqtisodiy bilimlarning ahamiyati va o‘rni
tobora ortib bormoqda, shuni hisobga olib O‘zbekistonda ham
keng ommaning iqtisodiy ongini, iqtisodiy tafakkurini yanada
yuksaltirish yuzasidan maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan,
ularning bajarilishi esa hukumat darajasida nazorat qilinadi. Bu
dasturlarga ko‘ra, maktablardan boshlab, litseylar, kollejlar, oliy
o‘quv yurtlari va ulardan keyingi ta’lim tizimlarida ham iqtisodiy
savodxonlikni oshirish chora-tadbirlari belgilangan.
28
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish
jamiyat hayotining asosi;
• iqtisodiy munosabat subyekti;
• asosiy subyektlar;
• iqtisodiy qonunlar;
1. Nima uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jamiyat hayotining asosi
hisoblanadi?
2. Iqtisodiy resurslar nima va ularning cheklanganligini qanday tushunasiz?
3. Iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy hodisa nima?
4. Ishlab chiqarish omillari nimalardan iborat?
5. Mehnat unumdorligi nimaligini tushuntirib bering.
6. Iqtisodiy munosabatlar o‘z ichiga qanday unsurlarni oladi?
7. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining predmeti nima?
8. Iqtisodiy munosabat obyekti nima?
9. Iqtisodiy munosabat subyekti kimlar?
10. Iqtisodiy tizimlarning asosiy belgilari nimalardan iborat?
11. Iqtisodiy qonunlar ta’rifini ayting va qanday iqtisodiy qonunlar bor?
12. Iqtisodiy kategoriyalar nima va ularning ta’rifini bayon eting.
13. Ilmiy bilish usullari deganda nimalarni tushunasiz?
14. Miqdoriy tahlilni tavsiflang.
15. Matematik tahlil usulini tushuntirib bering.
16. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni grafik usulda ko‘rsatib bering.
17. Iqtisodiyot nazariyasining funksiyalarini aytib bering.
18. Iqtisodiy ong, iqtisodiy tafakkur deganda nimalarni tushunasiz?
19. O‘zbekistonda iqtisodiy bilimlarni o‘rgatish xalqimizga qanday naf kelti-
rishi mumkin?
20. Iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun kimlar Nobel muko-
fotiga sazovor bo‘lgan?
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
• iqtisodiy kategoriyalar;
• yalpi milliy mahsulot (YMM);
• yalpi ichki mahsulot (YIM);
• sof mahsulot;
• milliy daromad.
29
2-bob. BOZOR TUSHUNCHASI, UNING
MOHIYATI VA VAZIFALARI
2.1. Bozor tushunchasi
Bozor jamiyat taraqqiyotining mahsuli sifatida, ya’ni jamiyat
a’zolari o‘rtasida mehnat taqsimotining rivojlanishi, kengayib,
chuqurlashib borishi natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulot
turining ko‘payishi hamda bu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlarning
paydo bo‘lishi va ularni almashtirish zaruriyati tufayli kelib chiqqan
hodisadir. Òovar ishlab chiqarish — bozor iqtisodiyotining asosidir.
Bozor tushunchasi va uning talqin qilinishida turli yondashuvlar
mavjud:
• Klassik yondashuv — bozor sotuvchi va xaridorning uchra-
shadigan joyi. Xaridorlar bilan sotuvchilar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar,
ularni bir-biriga bog‘lovchi vosita, bu baho signallarining markaz-
lashmagan mexanizmiga asoslangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilarning birgalikdagi harakat qilish usulidir.
• Neoklassiklar yondashuvi — bozor talab va taklifini bir-biri
bilan bog‘lovchi vosita.
• Institutsional yondashuv — bozor iqtisodiyot subyektlarining
faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish usuli, jumladan,
F.Xayek fikricha, birdaniga yoki o‘zini o‘zi tartibga soladigan
xo‘jalik tartibidir, deb qaraladi.
Yuqorida keltirilgan yondashuvlardan kelib chiqqan holda
bozorni — sotuvchi va oluvchiga o‘z xohish-irodasini erkin namo-
yon etib, muvozanat bahoning shakllanishi, ikki tomon manfaat-
larining mos kelishini ta’minlashga imkon, shart-sharoit yaratib
beruvchi iqtisodiy tizim deb qarash mumkin.
Bozor tizimining muhim jihati shundan iboratki, u tabiat va
jamiyatimizdagi mavjud, lekin cheklangan resurslar sharoitida
aholining tez o‘sib borayotgan ehtiyojlarini kam mehnat, kam
xarajat sarflagan holda to‘laroq qondirish imkonini beradi.
Bozor tizimi va undagi sodir bo‘ladigan munosabatlar murakkab
va ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni tahlil qilishda quyidagi asosiy
tamoyillarga tayanilgan holda yondashish kerak.
30
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillari:
• mulk shakllarining turlichaligi, ayniqsa, xususiy mulkchilik
jamiyatda asosiy o‘rinda bo‘lishi;
• tadbirkorlik erkinligining ta’minlanganligi, ya’ni iqtisodiy
qarorlarni qabul qilishda o‘z manfaatini ustuvor qo‘ya olishi;
• ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning teng huquqliligini
ta’minlash mexanizmining mavjudligi;
• shaxs va jamiyat manfaatlarining muvofiqligini ta’minlash;
• raqobat kurashi mexanizmiga asoslanish. Bozor munosabat-
larining obyektiv iqtisodiy qonunlari harakatlarini hisobga olib
ish yuritish;
• ijtimoiy tengsizlik, ya’ni bozor iqtisodiyotida ayrim faol
subyektlar bilan faol bo‘lmaganlar o‘rtasida daromadlarning notekis
taqsimlanishi;
• davlatning iqtisodiy funksiyasi ijtimoiy yo‘naltirilganligi va
boshqalar.
Endi bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyili bo‘lgan xususiy
mulkka tavsif beradigan bo‘lsak, u bozor iqtisodiyoti munosabat-
larining samarali ishlashini ta’minlovchi asosiy omil hisoblanadi.
Chunki bozor munosabatlari sharoitida faqat xususiy mulk egasi
erkin fikrlay olishi, o‘z mulkidan o‘zi xohlagancha foydalanishi,
tadbirkorlik faoliyatining xohlagan turini tanlab shug‘ullanishi
mumkin bo‘ladi. Mulkchilik munosabatlari jamiyatdagi boyliklarni
ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol, o‘zlashtirish
bo‘yicha bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy jihatlari
Mulk ikki xil jihatga ega:
1. Mulk — iqtisodiy kategoriya sifatida iqtisodiy munosabat-
larning obyektidir. Mulkiy munosabatlar jamiyatdagi mavjud
bo‘lgan juda ko‘p munosabatlar ichida eng asosiysi va muhimi
hisoblanadi. Bu munosabat kishilarning moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish, taqsimlash va o‘zlashtirish yuzasidan vujudga keladigan
iqtisodiy xatti-harakatlari, aloqalaridan iborat bo‘ladi.
2. Mulk — huquqiy kategoriya sifatida mulk egalari va boshqa
kishilar o‘rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabat obyektidir.
Amerikalik professor R. Kouz «mulk huquqi nazariyasi»ni
ishlab chiqdi va ushbu ilmiy ishi uchun Nobel mukofotiga sazovor
bo‘ldi. Olimning fikriga ko‘ra, mulk mustaqil harakat qilmay,
mulk huquqining tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning nazariyasiga
31
muvofiq, mulk mutlaq tushuncha bo‘lmay, bir qancha huquq
tizimining yig‘indisidan iborat bo‘lib, shu huquq tizimlari
tomonidan tartibga solinadi va o‘zini namoyon qila oladi.
Mulk huquqi tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Egalik huquqi.
2. Foydalanish huquqi.
3. Boshqarish huquqi.
4. Daromad olish huquqi.
5. Sotish, o‘zgartirish, yo‘q qilish huquqi.
6. Mulk xavfsizligi huquqi (musodaradan himoya qilish).
7. Vasiyat qilish va meros qoldirish huquqi.
8. Mol-mulkka muddatsiz egalik qilish huquqi.
9. Atrof-muhitga zarar keltirishdan foydalanishni man etish
huquqi.
10. Undirish huquqi (qarzlarni).
11. Mulkni qaytarish vakolati huquqi (foydalanish muddati
tugagandan so‘ng) kabilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy qarorlar qabul qilishda
mulk egasining erkinligi muhim rol o‘ynaydi. Mulkdor o‘z
ixtiyoriga ko‘ra, o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qiladi, undan
foydalanadi va tasarruf etadi.
Mulkchilik iqtisodiy, yuridik kategoriya
sifatida uch ajralmas jihatga ega
Bu mulkdorlik
huquqining mol egasi
qo‘lida saqlanib
turishidir. Egalik
sharoitida mulk
hisoblangan boylik
qisman o‘zlashtiriladi.
Mulkka egalik
saqlangan holda
ishlatish o‘zga qo‘lda
bo‘ladi (masalan,
ijaraga berish).
Bu mulk hisoblangan
boylik taqdirining
mustaqil hal etilishi.
Bu mulkni sotib
yuborish, ijaraga
berish, merosga
qoldirish, asrab-avaylab
ko‘paytirish kabi
faoliyatlardir.
Bu mulk hisoblangan
boylikni iqtisodiy
faoliyatda qo‘llab va
xo‘jalik jarayoniga
kiritib, undan natija
olishdir. Foydalanish
yuz berganda boylik
daromad topish yoki
shaxsiy ehtiyojni
qondirish uchun
ishlatiladi.
Egalik jihat
Tasarruf etish
Foydalanish
32
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining muhim sharti erkin raqobat
hisoblanadi. Buning uchun davlat bozor iqtisodiyotining asosiy
qonunlaridan biri bo‘lgan raqobat uchun ma’lum me’yoriy hujjatlar
qabul qilish yo‘li bilan shart-sharoit yaratib berishi kerak bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti tizimi shunday xo‘jalik tizimiki, u individ-
larning erkin hamkorligiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar
va iste’molchilarning to‘g‘ridan to‘g‘ri erkin tovarlarning oldi-
sotdisiga asoslangan. Bozor iqtisodiyoti tizimining ijobiy va salbiy
jihatlari qisqacha tavsifini quyidagi jadval asosida ko‘rish mumkin:
2.2. Bozorning iqtisodiyot uchun ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari asosida o‘z iqtisodiyotini
tashkil etgan barcha mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki,
bu tizim iqtisodiyotning oldiga qo‘ygan asosiy vazifalarini muvaf-
faqiyatli hal etish imkoniyatiga ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosiy muammolari, bu, eng
avvalo, nima ishlab chiqarish va qancha ishlab chiqarish zarurligini
bilishdir. Qanday ishlab chiqarish zarur va kim uchun ishlab
chiqarish zarur kabi savollarga javob topishdan iboratdir. Bozor
iqtisodiyoti bu savollarga javob bera oladi. Bu javoblar bozor
iqtisodiyotining mazmun va mohiyatini o‘zida ifodalaydi.
Bozor tizimida mulk-
chilik shaklining
asosini xususiy mulk
tashkil etadi
Xo‘jalik subyektlari-
ning erkinligi ta’-
minlangan bo‘ladi
Iqtisodiy hayotda
tanlov erkinligining
mavjudligi bilan xa-
rakterlanadi
Iqtisodiy aloqalar
ishtirokchilarining
shaxsiy manfaatdor-
ligi ta’minlanadi
i
f
i
s
v
a
t
n
a
g
l
i
r
i
t
h
s
a
l
m
u
m
u
a
q
s
i
q
g
n
i
n
i
m
i
z
i
t
i
t
o
y
i
d
o
s
i
t
q
i
r
o
z
o
B
i
r
a
l
i
g
l
e
b
y
i
s
o
s
A
i
r
a
l
n
o
m
o
t
y
i
b
o
j
I
i
r
a
l
n
o
m
o
t
y
i
b
l
a
S
-
a
r
a
m
a
s
a
v
k
i
l
r
o
k
r
i
b
d
a
T
i
d
a
l
i
r
i
t
n
a
l
t
a
b
‘
g
a
r
k
i
l
r
o
d
a
d
i
s
a
t
r
‘
o
i
r
a
l
o
z
’
a
t
a
y
i
m
a
J
r
a
l
q
r
a
f
n
a
d
t
a
h
i
j
y
i
d
o
s
i
t
q
i
b
i
y
a
h
c
u
k
a
v
i
d
a
q
i
h
c
b
i
l
e
k
i
d
a
r
o
b
l
‘
o
b
k
a
r
e
k
a
v
z
i
s
a
r
a
m
a
S
-
h
s
i
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
n
a
g
a
m
i
d
a
r
a
q
s
i
q
a
d
h
s
i
n
a
l
j
o
v
i
r
y
i
d
o
s
i
t
q
I
i
d
a
r
u
t
b
i
l
‘
o
b
k
i
l
r
o
r
a
q
e
b
-
a
n
t
a
n
h
e
m
r
a
l
d
a
m
o
r
a
D
i
l
t
a
l
o
d
a
,
a
r
‘
o
k
a
g
i
r
a
l
a
j
i
t
i
d
a
n
a
l
m
i
s
q
a
t
-
l
‘
o
b
r
u
r
a
z
n
u
h
c
u
t
a
y
i
m
a
J
n
u
h
c
u
r
o
k
r
i
b
d
a
t
n
i
k
e
l
,
n
a
g
r
a
l
t
o
l
u
s
h
a
m
z
i
s
a
d
y
o
f
i
d
y
a
m
l
i
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
-
u
h
r
o
v
u
t
s
u
i
h
c
l
o
m
’
e
t
s
I
i
h
c
l
o
m
’
e
t
s
i
,
a
g
e
a
q
q
u
q
-
o
m
a
t
n
a
g
e
d
q
a
h
o
m
i
o
d
d
u
j
v
a
m
l
i
y
n
o
s
n
i
a
d
t
a
y
i
l
o
a
f
y
i
d
o
s
i
t
q
I
n
a
g
t
o
y
a
l
i
r
i
t
l
e
k
a
g
t
a
i
b
a
t
a
v
k
i
l
z
i
s
r
o
b
i
t
’
e
a
g
r
a
l
r
a
r
a
z
i
d
a
l
a
r
a
q
n
a
l
i
b
33
Nima ishlab chiqarish zarurligini har qanday ishlab chiqaruvchi,
eng avvalo, zarar ko‘rmaslik va foyda olish qoidasiga amal qilgan
holda bozordagi talabni o‘rganadi va faqat foyda keltirishi mumkin
bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Zarar keltiradigan
tovarlar ishlab chiqarilmaydi. Foyda olish yoki olmaslikni ikki narsa
o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi, ya’ni tovarini sotishdan olinadigan
umumiy daromad va ishlab chiqarishga qilingan umumiy xarajat.
Mahsulotning foyda yoki zarar keltirishini taqozo qiluvchi
talabni iste’molchi belgilaydi, bu esa korxonaning nima ishlab
chiqarish masalasini erkin tanlash imkoniyatini cheklaydi. Bozorda
faqat iste’molchi talabiga mos tovarlarni ishlab chiqaruvchilar foyda
olib ishlashi mumkin bo‘ladi.
«Qanday ishlab chiqarish zarur?» savoliga ham bozor iqtiso-
diyoti javob beradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan
bo‘ladi, u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, resurslar
tarkibi o‘zgarishiga mos ravishda o‘zgaradi. Iste’molchi didining
o‘zgarishi, ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyaning
qo‘llanilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining o‘zgarishi oqiba-
tida taklif qilinayotgan tovarlar eskirishi va samarasiz bo‘lib qolishi
mumkin. Bozor iqtisodiyoti bu o‘zgarishlarga moslasha olish imko-
niga egadir. Chunki bozor iqtisodiyoti texnik taraqqiyotga tayanib
ish olib boradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib
keluvchi texnologiyalarni qo‘llash, tadbirkor korxonaning o‘z raqo-
batchilari oldidagi ustunligini ta’minlaydi. Natijada ishlab chiqarish
xarajatlarining pasayishi foydaning ko‘payishiga olib keladi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti har bir tadbirkor korxonaning
yuqori foyda olib ishlashini ta’minlaydi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, bozor iqtiso-
diyotining bir qator afzalliklari mavjuddir. Jumladan, bozor tizimi
mavjud resurslarni samarali taqsimlash va undan maqsadga muvofiq
foydalanishni ta’minlashga majbur qiladi. Chunki raqobatli bozor
tizimi sharoitida ishlab chiqaruvchi resurslarni ma’lum xarajatlar bilan
sotib oladi va bozordagi talabga asoslanib jamiyat uchun zarur bo‘lgan
tovarlarni ishlab chiqaradi. Bozor tizimi shaxsiy manfaatni jamiyat
manfaati bilan mutanosiblashtirish imkoniyatiga ega.
Bozor iqtisodiyotining yana bir muhim afzalliklari shundan
iboratki, u ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchilarning to‘la erkin-
ligini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyili bo‘lgan
ixtiyoriy hamkorlik iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan
muvofiqlashtirishga erishish imkonini beradi. Bozor iqtisodiyoti
34
tadbirkorlik va tanlash erkinligi orqali samaraga erishishni
ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti xo‘jalik subyektlarini raqobat kurashi orqali
mahsulot tannarxini uzluksiz kamaytirib borishga, tovarlar sifatini
yanada yaxshilashga harakat qilishga majburlaydi. Bu yo‘l bilan bozor
tadbirkorlarni xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik qilmasdan raqobatga
bardosh berishga va doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun
kurashga o‘rgatadi. Natijada bozor iqtisodiyoti jamiyat a’zolarini
o‘z qo‘llaridagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga, tinimsiz
izlanishlar orqali yangi-yangi tovarlar va xizmatlar turlarini bozorga
taklif qilishlari bilan iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlash, aholi
turmush darajasini oshirishga erishiladi.
2.3. Bevosita va bilvosita bozor aloqalari.
Bozor obyektlari va subyektlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’mol-
chilar o‘rtasidagi aloqalar bevosita erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslangan holda amalga oshadi. Chunki bu aloqalarning negizida
tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, iqtisodiy mono-
polizm bo‘lmaydi. Oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo‘lgan xizmatlar
bajariladi. Har bir shaxs yoki tadbirkor o‘zi ishlab chiqargan tovar
yoki xizmat turini sotadi va o‘ziga kerakli bo‘lgan tovarlarini sotib
oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor subyektlari bir-birlarini
ko‘rmasliklari ham mumkin. Ular vositachilar orqali savdoni
amalga oshirishi ham mumkin, bu holatda bilvosita bozor aloqalari
sodir bo‘ladi.
Bozor obyektlari juda keng qamrovli bo‘lib, bozor subyektlari
o‘rtasidagi munosabatlar nimaga qaratilgan bo‘lsa, ana shular bozor
obyekti hisoblanadi. Masalan, iste’mol tovarlari, ishlab chiqarish
vositalari, ishchi kuchi, axborot, moliya, valuta va resurslar, xiz-
matlar bozori kabilar bozor obyektlarini tashkil etadi.
Bozor subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlari erkin, mustaqil
ravishda yuz beradi. Bu aloqalar tovar-pul mexanizmi orqali bir-
biriga bog‘lanib, butun tizimni, ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash,
taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarida asosan quyidagi uch
subyekt ishtirok etadi:
1. Uy xo‘jaliklari iqtisodiyotda qatnashuvchi subyekt sifatida,
asosan, yaratilgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni iste’mol
35
qiluvchilar hamda ishchi kuchlarini yetishtirib beruvchilar bo‘lib
ko‘rinadilar. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xo‘jaliklari
doirasida moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish sohalarida ham keng faoliyat olib boradilar.
Ma’lumki, bozor sharoitida uy xo‘jaliklari o‘z ixtiyorida bo‘lgan
mulklari asosida turli tashkiliy-huquqiy shakllarda oilaviy tad-
birkorlik tashkil qilishib, bozorga turli xil tovarlar hamda xizmatlar
taklif etishmoqda. Bu holat uy xo‘jaliklari bozorning eng faol va
asosiy subyekti ekanligini ko‘rsatadi.
2. Òovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar, ya’ni
turli korxonalar, firmalar va boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi
subyektlardir. Ular, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida
ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilardir.
Ular iqtisodiyotning asosiy, birlamchi bo‘g‘ini hisoblanadilar.
Ular o‘z kapitallari yoki qarz olingan kapital asosida ish yuritadilar
va undan olingan daromad evaziga faoliyatlarini kengaytirish orqali
iqtisodiyotning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadilar.
3. Davlat bozor munosabatlari subyekti sifatida foyda olishni
maqsad qilib qo‘ymagan, lekin iqtisodiyotni tartibga solish
vazifasini amalga oshiradigan ishtirokchi hisoblanadi. Shu bilan
bir qatorda davlat bozorda davlat mulki asosida faoliyat yurituvchi
korxona tovarlari va boshqa har xil budjet tashkilotlari hamda
muassasalari bilan ishtirok etadi. Bozor ishtirokchilari o‘rtasida
iqtisodiy munosabatlar quyidagi shaklda sodir bo‘ladi.
Resurslar bozori
Davlat
Iste’mol tovarlari
va xizmatlar hamda
ishlab chiqarish
vositalari bozori
Uy xo‘jaliklari va
oilaviy biznes
Tovar ishlab chiqa-
ruvchilar
va xizmat
ko‘rsatuvchilar
Iste’mol tovarlari va resurslar bozorida subyektlar o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatlar sodir bo‘lish shakli
36
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, bozorning asosiy ishtirokchilari
bo‘lgan tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsatuvchilar,
uy xo‘jaligi va davlat, iste’mol tovarlari va xizmatlar, ishlab chiqa-
rish vositalari hamda resurslar bozoriga o‘z tovarlari va xizmatlarini
sotishga olib chiqadilar, shuningdek, ular shu bozorlardan o‘zlari
uchun tovarlar, xizmatlar ham sotib oladilar. Bu jarayonda alohida
ko‘rsatib o‘tish kerakki, oila asosiy iste’molchi bo‘lishi bilan birga
resurs bozoriga ishchi kuchlarini, ya’ni mehnat resurslarini yetkazib
beradi. Davlat ham alohida o‘rin egallaydi, chunki tabiiy resurslar
asosan uning qo‘lida, shuning uchun davlat ko‘proq resurs bozorida
qatnashadi. Davlat bozor sirkulatsiyasida (aylanmasida) faol
ishtirok etuvchi subyekt hamda bu munosabatlarning tashkiliy
shart-sharoitlarini yaratuvchisidir.
2.4. Òartibsiz va tartiblangan bozor belgilari
Bozor iqtisodiyoti jamiyatda tovar-pul munosabatlarining uzoq
yillar davomida rivojlanishi natijasida vujudga kelgan va nihoyat hozirgi
holatdagi bozor iqtisodiyoti shakllangan. Hozirgi iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlar ana shu uzoq davrlarni, rivojlanish bosqich-
larini bosib o‘tgan. Shuning uchun ham iqtisodiy adabiyotlarda
bozor iqtisodiyoti tarixan ikki bosqichni bosib o‘tganligini ta’kidlashadi
va uning birinchi bosqichini — asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti
deb atashadi. Uning ba’zi bir belgilari hozir ham uchrab turishini
ko‘rsatishadi. Uning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
• xususiy mulkning faqat alohida ozchilik shaxslar qo‘lida
bo‘lishi;
• iqtisodiyotning tartibsiz rivojlanishi, mulk egalarining taqsimot
munosabatlarida mutlaq hukmronligi;
• bozorda tovar ishlab chiqaruvchilar ko‘proq tavakkal qilib
qatnashuvi, ya’ni bozor talabini aniqlashning qiyinligi;
• bozorda raqobatning g‘ayriqonuniy usullari hukmronligining
mavjud bo‘lishi;
• xo‘jalik subyektlarining sherikchilik aloqalari rivojlanma-
ganligi;
• iqtisodiyotni boshqarishda davlatning roli pastligi yoki umu-
man aralashmasligi;
• iqtisodiy tangliklar va bo‘hronlarning tez-tez takrorlanib turishi;
• jamiyatning o‘ta boy va o‘ta kambag‘allarga ajralib, tabaqa-
lanib ketishi natijada sinfiy kurashning kelib chiqishi.
37
Yuqorida keltirilgan belgilarga asoslanib, bu iqtisodiyotni
ko‘pchilik olimlar tartibsiz yoki yovvoyi bozor deb ham ataydilar.
Lekin bu yovvoyi deb atalmish bozor iqtisodiyoti jamiyat taraq-
qiyoti jarayoni davomida u bilan birgalikda tartibga solinadigan
yoki madaniylashgan bozor iqtisodiyotiga aylanib bordi.
Òartibga solinadigan madaniylashgan bozor iqtisodiyotining
ham o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
• xususiy mulk bilan bir qatorda boshqa mulk shakllari ham
mavjud bo‘ladi;
• iqtisodiyot, eng avvalo, xo‘jalik yurituvchilar tomonidan
ma’lum rejalar asosida olib boriladi va bozor tartib-qoidalari asosida
tashkil etiladi;
• bozordagi talabga ishlab chiqaruvchilar moslashadi, bozordagi
noma’lumlik kamayadi;
• bozorda raqobat kurashi qoidalariga rioya qilinishi ta’minlanadi;
• bozor subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli sherikchilik alo-
qalari mavjud bo‘ladi;
• iqtisodiyot davlat tomonidan ma’lum chora-tadbirlar, ayniqsa,
moliyaviy mexanizmlar orqali tartibga solinadi;
• iqtisodiyotning tartiblanishi, o‘z navbatida, iqtisodiy inqiroz-
lar yuz berishining oldini oladi, inqirozlar yuz bergan hollarda
esa uni tezroq bartaraf etish mumkin bo‘ladi;
• iqtisodiy rivojlanish jamiyat a’zolarining turmush farovonligi
oshib borishini ta’minlaydi;
• iqtisodiyotning ijtimoiyligi ko‘proq namoyon bo‘ladi, omma-
viy farovonlik ta’minlanadi;
• jamiyat a’zolari o‘rtasidagi iqtisodiy tabaqalanish chegarala-
nadi, iqtisodiy jihatdan o‘rtahol aholi ko‘payib, asosiy sotsial
qatlamga aylanadi. Natijada jamiyatda sotsial muvozanat barqaror-
lashadi, sotsial ziddiyatlar kelib chiqmaydi.
2.5. Bozor orqali ishlab chiqarish va iste’molning bog‘lanishi,
qiymatning tovar shaklidan pul shakliga o‘tishi
Bozorning asosiy vazifalaridan biri, bu, eng avvalo, ishlab
chiqaruvchilar bilan iste’molchilarni bir-birlari bilan bog‘lashdan
iboratdir. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan
tovarlar va xizmatlarni iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida bu vazifani bozor bajaradi. Bozor ishlab
chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, natijada ishlab
chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisiga yetkaziladi. Bu yerda
38
bozor vositachi rolini bajaradi. Bozorda ishlab chiqaruvchi tomonidan
yaratilgan tovar qiymat shaklidan pul shakliga aylantiriladi. Natijada
tovar ishlab chiqaruvchi alohida kishilar mehnatining bozor, ijtimoiy
zaruriy mehnat sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi va tovarning
bozor qiymati kelib chiqadi. Bozor bu bilan jamiyatda ishlab
chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozor iqtisodiy resurslarning erkin harakatini ta’minlashning
eng maqbul vositachisi hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish
yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning
pulga aylanishi zarur. Bu pul esa ishlab chiqarishning yangidan
takrorlanib turishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarni, ya’ni
ishlab chiqarish qurollari, vositalari hamda xomashyo kabilarni
sotib olish uchun kerak. Bozor bu yerda vositachi rolini o‘ynab,
ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish
va bu jarayonning uzluksiz davom etishini ta’minlashga eng qulay
sharoit yaratib beruvchi tizim bo‘lib xizmat qiladi.
Bozor bu jarayonda iqtisodiy resurslarning va boshqa ne’matlar-
ning erkin harakatini, ularning iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida
oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi. Iste’molchilar ham bozorga
o‘zlarining u yoki bu tovarga bo‘lgan talablarini qondirish uchun
chiqadilar. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsa-
tuvchilar taklif etgan ne’matlarni ularga erkin tanlov va maqbul
narxlarda sotib olish imkonini yaratib beradi. Bozor orqali ishlab
chiqarish va iste’molning bog‘lanishi, qiymatning tovar shaklidan
pul shakliga o‘tishi sodir bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini ham mukam-
mal bajarib bera oladi. Chunki bozor bu vazifani talab, taklif,
raqobat va baho kabi iqtisodiy kategoriyalar orqali amalga oshiradi.
Òalab va taklif kategoriyasi esa bozorga nima, qancha miqdorda
va qaysi vaqtda kerakligini aniqlab beradi. Bozor shu yo‘l bilan,
eng avvalo, baho vositasida iqtisodiy resurslarning turli tarmoqlar
o‘rtasida to‘g‘ri va oqilona taqsimlanishida ishtirok etadi.
2.6. Erkin, monopol raqobatli, oligopolistik
va sof monopoliya bozorlari
Bozor tizimiga va bozor munosabatlarining to‘laqonli xarak-
terda namoyon bo‘lishiga quyidagi mezonlar orqali baho beriladi:
bozor subyektlarining huquqiy holati, bozor obyektlarining ko‘lami,
bozor munosabatlarining miqyosi, bozor aloqalarining qonuniyligi,
bozor raqobatining mavjudligi kabilar.
39
Bozor iqtisodiyoti tizimi individlarining erkin hamkorligiga,
mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning va iste’molchilarning
to‘g‘ridan to‘g‘ri erkin kelishuvi asosida tovarlarning oldi-sotdisiga
asoslangan tizimdir.
Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko‘ra, bozorni ikki turga ajratish
mumkin:
• erkin, mukammal raqobatli bozor;
• nomukammal raqobatli, monopollashgan bozor.
Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib,
ulardan hech biri hukmron mavqega ega bo‘lmaydi va doimo
raqobatda bo‘lishadi. Bozor ishtirokchilarining aloqasi erkin oldi-
sotdi munosabatiga asoslanadi. Bu bozorda raqobat hukmron
bo‘ladi, narxlar erkin savdolashuv asosida tashkil topadi. Xaridor
va sotuvchi munosabati biron erkin iqtisodiy tanlov asosida vujudga
keladi, ularning manfaatlari bir-biriga mos tushadi. Misol qilib
mamlakatimizda tashkil qilingan bozorlarni ko‘rsatish mumkin.
Bu bozorlarda har qanday xaridor yoki sotuvchi kim nimani
sotish, kimdan nimani olish, qanday narxda olishni o‘zaro savdo
qilish orqali ma’qul bahoga kelishilgan holda amalga oshiradi.
Monopol bozor deb ozchilik sotuvchilar va xaridorlar hukmron
bo‘lgan, tovar va xizmatlar bahosi sotuvchilar tomonidan o‘rna-
tilgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman bo‘lmaydigan
bozorga aytiladi.
Monopollashgan bozor, o‘z navbatida, to‘rt xil bo‘ladi:
• Monopol raqobatli bozor — ko‘p sonli monopollashgan kor-
xonalar bozorni o‘z qo‘lida tutib o‘zaro raqobatlashsa-da, bu yerda
raqobat cheklangan bo‘ladi, ya’ni ozchilik raqobati shaklida bo‘ladi.
• Sof monopoliya bozori — bu yerda sotuvchi monopoliyasi
bo‘ladi, ya’ni xaridorlar ko‘p bo‘lgan holda sotuvchi bitta bo‘ladi.
Bunday bozorga tovarni bir tarmoqda hukmron bo‘lgan ayrim
firma yoki korxonalar yetkazib beradi. Masalan, O‘zbekistonda
yengil mashinalarni faqat bitta qo‘shma korxona bozorga chiqaradi.
Ichki bozorda ularning raqobatchilari yo‘q.
• Oligopoliya bozori — bu yerda bir emas, bir nechta, ammo
ozchilikdan iborat sotuvchilar hukmron monopoliyasi bo‘ladi. Bu
yerda ozchilik firmalar hukmron bo‘lgan bozor, raqobat faqat
sotuvchilar orasida emas, balki xaridorlar o‘rtasida ham bo‘ladi.
Bunga misol tariqasida O‘zbekistondagi sement bozorini olish
mumkin. Bozorga 5 korxona mahsulot chiqaradi. Sement xarid
qilish uchun raqobat esa xaridorlar o‘rtasida boradi.
40
• Monopsoniya bozori — bu yerda sotuvchilar ko‘p bo‘lgan
holda xaridor yagona bo‘ladi, ya’ni xaridor monopoliyasi bo‘ladi.
Bu bozor, odatda, resurslar bozorida mavjud bo‘ladi. Bunga misol
tariqasida qishloq xo‘jaligida fermerlar tomonidan yetishtirilgan
paxta va g‘alla mahsulotlari davlat tomonidan xarid qilib olinishini
keltirish mumkin.
2.7. Bozor segmenti va uning mezonlari
Bozorning bir qator o‘ziga xos segmentlari mavjud bo‘lib, har
bir segmentning o‘z xaridori bo‘ladi. Bozor segmentlari, asosan,
quyidagi belgilarga qarab ajratiladi, masalan, O‘zbekiston bozori-
ning segmentlarini tavsiflash uchun aholining xarid qobiliyati;
yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko‘rishi; kishi-
larning mehnat faoliyati; turmush tarzi; inflatsiya darajasi; bozor
infratuzilmasi kabilarni o‘rganib chiqib, uning holati ko‘rsatiladi.
Har qanday bozor o‘zining ixtisoslashgan segmentlariga ega bo‘ladi.
Jumladan, O‘zbekiston mehnat bozorining segmentlarini erkaklar,
ayollar mehnat bozori, malakali ishchilar, malakasiz ishchilar, sanoat
sohasi yoki qishloq xo‘jaligi, turli tarmoqlar uchun mutaxassislari
bo‘yicha va hokazolarga bo‘lib o‘rganish ham mumkin.
2.8. Bozorning obyekti jihatidan turlanishi
Bozor o‘z obyekti jihatidan g‘oyat xilma-xildir. Bozorga tovar
va xizmatlar, ishlab chiqarish resurslari, ko‘chmas mulk, ish kuchi,
Mehnat bozorining
segmentlari
erkaklar mehnat bozori
ayollar mehnat bozori
malakali ishchilar mehnat bozori
malakasiz ishchilar mehnat bozori
sanoat sohasi mehnat bozori
qishloq xo‘jaligi mehnat bozori
va boshqa tarmoqlar uchun mehnat bozorlari
Bozor segmentlari
41
moliya, intellektual tovarlar chiqariladi va ular bozor obyektini
yoki aniqrog‘i, u yerdagi oldi-sotdi obyektini tashkil etadi. Bozorni,
obyektiga ko‘ra, quyidaga turlarga bo‘lish mumkin:
1. Iste’mol tovarlari bozori, ya’ni kishilarning kundalik hayoti
uchun zarur bo‘lgan, ya’ni iste’mol tovarlar va xizmatlar bozoridir.
Bu bozorda keng iste’mol buyumlari, oziq-ovqat, madaniy, maishiy
va kommunal xizmatlari oldi-sotdisi amalga oshiriladi. Bu bozorda
deyarli barcha aholi ishtirok etadi. O‘zbekistonda bu bozor turli
ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: magazinlar, savdo uylari, firmalar,
supermarket, do‘konlar, oshxona, dehqon bozorlari, kiyim-kechak,
mashinalar bozorlari, novvoyxona va boshqalar.
Iste’mol bozorining o‘ziga xos katta bir tarkibiy qismi — bu
xizmatlar bozori hisoblanadi. Xizmatlar bozori ham mamlakati-
mizda juda tez rivojlanayotgan bozordir. Xizmatlar bozorining
ishtirokchilari juda ham xilma-xildir, jumladan, transport xizmati,
madaniy-maishiy xizmat, san’at, ta’lim, tibbiy xizmat va boshqa-
larni o‘z ichiga oladi.
2. Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori — ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha qurol-vositalar, resurslar
shu bozorda ulgurji savdo sifatida yuz beradi. Bu bozor, asosan,
savdo firmalari, savdo uylari, birjalar faoliyati orqali amalga
oshiriladi. Shuningdek, bu bozorda yer va boshqa ko‘chmas mulk
savdosi ham o‘tkaziladi. Bozor ishtirokchilari, asosan, ishlab chiqa-
rish korxonalari, shu resursga talabgor tadbirkorlar, resurs sotuv-
chilari bilan shartnomalar tuzadilar va iqtisodiy aloqaga kirishadilar.
Resurslar, asosan, tovar birjasida sotiladi. Òovar birjasi ulgurji
savdo bilan shug‘ullanuvchi tijorat korxonasi hisoblanadi.
Birja quyidagi savdo-sotiq operatsiyalarini amalga oshiradi:
birjada tovarlarni yetkazib berish haqida bitim tuziladi, sotiladigan
tovarlarning o‘zi emas, ularning namunasi va uni tasdiqlovchi
hujjat qo‘yiladi. Òovar birjasida tuziladigan bitimlarda kelajakda
yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham hisobga olinishi
mumkin. Bo‘lg‘usi hosil uchun savdo bitimi ilgariroq tuzilib,
tovarni yetkazib berish hosil yig‘ilganidan keyin yuz beradi. O‘zbe-
kistonda ham birja savdosi tez rivojlanayotgan soha sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Birja uyushgan bozor hisoblanib, bu yerdagi savdo-
sotiq operatsiyalari belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Òaraqqiy etgan
mamlakatlarda birjalar har xil mollar bilan savdo qilsa, ixtisos-
lashgan birjalar ayrim tovarlarning turlarini, ya’ni metall, don,
paxta, yog‘och va hokazo tovarlarni sotishlari mumkin.
42
3. Ish kuchi yoki mehnat bozori — turli adabiyotlarda ish kuchi
yoki mehnat bozori deb ham nomlanadi. Bu bozorda, asosan, ishchi
kuchlari bilan oldi-sotdi qilinadi. Ish kuchi maxsus tovar bo‘lgani
uchun uning bozori o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ish kuchi insonning
mehnat qila olish qobiliyatidir. Ish kuchi sotilganda, aslida uning
mehnat qilish qobiliyati sotiladi va olgan odam esa uning ana shu
qobiliyatini sotib oladi. Lekin ish kuchi o‘z egasi bilan birga qoladi,
chunki uni inson jismidan ajratib bo‘lmaydi. Mehnat bozori mehnat
birjalarida yoki ishchi yollovchi vositachi firmalardan va, nihoyat,
kishilarni bevosita ishga jalb etuvchi korxonalarning o‘zidan iborat.
4. Moliya bozori ham hozirgi vaqtda keng tarqalgan bozorning
maxsus turidir. Moliya bozorini boshqacha qilib, pul bozori deyish
ham mumkin. Moliya bozorini keng ma’noda moliyaviy mablag‘lar
va ularga tenglashtirilgan qimmatli qog‘ozlar bozori deb tushunish
mumkin. Chunki moliya bozori qarz yoki kredit bozori, qimmatli
qog‘ozlar bozori va valuta bozorlaridan iborat. Valuta, kredit
bozorlari, asosan, banklar, moliya kompaniyalari, fond birjalari
tomonidan amalga oshiriladi.
5. Qurol-aslaha bozori — bu bozorning maxsus turi hisoblanib,
asosan, qurol-yarog‘lar sotiladi. Bu yerda ko‘proq oldi-sotdi
subyekti sifatida davlatlar qatnashadi. Chunki har bir davlat o‘z
xavfsizligini ta’minlash uchun eng zamonaviy harbiy texnika va
qurollar sotib olishga majbur bo‘ladi. Bu bozor, ayniqsa, so‘nggi
yillarda juda ham rivojlanib ketgan, chunki o‘ta monopollashib,
faqat ayrim, juda taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan egallab
olingan. Bu bozorda asosiy o‘rinni AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar monopol raqobat
asosida egallab olishgan. Shuni aytish kerakki, ayrim mamlakatlarda
qurol-yarog‘larni ochiq sotishga ruxsat etilgani bois ularda mayda
qurollar alohida sotilishi mumkin.
6. Intellektual tovarlar bozori, odatda, aqliy mehnat mahsuli
bozori deb ham yuritiladi Bu bozorda ilmiy-texnik ishlanmalar,
g‘oyalar, texnikaviy loyihalar va chizmalar, axborot, adabiyot va
san’at asarlari, ijrochilik xizmati, teatr va boshqa turli tomosha
xizmatlari sotiladi. Bu bozorning boshqa bozorlardan muhim farqi,
bozorda qatnashuvchi subyektlar davlatdan patent va litsenziya,
ya’ni ruxsatnoma olishlari zarur bo‘ladi. Hozirgi vaqtda bu bozor
O‘zbekistonda juda tez va keng rivojlanib borish tendensiyasiga
egadir, chunki mamlakatimiz aholisining daromadlari kundan
kunga oshib, bu bozor taklifiga qiziqish ortib bormoqda.
43
Bozor o‘zining qamrov doirasi jihatidan mahalliy, hududiy,
milliy va jahon bozorlariga bo‘linadi. Bozor iqtisodiyoti tizimida
bozor ko‘lami ham muhim ahamiyatga ega. Bozor ko‘lami — bu
bozorning katta-kichikligi bo‘lib, uning mezoni bozordagi tovar
aylanmasi bilan o‘lchanadi. Bozorning ko‘lami ishlab chiqarilgan
mahsulot va xizmatlarning miqdoriga va ularning tovarlilik
darajasiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi.
Mahalliy bozor — bu kichik hududdagi bozor bo‘lib, uning
ishtirokchilari shu yerlik sotuvchilar va xaridorlar bo‘ladi.
Hududiy bozor — bu bir necha chegaradosh hududlar
doirasidagi bozor bo‘lib, mahalliy bozorlar majmuyidan iborat.
Uning subyekti — ishtirokchilari hududdagi tovar ishlab chiqaruv-
chilar va iste’molchilar hisoblanadi. Uning obyekti turli hududlarda
yaratilgan mahsulot va xizmatlar hamda tashqaridan keltirilgan
tovarlar hisoblanadi. Hududiy bozor ko‘lami mahalliy bozor
ko‘lamidan katta bo‘ladi, uning ishtirokchilari ham ko‘p. Hududiy
bozorga misol qilib O‘zbekistondagi Sharqiy hudud (Farg‘ona
vodiysi) bozorini ko‘rsatish mumkin.
Milliy bozor — bu muayyan mamlakatning milliy chegarasi
doirasidagi, ya’ni mamlakatning ichki bozoridir. Bu bozor milliy
iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Uning ishtirokchilari
muayyan mamlakatdagi barcha tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’mol-
chilar va ular o‘rtasida turgan vositachilardan iborat. Milliy bozordagi
tovarlarning asosiy qismi mamlakatning o‘zida ishlab chiqariladi,
qisman chet eldan keltiriladi, ammo iqtisodi qoloq va qaram
mamlakatlarda ular yaratgan mahsulotlar, asosan, xomashyo bo‘lib,
u mamlakat ichki tovar aylanmasida ishtirok etmaydi, balki chetga
chiqariladi. Ular ichki bozorida chetdan keltirilgan tovarlar ustuvor
bo‘ladi. Bunday milliy bozorda qaramlik alomati bo‘ladi.
Milliy bozor mamlakatdagi barcha bozorlarni birlashtiradi, bu
yerda milliy pul xarid uchun yagona to‘lov vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Milliy bozor davlat himoyasida bo‘ladi. U ochiq bozor,
unga kirib kelish, undan chiqib ketish erkindir.
Davlatlararo bozor — bu ikki va undan ko‘p mamlakatlarning
o‘zaro bozori bo‘lib, bunda turli mamlakatlar firmalari va davlat
idoralari qatnashadi. Bu bozorda tovarni bevosita iste’mol qiluv-
chilar — xonadonlar qatnashmaydi. Bu bozor chegaradosh davlatlar
bozori bo‘lib, bu yerda shu mamlakatlarda yaratilgan tovarlar,
chetdan keltirilgan tovarlar oldi-sotdi qilinadi. Aytilgan mamlakat-
larda chegara oldi savdo-sotig‘i keng tarqalgan bo‘ladi.
44
Jahon bozori — bu dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-sotiq
munosabatidir. Bu bozorda taraqqiyot darajasi, binobarin, tovar
ishlab chiqarish salohiyati har xil bo‘lgan mamlakatlar qatnashadi.
Ulardan biri tayyor mahsulotlar yetkazib bersa, boshqasi xomashyo
va yoqilg‘i kabi resurslarni bozorga chiqaradi. Jahon bozori o‘zining
uch belgisi bilan ajralib turadi. Birinchidan, bu bozorda barcha
tovarlar emas, balki saylangan, ya’ni ko‘pchilik uchun zarur
tovarlar (masalan, neft, gaz, ko‘mir, yog‘och, metall, paxta, don,
jun va boshq.) oldi-sotdisi yuz beradi. Ikkinchidan, bu bozorda
iste’molchilarning o‘zi, ya’ni aholi xaridor sifatida qatnashmaydi.
Bu vazifani savdo firmalari bajaradi. Uchinchidan, bu bozorda
tovarlar ulgurjiga sotiladi. Jahon bozori xalqaro birjalar va savdo-
sotiq tashkilotlari faoliyatida namoyon bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra bozor, rasmiy ochiq bozor va
yashirin norasmiy bozorlar ham mavjud. Davlat tomonidan ruxsat
berilgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan
bozorlar rasmiy bozorlar deb qaraladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
yashayotgan juda ko‘p mamlakatlarda yashirin, ya’ni davlat tomo-
nidan ruxsat berilmagan holda noqonuniy oldi-sotdi ishlari bilan
shug‘ullanuvchi subyektlar ham mavjud. Ular ko‘proq soliqlardan
qochish, yashirin daromadlarga ega bo‘lish maqsadida bu faoliyat
bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun ular yashirin bozor ishtirok-
chilari deyiladi va davlat tomonidan bu holatga qarshi kurash olib
boriladi.
2.9. Bozor infratuzilmasi
Bozor aloqalarining faol bo‘lishi, keng ko‘lamda va tez rivojla-
nishi, uning uchun yaratilgan mukammal infratuzilmaga bevosita
bog‘liq. Bozor infratuzilmasi deganda bozor aloqalarining barqaror
holda amalga oshishiga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va
muassasalarning bir butun majmuyi tushuniladi. Bu infratuzilma:
birjalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, maslahatchi firmalar,
broker va auditorlik tashkilotlari, yarmarkalar, tender uyushtiruvchi
tashkilotlar, bojxonalar, banklar, sug‘urta kompaniyalari kabilardan
iborat bo‘ladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, bozordagi iqtisodiy aloqalarda ko‘p-
chilikdan iborat subyektlar qatnashadi. Bu aloqalar g‘oyat xilma-xil
bo‘lib, murakkab kechadi, bular bevosita aloqalar va bilvosita aloqalar
sifatida namoyon bo‘ladi. Bevosita bozor munosabatida sotuvchi va
xaridorlar bir-biri bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqaga kiradilar, ularga
45
hech kim vositachilik qilmaydi. Bilvosita bozor munosabati yuz
berganda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi aloqalar vositachilar orqali
o‘rnatiladi. Demak, infratuzilmaning asosiy vazifasi bozorda amalga
oshiriladigan oldi-sotdi aloqalariga xizmat qilishdan iborat. Bozor
infratuzilmasi ikki xil guruhdan tashkil topgan.
Birinchisi, bozordagi barcha aloqalarga xizmat qiluvchi
infratuzilmalardir. Bu guruh tuzilmaga: sug‘urta, savdo-sotiqni tashkil
etuvchi, sherik topishga ko‘maklashuvchi, pulni undirish kabi xizmat
ko‘rsatuvchi va h.k. ishlarni bajaruvchi muassasalar kiradi.
Ikkinchisi, maxsus tashkil qilingan bozorlarda xizmat ko‘rsatuv-
chi muassasalardir. Bular savdo uylari, tovar birjalari, reklama
kompaniyalari, mehnat birjalari, qimmatli qog‘ozlar bozorini
tashkil qiluvchi fond birjalari, broker kompaniyalari, auditorlik
firmalaridan iboratdir.
2.10. O‘zbekiston milliy bozorini shakllantirish yo‘llari
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgandan so‘ng mamlakat milliy
bozorini, uning barcha zarur bo‘lgan infratuzilmasini tashkil etish
yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda infratuzil-
maning barcha tashkilot va muassasalari barqaror faoliyat olib
bormoqda.
Jumladan, mamlakatimizda jami 27 yirik banklar mavjud bo‘lib
(bundan 9 tasi xususiy), ularning 9 mingdan ziyod sho‘balari,
bo‘limlari mavjud. Bular bilan bir qatorda mamlakatimizda xorijiy
banklar: Koreya davlat banki «KDB», Òurkiyaning «UÒ banki»,
Eronning «Sadirat», ya’ni savdo banki kabi banklar muvaffaqiyatli
faoliyat olib borishmoqda.
Respublikamizning poytaxti va boshqa barcha viloyatlarda ham
«Òovar-xomashyo birjalari» tashkil etilgan va barqaror faoliyat olib
borishyapti. Bundan tashqari, Òoshkent shahrida qimmatli qog‘ozlar
savdosi bilan shug‘ullanuvchi fond birjasi hamda valuta birjalari
ishlayapti. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibi hisoblangan
sug‘urta tizimini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda.
Natijada hozir respublikamizda jami 33 yirik sug‘urta tashkiloti
faoliyat yuritmoqda, shulardan 31 tasi umumiy sug‘urta ishlariga,
qolgan 2 tasi hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan. Sug‘urta
tashkilotlaridan mamlakat aholisi keng foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lishlarini ta’minlash uchun hamma viloyatlarda jami 1006 tashkilot
ishlab turibdi va ularda 3,6 ming xodim faoliyat olib bormoqda.
46
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Bozor;
• bozor iqtisodiyoti;
• bozor mexanizmi;
1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini aytib bering.
2. Olimlarning bozor iqtisodiyoti to‘g‘risidagi qarashlarini bayon eting.
3. Bozor munosabatlari kelib chiqishining asosiy sabablarini ko‘rsatib bering.
4. Bozorning klassik va hozirgi zamon tavsiflari, farqlarini tushuntirib
bering.
5. Bozor iqtisodiyotining afzalliklarini bayon eting.
6. Bozor tizimining kamchiliklarini ko‘rsating.
7. Bozor tushunchasining ta’rifini ayting.
8. Bozorning asosiy vazifalari nimadan iborat?
9. Bozor obyekti nima va uni turkumlab chiqing.
10. Bozorning qanday turlari bor?
11. Bozor ko‘lami deganda nimani tushunasiz va ularni tavsiflab bering.
12. Bozor infratuzilmasi nima va ularni to‘la tavsiflab bering.
13. Hududiy bozor deganda nimani tushunasiz?
14. Davlatlararo bozorga ta’rif bering.
15. Jahon bozorini bayon eting.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
• bozor obyekti;
• bozor subyekti;
• bozor infratuzilmasi.
47
3-bob. BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI VA
UNING O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATI
3.1. Bozor iqtisodiyotining umumiy va muhim belgilari
Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov o‘zining «O‘zbe-
kiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» kitobida
bunday deb yozadi: «Bizning bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat
qurishdan boshqa yo‘limiz yo‘q. Òo‘plangan tajriba, ilmiy tahlil
(analiz) va aql-idrok shundan dalolat bermoqda»
1
. I. A. Karimov
o‘zining yana bir kitobida bundan ham qat’iyroq qilib shunday deydi:
«Bozorga o‘tish muqarrar. Bu — davr talabi, obyektiv reallikdir»
2
.
Darhaqiqat, to‘la ma’noda, siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka
erishish vositasi — bu jahon xalqlari tajribasida sinalgan bozor
iqtisodiyotiga o‘tishdir. Hozirgi rivojlangan, butun dunyo xalqlari
havas qilayotgan, farovon va demokratik hayot qurgan AQSH,
Kanada, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tarixan shu
bozor yo‘lidan borib adashmagan ekan. Yaqindagina qoloq bo‘lgan,
bugun esa o‘zlarining yuksak iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy yuksalishi
bilan tanilgan Yaponiya, Singapur, Òayvan, Janubiy Koreya,
Malayziya, Indoneziya, Òurkiya kabi mamlakatlar ham o‘z taqdir-
larini bozor iqtisodiyoti bilan bog‘lab shu darajaga erishdilar.
Demak, bizning bozor iqtisodiyoti yo‘lidan borib, zamonaviy
taraqqiyotga erishishimizga, farovon turmush tarzi qurishimizga
hech qanday shak-shubha bo‘lishi mumkin emas, ikkilanishga,
kutib o‘tirishimizga o‘rin yo‘q.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish shunchaki maqsadmi? Yo‘q, bu
maqsad emas, bu «yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar
farovonligini sifat jihatdan tubdan o‘zgartirish, uning yuqori dara-
jasiga erishish uslubi va vositasidir»
3
.
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo‘li. T., 1993, 7-bet.
2
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., 1992,
44-bet.
3
O‘sha asar, 26-bet.
48
Bozor va bozor iqtisodiyotining mazmuni sharq xalqlari uchun,
ota-bobolarimiz uchun ham begona emas, ular hayoti bozor bilan
bog‘liq bo‘lgan. Xalqimizda «shahar obodonchiligining belgisi
mo‘l-ko‘lchilik bo‘lgan bozordir», degan naql bejiz aytilmagan.
Bozor — tor ma’noda, xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida tovarni
pulga almashtirish yoki aksincha, jarayoni yuz beradigan joy,
alohida makondir. Keng ma’noda esa bozor, uning ishtirokchilari,
ya’ni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlarni anglatadi. Uning obyekti — tovar, vositasi — pul-
dir. Bozor o‘z qonun-qoidalari bilan boshqariladi va doimo o‘z-
garib, kengayib borish xarakteriga ega. Mamlakat iqtisodiyoti rivoj-
langani sari, ichki va xalqaro mehnat taqsimoti kengayib borishi
bilan bozor ham kengayadi, uning turi ko‘payadi. Bozorning ma-
halliy bozor, hududiy bozor, xalqaro bozor kabi tuzilmalari bo‘lib,
ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham kuchayib boradi.
Bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga, ularning qonun-
lariga asoslangan alohida iqtisodiy tizimdir. Bozor iqtisodiyotining
kelib chiqishi va rivojlanishi mehnat taqsimotining paydo bo‘lishi va
rivojlanib borishi hamda almashuv jarayonlarining rivojlanib borishi
bilan bog‘liq. Bozor munosabatlarining asosiy belgisi, bu uning xususiy
mulkchilikka, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy (mulkiy) mus-
taqilligiga, munosabat ishtirokchilarining erkinliklariga, raqobat, o‘ziga
xos qonun-qoidalari va boshqa bir qator unsurlariga ega ekanligidir.
Bozor iqtisodiyotining xarakterli ijobiy belgilariga quyidagilarni
kiritish mumkin:
• ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi bo‘lishi, ko‘p mulklilik
va ko‘p faoliyatlilik, mulk shakllarining daxlsizligi va tengligi;
• ishlab chiqaruvchi va iste’molchi (sotuvchi va xaridor) o‘rta-
sida qaror topgan nisbat o‘zgaradi, ishlab chiqarish iste’molchining
manfaatlariga bo‘ysundiriladi;
• xo‘jalik tejamkorlik bilan yuritiladi, xarajatlar kamroq bo‘ladi,
talon-taroj va mas’uliyatsizlik barham topadi;
• yangiliklarga sezgirlik bilan munosabatda bo‘lish, fan-texnika-
ning, texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini dadil joriy etish,
kasb mahoratini oshirish kabi xislatlar qaror topadi;
• raqobat bozorning tarkibiy qismidir. Bu kurash qonuniy va
adolatli asosga qurilganligi tufayli hech kim hech kimdan nolimaydi.
Raqobat erkin bo‘lib, u ma’lum tavakkalchilikni ham taqozo etadi.
O‘zbekistonda qurilayotgan bozor iqtisodiyoti madaniylashgan
bozor iqtisodiyotidir, ya’ni turli xil mulkchilik, har bir kishining
49
bir va bir necha mulk shakllariga bir vaqtning o‘zida ega bo‘la
olish, bozor talabini yaxshi o‘rganish (marketing faoliyati asosida
ish yuritish), raqobatni ruxsat etilgan qonunlar yo‘l qo‘ygan
chegaralarda olib borish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish
bo‘yicha tadbirlarida faol ishtirok etish va bunga yordam berish,
faoliyat maqsadi faqat shaxsiy boylik orttirishgina emas, shu bilan
birga o‘zidan yaxshi nom qoldirish, ijtimoiy obro‘ va shuhratga
ega bo‘lish uchun kurashish, jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuv
borishini e’tirof etish va ijtimoiy piramidaning yuqoriroq pog‘ona-
sidan o‘rin olishga intilish va boshqalardir.
Prezident I.A. Karimov uqtirganidek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish
silliq va oson kechmaydi, uning shakllanish bosqichida (hozirgi
davrda) «uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o‘sishi,
pulning qadrsizlanishi, ko‘pgina korxonalarning sinishi va ishbilar-
monlarning xonavayron bo‘lishi, aholining moddiy ta’minot jihat-
dan keskin tabaqalanishi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyat-
larning o‘sishi xosdir»
1
.
Bozor iqtisodiyotining bizga ma’lum bo‘lgan natural hamda
rejali iqtisodiyotlardan tub farqi o‘zini o‘zi boshqarishidir. Bozor
iqtisodiyotining obyektiv qonuni bo‘lgan talab va taklif qonuni
bozor munosabatlariga davlatning bevosita aralashuviga zaruratni
ma’lum darajada kamaytiradi.
Bozor iqtisodiyotida o‘zini o‘zi tartibga soluvchi mexanizm
mavjud deyilganda nimalar nazarda tutiladi?
Birinchidan, bozorga taklif qilingan tovar unga talab bo‘lsagina
sotiladi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sifatli va
xaridor talabiga mutanosib narxlarda sota oladi, aks holda u o‘z
mehnatiga kuyadi va zarar ko‘radi.
Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchi iqtisodiy jihatdan mustaqil va
erkindir: u nima ishlab chiqaradi, qayerda va kimga sotadi, qanday
baholarda sotadi, kimlar bilan shartnomalar tuzib bog‘lanadi,
bularni faqat o‘zi belgilaydi. Ishlab chiqaruvchining taqdiri uning
o‘z qo‘lida, shuningdek, mas’uliyati ham o‘zi bilandir. Iste’molchi
esa erkin tanlov imkoniyatiga ega.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti yakkahokimlikni (mono-
polizmni) inkor etadi. Har bir sohibkorga bozor munosabatlarida
bemalol ishtirok etishi uchun shart-sharoit yaratib beradi.
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., 1992,
44-bet.
50
Bozor xaridorni himoya qiladi. Endi xaridor tanlab olish,
kelishib olish, talab qo‘yish huquqiga ega bo‘ladi. Natijada
bozordagi tovarlar harakati, muvozanati, baholar shakllanishi
batamom bozorning o‘z tartiblariga bo‘ysunadiki, bundan butun
jamiyat, barcha iste’molchilar manfaatdor bo‘ladi.
Bozorni boshqaradigan asosiy vositalardan biri — baholardir.
Bozor iqtisodiyoti hukmron bo‘lgan sharoitda «baho — qiymatning
puldagi ifodasidir» qoidasiga qo‘shimcha ravishda bozorda
baholarning belgilanishi tovarlarning iste’mol qiymatiga, uning
sifati, turi, reklamasiga va boshqa jihatlariga bog‘liqdir, qoidasi
ham qo‘shiladi. Bozor iqtisodiyotida baholar erkinlashadi, ya’ni
talab va taklif nisbati bilan belgilanadi.
Òalab (aholining tovarlar sotib olish qobiliyati, ehtiyojlarning
qondirilishi darajasi) bilan taklif (bozorda sotish uchun kiritilgan
tovarlar massasi) o‘zgarib turuvchi iqtisodiy voqea-hodisalar bo‘lganligi
tufayli baholar ham doimo o‘zgarib turadi. Davlat ma’lum tovarlar
va xizmatlarga o‘z buyurtmalarini berish orqali bozor baholarining
shakllanishiga ta’sir etib turadi. Ammo davlat buyurtmasiga belgilangan
baholar tovar ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga putur
yetkazmasligi, tovar qiymatlaridan past bo‘lmasligi lozim.
Bozor iqtisodiyoti to‘laqonli shakllangan sharoitda baholar
iqtisodiy va ijtimoiy adolatli asoslarga qurilganligi tufayli jamiyatda
baholar darajasiga nisbatan norozilik tug‘ilmaydi.
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos, maxsus qonunlari bor. Bozor
iqtisodiy qonunlar talablari asosida tashkil etiladi va boshqariladi.
Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, uning o‘z maxsus qonunlari vosita-
sida boshqariladi. Bu qonunlar jumlasiga: qiymat qonuni, talab
va taklif qonuni, pul muomalasi qonuni, raqobat kurashi qonuni
kiradi. Bu qonunlar obyektiv xarakterga ega, ya’ni ular odamlar
xohish-irodasiga bog‘liq emas. Faqat ularni tovar ishlab chiqa-
ruvchilar, barcha bozor subyektlari e’tirof etishlari, ularning talab-
larini o‘rganishlari, ana shu asosda o‘z xo‘jalik faoliyatlarini tashkil
etishlari lozim. Bu iqtisodiy qonunlarni e’tiborga olmasdan turib
xo‘jalik yuritish, bozor munosabatlarida ularni qo‘llamaslik og‘ir
iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
3.2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining jahon
tajribasida sinalgan yo‘llari
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning xorijiy tajribalaridan foydalanish
va O‘zbekistonning o‘z andozasi asosida rivojlanishi borasida
51
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov «O‘zbekiston —
bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li» kitobida bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqilgan
va tatbiq etilgan tajribalarini chuqur tahlil qiladi.
Ma’lumki, jahon taraqqiyoti o‘tgan asrning 80- va 90-yillar
boshlarida tamomila yangi rivojlanish tartiblarini ilgari surdi.
«Jahon sivilizatsiyasi, deydi yurtboshimiz, ijtimoiy taraqqiyotning
sifat jihatdan yangi yo‘llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan
bozor iqtisodiyoti mana shu yo‘lga asos qilib olingan»
1
. O‘zbekiston
Prezidenti o‘z asarida jahon mamlakatlarining bozorga o‘tish
tajribalarini umumlashtirib, bozor iqtisodiyotini qurishning bir-
biridan farq qiluvchi uch yo‘li borligini ko‘rsatgan. Bularning birin-
chisi — uzoq davom etadigan evolutsion taraqqiyot yo‘lidan borib,
rivojlangan aralash iqtisodiyotni shakllantirish (hozirgi rivojlangan
ilg‘or mamlakatlar tajribasi); ikkinchi yo‘li — eng oddiy, patriarxal-
feodal munosabatlar ko‘rinishidagi an’anaviy iqtisodiyotning
madaniy bozor munosabatlariga aylantirilishi (rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozorga o‘tish andozasi); uchinchisi — sobiq
sotsialistik mamlakatlardagi yakkahokimlik, ma’muriy buyruqbozlik
boshqaruvi, markazlashgan rejalashtirish usulidan hozirgi bozor
munosabatlariga, demokratik jamiyatga o‘tish. Yana sotsialistik
taraqqiyotning xitoycha bozor iqtisodiyotini qurish andozasi ham
bor.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumjahon tajribasidan
ma’lumki, bozor iqtisodiyoti bir qator muammolarni, xususan:
a) ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishini ta’minlash;
b) xo‘jalik yuritishda, barcha resurslardan oqilona, tejamli
foydalanishni ta’minlashga erishish;
d) jamiyatga mo‘l-ko‘l, sifatli tovarlarni yetkazib berish orqali
farovonlikni ta’minlash;
e) mehnatning va umuman, ishlab chiqarishning samara-
dorligiga erishish;
f) ijtimoiy adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish va boshqa-
lardan iborat.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ikki jihati bor:
• birinchisi — bozor iqtisodiyotiga qanday iqtisoddan o‘tilayot-
ganligi bilan bog‘liq;
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos
yo‘li. T., 1993, 22-bet.
52
• ikkinchisi — bozor iqtisodiyotiga qanday yo‘llar, usullar bilan
o‘tsa bo‘ladi degan masala.
Shu nuqtayi nazardan qarasak, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
jahon tajribasida, asosan, uch yo‘li borligini ko‘rish mumkin:
1. Klassik yo‘l. Bu hozirgi rivojlangan mamlakatlarga xos, uzoq
davom etgan yo‘l hisoblanadi. Bu yo‘l bilan o‘tilganda natural
xo‘jalikdan hozirgi bozor iqtisodiyoti sari taraqqiyot bir necha
asrlar davom etgan. Hozirgi yuksak darajada rivojlangan, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tashkil etish, asosan, XX asrning
o‘rtalaridan boshlandi va uning yakuniy davri XXI asrning so‘nggi
yillariga to‘g‘ri kelmoqda.
2. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lgan mamlakatlarning bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li. Bu yo‘l o‘zining ikki xususiyati bilan
ajralib turadi:
a) bunda ayrim mamlakatlarda tez taraqqiyot yuz beradi, ya’ni
iqtisodiyotning boshqalar uchun muqarrar bo‘lgan bosqichlaridan
sakrab o‘tgan holda bozor xo‘jaligining yuksak shakllari paydo
bo‘ladi. Chunki bu mamlakatlar avval taraqqiy etgan mamlakatlar
mustamlakasi bo‘lganligi uchun ularda shu ilg‘or davlatlar tomo-
nidan tashkil etilgan bozor infratuzilmasi va bozor munosabatlari
ta’siri ostida rivojlanish yuz beradi;
b) bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘p hollarda o‘z kuchiga emas,
balki rivojlangan mamlakatlar yordamiga va tajribasiga tayanadi.
Masalan, ayrim taraqqiy etgan davlatlar bu g‘oyat qoloq oilaviy
dehqon xo‘jaligiga asoslangan mamlakatlarga investitsiyalar kiritish
yo‘li bilan mashinalashgan industriyani olib kirishlari mumkin
va shu yo‘l bilan ular rivojlanishga erishadilar. Aytilgan har ikki
yo‘lning umumiyligi shundaki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish xususiy
mulk va xo‘jalik yuritishning xususiy usullari zamirida yuz beradi.
3. Sobiq sotsialistik mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish
yo‘li. Bu yo‘l rejali iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishni
bildirib, faqat davlat tomonidan tub islohotlar o‘tkazish orqaligina
amalga oshiriladi. Chunki avval sotsializm sharoitida iqtisodiyot
to‘la davlat qo‘lida bo‘lgan. Bu yo‘l bilan sobiq sotsialistik mamla-
katlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishmoqda.
Bozor tizimiga o‘tish modellari qanday bo‘lmasin, bozor iqti-
sodiy islohotlarning amalga oshirilishi tufayli yuzaga keladi. Bu
islohotlar bozor islohotlari deb ataladi.
Bozor islohotlarini davlat tomonidan amalga oshiriladigan
iqtisodiy chora-tadbirlar tashkil etadi. Bozor islohotlari iqtisodiyot
53
va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o‘tkaziladi. Chunki bozor
munosabatlari o‘z obyektiv qonunlari asosida yuzaga kelib, jamiyat
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tubdan yangicha tartib-qoidalar o‘rnatadi.
Bozor islohotlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
• mulkiy islohotlarni;
• agrar islohotlarni;
• moliya-kredit islohotlarini;
• tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlarini;
• ijtimoiy sohadagi islohotlarni.
Mulkiy islohotlar — davlat mulki monopoliyasini tugatib,
xususiy mulk va xilma-xil mulk shakllarini joriy qilish yo‘li bilan
boriladi, chunki bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyili bo‘lgan
erkinlik jamiyatda demokratik rivojlanishning asosiy omili hisob-
lanadi. Bunda mavjud mulk shaklini o‘zgartirish chora-tadbirlari
amalga oshiriladi. Buning uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqa-
rish, ya’ni xususiylashtirish jarayoni o‘tkaziladi. Mulkni xususiy-
lashtirish, davlat mulkini boshqa mulk shakllariga — xususiy
mulkka aylantirish demakdir.
Davlat mulkini xususiylashtirishning turli yo‘llari mavjud:
1. Davlat mulkini qonun chiqarish orqali o‘z fuqarolariga
tarqatib, xususiy mulkka aylantirish.
2. Davlat mulkini fuqarolarga imtiyozli narxlarda sotish.
3. Ayrim davlat korxonalarini ularning o‘z jamoa a’zolariga
sotish.
4. Davlat mulkini ishbilarmon tadbirkorlarga shu korxonaning
avvalgi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini saqlab,
faoliyatini davom ettirish sharti bilan berish.
5. Davlat mulkini chet ellik sarmoyadorlarga ma’lum shartlar
asosida ishlatishga berish.
6. Davlat mulkini aksionerlash orqali davlat aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirish.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llardan qaysi birini tanlash va
unga ustuvorlik berish islohot o‘tkazayotgan mamlakatning o‘ziga
va mavjud shart-sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
Xususiylashtirish davlat qo‘lidagi barcha mulkini tugatish emas.
Albatta, ayrim davlat korxonalari, ayniqsa, muhim strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar saqlab qolinadi. Lekin qolgan
davlat korxonalari ham bozor qonun-qoidalari asosida faoliyat
yuritadi. Hozirgi kunga kelib, davlat qo‘lida 14,8 % mulk qolgan.
54
Mulkiy islohotlar tufayli kelib chiqqan turli mulklarning teng-
ligi, daxlsizligi davlat tomonidan qabul qilingan qonunlar orqali
ta’minlanadi.
Qishloq xo‘jaligida o‘tkaziladigan islohotlar agrar islohotlar
deyiladi. Bu islohotlar orqali yerga bo‘lgan mulkchilik shakli, xo‘jalik
yuritish shakli va usullari bozor talablariga moslashtiriladi, ularning
bosh bo‘g‘inini yakka dehqon yoki fermer xo‘jaligi tashkil etadi
va ular ham bozor iqtisodining muhim qonuni bo‘lgan raqobat
kurashi asosida faoliyat yuritadi va rivojlanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatda, albatta, moliya-kredit
islohotlari ham o‘tkaziladi. Chunki bozor talabiga javob beruvchi
moliya-kredit tizimini yaratish islohotlarning muhim tarkibiy qismi
hisoblanadi. Islohot orqali yangicha soliq tizimi yaratiladi, o‘z-
o‘zini moliyalashtirishga asoslangan moliya tizimi barpo qilinadi,
moliya bozori yaratiladi, pul tizimi o‘zgartiriladi, tijorat banklari,
kredit tashkilotlari, sug‘urta kompaniyalari ochiladi, xullas, bozor-
ning moliya infratuzilmasi yaratiladi.
Òashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirishga qaratilgan islo-
hotlar o‘tkaziladi. Bu yo‘l bilan eksport-importni, xorijiy kapital-
ning kirib kelishini rag‘batlantiruvchi, chetdan qarz olish tartibini
belgilovchi choralar amalga oshiriladi, milliy pulni konverta-
tsiyalash, ya’ni milliy pul birligini boshqa mamlakat valutasiga
ayirboshlash tartib-qoidalari joriy etiladi.
Ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazishning bosh maqsadi daro-
madlarning aholi o‘rtasida taqsimlanishining adolatli tartibini
o‘rnatish, aholining muhtoj qatlamlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish,
ishsizlarga nafaqa to‘lash, ularni ishga joylashtirish kabilarga oid
choralarni nazarda tutadi. Xullas, islohotlar o‘tkazishda u yoki bu
yo‘nalishning ustuvorligi, miqyosi, o‘tkazish usullari, shart-sharoitlari
har bir mamlakatning o‘ziga xos bo‘lgan jihatlariga bog‘liq bo‘ladi.
3.3. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi va
islohotlar strategiyasi — «o‘zbek modeli»
Biz yuqorida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning jahon tajribasini
o‘rganib chiqdik. Xo‘sh, ko‘rsatib o‘tilgan andozalardan qaysi biri
biz uchun yaroqli, qaysi birini nusxa qilib olish mumkin? Bu
murakkab savolga Prezidentimiz I.A. Karimov quyidagicha javob
beradi: «Biz boshqa mamlakatlarda to‘plangan tajribalarning
respublikamiz sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan imkoniyatlarni
55
inkor etmaymiz, albatta. Ayni vaqtda bozor iqtisodiyotiga asoslan-
gan jamiyat qurishning o‘z milliy andozasi ishlab chiqildi» va bu
andozaning mazmunini shunday sharhlaydi: «O‘zbekiston uchun
o‘zi tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning
manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p darajada
mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgandir»
1
.
O‘zbekiston — o‘z tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti, ijtimoiy
tizimi, resurslari, zaxiralari va boshqa jihatlari bilan ajralib turuvchi
mamlakat. Boshqacha aytganda, bizning o‘zimizga xos xususiyat-
larimiz borki, ularni bozor munosabatlari shakllantirilayotgan
hozirgi davrda nazarda tutmoq g‘oyat zarurdir. Bu xususiyatlarimiz
qaysilar? Bu savolga ham Prezident I.A. Karimovning ilmiy
tadqiqotlarida aniq-ravshan javob berilgan.
Birinchidan, bizga «falaj» qilib davolash («shok terapiyasi»)
to‘g‘ri kelmaydi, ya’ni barcha mavjud tarkib topgan tizimlarni
inkor etib, yo‘qotib, tamomila yangi tizimlarni yaratish yo‘lidan
bormaymiz. Biz «yangi uy qurmay turib, eskisini buzmaslik» yo‘li-
dan boramiz.
Ikkinchidan, «bozor iqtisodiyoti sari sakrashlar, inqilobiy qayta
o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan
bosqichma-bosqich harakat qilish» yo‘lidan boramiz.
Uchinchidan, xalqimiz bozor iqtisodiyotiga o‘tishga tayyor
emasligini nazarda tutib, bozorga o‘tishda aholini, ayniqsa, uning
nochor guruhlarini ijtimoiy himoyalash mexanizmi yaratiladi.
Bunda «milliy daromadni qayta taqsimlash, davlat qo‘lidagi eng
asosiy manba va vosita» bo‘ladi.
Òo‘rtinchidan, «odamlarning, korxonalarning, tarmoqlar,
mintaqalarning, umuman, davlatning manfaatlarini monand
ravishda uyg‘unlashtirishni ta’minlash» yo‘lidan borish.
Beshinchidan, bizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida davlat-
ning rolini oshirish nazarda tutilmoqda. Ammo davlat, uning
boshqaruv tuzilmalarining to‘g‘ridan to‘g‘ri xo‘jalik faoliyatiga
aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oltinchidan, fuqarolarga va yuridik shaxslarga tashabbus
ko‘rsatish, ishbilarmonlikni rivojlantirish uchun teng sharoitlar
yaratib beriladi
2
.
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., 1992,
46-bet.
2
O‘sha asar, 48, 50, 51-betlar.
56
Mamlakatimizda qurilayotgan bozor iqtisodiyoti bu boradagi
umumbashariy qadriyatlarni e’tiborga olishga hamda ularni milliy
xususiyatlarimiz bilan uyg‘unlashtirishga asoslanadi, ya’ni ijtimoiy
himoyalangan (ijtimoiy yo‘naltirilgan) bozor iqtisodiyoti bo‘ladi.
Xo‘sh, bunday bozor munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari yana
qaysilar?
Bu milliy jihatlarga quyidagilar kiradi:
• madaniylashgan ilg‘or bozor iqtisodiyoti mulkchilikning har
xil shakllarda bo‘lishi, erkin iqtisodiy faoliyat tanlovi, talab va
taklifga qarab ish yuritish, raqobat asosida iqtisodiyotning rivojla-
nishi, daromadlarning manbalar va miqdor jihatdan cheklanmasligi
kabi umumiqtisodiy xususiyatlar hisobga olinadi;
• inson farovonligini ta’minlashga, ijtimoiy hayot tarzining
umumiy o‘sishiga erishiladi; bunda har bir kishi o‘z farovonligini
boshqalar manfaatini qondirish orqali ta’minlay oladi;
• iqtisodiyot keng ma’noda demokratlashadi, ya’ni bozor
subyektlarining hammasi mulk sohiblariga aylanadi, mulkiy
munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladi; mulkdorlarning o‘rta
toifasi vujudga keltiriladi va bular umumiy farovonlikka olib boradi;
• mamlakatda haddan tashqari, asossiz boy-badavlat yoki
qashshoqlar toifasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni aholining
kuchli ijtimoiy tabaqalashuviga olib borilmaydi;
• mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya mexanizmi qaror
topib, ommaviy, yalpi himoyalash emas, balki aniq, shaxsiy
maqsadli ijtimoiy himoya tizimi yaratiladi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida o‘zimizga xos bozor
iqtisodiyoti qurishning dastlabki tajribalari to‘plandi, endi ular
yanada chuqurlashtirilib borilmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston aholisi tez ko‘payayotgan, zich joylash-
gan hamda mehnat resurslari ortiq bo‘lgan mamlakatlar qatoriga
kiradi. Buning ustiga oilada kishilar soni yuqori (o‘rtacha 6 kishi
atrofida) bo‘lganligi tufayli jamg‘armalar yetarli emas, sarmoyalar
kam. Bunday sharoitda jonli mehnatni ko‘p talab qiladigan (qo‘l
mehnatini talab qiladigan) ishlab chiqarish tarmoqlarini, mayda
va o‘rta korxonalarni qurishga ustuvorlik berish maqsadga muvo-
fiqdir. Qishloq xo‘jaligida ham ko‘proq meva-sabzavotchilik
yo‘nalishiga, chorvachilikning ish kuchi talab qiladigan sohalariga
e’tiborni kuchaytirish ayni muddaodir. Mamlakat iqtisodiyotiga
chet el sarmoyalarini jalb etish, ularga soliq va boshqa masalalarda
imtiyozlar berish hozirgi davrning talabidir.
57
Bozor iqtisodiyoti mohiyatiga ko‘ra, mo‘l-ko‘l iste’mol ne’mat-
larini vujudga keltiruvchi iqtisodiyotdir. Buning ma’nosi, milliy
mahsulot hajmida shaxsiy iste’mol buyumlari va xizmatlarning
salmog‘i hozirgi darajadan ancha yuqori bo‘lishiga erishishdir.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy yo‘nalish-
larida ijtimoiy ishlab chiqarish hajmida iste’mol buyumlari ishlab
chiqarishning salmog‘i o‘rtacha 50—55 % ga o‘stirilishi ko‘zda
tutilgan, keyinchalik bu ko‘rsatkich yanada oshirib borilib, umum-
jahon me’yorlariga yetkazilishiga harakat qilinmoqda. Hozirgi
vaqtda ilg‘or mamlakatlar ijtimoiy ishlab chiqarishida xalq iste’mol
buyumlari ishlab chiqarish salmog‘i 65–75 % ni tashkil etadi.
O‘zbekiston hukumati ana shu zaruratni hal qilish maqsadida xalq
iste’moli tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun milliy
va xorijiy sarmoyadorlarga soliq hamda boj solish masalalarida,
kreditlar va ish kuchi bilan ta’minlashda yengilliklar berish haqida
qarorlar qabul qilgan. Bunday ilg‘or ishlab chiqarish tuzilishi
bozorni iste’mol buyumlari bilan serob qilishga, ular baholarining
arzonlashuviga, xalq iste’molining ortishiga xizmat qilishi tabiiydir.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan ikki strategik
vazifani bajarmoqda, birinchidan, o‘z mustaqilligining poydevori
bo‘lgan iqtisodiyotini modernizatsiyalash, ikkinchisi, chuqur
ijtimoiy-siyosiy islohotlar o‘tkazish orqali huquqiy-demokratik
davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston-
ning o‘ziga xos yo‘li Prezidentimiz I.A. Karimov tomonidan ishlab
chiqilgan besh tamoyilda ifodalangan bo‘lib, ular hozirgi zamon
iqtisodiyoti nazariyasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. Ular
quyidagilar:
• birinchi tamoyil — iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligini
ta’minlash. Bu iqtisodiyotning o‘z qonun-qoidalariga binoan
rivojlanishini, avval iqtisodiyotni rivojlantirish, so‘ngra esa boshqa
ijtimoiy muammolar yechimi bilan shug‘ullanish;
• ikkinchi tamoyil — davlat bosh islohotchi bo‘lishi. Bu tamoyil
bozor iqtisodiyotiga o‘tishda davlat rahbarlik rolini ta’minlash.
Barcha islohotlar davlat tomonidan puxta o‘ylab chiqilgan reja
orqali amalga oshirilishini bildiradi;
• uchinchi tamoyil — qonun ustuvorligini ta’minlash. Bu tamoyil
bozor iqtisodiyotiga o‘tishni davlat tomonidan qabul qilingan
qonunlar asosida, tartibli ravishda, hammaning, ya’ni keng
jamoatchilik ishtirokida amalga oshirilishini bildiradi;
58
• to‘rtinchi tamoyil — faol ijtimoiy siyosat yuritish. Bu, eng
avvalo, xalqning ijtimoiy himoyasini, uning iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy faolligini ta’minlaydigan, adolatni yuzaga chiqaradigan
siyosat olib borilishini bildiradi;
•
beshinchi tamoyil — bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, bos-
qichma-bosqich o‘tish. Bu tamoyil chuqur iqtisodiy islohotlarni
sobitqadamlik bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda bozor islohotlari ana shu tamoyillarga asoslangan
va bosqichlariga rioya qilingan holda olib borilmoqda. Jumladan,
birinchi bosqichda islohotlar orqali bozor iqtisodiyotining negizlari
shakllantirildi. Eng avvalo, shu negizlarni yaratishni ta’minlovchi
qonunlar qabul qilinib, ularning huquqiy asoslari yaratildi. Bunda
iqtisodiyotning bosh masalasi bo‘lgan mulkchilikning yangi
shakliga o‘tildi va ko‘p bosqichli iqtisodiyot uchun zamin yaratildi.
Mulk davlat tasarrufidan chiqarilib, jamoa mulki va xususiy mulkka
aylantirildi. Birinchi bosqichdagi mulkiy o‘zgarishlar ikki yo‘na-
lishda bordi, birinchidan, kichik xususiylashtirish o‘tkazilib, mahalliy
sanoat, savdo-sotiq va maishiy xizmat sohasidagi davlat korxonalari
jamoa va xususiy mulk qilib berildi, natijada iqtisodiyotning
nodavlat sektori paydo bo‘lib, u davlat ixtiyoridan chiqib ketgan
korxona va xo‘jaliklardan iborat bo‘ldi. Bu sektor 1995-yilga kelib
O‘zbekiston milliy daromadining 67 % ini tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab
o‘tganidek, «...agrar sektorni tubdan isloh qilish va jadal rivojlan-
tirish muammolari islohotning dastlabki bosqichida hamda O‘zbe-
kistonning bozorga o‘tish strategiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb
etdi». Agrar islohotlar ikki yo‘nalishda o‘tkazildi. Birinchidan,
avval, odamlarga yer bepul berildi. Jumladan, shaxsiy xo‘jalik
yuritish uchun 550 ming gektar sug‘oriladigan maydonlar ajratildi.
Shaxsiy tomorqa xo‘jaligidagi yer miqdori 700 ming gektarga
yetkazildi. Natijada 9 million kishi tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun
yerga ega bo‘ldi. Ikkinchidan, qishloqda fermer xo‘jaliklari tashkil
etish ishlari amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda avvalgi davlat belgilaydigan rejali narxlardan
sekin-astalik bilan erkin bozor narxlariga o‘tildi. Erkin narxlar
sharoitida bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi soha — bozor infra-
tuzilmasi ham shakllantirildi. Natijada tovarlar va xizmatlar bozori,
resurslar bozori, mehnat bozori, valuta bozori, kredit resurslari
bozorlari ishlay boshladi. Avvalgi ma’muriy-buyruqbozlikka asos-
langan boshqarish usuli o‘rniga bozor boshqarish usuliga o‘tila
59
boshladi. Bu bosqichdagi ijtimoiy islohotlarda dastlab aholining
ayrim kambag‘al qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga ahamiyat
berildi. Bu bosqichning muhim va asosiy yakuni mamlakatda
ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ta’minlandi.
Ikkinchi bosqichda islohotlar davom ettirilib, bozor munosabat-
larini shakllantirish orqali mamlakatning yangi iqtisodiy tuzumini
mustahkamlab, uning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratildi.
Bu bosqichda ham, eng avvalo, mulkni xususiylashtirish ustuvor vazifa
bo‘lib, davlat mol-mulkini turli yo‘llar bilan sotish orqali yangi
mulklarni yaratishdan iborat bo‘ldi. Bundan ikki xil natija kutilar edi.
Birinchidan, mulk o‘zining haqiqiy egasiga tegishi kerak va mam-
lakatda haqiqiy mulkdorlar sinfini vujudga keltirish zarur. Ikkinchidan,
ko‘pchilikning mulk sohibiga aylantirilishi mamlakatda demokratik
islohotlarni amalga oshirish zaminini tayyorlab berar edi.
Mulkdorlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, ular o‘rtasida raqobat ham
shu qadar kuchli bo‘ladi. Raqobat esa iqtisodiyotni harakatlan-
tiruvchi kuchdir. Bu bosqichda xususiylashtirish keng ko‘lamda
amalga oshirildi va ko‘p sohalarni qamrab oldi. Bu jarayonga
o‘rta va yirik korxonalar ham tortildi. Xususiylashtirishda, hatto
chet elliklar ham qatnashdi va ular uchun mulkni sotib olish
imkoni yaratib berildi. Bunga davlat korxonalarini ochiq aksiya-
dorlar jamiyatiga aylantirish orqali erishildi.
O‘zbekistondagi turli mulkchilikka oid korxonalar
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2014-yilga
kelib iqtisodiyotimizning nodavlat sektoridagi korxona va tash-
kilotlar soni 85,2 % ni tashkil etmoqda.
2013-yil
2014-yil
15,2 %
36,6 %
46,4 %
1,8 %
35,9 %
1,8 %
14,8 %
Davlat mulki
Xususiy korxonalar mulki
Chet el investitsiya ishtirokidagi korxonalar mulki
Boshqa mulklar turi
47,5 %
60
Xususiylashtirishning eng muhim natijasi bu ko‘p bosqichli
iqtisodiyotning paydo bo‘lishiga olib kelinishidir.
Islohotlarning ikkinchi bosqichida O‘zbekistonning milliy valu-
tasi — so‘m muomalaga kiritildi (1994-yil 1-iyul). So‘m to‘la
qiymatli milliy valuta sifatida respublikaning barcha hududida
yagona to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan bo‘ldi.
Ikkinchi bosqichdagi islohotlarning ijtimoiy jihati shundan
iborat bo‘ldiki, jamiyatda iqtisodiy ahvolni hisobga oluvchi kuchli
ijtimoiy kafolat mexanizmi yaratildi. Natijada bozor iqtisodiyotiga
mos bo‘lgan ijtimoiy adolat qoidalari yuzaga chiqarildi. Ikkinchi
bosqichda iqtisodiyotning bozor mexanizmi yaratilib, ishga solindi.
Bu mexanizm yordamida ikki muhim masala yechilishiga erishildi,
birinchisi, iqtisodiyotda tamomila barqarorlikka erishilib, so‘ngra
iqtisodiy o‘sish bosqichiga chiqish; ikkinchisi, O‘zbekistonning
iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qodir bo‘lgan ishlab chiqarish
tuzilmasini yaratib, mamlakatning boshqalarga qaramligiga barham
berishdan iborat bo‘ldi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Prezidentimiz I.A. Karimov
tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga
o‘tish ilmiy konsepsiyasi, davlat dasturi asosida amalga oshirilayot-
gan iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashtirilmoqda, milliy iqtiso-
diyotimiz erkinlashtirilmoqda, u umumjahon iqtisodiyoti bilan
chuqur integratsiyalashtirilmoqda. Mamlakatimizda yangi demok-
ratik jamiyat barpo etishning O‘zbekiston yo‘li xalqimizning tarixiy-
milliy salohiyatiga, ma’naviyatiga, hozirgi avlodning kuch-qudra-
tiga, uning kelajak uchun umidvor intilishlariga, eng muhimi,
yoshlarimizga, ularning fidoyiligi va vatanparvarligiga asoslangan.
Bunday jamiyatni qurish, unga munosib bo‘lish zamonaviy
bilimlarni, ayniqsa, ilg‘or iqtisodiy tafakkurni, zamonaviy kasblarni,
mahorat sirlarini qunt bilan egallashni taqozo etadi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Bozor;
• bozor iqtisodiyoti;
• bozor iqtisodi belgilari;
• xususiylashtirish;
• mulk;
• mulk shakllari;
• bozor iqtisodiga o‘tish tamoyillari;
• bozor iqtisodiyotiga o‘tish
konsepsiyasi;
• o‘tish davri;
• bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi boshqaradi-
gan tizim.
61
1. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari nimalardan iborat?
2. Bozor iqtisodiyotining asosiy afzalligi nimada?
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning qanday yo‘llari bor?
4. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi O‘zbekiston yo‘li qaysi belgilari bilan
ajralib turadi?
5. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy yo‘llarini bayon eting.
6. O‘zbekistonda islohotlarning birinchi bosqichining asosiy vazifasi nima
edi?
7. O‘zbekistondagi islohotlarning ikkinchi bosqichida qanday ishlar amalga
oshirildi?
8. O‘zbekistonda islohotlarning ikkinchi bosqichida mulkni qanday yo‘llar
bilan xususiylashtirish amalga oshirildi?
9. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi deganda nimani tushunasiz?
10. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining asosiy tamoyillari Prezi-
dentimizning qaysi asarlarida yoritib berilgan?
11. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos xususiyatlari
nimalarda ifodalanadi?
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
62
4-bob. ÒALAB VA TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI
4.1. Òalab tushunchasi
Òalab — bu kishilarning ma’lum bir ehtiyojlarini qondirish
maqsadida tovarlar yoki xizmatlarni sotib olish uchun to‘lovga
qobilligi bo‘lib, u ana shu kishining qo‘lida mavjud bo‘lgan pul
mablag‘lari miqdorida o‘z ifodasini topadi. Odatda, bozorga
borganlar xaridor sifatida o‘zlariga kerak bo‘lgan ma’lum miqdorda
va turdagi tovarlarni o‘zaro kelishilgan narxlarda sotib olish
imkoniyatiga ega bo‘lishadi va shu imkoniyatlari darajasida olishadi.
Bu holat ularning talab darajasini belgilaydi.
Bozorda sotuvchilar tovar taklif qiladilar, xaridorlar esa u
yoki bu tovarga talab bilan boradilar. Bozorning bir tomonida
taklif, ikkinchi tomonida talab turadi. Kishilarning talabi ularning
ma’lum bir hayotiy ehtiyojlari tufayli kelib chiqadi, bu ehtiyoj
bozorda talab shakliga kiradi. Òalabning miqyosi esa shu tovarning
xaridorga qaysi darajada zarurligi, unga naf keltira olishi bilan
ifodalanadi. Òalab xaridorning tovarga yoki xizmatga pul to‘lash
qobiliyati bilan ta’minlangan ehtiyojidir. Agar xarid uchun pul
bo‘lmasa, ehtiyoj bo‘lgani bilan u talabga aylanmasligi mumkin.
Masalan, hozir juda ko‘pchilik yengil avtomobil sotib olishni xoh-
laydi, bunga ehtiyojlari bor, lekin hammaning unga yetarli puli
yo‘q. Demak, ehtiyoj talabga aylanmadi va u qondirilmay qola-
veradi. Chunki ehtiyoj pul va narx orqali talabga aylanadi.
4.2. Òalabning turlari. Individual va bozor talabi
Òalab bozorda g‘oyat tabaqalashgan holda namoyon bo‘ladi,
chunki u, asosan, alohida kishilar talablaridan iboratdir. Alohida
kishilar talablari yakka (individual) talab deb aytiladi. Chunki har
Ehtiyojning talabga aylanishi
Ehtiyoj
Xarid qobiliyatini
belgilovchi pul
Tovar narxi
Talab
64
Chizmadagi egri chiziq-
ning notekis o‘zgarishini ko‘-
ramiz. OY narx o‘zgarishi
bo‘lsa, OX talab ortishini ifo-
dalaydi. AH chizig‘ida talab-
ning ortib borish harakati ifo-
da etilgan. AB masofada talab
so‘nggi DH masofadagiga
qaraganda ko‘proq ortib bor-
gan, chunki dastlab narxning
talabga ta’siri ancha kuchli,
so‘ngra u so‘na borgan. Bu ham
tovar nafligining yuqori nuq-
tadan quyi nuqta tomon hara-
katda bo‘lishini ko‘rsatadi
1
.
4.3. Òalabning o‘zgaruvchanligi (elastikligi)
Òalabning o‘zgarib turishi tovarning nafliligi bilan bog‘liq.
Òovarning nafliligi deganda, uni iste’mol qilayotgan xaridor ola-
digan qoniqish tushuniladi. Qoniqish ham, o‘z navbatida, ikki xil
ko‘rinishga ega. Xaridorning ayrim tovarlardan qoniqishi yakka
qoniqishdir. Xaridorlar tomonidan umuman tovarlarni iste’mol
etishda umumiy qoniqish ham yuz beradi va u bozor holatiga
ta’sir ko‘rsatadi. Umumiy naflilik ayrim tovarlar guruhiga daxldor
bo‘lib, u kishilar talabini tez o‘zgartiradi. Òovarlar xilma-xil bo‘l-
ganda ularning naflilik darajasi pasayishga moyil bo‘ladi. Bundan
me’yoriy naflilik kelib chiqadi.
Odatda, me’yoriy naflilik chegaralangan bo‘ladi. Òalabning
to‘yinishiga qarab dastlab kuchli bo‘lgan me’yoriy naflilik asta-
sekin pasayib boradi. Buni oddiy misol orqali ko‘rib chiqishimiz
mumkin. Masalan, bitta ko‘ylak sotib olinganda xaridor uchun
uning nafi eng yuqori darajaga ega bo‘ladi, chunki u ana shu
ko‘ylakni har kuni kiyadi, shunday qilishga majbur, chunki uning
boshqa ko‘ylagi yo‘q. Keyinchalik u ikkinchi, uchinchi va nihoyat,
to‘rtinchi ko‘ylakni sotib oldi. Endi uning to‘rtta ko‘ylagi bor bo‘lgani
uchun ularni navbatma-navbat kiyaveradi. Shuning uchun to‘rtinchi
ko‘ylak olinganda uning nafi past bo‘ladi, chunki xaridor endi
Y
500
400
300
200
100
0
A
B
C
D
E
F G H
X
1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000 8000
Tovar narxi, so‘m
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 49-bet.
Tovarga talab, dona
Talabning narxga qarab o‘zgarishi
65
kundalik kiyadigan ko‘ylagi ko‘p bo‘lgani uchun keyingi olin-
ganlarining naflilik darajasi pasayib boradi, ya’ni xaridor olgan birin-
chi ko‘ylakdan 4 birlikka teng qoniqish olgan bo‘lsa, ikkinchisidan
3 birlikka, uchinchisidan 2 birlikka, to‘rtinchisidan 1 birlikka teng
qoniqish oladi. Jami iste’moldan (4 dona) ko‘rilgan naflik 10 birlikka
teng deb qaraladi (4+3+2+1=10), ammo u 4 dan 1 gacha pasayib
boradi. Demak, xaridor uchun endi qo‘shimcha naflik oldingisidan
past bo‘ladi va bu talabga ta’sir etmay qolmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar nafligining pasayib borishi
qonuni bor. Bu qonunning mazmuni shundaki, iste’molchi uchun
har bir xarid qilingan keyingi tovarlarni iste’mol qilishdan olingan
qoniqish pasayishga moyil bo‘ladi, chunki iste’mol darajasi oshgan
sari undan to‘yinish hosil bo‘ladi.
Bozor sharoitida har bir ishlab chiqaruvchi bozorda o‘z
mavqeyini saqlab qolish va foyda olib ishlash uchun bozorning
to‘yinishini hisobga olib, nafliligi yuqori bo‘lgan yangi tovarlarni
chiqarib turishi kerak. Bu bozor iqtisodiyotining qonunlaridan
biri bo‘lgan tovar nafliligining pasayib borishga moyilligi qonuni
talabidan kelib chiqadi.
4.4. Òalab qonuni
Bozordagi talab o‘zgaruvchan (elastik) bo‘ladi. Bu hodisa talab
qonuni bilan bog‘liq izohlanadi. Òalab qonuni — bozordagi
talabning tovarlar narxiga nisbatan teskari mutanosiblikda o‘zga-
rishini bildiradi. Òalab qonuni narx darajasi bilan talab miqdorining
teskari mutanosiblikda bog‘liqligini ko‘rsatadi. Uning formulasi
quyidagicha ifodalanadi
1
:
1
,
B
T
Q
V
=
⋅
bu yerda,
Ò
B
— talab;
V — tovar narxi; Q — tovar miqdori.
Odatda, hamma biladiki, bozorda narx oshsa, talab kamayadi,
narx pasaysa, aksincha, talab ortadi, xuddi shu holat talab qonuni
deb ifodalanadi. Narx arzonlashganda talab ortadi, chunki ilgari
muayyan tovarni sotib olishga qurbi yetmaganlar uni sotib olish
imkoniga ega bo‘lishadi.
Òalabga narxdan boshqa bir qator omillar ham ta’sir ko‘rsatadi,
lekin buni talab qonuni bilan izohlab bo‘lmaydi. Shu sababli
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 51-bet.
66
narxning talabga ta’siri doimiy xarakterga ega emas, chunki ayni
shu tovarni yuqori narxda oldin olganlar ham endi uni ko‘proq
xarid qila olishadi. Ma’lum bir tovarga narxning ortishi ikkinchi
bir narxi arzon tovarga bo‘lgan talabning ortishiga sabab bo‘ladi.
Bu holat talabni o‘rinbosar tovarga ko‘chiradi. Natijada narxi
o‘zgarmagan tovar arzonlashgan tovarga nisbatan qimmat bo‘ladi,
shu sababli xaridor arzon tovarni ma’qul ko‘rib, uni ko‘proq xarid
qila boshlaydi. Bu jarayon, asosan, o‘rinbosar tovarlarga taalluqli
bo‘ladi. Masalan, bu holat oziq-ovqat mahsulotlaridan — un,
makaron kabilar qimmatlashsa, guruch mahsulotlari narxi
o‘zgarmay qolsa, albatta, xaridor guruchni ko‘proq sotib ola bosh-
laydi. Ammo ayrim toifadagilar borki, ularning xarid imkoniyatlari
yetarli bo‘lganligi uchun avvalgidek o‘zlari ma’qul ko‘rgan mahsu-
lotlarni xarid qilaverishadi, lekin un mahsulotlariga bo‘lgan umu-
miy talab biroz qisqaradi, chunki uning bir qismi guruch mahsuloti
tomonga o‘tib ketadi.
Demak, ayrim tovarlarga narx oshganda ularga talab qisqaradi,
xaridorlar muayyan tovarni kamroq olishadi yoki uni olmay
qo‘yadilar. Narxi oshgan tovarga bo‘lgan avvalgi talab boshqa
o‘rinbosar, lekin narxi oshmagan tovarga tomon o‘tadi. Buni oddiy
misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Bozorda, ayniqsa, bahor
paytida kartoshkaning bahosi ko‘tarilib, avvaliga 1500 so‘mga, keyin
asta-sekin o‘saborib, 2000 so‘mga yetadi. Shu vaqtda sholg‘omning
bahosi 500 so‘mni tashkil etib, bir xilda turibdi. Demak, talab
qonuniga ko‘ra ko‘pchilik iste’molchilar kartoshkaga o‘rinbosar
bo‘lgan sholg‘om olishni ma’qul ko‘radilar, natijada talabning
bir qismi sholg‘om tomon o‘tadi, kartoshka xaridi qisqarib boradi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, talab bilan
narx o‘rtasida miqdoriy bog‘liqlik talab qonuni borligidan dalolat
beradi, lekin bu bog‘lanish mutlaq bog‘liqlik bo‘ladi, degan xulosani
bermaydi.
4.5. Òalabning tabaqalashuvi. Òalabga ta’sir etuvchi omillar
Òalabga narxdan tashqari boshqa omillar ham ta’sir etadi. Agar
narx talabni qisqartirsa, boshqa omillar uni oshirishi mumkin yoki
aksincha. Bunday omillar juda ko‘p, jumladan, xaridor ana shu
muayyan tovarni topish uchun transport xarajati, uni iste’mol
qilishga tayyorlash uchun ketgan xarajatlar va boshqalar. Misol
uchun, bozorda kartoshka bahosi 1 kg uchun 1000 so‘m, lekin
xaridor uyining yonginasidagi do‘konda 1200 so‘m turadi deylik.
67
Bu holatda xaridor bozorga borish-kelish xarajatlari, ketgan vaqti
kabilarni hisoblab, uy yaqinidagi kartoshkadan uning narxi
bozordagidan qimmat bo‘lsa ham sotib olishi mumkin.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, talab qonuni o‘zga-
ruvchan, ya’ni elastik xarakterga egadir. Ayrim hollarda tovarning
xaridor uchun qancha turishi faqat uning bozor narxi bilan emas,
balki tovarni topish va uni iste’mol qilish hamda boshqa xarajatlari
bilan ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Keltirilgan misolda tovarning
narxiga transport xarajati ham ta’sir ko‘rsatgani hamda vaqt omili-
ning ta’sirini yaqqol ko‘rish mumkin.
Quyidagi chizmada talabning narxdan qat’i nazar, o‘zgarishi
mumkinligi aks ettirilgan:
Lekin bunday natija ta-
lab qonuniga zid hisobla-
nadi, chunki narx oshsa, ta-
lab qisqarishi kerak edi. De-
mak, narxdan tashqari ta-
labga ta’sir etib, uni o‘zgarti-
ruvchi bir qator omillar, ya’ni
xaridorning didi, daroma-
didagi o‘zgarishlar, o‘rinbosar
tovarlarning borligi, rekla-
ma, tovarni qarzga sotish,
kafolat berish, qo‘shimcha
xizmat ko‘rsatish kabilar
ham bo‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sha-
roitida iste’molchi talabi ustuvor hisoblanadi. Nima xarid qilish,
qancha miqdorda olish, qanday narxda olishni xaridorning o‘zi
erkin, sotuvchi bilan kelishgan holda hal qiladi. Iste’molchining
bu erki va xohishi, avvalo, iqtisodiy erkinligi, bozor raqobati
qonunlari bilan ta’minlanadi. Bu holat, o‘z navbatida, ishlab
chiqaruvchilar faoliyatining iste’molchiga kerakli tovarlar taklifini
ta’minlashga qaratilishi zarurligini ko‘rsatib turadi.
Bozorda talabning o‘zgarishini, iste’molchining harakatini
cheklaydigan asosiy omillardan biri — bu uning daromadi, ya’ni
xarid qobiliyati. Iste’molchi, eng avvalo, cho‘ntagidagi puliga qarab,
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 52-bet.
Kartoshkaga talab, kg
1 kg kartoshka narxi, so‘m
15
14
13
11
10
12
9
8
7
6
5
4
3
2
1
0
50
100
150
D
1
E
D
K
D
1
D
Òalabning narxga bog‘liq bo‘lmay
o‘zgarishi holati
1
68
o‘zining talab-ehtiyojini qondiradigan tovarlarni xarid qilishga hara-
kat qiladi. Xaridorning bozordagi harakatining asosiy qoidasi, bu —
o‘zining cheklangan daromadi sharoitidan kelib chiqish va tovarlar
xaridida shu tovarning eng yuqori darajada naf keltirishiga qaratilgan
bo‘lishidir. Demak, iste’molchining nimani afzal ko‘rib xarid qilishi,
birinchi navbatda, uning daromadiga bog‘liq bo‘lar ekan.
Bozorda talab qonunining yuzaga chiqishiga ta’sir etuvchi
omillardan biri iste’molchining didi hisoblanadi. Iste’molchi bozorda
tovarni, ko‘pincha, o‘z didiga qarab uning narxi past bo‘lsa ham xarid
qilmasligi mumkin yoki narxi yuqori bo‘lsa ham sotib olishi mumkin.
Bozorda talab qonunining yuzaga chiqishida daromad bilan
narx o‘rtasidagi bog‘liqlik ham muhim hisoblanadi. Shunday
tovarlar borki, bozorda narxlardagi o‘zgarishlar ularga bo‘lgan
talabga katta ta’sir qilmaydi. Bunday tovarlarga talab iste’mol-
chilarning daromadlari kamaygan taqdirda ham ortib borishi
mumkin. Masalan, bu non, tuz, yog‘ kabi eng hayotiy zarur ehtiyoj-
larni qondirish uchun kerak bo‘ladigan tovarlarga, iste’molchining
daromadlari har qancha kamaygan taqdirda ham nonga, unlarga
talab qisqarmaydi, aksincha, ortib boradi. Lekin talab o‘zgaruv-
chanligi qonuniyatida shunday hodisa ham borki, aholi daro-
madlarining oshib borishi nonga talabning qisqarishiga olib kelishi
mumkin. Bu hol, odatda, aholi daromadi oshsa, non o‘rniga boshqa
sifatli oziq-ovqatni, ya’ni go‘sht, sariyog‘, baliq, sut, qatiq, qaymoq,
sitrus mevalar va boshqa tansiq mahsulotlarni iste’mol qilishga harakat
qiladi. Daromad bilan talab qonunining bog‘lanishi turmush darajasiga
qarab yuzaga chiqar ekan, daromad ko‘payishi bilan sifati past
tovarlarga talab qisqarib, yuqori sifatli tovarlarga talab ortib boradi.
Bozorda shunday tovarlar borki, ularning narxi aholi daromad-
larining o‘sishiga monand ravishda tez o‘sib boradi va ularga talab
ham tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu tovarlar qimmat bo‘lsa-da, aholi
sotib olaveradi. Bular jumlasiga avtomashina, videotexnika, yangi
rusumdagi kiyimlar, oltin, zeb-u ziynat buyumlari, sayohat xizmati
kabilar kiradi.
Odatda, bozorda narxning ortishi aholining daromadi samara-
sini pasaytiradi va aksincha, tovarning arzonlashuvi uning sama-
rasini oshiradi. Bozorda narxlarning tez o‘zgarib turishi sharoitida
muayyan xaridor daromadining xarid qilish qobiliyati har xil
bo‘ladi. Aytaylik, bozorda go‘shtning narxi 30000 so‘m bo‘lsa,
90000 so‘mga undan 3 kg sotib olish mumkin. Agar u arzonlashib
20000 so‘mga tushsa, 4,5 kg sotib olish mumkin, bu esa daromad-
69
ning xarid qobiliyati oshganligini ko‘rsatadi. Agar go‘sht narxi
35000 so‘mga chiqsa, xaridor daromadi har bir kg go‘shtdan
5000 so‘mdanga kamaygan bo‘ladi.
Bozorda talabga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar ham borki,
ulardan biri — bu o‘rinbosar tovarlardir. Odatda, o‘rinbosar
tovarlarning borligi yoki yo‘qligi, ularning arzon-qimmatroq bo‘lishi
bozor narxlariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, unning narxi oshsa,
non va boshqa un bilan bog‘liq mahsulotlar narxi ham oshib, ularga
talab qisqaradi. Shuningdek, bir-birini to‘ldiruvchi tovarlarda,
ulardan birining narxi pasaysa, boshqasiga talab oshadi, chunki
ulardan birini iste’mol qilish boshqasini ko‘paytirishni talab qiladi.
Misol uchun, bizda avtomobillarning narxi arzonlashsa, benzin,
moy va uning boshqa ehtiyot qismlariga talab ularning narxini
oshiradi. O‘z-o‘zidan bozorda muayyan tovarga talab o‘rinbosar
tovarlar narxiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Ba’zi hollarda bozorda narxning oshishi kutilsa, talab oshadi yoki
aksincha, chunki narxning oshishi ehtimoli kishilarda bu tovarlarga
talabni oshiradi, bu psixologik effekt deyilishi mumkin. Demak, talab
narxning o‘zgarishi ehtimoliga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Òalabga ta’sir etuvchi omillardan biri — bu reklamadir. Amaliyot
ko‘rsatmoqdaki, qaysi tovarning reklamasi yaxshi bo‘lsa, shu tovarga
talab oshib boradi, chunki u xaridorlarda qiziqish uyg‘otadi.
Òalab elastikligi — bu bozor sharoitida narxning o‘zgarishi bilan
bog‘liq kelib chiqadigan iqtisodiy hodisa hisoblanadi. Masalan,
narxga nisbatan talab ko‘p bo‘lganda, talab elastik deyiladi, agar
narxga nisbatan talab kamroq o‘zgarsa, noelastik talab bo‘ladi. Xulosa
qilish mumkinki, elastiklik narx bilan talab o‘rtasidagi bog‘liqlikning
miqdoriy ko‘rinishidan iborat ekan. Òalabning bu ikki holati
elastiklik koeffitsiyentini aniqlamoqchi bo‘lsak, uni topish uchun
narx va talabning miqdoriy o‘zgarishlarini taqqoslash zarur bo‘ladi:
.
(
‘
)
(
‘
)
B
T
foiz hisobida talabning o zgarishi
E
k
V
foiz hisobida narxning o zgarishi
=
Keltirilgan formula orqali bu holatni taqqoslab ko‘ramiz va talab-
ning elastik bo‘lishi uchun uning koeffitsiyenti birdan ortiq deb
qabul qilamiz, ya’ni (
E
k
>1). Òalabning birdan kichik (
E
k
<1) hola-
ti noelastik deyiladi. Misol uchun, bozorda ma’lum tovarlarga
narx 10 % ga pasaydi. Natijada talab 20 % oshdi deylik. Bunda
talab elastik bo‘ladi, chunki
32 1,6.
20
B
k
T
E
V
=
=
=
70
Demak,
E
k
=1,6 yoki birdan ortiq, ya’ni
E
k
>1.
Òalabning elastikligini telefon apparati misolida ko‘ramiz.
Òelefon apparati bozori chaqqon bo‘lib, uning narxi 1000 so‘m
edi, narx oshib, 1200 so‘mga yetdi. Shunga yarasha fotoapparatlarga
talab 100 donadan 60 donaga tushdi, ya’ni 40 donaga qisqardi.
Oldin talabning jami hajmi 100 ming so‘m bo‘lsa (100·1000=100000),
so‘ngra u 72 ming (1200 · 60=72000) so‘mga tushdi. Bu raqamlarni
foizga aylantirsak, narx 20 % oshgani holda, talab 28 % qisqardi.
Demak, talab elastik ekan, chunki:
=
28
=
=1,4;
=1,4
20
B
k
T
E
E
k
V
yoki
E
k
>1. Aytilgan o‘zgarishlar chizmada ifodalangan.
Chizmada narxning
A nuq-
tadan
B nuqtagacha ortib bori-
shi talabni
D nuqtadan C nuq-
tasiga qadar qisqartirgandi. Òa-
lab narxning ortishiga nisbatan
ko‘proq qisqargan. Bunda
ABnarx 800 so‘mdan 1200 so‘mga
qadar yoxud 50 % o‘zgarganda
talabning elastikligi kutildi.
Xo‘sh, bu ishlab chiqaruvchiga
nima berdi? Agar u oldin telefon apparatini sotishdan 100 ming
so‘m daromad olgan bo‘lsa, endi talab qisqargani uchun 72 ming
so‘mga ega bo‘ldi. Shunga yarasha uning foydasi ham qisqardi.
Binobarin, talab qonuniga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi talabning narxga
bog‘liq bo‘lishini doimo yodda tutishi, ya’ni narxni oshirish o‘rniga
bozorga arzon tovarlarni ko‘proq chiqarishi kerak, shunda bu ish
yaxshi foyda ko‘rishning shartiga aylanadi. Xulosa qilib aytadigan
bo‘lsak, talab qonuni ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchining, ya’ni
ishlab chiqaruvchiga foyda olishining, iste’molchining esa talabini
qondirib manfaatlarini uyg‘unlashtiradi.
Òalabning o‘zgarishi narxning o‘zgarishiga nisbatan sust bo‘lsa,
noelastik talab yuzaga keladi. Masalan, telefon apparatining narxi
50 % o‘zgargan holda unga talab 30 % ga o‘zgarsa (oshsa yoki
kamaysa, buning ahamiyati yo‘q), noelastik talab vujudga keladi:
30
=
=0,6
50
B
T
Ek
V
=
Fotoapparat narxi, so‘m
1200
1000
0
B
A
C
E
D
60
100
Fotoapparatga talab, dona
71
Chunki noelastik talab bor joyda narxning oshishi shu hisobdan
tushadigan pulni ko‘paytiradi, ammo talab qisqarganidan sotiladigan
tovarlar miqdori kamayadi. Bunda tovarlarni ko‘paytirish emas,
balki ularning narxini oshirish foyda olish vositasiga aylanadi. Shu
sababdan noelastik talab erkin bozor tabiatiga mos kelmaydi,
tovarlarni ko‘plab va arzon ishlab chiqarishga undamaydi. Bozorda
shunday vaziyatlar ham bo‘ladiki, talab narxga javoban mutlaqo
o‘zgarmaydi. Bunda
E
k
=0 bo‘ladi. Masalan, asosiy oziq-ovqat mah-
sulotlari, non, suv, un kabi mahsulotlar iste’molining me’yori bor.
Shu sababli narx qanchalik o‘zgarmasin, non, un, suvga talab avval-
gidek qoladi. Non yoki un, guruch asosiy oziqa bo‘lgan sharoitda
ularning narxi o‘zgarishi ularga talabni o‘zgartirmaydi, aksincha,
boshqa o‘rinbosar tovarlar narxini o‘zgartiradi. Agar bir oila har
kuni 4 ta non iste’mol qiladigan bo‘lsa, bu uning kundalik talabi
bo‘lib, narxning o‘zgarishi bu talabni kamaytirmaydi. Agarda bu
talab o‘zgarsa ham uning sababi non narxining o‘zgarishi emas,
balki oila daromadining o‘zgarishi yoki boshqa oziq-ovqat tovarlari
narxining o‘zgarishi bo‘ladi.
Odatda, talab cheklanmagan holda o‘zgarishi ham mumkin.
Bu holat muayyan tovarlar narxi o‘zgarmagan sharoitda ham
xaridorlar bu tovarni puli tamom bo‘lguncha olishga tayyor
bo‘lishadi. Bunday talab ayrim adabiyotlarda vahima talab deb
ataladi. Bu holat bozor iqtisodiyoti uchun normal hol hisoblan-
maydi, chunki narx bilan talab o‘rtasidagi aloqadorlik buziladi va
bu holatda elastiklik cheksiz bo‘ladi (
E
k
= 0
∞
). Bir tovarga talabning
elastik bo‘lishi uning o‘rnini bosa oladigan boshqa tovarlar narxiga
ham bog‘liq. Odamlar uchun eng zarur bo‘lgan tovarlar ham borki,
ularga talab noelastik bo‘ladi, bular eng muhim oziq-ovqat, kiyim-
kechak va turar joy kabilardir.
Bozorda talab narxdan tashqari odamlarning oladigan daromad-
lariga bog‘liqdir. Òalabning daromad (
D) ta’sirida o‘zgarish
koeffitsiyentini (
E
k
) aniqlash uchun talab (
Ò
B
) daromad bilan
taqqoslanadi:
.
(
‘
)
(
‘
)
B
k
T
foiz hisobida talabning o zgarishi
E
D
foiz hisobida daromadning o zgarishi
=
Agar daromadning o‘zgarishi 15 % bo‘lsa-yu, talabning
o‘zgarishi 10 % bo‘lsa,
10
=
=
= 0,66.
15
B
T
Ek
V
72
Demak,
E
k
=0,66. Bu koeffitsiyentning o‘zgarishini uch holatda
ko‘rish mumkin: agar talab daromad bilan bir tarzda o‘zgarsa
E
k
=1; talab daromadga qaraganda tez o‘zgarsa
E
k
>1; talab daro-
maddan sekin o‘zgarsa
E
k
<1 bo‘ladi.
Narx o‘zgarmay qolsa, daromadning ortishi talabning ortishiga
olib keladi, ammo bu jarayon g‘oyat murakkab kechadi, chunki
talabning ortishi uning qondirilish darajasi bilan bog‘lanib ketadi.
Daromadning ko‘payishi pulning hammasi bozorga chiqib talabni
oshiradi degani emas, chunki uning bir qismini odamlar jamg‘arib
boradilar, ya’ni hozir xarid uchun ishlatilmay, kelajakda ishlatiladi.
Daromadning xarajatlar va jamg‘arish uchun ishlatilishiga qarab
talab shakllanadi. Agar oilaning daromadi 1000 so‘mga oshsa,
uning 200 so‘mi jamg‘ariladi, demak, talab amalda 800 so‘mga
ko‘payadi. Ammo shu summaning qo‘shimcha talabni hosil etishi
umumiy talabni oshiradi. Agar bir tovarga talab qondirilgan bo‘lsa,
qo‘shimcha daromad boshqa tovarga talabni keltirib chiqaradi.
Masalan, yashash uchun yetarli shart-sharoitga ega bo‘lgan uy-
joyi bor odamning daromadi qanchalik o‘smasin, endi u uy olishga
emas, balki avtomashinaga, zeb-u ziynat buyumlari olishga yoki
dunyo bo‘ylab sayohatga chiqishga talab bildiradi. Daromadning
talabga aylanishi xaridor nimani afzal ko‘rishiga bog‘liq. Shu sabab-
dan talab umuman o‘sgani holda uning turli tovarlarga e’tibori har
xil bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqaruvchi ortiqcha talabni o‘z tovariga
qaratib, xaridor pulini qo‘lga kiritish uchun afzal ko‘riladigan yangi
tovarlar yoki xizmatlar turini taklif qilishlari kerak bo‘ladi. Bozorda
talabni o‘zgartirish uchun nafaqat narxga, balki daromadga ham
ta’sir ko‘rsatilishi kerak bo‘ladi. Chunki odamlarning daromadi kam
bo‘lsa, talab qisqaradi, bozor torayib, ishlab chiqarish o‘smay qoladi,
natijada tovar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar foyda olisholmaydi.
Shuning uchun davlat tomonidan iqtisodiyot o‘sishini
ta’minlashning sharti bo‘lgan aholi daromadlarini ko‘paytirib
borishga ham katta ahamiyat beriladi. Aholi daromadlarining oshib
borishi tadbirkorlar tomonidan bozorlarga taklif etilayotgan
tovarlarni xarid qilishning ko‘payishi va bu, o‘z navbatida, jamiyat-
da takror ishlab chiqarish jarayonining kengayishi, tezlashuvini,
iqtisodiyotning rivojlanayotganligini bildiradi.
4.6. Òaklif tushunchasi. Òaklif qonuni
Òaklif — bu muayyan vaqtda bozorga chiqarilgan va chiqarilishi
mumkin bo‘lgan hamda ma’lum bir narxlarda sotiladigan jami
73
tovarlardan iboratdir. Òaklif barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar
emas, balki uning sotishga mo‘ljallangan qismi, ya’ni tovardir. Misol
uchun, biror oilaviy tadbirkor tomonidan har kuni 50 kg qandolat
mahsuloti tayyorlanadi, lekin shu mahsulotning 2 kg.ini o‘z oila
a’zolari iste’mol qilishadi. Qolgan 48 kg esa tovar sifatida bozorga
taklif qilingan bo‘ladi. Òaklifning hajmi tovarlarning miqdoriga
va har bir tovar narxiga bog‘liq bo‘ladi. Misolda tovar miqdori
48 kg, agar har bir kg qandolat narxi 5 ming so‘m bo‘lsa, taklif
hajmi 240 ming so‘m bo‘ladi. Òaklif ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi,
bu yakka ishlab chiqaruvchilarning ma’lum bir tovarni bozorga
taklif etishlarida namoyon bo‘ladi. Ikkinchisi, umumiy yoki jami
taklif bo‘lib, barcha ishlab chiqaruvchilarning muayyan turdagi
yoki o‘xshash tovarlarni taklif etishlari tushuniladi. Misol uchun,
bir novvoy tomonidan bozorga non taklif qilinishi bu yakka taklif,
nonning bozorga jami 100 ta novvoy tomonidan taklif etilishi esa
umumiy yoki boshqacha aytganda jami taklif hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozordagi talabga qarab taklif
etiladigan tovarlar nihoyatda xilma-xil bo‘ladi. Ularni quyidagi
guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Resurs tovarlar, bunga xomashyo, yoqilg‘i, har xil yordamchi
materiallar kiradi.
2. Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tovarlar —
asbob-uskuna, mashina, stanoklar, binolar va boshqa yordamchi
inshootlar, infratuzilmalar va h.k.
3. Ishchi kuchlari — aqliy va jismoniy mehnatdan iborat tovar.
4. Pul kapitalidan iborat tovar.
5. Boshqa iste’mol tovarlari va turli xizmatlar.
Iste’mol tovarlari tarkibi ham juda xilma-xil bo‘ladi. Ular,
odatda, uzoq muddatli iste’mol tovarlar (uy-joy, avtomobil, muz-
latgich, televizor, mebel va h.k.), qisqa muddatli ishlatiluvchi tovar-
lar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, ayrim uy xo‘jaligi uchun kerakli
buyumlar va boshq.), har xil turdagi xizmatlardan iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli kerakli axborotlar, patentlar,
ilmiy ishlanmalar, g‘oyalar, san’at va madaniy-maishiy xizmatlar
ham taklif etiladi. Bozor sharoitida taklif talabga qarab o‘zgarib
turadi. Òaklifning o‘zgarib turishi taklif qonuni bilan izohlanadi.
Òaklif qonuni, taklifning miqdori narxga nisbatan to‘g‘ri mutano-
siblikda o‘zgarishini ifodalaydi. Agar narx talabga teskari ta’sir
etsa, taklifga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Òaklif qonuni
quyidagi formula bilan ifodalanadi:
74
Tf = Òm · Òn,
bu yerda,
Tf—taklif; Òm—tovarlar miqdori; Òn—tovarlar narxi.
Òaklif qonuniga binoan narx qanchalik yuqori bo‘lsa, taklif
shunchalik ko‘payadi va aksincha. Òaklif qonuni faqat narxning
taklifga ta’sirini izohlaydi, unga boshqa omillar ta’sirini nazarda
tutmaydi. Narx ta’sirini quyidagi jadvalni tahlil qilish orqali
tushunamiz:
Narxning taklif o‘zgarishlariga ta’siri
Jadvalda taklifning narxga nisbatan o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
Lekin bozorda narx bilan bog‘liq ravishda taklif o‘zgarishlari
doimo bir xil darajada boradi, degan xulosa chiqarish to‘g‘ri
bo‘lmaydi. Odatda, taklif narxdan oldinroq, tezroq yuradi. Keltiril-
gan misolda narx 5 marta oshgani holda taklif 8 marta oshdi. Bu
holatni chizma bilan ifodalansa, quyidagicha ko‘rinishga ega
bo‘ladi. Chizmada taklif egri chizig‘i harakatini ko‘rish mumkin:
a
n
o
d
r
i
B
,
i
x
r
a
n
k
a
n
y
o
h
c
m
‘
o
s
f
i
l
k
a
t
a
k
k
a
Y
a
n
o
d
,
i
r
o
d
q
i
m
f
i
l
k
a
t
y
i
m
u
m
U
a
n
o
d
,
i
r
o
d
q
i
m
f
i
l
k
a
t
y
i
m
u
m
U
a
n
o
d
,
i
t
a
m
y
i
q
0
0
1
1
0
0
0
1
0
0
0
0
0
1
0
0
2
2
0
0
0
2
0
0
0
0
0
4
0
0
3
4
0
0
0
4
0
0
0
0
0
2
1
0
0
4
6
0
0
0
6
0
0
0
0
0
4
2
0
0
5
8
0
0
0
8
0
0
0
0
0
0
4
Òaklifning narxga nisbatan o‘zgarishi
1
Ko‘ylak narxi, so‘m
900
700
500
300
100
0
1000
3000
5000
7000
9000
X
Y
A
B
C
D
E
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 60-bet.
Taklif, dona
75
Chizmada
OY chizig‘i narxni, OX chizig‘i esa taklifni, AE chizig‘i
taklif o‘zgarishini ifodalaydi. Narx 100 so‘m bo‘lganda, taklif
A nuq-
tada bo‘lsa, u 500 so‘mga chiqqanda taklif
E nuqtagacha ko‘tariladi.
Òaklifning elastikligi
Òaklif bozor munosabatlarining asosiy qonuni bo‘lib, u narx
bilan tovar taklifi o‘rtasidagi aloqadorlikni ko‘rsatadi, bu bog‘lanish
taklifning elastikligi (o‘zgaruvchanligi)da o‘z ifodasini topadi.
Narx o‘zgarishiga nisbatan taklif o‘zgarishi
taklif elastikligi deyiladi.
Òaklifning o‘zgarishi bir qator omillarga bog‘liq holda sodir
bo‘ladi. Òaklif elastikligi koeffitsiyentini hisoblash uchun taklif va
narx o‘zgarishlari taqqoslanadi:
=
.
(
‘
)
(
‘
)
B
T
foiz hisobida taklifning o zgarishi
E
k
V
foiz hisobida narxning o zgarishi
Agar taklifning o‘zgarish darajasi narxning o‘zgarish darajasidan
yuqori bo‘lsa, taklif elastik bo‘ladi. Bunda elastiklik koeffitsiyenti
birdan yuqoridir, ya’ni
E
k
>1. Òovar narxi 10 % oshgani holda
taklif 15 % oshsa, elastik taklif paydo bo‘ladi. Bunda taklifning
elastikligi ma’lum narx doirasida yuz beradi. Buni tushunish uchun
olma narxi bilan uning taklifini solishtiramiz. Olma narxi 10 so‘m
bo‘lganda uning taklifi 80 kg bo‘lgan. Uning narxi 12 so‘m
bo‘lganda taklif 120 kg.ga yetadi.
Olmaga taklif 40 kg yoki 40 % ga ko‘paygan. Demak, narx
diapazoni 10—20 so‘m bo‘lganda taklif elastik bo‘lgan. Bunda
40:20=2, ya’ni
E
k
=2 yoki
E
k
>1. Bunday elastiklikni elastik taklif
chizmasida quyidagicha ifodalash mumkin:
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 61-bet.
Òaklif elastikligi
1
20
40
60
80
100
120
13
11
9
7
5
3
1
0
X
S
F
D
C
A
B
Y
Olma narxi, so‘m
Taklif, kg
76
Chizmada
AB>CD, shuning uchun taklif o‘zgarishlari FS
chizig‘idan o‘tadi.
Bozorda taklif har doim ham narxdan ustun darajada o‘saver-
maydi. Agar taklifning o‘zgarishi narxning o‘zgarish darajasidan
past bo‘lsa, taklif noelastik bo‘ladi. Misol uchun, bozorda futbol
to‘pining narxi 5000 so‘m bo‘lganda 10 ta to‘p taklif etilib, jami
taklif miqdori 50 ming so‘mni tashkil etdi. Òo‘pga talab oshib,
uning narxi 7 ming so‘mga, ya’ni 40 % ga oshdi. Bunda tadbirkor
qo‘shimcha yana 10 ta to‘pni bozorga chiqardi, ya’ni jami taklif
100 % ga ko‘paydi:
=
<1.
10
=
=0,25.
=0,25 yoki
40
f
k
k
k
T
E
E
E
V
Demak, taklif noelastik. Noelastik taklif quyidagi chizmada
berilgan:
AB oralig‘i (miqdori) CD
oralig‘idan kichik. Shunga ko‘ra,
FS chizig‘i tikroq o‘tgan. De-
mak, narx diapazoni 5—7 ming
so‘m bo‘lganda, futbol to‘piga
taklif noelastik darajaga chiqadi.
10
=
=1,5 yoki
15
f
k
T
E
V
=
E
k
>1.
Elastik va noelastik takliflar
bilan bir qatorda mutlaq elastiklik ham bor. Agar narxning muayyan
darajasida cheklanmagan miqdorda tovarlar taklif etilsa, mutlaq
elastik taklif holati kelib chiqadi, unda
E
k
=0° bo‘ladi. Ammo
mutlaq elastiklik doimiy bo‘lmaydi. Misol uchun, bozorda
ma’lum bir tovar zaxiralari ko‘p bo‘lgani uchun u narxning oshib
borishiga javoban yil davomida uzluksiz taklif etiladi, ammo bu
taklif ana shu tovarning zaxirasi tugaguncha davom etadi, xolos.
Mutlaq noelastik taklif holatni bozorda narx o‘zgarishlari taklifga
hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan hollarda ko‘rish mumkin.
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 61-bet.
Òaklifning noelastik holati chizmasi
1
Futbol to‘pi narxi, so‘m
S
F
A
B
X
Y
90
70
50
30
10
0
D
C
1000 3000 5000 7000 9000
Futbol to‘pi taklifi, dona
77
Misol uchun, jahon bozorida paxtaning narxi 50 % ga oshdi,
ammo shu yilda olingan paxta hosili holatiga ko‘ra paxtani ko‘payti-
rishning imkoniyati yo‘q. Demak, paxtaning taklifi o‘zgarmaydi.
Òaklifning elastik bo‘lishini bilgan sotuvchilar narx o‘zgarish-
lariga javoban tovarlarni ko‘paytirish yoki qisqartirishlari zarur.
Ammo noelastik taklif bu ishga imkon bermaydi. Narx oshgan
holda taklif o‘zgarmay qolishi, hatto qisqarib ketishi ham mumkin.
Chunki narx oshganida ishlab chiqarish sarf-xarajatlari ham ortib
borishi mumkin. Òovar narxi bilan xarajatlar bir xil o‘zgarsa, foyda
miqdori o‘zgarmay qoladi. Agar xarajatlar sekinroq o‘ssa, foyda
ortadi, bordi-yu, xarajatlar narxdan tezroq o‘sib ketsa, foyda
qisqaradi. Binobarin, narxga qarab taklifning o‘zgarishi tovarni
ishlab chiqarish naqadar foyda berishiga qarab yuz beradi. Òaklif
o‘zgaruvchanligiga tovar narxidan tashqari, boshqa omillar ham
ta’sir ko‘rsatadi:
1. Resurslar narxi. Bozorda resurslar narxi oshib ketsa, tovar
ishlab chiqarish xarajatini o‘zgartirib, korxonaning foydasini
kamaytiradi. Misol uchun, gazlamaning narxi oshib ketsa, tikuv-
chilik korxonalari oladigan foydasining pasayishiga olib kelishi
mumkin yoki aksincha, gazlamaning narxi pasaysa, ishlab chiqarish
xarajatlarini qisqartiradi, natijada tikuvchilik foydasi ko‘payib,
ularning taklifi ham ko‘payadi.
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Korxonalarda yangi texnolo-
giyalardan foydalanish resurslar, ya’ni xomashyo, yoqilg‘i va boshqa
materiallar qimmatlashgan sharoitda ham resurslarni tejashni
ta’minlab, xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Misol uchun,
O‘zbekistonga so‘nggi yillarda mevalarni qayta ishlash yangi
texnologiyalari kirib kelishi, ya’ni ulardan sharbat tayyorlash, quri-
tish usullaridan foydalanish natijasida bu tovarlarning sifati
yaxshilanishi, ulardan samarali foydalanish imkoniyatini oshirdi,
bu tovarlarga qo‘shilgan qiymat hissasining ko‘payishiga olib keldi,
natijada mamlakatimizda bog‘dorchilik sohasining foydasi ortib,
taklif ham ortadi.
3. Boshqa, ya’ni o‘rinbosar tovarlar narxi. Bozorga xilma-xil tovar-
lar taklif qilinadi. Bular orasida bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar
ham mavjud bo‘ladi. Shu sababli bir tovar narxining o‘zgarishi,
boshqa o‘rinbosar tovar taklifini ham o‘zgartirishga olib keladi.
4. Narxning o‘zgarish ehtimoli. Bozor sharoitida, odatda, narxlar
o‘zgarib turadi. Agar narxning oshishi kutilsa, tovar taklifi qisqaradi,
chunki tovar taklif qiluvchilar narx oshguniga qadar tovarini bozorga
78
chiqarmay turishadi. Narx oshishi bilan taklifni oshiradi. Narx pasayishi
kutilayotgan bo‘lsa, tovar bozorga chiqarilib, natijada taklif ko‘payadi.
5. Òovar ishlab chiqaruvchilar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa,
bozorga shunchalik ko‘p tovarlar taklif etiladi, ishlab chiqarishni
kengaytirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar, bu, o‘z navbatida,
narxlarning o‘zgarishiga olib keladi.
6. Davlat moliya siyosati. Bozordagi taklifga davlat moliya siyosati
bevosita ta’sir ko‘rsatadi, chunki soliqlar korxona xarajatiga kiradi,
shu boisdan soliqlar ortsa, taklif qisqaradi, ular kamaysa, taklif
ko‘payadi. Davlat ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarni budjetdan
pul berish orqali qo‘shimcha xarajatlarini qoplab, qo‘llab-quvvatlab
turadi. Shu yo‘l bilan davlat taklifini ko‘paytirishga ta’sir ko‘rsatadi.
Òaklifning elastikligi ayrim tovarlarda namoyon bo‘lmaydi.
Shunday noyob tovarlar borki, ularning narxi qanchalik oshmasin,
baribir taklifi ko‘paymaydi. Misol uchun, ayrim osori-atiqa
buyumlar va adabiyot-san’at asarlari, yer, yerosti boyliklari narxlari
doimo oshib boradi, ammo ularning taklifi ko‘paymaydi.
Òaklif elastik bo‘lishi uchun narx ortishiga javoban tovarlarni
hozir yoki kelajakda ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bo‘lishi
zarur. Buning uchun esa korxonalarda to‘la ishlatilmay turgan
mashina-uskunalar, ishchilarni qo‘shimcha ishga jalb etish, qo‘-
shimcha xomashyo, yoqilg‘i va energiya topish talab qilinadi. Misol
uchun, anor sharbatining narxi oshganda, uni ko‘proq taklif etish
uchun qo‘shimcha anorzorlar tashkil etilishi zarur va uni qayta
ishlash uchun yangi korxonalar bo‘lishi kerak. Shunday qilinmasa,
taklif elastik bo‘lmaydi.
Òaklifning elastik bo‘lishiga mavsumiy ishlab chiqarish ham
ta’sir etadi. Misol uchun, yoz mavsumida dehqonchilik, bog‘dor-
chilik mahsulotlari taklifi ortishi bilan narxi pasayadi, lekin shunga
qaramay taklif ortadi.
Bozorda taklifi mutlaqo o‘zgarmay, noelastik qoladigan tovarlar
ham mavjud bo‘lib, ular ko‘proq yakka nusxada yaratilgan noyob
tovarlar hisoblanadi. Ular alohida kam uchraydigan ashyolardan
tayyorlanadigan, alohida iste’dod sohibi bo‘lgan hunarmandlar
tomonidan yaratilgan tovarlardir.
4.7. Bozor muvozanati va uning iqtisodiyotga ta’siri
Bozor muvozanati deganda bozorda sotuvchi taklif etayotgan
narx bilan xaridor bildirayotgan narxning bir-biriga mos kelishi
79
tushuniladi. Odatda, bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi
savdolashuv natijasida har ikki tomonga ma’qul narx paydo bo‘ladi,
bu narx muvozanat narx deb aytiladi. Demak, muvozanat narx
talab va taklif tenglashib, bir-biriga mos tushgan sharoitda vujudga
keladi. Muvozanat narxni quyidagi misol bilan tushuntirishga
harakat qilamiz:
Muvozanat narxning kelib chiqishi
a
n
o
d
r
i
B
a
l
o
y
i
p
,
i
x
r
a
n
m
‘
o
s
r
a
l
a
l
o
y
i
P
,
i
r
o
d
q
i
m
a
n
o
d
f
i
l
k
a
T
n
a
g
n
i
l
i
q
a
l
o
y
i
p
,
i
t
a
m
y
i
q
m
‘
o
s
-
a
l
i
t
o
S
-
o
y
i
p
n
a
g
i
d
-
q
i
m
r
a
l
a
l
a
n
o
d
,
i
r
o
d
-
n
i
l
i
q
d
i
r
a
X
r
a
l
a
l
o
y
i
p
n
a
g
-
y
i
q
)
b
a
l
a
t
(
m
‘
o
s
,
i
t
a
m
n
a
d
f
i
l
k
a
t
g
n
i
n
b
a
l
a
T
i
k
o
y
)
+
(
i
g
i
l
q
i
t
r
o
)
—
(
i
g
i
l
m
a
k
0
0
1
0
0
2
0
0
3
0
0
4
0
0
5
0
0
0
1
0
0
0
2
0
0
0
4
0
0
0
6
0
0
0
8
0
0
0
0
0
1
0
0
0
0
0
4
0
0
0
0
0
2
1
0
0
0
8
0
0
0
6
0
0
0
4
0
0
0
2
0
0
0
1
0
0
0
0
0
8
0
0
0
0
0
2
1
0
0
0
0
0
2
1
0
0
0
0
0
8
+
0
0
0
0
0
7
+
J
–
T
+
0
0
0
0
0
4
2
0
0
0
0
0
0
4
0
0
0
0
0
8
0
0
0
0
0
5
2
0
0
0
0
0
5
3
–
0
0
0
0
0
6
1
–
Jadvaldan ko‘rinadiki, bitta piyola narxi 300 so‘m bo‘lganda talab
va taklif tenglashdi. Undan oldin esa talab ustun edi. Endi narx
300 so‘mdan oshib ketdi, bu esa ishlab chiqaruvchi uchun qulay
vaziyatni keltirib chiqardi va u o‘z tovari taklifini ko‘paytirdi. Lekin
piyola narxining bunday oshib ketishi xaridorga ma’qul bo‘lmaydi,
natijada talab pasayib, taklif ortib ketdi, piyola endi juda kam
sotiladigan bo‘lib qoldi. Piyola taklifi bu holatda kamayib boradi.
Buni chizmada ifodalab, talab va taklif egri chizig‘ini hosil qilamiz.
Òalab va taklif muvozanati egri chizig‘ining kelib chiqishi
S
Z
Z
D
E
B
A C
X
S
Y
Piyola narxi, so‘m
1000
3000
5000
7000 8000
900
700
500
300
100
0
Piyola miqdori, dona
80
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, bozorda muvozanat buzilganda
taqchillik yoki tovarning ortiqchaligi holati kelib chiqar ekan.
SS o‘zgarishlari talab chizig‘i bo‘lsa, ZZ taklif chizig‘idir. Ular
kesishgan A nuqtada muvozanat bor, uni 300 so‘mga teng narx
belgilaydi. Narx 200 so‘mga tushsa, BC oralig‘iga teng taqchillik,
ya’ni ortiqcha talab paydo bo‘ladi. Agar narx 400 so‘mga ortsa,
DE oralig‘iga teng ortiqcha taklif vujudga keladi.
Bozorda talab va taklif muvozanati doimo barqaror holda
turmaydi, u tez-tez o‘zgarib turadi. Bozorda ma’lum tovarlarga
narx arzonlashsa, keyinchalik shu tovarning taqchilligi kelib
chiqadi, chunki bu tovarlarning taklifi juda kamayib ketadi, natijada
chayqovchilik avj oladi.
Bozorda narxning oshib ketishi ham ma’qul emas, chunki bu
holatda tovarlar sotilmay qolishiga olib keladi va aholi o‘zlari
uchun kerakli tovarlarni topa olmay qoladi va ularning talabi
qondirilmaydi. Narx oshsa, tovarlarni sotish qiyinlashadi, savdo
hajmi kamayadi, natijada kutilgan foyda ham kamayadi. Òovarlar
sotilmay qolishi korxonalar uchun zarar keltiradi, ular bu tovarlarini
ishlab chiqarish uchun qilgan sarf-xarajatini qaytara olmay sinishi
va yopilib ketishlari ham mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, bozorda
narxning har ikki tomon, ya’ni sotuvchi va oluvchi uchun maqbul
bo‘lgan, foyda ko‘rishni ta’minlaydigan me’yori, muvozanati
bo‘lishi zarur ekan. Shunda tadbirkor o‘z ishlab chiqarishini
rivojlantirish imkoniga ega bo‘lib, bozorga o‘z tovarlarini uzluksiz
taklif qilib foyda oladi. Iste’molchilar esa o‘zlari uchun zarur
bo‘lgan tovarlarni sotib olib naf ko‘rish va talablarini to‘la qon-
dirish imkoniga ega bo‘ladilar. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,
bozorda narxning muvozanatli bo‘lishi ishlab chiqaruvchi bilan
iste’molchi manfaatlarini uyg‘unlashtiradi. Bozorda muvozanat-
ning bo‘lishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga olib
keladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Talab;
• yakka talab;
• jami talab;
• talab o‘zgaruvchanligi (elastikligi);
• taklif;
• taklif elastikligi;
• bozor muvozanati;
• noelastik talab;
• noelastik taklif.
81
1. Ehtiyoj va talab tushunchalari farqini ayting.
2. Òalab qaysi hollarda qondirilmay qolishi mumkin?
3. Òalabning qanday turlari bor?
4. Òalab qonuni nima va u qanday namoyon bo‘ladi?
5. Òaklif deganda nimani tushunasiz?
6. Òaklif qonuni nima va uning namoyon bo‘lishini tushuntirib bering.
7. Òaklifning o‘zgarishiga nimalar ta’sir etadi?
8. Òovarning nafliligi nima?
9. Òovarning nafliligi nima uchun pasayishga moyil bo‘ladi?
10. Qanday tovarlar o‘rinbosar tovarlar deyiladi?
11. Òalab elastikligi nima?
12. Noelastik talabni qanday tushundingiz?
14. Òaklif elastikligi nima?
15. Noelastik taklifni qanday tushundingiz?
16. Bozor muvozanati qanday tashkil topadi?
17. Muvozanatli narx deganda nimani tushunasiz?
18. Muvozanatning buzilishi nima uchun sodir bo‘ladi?
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
82
5-bob. ÒADBIRKORLIK FAOLIYATI VA KICHIK BIZNES
TUSHUNCHASI, ULARNING MOHIYATI
5.1. Òadbirkorlik faoliyati va kichik
biznesning nazariy asoslari
Òadbirkorlik «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida iqtisodiy kategoriya
sifatida o‘rganiladi. Chunki bozor tizimida iqtisodiyot jamiyat
a’zolarining faol tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari asosida rivojlanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A. Karimov «Òadbirkorlik — iqtisodiy tanglikdan olib
chiqishning, iqtisodiy taraqqiyotga olib borishning asosiy iqtisodiy
vositasi, taraqqiyot lokomotivi»
1
, deb ta’kidlagan edilar.
Òadbirkorlik — bu, eng avvalo, ayrim insonlarning o‘ziga xos alohida
xislati bo‘lib, ular foyda yoki boshqa iqtisodiy manfaat ko‘rish uchun
o‘z mulkidan yoki boshqalardan qarz olib bo‘lsa ham, tavakkal qilib,
xavf-xataridan qo‘rqmay ma’lum bir faoliyat turi bilan shug‘ullanish
qobiliyatidir. Shunday qobiliyatga ega bo‘lgan kishilarni xalqimiz
tadbirkorlar deyishadi. Insonlarning o‘z tadbirkorlik qobiliyatini ishga
solish orqali ma’lum bir faoliyat turi (biznes) bilan shug‘ullanuvchilarni
g‘arb mamlakatlarida biznesmenlar deb ataydilar. Barcha taraqqiy etgan
mamlakatlarda tadbirkorlik, ya’ni biznesning YIMda hissasi 70—
80 % ni tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tadbirkorlikning uch xil
tashkiliy-huquqiy shakli mavjud bo‘lib, ular xususiy (individual)
korxona, sherikchilik (hissadorlik) va korporatsiya deyiladi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik to‘g‘risida qabul qilingan qonunga
ko‘ra, tadbirkorlikni faqatgina insonning qobiliyati emas, balki
ma’lum bir iqtisodiy faoliyat yuritishning tashkiliy-huquqiy shakli-
dir deb ko‘rsatilgan. Natijada O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati
bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan tez rivojlanib bormoqda. Hozirgi
vaqtda tadbirkorlikning yangi xilma-xil shakllari, ayniqsa, oilaviy
tadbirkorlikning milliy yo‘nalishdagi turlari bo‘lgan hunarmand-
chilik, kulolchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, qandolatchilik va
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T.,
«O‘zbekiston», 1992, 78-bet.
83
boshqalar tez rivojlanyapti. Shu bilan birga sherikchilik asosida
tashkil etilayotgan jamoatchilik shaklidagi tadbirkorliklar ham
rivojlanib boryapti. Òadbirkorlikning uchinchi korporativ ko‘rinish-
dagi shakli ham mamlakatimizda ko‘proq qo‘shma korxonalar
sifatida tashkil topmoqda.
Òadbirkorlik tushunchasini dastlab ingliz iqtisodchisi R. Kantilon
XVIII asrda iqtisodiy adabiyotga olib kirgan. U tadbirkorlikni,
asosan, savdogarlar faoliyatlari bilan bog‘liq va bu faoliyatning bosh
xususiyati tavakkalchilikdan iborat deb ko‘rsatgan. Yana bir taniqli
ingliz iqtisodchi olimi A. Smit ham tadbirkorni tavakkal qiluvchi
mulk egasi, tijorat bilan shug‘ullanib, foyda oluvchi deb ta’riflaydi.
Òadbirkorlikni keng ma’noda talqin etgan olim Jan Batist
Seydir. Uning fikricha, tadbirkor — bu foyda olish uchun faol
iqtisodiy odam. U ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanib,
o‘z tajribasi va bilimi asosida tavakkalchilik xataridan qo‘rqmay
ish olib boruvchi kishidir deb ta’riflaydi. Òadbirkorning daromadini
esa uning tadbirkorlik faoliyati evaziga olingan foydasi deb ataydi.
Òadbirkorlik to‘g‘risida nemis olimi V. Zombert shunday deydi:
«Òadbirkor — bu «zabt etuvchi», g‘alaba uchun kurashuvchi, turli
xatarga tayyor, ruhan erkin, g‘oyalarga boy, irodali, tirishqoq,
tashkilotchi, ya’ni u birgalikda ishlash uchun kishilarni birlashtira
oladi. Uning maqsadi foydaning ko‘payishiga erishish bo‘lib,
buning uchun u o‘z ishining o‘sishi, ravnaq topishiga harakat qiladi».
Avstriyalik iqtisodchi Y. Shumpeter tadbirkorni ta’riflab, uni
novator deb ataydi. Òadbirkor, uning fikricha, ishlab chiqarish
omillaridan samarali foydalanish yo‘llarini izlovchi va shu orqali
iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi kishidir. Òadbirkor ishlab chiqarishni
tashkil qilish uchun o‘zi xususiy mulk egasi bo‘lishi shart emas,
balki u bank boshqaruvchisi yoki aksiyadorlik jamiyatining boshqa-
ruvchisi bo‘lishi ham mumkin deb qaraydi. Uning fikricha, tadbir-
korlikni aksiyadorlik jamiyatlari tuzish orqali ham nisbatan oson-
gina amalga oshirish mumkinligini asoslashga harakat qiladi.
Bunday tashkiliy tuzilmada tadbirkorlar o‘z mehnatlari asosida,
shu bilan birga, chetdan ishchi yollab ish yuritishlari ham mumkin
bo‘ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati bir guruh shaxslar tomonidan
o‘zaro shartnoma va iqtisodiy manfaatdorlik asosida bog‘langan
kishilar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Jamoaviy tadbirkorlik
subyektlari sifatida aksiyadorlik jamiyatlari, ijara jamoalari, koope-
rativ, shirkat va boshqalar alohida tadbirkorlik subyekti sifatida
davlat, uning tashkilotlari ham o‘z faoliyatlarini olib borishi mumkin.
84
5.2. Òadbirkorlikka xos xususiyatlar
Yuqorida keltirib o‘tilgan nazariy asoslarga ko‘ra tadbirkorlik-
ning birinchi asosiy xususiyati, bu — uning xo‘jalik yurituvchi
subyekt sifatida mustaqilligi va erkinligining davlat tomonidan
huquqiy jihatdan kafolatlanganligidir. Bu esa unga, eng avvalo,
tadbirkorlik faoliyat turini tanlash, uni moliyalashtirish manbalarini
topish, resurslarni sotib olish, o‘z mahsulotiga narx belgilash,
topgan daromadini mustaqil tasarruf qilish kabi erkinliklarni beradi.
Bu erkinliklar esa tadbirkorga bozorning asosiy qoidasi bo‘lgan,
ya’ni nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va kim uchun ishlab
chiqarish kabi masalalarni o‘zi hal qilish imkonini beradi.
Òadbirkor faoliyati faqat bozor, undagi talab va taklifga hamda
o‘z tovariga to‘g‘ri narx belgilay olishi bilan bog‘liq bo‘lib qoladi.
Òadbirkorlikning ikkinchi muhim xususiyati faoliyati doimo
tavakkalchilik xatari bilan bog‘liq ekanligi bilan belgilanadi. Chunki
o‘z faoliyati natijasining hisob-kitobi nihoyatda aniq va to‘g‘ri
bo‘lishiga qaramay, amalda mo‘ljallangan natijaga erisha olmasligi
ham mumkin.
Òadbirkorlikning uchinchi xususiyati uning foydani ko‘proq
olishga intilishidir. Shuning uchun tadbirkor o‘z faoliyatidagi turli
muammo va masalalarni yechishda o‘ziga xos kutilmagan innovatsion
yondashuvi, original yechimlar topishi, yangi-yangi yo‘llarni qidiri-
shi, tinmay izlanishi bilan xarakterlanadi. Chunki bozor xo‘jaligining
asosini iqtisodiy faol subyektlar — tadbirkorlar tashkil etar ekan,
ular o‘zlarining tabiiy qobiliyatlarini namoyon etishga harakat
qilishlari, imkon qidirishlari va o‘z maqsadiga erishishlari zarurdir.
Bozor iqtisodiyoti tizimida tadbirkorlar sinfi erkin bozor
munosabatlarining tayanchi, demokratik davlat, fuqarolik jamiyat-
dagi o‘rta tabaqa, iqtisodiy faol, harakat qiluvchi qatlam hisob-
lanadi. Shuning uchun ular jamiyatdagi ikki qutb: boylar va kam-
bag‘allar hisobidan ortib boradi.
Òadbirkorlik, bu faqatgina biron ish, iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanish emas, u insonning o‘ziga xos xususiyatlari, fikrlashi,
dunyoqarashi, shaxsning tabiiy qobiliyati kabi xislatlarining
namoyon bo‘lishidir. Òadbirkor bo‘lish, bu uzoqni ko‘ra bilish,
tavakkal qilishni bilish, noaniqlikdan qo‘rqmaslik, g‘alabaga
ishonch bilan intilishdir. Uning mana shu o‘ziga xos xususiyatlari,
fidokorona mehnatlari va shu mehnatining iqtisodiy samarasi
uning tadbirkor kishi ekanligini bildiradi. Shu bilan tadbirkorlik
iqtisodiy va ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan faoliyat hisoblanadi.
85
O‘zbekiston Respublikasining «Òadbirkorlik to‘g‘risida»gi
Qonunida tadbirkorlikka shunday ta’rif berilgan: «Òadbirkorlik
mulkchilik subyektlarining foyda olish maqsadida, tavakkalchilik
va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida
tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdir». Ushbu Qonun
mamlakatimizda tadbirkorlikning huquqiy asosini tashkil etadi.
Òadbirkorlik quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
1. Mulk egasi bo‘ladi va o‘z mulki asosida yoki o‘zga mulkni
ijaraga olib faoliyat yuritadi.
2. Foyda olish, ya’ni manfaat ko‘rish va natijada boylik,
farovonlikka erishish.
3. Iqtisodiy erkinlik, ya’ni tadbirkor bozorning asosiy qoidasiga
ko‘ra nimani, qancha, qanday ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni
kimga, qachon va qanday bahoda sotishni, kimlar bilan aloqa
qilishni, o‘ziga sherik topishni, qanday iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanishni o‘zi belgilaydi.
4. Iqtisodiy mas’uliyat, ya’ni javobgarlikni tadbirkor o‘z
zimmasiga olib, ko‘rgan foyda-zarariga o‘zi javob beradi.
5. Iqtisodiy tavakkalchilik asosida ish yuritadi, har qanday
iqtisodiy xavf-xatarni o‘z zimmasiga olib ishlaydi.
6. Bozor va davlat qonun-qoidalariga rioya qiladi.
7. Raqobat kurashida qatnashish, ya’ni doimo raqobatbardosh
tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatish orqaligina foyda
olishga erishadi.
8. Òadbirkorlik sirini saqlash qoidalariga rioya etadi. Bu o‘z
ish sirini, yangi texnologiya, yangi tovar yaratish, xaridor topish,
narx belgilash kabilardan iborat.
9. Halollik bilan ish yuritish, ya’ni halol yo‘l bilan daromad
topishga asoslanishi zarur. G‘irrom va aldamchilik bilan ish yuri-
tishga yo‘l qo‘yilmaydi. Òadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan
tovarlar iste’molchilarning tovar sifatiga bo‘lgan talabini qondirishi,
tovar sifatini kafolatlashi shart. Iste’molchi doimo haq degan
tamoyilga rioya qilinishini davlat nazorat qiladi. «Davlat iste’-
molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi-yu, undan foydalanish
chog‘idagi huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini
kafolatlaydi» (O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning
huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunidan).
10. Òadbirkorning o‘z nufuziga ega bo‘lishi, ya’ni xalq orasida
obro‘-e’tiborli bo‘lishga intilishi. Òadbirkor o‘z sha’ni va korxonasi
obro‘-e’tiborini tushirmasdan, uni ko‘tarishga harakat qilishi kerak.
86
11. Xo‘jalikning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyili joriy etilishi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga ko‘ra, davlat tadbirkor-
likni qo‘llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiladi
va ular mulkining daxlsizligini ta’minlaydi. Davlat tadbirkorlar
ishiga aralashmaydi, balki ularga ko‘maklashadi, qonunlar orqali
tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi.
5.3. Òadbirkorlik turlari
Òadbirkorlik turlari ko‘p va ularni quyidagicha tasniflash mumkin.
Òadbirkorlikning huquqiy maqomiga ko‘ra, ikki xili mavjud:
a) jismoniy shaxslar — davlatdan patent, litsenziya, ya’ni
ruxsatnoma olib faoliyat yuritadilar;
b) yuridik shaxslar — davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilib,
turli shakldagi firmalar, korxonalar va boshqalar tuzadi. Ular,
asosan, o‘z nizomlari asosida faoliyat yuritadilar.
Mulkchilik maqomiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati, asosan, in-
dividual, oilaviy-xususiy, korporativ-xususiy, jamoa, davlat tadbir-
korligi shaklida tashkil qilinadi. Xo‘jalik faoliyatining xarakteriga
ko‘ra, tadbirkorlikning quyidagi turlari bor: ishlab chiqarish, tijorat,
moliyaviy, sug‘urta, vositachilik va boshqalar. Respublikada amaldagi
qonunlarga ko‘ra, tadbirkorlik rasmiy ochiq hamda yashirin
(jinoiy) — xufiyona tadbirkorlik ko‘rsatilgan. Òadbirkorlikning ish
ko‘lami, ishlab chiqargan mahsuloti hajmiga qarab kichik, ya’ni
mikrofirma, korxona, oilaviy korxonaga bo‘linadi.
Respublikamizda qabul qilingan «Òadbirkorlik to‘g‘risida»gi
Qonunga ko‘ra, tadbirkorlikning quyidagi turlari e’tirof qilinadi:
• yakka tartibdagi mehnat faoliyati asosidagi tadbirkorlik;
• ayrim fuqaro tomonidan yollanma mehnatni jalb etish asosida
amalga oshiriladigan xususiy tadbirkorlik;
• bir guruh fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan jamoa
tadbirkorligi;
• oilaviy tadbirkorlik;
• yuridik shaxslar va fuqarolar, o‘z mulklari va mulkiy
huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladigan tadbirkorlik.
Òadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan har qanday kishi bu ishni
tashkil etish, rivojlantirish va nihoyat daromad olish darajasiga
erishgunga qadar, bir qator tayyorgarlik bosqichlarini bosib o‘tadi.
Ular quyidagilar:
Birinchi bosqichda — dastlab uning ongida fikr paydo bo‘ladi
va bu qaysi yo‘nalishda, qaysi sohada amalga oshirilishini o‘ylab,
87
baholab ko‘riladi, so‘ngra o‘z mulki va boshqa imkoniyatlarini
hamda olinishi mumkin bo‘lgan foydani aniqlab, chamalab,
hisoblab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda — biznes-reja tuzadi, bozorni o‘rganadi,
marketing rejasini tuzadi; ishlab chiqarish va moliyaviy ta’minot
rejasini tuzadi.
Uchinchi bosqichda — biznes ishtirokchilari bilan shartnomalar,
bo‘lg‘usi xaridorlar bilan shartnomalar tuzadi.
Òo‘rtinchi bosqichda — boshlash uchun zarur resurslar ta’mi-
noti, ya’ni ularni yetkazib beruvchilar aniqlanadi va ular bilan ish
boshlaydi.
Beshinchi bosqichda — korxonani boshqarish, rahbarlik, ya’ni
tashkiliy ishlarni aniqlab ish boshlaydi.
Òadbirkorlik faoliyati faqat daromad topish maqsadida emas,
balki jamiyatning boshqa a’zolari uchun ham zarur va foydali
bo‘lishi, bu faoliyat, eng avvalo, mamlakatda qabul qilingan
qonunlar bo‘yicha aniq belgilangan, tashkiliy-huquqiy shakl va
boshqarish tarkibiga muvofiq bo‘lishi ta’minlanishi kerak.
Har bir tadbirkorning asosiy maqsadi yuqori darajada foyda olish
bo‘lgani sababli u o‘zining uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqadi.
Bu strategik vazifa, asosan, ikki maqsadni ko‘zlaydi: birinchi navbatda,
tadbirkor o‘z muhofazasini o‘ylasa, ikkinchidan, albatta, hujumkor,
ya’ni o‘ta faollikka asoslanib ish yuritish strategiyasini ko‘zlaydi.
O‘z muhofazasini ta’minlashga asoslangan strategiya ham ikki
yo‘nalishda olib boriladi: bulardan biri imitatsion strategiya bo‘lib,
bunda tadbirkor o‘z faoliyatida yangiliklarni qo‘llashdan keladigan
xatarning oldini olish yoki biroz kamaytirish uchun undan
raqobatchilari fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, erishgan yutug‘iga
qarab, ehtiyotkorlik bilan ish yuritishi tushuniladi. Ikkinchisi, kutish
pozitsiyasiga asoslangan strategiya deyiladi. Bunda tadbirkor bir necha
turdagi mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashadi.
Shulardan qaysi birida raqobatchilari katta foydaga erishsa yoki zarar
ko‘rishgan bo‘lsa, shunga qarab ish yuritadi.
Ikkinchi hujumkor, ya’ni o‘ta faollik strategiyasi quyidagi to‘rt
yo‘nalishda olib boriladi:
1. Oqilonalik (ratsionalizm) strategiyasi — bunda tadbirkor
ko‘proq yangiliklarni joriy qilishga, yangi texnika va texnologiya-
larni sinab ko‘rish orqali foydalanishga harakat qiladi.
2. Kvota strategiyasi — bunda firma maksimal foyda olish
maqsadida ishlab chiqarishni kengaytirib, tovar sotish bo‘yicha
88
bozorda o‘z hissasini oshirishga harakat qiladi. Buning uchun
tovar narxini tushirib, talabni ko‘paytirishi mumkin.
3. Innovatsion strategiya — bunda tadbirkor tovar va xizmatlarni
yangilash orqali maqsadga erishishga harakat qiladi, chunki
mahsulot yangilanganda xarajatlarni pasaytiradi va shu orqali foyda
olish ko‘payadi.
4. Bozorning bo‘sh turgan segmentini to‘ldirish strategiyasi —
bunda tadbirkor bozorni marketing qilib, ilmiy o‘rganib, uning
asosida ishlab chiqarishni yangilaydi, ayniqsa, boshqalar tomonidan
ishlab chiqarila olmaydigan tovar bilan bozor segmentini to‘ldiradi.
5.4. Òadbirkorlik faoliyati shakllari
Bozor sharoitida tadbirkorlik faoliyatining eng ko‘p tarqalgan
tipik shakli, bu — korxonadir. Korxona qanday mulk shakliga
asoslangan bo‘lmasin, firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning barcha shakllariga
mansub korxonalar barpo etilishi mumkin. O‘zbekiston Respub-
likasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonunida, ular faoliyatini
tashkil etish va tugatishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari
belgilab qo‘yilgan. Shuning uchun korxona xo‘jalik yurituvchi
subyekt sifatida mulkchilikning qanday shaklida bo‘lmasin, u
iqtisodiy jihatdan mustaqil alohidalashgan xo‘jalik yurituvchi
subyekt sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Korxona mulkchilikning
muayyan obyekti bo‘lib, uning ixtiyorida ishlab chiqarish vositalari,
resurslar va yaratilgan mahsulotlar mavjud.
Bozor iqtisodiyoti murakkab tizim sifatida o‘zining ichki tarkibiga
ko‘ra, turli bo‘g‘inlarga ega. Bu bo‘g‘inlarning har biri ham ma’lum
vazifani bajaradi. Korxona ishlab chiqarishning, butun iqtisodiyotning
birlamchi, asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Korxona ishlab chiqarish
resurslaridan rejali samarali asosda, ma’lum nisbatda qo‘shilishini
tashkil etib, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘li
bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat yuritadi.
Korxona xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida iqtisodiy mustaqil-
likka ega bo‘lishi uchun, u, eng avvalo, o‘z mulkiga o‘zi egalik
qilishi zarur. Shundagina nima ishlab chiqarish, qancha, qanday
usullar bilan ishlab chiqarish, uni kimga qanchadan sotish, ko‘rgan
foydasini qanday ishlatish kabi masalalarni korxonaning o‘zi
mustaqil hal qiladigan bo‘ladi. Lekin bu muammolarni korxona
faqat bozor bilan bog‘liq holda hal qila oladi. Korxona bozordan
89
resurslar sotib oladi, o‘zining tovarlarini sotadi va qilgan barcha
xarajatlarini oladigan foydasiga qarab rejalashtiradi.
Bozordagi narxlar uning xarajatlari miqdorini, oladigan foydasini
va nihoyat uning faol ishlay olish va ishlay olmasligini belgilaydi.
Shuning uchun korxona doimo bozordagi raqobat sharoitiga tez
moslashib borishi, ishlab chiqarayotgan tovarlarini yangilab, sifatini
yaxshilab borishi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi, korxonani
kengaytirish va modernizatsiyalash uchun sarmoyalar joriy qilib borishi
lozim. Korxona o‘z faoliyatida innovatsiyaga katta e’tibor bilan qarashi
kerak. Korxona faoliyatida reklama ham juda muhim rol o‘ynaydi.
Jahon mamlakatlari iqtisodiyotida ko‘proq firma shakli uch-
raydi. Firma tarkibida bitta yoki bir necha korxonalar bo‘lishi
mumkin. Firmalar mulkchilik shakliga ko‘ra, uch xil bo‘ladi:
a) yakka (individual) mulk egaligidagi xususiy firma;
b) sherikchilik asosida tashkil qilingan firma;
d) aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan firma–korporatsiya.
Firmalar tashkiliy-huquqiy asoslari, xo‘jalik yuritish uslublariga
ko‘ra ham turli shakllarga ega bo‘ladi: xususiy firma, shirkat
firmalari, mas’uliyati cheklangan firma, aralash firmalar, davlat
korxonasi kabilari ham uchrashi mumkin.
Xususiy firma — ayrim yakka shaxslarga yoki oilalarga tegishli
bo‘lib, ular, asosan, kichik biznes sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Sherikchilik asosida tashkil qilingan shirkat firmalar — bunda
mulk egalari o‘zaro kelishib, mulklarini birlashtirib, tadbirkorlik
bilan shug‘ullanadilar va olingan foydani qo‘shgan hissalariga ko‘ra
bo‘lib oladilar.
Mas’uliyati cheklanmagan firma. Firmaning bu shaklida ham
mulkiy sherikchilik yotadi. Ular dastlabki nizom kapitali tashkil
etib, to‘la huquqli sheriklar sifatida birgalikda faoliyat olib borishib,
birgalikda iqtisodiy javobgar bo‘ladilar. Firma tomonidan
olinadigan foydalar ham, mabodo, firma sinib qolsa yoki qarzlarini
to‘lash uchun aktivlari yetarli bo‘lmasa, qolgan qarzni to‘la
huquqqa ega bo‘lgan ta’sischilar to‘laydilar. Firma faoliyatiga
taalluqli barcha qoidalar, ya’ni ustav kapitaliga badallar foydani
taqsimlash, qarzlarni to‘lash kabilar firma nizomida belgilanadi.
Franchayzing (franchise — imtiyozli) firmalar. Bular ham kichik
xususiy firmalar hisoblanib, ular, odatda, yirik firmalar tarkibida
ish yuritadilar. Bu kichik firmalar yirik kompaniyalarga xizmat
qiluvchi yoki chakana savdo bilan shug‘ullanuvchilar sifatida tashkil
qilinadi.
90
Venchur (venture — xatarli) firmalar. Bu firmalar, odatda, katta
konsernlar, kompaniyalar qoshida tashkil etilib, ilmiy izlanishlar
olib boradilar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish bilan shug‘ul-
lanadilar. Shuning uchun ular xatarli deb yuritiladi, chunki ular
yaratgan yangiliklari, ixtirolari bozor talabiga javob bermay qolishi,
natijada ular foyda olmay qolishlari mumkin.
Mas’uliyati cheklangan firma. Bu firma sherikchilik asosida tashkil
topadi. Mas’uliyati cheklanishi nizom kapitali doirasida bo‘lib,
agarda sinsa, undan faqat nizom kapitaliga teng bo‘lgan miqdor-
dagina pulni undirish mumkin. Òo‘lov majburiyatidan ortiqcha
bo‘lgan qarzni ular to‘lamaydilar. Bunday firmalar nomiga, odatda,
inglizcha «limited», ya’ni «cheklangan» so‘zi qo‘shiladi.
Hozirgi vaqtda jahonda firmalarning keng tarqalgan shakli — bu
aksiyadorlik jamiyatlari hisoblanadi. Bu aksiyadorlik (hissadorlik)
jamiyatlari bir uyushma bo‘lib, uning a’zolari tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanish uchun jamiyatga birlashadilar. Jamiyat ustav
kapitaliga qarab, qimmatli qog‘oz — aksiya chiqarib sotadilar va
shu aksiyadan sotib olganlar jamiyatning hissadorlariga aylanadi,
so‘ngra jamiyat ko‘rgan foydadan o‘z hissasiga muvofiq ravishda
dividend oladilar. Aksiyadorlik jamiyatlari yopiq yoki ochiq turda
bo‘ladi. Yopiq turdagi jamiyat aksiyalari, odatda, faqat ma’lum
guruh kishilariga, ko‘pincha, korxona ishchi-xizmatchilari o‘rtasida
tarqatiladi. Ochiq turdagi jamiyatda esa uning aksiyalari ochiq
bozorda barcha xohlovchilarga sotilishi mumkin.
Davlat korxonalari — davlat mulki va to‘la uning nazorati
ostida ishlovchi korxonadir. Bozor iqtisodiyotida davlat ham
iqtisodiy munosabatlarda xuddi bir tadbirkor sifatida qatnashadi.
Bu korxonalar markaziy va mahalliy hokimiyatga qarashli bo‘lib,
ular birgalikda davlat sektorini tashkil etadilar. Iqtisodiy muno-
sabatlarda ular ham bozor qoidalariga to‘la rioya qilishadi. Ular
ishlab chiqarishning eng muhim va mas’uliyatli tarmoqlarida, ya’ni
mudofaa, aloqa, transport va boshqalarda tashkil etiladi.
Aralash firmalar — ular turli mulk shakliga asoslangan milliy
korxona sifatida yoki milliy va xorijiy kapital asosida tashkil etilgan
qo‘shma korxona sifatida bo‘lishi mumkin. Ular, odatda, hissador-
lik jamiyatlari shaklida tashkil topadi. Bu korxonalar tomonidan
olingan foydasi ham shunga qarab taqsimlanadi. Hozirgi kunda
O‘zbekistonda chet el kapitali ishtirokida tuzilgan qo‘shma
korxonalar jami korxonalarning 1,8 % ini tashkil etadi. Firmalar
o‘z filiallarini ham ochishlari mumkin va shu yirik firmalarning
91
tarkibiy qismi sifatida ish yuritadilar. Lekin ular mustaqil emas,
bosh firmaning bir qismi hisoblanishadi. Ish ko‘lami hududiy
jihatdan kengaygan sharoitda firma bo‘limlari tashkil etiladi.
Xalqaro korporatsiyalar turli mamlakatlarda o‘z bo‘limlarini
ochadilar, shuning uchun ham ular xalqaro deb ataladi.
Jahon tajribasida korxonalarni ishlab chiqargan mahsuloti hajmi
va ish ko‘lamiga qarab: kichik korxona (biznes), o‘rta korxona
(biznes) va yirik korporatsiya (biznes)ga ajratiladi. Ko‘pincha, asosiy
mezon qilib, firmada ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqa-
rish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan. Shundan kelib chiqib,
O‘zbekistonda qabul qilingan qonunchilikka ko‘ra, ishlab chiqarish
tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni
20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga
aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana
savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan yakka
tartibdagi tadbirkorlarni — mikrofirmalar, yengil va oziq-ovqat
sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta
ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida 100 kishidan;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish
hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalari 50 kishidan; fan,
ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish
hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalar 25
kishidan oshmagan, kichik korxonalar deb huquqiy maqom berilgan.
Masalan, AQSHda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga
qarab, korxonalar 5 toifaga bo‘linadi:
1) o‘ta kichik korxona (10 kishi);
2) juda kichik korxona (20 kishi);
3) kichik korxona (99 kishigacha);
4) o‘rta korxona (500 kishigacha);
5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi) deb belgilangan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik korxonalar yirik korxona-
larga nisbatan qator afzalliklarga ega. Ularni:
a) tez muddatda tashkil etish mumkin;
b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi;
d) bozorda talabning o‘zgarishiga tez moslashadilar va ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turini tezda o‘zgartirish imkoniga ega;
e) korxona sinsa ham mulk egasi ko‘p zarar ko‘rmaydi, yirik
korxonalar esa katta zarar ko‘rishlari mumkin va boshqalar.
92
Bu afzalliklar bozor sharoitida juda muhim hisoblanadi. Shu-
ning uchun ham respublikamizda ularning bu afzalligini hisobga
olib, kichik korxonalar barpo etishga katta ahamiyat berilyapti.
Ma’lumki, o‘zbek xalqi qadimdan mayda tovar ishlab chiqarish,
hunarmandchilik an’analariga boy va bu an’analarni hozirgacha
saqlab, rivojlantirib kelmoqda. Bu xususiyat respublikamizda xususiy
mulkchilikka asoslangan individual, oilaviy ishlab chiqarishni, ya’ni
kichik biznesni rivojlantirish imkonini beradi. Bu esa, ayniqsa,
keng xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishda kichik korxonalar
ochilishiga katta e’tibor berilishi zarurligini ko‘rsatadi. Shu
munosabat bilan respublikamizda 2009-yildan boshlab hozirgi
kungacha davom etayotgan oilaviy tadbirkorlik munosabatlarini
rivojlantirish, mazkur sohaning iqtisodiyotning alohida instituti
sifatida ajralib chiqishiga 2010-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Res-
publikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi asos yaratib
berdi. Prezidentimiz «...bugungi kunda kichik biznes va tadbirkor-
likni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-huquqiy shakli
sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti keldi» deb
ta’kidlab o‘tdi. Natijada mamlakatimizda, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, oilaviy tadbirkorlikning
huquqiy asoslarini belgilash maqsadida 6 qonun, 25 dan ziyod
Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari qabul qilindi. Jum-
ladan, O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 16-martda qabul
qilingan «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni hamda 2012-yil
2-maydagi «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘ri-
sida»gi Qonunining yangi tahriri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi «Oilaviy korxona tomo-
nidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydigan moddalar, materiallar
va asbob-uskunalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori,
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-iyuldagi 216-qarori bilan
tasdiqlangan «Oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik
faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomi va ushbu
nizomga Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-qarori
bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mamlakatda oilaviy
tadbirkorlik faoliyatini MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib
qonun doirasida mustahkamladi.
Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosini
belgilashda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 16-martdagi
«Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi sohani
93
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tardi. Sababi, bugungi kungacha
mamlakatda oilaviy tadbirkorlik, asosan, yakka tartibdagi
tadbirkorlik yoki xususiy korxona va mas’uliyati cheklangan jamiyat
shaklida yuritilgan edi. Òadbirkorlikning bunday shakllarida xususiy
korxona egasi yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori sifatida
ro‘yxatga olingan yakka tartibdagi tadbirkorlik xohish-istagi va
harakatlari yuridik ahamiyatga egadir. Garchi, bunday shakldagi
tadbirkorlik faoliyati oilaning boshqa a’zolari faol ishtirokida
amalga oshirilgan bo‘lsa-da, ularning xohish-istagi, harakatlari
va manfaatlari hisobga olinmaydi yoxud ish beruvchi hamda ishchi
maqomi teng bo‘lmagan mehnat shartnomalarida bunga e’tibor
berilmaydi. Shu bois, oilaviy biznesda oilaning alohida iqtisodiy-
ijtimoiy tuzilma sifatida mavjud bo‘lish shakli ham o‘ziga xos tarzda
namoyon bo‘ladi. Oilaviy tadbirkorlikda o‘zaro munosabatlar
tuzilmasi shakllanadi va unda bir butun holda oila a’zolari, oilaviy
korxona rahbari hamda oilaning o‘zi ishtirok etadi.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli
va o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganining o‘zi iqtisodiyoti-
miz tarkibida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.
Faqatgina o‘tgan 2013-yilning o‘zida yurtimizda 26 mingdan ziyod
kichik biznes subyekti ish boshladi va ushbu sektorda faoliyat
ko‘rsatayotgan korxonalarning umumiy soni yil oxiriga kelib
190 mingtaga yetdi.
Bugungi kunda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb
55,8 % ayni shu sohada ishlab chiqarilmoqda. Vaholanki, 2000-yilda
bu ko‘rsatkich 31 % dan iborat edi. Ayni paytda ishlab chiqarila-
yotgan jami sanoat mahsulotlarining 23 %, ko‘rsatilayotgan bozor
xizmatlarining deyarli barchasi, mahsulot eksportining 18 %, iqtiso-
diyot tarmoqlarida ish bilan band bo‘lgan aholining 75 % kichik
biznes ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Ana shu raqamlardan ko‘rinib
turibdiki, kichik biznes shaklan kichik bo‘lishiga qaramasdan,
iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash
muammosini hal etish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishda
tobora katta rol o‘ynamoqda.
Iqtisodiyotimiz tarkibidagi chuqur o‘zgarishlar mamlakatimiz
eksport salohiyatini mustahkamlash, eksport hajmini barqaror
oshirish va uning tarkibida ijobiy o‘zgarishlarga erishishda eng
muhim omilga aylandi. Òaqqoslash uchun misol keltirsak, hozirgi
paytda AQSHda iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan (AQSHda
18 million atrofida kichik korxona mavjud) umumiy sanoat ishlab
94
chiqarishning 48 %, Yaponiyada 51 %, Fransiyada 45 %, Germa-
niyada 25 % i kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Endi kichik tadbirkorlik korxonalarining asosiy kamchiligi va
afzalliklarini taqqoslab o‘rganib chiqamiz.
Kichik korxona (biznes)ning tashkiliy-huquqiy shakllari
afzalligi va kamchiliklari
-
r
i
b
d
a
t
a
k
k
a
Y
)
s
e
n
z
i
b
(
k
i
l
r
o
k
g
n
i
n
i
s
a
n
o
x
r
o
k
i
l
k
a
h
s
y
i
l
i
k
h
s
a
t
i
g
i
l
l
a
z
f
A
i
g
i
l
i
h
c
m
a
K
a
k
k
a
Y
)
l
a
u
d
i
v
i
d
n
i
(
y
i
s
u
s
u
x
a
n
o
x
r
o
k
,
n
i
k
m
u
m
h
s
i
t
e
l
i
k
h
s
a
t
z
e
T
,
i
d
a
t
i
r
u
y
t
a
y
i
l
o
a
f
n
i
k
r
e
n
o
s
o
h
s
i
l
i
q
t
a
r
o
z
a
n
-
s
r
u
s
e
r
y
i
v
a
y
i
l
o
m
a
d
r
o
k
r
i
b
d
a
T
-
a
j
y
i
v
a
y
i
l
o
m
,
n
a
g
n
a
l
k
e
h
c
i
r
a
l
-
n
i
y
i
q
g
n
i
n
h
s
i
r
a
q
h
s
o
b
,
i
g
i
l
r
a
g
b
o
v
i
h
s
i
n
a
l
j
o
v
i
r
g
n
i
n
a
n
o
x
r
o
k
,
i
g
i
l
a
d
y
g
n
i
n
k
i
l
r
o
r
a
q
r
a
b
.
i
g
i
l
s
a
m
h
s
i
t
e
k
i
l
i
h
c
k
i
r
e
h
S
i
g
a
d
i
s
o
s
a
a
n
o
x
r
o
k
,
n
i
k
m
u
m
h
s
i
t
e
l
i
k
h
s
a
t
z
e
T
a
b
s
i
n
h
s
i
r
a
q
h
s
o
b
,
n
o
s
o
n
a
t
s
o
s
i
t
x
i
i
k
n
u
h
c
,
r
o
b
v
u
h
s
a
l
-
p
‘
o
k
i
t
a
y
i
n
o
k
m
i
y
i
v
a
y
i
l
o
m
q
o
r
-
r
i
b
i
r
a
l
‘
g
a
l
b
a
m
l
u
p
(
h
s
a
l
g
n
i
n
t
a
l
v
a
D
.
)
n
a
g
l
i
r
i
t
n
a
g
n
a
l
k
e
h
c
i
h
s
i
t
a
s
r
‘
o
k
r
i
s
’
a
t
-
‘
o
b
i
n
a
d
y
o
f
a
v
a
d
h
s
i
r
a
q
h
s
o
B
b
i
l
e
k
i
h
s
i
l
a
r
j
a
r
o
d
t
a
a
f
n
a
m
a
d
h
s
i
l
t
a
y
i
l
o
a
f
,
r
o
b
i
l
o
m
i
t
h
e
h
s
i
q
i
h
c
r
a
l
k
i
l
i
h
c
v
o
m
h
s
i
l
e
k
a
d
h
s
i
t
i
r
u
y
-
r
a
l
k
i
r
e
h
s
,
d
u
j
v
a
m
i
h
s
i
q
i
h
c
b
i
l
e
k
n
a
l
i
b
i
h
s
i
t
e
k
g
n
i
n
i
s
a
t
n
o
r
i
b
n
a
d
i
h
s
i
n
i
s
i
k
o
y
i
h
s
i
l
i
t
a
g
u
t
g
n
i
n
a
m
r
i
f
r
a
l
s
r
u
s
e
r
y
i
v
a
y
i
l
o
m
,
i
g
i
l
n
i
k
m
u
m
y
i
v
a
y
i
l
o
m
a
l
‘
o
t
,
i
g
i
l
n
a
g
n
a
l
k
e
h
c
.
r
o
b
i
g
i
l
r
a
g
b
o
v
a
j
a
y
i
s
t
a
r
o
p
r
o
K
i
g
a
d
i
l
k
a
h
s
a
n
o
x
r
o
k
-
‘
g
a
l
b
a
m
y
i
v
a
y
i
l
o
m
,
l
a
t
i
p
a
K
a
d
h
s
i
l
i
q
b
l
a
j
r
a
l
-
m
i
g
n
e
k
v
a
m
r
a
l
t
a
y
i
n
o
k
,
i
g
i
l
d
u
j
-
n
a
l
k
e
h
c
g
n
i
n
t
a
y
i
l
u
’
s
a
m
g
n
i
n
i
r
a
l
a
g
e
a
y
i
s
k
a
(
i
g
i
l
n
a
g
-
m
u
s
a
y
i
s
k
a
i
g
i
l
r
a
g
b
o
v
a
j
-
n
a
l
k
e
h
c
a
d
i
s
a
r
i
o
d
i
s
a
m
i
v
u
h
s
a
l
r
i
b
r
a
l
l
a
t
i
p
a
k
,
)
n
a
g
s
x
a
h
s
k
i
d
i
r
u
y
,
i
t
a
y
i
n
o
k
m
i
-
x
a
m
,
i
g
i
l
r
o
r
a
q
r
a
b
a
d
i
t
a
f
i
s
-
l
o
y
i
n
r
a
l
i
h
c
v
u
r
a
q
h
s
o
b
s
u
s
i
g
i
l
d
u
j
v
a
m
i
t
a
y
i
n
o
k
m
i
h
s
a
l
-
o
m
-
y
i
l
i
k
h
s
a
t
a
d
h
s
i
t
e
l
i
k
h
s
a
T
l
i
k
h
s
a
t
k
i
l
b
a
k
k
a
r
u
m
y
i
v
a
y
i
l
-
i
r
a
l
t
a
j
a
r
a
x
h
s
i
r
a
q
h
s
o
b
a
v
h
s
i
t
e
a
m
a
l
n
o
m
o
t
i
k
k
i
,
i
g
i
l
p
‘
o
k
g
n
i
n
-
n
a
k
e
i
t
k
e
y
b
u
s
h
s
i
t
r
o
t
a
q
q
i
l
o
s
a
v
d
a
m
o
r
a
d
v
i
t
a
r
o
p
r
o
k
:
i
g
i
l
k
l
u
m
,
h
s
a
l
‘
o
t
q
i
l
o
s
n
a
d
d
n
e
d
i
v
i
d
r
a
b
h
a
r
,
i
h
s
i
l
a
r
j
a
g
n
i
n
t
a
r
o
z
a
n
a
v
-
i
s
o
m
m
a
u
m
i
h
c
v
u
t
e
o
r
j
i
a
d
m
a
h
.
i
g
i
l
d
u
j
v
a
m
g
n
i
n
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinadiki, bu shaklda xo‘jalik
yuritishning asosiy kamchiligi mulkiy mas’uliyat, ya’ni mulk
egasining javobgarligi katta, korxona faoliyatiga o‘zi to‘la javob
beradi. Korxona sinsa, uning qarzlarini o‘zi to‘laydi, natijada u
95
mablag‘ topa olmay qolishi mumkin. Ikkinchidan, xo‘jalik yuritish
uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining kamligi, cheklanganligi
tufayli korxonani barqaror rivojlantira olmaydi. Sherikchilik xo‘ja-
liklarining yuqoridagi xususiy xo‘jalik shakllaridan afzalligi
shundaki, bir necha mulk egalarining qo‘shilishi natijasida mablag‘-
larni ko‘paytirish mumkin. Bozorga tez moslasha oladi, lekin ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun mablag‘ yetishmaydi.
Korporativ mulkka asoslangan aksiyadorlik jamiyatlari shaklidagi
korxonalarda bunday kamchiliklar bo‘lmaydi. Bu yerda aksiyadorlar
mulkidan umumiy maqsadda foydalaniladi va bu yagona boshqaruv
orqali amalga oshiriladi. Har bir aksiyador (paychi) o‘z mulkini
boshqarishda qatnashadi. Korxona xo‘jalik faoliyatining topgan
daromadiga qarab, har bir mulk egasi o‘zi qo‘shgan hissasiga ko‘ra
o‘z ulushini oladi. Agar korxona bankrot bo‘lsa, u o‘z aksiyasi
miqdorida mulkini yo‘qotadi. Aksiya egasi xohlagan paytda o‘z
aksiyasini sotib, mulk egalari safidan chiqadi yoki aksincha, sotib
olib mulk egasi bo‘ladi. Bunday afzalliklar xususiy va umumiy
o‘zlashtirishning asosiy tamoyillarini bir butun qilib biriktiradi.
Korporativ korxonalarning kamchiliklari ham mavjud. Ular
katta miqdorda pul sarflab, biron mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashgach, bu mahsulotga talab kamaysa, yangi mahsulot
ishlab chiqarishga tezda moslashishi qiyin bo‘ladi va bu ma’lum
vaqt hamda mablag‘ talab qiladi.
Korporativ shaklidagi biznesda suiiste’mol qilish imkoniyatlari
ham mavjud bo‘lib, bu holat, ko‘pincha, ular hech qanday qiymatga
ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni, ya’ni aksiyalarni sotishi va
sotib olishlari orqali sodir bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim
aksiya egalari korxona faoliyatiga ta’sir ko‘rsata olmaydilar. Ayrim
aksiyadorlar o‘zlarining ovoz berish huquqidan foydalanishmaydi.
Yuqorida biz turli mulk va xo‘jalik yuritish shakllariga ega
bo‘lgan korxonalarni taqqoslab ko‘rar ekanmiz, hech qaysi shaklini
har taraflama afzal deya olmaymiz. Ularning birida mavjud bo‘lgan
afzallik ikkinchisida yo‘q ekanligini ko‘rdik. Biridagi kamchilik
ikkinchisida uchramaydi. Demak, biznesning har bir shakli o‘z
afzalliklari va kamchiliklariga ega. Shuning uchun milliy iqtisodiyot-
da tadbirkorlikning har bir shaklining o‘z o‘rni, ahamiyati borki,
undan kelib chiqib davlat har bir mulk va xo‘jalik shaklining
rivojlanishi uchun sharoit yaratishi muhim ahamiyatga egadir.
Òadbirkorlik yoki biznes qanday mulkchilikka asoslangan holda
tashkil etilganidan qat’i nazar, unda, eng avvalo, xodimlarining
96
korporativ guruhiy manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bu jamoa a’zolarini birlashtiruvchi manfaati bo‘lib, faqat korxona
doirasidagina, korxona normal ishlaganda yuzaga chiqadi. Korxona
jamoasi, asosan, uch toifa kishilardan tashkil topadi: korxona ega-
lari, korxonani boshqaruvchilar, ya’ni ma’muriyati, ularni hozirgi
vaqtda menejerlar deb ham yuritadilar, yollanib ishlovchilar. Ular
hissadorlik jamiyatlarida turlicha mulkiy mavqega ega bo‘ladi.
Korxona egalari mulkdorlar, korxonadagi moddiy resurslar,
yaratilgan tovarlar va pul mablag‘larining katta qismi ularga tegishli
bo‘lishi mumkin. Shuning uchun korxona maqomiga qarab,
mulkdorlar tarkibi turlicha bo‘ladi.
Korxona egasi tadbirkorlar, so‘ngra ularning sheriklari, bosh-
qaruvchi menejerlar, oddiy ishchi-xizmatchilar deb yuritiladi. Ular
korxonaga o‘z mablag‘larini qo‘shgan hamda o‘z mehnatlari bilan
ham qatnashadilar. Bu hol ularga korxona, olgan foydani ulushiga
va qilgan mehnatlariga qarab taqsimlanishi zarurligini ifodalaydi.
Bu, o‘z navbatida, har bir korxona jamoasi a’zolarida mulkdorlik
hissini uyg‘otadi va bu «korxona — meniki» deyishga asos bo‘lib
xizmat qiladi. Bu iqtisodiy omil, o‘z navbatida, mehnat intizomini
saqlash, samarali mehnat qilish, firma obro‘sini doimo ko‘tarishga
harakat qilishga undaydi. Chunki har bir firma xodimi uning erish-
gan yutug‘idan olayotgan foydasidan bevosita manfaatdor bo‘ladi.
Shuning uchun firmani korporativ manfaatni yuzaga chiqaruvchi
muhim omil deb hisoblashadi.
Firma ichki tuzilishiga ko‘ra, turli bo‘linmalardan iborat bo‘lib,
ular o‘rtasidagi aloqa bir-biriga mos va, eng avvalo, korxona
faoliyatining bozordagi vaziyatga mos kelishi hisobga olingan holda
tashkil etilgan bo‘ladi. Firma faoliyatini bozor talabiga moslashtirib
boshqarishni menejerlar amalga oshiradilar. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida menejment o‘ta murakkab va mas’uliyatli ish bo‘lgani
uchun, bu kasb juda ko‘p yoshlarni o‘ziga jalb etmoqda. Shuning
uchun ham respublikamizda bu kasb bo‘yicha maxsus bilim
beruvchi oliy va maxsus o‘quv yurtlari, kollejlar tashkil etilishiga
katta ahamiyat berilyapti. Bu kasb egalari menejer deyiladi va ular
korxonalar, firmalar, tashkilotlarni o‘z bilimlari, mahorati va
tajribalariga tayanib boshqaradilar.
Menejment hozirgi vaqtga kelib jahonning taniqli, eng obro‘li
oliy o‘quv yurtlarida va respublikamizda alohida fan sifatida o‘rga-
niladi. Bu fanning asoschisi deb haqli ravishda amerikalik muhandis
va tadqiqotchi F. Òeylor tanilgan. Uning fikricha, korxonani boshqa-
rish, nima qilishni aniq bilish, eng arzon, eng a’lo darajada bajarishni
97
bilish san’at hisoblanadi. Korxonaning samarali ishlashi yangi
texnika-texnologiya va ish kuchi sifatidan tashqari, uning yaxshi
boshqarilishiga ham bog‘liq ekanligini ko‘rsatib bergan. Iqtisodiyot
ilmida taniqli bo‘lgan olimlardan A. Marshall korxonani boshqarish
faoliyatini ishlab chiqarishning alohida omili deb hisoblaydi.
Ma’lumki, hozirgi vaqtda hatto kichik bir korxona o‘z mahsu-
lotini jahon bozorlariga olib chiqayotganligi munosabati bilan iqtisodiy
aloqalar murakkablashib bormoqda. Bu hol esa menejerlik kasbiga,
ularning boshqarish xizmatiga bo‘lgan talabni oshirib borayotir.
5.5. Òadbirkorlik kapitali va uning harakati
Òadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishiga,
birinchi navbatda, ma’lum mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu mablag‘ pul
shaklida yoki ma’lum bir vositalar shaklida bo‘lishi ham mumkin.
Bu holatni xalq ichida ayrim odamlar tadbirkorlik uchun kapital
kerak deb ham qo‘yishadi. Kapital so‘zi aslida lotincha so‘z bo‘lib,
u katta mablag‘, ya’ni boylik ma’nosini bildiradi. Iqtisodiy ada-
biyotlarda kapitalni ishlab chiqarishning asosiy omili deb qarashadi.
Kapitalga bunday baho berishda klassik siyosiy iqtisodning buyuk
namoyandasi bo‘lgan ingliz iqtisodchisi A. Smit kapitalni jam-
g‘arilgan mehnat mahsuli, ya’ni boylik deb qaraydi. D. Rikardo
esa uni ishlab chiqarish vositalari deb hisoblaydi. Nemis klassik
iqtisodchisi K. Marks kapital va uning mohiyatini ochishga bag‘ish-
langan «Kapital» asarida uni «boylik keltiruvchi boylik, ishlab
chiqarish vositalariga sarflangan mablag‘» deb ataydi.
Hozirgi davrda ham iqtisodiy adabiyotlarda kapitalni talqin
etishda yagona fikr yo‘q. Jumladan, I. Fisher kapitalni natural va
qiymat shaklidan qat’i nazar, boylik zaxirasidan iborat, u o‘z egasiga
xizmat ko‘rsatib daromad olib keladi, J. Xiks, A. Marshall, E. Bem-
baverklar ishlab chiqarish uchun ajratilgan tovarlar yig‘indisini
kapital deb atashgan.
J. Robinson kapital — bu hali sarmoyaga aylanmagan ma’lum
miqdordagi pul fikrini bildiradi. P. Xeyne kapital, bu — kelajakda
ne’matlar ishlab chiqarish uchun foydalansa bo‘ladigan ishlab chiqarish
vositalaridan iboratdir, deb qaraydi. E’tibor berilsa, yuqorida keltirilgan
barcha iqtisodchi olimlar kapitalni ishlab chiqarish vositalari yoki uni
sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ degan fikrni bildirishgan.
Xulosa qilib aytilsa, kelgusida daromad topish maqsadida kerak
bo‘ladigan ishlab chiqarish resurslari yoki ularni sotib olishga sarflangan
98
pulni kapital desa bo‘ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda biznes bilan
shug‘ullanmoqchi bo‘lgan har bir kishining asosiy maqsadi ham
daromad topishdan iborat va buni iqtisodiy adabiyotlarda keng
foydalaniladigan quyidagi formulada ifodalash mumkin:
P—Ò—P
1
,
bu yerda, P—tadbirkorlik, ya’ni iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish
uchun dastlab sarflangan pul mablag‘lari; Ò—sotib olingan tovar
(ishlab chiqarish vositalari va boshqa resurslar); P
1
—tovarning sotil-
gandan so‘ng olingan, ya’ni avanslangan pulni ko‘payib foyda
shaklida qaytishi ko‘rsatadi.
Òadbirkorlik faoliyati qanday shaklda bo‘lmasin, daromad olish
umumiy tarzda ana shunday ko‘rinishda amalga oshadi. Òadbirkor
dastlab o‘zidagi yoki bankdan olgan pulini sarflab ishlab chiqarish
vositalari sotib oladi hamda ishchi kuchi yollaydi. Agarda yakka
tartibda ishlovchi yoki oilaviy tadbirkorlik bo‘lsa, faqat ishlab chiqarish
vositalari sotib oladi va ishlab chiqarish yoki ma’lum bir xizmat
ko‘rsatish jarayonini tashkil qiladi. Natijada yangi tovar yaratilib yoki
xizmat turini ko‘rsatib, bozorga taklif etiladi. Ularni sotib avanslagan
pulini foydasi bilan qaytarib oladi. Òadbirkorlik formulasi, odatda,
umumiy biznes formulasidan farq qiladi va u quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda, U—yangi tovar ishlab chiqarish jarayoni; Ò
1
—ishlab chiqa-
rilgan tovar belgisi muomala to‘xtab ishlab chiqarish boshlanganini,
resurslar unumli kapital (ishlab chiqarish omili)ga aylanganini ko‘rsatadi.
Yangidan yaratilgan tovar qiymati avvalgisidan ko‘p. U avvalgi
avanslangan puldan ko‘p, ya’ni tadbirkor olgan foyda miqdorida
pul ko‘p bo‘ladi. Eski qiymat ustiga yangi qiymat qo‘shiladi. U,
odatda, qo‘shilgan qiymat deyiladi.
Bu qo‘shilgan qiymat, eng avvalo, tadbirkorning uchrashi mumkin
bo‘lgan har qanday xatarlardan qo‘rqmay, tavakkal qilib, o‘z maqsadi,
yangi g‘oyasi uchun harakati tufayli kelib chiqdi. Agar uning harakati
muvaffaqiyatli yakunlansa, foydaning bir qismiga ega bo‘la oladi,
bordi-yu zarar ko‘rsa, xonavayron bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
tadbirkor kapitalini uzluksiz tarzda ishga solishga va undan samarali
foydalanishga harakat qiladi. Kapital harakati, asosan, uch bosqichni
bosib o‘tadi. Dastlab u pul shaklidan zarur resurslar sotib olish orqali
P—Ò
ishchi kuchi (mehnat omili)
... U ... T
1
— P
1
ishlab chiqarish vositalari
(real kapital)
99
tovar shakliga aylanadi, so‘ngra ikkinchi bosqichda, resurslardan ishlab
chiqarish jarayonida samarali ishlatiladi va yangi tovar yaratiladi.
Shunday qilib, bu yangi tovarning qiymati eski qiymat hamda
qo‘shilgan yangi qiymatdan iborat bo‘ladi. Uchinchi bosqichda bu
ishlab chiqarilgan yangi tovar bozorga taklif etiladi va xaridorlarga
sotilishi orqali yana qaytadan pul shaklini oladi.
Shunday qilib, bu harakat bozor bilan boshlanib, yana bozor
bilan yakunlanadi. Bu kapital uch bosqichni bosib o‘tib qilgan
harakati uning doiraviy aylanishi deyiladi. Kapital doiraviy
aylanishdagi bu uch bosqichning birinchi bosqichi muomala,
ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish, uchinchi bosqich yana muomala
bosqichi deb yuritiladi. Yanada boshqacha talqin qilinganda, kapital
o‘z doiraviy harakati jarayonida uch shakl: pul, unumli kapital,
tovar shaklini oladi deb adabiyotlarda ko‘rsatiladi.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar
firmasining kapitali doimo ma’lum nisbatda, har uch shaklda va
uch bosqichni bosib o‘tgan holda harakat qiladi. Ishlab chiqarish
kapitalning harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi va
u doimiy ravishda takrorlanib turadi. Òakrorlanish faqat firmaning
bankrot bo‘lishi tufayligina to‘xtashi mumkin. Kapital aylanishining
to‘xtovsiz davom etishi kapitalning aylanishi deb ataladi.
Kapital harakati ma’lum bir vaqtda yuz beradi va bu ishlab
chiqarish va muomala vaqti deb yuritiladi. Ishlab chiqarish vaqti
turli tarmoqlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Ular shu tarmoqlarning
obyektiv o‘ziga xos xususiyatlari tufayli bo‘ladi. Ayrim tarmoqlarda,
ayniqsa, qishloq xo‘jaligi va uning mahsulotlarini qayta ishlash
sanoatlarida tabiiy uzilishlar sodir bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘ladi.
Muomala vaqti esa, asosan, tovarlarni bozorga yetkazish uchun
transportda tashish vaqti, tovarlarni qadoqlash va omborxonalarda
saqlash hamda bozorda sotilguncha ketgan vaqtlardan iborat
bo‘ladi. Buni quyidagi chizmada ko‘rish mumkin:
Ishlab chiqarilgan joydan
realizatsiya qilinadigan
joyga olib borish vaqti
Muomala
vaqti
Oldi-sotdi vaqti
Tovarlarni sotguncha
zaxirada turgan vaqti
100
Asosiy va aylanma kapital
Iqtisodiyot nazariyasi fani asoschilari A. Smit va J. S. Mill
hamda boshqa iqtisodchilar kapitalning ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuviga qarab, moddiylashgan shaklining ikki ko‘rinishda
bo‘lishini ko‘rsatishgan, ya’ni
asosiy va aylanma kapital.
Asosiy kapitalga korxona binolari, boshqa inshootlar, stanok,
asbob-uskunalar sifatida moddiylashgan qismini kiritishgan. Asosiy
kapital ishlab chiqarish jarayonining bir necha siklida qatnashadi
va bir necha yillar davomida xizmat qiladigan qismini tashkil qiladi
deb ko‘rsatishgan.
Kapitalning ikkinchi qismi —
aylanma kapitalga xomashyo,
boshqa yordamchi materiallar, yoqilg‘i va boshqa energiya resurslari
hamda ishchi kuchlariga sarflanadigan ish haqi kiritiladi. Bular,
odatda, bir ishlab chiqarish siklida qatnashib, to‘la sarflanadi va
o‘z xossalarini o‘zgartirib, qiymatlarini yangi tovarga o‘tkazadilar.
Kapitalning bunday ikkiga bo‘linishining asosiy sababi — uning
moddiy asoslari bo‘lgan mehnat qurol-vositalari bilan mehnat
ashyolari o‘rtasidagi farqdan kelib chiqadi. Chunki ishlab chiqarish
jarayonida ishlab chiqarish qurol-vositalarining, ya’ni asosiy
kapitalning faqat bir qismi ishtirok etadi va o‘z xossasini o‘zgartirmay,
yangidan yaratilgan tovarlarga o‘z qiymatidan biroz qismini asta-
sekinlik bilan ma’lum uzoq muddat davomida o‘tkazib boradi.
Xomashyo, yoqilg‘i, yordamchi materiallar, ishchi kuchlari, ya’ni
aylanma kapital esa ishlab chiqarish jarayonining bir sikli davomida
qatnashib, o‘z xossalarini o‘zgartirib, qiymatlarini to‘laligicha yangi
yaratilgan tovarlarga o‘tkazib yuboradi. Òadbirkor tomonidan
aylanma kapitalga sarflangan pul, ana shu yangi yaratilgan
mahsulotni sotib bo‘lingachgina, uning qo‘liga to‘la qaytib keladi.
Asosiy kapitalga sarflangan xarajat esa uzoq vaqt davomida qaytadi.
Asosiy kapital, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi. Uning bir qismi
aktiv kapital bo‘lib, unga ishlab chiqarish jarayonida faol qatna-
shadigan mehnat vositalari; mashina, stanok, asbob-uskuna kabilar
kiradi. Ikkinchi qismi passiv kapital bo‘lib, unga bino, yordamchi
inshootlar, yo‘llar, ko‘prik va shunga o‘xshash ishlab chiqarish
jarayonida passiv tarzda qatnashadigan infratuzilmalar kiradi. Ular
iqtisodiy faoliyat uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratib beruvchi
infratuzilma hisoblanadi.
Aylanma kapital bir yil davomida bir necha marta aylanishi va
u tarmoqlar xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
101
Asosiy kapital esa aksincha, tarmoqlar xususiyatlariga bog‘liq
bo‘lib, bir necha yil davomida bir marta aylanishi mumkin. Asosiy
kapital ishlab chiqarish jarayonida eskirib, o‘zining texnik tafsi-
lotlarini asta-sekinlik bilan yo‘qotadi. Mashina, asbob-uskuna va
boshqa mexanizmlar yeyilib, eskirishiga amortizatsiya deyiladi.
Asosiy kapitalning yangidan yaratilayotgan mahsulotga ko‘chib
o‘tgan qiymatini kelajakda tiklash, uni yangilash maqsadida
amortizatsiya fondi tashkil etiladi. Amortizatsiya fondi mablag‘lari-
ning ma’lum bir qismi eskirgan vositalarni qisman tiklash, ya’ni
ularni ta’mirlash uchun ishlatiladi. Bunda uning yo‘qotgan qiyma-
tini tiklash amalga oshadi. Asosiy kapitalni ishlatish muddati tuga-
gach, hisobdan chiqariladi. Korxona amortizatsiya fondi yangi
vositalarni sotib olish uchun ham ishlatiladi. Asosiy kapitalning
eskirishi ikki xil, ya’ni jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish bo‘ladi.
Asosiy kapitalning ma’lum vaqt davomida ishlatilishi natijasida
yemirilib, yaroqsiz holga kelishiga
jismoniy eskirish deb aytiladi. Asosiy
kapitalning ma’lum vaqt o‘tishi yoki yangi, sifati jihatidan takomil-
lashgan, ilgarigiga nisbatan samarali mehnat vositalari yaratilishi
bilan bog‘liq eskirish holatini
ma’naviy eskirish deyiladi. Har ikki
holatda ham asosiy kapital o‘z iqtisodiy qiymatini yo‘qotib boradi.
Òadbirkorlik kapitali (fondlari)ning tarkibi
Asosiy kapital ishlatilishi jarayonida jismoniy eskirmagan bo‘lsa-
da, hozirgi vaqtda dunyoda sodir bo‘layotgan fan-texnika taraq-
qiyoti natijasida juda yuqori samaradorlikni ta’minlay oladigan
Kapital (ishlab chiqarish fondlari)
Yer
Bino,
inshoot
Mashina,
uskuna,
uzatma,
mexanizm-
lar, trans-
port va h.k.
shunga
o‘xshashlar
Asosiy
kapital-
ning
boshqa
turlari
Xomashyo,
yonilg‘i,
energiya,
material va
sotib olingan
yarimfabri-
katlar, ish
haqi
Tugallan-
magan ishlab
chiqarish,
korxonaning
o‘zi tayyor-
lagan yarim-
fabrikatlar
Asosiy kapital (fond)
Aylanma kapital (fond)
102
mashina, asbob-uskunalar, texnika-texnologiyalar yaratilishi bilan
uning ma’naviy eskirishi ko‘p uchramoqda. Ma’naviy eskirishning
ikki xil oqibatga, ya’ni bir tomondan, korxonalarning iqtisodiy
jihatdan yutqazishiga, ikkinchi tomondan yutishiga ham olib
kelyapti. Sababi, korxonalar eskirgan vositalar qiymatini yangilarini
ishlatilishidan olingan foydasi bilan tezda qoplash imkoniyatiga
ega bo‘lishmoqda. Hatto bozorda amaliyotda yangi texnikaning
narxi asossiz ravishda qimmat belgilansa, asosiy kapitalning
ma’naviy eskirishi emas, balki aksincha, texnikaning qimmatlashuvi
tarzida namoyon bo‘ladi. Natijada, bu korxonalarning asosiy
kapitali (fondlar)ni yangilash va umuman olganda, jahonda fan-
texnika taraqqiyoti uchun to‘siq bo‘ladi. Bu muammo bozor
iqtisodiyotining talab va taklif qonuni orqali yechiladi.
Asosiy kapital qiymatining ishlab chiqarilgan yangi mahsulotga
qo‘shilishi amortizatsiya me’yori orqali amalga oshadi. Amortiza-
tsiya me’yori esa asosiy kapitalning qiymati va uning xizmat qilish
muddati bilan bog‘liq. Amortizatsiya me’yori qancha yuqori bo‘lsa,
asosiy kapital (fondlar) o‘z qiymatini shunchalik tez muddatda
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazib bo‘ladi. Aksi bo‘lsa, uzoq
muddat o‘tkazadi. Amortizatsiya lotincha so‘ndirish so‘zidan olin-
gan bo‘lib, asosiy kapital qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
asta-sekinlik bilan xizmat muddati davomida ko‘chirish ma’nosini
bildiradi. Amortizatsiya fondi asosiy kapital (fondlar)ni to‘la tiklash
uchun amortizatsiya me’yoriga ko‘ra belgilanadi. U asosiy kapital-
ning xizmat muddatiga nisbatan foizda va quyidagicha formula
bilan ifodalanadi:
100 %
’
.
(
)
Amortizatsiya me yori
xizmat muddati
=
Masalan, korxona binosining xizmat muddati 100 yil. U holda
amortizatsiya me’yori 100:100=1 % ga teng. Korxona sexidagi bir
stanokning xizmat muddati 10 yil bo‘lsa, amortizatsiya me’yori
100:10=10 %. Ya’ni har yili stanok bahosining 10 % i korxonada
ishlab chiqarilgan mahsulotga ko‘chadi. Agar stanogimiz 10 mln so‘m
turadi desak, har yili 1 mln so‘mlik eskirar ekan, shu miqdordagi
pulni amortizatsiya fondiga o‘tkazib borishimiz zarur bo‘ladi. Shuning
uchun korxonalar amortizatsiya me’yorini shunday belgilashi kerakki,
u ham jismoniy, ham ma’naviy eskirishni hisobga olgan bo‘lishi lozim.
Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari tajribasiga ko‘ra, amor-
tizatsiya me’yori yuqori belgilangan. Masalan, AQSHda qishloq
103
xo‘jaligida foydalaniladigan texnik vositalarning xizmat muddati
10—12 yil, Yaponiyada 15—20 yil qilib belgilangan bo‘lsa-da,
ularning haqiqiy xizmat muddati 20—25 yilni tashkil etadi. Bunga
ular texnikalarni asrab-avaylab ishlatish orqali erishadilar. Chunki
xususiy biznes egalari bundan manfaatdordir.
O‘zbekistonda ham xususiy mulk asosida tadbirkorlikni tashkil
etishga ruxsat berilishi bilan 1991-yildan boshlab amortizatsiya
me’yorini belgilash tartibi o‘zgartirildi va ular quyidagilarda ifodalanadi:
1. Asosiy kapitalning amortizatsiya me’yori o‘zgartirildi.
2. Òa’mirlash uchun amortizatsiya to‘lovlari bekor qilindi. Nati-
jada korxonalar barcha ta’mirlash turlarini mahsulot tannarxiga
o‘tkazadigan bo‘lishdi. Zarur bo‘lsa, ta’mirlash uchun alohida fond
tashkil etishlari (tuzatish, ta’mirlash fondi) ham mumkin bo‘ldi.
3. Mashinalar, asbob-uskunalar va transport vositalariga norma-
tivdagi xizmat muddati tugagach, amortizatsiya to‘lovlari to‘xtatiladi.
4. Korxonalarning asosiy kapitali (fondlar)ni yangilashni
tezlashtirish maqsadida aktiv fondlarga tezlashtirilgan amortizatsiya
me’yorlari belgilashga ruxsat etiladi. Bu amaliyot chet mamlakat-
larida ko‘pdan buyon qo‘llaniladi va kichik korxonalarga xizmat
muddati uch yildan oshadigan kapitalning 20 % gacha qiymatini
ekspluatatsiya qilishning birinchi yildan ishlab chiqarish xarajat-
lariga qo‘shishga ruxsat beriladi. Bularning hammasi asosiy kapital-
dan foydalanishni yaxshilashga qaratilgan muhim qoidalardir.
Ishlab chiqarishda aylanma kapital ham muhim o‘rin tutadi.
Aylanma kapital tarkibiga yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyolar, yoqilg‘i va boshqa
energetik resurslar, ishchi kuchlariga beriladigan ish haqi va boshqa
yordamchi materiallar kiradi.
Korxonaning muvaffaqiyatli faoliyati ko‘p jihatdan muomala
kapitaliga ham bog‘liq bo‘lib, ular korxonaning tayyor mahsuloti
va ma’lum miqdordagi pul mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
Aylanma kapital bilan muomala kapitali harakati bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq, chunki korxonada ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotni sotish jarayonini tashkil etishda ma’lum muomala xara-
jatlari bo‘ladi. Ana shu xarajatlar muomala kapitali hisobidan
amalga oshiriladi. Natijada muomala kapitali tovar bahosiga qo‘shi-
lib, u ham aylanma kapital tarkibiga kiradi. Òovarlar sotib bo‘lin-
gandan so‘ng, korxona yana muomala kapitali (fondi)ga mablag‘
ajratadi, qaytadan xomashyo va boshqa materiallar sotib olishi
jarayonida ular doimo bir shakldan ikkinchisiga aylanib, har bir
104
doiraviy aylanishda qaytadan to‘la yangilanib turiladi. Shuning
uchun ular birgalikda aylanma mablag‘lar deb ataladi.
Korxonaning asosiy kapitali samaradorligi u ishlab chiqarayot-
gan mahsulotining kapital sig‘imi hamda kapital qaytimi kabi
ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi.
Korxonaning aylanma mablag‘laridan foydalanish samarador-
ligi uning aylanish tezligi bilan aniqlanadi. Korxonada ishlab
chiqarish vaqti va muomala vaqti qancha qisqa bo‘lsa, kapital
shuncha tez aylanadi va ishlab chiqarish samaradorligi yuqori bo‘ladi.
Aylanish vaqti uzoq bo‘lsa, aksincha, samaradorlik past darajada
deb baholanadi. Shuning uchun har bir korxona kapital aylanish
vaqtini qisqartirishga harakat qilishi zarur. Aylanma mablag‘laridan
qanday foydalanilayotgani yil davomida uning aylanish soni bilan
o‘lchanadi. Bu ko‘rsatkichni aniqlash uchun korxona tomonidan
yil davomida sotilgan tovar hajmining o‘rtacha yillik aylanma
mablag‘lari qoldig‘iga nisbati topiladi. Masalan, yillik sotilgan
tovarlar hajmi 100 mln so‘m, o‘rtacha aylanma mablag‘lari qoldig‘i
20 mln so‘m bo‘lsin, bunda, 100 mln so‘m : 20 mln so‘m = 5 (marta).
Bu yil davomida to‘la besh marta aylanganini bildiradi.
Korxona aylanma kapitalidan foydalanish darajasini aniqlashda
korxona ishlab chiqargan mahsulotdagi material sig‘imi, energiya
sig‘imi, mehnat sig‘imi kabi ko‘rsatkichlardan foydalanib baho beriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadbirkorlik kapitalining
harakati tadbirkor tomonidan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
resurslarga sarflagan kapitalini ishlab chiqarish jarayonida unumli
kapitalga, ya’ni ishlab chiqarish omillariga aylanishi va ishlab chiqa-
rilgan tovar va xizmatlarning sotilishi orqali qaytadan pul kapita-
liga aylanish jarayoni sifatida namoyon bo‘ladi.
5.6. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning zarurligi, uni
xalqimizning turmush farovonligini oshirishdagi muhim omil ekan-
ligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bozor iqtisodiyoti tizimida
yashayotgan mamlakatlar tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor-
ning tovarlar bilan yetarli ta’minoti, asosan, kichik biznes, tadbir-
korlikning qay darajada rivojlanganligiga bog‘liq. Biz yuqorida kichik
biznes va tadbirkorlikning bir qator afzalliklarini ko‘rsatib o‘tdik.
Shuning uchun respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkor-
likni qo‘llab-quvvatlashga davlat tomonidan katta ahamiyat beril-
105
moqda. Bu, avvalo, davlatimiz tomonidan kichik biznes va tadbir-
korlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik asoslarini
yaratishga katta ahamiyat berilganligidan ham ko‘rinib turibdi.
Jumladan, bu mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 21-yan-
vardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy
mulk muhofazasini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish tadbirlari
to‘g‘risida»gi Farmoni bilan xususiy mulkchilik asosidagi tadbirkor-
likning yuzaga kelishi iqtisodiy islohotlarning shu bosqichdagi eng
asosiy vazifalaridan biri sifatida ko‘rilayotganida o‘z ifodasini topgan
edi. Ushbu Farmondan so‘ng respublikamizda tadbirkorlarni qo‘llab-
quvvatlash maqsadida har bir viloyat, tumanda alohida dasturlar
ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish ishlari boshlandi.
Aholi orasida turli yo‘nalishlarda kichik biznes bilan shug‘ulla-
nuvchilar ko‘paya boshladi. Ular qishloq xo‘jaligi, savdo, maishiy
xizmat ko‘rsatish, umumiy ovqatlanish kabi sohalarda tez rivojlana
bordi. Davlat tomonidan ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida
kichik biznes korxonalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.
Shu bilan bir qatorda iste’mol buyumlari, qurilish materiallari
ishlab chiqaruvchi xususiy korxonalar ikki yilga daromad solig‘idan
ozod qilinib, keyingi ikki yil ichida esa kamaytirilgan stavkalarda
soliq to‘laydigan bo‘lishdi. Xususiy korxonalar ishlab chiqarishni
rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan
soliq imtiyoziga ega bo‘ldilar.
Yangi ish boshlagan xususiy korxonalar dastlabki ikki yil mobay-
nida mulk solig‘idan, 1995-yildan boshlab esa barcha korxonalar
20 % lik amortizatsiya ajratmalari to‘lashdan ozod qilindi. Kichik
biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashdagi yana
bir muhim qadam, bu davlatimiz tomonidan qabul qilingan
«Xususiy tadbirkorlikni tashabbuslantirish va rag‘batlantirish
to‘g‘risida»gi Qonun bo‘ldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda mamla-
katimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va shu asosda iqtiso-
diyotni rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buni hisobga
olgan holda davlatimiz tomonidan «Chet el investitsiyalari va xorijiy
investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun qabul
qilinib, unga ko‘ra, O‘zbekistonda ish olib borishni istovchi barcha
ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Natijada
xorijiy investorlar uchun bir qator kafolatlar, jumladan, siyosiy
xatardan sug‘urtalash va boshqa kafolatlar berildi.
106
Har qanday yangi tashkil etilayotgan kichik biznes yoki boshqa
shakldagi tadbirkorlik dastlabki davrda, ayniqsa, moliyaviy ko‘-
makka muhtoj bo‘ladi. Shu holatni hisobga olgan holda davlatimiz
tomonidan tashkil etilgan kichik biznesni rivojlantirishga ko‘mak-
lashish jamg‘armasi «BIZNES FOND» muhim moliyaviy vosita
bo‘lib xizmat qildi. Bu fond mablag‘lari, davlat va munitsipal mol-
mulklarni xususiylashtirishdan topilgan daromadlar va yuridik
hamda jismoniy shaxslarning ixtiyoriy bergan mablag‘laridan,
budjetdan ajratilgan va boshqa mablag‘lardan tashkil topishi
belgilab qo‘yildi. Natijada bu fond shu mablag‘lardan kichik biznes
va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish uchun
qaratilgan dasturiy loyihalarni moliyalashtirish uchun imtiyozli
kreditlar olishga yordamlashadigan bo‘ldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maq-
sadida respublikamizda yana bir yirik va muhim tashkilot «MADAD»
sug‘urta agentligi tuzildi. Davlat bu sug‘urta tashkilotining ham-
muassisi bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari
faoliyatini kreditlash bilan bog‘liq xatarlarning moliyaviy ta’mino-
tini o‘z zimmasiga oladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uni
qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘yilgan muhim qadamlardan yana
biri, bu — Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respub-
likasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturi» (1995-yil 28-avgust) qabul
qilinishi bo‘ldi. Bu O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbir-
korlikni rivojlantirishga alohida diqqat-e’tibor qaratilayotganining
ifodasidir. Dasturda ko‘zlangan maqsadlarning amalga oshirilishi
respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivoj-
lantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirish, ish bilan
bandlik, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
borasidagi qator muammolarni bartaraf etishga yordam berdi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tadbirlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
qonuniy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, qabul qilish, ya’ni huqu-
qiy ta’minot, moddiy-texnikaviy sharoit yaratish, moliya-kredit,
sug‘urta ta’minoti, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish, tashqi
iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, axborot-maslahat ta’minoti
va boshqalardan iborat bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni, ayniqsa, oilaviy biznesni rivojlantirishga alohida
107
ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov ta’kid-
laganidek, «azal-azaldan xalqimiz uchun muqaddas bo‘lmish oilani
hayotimiz tayanchi va suyanchi, jamiyatimizning hal qiluvchi asosiy
bo‘g‘ini sifatida qabul qilishimiz zamirida, hech shubhasiz, juda
katta ma’no mujassamlashgan. Chunki oila sog‘lom ekan — jamiyat
mustahkam, jamiyat mustahkam ekan — mamlakat barqaror
1
.
Xuddi shu sababli ham, Prezidentimiz tashabbusi bilan 2011-yil-
ning «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili», 2012-yilning
«Mustahkam oila yili» hamda 2013-yilning «Obod turmush yili»
deb e’lon qilinishi, mamlakatimizda keyingi yillarda oila va
tadbirkorlik masalalariga e’tiborning yuqoriligidan dalolat beradi.
O‘tgan yillar davomida oilaning iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy,
huquqiy asoslarini mustahkamlash uchun muhim ishlar amalga
oshirildi. Oilaning iqtisodiy tizim tarkibiy qismi sifatidagi o‘rni belgilab
qo‘yildi. Oilaviy tadbirkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mazkur
sohaning iqtisodiyotning alohida instituti sifatida ajralib chiqishi-
da 2010-yil 12-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimovning mamlakat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasi poydevor bo‘lib hisoblanadi.
Jumladan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «...bugungi kunda kichik
biznes va tadbirkorlikni kengaytirish uchun biznesning yangi tashkiliy-
huquqiy shakli sifatida oilaviy biznesni qonuniy belgilab qo‘yish vaqti
keldi»
2
. Konsepsiya talablariga ko‘ra, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, oilaviy tadbirkorlikning huquqiy
asoslarini belgilash maqsadida 6 qonun, 25 dan ziyod Prezident Far-
monlari va hukumat qarorlari qabul qilindi.
Oilaviy tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy asosini
belgilashda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 16-martdagi
«Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishi sohani
rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu qonunda oilaviy
korxona umumiy mulk asosida tashkil qilinishi, oilaviy korxonada
farzandlar, masalan, o‘z mulki yoki mablag‘i bo‘lmasa ham, shaxsiy
mehnati bilan qatnashib ishtirokchi bo‘lishi, oilaviy korxona
1
I.À. Êàrimov. Bizning yo‘limiz — demokratik islohotlarni chuqurlashtirish
va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo‘lidir. «Xalq so‘zi»
gazetasi, 2011-yil 8-dekabr.
2
I.À. Êàrimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqur-
lashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. «O‘zbekiston ovozi»
gazetasi, 2010-yil 13-noyabr.
108
ishtirokchilari qonun hujjatlariga muvofiq oilaviy korxona majbu-
riyatlari bo‘yicha korxona mol-mulki yetmasa, o‘zlariga tegishli
mol-mulk bilan subsidar javobgar bo‘lishi, oilaviy korxona boshlig‘i
faqat ishtirokchilardan biri bo‘lishi, yollanma xodim bo‘lishi
mumkin emasligi, oilaviy korxona oila yashab turgan turar joyda
faoliyat yuritishi va o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni o‘zi sotishi
mumkinligi haqida tegishli me’yorlar mustahkamlab qo‘yilgan.
Binobarin, oilaviy korxona dunyoda birinchi marta tadbirkorlik
subyektlarining kichik biznes subyekti ko‘rinishidagi yangi tashkiliy-
huquqiy shakli sifatida belgilab qo‘yildi.
Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning mamlakat yalpi
mahsulotida tutgan o‘rni, 2013-yil (ish va xizmatlar)
r
a
l
h
c
i
k
t
a
s
r
‘
o
K
-
k
i
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
k
i
h
c
i
K
y
i
m
u
m
u
g
n
i
n
m
‘
o
s
d
r
l
m
,
i
t
o
l
u
s
h
a
m
i
g
a
d
r
o
t
k
e
s
y
i
s
u
s
u
X
g
n
i
n
k
i
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
k
i
h
c
i
k
i
g
a
d
t
o
l
u
s
h
a
m
i
p
l
a
y
%
,
i
s
a
s
s
i
h
t
a
o
n
a
S
8
,
1
8
1
5
1
0
,
0
3
i
g
i
l
a
j
‘
o
x
q
o
l
h
s
i
Q
3
,
5
7
2
0
3
0
,
0
0
1
h
s
i
l
i
r
u
Q
2
,
8
4
8
0
1
5
,
9
6
o
d
v
a
s
a
n
a
k
a
h
C
8
,
7
8
9
1
2
4
,
8
6
r
a
l
t
a
m
z
i
x
i
l
l
u
P
5
,
4
4
5
8
9
,
7
8
t
n
l
m
,
h
s
i
h
s
a
t
k
u
Y
9
,
4
7
5
3
,
4
7
h
s
i
h
s
a
t
i
h
c
v
o
l
‘
o
Y
5
,
6
3
8
5
3
,
3
9
.
l
l
o
d
H
S
Q
A
n
l
m
,
t
r
o
p
s
k
E
2
,
9
0
7
2
8
,
4
.
l
l
o
d
H
S
Q
A
n
l
m
,
t
r
o
p
m
I
5
,
9
9
5
5
4
,
8
1
I z o h : Xususiy sektordagi kichik tadbirkorlikda band bo‘lganlar soni
8775,6 ming, ya’ni shu sohadagi umumiy band bo‘lganlar 92,2 %.
Umumiy xulosa qilib shuni aytish mumkinki, «Òadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun, Prezident
Farmonlari va hukumat qarorlarining qabul qilinishi kichik biznes,
xususiy tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslarini mustah-
kamladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantiradigan
va uni kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Ular uchun xo‘jalik
faoliyatlari to‘g‘risida hisobot berish tartibi soddalashtirildi. Kichik
biznes, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar uchun
soliqlar bo‘yicha katta yengilliklar berildi. Banklar tomonidan
kreditlar berish tartib-qoidalari soddalashtirildi.
109
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Òadbirkor;
• tadbirkorlik;
• biznes;
• biznesmen;
• tadbirkorlik tamoyili;
• mulkchilik shakli;
• firma;
• korxona;
1. Òadbirkorlik tushunchasi bilan biznes tushunchalarini va ularning farqlarini
ayting.
2. Òadbirkorlik xususiyatlarini bilasizmi?
3. Òadbirkorlikning nazariy asoslari va ularning tub mohiyati nimada?
4. Òadbirkorlik faoliyati qanday tamoyillarga asoslanadi?
5. Òadbirkorlik faoliyatida mulkchilikning roliga baho bering.
6. Nima uchun tadbirkor mulk sohibi bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin?
7. Mulk shakllari va ularning mohiyatini aytib bering.
8. Òadbirkorlik turlarini tavsiflab bering.
9. Firmaning qanday shakllari bor? Ulardan qaysi biri keng tarqalgan va
nima uchun?
10. Òadbirkorlik kapitali nima va qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
11. Asosiy kapitalning tarkibi va mohiyati nima?
12. Aylanma kapital nima va uning tarkibi qanday?
13. Aylanma mablag‘lar nima va uning tarkibini aytib bering.
14. Muomala fondi nima va u nima uchun kerak?
15. Òadbirkorlik kapitali harakati va uning bosqichlarini aytib bering.
16. Ishlab chiqarish jarayoni va vaqtini tushuntirib bering.
17. Muomala vaqti nima?
18. Òadbirkorlik foydasi qanday tashkil topadi?
19. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning
qanday huquqiy asoslari mavjud?
20. Oilaviy tadbirkorlik nima va unga hozirgi vaqtda qanday ahamiyat beril-
moqda?
MUSTAQIL ISH UCHUN TOPSHIRIQLAR
1. Bozor sharoitida mulk shaklining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan
shartnomaviy munosabatlarga misollar tuzib, undan kelib chiqadigan iqtisodiy-
huquqiy oqibatlarni izohlab bering.
2. Òadbirkor mas’uliyati cheklangan hissadorlik jamiyatiga 100 ming so‘m
pul qo‘ygan edi. Korxona ishi yurishmay bankrot bo‘ldi va bankdan qarzdor
bo‘lib qoldi. Sizdan ham bu qarzlarni uzishda qatnashasiz, deb talab qilishsa,
siz nima qilasiz? Bu holatning to‘g‘ri yechimi qaysi me’yoriy aktda ko‘rsatilgan?
• tadbirkorlik kapitali;
• asosiy kapital;
• aylanma kapital;
• muomala fondi;
• muomala vaqti;
• kichik biznes;
• xususiy korxona;
• oilaviy tadbirkorlik.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
110
6-bob. IQTISODIY FAOLIYAT VA UNING
SAMARADORLIGI. SARF-XARAJATLAR
VA FOYDA
6.1. Iqtisodiy faoliyat, uning mazmuni va turlari
Inson hayotining asosiy qismini uning iqtisodiy faoliyati tashkil
etadi. Iqtisodiy faoliyat deb insonning o‘z hayotiy ehtiyojlarini
ta’minlashi uchun turli vosita, usullardan foydalanib, ma’lum bir
yaratuvchilik ishi yoki xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanishiga aytiladi.
Iqtisodiy faoliyat juda murakkab, keng qamrovli turli hodisa
va jarayonlardan iborat bo‘ladi. Inson yashar ekan, uning hayoti
turli hodisa va jarayonlarning ma’lum tarkibiy qismini tashkil etadi.
Iqtisodiy faoliyat shu jarayonlardan biri bo‘lib, ular orqali insonlar
o‘zlarining ehtiyojlarini qondirishi va yashashi uchun turli-tuman
noz-ne’matlar, ya’ni moddiy, ma’naviy, ijtimoiy shart-sharoitlar
yaratadilar. Insonlar turli xil mehnat faoliyati bilan ishlab chiqarish
jarayonida qatnashadilar va uning natijasi sifatida jamiyatda ijtimoiy
mahsulot yaratiladi. Bu jarayon uzluksiz takrorlanib davom etadi
va harakati davomida to‘rt bosqichni bosib o‘tadi. Uning birinchi
bosqichi ishlab chiqarish, ikkinchisi ayirboshlash, uchinchisi
taqsimot va to‘rtinchisi iste’molni tashkil etadi.
6.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning o‘ziga
xosligi. Ishlab chiqarish sohalari
Ishlab chiqarish iqtisodiy faoliyatning boshlanish nuqtasi
hisoblanadi. Ishlab chiqarish shunday jarayonki, unda ishlab chiqa-
rish omillari o‘zaro qo‘shilib, insonlarning turli-tuman ehtiyoj-
Iqtisodiy faoliyat
Ishlab
chiqarish
Ayir-
boshlash
Taqsimot
Iste’mol
111
larini qondirish uchun xilma-xil moddiy va nomoddiy ne’matlar
yaratiladi. Shundan kelib chiqib, iqtisodiy adabiyotlarda ishlab
chiqarishning ikki sohasi bor deyiladi.
Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish deganda, ma’lum bir moddiy
shaklga ega bo‘lgan mahsulotlar: iste’mol buyumlari, oziq-ovqat,
kiyim-kechak kabi buyumlar, xullas, inson tomonidan iste’mol
qilinadigan ne’matlar va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan
qurol-aslahalar, mashina va mexanizmlar, xomashyo, yoqilg‘i
tushuniladi. Moddiy ishlab chiqarish sohasiga, odatda, qishloq va
o‘rmon xo‘jaligi, baliqchilik, sanoat, qurilish tarmog‘i kabilar kiradi.
Nomoddiy ishlab chiqarish deganda, ma’lum moddiy shaklga
ega bo‘lmagan, ammo insonlar va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun
zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tuzilmalar
faoliyati tushuniladi. Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi, bu —
insonlarning ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-madaniy, san’at, ilmiy,
ijtimoiy-siyosiy kabi jabhalardagi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq
faoliyatlarini qamrab oladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi ham inson
iqtisodiy faoliyatida alohida o‘rin tutadi. Xizmat ko‘rsatish ham
ikki turga — moddiy va nomoddiy xizmat ko‘rsatish sohasiga bo‘li-
nadi. Moddiy sohaga xizmat ko‘rsatish deganda, ishlab chiqarishga
xizmat qiluvchi yuk transporti, aloqa, savdo, uy-joy, kommunal
xizmati, maishiy xizmat ko‘rsatish kabilar kiritiladi. Nomoddiy
sohalarga xizmat qiluvchilar, bu — maorif, sog‘liqni saqlash, san’at,
axborot, ijtimoiy ta’minot, moliyaviy hamda yuridik xizmat ko‘rsa-
tish va boshqalar.
Jamiyat hayotida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish eng muhim,
birlamchi ahamiyatga ega hisoblanadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida
jamiyatda ishlab chiqarishning rivojlanishi uch yirik inqilobiy bosqich
orqali yuz bergan degan fikrlar asoslangan. Uning birinchi bosqichi
toindustrial, ikkinchisi industrial, uchinchisi postindustrial bosqichlar
deyiladi. Iqtisodiy taraqqiyotda bularning har biri alohida yangi
davrni boshlab bergan deb e’tirof etiladi.
Ishlab chiqarishning toindustrial bosqichi quyidagi xususiyatlarga
ega bo‘lgan:
a) iqtisodiyotda dastlab qishloq xo‘jaligi, dehqonchilik va
chorvachilik yetakchi mavqega ega bo‘lgan;
b) asosan, qo‘l mehnati bilan ishlab chiqarilgan;
d) ijtimoiy mehnat taqsimoti keng rivojlanmagan, asosan,
natural xo‘jalik yuritilgan;
e) aholi ehtiyojlari va uning qondirilish darajasi past bo‘lgan.
112
Industrial bosqich (Angliyada XVIII asrning 60-yillarida
boshlanib, AQSHda XIX asrning 50—60-yillarigacha davom etgan)
quyidagi xususiyatlarga ega:
a) iqtisodiyotda sanoat ishlab chiqarishi yetakchi o‘rinni egallaydi;
b) sanoat va boshqa muhim tarmoqlar: qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport tez rivojlanib boradi;
d) mehnat, asosan, texnika, mashinalar tomonidan bajariladi,
aholi sanoat tarmog‘ida band bo‘ladi;
e) ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi sodir bo‘ladi,
yangi-yangi tarmoqlar vujudga keladi. Natural xo‘jalik yuritish
miqyosi juda qisqarib, o‘rniga tovar ishlab chiqarish rivojlanadi;
f) aholi turmush tarzida tub o‘zgarishlar, urbanizatsiya (urbanis —
shahar) jarayonlari ro‘y beradi, ya’ni sanoat rivojlanishi bilan sha-
harlar ko‘payib boradi va aholining asosiy qismi shaharlarda yashay
boshlaydi;
g) industrial ishlab chiqarish imkoniyatlarining kengayishi turli-
tuman tovarlarning vujudga kelishi, o‘z navbatida, aholining ushbu
tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirishni ta’minlaydi.
Postindustrial bosqich quyidagi xususiyatlarga ega:
a) iqtisodiyotda xizmat ko‘rsatish sohasi tez rivojlanadi. Bu
sohada ishlovchilar soni mehnatga yaroqli aholining 50—70 %
ini tashkil etadi;
b) ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan
beqiyos darajada keng foydalaniladi — fan bevosita ishlab chiqarish
kuchiga aylanadi;
d) xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida va aholining madaniy-
maishiy turmushida axborot, informatika va boshqa texnika hamda
texnologiya yutuqlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy va aqliy
mehnat orasidagi farq yo‘qolib boradi;
e) korxona va tashkilotlarda yuqori malakali mutaxassislar va
ilmiy xodimlarning roli ortib boradi;
f) resurs tejamkorligi yuqori bo‘lgan, sifatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan yangi texnologiyalardan foydalaniladi;
g) jamiyat a’zolarining tez o‘sib boradigan ehtiyojlarini to‘la
qondirishni ta’minlash imkoniyatlariga ega bo‘linadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisodiy faoliyatning asosiy
boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan ishlab chiqarish uzoq davom etgan
tarixiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida shakllanib, rivojlanib kelmoqda.
Ayirboshlash iqtisodiy faoliyatning ikkinchi fazasi hisoblanib,
bu jarayonda mahsulotlar ma’lum miqdoriy nisbatda bir-biriga
113
ayirboshlanadi. Ayirboshlash ishlab chiqarilgan moddiy ne’matlar
va xizmatlarning bir subyektdan ikkinchisiga o‘tish jarayonini
bildiradi. Ayirboshlash ikki xil: mahsulot va tovar ayirboshlash
shaklida amalga oshiriladi. Bir mahsulotni bevosita boshqa mah-
sulotga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlash barter deyiladi.
Bunday ayirboshlashdan jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqich-
larida foydalanilgan. So‘ngra jamiyatda ishlab chiqarishning
rivojlanishi bilan tovar ayirboshlash vujudga keldi.
Òovar ayirboshlash deb, bir mahsulotni ikkinchisiga pul vosita-
sida, ma’lum narx asosida oldi-sotdi orqali ayirboshlashga aytiladi.
Bunda tovar pulga ayirboshlanadi, keyin esa bu pulga xohlagan
boshqa tovar sotib olinadi. Bunday ayirboshlash ayirboshlashning
eng qulay va keng tarqalgan shakli sifatida tan olingan.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining neoklassik yo‘nalish
vakillari ayirboshlashni jamiyat boyligining ko‘payishiga bevosita
ta’sir ko‘rsatuvchi omil deb qaraydilar. Bu to‘g‘risida A. Marshall
shunday fikrni ilgari suradi: «Ayirboshlash ham, ishlab chiqarishga
o‘xshab ne’matlarning ma’lum makonda ko‘chib yurishini ta’min-
lab, inson ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga xizmat qiladi. Bu
jihatdan agar boylikni faqat moddiy, qo‘l bilan ushlab, ko‘z bilan
ko‘radigan narsa sifatida emas, balki inson ehtiyojlarini to‘laroq
qondirish nuqtayi nazaridan qarasak, ayirboshlash ham boylikning
ko‘payishiga xizmat qiladi». Agar fiziokratlar kabi boylik faqat
moddiy ishlab chiqarishda yaratiladi, deb ta’kidlash, xizmatlar
ko‘rsatishning muhim ahamiyatini e’tiborga olmaslik, oxir-oqibat,
bu sohaning yaxshi rivojlanishi ta’minlanmay qolishiga, pirovard
natijada esa ijtimoiy takror ishlab chiqarishning uzluksiz, barqaror
davom etmay, jamiyat boyligining ko‘paymasligiga olib keladi.
Òaqsimot iqtisodiy faoliyatning uchinchi bosqichi bo‘lib, bunda
yaratilgan mahsulotlar va shu bilan bir qatorda resurslarning
taqsimlanishi amalga oshiriladi. Òaqsimot munosabatlari jarayonida
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yaratilgan mahsulotning
jami ijtimoiy mahsulotdagi hissasi aniqlanadi. Bu hissa, eng avvalo,
yaratilgan mahsulot miqdori va sifatiga hamda uning bozorda
sotilishi, ya’ni iste’molchiga yetib borishiga bog‘liq. Òaqsimot va
ayirboshlash ishlab chiqarish bilan iste’molni bog‘lab, iqtisodiy
faoliyatning samarali bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Òaqsimot munosabatlari iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur
o‘rganib kelinmoqda. Iqtisodiyot nazariyasining klassik namoyan-
dasi A. Smitdan boshlab, hozirgi taniqli iqtisodchilargacha ayir-
114
boshlash va taqsimlash jarayoni tadqiq qilinib, bu jarayon ayrim
kishilarning xohishiga qarab emas, balki obyektiv tarzda bozordan
olinadigan signallar asosida amalga oshganda erkin iqtisodiyot
tarkib topadi deb ta’kidlaydilar. Zamonamizning taniqli iqtisodchi-
laridan bo‘lgan Fon Xayek mahsulotlarning mo‘l-ko‘lligi uchun
taqsimlash uslublaridan, ya’ni narxlar shakllanishini bozor mexa-
nizmidan minnatdor bo‘lishimiz kerak deb ta’kidlaydi.
Ma’lumki, bozor sharoitida iqtisodiy resurslar taqsimoti narx
mexanizmi orqali amalga oshadi. Demak, bozor iqtisodiyoti sharoi-
tida taqsimot mulkchilikka bog‘liq bo‘lib, yaratilgan mahsulotdagi
ulush har bir omilning mulk egasining hissasi sifatida qaralib
aniqlanadi. Òaqsimot ishlab chiqarishning qay darajada yangilani-
shiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Iste’mol iqtisodiy faoliyatning so‘nggi, to‘rtinchi bosqichi
bo‘lib, u ishlab chiqarish natijalarining jamiyat ehtiyojlarini qondi-
rish jarayonini ifodalaydi. Iste’mol ikki xil — shaxsiy va ishlab
chiqarish iste’moli shaklida namoyon bo‘ladi: birinchidan, shaxsiy
iste’molda odamlar o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol
qiladilar, ikkinchidan, ishlab chiqarishning takrorlanishini
ta’minlash uchun uni davom ettiradilar.
Iste’mol yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi.
Iste’mol ehtiyojining cheksiz o‘sib borishini qondirish uchun
iqtisodiy faoliyat uzluksiz davom etishini talab qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, iqtisodiy faoliyat jamiyat
a’zolarining ma’lum bir maqsad yo‘lidagi xatti-harakatini bildiradi.
Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, korxona, firma, xo‘jalik va
davlatlar bo‘lib, ular umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat subyektlari
deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam ravishda iqti-
sodiy munosabatlarga kirishadilar, davlat esa bu munosabatlarning
huquqiy asoslarini yaratib beradi.
6.3. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi
Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, iqtisodiy faoliyatning
asosiy boshlang‘ich nuqtasi bo‘lgan ishlab chiqarish uning uchun
zarur bo‘lgan omillar iste’mol qilinishidan iborat bo‘ladi. Demak,
ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarishni uzluksiz takrorlanib
davom ettirish uchun kerak bo‘lar ekan, jamiyat shu omillarning
o‘zini ham, ishlab chiqarishning doimiy takrorlanib turishini ham
ta’minlab turishi zarur.
115
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani ishlab chiqarish omillariga yer,
kapital, mehnat, tadbirkorlik va ekologik omillarni kiritadi. Albatta,
jamiyat iqtisodiy faoliyatida har biri o‘z o‘rniga egadir.
Yer omili — tabiiy omil hisoblanib, inson mehnati bilan
yaratilmagan. Yer jamiyat uchun bebaho boylik hisoblanadi. Yer
omili deganda, biz uning ostki va ustki boyliklarini tushunamiz.
Yerosti boyliklari turli-tuman bo‘lib, ular, odatda, tabiiy boy-
liklar, ya’ni ishlab chiqarishning asosiy xomashyo bazasi deb
ta’riflanadi. Prezidentimiz I. A. Karimovning «O‘zbekiston XXI asr
bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari» kitobida mamlakatimiz tabiiy boyliklari haqida yozi-
lishicha, hozirgacha 900 dan ortiq kon topilgan bo‘lib, ularning
tasdiqlangan zaxiralari 970 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi,
har yili respublika konlaridan 5—6 mlrd dollarlik foydali qazilmalar
olinmoqda. Vatanimiz yer qa’ridagi 30 dan ortiq konlardan asl
metallar qazib olinayotir.
Yerusti boyliklari ham xilma-xildir. Ularni tavsiflaganda, eng
avvalo, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar, ya’ni haydaladigan,
sug‘oriladigan yer maydonlari, o‘rmonlar, o‘tloqlar va tog‘lardan
iborat deyiladi. O‘zbekiston umumiy yer maydonining 62,5 % ini,
ya’ni 28,5 mln gektarga yaqini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
uchun yaroqli yerlarni va uning 4,5 mln gektari haydaladigan
yerlarni, 96 ming km
2
tog‘larni, ya’ni hududimizning 21,3 % ini
tashkil etadi.
Kapital omili iqtisodchilar tilida iqtisodiy omil, moddiy-ashyoviy
omil deb ham yuritiladi. Bu omil ishlab chiqarishning moddiy
zaminini tashkil etadi va ular ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi
guruhi bino va inshootlar, mashinalar, turli dastgohlar, asbob-
uskunalar, transport hamda boshqa texnika va texnologik vosita-
lardan iboratdir. Ishlab chiqarish moddiy omillarining ikkinchi
Moddiy
ashyoviy
omil
Mehnat sharoiti
(zavod, fabrika,
binolar, inshoot-
lar va h.k.)
Mehnat pred-
meti (xomashyo
va boshqa
materiallar)
Mehnat qurollari
(mashina, sta-
nok va boshqa
asbob-uskunalar)
116
guruhiga xomashyolar, yoqilg‘i va elektrenergiya, yordamchi
materiallar kiradi. Kapital omilining birinchi guruhiga kiruvchi
qismiga asosiy kapital deyiladi, ular ishlab chiqarish jarayonida
uzoq vaqt davomida qatnashadi va kapital aylanishining bir necha
bosqichlarida o‘z qiymatini yangidan yaratilayotgan mahsulotlarga
sekin-astalik bilan o‘tkazib boradi. Kapitalning ishlab chiqarish
jarayonida o‘z qiymatini yangidan yaratilgan mahsulotga bir
bosqichning o‘zidayoq o‘tkazib yuboradigan qismiga (xomashyo,
yoqilg‘i, elektrenergiya, yordamchi materiallar va shu kabilar)
aylanma kapital deyiladi. Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan
yemirilish (eskirishi) jihatidan farqlanadi. Agar asosiy kapital
uzoq davr mobaynida yemirilsa (bir necha yil xizmat qilgandan
so‘ng), aylanma kapital ishlab chiqarishda o‘z shaklini to‘laligicha
o‘zgartirib, boshqa shaklda yangi mahsulotda mujassamlashadi.
Misol uchun, ip yigiruv fabrikasida ishlab chiqarish jarayonida
paxta tolasi ip shakliga kelib qoladi deylik, yoqilg‘i va sarflangan
mehnat ham o‘z qiymatini yangi yaratilgan mahsulotga birdaniga
to‘laligicha o‘tkazadi.
Mehnat omili, ayrim iqtisodiy adabiyotlarda shaxsiy-insoniy
omil deb ham yuritiladi. Bu, eng avvalo, ishchi kuchi, uning
mehnat qilish qobiliyatidir, ya’ni mehnatga layoqati, uning
jismoniy, aqliy qobiliyatlari, bilim va saviyasi, mehnat malakasidir.
Shaxsiy omil, odatda, mamlakat aholisining mehnatga layoqatli,
ya’ni uning 17—60 yoshgacha erkaklar va 17—55 yoshgacha ayollar
bo‘lgan qismini tashkil etadi. O‘zbekistonda 2014-yil yanvar
holatiga ko‘ra mehnatga layoqatlilar soni 18 mln 517 ming 600
kishini tashkil qilgan, shundan 12 mln 850 ming kishi iqtisodiy
faol aholi hisoblangan, shulardan 7 mln 20 ming erkaklar va 5 mln
829 ming kishi ayollardan iborat bo‘lgan.
Ma’lumki, insonning mehnat qilish qobiliyatini uning shaxsidan
ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonida inson
o‘z mehnati bilan qatnashar ekan, u shaxsiy-insoniy omil deb aytiladi.
Ish kuchi ham miqdor va sifat tavsiflariga egadir. Miqdor tavsifi
jihatidan, ish kuchi ishga yaroqli mehnat resurslarida, sifat jihat-
dan esa ishlovchilarning bilimi, tajribasi, malaka-mahorati, mada-
niyati, ma’naviy qiyofasi kabi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarishning natijasi ko‘p jihatdan
ishlovchining sifat ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Òadbirkorlik omili — iqtisodiy adabiyotlarda alohida, o‘ziga
xos omil deb hisoblanadi. Bu omilning alohida o‘ziga xosligi
117
shundaki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan ana shu mehnat omili deb
qaralgan inson ishchi xodim o‘zining tashabbuskorligi, izlanuv-
chanligi, yangiliklar yaratishi, fidoyi bo‘lishi, kezi kelganda, tavak-
kalchilik qilib o‘z mehnatining yuqori darajadagi unumdorligiga va
umuman, ishlab chiqarishning samaradorligiga erishishiga olib kela
oladigan qobiliyatlarida ifodalanadi. Aslida, ishlab chiqarishning
yuqorida bayon qilingan barcha omillari tadbirkorlik orqali harakatga
keladi, yuqori samara beradi. Shuning uchun tadbirkorlik qobiliyatiga
ega insonlarning qo‘llab-quvvatlanishi, e’zozlanishi, rag‘batlan-
tirilishi ishlab chiqarishning tez rivojlanishini va pirovard natijada
iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Ekologik omil. Bu omil to‘g‘risida iqtisodiy adabiyotlarda so‘nggi
paytlarda ko‘proq yoziladigan va e’tibor beriladigan bo‘ldi. Chunki
har qanday ishlab chiqarish, eng avvalo, tabiat in’om etgan ne’mat-
lardan, xomashyo va boshqa materiallardan iboratdir. Shuning uchun
ishlab chiqarish har doim tabiatga tayanadi. Yer, suv, yerosti, yerusti
boyliklari, o‘rmon va boshqalar ishlab chiqarishga tabiiy materiallar
yetkazib beradi. Òabiat in’omi bo‘lgan ne’matlar ishlab chiqarish
jarayonida qayta ishlanib, ulardan kerakli mahsulotlar olinadi. Òabiatda
uchraydigan ashyolar yaratiladigan bo‘lgusi mahsulot uchun asosiy
manba bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jaligida yersiz dehqonchilikni
tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, bizning mamlakatimizda yerdan
suvsiz hech narsani undirib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, tabiat ishlab chiqarishning
umumiy shart-sharoitidir. Undagi har qanday o‘zgarishlar ishlab
chiqarishga jiddiy ta’sir etadi. Misol uchun, ekologiyaning buzilishi
natijasida havo haroratining ko‘tarilishi yoki yog‘ingarchilikning
ko‘p bo‘lishi, yerlarning sho‘rlanishi, magnit bo‘ronlari kabilar
ishlab chiqarish sharoitiga va inson omilining ishlash qobiliyatiga
ta’sir ko‘rsatadi, bularning hammasi ekologik omil deb qaraladi.
Demak, yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, biron
turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillari-
ning hammasi kerak bo‘lar ekan. Shu bilan birga, bu omillardan
qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, yermi, tadbirkorlikmi yoki eko-
logiyami asosiy o‘rin tutadi, mahsulot aynan shu omil bo‘lgani
tufayli ishlab chiqariladi, deb ayta olmaymiz. Ishlab chiqarish
jarayonida bu omillar bir-biri bilan bog‘liq holda biri ikkinchisini
to‘ldirib, gohida bir-birining o‘rnini qoplaydi va ularning uzluksiz-
ligini ta’minlagandagina ijobiy natija beradi. Biron aniq ishlab
chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan
118
ma’lum bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni ishlab
chiqariladigan mahsulot miqdori qiziqtiradi. Òexnika-texnologiya-
ning ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unum-
dorligi ishlab chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi
sharoitida shu omillar miqdori uchun mahsulotning optimal miq-
doriga erishish mumkin.
6.4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijasi
Ishlab chiqarish omillarining qo‘shilishi tufayli sodir bo‘lgan
ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulot va ko‘rsatilgan
xizmatlar ishlab chiqarishning umumiy natijasi hisoblanadi. Ishlab
chiqarishning maqsadidan kelib chiqib qaralsa, uning pirovard
natijasi yaratilgan tovarlar va xizmatlar hajmi hamda ularning
tarkibi va sifatida namoyon bo‘ladi. Bu pirovard natija qanday
darajada, miqdorda bo‘lishi esa omillarning qanday shart-sharoit
asosida qo‘shilishiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Agarda ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotni egasi o‘zi
iste’mol qiladigan bo‘lsa, u natural mahsulot deyiladi. Mabodo, u
mahsulotni ayirboshlash uchun bozorga chiqarib sotadigan bo‘lsa,
u tovar deb yuritiladi. Misol uchun, dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan
pomidor, kartoshka va boshqa mevalarni o‘z oilasi ehtiyoji uchun
ishlatsa, bu holda u natural xo‘jalik yuritgan bo‘ladi. Agarda dehqon
xo‘jaligida yetishtirgan mahsulotlarni bozorda sotish uchun olib
chiqsa, bunda u tovar ishlab chiqarayotgan, ya’ni tovar xo‘jaligini
yuritayotgan bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi moddiy shakli jihatidan,
mahsulot va xizmatlardan, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va
iste’mol buyumlaridan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish, odatda,
biror korxona doirasida, shuningdek, butun mamlakat miqyosida
olib boriladi. Ayrim ishlab chiqaruvchi yoki korxona faoliyati
natijasida yaratilgan mahsulot individual mahsulot, barcha jamiyat
a’zolari iqtisodiy faoliyati natijasida yaratilgan mahsulot yalpi milliy
mahsulot (YMM)ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning samaradorligi har qanday ishlab chiqarish
bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorning, korxonaning, qolaversa,
jamiyatning asosiy maqsadi hisoblanadi. Samaradorlik esa ishlab
chiqarish omillaridan naqadar to‘g‘ri va maqsadga muvofiq, tejab-
tergab foydalanilayotganligiga bog‘liq.
119
6.5. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir
etuvchi omillar
Inson har doim farovon yashashga intilib kelgan. Buning uchun
esa mahsulot-xizmatlarni ko‘plab va sifatli ishlab chiqarish zarur.
Resurslar kamyob bo‘lganidan ularni tejab-tergab ishlatish kerak.
Bu esa, o‘z navbatida, mehnat unumdorligini oshirishni talab qiladi.
Ishlab chiqarishda mehnat omilidan foydalanish darajasi ishchi-
ning mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi orqali baholanadi. Ishlab
chiqarish jarayonida sarflanadigan ish kuchini hisoblash uchun
ish kuni yoki ish vaqti toifalaridan foydalaniladi. Ish kuni deb
ma’lum bir ishchining o‘z ish joyida, ishlab chiqarish jarayonida
band bo‘lgan vaqtiga aytiladi. Mehnat unumdorligi mahsulot va
xizmatlar hajmini, ularni ishlab chiqarish uchun sarflagan vaqtiga
nisbatan aniqlanadi. Mehnat unumdorligini oshirish ishlab chiqa-
rish samaradorligining muhim omili hisoblanadi. Mehnat unum-
dorligini oshirish orqali jamiyatda mo‘l-ko‘llik, farovonlik, ijtimoiy
barqarorlikka erishish mumkin. Mehnat unumdorligi alohida
muhim iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lgani uchun uning o‘sishiga ta’sir
qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Ana shu omillarning eng
muhimi, bozor sharoitida uning taqdirlanishi, rag‘batlantirilishi,
ishlash uchun yaxshi qulay sharoitlar yaratib berilishidir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan mamlakatimizda har bir
ishlovchiga, tadbirkorga iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy muhitni yara-
tishga harakat qilinmoqda.
Mehnat unumdorligi insonning muayyan vaqt birligida ma’lum
miqdorda mahsulot va xizmatlarni yarata olishidir. Masalan, bir
ishchi bir soatda yoki bir ish kunida yoki bir yilda qancha sifatli
mahsulot yaratgani yoki mahsulot birligini (masalan, 1 ta choynak,
1 ta eshik, 1 ta etik) ishlab chiqarish uchun qancha vaqt sarflagani
bilan o‘lchanadi. Mehnat turlari ham ko‘p va uning natijasida
har xil mahsulotlar yaratilgani uchun unga sarflangan vaqtni o‘l-
chash ham qiyin. Shuning uchun mahsulotlar turlicha bo‘lganidan
ularni ishlab chiqarish uchun ketgan vaqtni taqqoslab bo‘lmaydi.
Shu sababdan mehnat unumdorligi yaratilgan mahsulotning
qiymati asosida hisoblab aniqlanadi. Misolga qaytsak, 1 ta choynak
5000 ming so‘m, 1 ta eshik 50000 so‘m, 1 ta etik 100000 so‘m
turadi, demak, yaratilgan mahsulotning bahosi pulda ifodalanadi.
Pulda hisoblangan mahsulotni ishlovchilar soniga bo‘lsak, mehnat
unumdorligi kelib chiqadi. Agar choynak ishlab chiqaruvchilar
120
10 kishi bo‘lib, ular bir yilda 2000 ta choynak chiqarishgan bo‘lsa,
jami choynak 100000 so‘mlik bo‘ladi. Bunda har bir ishchi yiliga
10000 so‘m ishlab olgan bo‘ladi. Mehnat unumdorligi (U) quyidagi
formula orqali aniqlanadi. Bunda yaratilgan mahsulot (M)
ishlovchilar soniga (Q) bo‘linadi:
.
M
U
Q
=
Agar har bir soat unumdorligini aniqlamoqchi bo‘lsak,
yaratilgan mahsulotni (U) ishlangan soatlarga (T) bo‘lamiz:
.
M
U
T
=
Masalan, 1 million soat ichida ish bajarilib, 50 million so‘mlik
mahsulot yaratilgan bo‘lsa, bir soat mehnat unumdorligi 50 so‘mga
teng bo‘ladi:
50 mln so‘m
50 so‘m .
1 mln soat
M
U
Q
=
=
=
Mehnat unumdorligiga quyidagi omillar ta’sir etishi mumkin:
1. Ishlab chiqarishning texnik-texnologik jihozlanganlik dara-
jasi. Foydalanilayotgan texnika va texnologiyalar qanchalik yangi,
mukammal bo‘lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori
bo‘ladi.
2. Inson omilining sifati, ya’ni ishlovchilarning bilim darajasi,
ish malakasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ularning mehnat unumdorlik-
lari ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
3. Ishlab chiqarishning tabiiy sharoiti qanchalik yaxshi bo‘lsa,
mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Òabiiy
sharoitni inson o‘zgartira olmaydi, ammo texnika va texnologiya-
larni takomillashtirish orqali noqulay tabiiy sharoitda ham mehnat
unumdorligini oshirish mumkin. Iqtisodiyotda mehnat unumdor-
ligining muttasil o‘sib borishi degan obyektiv xarakterga ega bo‘lgan
qonun bor, shunga ko‘ra, resurslarning cheklangan bo‘lishiga qara-
may, ishlab chiqarilgan mahsulot ko‘payib boradi. Mehnat unum-
dorligi va unga ta’sir etuvchi omillar quyidagi chizmada keltirilgan:
121
6.6. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasi
Iqtisodiy xarajatlar deb tadbirkorlar tomonidan moddiy resurslar
sotib olish, ish haqi, sug‘urta va boshqa har xil ijtimoiy ajratmalar
uchun qilingan sarflarga aytiladi. Har qanday ishlab chiqarish
korxonasi yoki xizmat ko‘rsatuvchi firma foyda olish maqsadida
pul sarflaydi. Bu pul shu korxonaning o‘z mablag‘i yoki bankdan
olgan kreditidan iborat bo‘lib, ular asosiy va aylanma kapitalni
tashkil etadi, ya’ni asosiy va aylanma fondlari deb yuritiladi. Asosiy
kapital — bino-inshoot, mashina-uskunalarga sarflanadi va ular,
odatda, uzoq muddat xizmat qiladi.
Xizmat qilish davri davomida ular o‘z qiymatini har yili qisman
yangidan yaratilgan mahsulotlarga o‘tkazib boradi. So‘ngra bu
mahsulotlar bozorda sotilgach, shu qism pul shaklida yana
korxona, firmaga qaytib keladi va u amortizatsiya deyiladi. Misol
uchun, tikuvchilik fabrikasining asosiy kapitali hisoblangan tikuv
mashinasi 500 ming so‘m turadi va 5 yil xizmat qiladi. Har yili
uning yordamida 50 mingta ko‘ylak tikiladi, bu ko‘ylakning narxi
2,5 million so‘m, shundan 100 ming so‘m tikuv mashinasining
amortizatsiyasi hisoblanadi va u tikuv mashinasi narxiga nisbatan
20 % ni tashkil etadi
100
100 .
500
⋅
⎛
⎞
⎜
⎟
⎝
⎠
Ma’lumki, ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan resurslar
(xomashyo, yoqilg‘i, elektr energiya va boshqa har xil materiallar)
Mehnat unumdorligi vaqt birligida yaratilgan
mahsulot va xizmatlar miqdori yoki
mahsulot va xizmatlar birligini yaratish
uchun sarflangan ish vaqtidir
Mehnat unumdorligi va uning omillari
Mehnat qurol-
larining mukam-
malligi, ishlab
chiqarishning
texnologik
darajasi
Ishlab chiqa-
rishning tabiiy
sharoiti, tabiiy
resurslarning
ishlatilish
sharoitining
qulay bo‘lishi
Ishlovchilarning
bilim saviyasi,
mehnat malakasi
va mahorati, ya’ni
ishlab chiqarish
shaxsiy-insoniy
omilining sifati
123
6.7. Xarajatlarning tarkibi, qisqa davrdagi
ishlab chiqarish xarajatlari
Xarajatlar ikki guruhga bo‘linadi, birinchisini ishlab chiqarish
xarajatlari va ikkinchisini muomala xarajatlari deyiladi. Ishlab
chiqarish xarajatlari tovar ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan
barcha resurslarni olish uchun ketgan mablag‘lardan iboratdir.
Muomala xarajatlari esa har xil xizmatlardan, ya’ni tovarlarni
sotish, ishchilarni o‘qitish, moliyaviy ishni yuritish, maslahat berish
kabi xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan
iborat bo‘ladi.
Chizmadan ko‘rinib turibdiki, korxonalar o‘z faoliyatini yuritish
uchun har xil xarajatlar qilar ekan. Bu xarajatlarni tashqi va ichki
xarajatlarga bo‘lib ham o‘rganiladi. Òashqi xarajatlarga ish kuchi,
xomashyo, yoqilg‘i, energiya sotib olish, transport, aloqa va boshqa
xizmatlar uchun, shuningdek, soliqlarga to‘langan pul kiradi. Ichki
xarajatlarga korxona binolari, asbob-uskunalar, ijara haqi va bosh-
qalar uchun qilingan sarflarning hammasi kiradi. Bundan tashqari,
korxona ijara haqi, banklardan olgan kreditlari uchun foiz ham
to‘laydi. Korxonaning xarajatlari o‘zining kelib chiqish manbalariga
qarab har xil sarflardan iborat bo‘lib, tarkibiy tuzilishiga ko‘ra,
ular ishlab chiqarishning omillari bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish
jarayonida esa doimiy va o‘zgarib turadigan ikki asosiy omil ishtirok
etadi. Doimiy omilga bino, inshootlar, mashina va boshqa asbob-
uskunalar kiradi. O‘zgaruvchan omillarga ishlab chiqarish jarayo-
nida o‘z shaklini o‘zgartirib, o‘z qiymatini birdaniga yangi yaratil-
gan tovarlarga to‘laligicha o‘tkazadigan ish kuchi, xomashyo,
Xarajatlar tarkibi
Tashqi xarajatlar
Ichki xarajatlar
Ish kuchi
Xomashyo
Soliqlar
Yoqilg‘i, energiya
Bank krediti
Transport, aloqa
xizmati
Bino, inshoot
Mashina,
uskuna
Ijara haqi
Me’yoriy
xarajat
Qarz uchun
to‘lanadigan
pul
124
yoqilg‘i, elektr energiya va boshqa har xil materiallar kiradi, natijada
ishlab chiqarish hajmi, mahsulot shakli ham o‘zgarishi mumkin,
shuning uchun u o‘zgaruvchan omil deyiladi. Shundan kelib chiqib,
omillarning har xil bo‘lishiga qarab doimiy va o‘zgaruvchan xarajat-
lar deb aytiladi. Ishlab chiqarishda qatnashib, o‘z miqdorini
o‘zgartirmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi.
Bulardan tashqari, yana shunday xarajatlar ham borki, ularning
miqdori korxonaning faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaydi va korxonaning
ishlash-ishlamaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘ladi, korxona
ularni qoplashga majbur. Bu xarajatlarga renta to‘lovlari, ko‘chmas
mulk solig‘i, ijara uchun to‘lov, bank krediti foizi, reklama haqi,
garov puli, amortizatsiya ajratmasi, sug‘urta to‘lovi kabilar kiradi.
Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq
ravishda miqdori o‘zgarib turuvchi xarajatlar o‘zgaruvchan xarajat-
lar deb yuritiladi. Bu xarajatlarga ish haqi, xomashyo, yoqilg‘i,
transport va boshqa har xil materiallar xarajatlari kiradi, shuning
uchun bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ortsa, o‘zgaruvchan
xarajatlar ham ortadi, qisqarsa, kamayadi. Masalan, tikuvchilik
korxonasi 10 million so‘mlik ko‘ylak ishlab chiqarish uchun 7 mil-
lion so‘m sarf qildi. Shundan 3 million so‘m gazlama, 1 million
so‘m ip va tugma, 1 million so‘m elektr energiyasi uchun sarf
qilindi. Qolgan 2 million so‘m tikuv mashinalari va boshqa uskunalar
amortizatsiyasi, ijara haqi va soliqlardan iborat bo‘ldi. Korxona
ko‘ylak tikib chiqarishni 20 % oshirib, mahsulot hajmini 12 mil-
lion so‘mga yetkazdi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda gazlama
uchun 600 ming so‘m, ip va tugma uchun 200 ming so‘m, elektr
energiyasi uchun 200 ming so‘m sarfladi. Ammo bu ish uchun
ijara haqi, mashina-uskunalar xarajati oshirilishi zarur bo‘lmaydi.
Korxonalarning doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarining yig‘in-
disi uning umumiy xarajatlarini tashkil qiladi. Korxonaning umu-
miy xarajatlardagi o‘zgarishlar, birinchi navbatda, o‘zgaruvchi xara-
jatlar bilan bog‘liq kelib chiqadi.
Har bir iqtisodiy faoliyatda xarajatlarning samarasi muhim
ahamiyatga ega. Agar xarajatlarga nisbatan yaratilgan mahsulotlar
tezroq o‘ssa, ish samarali hisoblanadi. Shu sababli, korxona uchun
o‘rtacha xarajatlarning ahamiyati katta. O‘rtacha xarajat deb har
bir mahsulot birligiga sarflangan xarajatga aytiladi. O‘rtacha
xarajatlarni (
Wo) topish uchun umumiy xarajatlarni (Wu) mahsulot
miqdori (
Q)ga bo‘lamiz
.
Wu
Wo
Q
=
⎛
⎞
⎜
⎟
⎝
⎠
Misol uchun, tikuvchilik
125
fabrikasi 5 million so‘m sarflab, 1000 ta ko‘ylak tikib chiqardi.
Bunda 1 ta ko‘ylak o‘rtacha 5 ming so‘mga tushdi:
5000000
5 ming so‘m
1000
.
Wo =
=
Demak, 1 ta ko‘ylak tikish xarajati 5 ming so‘mni tashkil etgan
va bu ko‘rsatkich o‘rtacha xarajat hisoblanadi.
6.8. Me’yoriy xarajatlar
Har bir korxona xarajatlarni minimallashtirish, foydani mak-
simallashtirishga harakat qiladi. Buning uchun korxona hisob-kitob
qilib chiqadi va qanday qilib xarajatlarni kamaytirib, ko‘p miqdorda
mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini izlaydi hamda qancha
mahsulot ishlab chiqarilsa, maksimal darajada foyda olish mumkin-
ligini aniqlaydi. Bu me’yoriy xarajatlar yordamida aniqlanadi.
Me’yoriy xarajat deganda qo‘shimcha ravishda mahsulot birligini
ishlab chiqarish uchun ketgan qo‘shimcha xarajatga aytiladi.
Me’yoriy xarajatni (
Wm) bilan belgilaymiz va uni aniqlash
uchun xarajatni (
ΔW) deb olib, uni mahsulot o‘sishi (ΔM)ga
bo‘lamiz, natijada quyidagi formula kelib chiqadi:
W
Wm
M
Δ
=
Δ
,
bu yerda,
Δ
W—xarajat o‘sishi;
Δ
M— mahsulot o‘sishi.
Misol keltirsak, korxona 100 dona ko‘ylak ishlab chiqarish
uchun 500000 so‘m xarajat qilgan edi. Bunga qo‘shimcha yana
bitta ko‘ylak, ya’ni 101-ko‘ylak chiqarilganda xarajati 1012 so‘mga
yetdi. Buni quyidagi formulada aniqlaymiz:
1012 1000 12
12 so‘m .
101 100
1
Wm
−
=
=
=
−
Demak, qo‘shimcha 1 dona mahsulot uchun korxona 12 so‘m
xarajat qilgan. Shu summa me’yoriy xarajat hisoblanadi. Me’yoriy
xarajatlar korxonada unumdorlik o‘sishiga qarab, dastlab pasayib
boradi, lekin unumdorlikni o‘stirish imkoni ma’lum chegaraga
ega. U o‘z chegarasiga yetgach, xarajatlarning o‘sishi boshlanadi.
Misol uchun, 5 dona ko‘ylak uchun me’yoriy xarajatlar 349—
320=29 ming so‘mni tashkil etsa, 9-mahsulot uchun 73 ming
so‘m (553—480), 10-mahsulot uchun 103 ming so‘m (656—553)
ga yetgan. Ko‘rinib turibdiki, me’yoriy xarajatlar ortib boryapti,
126
o‘z navbatida, bu o‘rtacha xarajatlarning ham ortishiga olib keladi.
Bu yerda korxona tikayotgan ko‘ylak miqdorini nechtaga yetkazganda
maksimal foyda olishni aniqlash kerak bo‘ladi. Korxona iqtisodchi-
lari buni hisoblab chiqib, shunday xulosaga kelishgan. Qo‘shimcha
jalb etilgan omil olib kelgan daromad, uni olish uchun qilingan
xarajatdan oshib ketmasligi kerak ekan.
Yuqoridagi misollardan xulosa qilib aytish mumkinki, har bir
qo‘shimcha omil keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng
bo‘lishi, ya’ni qo‘shimcha jalb etilgan ishchilarning keltirgan
daromadi ularga to‘langan ish haqiga, qo‘shimcha jalb etilgan
kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu kapital sotib
olish narxiga teng bo‘lishi kerak.
Bunday tenglik holatdan ma’lum qonuniyat kelib chiqadi: ishlab
chiqaruvchi maksimal foyda olish uchun me’yoriy xarajatlar qiladi
va evaziga olingan qo‘shimcha daromad, me’yoriy daromadni tashkil
qiladi va u shu omilning bozor narxiga teng bo‘lishi kerak. Korxona
ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha omillarni:
yer, mehnat, texnika, asbob-uskuna, xomashyo va boshqalarni jalb
qilib xarajatlarni ko‘paytirish evaziga olgan qo‘shimcha daromadi,
shu omillarni sotib olishga qilgan xarajatiga teng bo‘lishi kerak.
Iqtisodiyot nazariyasi tomonidan aniqlangan bu qoidaga amal
qilish ishlab chiqarishning samarali tashkil etilishini, ishlab chiqa-
rish omillaridan tejab-tergab foydalanish zarurligini asoslaydi.
6.9. Foyda mazmuni, foyda me’yori va massasi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida hech bir korxona yoki tadbirkor
foyda bermaydigan ishga sarf-xarajat qilmaydi. Har qanday tadbir-
korlik, albatta, ma’lum xarajatlar qilishni taqozo etadi va u foyda
ko‘rishning asosiy vositasi hisoblanadi. Foyda iqtisodiy toifa sifatida
iqtisodiy munosabatlarga kirishayotgan kishilarning asosiy maqsadi
bo‘lib, unga erishish uchun ishbilarmonlik qobiliyati va ma’lum
moddiy mablag‘larini sarflab, xatarli ishga qo‘l urgani uchun
tadbirkorlarga tegadigan mukofot hisoblanadi.
Foyda — moddiy jihatdan yaratilgan qo‘shimcha mahsulotning
korxona o‘zlashtirgan qismi. Chunki qo‘shimcha mahsulotning
hammasi ham foyda shaklini olavermaydi, u boshqa ijtimoiy
ko‘rinishlarga ham kiradi. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida
foyda faqat pul shaklida bo‘ladi, u iqtisodiyotda ishlovchi subyekt-
larning umumlashgan iqtisodiy natijasi, iqtisodiy faoliyat mezoni
va pirovard maqsadidir.
127
Foyda shunday murakkab iqtisodiy ko‘rsatkichki, uning vujudga
kelishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishi iqtisodiyotda bir qancha
omillar bilan bog‘liq. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarini, ya’ni ishlatilgan xomashyo,
yoqilg‘i, texnika-texnologik liniyalar qiymati, ishchi mutaxassislar
uchun to‘langan ish haqi kabilar. Foyda massasiga yana tejamli va
chiqindisiz texnologiyalar qo‘llash, tadbirkorlik salohiyati, ilg‘or ish
va boshqaruv usullarini qo‘llash kabilar ham ta’sir etadi. Xulosa qilib
aytganda, foyda korxona faoliyatining haqiqiy iqtisodiy samarasidir.
Foyda bozor iqtisodiyotining toifasi, tovar ishlab chiqa-
ruvchilarning oliy maqsadi. Ayni chog‘da, u juda keng ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlar tushunchasi hamdir. Firma fondlarini
kengaytirish, sifat jihatdan yangilash, xodimlarning rag‘batlanti-
rilishi, dam olishi, davolanishi, tabiiy va sog‘lomlashtirish
markazlarining mavjudligi va ishlashi, bolalar bog‘chalari va tarbiya
muassasalarining ta’minoti foyda bilan bog‘liq. Shuningdek, foyda
davlat budjetiga tushumlar, to‘lovlar, xayriya fondlari, kredit
foizlari, xarajatlarni qoplash kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Foyda g‘oyat boy mazmun va tuzilishga ega bo‘lgan iqtisodiy
toifaki, davlat va jamiyat hayotining barcha jihatlarida u bilan
bog‘liq munosabatlar vujudga keladi. Shuning uchun uning
shakllanish manbalari yoki uning turlari haqida tasavvurga ega
bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Foydaning turlari quyidagilardir:
1) mahsulot sotish (xizmat ko‘rsatish)dan olingan yalpi foyda.
Uning miqdori mahsulot bahosi bilan ishlab chiqarish xarajatlari
o‘rtasidagi farq bilan belgilanadi;
2) asosiy faoliyatdan olingan foyda (qarzdordan undirib olingan
jarimalar, penyalar, joriy yilda aniqlangan o‘tgan yillar foydasi,
yordamchi xo‘jaliklardan tushgan daromadlar, korxona mulkini
sotishdan tushgan daromad kabilar);
3) moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (sho‘ba korxonalar va
uyushmadagi korxonalardan olingan dividendlar, ularga berilgan
qarzlar yuzasidan olingan foizlar, sarmoya qilingan mablag‘larni
qayta baholashdan olingan foyda kabilar);
4) favqulodda olingan foyda (ko‘zda tutilmagan, odatdagi
xarakterda bo‘lmagan korxona faoliyatidan chetga chiqadigan
harakat natijasida tushgan daromadlar).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olmaydigan korxonaning
istiqboli yo‘q. U xonavayron bo‘ladi. Bozor iqtisodiy tizimida
iqtisodiyot sohasining har bir subyekti o‘rtacha (normal) foyda olib
128
ishlashi lozim. Bunday foyda firmaning saqlanib qolishiga ma’lum
dastak bo‘lishi mumkin. Agar firma arzon xomashyo, ish kuchi,
zamonaviy texnologiya, qulay sotish bozori, foiz stavkasi pastroq
kredit va boshqa qulay tabiiy, iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lsa,
foydani ko‘p olishi ham mumkin. Agar firma monopol, ya’ni faqat
unga tegishli qulay imkoniyat egasi bo‘lsa, u monopol foyda ham
o‘zlashtiradi. Bunday korxona ham oddiy foyda, o‘rtacha foyda,
ortiqcha foyda, ham monopol foydani o‘zlashtiradi. Masalan, biron
mahsulotni faqat bir o‘zi chiqarsa yoki tabiiy cheklangan imkoniyatga
ega bo‘lsa, faqat shunday firma monopol foyda egasi bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida firma tovarlarni shunchaki ishlab
chiqaruvchi emas, balki tijorat faoliyati bilan ham shug‘ullanishi
mumkin. Albatta, tijorat ishi har qanday iqtisodiy faoliyat kabi
ma’lum chiqimlar bilan bog‘liqdir. U tovarlarni tashish, saqlash,
sug‘urtalash, bezash, reklama qilish, bozorlarni ko‘rish yoki idoraga
xarajatlar qilish maqsadlariga ham pul sarflaydi. Bu xarajatlar tijorat
xarajatlari deb ataladi. Bu xarajatlar ham tovar baholari orqali
qoplanishi va tijorat foydasi keltirishi kerak. Hozirgi sharoitda
tijorat daromadi ham bozor subyektlarining daromad shakli bo‘lib,
uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bozor iqtisodiyotida faqat o‘z mablag‘i, sarmoyasi bilan tiklanish
yoki rivojlanish juda qiyin masala. Firmaning normal faoliyati, o‘z
o‘rnini saqlab qolishi va rivoj topishi kuch jihatdan kredit (qarz)
mablag‘ bilan ham kafolatlanadi. Albatta, kredit tovar bo‘lgani uchun
ham u tekinga berilmaydi, u ma’lum haq evaziga, ma’lum foiz
to‘lash sharti bilan beriladi. Biroq kredit olishdan maqsad korxona
faoliyatini yaxshilash, qo‘shimcha mahsulotni ko‘paytirish vositasidir.
Kredit olgan korxona foydaning bir qismini bank foizi uchun to‘lasa,
qolgan qismi uning sohibkorlik, tadbirkorlik daromadi bo‘ladi. Foiz
qarzga olingan sarmoya uchun to‘langan haq bo‘lsa, kredit berilgan
korxona uchun daromadning bir manbayidir.
Shuni aytish kerakki, bozor iqtisodiyoti firmalar uchun ham
iqtisodiy faoliyat turlarini kengaytiradi, cheklamaydi. Uning fao-
liyatini diversifikatsiyalash (ko‘p tarmoqli qilish) imkoniyatini yara-
tadi. Zero, bozor iqtisodiyotining kuchli unsuri bo‘lgan raqobat
kurashi diversifikatsiyalashni taqozo etadi. Buning ma’nosi shun-
daki, diversifikatsiya sharoitida korxona daromad olish yoki o‘zini
raqobatdan himoya qilish qudratini yaratadi. Natijada daromad,
foyda olishning shakllari ham ko‘payadi.
Foyda ham jamiyat miqyosida (makroiqtisodiyot darajasida)
ham, korxona (mikroiqtisodiyot darajasida) ham jamg‘arish fondini
129
tashkil etishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘arish esa iqtisodiy
o‘sish, ravnaq topish manbayi bo‘lishi bilan birga bozor raqobat-
chiligi sharoitida korxonani himoyalashning asosiy omilidir. Foyda
tushunchasi ayrim olingan yakka subyekt uchun ham taalluqli
ekanligini unutmaslik kerak.
Foydani maksimallashtirish va zararni minimallashtirish shart-
sharoitlari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona faoliyatining samarali
bo‘lishi shartlaridan biri — bu uning shunchaki foyda olishini
ta’minlashgina emas, shu bilan birga olinayotgan foyda masalasini
maksimallashtirish (ko‘paytirish)dir. Umumiy tarzda qaraganda
foydani maksimallashtirish ko‘riladigan zararni minimallashtirish (eng
kam zarar ko‘rish) bilan bog‘liq.
Foyda korxonaning raqobatbardoshligini oshirib borishning
moliyaviy manbalaridan eng muhimidir. Shunday ekan, bu masala
korxona jamoasining diqqat markazida turishi lozim. Foydani
maksimallashtirishi shart-sharoitiga quyidagilarni kiritish mumkin:
• korxona o‘z mahsulotining tannarxini uzluksiz pasaytirib
borishiga harakat qilishi, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini
kamaytirishi hamda boshqa omillarni safarbar qilishi demakdir.
Buning uchun xomashyo materiallari va boshqa mehnat ashyola-
rining arzon turlaridan foydalanish, ularni tejaydigan va chiqindi
qilmaydigan texnologiyalarni jalb etish;
• imtiyozli kreditlar olishga erishish va kreditni o‘z vaqtida
belgilangan foiz bilan qaytarish;
• sifatsiz, qoloq, jahon standartlari, xalqaro bozor talabiga mos
bo‘lmagan tovarlar ishlab chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik;
• eksportbop tovarlar ishlab chiqarishga to‘la moslashish, ichki
va tashqi bozor talablarini to‘la hisobga olish asosida ish ko‘rish;
• korxona mahsulotlariga oldindan buyurtma olish asosida
ishlashni ta’minlash;
• o‘zaro tovar yetkazib berish shartnoma va bitimlarini to‘la
va o‘z muddatida bajarishga erishish;
• mutaxassis va xodimlarni rag‘batlantirib borish asosida
ularning manfaatdorligi hamda mas’uliyatlarini oshirish kabilar.
Amaliy xo‘jalik hayotida shunday ham bo‘ladiki, korxona
faoliyatida foyda bilan chiqish mumkin, biroq uni to‘g‘ri tasarruf
eta bilmaslik, xo‘jalik yuritishda katta xatolarga yo‘l qo‘yish
oqibatida korxona ixtiyorida sof foyda qolmasligi mumkin.
Masalan, korxona yil yakuniga ko‘ra 10 mln so‘m foyda oldi
deylik, biroq korxona olingan buyurtmani bir oy kechiktirib
130
bajargani uchun 5 mln so‘m buyurtmachi zararini qoplash talab
etildi. Shuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddatini
2 oyga cho‘zib yuborish hisobiga 3 mln so‘m miqdorida tovon
to‘lash talab etildi. Demak, olingan foydaning 8 mln so‘mi
samarasiz ketdi. Bunday holat korxona jamoasining bir yillik ijobiy
ish faoliyati samarasiz bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Korxona diqqat markazida turadigan ikkinchi muhim masala
ko‘riladigan zararni eng kam darajaga tushirish yoki zarar ko‘rishga
yo‘l qo‘ymaslikdir. Zarar ko‘rishni minimallashtirish uchun eng
muhim omil rahbar va xodimlarning iqtisodiy savodxonligiga
erishishdir. Zero, har bir ishlovchi moliyaviy zarar ko‘rishining
salbiy oqibatlarini chuqur idrok eta olishi lozim.
Foydaning, asosan, ikki turi bor: me’yoriy foyda va iqtisodiy
foyda. Me’yoriy foyda tabiatan tadbirkorlik faoliyati uchun
olinadigan haq hisoblanadi va xarajatlar tarkibiga kiradi. Chunki
tovarlar eng past narxda, ya’ni xarajatga teng narxda sotilganda
ham tadbirkor me’yoriy foydani oladi. Iqtisodiy yoki sof foyda
deb miqdoran tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan pul, ya’ni
daromad bilan xarajatlar o‘rtasidagi farq tushuniladi. Iqtisodiy
foydani tadbirkor va uning sheriklari oladi.
Sof foyda korxona faoliyatining umumlashgan ko‘rsatkichi
hisoblanadi. Demak, korxona olgan sof foydasiga qarab, uning
ishiga baho beriladi.
Foydaning iqtisodiy faoliyat turlariga ko‘ra, ishlab chiqarish,
tijorat turlarini ko‘rsatish mumkin. Savdo-sotiq ishlarida tijorat
foydasi bilan birga omad foydasi ham bor bo‘lib, u, odatda, bozordagi
narxlarning o‘zgarishi tufayli olinadi. Misol uchun, bozordan bir
firma yanvar oyida 10 dona muzlatgichning har bir donasini 1 mil-
lion so‘mdan sotib oldi. May oyiga kelib muzlatgichning narxi
1 mln 500 ming so‘mga ko‘tarildi. Demak, firma 5 mln so‘m foyda
ko‘rdi, chunki muzlatgichning narxi kutilmaganda ortib ketishi omad
foydasini berdi. Lekin omad foydasi doim ham kelavermaydi.
Korxonalar, avvalo, o‘z faoliyatidan daromad topish va foyda olish
uchun harakat qilishi zarur.
Hamma tadbirkorlar ham foydani ko‘paytirishga harakat
qilishadi va ishlab chiqarishni kengaytirib, ko‘proq tovarlar ishlab
Iqtisodiy (sof)
foyda
Pul, tushum
Xarajatlar
=
—
131
chiqaradilar, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni ham yanada rivojlantira-
dilar. Natijada, me’yoriy daromad ortib boradi deb o‘ylaydilar. Lekin
bu bilan daromad va foyda har doim ham ortib boravermaydi. Chunki
iqtisodiyotda shunday qoida borki, foyda miqdori narxga nisbatan
to‘g‘ri mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan teskari mutanosiblikda
o‘zgaradi. Bu qoidaga binoan tadbirkor foydani ko‘paytirish uchun
tovarlarni yuqori narxda sotishi kerak. Buning uchun esa innovatsiyalar
asosida yangi bozorbop, xaridorlar talabiga mos tovarlarni ishlab
chiqarishi va albatta xarajatlarni kamaytirishga erishmog‘i kerak.
Xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo‘li — bu mehnat unum-
dorligini o‘stirishdir. Mehnat unumdorligi xarajatlarni kamaytiradi
va foydani oshiradi, shuning uchun u foydani oshirishning asosiy
omili deyiladi.
Iqtisodiyotda moliyaviy natija degan tushuncha mavjud bo‘lib,
u tadbirkorlik faoliyatida qilingan xarajat, qancha foyda keltirganini
bildiradi. Shu boisdan iqtisodiyotda foydalilik yoki rentabellik deb
ataladigan ko‘rsatkichlar ham mavjud. Korxonaning rentabelligini
aniqlash uchun olingan foyda qilingan xarajatlar bilan taqqoslanadi
va xarajatlar birligiga qancha foyda to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ladi.
Òadbirkorlar uchun foydaning mutlaq miqdori eng muhim
ko‘rsatkich hisoblanadi. Foydaning mutlaq miqdori, odatda,
korxonaning rentabellik darajasiga, qo‘yilgan kapital miqdoriga
va uning aylanish tezligiga bog‘liq. Demak, rentabellik qanchalik
yuqori bo‘lsa va qo‘yilgan kapital qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydaning
mutlaq miqdori ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Rentabellik tadbirkor
korxonasi kapitalining naqadar samarali ishlatilishini ko‘rsatsa,
foyda miqdori esa uning iqtisodiy salohiyatini ko‘rsatadi.
6.10. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi
Foyda, avvalo, uni topishda kim qancha hissa qo‘shganiga
qarab taqsimlanadi. Foydaning taqsimlanish jarayoni korxonaning
ishlab chiqarish, muomala jarayonlari bilan parallel ravishda amalga
oshirib boriladi. Bunda ishchilar o‘z mehnatlariga yarasha ish
haqiga qo‘shimcha va mukofotlar tarzida, korxona egalari o‘z
kapitali, agar korxona hissadorlik jamiyati shaklida bo‘lsa,
hissadorlik dividendi shaklida, tadbirkorlar esa ishbilarmonligi bilan
foydaning ko‘payishiga qo‘shgan hissasiga muvofiq ravishda
taqsimlab oladilar.
Òadbirkorlik korxonasining muvaffaqiyatli ishlashi foydaning
bir qismini sarmoya qilib borishni talab qiladi. Sarmoya bilan
132
korxona o‘z ishlab chiqarishini kengaytiradi. Asosiy kapitalini
yangilash, modernizatsiya qilish ishlab chiqarayotgan tovarlar
sifatini yaxshilashga, xaridorlarning o‘sib borayotgan didi, talabini
qondirishga, natijada bozorda raqobatbardosh bo‘lishga olib keladi.
Demak, sarmoya qilishdan maqsad foyda ko‘rish va uni yanada
ko‘paytirib borishdan iborat.
Òadbirkor foyda miqdorini kamaytirmaslik uchun foyda me’yori
pasaygan chog‘da olingan foydani qaytadan pul topish uchun
qo‘yishi kerak, bu reinvestitsiya deyiladi. Reinvestitsiya qo‘yilgan
kapital summasini oshirish orqali foyda miqdorini kamaytirishga
yo‘l qo‘ymaydi.
6.11. Zarar ko‘ruvchi korxonalar, zarar ko‘rishning me’yori,
korxonalarning bankrot bo‘lishi
Bozor raqobati sharoitida o‘z faoliyatida zarar ko‘radigan
korxonalar ham uchrab turadi. Zarar ko‘rishning ikki asosiy sababi
bor:
1. Ichki sabablar — bu korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lib, u
xarajatlarini oshirib yuborishi, bozor talabiga javob bera olmaydigan
sifatsiz tovarlar ishlab chiqarilishi, narxning nisbatan yuqori
bo‘lishi, tovarlarini o‘z vaqtida bozorga yetkazib bera olmasligi
kabilardan iboratdir. Natijada korxona tovarlariga bozorda talab
kamayib boradi, tovarlarning narxi tushib ketadi, bu, o‘z navbatida,
uning daromadini qisqartiradi. Daromadning qisqarishi natijasida
korxona o‘z xarajatlarini qoplay olmay qoladi. Demak, birinchi
sababga ko‘ra, korxona tovarlari narxining pasayishi hisoblanadi,
chunki, odatda, korxonalar o‘z xarajatlarini nazorat qila olishlari
va ularni biroz kamaytira olish imkoniyatiga egadirlar. Lekin ular
bozordagi narxlarga ta’sir ko‘rsata olmaydilar, narx bozorning o‘z
qoidalari, talab-taklif kabi qonunlari ta’siri ostida shakllanadi.
2. Òashqi sabablar — bu, avvalo, korxona ixtiyorida bo‘lmay,
bir qator omillardan iboratdir:
a) bozordagi holatning tez-tez o‘zgarib turishi, ya’ni resurslar-
ning narxi bozorda oshib ketishi korxona xarajatlarini oshiradi;
b) korxona to‘laydigan soliqlarning oshib ketishi, ya’ni davlat
tomonidan soliqlar oshirilsa, korxona xarajatlari ham oshadi;
d) korxonaga beriladigan tashqi yordamning to‘xtab qolishi,
ya’ni korxonaga birorta homiy yordam bermoqda edi va u to‘xtatildi.
Bu kabi sabablar korxona tomonidan ishlab chiqilgan tovarlarga
bozordagi narx oshmasa, u o‘z xarajatlarini qoplay olmay qoladi.
133
Natijada korxonada qoplanmaydigan xarajatlar paydo bo‘ladi va
bu zarar hisoblanadi.
Bizga ma’lumki, korxona xarajatlari doimiy va o‘zgaruvchan
xarajatlardan iborat bo‘ladi va ularning qoplanishi ham bir xil
bo‘lmaydi. Doimiy xarajatlar, hatto korxona ishlamay turganda ham
ketaveradi. O‘zgaruvchan xarajat esa to‘xtaydi. Korxona doimiy
xarajatini qarz olish orqali ham qoplab yuborishi mumkin bo‘lsa, u
ishlab chiqarishni davom ettirib, o‘zgaruvchan xarajatlarini qoplay
olsa, korxona bankrot bo‘lishdan saqlanib qolishi mumkin. Lekin
korxona zarari me’yoridan oshib ketsa, u aniq bankrot bo‘lib tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to‘g‘risida»gi
Qonuniga ko‘ra, «Bankrotlik— firmaning ixtiyoridagi o‘zining
moddiy va pul mablag‘lari uning boshqalar oldidagi to‘lov majbu-
riyatlarini berishga yetmay qolishi natijasida yopilib ketishidir» deb
ta’riflangan.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Iqtisodiy faoliyat;
• ishlab chiqarish;
• moddiy ne’matlar ishlab chiqarish;
• nomoddiy ishlab chiqarish;
• ishlab chiqarishning toindustrial bosqichi;
• industrial bosqich;
• postindustrial bosqich;
• iqtisodiy faoliyat fazalari;
• ishlab chiqarish;
• ayirboshlash;
• taqsimot;
• iste’mol;
• ishlab chiqarish omillari;
• yer;
• kapital;
• mehnat;
1. Iqtisodiy faoliyat nima?
2. Ishlab chiqarishni qanday tushunasiz?
3. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish jarayonini aytib bering.
4. Nomoddiy ishlab chiqarishni qanday tushunasiz?
5. Ishlab chiqarishning toindustrial bosqichini tushuntirib bering.
6. Industrial bosqichni ta’riflang.
7. Postindustrial bosqichni tushuntiring.
• tadbirkorlik;
• ekologiya;
• ishlab chiqarishning umumiy
va pirovard natijasi;
• mehnat unumdorligi;
• iqtisodiy xarajatlar;
• asosiy va aylanma kapital;
• asosiy va aylanma fondlar;
• foyda, foyda me’yori va
massasi;
• foydani maksimallashtirish;
• foydaning taqsimlanishi;
• zarar;
• zarar me’yori;
• bankrotlik.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
134
8. Iqtisodiy faoliyat fazalari deganda nimani tushunasiz?
9. Ishlab chiqarish fazasining vazifasi nima?
10. Ayirboshlash fazasining vazifasi nima?
11. Òaqsimot fazasining vazifasi nimadan iborat?
12. Iste’mol fazasining vazifasini bayon eting.
13. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi?
14. Kapital omilini tushuntirib bering.
15. Mehnat omili nima?
16. Òadbirkorlik omilini tushuntiring.
17. Ekologiya omilini ta’riflang.
18. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijasini aytib bering.
19. Mehnat unumdorligini tushuntirib bering.
20. Ishlab chiqarish xarajatlari nima?
21. Ishlab chiqarish xarajatini nazariy va buxgalteriya nuqtayi nazaridan tavsiflang.
22. Doimiy, o‘zgaruvchan va yalpi xarajatlar bir-biridan qanday farqlanadi?
23. Muomala xarajatlar qilish zarurati nima bilan belgilanadi?
24. Òannarx nima va uni tarkiban aniqlashning zarurati nimada?
25. Ishlab chiqarish fondlari nima? Ularning asosiy va aylanma fondlarga
bo‘linishining sababini tushuntiring.
26. Korxona fondlarining doiraviy aylanishi va aylanishi nima?
27. Ishlab chiqarish fondlarining aylanish samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar
orqali ifodalanadi?
28. Ishlab chiqarish samaradorligi nima va u qanday iqtisodiy ko‘rsatkichlar
orqali tavsiflanadi?
29. Iqtisodiy samaradorlik mezonini nima belgilaydi?
30. Foyda me’yori va massasi nima?
31. Foydani maksimallashtirishni qanday tushunasiz?
32. Foydaning taqsimlanishi qanday amalga oshiriladi?
33. Zarar nima va uning me’yorini ayting.
34. Bankrotlik va uning kelib chiqish sabablarini bayon eting.
135
7-bob. ISH HAQI. AHOLI DAROMADLARI
VA TURMUSH DARAJASI
7.1. Ish haqi — taqsimotning natijasi
Har qanday jamiyatda bo‘lgani kabi bozor iqtisodiyoti sharoitida
ham jamiyat a’zolarining turli xil ehtiyojlarini qondirish vositasi
ularning o‘zlashtiradigan daromadlaridir. Aholi daromadlarining ko‘p
yoki oz bo‘lishi jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy tuzumi, taraqqiyoti
darajasi va uning obyektiv hamda davlat tomonidan qabul qilingan
qonunlariga bog‘liq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya-
sida «har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli» ekanligi, har bir inson
ma’lum bir daromad egasi bo‘la olishi qonun bilan kafolatlangan.
Ko‘pincha, aholi daromadlari to‘g‘risida gap ketganda ko‘pchilik
uni ish haqi deb tushunadi. Aslida esa bozor iqtisodiyoti sharoitida
ko‘pchilikning xususiy mulk egasi bo‘lishi aholining mulkka bog‘liq
holda boshqa daromad manbalari ham ko‘payib boradi. Chunki mulk
egalari o‘z mulkiga asoslangan holda turli-tuman tovarlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni beqiyos darajada rivojlantiradilar,
natijada mamlakatda milliy mahsulot yaratiladi. Aholi daromadlari
ana shu mahsulotning taqsimlanish tamoyillari asosida tashkil topadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlarining shakllani-
shiga doir adabiyotlarda «uch omil» nazariyasi mavjud bo‘lib,
uning asoschilaridan biri fransuz iqtisodchi olimi J.B. Seyning
fikricha, tovarlarni ishlab chiqarishda «ishlab chiqarishning uch
omili», ya’ni mehnat, yer va kapital omillari teng qatnashadi va
ular hamma daromadlar manbayidir, demak, jamiyatda daromadlar
ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi deydi.
Amerikalik iqtisodchi olim J.B. Klark J.B. Sey fikriga qo‘shilib,
o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» asarida yaratilgan boylik
ana shu uch omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot
miqdoriga, ya’ni «unumdorligiga» qarab taqsimlanadi deb
ko‘rsatgan. Bu olimlarning fikrlarini oddiy qilib tushunsak, kapital,
yer va ishchi kuchi qo‘shilishi natijasida ishlab chiqarish jarayoni
sodir bo‘ladi va ma’lum bir naflik, ya’ni tovar yoki xizmatlar
yaratiladi, yaratilgan naflik miqdori bilan bu uch omilning miqdori
136
va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud bo‘lib, bu uch omil
bir-biriga mutanosib ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa,
tovarlar va xizmatlar hajmi ham shunga mos ravishda ko‘payadi.
Agar biz jamiyatda yaratilgan daromadni bu fikrga asoslanib, aholi
daromadlari shakllantirilishida tamoyil sifatida foydalanadigan
bo‘lsak, uning hozirgi davrga mos kelmaydigan kamchiligi mavjud
ekanligini ko‘ramiz. Bu kamchiliklar shundan iboratki, Sey va
Klark kapital va yer, tovar nafliligini yaratishda qatnashsa-da,
ular mustaqil ravishda qiymat yarata olmasliklarini ayta olmagan,
bu omillar ishlab chiqarish jarayonida eskirishiga teng, ya’ni
amortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga o‘tkazadi,
xolos. Yangi qiymatni esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishi-
ni e’tiborga olishmagan. Klark tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan
qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni ham
ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan turli omillarning bir-
biriga mos kelishining zarurligini hisobga olmagan holda bayon
qilingan. Bu holat hisobga olinmay xarajatlar oshirib borilganda,
qo‘shimcha omillar keltirgan daromad ularning bozor narxiga teng
bo‘lishi kerak, ya’ni qo‘shimcha jalb etilgan ishchilar tomonidan
yaratilgan daromad ularga to‘langan ish haqiga, qo‘shimcha jalb
etilgan kapital uni ishlatish evaziga olingan daromadning shu
kapitalni sotib olish narxiga teng bo‘lishi kerakligini unutgan.
Yuqorida keltirilgan Sey va Klark yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni
hisobga olib aytadigan bo‘lsak, hozirgi davrda yaratilgan milliy
mahsulotning hammasi bu uch omilning miqdori va unumdorligiga
qarab taqsimlanmaydi. Balki hozir amaliyotda kapital va yer omillari
uchun amortizatsiya ajratmalari, ya’ni fondlar tashkil qilinadi, so‘ngra
qolgan qismi bu omillarga qarab, uning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Biz yuqorida faqat jamiyatda daromadlarning taqsimlanishi
to‘g‘risidagi ayrim iqtisodchilar nazariy fikrlariga to‘xtaldik, xolos.
Aslida iqtisodiy adabiyotlarda bu mavzuda turli xil fikrlar ko‘p.
Shundan kelib chiqqan holda jamiyatdagi mavjud amaliy tajribalar-
ni hisobga olib yaratilgan daromadni taqsimlashning ayrim asosiy
yo‘nalishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.
Eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, daromadlarni taqsimlash
mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Chunki har qanday
iqtisodiy faoliyatning moddiy asosini mulkchilik, uning turli xil
shakllari tashkil etadi. Shu sababli mamlakatimizda yer davlat mulki,
kapital esa turli shaklda ish kuchining egasi alohida shaxs bo‘lib
turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari, ya’ni davlat,
137
jamoa, xususiy shaxslar o‘rtasida taqsimlanadi. Quyida milliy
mahsulotni taqsimlashning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Òaqsimot munosabatlari, eng avvalo, umumjamiyat manfaat-
laridan kelib chiqishi zarurligidan daromadlarning bir qismi davlat
ixtiyoriga kelib tushadi va ular turli xil tabiiy ofat va boshqa turli
xil tasodifiy hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatishning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zaxira
hamda ijtimoiy himoya fondlarini tashkil qilish, davlatni boshqarish,
mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va
mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim
tizimini, sog‘liqni saqlashni rivojlantirish uchun ajratiladi.
Ular, odatda, soliqlar va boshqa xil yig‘imlar shaklida bo‘ladi.
So‘ngra shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish
vositalarining qiymati, ya’ni amortizatsiya summasi ajratiladi, chunki
bu summa asosiy kapitalni qayta tiklash uchun kerak bo‘ladi. Nihoyat,
qolgan qismi bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer va ishchi
kuchi egalari o‘rtasida taqsimlanadi, ya’ni jamiyat a’zolarining
ixtiyoriga kelib tushadi. Bu jarayonda ishlab chiqarishda qatnashgan
har bir omil egalarining milliy mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda
ularning omilli daromadlari hisoblanadi va ular ish haqi, foiz, renta,
foyda, dividend shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.
7.2. Ish haqini tashkil etish shakllari
Bozor iqtisodiyoti barcha ishlab chiqarish munosabatlari qato-
rida ish haqiga ham yangicha mazmun baxsh etadi. Bu yangicha
mazmun quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
1) ish haqi aholining barcha toifalari uchun bir xil ahamiyat
kasb etmay qoladi. Aholi daromadlarida ish haqining hissasi
aholining turli ijtimoiy toifalarida turlicha bo‘lib, ular o‘rtasidagi
farqlar ham ortib boradi;
2) korxonalar, firmalar, tashkilot va muassasalar ish haqining
darajasi va miqdorini o‘zlari belgilaydi. Ish haqining minimum
darajasi esa davlat tomonidan belgilangan bo‘ladi;
3) budjetdagi korxona va tashkilotlar xodimlari ish haqining
umumiy miqdori va darajasini davlat belgilaydi;
4) bozor iqtisodiyoti sharoitida odamlarni mehnatga jalb qilish,
ularni qiziqtirish, manfaatdorligini oshirish zaruriyati kuchayadi. Shu
maqsadda ish haqini, uning darajasini mehnatga, jamoa mehnatining
natijalariga bog‘lab qo‘yish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi;
138
5) bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi darajasiga ish kuchiga
nisbatan ham talab va taklif doimiy ta’sir ko‘rsatadi. Ish haqi
shunga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Yuqorida keltirilgan holatlardan ko‘rinib turibdiki, bozor
iqtisodiyoti sharoitida ish haqi doimo va barcha mamlakatlarda
iqtisodiy munosabatlarni tashkil etishda alohida ahamiyat kasb
etadi. Shuning uchun ham «Iqtisodiyot nazariyasi» fanida ish
haqining ilmiy asoslari yaratilishida iqtisodchi olimlar qarashlari
maxsus o‘ringa ega. Iqtisodiyot nazariyasida ish haqining
mazmunini ochib berishda turli iqtisodchilarning turlicha yonda-
shuvlari mavjud. Biz ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Ingliz klassik iqtisodchisi D. Rikardo «Yashash uchun vosita
minimumi» konsepsiyasini ilgari suradi va uning fikricha, ish haqi
inson yashashi uchun zarur ne’matlarning fiziologik minimumi bilan
teng bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Bu minimumga esa ishchi kuchi
shakllanishining iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar bilan
bog‘liq kelib chiqadigan inson ehtiyojlarini ham kiritadi.
Klassik siyosiy iqtisod maktabining namoyandalaridan biri
K.Marks o‘zining «Qiymatning mehnat nazariyasi»da ishchi
kuchini alohida, o‘ziga xos tovar deb hisoblaydi va ish haqiga
tovar bo‘lgan ishchi kuchi qiymatining o‘zgargan shakli, ya’ni
puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi kuchini takror ishlab
chiqarish uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari qiymatidan
iborat bo‘lishini ko‘rsatib beradi
1
. Hozirgi zamon iqtisodchi olimlari
tomonidan nashr ettirilayotgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darslikla-
rida, jumladan, A.F. Shishkin, Y.F. Borisovlar ham ishchi kuchini
tovar sifatida ko‘rib, ish haqini uning qiymati yoki puldagi ifodasi
deb ta’riflaydilar. Bu mualliflar fikrlariga ko‘ra, mehnat ham xuddi
boshqa tovarlar kabi bozorda sotiladi.
Hozirgi vaqtda respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayot-
gan «Iqtisodiyot nazariyasi» (A. O‘lmasov va A. Vahobov) darsligi
«Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasi va boshqa tadqiqotlarda
ham ish haqi mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. «Mehnat
bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi o‘rtasida kelishilgan
narx — bu ish haqidir. Ish haqi mehnatning pul shaklidagi narxi
bo‘lib, uni ishga yollaganlar mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt
1
Å.Ô. Áîðèñîâ. Ýêîíîìè÷åñêàÿ òåîðèÿ. Ó÷åáíèê. Ì., «Þðèñò», 1997,
còð. 268; Ô. Øèøêèí. Ýêîíîìè÷åñêàÿ òåîðèÿ. Ó÷åáíèê. Êíèãà 2, Ì.,
«Âëàäîñ», 1996, ñòð. 154.
139
mobaynida, ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajar-
ganliklari uchun to‘laydilar» deb yozadi.
Respublikamizning yana bir iqtisodchi olimasi D. Òojiboyeva
tomonidan nashr etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» o‘quv qo‘llan-
masida yozilishicha, «Ish haqi — bu mehnat bozoridagi ish kuchiga
talab va taklifning muvozanat bahosidir». Mehnat bozoridagi
raqobat ish haqini tenglashtirishga ta’sir qiladi. Milliy miqyosda
malaka, bilim jihatidan teng bo‘lgan ma’lum kasbga deyarli bir
xil mehnat haqi belgilanadi. Oddiy qilib aytganda, mehnat bozorida
unga xos bo‘lgan raqobat kurashi tufayli teng mehnatga teng ish
haqi prinsipi amalga oshadi
1
, degan fikr bildiriladi.
Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma
sifatida tavsiya etilgan Sh. Shodmonov, R. Alimov, Ò. Jo‘rayev-
ning «Iqtisodiyot nazariyasi» kitobida boshqa mualliflardan farqli
o‘laroq, «ish haqi — ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori,
sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulu-
shining puldagi ifodasidir»
2
, deb ta’rif beriladi.
Yuqorida keltirilgan ish haqi to‘g‘risidagi turli mualliflarning
nazariy qarashlarini o‘rgangan holda ularni umumlashtirib, shunday
xulosa qilish mumkin: biz oldingi boblarda ta’kidlab o‘tganimizdek,
bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma moddiy va nomoddiy shaklga
ega bo‘lgan, insonlarning ma’lum bir ehtiyojini qondirish xusu-
siyatiga ega bo‘lib, bozorga taklif etilgan ne’matlar olish-sotish
obyekti bo‘ladi. Shu munosabat bilan ishchi kuchi tomonidan
bozorga mehnati taklif etiladi va u shu mehnati bilan ma’lum bir
ishni bajarib, uni yollab olgan iste’molchiga ma’lum bir qiymat
yaratib beradi. Ish haqi — bu mehnat bozoridagi ishchi kuchi
mehnatiga bo‘lgan talab va taklifning namoyon bo‘lishi, ishchining,
uning mehnati sotib oluvchi bilan o‘zaro kelishilgan narxidir.
Ish haqi mehnatning pul shaklidagi narxi bo‘lib, uni ishga
yollaganlar mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida, muayyan
ishni bajarganliklari uchun to‘laydilar. Ish haqi bajarilgan ishning
natijasiga qarab beriladi. Ish haqini to‘lash tartibi, uning shakllari,
odatda, davlat tomonidan qabul qilingan mehnat va ish haqi
to‘g‘risidagi qonunlar bilan tartibga solinadi. Jahon mamlakatlari
qonunchiligi tajribasiga ko‘ra, ish haqi asosiy ish haqi, mukofotlar
1
D. Tojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi. T., «O‘qituvchi», 2002, 227-bet.
2
Sh. Shodmonov, R. Alimov, T. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. T., «Moliya»,
2002, 220-bet.
140
va ishdan keyin, dam olish va bayram kunlarida bajarilgan ish uchun
beriladigan ustama haq sifatida to‘lovlardan iborat bo‘ladi. Shular
birgalikda jami, ya’ni to‘liq ish haqini tashkil etadi.
7.3. Ish haqi tizimlari
Iqtisodiy munosabatlar ichida ish haqining shakllari va turlari
alohida bir tizim sifatida o‘rganiladi. Ishlab chiqarishning texnik,
texnologik jihatdan o‘zgarib turishi, o‘z navbatida, ishchilar mehna-
tining mazmunidagi o‘zgarishlar, ularning zamonaviy bilimlarga
ega bo‘lib borishi va turli kasb-hunarlarning kelib chiqishi munosa-
bati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham tez o‘zgarib bormoqda.
Shu munosabat bilan ish haqini tashkil etish tizimini ham o‘zgartirib,
takomillashtirib borish talab qilinyapti. Hozirgi vaqtda ish haqi
to‘lashning ikki asosiy shakli: vaqtbay va ishbay shakllari mavjud.
Vaqtbay ish haqi, bu — ishchining malakasi, mehnatning sifati
va ishlagan vaqtiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Ish haqining
bu shaklidan, ko‘pincha, mehnat natijalarini aniq hisoblab
bo‘lmaydigan, balki aniq vazifalar bajarish bilan shug‘ullanadigan
nomoddiy sohalar bo‘lgan maorif, sog‘liqni saqlash, savdo va
boshqa ayrim xizmat ko‘rsatish, davlat tashkilot-idoralarida va
shu kabilarda haq to‘lashda qo‘llaniladi.
Ishbay ish haqi deganda ishchilarga ishlab chiqargan mahsulot
miqdori yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqi
tushuniladi. Ish haqi to‘lashning bunday shaklidan ko‘proq moddiy
ishlab chiqarish sohasida, ayniqsa, ishlab chiqarilgan mahsulotning
hajmi yoki donasining aniq o‘lchami bor bo‘lgan sharoitda qo‘lla-
niladi. Bunda mahsulot birligi uchun ish haqi miqdori, tarif stavka-
sidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yo‘li bilan aniq-
lanadi. Haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga
oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Bunda ishlab
chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’i nazar, ish haqi
yagona mahsulot birligi uchun belgilangan baho bo‘yicha to‘lanadi.
Ishbay ish haqi to‘lash o‘z navbatida ishbay-mukofotli, ishbay-
progressiv tizimlarga bo‘linadi. Ishbay mukofotli ish haqi, odatda,
bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.
Haq to‘lashda ishchining belgilab qo‘yilgan me’yori doirasida ishlab
chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan baho
bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqorisiga esa oshirilgan
ustama haq to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi,
jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lashlar
141
ham bor. Bunda tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab
chiqarish uchun ketgan xarajatlarni hisobga olib haq to‘lanadi.
Jamoa shaklida ish haqi to‘lashni ma’lum bir bo‘linma mehnatining
pirovard natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim
faqat o‘ziga berilgan shaxsiy topshiriqlaridangina emas, balki
bo‘linmaning butun ish hajmi bajarilishidan manfaatdor bo‘ladi.
Ish haqi, eng avvalo, davlat tomonidan o‘rnatilgan tarif tizimi
yordamida tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi. Òarif tizimi
tarif-malaka ma’lumotnomalari va ish haqiga tenglashtirilgan har xil
koeffitsiyentlarni o‘z ichiga oladi. Òarif tizimi yordamida iqtisodiyot-
ning turli tarmoqlari, mamlakat mintaqalari, ishlab chiqarish turlari,
turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi-
xizmatchilarning ish haqi darajasi belgilanib, tartibga solib turiladi.
Òarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat
turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining
bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi.
Òarif tizimida ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham
ko‘rsatiladi. Òarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffi-
tsiyentlari ham ko‘rsatilgan bo‘ladi. Koeffitsiyentlar birinchi
razryaddan boshlanadi va u hamma vaqt birga teng bo‘lib, birinchi
razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar meh-
natiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi.
Òarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining meh-
natiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi. Mehnat sharoiti
og‘ir va zararli bo‘lgan ishlarda ishlovchilar tarif stavkasiga qo‘shim-
cha haqlar belgilanadi. Òarif stavkalariga ustama haqlar razryadlar
bo‘yicha farqlantirilib, ishchining malakaviy mahorati uchun
belgilanadi.
Xalq xo‘jaligi ayrim tarmoqlarida ish haqi va mansab maosh-
larining boshqa tarmoqlarga nisbatan farqlari mavjud bo‘lib, ular
bu tarmoqlarning mamlakat iqtisodi yoki davlat strategik ahamiyati
muhimligi uchun belgilanadi. Bundan maqsad — mamlakat uchun
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali,
malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar
tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekistonda qabul qilingan tarif tizimi ish haqini tabaqalash-
tirib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona
razryadlari belgilab berilganligi aholining bozorda narxlar o‘sishi
bilan minimal ish haqi darajasi o‘rtasidagi nisbatni saqlash imkonini
beradi.
142
7.4. Nominal va real ish haqi
Jamiyatda mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ta’minlab borish muhim ahamiyatga ega. Bu bog‘liqlik,
odatda, davlat tomonidan ish haqini tartibga solish orqali nazorat
qilib va tartibga solib boriladi. Òartibga solishning asosiy vositasi
bo‘lib ish haqi xizmat qiladi. Shuning uchun ham davlat ish
haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning hayot va mehnat
sharoitini yaxshilashdan iborat deb qaraydi.
Ma’lumki, har bir ishchi mehnat qilish jarayonida kuch-
quvvatini sarflaydi. Shuning uchun ishchi ana shu sarflagan kuchini
takror hosil qilishi zarur. Buning uchun u ish haqidan foydalanib,
o‘ziga kerakli oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarni sotib olib,
iste’mol qilishi kerak. Xuddi shu jarayonda ish haqi uning iste’moli
uchun kerakli narsalar sotib olishga yetish-yetmasligi, ish haqining
asl mazmun-mohiyatini belgilaydi. Bu esa ish haqi nazariyasida
nominal va real ish haqi tushunchalarini tahlil qilish orqali bilinadi.
Nominal ish haqi deb ishchining ma’lum vaqt davomida muayyan
ish faoliyatini amalga oshirgani uchun olgan pul shaklidagi pul
summasi aytiladi. Odatda, ishchi uchun, eng avvalo, qanday shaklda
va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda
tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi ahamiyatga ega. Nomi-
nal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasi aniq tasavvur bera
olmaydi. Shu sababli, nominal va real ish haqi farqlanadi.
Real ish haqi — bu ishchining nominal ish haqiga sotib olishi
mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanadi. Real
ish haqi — bu nominal ish haqining, ya’ni ishchi qo‘liga olgan
pul summasiga qancha tovar va boshqa xizmatlar sotib olish
imkoniyati. Real ish haqi nominal ish haqi summasiga ishchi
tomonidan xarid qilinadigan tovarlar va xizmatlar bahosiga bog‘liq.
Bundan ko‘rinib turibdiki, real ish haqi bir xil sharoitda, nominal
ish haqiga to‘g‘ri mutanosiblikda va iste’mol buyumlari hamda
xizmatlar narxining darajasiga esa teskari mutanosiblikda bo‘ladi.
7.5. Ish haqi darajasining tabaqalashuvi
Mehnat turlari uning mazmun-mohiyati, miqdori va sifati
turlicha, ya’ni jismoniy, ongli, oddiy, murakkab, malakali va
malaka talab etilmaydigan mehnatlar bo‘lgani uchun ularning
natijalari ham bir xil bo‘lmaydi. Shuning uchun ularga to‘lanadigan
ish haqi ham tabaqalashgan bo‘ladi. Masalan, yuqori bilim
143
darajasiga ega bo‘lgan ongli mehnat sohiblariga, kasbiy malaka va
katta ish tajribasiga ega bo‘lgan, yaxshi natijalar beradigan mehnat
uchun katta haq to‘lanadi. Aksincha, oddiy va katta malaka talab
etilmaydigan mehnat uchun past ish haqi to‘lanadi.
Shuning uchun ham davlatimiz tomonidan mamlakatimiz
yoshlarini yuqori darajadagi bilimlarga ega bo‘lgan malakali ishchi-
xodimlar bo‘lib, katta ish haqi olib yashashlariga zamin yaratish
maqsadida kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib,
ularga shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Masalan, mehnat va
ish haqi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, mehnat turlari ma’lum
razryadlarga ajratilib, ularga to‘lanadigan ish haqlari koeffitsiyentlari
ham aniq belgilab qo‘yilgan va shu asosda barcha ish beruvchilar
o‘z ishchilariga ish haqini tabaqalashgan holda to‘laydilar. Bu,
o‘z navbatida, mamlakatimizda ish haqi to‘lashda adolat tamoyilla-
riga rioya etilishini ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ish haqi darajasi bozorga bog‘liq
ravishda o‘zgarib turishi mumkin, chunki ishchi ishlayotgan
korxona mahsulotlariga bozorda talab katta bo‘lsa, ular yaxshi
sotilsa, ishchilarning ish haqi oshadi yoki aksincha bo‘lsa,
kamayadi. Demak, ish haqi mehnat keltirgan nafga bevosita bog‘liq
bo‘lar ekan. Mehnat yaratgan tovar sifati yaxshi bo‘lib, u tez sotilsa,
mehnatga bo‘lgan talab ham oshadi.
7.6. Ish kuchi (mehnat) bozoridagi raqobat va ish haqi
Oldingi boblarda ishchi kuchi ishlab chiqarishning asosiy omili
ekanligi aytib o‘tilgan. Chunki ishchi bo‘lmasa, u qurol-vositalardan
foydalanib mehnat qilmasa, ishlab chiqarish bo‘lmaydi, moddiy,
ma’naviy ne’matlar yaratilmaydi. Shuning uchun iqtisodiy adabiyot-
larda ishchi kuchi, uning iqtisodiy mohiyati, bozorda u tovar sifatida
sotiladimi yoki uning mehnati sotiladimi kabi masalalar yuzasidan
har xil fikrlar bor. Biz bozorda ishchining mehnat qilish qobiliyati
olish-sotish obyekti bo‘ladi degan fikrlarga qo‘shilamiz. Buning sababi
shundaki, mehnat qilish insonning o‘z ish kuchini foydali bir maqsad
yo‘lida sarflashi, ya’ni biror tovarlar yoki xizmatlar yaratishidir.
Mehnat ishchi kuchining funksiyasi, ish kuchi esa insonning
qobiliyati bo‘lib, uning jismidan ajralgan, alohida bo‘lmaydi.
Demak, mehnat bozorida ish kuchini olish-sotish yuz beradi. Bu
yerda ishchilar o‘z ishchi kuchlarini, ya’ni mehnatini taklif etadilar,
oluvchilar esa ularning mehnatiga o‘z talablarini bildiradilar.
Natijada ular o‘rtasidagi mehnat shartnomasi tuzilib, ishchilar
144
ishga jalb qilinadi va ish kuchini olish-sotish savdosi yuz beradi.
Xuddi tovarlar bozorlarining davlat tomonidan tashkil etilgani
kabi mehnat bozori ham davlat tomonidan tashkil etiladi. Mehnat
bozoridagi savdolarda mehnat birjalari vositachilik qiladilar.
Ishlashni xohlagan ishchi erkin shaxs sifatida, o‘zi xohlagan kasbi,
mehnat malakasi asosida istagan yerda ishlashi mumkin. Mehnat
bozorida ishchi o‘z mehnatini o‘ziga ma’qul bo‘lgan kelishilgan
narxga sotadi, demak, ishga oluvchi ishchining mehnatidan
foydalanish uchun uni sotib oladi.
Mehnat bozorida ishchi bilan ishga oluvchi o‘rtasida kelishilgan
narxi ish haqi sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat bozorida ham
talab va taklif qonuni amal qiladi. Lekin mehnat bozoriga davlat
faol ta’sir ko‘rsatishi sababli uning stixiyali rivojlanishiga,
ishsizlarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.7. Kasaba uyushmalarining tadbirkorlar va davlat bilan
o‘zaro aloqasi. Mehnat shartnomalari tizimi
Mehnat bozorida ish beruvchi tadbirkorlar, firma va boshqa
korxonalar bilan ishga yollanuvchi ishchilar o‘rtasidagi tuziladigan
shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida belgilangan
talablarga binoan tuziladi va bu shartnoma ular o‘rtasidagi mehnat
munosabatini tartibga soluvchi asosiy hujjat hisoblanadi. Bunday
mehnat shartnomalari uch turga bo‘linadi:
1) mehnat shartnomasi (kontrakti) — ishga kiruvchilar va ishga
oluvchilar o‘rtasida yakka tartibda tuziladi va unda ishning
mazmuni, ish sharoiti, ish haqi miqdori, ish haqi to‘lash tartibi,
xullas, ishlovchining va ish beruvchining huquq-majburiyatlari aniq
belgilanadi;
2) jamoa shartnomasi (bitimi) — bu korxonalar, tashkilotlar,
firmalar va boshqalar bilan ishchi-xizmatchilar jamoasi o‘rtasida
tuzilgan shartnoma bo‘lib, unda har ikki tomonning huquq-
majburiyatlari: ish vaqti, dam olish kunlari, ta’tilga chiqish tartibi,
ish haqi miqdori, ish haqini indeksatsiyalash, mehnat xavfsizligini
ta’minlash, malakani oshirish kabi masalalar ko‘rsatilgan bo‘ladi;
3) bosh bitim (shartnoma) — bu ishchi-xizmatchilarning kasaba
uyushmasi bilan davlat, hukumat o‘rtasidagi tuzilgan bitimdir. Unga
ko‘ra, mehnat munosabatlarining asosiy jihatlari umummamlakat
doirasida belgilanadi.
Mehnat munosabatlarining asosiy jihatlari davlat tomonidan
belgilanishi va tartibga solinishining sababi shundaki, bu muno-
145
sabatlar nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy-siyosiy, tashkiliy-huquqiy
masalalarni ham o‘z ichiga oladi. Davlat ish beruvchilar va ishchilar
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga mehnat qonunchiligi orqali ta’sir
ko‘rsatadi.
Jahonning deyarli barcha mamlakatlarida bosh masala ishsizlik,
undan aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ishchilarning mehnat
sharoitlarini yaxshilash va ish haqini oshirish bilan bog‘liq muam-
molari hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda ishchilar, asosan,
o‘z kasaba uyushmalari orqali harakat qilishadi. Kasaba uyush-
malari ishchilar nomidan ish beruvchilar va hukumat idoralari bilan
muzokaralar olib borib, shartnomalar tuzish yo‘llari orqali ish
haqlarini oshirish hamda ish sharoitlarini yaxshilashga erishadilar.
Kasaba uyushmalari ish haqini oshirishning eng qulay usuli
sifatida mehnatga bo‘lgan talabni kengaytirish deb qaraydilar. Chunki
ish kuchiga talabning ortishi natijasida ish beruvchilar ish haqi
stavkasini oshirishga majbur bo‘ladilar. Ish kuchiga talab esa ish
o‘rinlarining ko‘payishi bilan bog‘liq. Shuning uchun kasaba
uyushmalari davlat miqyosida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va
ishchilarni ish bilan ta’minlashni yaxshilash talabini qo‘yadilar.
Ularning bu talablari esa bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li
bilan amalga oshishi mumkin. Jumladan, eng avvalo, ishlab chiqa-
riladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlar turini ko‘paytirish,
mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir.
Kasaba uyushmalari ish haqi stavkasini oshirishning asosiy yo‘li
sifatida ishchi kuchi taklifini kamaytirishdir, deb hisoblaydilar va
buning uchun immigratsiyani cheklash, bolalar mehnatidan
foydalanishni cheklash, pensiya yoshini va ish haftasini qisqartirish
kerak deb biladilar. Bundan tashqari, kasaba uyushmalari ishchi kuchi
taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish siyosati orqali, jumladan,
ishchilarni o‘qitish orqali ularning malakalarini oshirish bilan ishchi
kuchi taklifini qisqartirish, oxir-oqibatda bu ish haqi stavkasining
ortishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozoriga davlatning
ijtimoiy dasturlar orqali ta’siri ham muhim ahamiyatga ega, chunki
aholining kam ta’minlangan qismiga yordam, ishsizlik bo‘yicha
nafaqa va boshqa har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti kabilar
ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Davlatning ish kuchi bozoridagi mehnat
birjalari va boshqa turli yo‘llar orqali vositachilik roli ham mehnat
munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, yangi
ish o‘rinlarini yaratish, mehnat birjalari orqali ishga joylashtirish
146
bo‘yicha umummilliy dastur ishlab chiqilishi va uning amalga
oshirilishi kabilardan iborat. Bundan tashqari, mamlakat yoshlarini
kasb-hunar kollejlari va boshqa oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish,
ishchilarni qayta tayyorlash kabi davlat tomonidan olib borilayotgan
ishlar hozirgi mehnat bozorining o‘zgaruvchan shafqatsiz talablarini
biroz yumshatish imkonini bermoqda.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, mehnat munosa-
batlari davlatning faol ta’sirisiz rivojlanishi va takomillashuvi mu-
rakkab hisoblanadi. Mehnat munosabatlarining davlat tomonidan
qabul qilingan qonunlar orqali tartibga solinishi bu munosabatlarda
qatnashayotgan har ikki taraflar: ishchilar hamda ish beruvchilar
manfaatlariga mos kelishini ta’minlaydi, umuman olganda, milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.
7.8. Ish haqi va mehnat unumdorligining aloqadorligi. Mehnat
natijasiga qarab daromadlarning tabaqalashuvi
Òurli mamlakatlarda ish haqi miqdori turlicha bo‘ladi, lekin
hamma vaqt u mehnat unumdorligiga bog‘liq holda o‘sib boradi.
Muayyan mamlakatda, muayyan sharoitda ish haqining miqdori
xodim qilgan mehnatning miqdori, sifati, unumdorligi, ishlab
chiqarish samaradorligiga bog‘liq.
Mehnat bozorida talab mehnatdan keladigan foydaga bog‘liq
bo‘lib, u o‘zgaruvchan bo‘ladi. Agar ish haqi yuqori bo‘lsa, mehnatga
talab qisqaradi, chunki bu holatda ish beruvchi mehnatdan kam
foyda oladi. Agar ish haqi past bo‘lsa, aksincha, talab ortadi, chunki
bunda ish beruvchining foydasi ortadi. Shuning uchun ish beruvchilar
ish haqini kamaytirishga, ishchilar esa uni oshirishga intiladilar.
Lekin ayrim hollarda ish haqi ortgan sharoitda ham mehnatga talab
ko‘payishi mumkin, chunki ish haqiga nisbatan mehnat unumdorligi
tezroq ortib borishi mumkin. Bu holatda ish haqiga ketgan qo‘shim-
cha xarajat mehnat unumdorligining ortishi hisobiga qoplanadi.
Demak, ish haqi xarajatlari vositasida foydaga ta’sir etish orqali
bozorda mehnatga talabni o‘zgartiradi.
Ish haqi bilan mehnatga talabning o‘zgarishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikni bir misol orqali ko‘rib chiqaylik. Misol uchun, ishchi
soatbay ish haqi olib ishlaydi, uning ish haqi soatiga 100 so‘m
bo‘lganda ishlash uchun 40 kishi talab qilingan, mehnat arzon-
lashib, soatbay haq 80 so‘mga tushganda mehnatga talab ortib,
jami 60 kishiga ish haqi 60 so‘mga tushganda 80 kishiga 40 so‘m
147
bo‘lsa, 100 kishiga talab bo‘ladi. Demak, ish haqining qisqarishi
mehnatga talabni oshirgan. Bu holat bozordagi talab qonunining
harakati deyiladi.
Mehnat bozorida talab bilan
bir qatorda taklif ham narxga
nisbatan o‘zgaruvchan bo‘ladi,
natijada ish haqi oshsa, mehnat
taklifi ko‘payadi, kamaysa, tak-
lif qisqaradi. Lekin bozorda ular
tenglashgan muvozanat holati
ham hosil bo‘ladi. Bu muvo-
zanat ma’lum ish haqi miqdori
darajasida paydo bo‘ladi.
Òalab va taklif muvozanatiga
ish haqidan tashqari boshqa har
xil omillar ham ta’sir qilishi mumkin. Jumladan, texnik va texno-
logik taraqqiyot natijasida mehnat unumdorligi oshib, ish kuchiga
talab qisqarishi mumkin. Iqtisodiy turg‘unlik yoki tanglik davrida,
odatda, ish o‘rinlari qisqaradi va mehnatga talab ham kamayadi.
Bunday holat ishlab chiqarishning tarkibi o‘zgarsa ham sodir
bo‘lishi mumkin, bunda ayrim kasblarga ega bo‘lgan ish kuchiga
talab nisbatlarining o‘zgarish holati yuz beradi. Misol uchun, sanoat
ishlab chiqarishida modernizatsiya natijasida ayrim kasb egalariga
talab qisqaradi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi yangi ishchilarga talab
oshadi.
7.9. Daromadlar, uning mohiyati va turlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar
tengsizligining vujudga kelish sabablari
Daromad so‘zi o‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan bo‘lib, u
kirim, ya’ni insonning biror iqtisodiy faoliyati tufayli ko‘rgan
manfaati, olgan puli, o‘zlashtirgan mablag‘i kabi ma’noni anglatadi.
Iqtisodiyot nazariyasida aholining daromadi mamlakatda yaratilgan
yalpi milliy mahsulot (YMM)ning taqsimlanishi va qaytadan
taqsimlanishi tufayli shakllanadi, deb asoslab berilgan.
O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanib borishi nati-
jasida iqtisodiy erkinlik, turli mulkchilik sharoitida fuqarolar turli-
tuman faoliyat bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik sirlarini o‘rganib
daromad topishga erishmoqdalar. Natijada mamlakatimiz
rivojining hozirgi davriga kelib Prezidentimiz aytib o‘tganidek,
Mehnatga talab
Y
100
80
60
40
20
0
20
60
80
100
40
X
B
A
Ishlovchilar soni, nafar
Soatbay ish haqi, so‘m
Talab qonunining harakati
148
«Barcha daromadlarning chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan
tushmoqda»
1
. Buning asosiy sababi mulkka egalik qilish hamda
ularni ishlatish samarasiga bog‘liq ravishda jamiyat a’zolari o‘z
mavqeyiga bog‘liq holda turli ko‘rinishda daromad olayotganligidir.
Masalan, xususiy firma, ishlab chiqarish korxonasi yoki pul
egasi foyda, ish kuchi sohibi ish haqi, aksiya egasi dividend, sohib-
kor bozor foydasi, tijoratchi tijorat yoki savdo foydasi shaklida
daromad oladilar va h.k. Shu bilan bir qatorda bozor sharoitida
aholining ma’lum tabaqalari uchun dehqon, fermer, uy yoki ijara
xo‘jaliklaridan, dala-hovli va ijtimoiy himoya fondlaridan (nafaqa,
bepul davolanish, xayriya jamg‘armalaridan manfaatdor bo‘lish
va h.k.) foydalanishlar ham daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Demak, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat a’zolari bir vaqtning
o‘zida turlicha daromad olishlari ham mumkin. Masalan, bir
shaxsning o‘zi ish kuchi sohibi sifatida ish haqi bilan birga aksiya
egasi sifatida — dividend, yakka faoliyat daromadi, nafaqa, tijorat
foydasi kabilarga ega bo‘ladi. Ijtimoiy adolatga asoslangan bozor
iqtisodiyoti tamoyillari daromad shakli va miqdorini cheklamaydi —
daromadlar faoliyat turlari va harakatiga qarab o‘sib boraveradi.
Milliy qadriyatlar, insonparvarlik tamoyillariga asoslanib,
jamiyatda daromadning nobozor manbalari ham amal qiladi.
Jumladan, nogironlar, yolg‘iz onalar, boquvchisini yo‘qotganlar
aholining boshqa nochor tabaqalariga davlat, jamiyat va xayriya
tashkilotlari tomonidan ham ijtimoiy yordam tashkil etiladi.
Aholi daromadlari manbalari jihatdan farqlanadi. O‘zbekistonda
hozir aholi daromadlari bozor islohotlarining ta’siri va iqtisodiyot-
ning umumiy ahvoliga qarab shakllanmoqda. Jamiyat taraqqiyo-
tining hozirgi bosqichida bozor daromadlari degan daromad turi
paydo bo‘ldi. U tadbirkorlik daromadidan, dehqon xo‘jaligi daro-
madidan, mulkdan kelgan daromaddan, yollanib ishlashdan
olingan ish haqidan iborat bo‘ladi. Bozor daromadi, ish kuchi,
yer yoki boshqa mulklarning o‘z egasi tomonidan naqadar samarali
ishlatilishiga qarab topiladigan daromaddir. Qayerda tadbirkorlik,
ishbilarmonlik, kichik biznes rivojlangan bo‘lsa, shu yerda bozor
daromadlari tez o‘sadi. Misol uchun, agar 1994—1999-yillar
mobaynida bozor daromadlarining aholi umumiy daromadidagi
salmog‘i 1,8 baravar oshgan bo‘lsa, 2001—2014-yillarda 3,5 baravar
1
I.À. Êàrimov. Barqaror taraqqiyotga erishish — ustuvor vazifa. «Xalq so‘zi»
gazetasi, 1998-yil 26-fevral.
149
oshgan. Bu holat mamlakatimizda bozor munosabatlarining jadal
rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Òadbirkorlik bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotning
asosiy tayanchi bo‘lganligi uchun mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga
erishgan davrdan boshlaboq, uni rivojlantirishga katta e’tibor berib
kelmoqda. Shu sababdan davlat tadbirkorlikni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlab, unga keng yo‘l ochib beryapti. Bu masalaga
davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik
va o‘rta biznesni yanada rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi
Farmonidan boshlangan bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar davlatimiz
tomonidan 15 Qonun, Farmon, Qarorlar qabul qilingan bo‘lib,
ular xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish, tegishli
institutsional tuzilmalarni barpo etish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslari hamda chet el
sarmoyalarini keng jalb etish asosida tadbirkorlar sinfini shakllantirish
uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilib kelinmoqda.
Hozirga kelib tadbirkorlik harakati aholining turli qatlamlarini
qamrab olgan va undan kelayotgan daromad aholi daromadida
salmoqli o‘rin tutadi. Hozir respublikada 130 mingdan ziyod
xususiy va kichik korxonalar, 26 mingga yaqin dehqon va fermer
xo‘jaliklari mavjud. Iqtisodiyotning nodavlat sektorida band
bo‘lganlar (tadbirkorlar, yollanib ishlovchilar) salmog‘i ortib
bormoqda va ular 1998-yil iqtisodiyotda band bo‘lganlarning
71,3 % ini tashkil etgan bo‘lsa, 2014-yilda 9519,6 ming kishini,
ya’ni umumiy bandlarning 76 % ini tashkil etdi.
Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda tadbir-
korlik daromadi o‘tgan davrda muttasil ortib borishi bilan birga,
u tadbirkorlik turlariga qarab ham farqlanadi. Bunday daromadlar
joylarda bu sohaga beriladigan e’tiborga ham bog‘liq bo‘ladi.
Òadbirkorlikni rivojlantirish aholi daromadini oshirishdek ijtimoiy
muammoni yechishga ulkan hissa qo‘shadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ham aholining daromadlari ichida
ish haqining daromad sifatida hissasi salmoqli darajada saqlanib
qolmoqda. Buning asosiy sababi, davlat tasarrufida hozircha ayrim
yirik sanoat korxonalari saqlanib qolayotganligi hamda davlat
muassasalarida ham aholining ma’lum qismining ishlayotganliklari
bilan izohlanadi. Masalan, tog‘-kon sanoati, ko‘plab og‘ir sanoat
korxonalari, mudofaa korxonalari, davlat tashkilotlari va maorif,
sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy sohalar va boshqalarda ishchilar
150
ish haqi sifatida daromad olayotirlar. Bunday davlatga qarashli
korxonalarda aholining mulksiz qismi yollanib ishlaydi, ularning
ish kuchi qiymati ekvivalenti esa ish haqida gavdalandi. Bozor
iqtisodiyotiga qadam-baqadam o‘tib borayotgan O‘zbekistonda
islohotlarning izchillik bilan o‘tkazilishi tufayli asta-sekin nodavlat
sektori mustahkamlanib bormoqda. Bu esa umumiy ishlovchilar
sonida yollanib ishlovchilar hissasining kamayib borishida (ko‘p-
chilik tadbirkorlikning turli shakllariga, fermer va dehqon xo‘jalik-
lariga o‘tishi) o‘z ifodasini topmoqda, binobarin, ish haqi ulushi
shunga muvofiq kamayib boradi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda,
nodavlat sektorida yalpi ichki mahsulotning 82,8 % yaratilmoqda,
korxonalarning 82,6 % ini ana shunday xo‘jalik subyektlar tashkil
etib, ularda iqtisodiyotda band bo‘lganlarning 76 % ishlamoqda
1
.
Sohibkorlik (dehqon xo‘jaligi) daromadi sohibkorlik bilan
shug‘ullangan aholi uchun daromad manbayiga aylanib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar natijasida qishloqda
yangi xo‘jalik shakllari — dehqon va fermer xo‘jaliklari vujudga
keldi. Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda tadbirkorlik
shakllaridan biriga aylanib boryapti. Mamlakatimizda qabul
qilingan «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunda «Dehqon xo‘jali-
gining o‘ziga tegishli mulkka egalik huquqi davlat tomonidan
himoya qilinadi» deyilgan. Bu, o‘z navbatida, respublikamizda
fermerlik harakati keng rivojlanishiga, qishloq aholisi daromadlarini
ko‘paytirishning, aholini ish bilan band etishning, qishloqni ijtimoiy
va iqtisodiy rivojlantirishning tayanch xo‘jaligi bo‘lib qolishiga
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti ta’sirida odamlar iste’molchilik, boqiman-
dalik kayfiyatidan xalos bo‘lishib, yaratuvchanlik, sohibkorlik fao-
liyati bilan shug‘ullanishga kirishishmoqda. Sohibkorlik faoliyati-
ning kuchayishi bilan odamlar bozorning faol ishtirokchisiga, ya’ni
tovar va xizmatlar taklif etuvchisiga aylanishdi. Natijada aholi
daromadlarida dehqon xo‘jaliklari daromadi alohida o‘rin tutadi.
Ayniqsa, qishloq aholisi turmushida u salmoqli ahamiyat kasb
etadi. O‘zbekistonda 59 % aholining qishloqlarda yashashi va
dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari e’tiborga olinsa, uning aha-
miyati nechog‘liq ulkan bo‘lishi ayon bo‘ladi.
Dehqon xo‘jaligi daromad manbayi sifatida yaqin orada o‘z
ahamiyatini yo‘qotmaydi, chunki u o‘z mohiyatiga ko‘ra bozor
1
O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi. T., 2014, 8-bet.
151
unsuridir. Uning jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifasi ham bebaho.
Hozirda dehqon xo‘jaligi mahalliy bozorni yangi mahsulotlar bilan
to‘ldirishda, oilani natural mahsulot bilan ta’minlashda, pul daromadi
olishda, ish bilan bandlikka erishishda, bolalarga mehnat tarbiyasi
berishda, nafaqaxo‘rlarning ham ma’lum darajada ijtimoiy foydali
mehnat bilan band bo‘lishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Mulk daromadi. Aholi daromadlarining bu shakli biz uchun yangi
daromad manbayidir. Zero, mulkka egalik hissi uni ishlatishdan
manfaatdor qiladi. Mulk ishlab chiqarish omillari tarzida aksiya, pay
va pul shaklida bo‘lishi mumkin. Natijada mulkni iste’mol qilishdan
ijara haqi, renta, foiz, foyda, zayom yoki lotereya yutuq tarzida
bo‘lishi mumkin. Aytish mumkinki, bunday daromadlar mulk
egasining bevosita sohibkorlik faoliyati bilan bog‘liq emas, ammo
bunday daromadlar bozor rivojlana borgani sari ko‘paya boradi.
Aholi daromadlarida dividend yangi daromad manbayi sanaladi.
Aksiya dividend shaklida daromad keltiruvchi alohida mulk bo‘lib,
u egasiga aksiyadorlik korxonasi foydasidan ulush keltiradi. Divi-
dend shunday daromad shakliki, u korxona faoliyati yaxshilangan
sari o‘sib boradi.
Aksiya va dividend munosabatlarida xususiylashtirish investitsiya
fondlari (XIF) alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun hukumatimiz
tomonidan o‘z vaqtida yirik va o‘rta korxonalarni xususiylashtirish
uchun maxsus XIFlar orqali xususiylashtirish dasturini ishlab
chiqdi. Dastur asosida O‘zbekistonning eng yaxshi o‘rta va yirik
korxonalari XIFlarda davlat ulushining krediti sifatida sotish va
berish amalga oshirildi. XIFlar yuzlab korxona aksiyalarini butunlay
va boshqa korxona aksiyalari paketlarini qisman sotib oldilar.
Yakka faoliyat daromadi. Aholining yakka faoliyat bilan
shug‘ullanishi ham daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yakka
faoliyat — shaxsiy tashabbus, o‘z mulkiga tayanib, tavakkalchilik
asosida, shaxsiy daromad olish maqsadida harakatdagi qonunchilik
doirasida jismoniy shaxs tomonidan bajariladigan xo‘jalik
faoliyatidir. Yakka faoliyat bilan aholining keng qatlami: duradgor
ustalar, kosiblar, chevarlar, zargarlar, gilam to‘quvchilar, pichoq-
chilar, temirchilar va h.k., umuman olganda, turli hunar egalari
shug‘ullanishlari mumkin. Ular qonunchiligimizga ko‘ra, yakka
tartibdagi faoliyat bilan shug‘ullanib, shaxsiy daromad oluvchilar
deyiladi. Bu faoliyatning aholi ish bilan ta’minlanishida hamda
daromad topishlarida ahamiyati katta bo‘lganligi uchun davlat
tomonidan rag‘batlantirilmoqda.
152
Intellektual mulk daromadi — bu intellektual mulk egalariga;
barcha yo‘nalishdagi ijodkorlarga, ixtirochilarga, olimlarga tegish-
lidir. Bozor iqtisodiyoti ular uchun ham qulay sharoit yaratib
beradi. Ular o‘z asarlarini, ixtirolarini, ilmiy kashfiyotlarini, texno-
logik yangiliklarini, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarini tovar sifatida
erkin sotish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu bir tomondan intellek-
tual mulk egalariga daromad keltirsa, ikkinchi tomondan ma’na-
viyat, ma’rifat, ilm-fan, texnika va texnologiyaning to‘xtovsiz o‘sishiga
sabab bo‘ladi.
Ijtimoiy himoya jamg‘armalaridan keladigan daromadlar.
Aholining daromadlari tarkibida ijtimoiy himoya jamg‘armalarining
ham alohida o‘rni bor. Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan
ishlab chiqilgan bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyilidan
biri ham aholini ijtimoiy himoyalash deb belgilangan edi. O‘zbe-
kistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl
maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga
keltirishdan iborat deyilgan. Shuning uchun aholini ijtimoiy
himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rib borilishiga alohida
e’tibor bilan qaralib, ijtimoiy himoya jamg‘armalari tashkil qilin-
moqda va ularning mazmuni-shakli o‘zgarib bormoqda.
Ijtimoiy himoya jamg‘armalarining faoliyati doirasiga inson
keksayganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan
ajralganda, yosh bolali ayollarga nafaqa, bepul davolanish va o‘qish,
kommunal xizmatlar uchun imtiyozlar, xayriya jamg‘armalaridan
manfaatdor bo‘lish kabilar kiradi. Xayr-sahovat jamg‘armalari,
diniy xayr-ehsonlar, otaliq yordamlari va boshqalar ham shular
jumlasidandir. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat,
aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy yordam aholining tabaqalarga bo‘linishi
chuqurlashuvining oldini olishga yordam bermoqda. Masalan, agar
1999-yilda davlat budjeti xarajatlarining 40 % ijtimoiy sohalarga
sarflanganligi, aholini ijtimoiy himoya etishga xarajatlarning 13,4 %
ajratilgan bo‘lsa, 2014-yilda bu maqsadlar uchun budjetning
60 % dan ortiqroq qismi ajratilmoqda. Ijtimoiy himoya uchun
MDH mamlakatlarining birortasida bunday miqdorda mablag‘
ajratish amaliyoti hali-hanuzgacha kuzatilgani yo‘q. Iqtisodiyoti-
mizning barqarorlashganligi va o‘sayotganligi bunday kuchli
ijtimoiy himoya tizimining yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
Iqtisodiyotimiz yuksalgani sari, bu tizim yanada yaxshilanib boradi
va bu, o‘z navbatida, aholi daromadlarining o‘sishiga xizmat qiladi.
153
7.10. Aholi daromadlarining tabaqalashuvi
Bozor iqtisodiyotining muhim belgisi, bu – aholi daromadlarining
tabaqalanib borishi hisoblanadi. Buning asosiy sabablari, biz
yuqorida ko‘rib chiqqan turli yuridik va jismoniy shaxslarning
turli darajadagi daromadga ega bo‘lishidir. Ma’lumki, sotsializm
davrida barchani daromadlar bo‘yicha tenglashtirish asosiy maqsad
qilinib, bu siyosat «sotsial tenglashtirish» deb nomlangan edi. Bu
aslida tubdan noto‘g‘ri, jamiyat rivojlanishining obyektiv qonunla-
riga zid bo‘lganligi uchun ham ularning maqsadlari amalga osh-
madi. Chunki aholi tomonidan yaratilgan barcha daromadlar davlat
qo‘lida yig‘ilib, astoydil unumli ishlaganga ham, unumsiz ishla-
ganlarga ham bir xilda o‘rnatilgan tartibda ish haqi berilgan.
Bunday taqsimot kishilarda mehnatiga yarasha daromad olmagan-
liklari uchun manfaatdorlik hissini so‘ndirgan va bu, o‘z navbatida,
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirmagan.
Bozor iqtisodiyoti o‘z mohiyatiga ko‘ra, har bir insonni o‘z
mehnatidan, eng avvalo, o‘zi manfaatdor bo‘lishini ta’minlaydigan
ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi. Shu sababli kishilar o‘z qobiliyatlari
va imkoniyatlarini ishga solib, mehnat qilib to‘q va farovon yashashga
intiladilar, natijada har bir kishi turli darajada daromadlarga erishib,
ularning farovonlik darajasi har xil bo‘ladi. Lekin bu daromadlar va
turmush darajalaridagi tengsizlik ularning tabiiy farqlaridan kelib
chiqqanligi uchun adolatli tengsizlik sifatida qaraladi, chunki topish-
tutish bir xil bo‘lmagani sababli, daromad ham teng bo‘lmasligi tabiiydir.
Masalan, tadbirkor insonlar, noyob iste’dod egasi, harakatchan-
ligi tufayli boshqalardan ko‘proq daromad oladilar, lekin
tadbirkorlik hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi, hamma ham
buyuk olim, usta dehqon, mohir aktyor bo‘lavermaydi. Shuning
uchun eng katta daromadni tadbirkorlar olsa, eng past daromad
egasi oddiy va kam mehnati uchun ish haqi oluvchilar hisoblanadi.
Hozirgi ma’lumotlarga qaraganda, respublikamizda eng kam
pul daromad oluvchilar aholining 6—8 % ini tashkil etgan holda
eng yuqori daromad oluvchilar salmog‘i 22—24 % ni tashkil
etayotir. Boshqacha aytganda, aholi tarkibida ko‘p daromad
oluvchilar hissasi ortib bormoqda.
7.11. Aholining turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarishning ijtimoiy samarasi insonlar farovonligida,
ya’ni turmush darajasi va sifatida namoyon bo‘ladi. Kishilar hayotiy
154
ehtiyojlarining qondirilish me’yori turmush darajasi deyiladi.
Òurmush darajasi ishlab chiqarish taraqqiyotiga, tovarlar va xizmat-
lar mo‘l-ko‘lchiligiga bog‘liq bo‘ladi. Chunki yaratilgan tovarlar
va xizmatlarning iste’mol qilinishi ko‘rsatkichlariga qarab, aholi-
ning turmush darajasini belgilash mumkin. Ishlab chiqarish darajasi
yuqori bo‘lgani holda unga nisbatan iste’mol miqdori kam bo‘lishi
mumkin. Ma’lumki, turmush farovonligi milliy daromadning hajmi
va uning taqsimlanishiga bog‘liq. Milliy daromad sezilarli ko‘payib
borsa, jamg‘arish miqdori o‘sgani holda iste’mol hajmi ham ortadi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos qoidalardan biri — milliy
daromadning tobora ko‘proq qismi farovonlikka qaratilishidir.
Chunki milliy daromadning asosiy qismi iste’molga mo‘ljallan-
masa, barqaror iqtisodiy o‘sish yuz bermaydi. Yana bir qiziq qonu-
niyat bor: iqtisodiyot yuksalgani sari aholining, demakki, iste’mol-
chilarning soni ko‘payishi sekinlashib boradi. Masalan, BMÒning
ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi iqtisodiy rivojlangan mamlakat-
larning 30 ga yaqinida aholi soni tug‘ilishning kamayishi tufayli,
kamayib bormoqda. G‘arbiy Yevropa bo‘yicha esa har 1000 kishiga
tabiiy o‘sish 2 ta bo‘lyapti, xolos. Bu hol o‘z-o‘zidan aholi jon
boshiga yaratilgan mahsulotni ko‘paytirish omillaridan biriga ayla-
nadi. Eng muhimi, bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot shaklini
olgan sharoitda aholining talab-ehtiyojini qondirib, uning farovon-
ligini oshirishdan iborat insonparvarlik tamoyili kuchayib boradi,
bu esa iste’molning kengaytirilishini taqozo etadi.
Aytilgan sabablarga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda,
so‘nggi 30 yil ichida iste’mol hissasi ortib, endilikda milliy daro-
madning 80—85 % ini tashkil etadi. Bu hol turmush darajasi
o‘sganligini bildiradi. Ammo turmush darajasi uchun iste’mol o‘z-
o‘zidan emas, balki ehtiyojni qondira olishi jihatidan muhim. Bu
o‘rinda iste’molning sifati degan tushuncha ham bor. Iste’mol sifati
iste’molning miqdori va tarkibi o‘rtasida ma’lum me’yorda nisbat
bo‘lishini taqozo etadi. Masalan, oziq-ovqat iste’moli shunday
miqdor va tarkibda bo‘lishi kerakki, u kishi organizmini kerakli
oqsil va vitaminlar bilan ta’minlashi kerak.
Aholining turmush darajasini aniqlashda aholining real daro-
madi asosiy ko‘rsatkichdir. Narx-navo qat’iy bo‘lib, pul daromadi
ko‘paysa, real daromad ham ortadi. Òurmush darajasining moddiy-
natural ko‘rsatkichlari ham mavjud. Bular jumlasiga aholi jon
boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy sathi, avtomashina, sovitgichlar
miqdori, aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilish
kabilar kiradi.
155
Daromadlar kabi aholining turmush darajasi ham tabaqalashadi.
Iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining
turmush darajasi bir-biridan keskin farq qiladi. Òurmush darajasi
ortgan sari aholi pul xarajatlarining ko‘proq qismi nooziq-ovqat
mahsulotlarini xarid etishga sarflanadi. Mamlakat qancha boy
bo‘lsa, xalqi farovonlikda yashasa, aholining oziq-ovqat uchun
sarfi hissasi shuncha kam bo‘ladi. Masalan, AQSH aholisi
daromadining 12 % i, Hindistonda esa 44,4 % i, Efiopiya va
Afg‘onistonda 70—80 % i oziq-ovqatga sarflanadi.
Aholi daromadlarining taqsimlanishi. Har qanday inson o‘zining
hayotiy ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar va xizmatlarni xarid
qilishi kerak. Demak, u topgan daromadlaridan ma’lum miqdorda
xarajat qilishi zarur. Bu narsa, bir tomondan insonlarning ehtiyojiga,
ikkinchi tomondan uning daromadiga bog‘liq bo‘ladi. Daromad
qancha yuqori bo‘lsa, kishilarning xarid quvvati shuncha yuqori
bo‘ladi, o‘z-o‘zidan sarf-xarajatlar ham ko‘payadi. Xarajat miqdori
hamma uchun bir xil bo‘lmaydi, ammo baribir xarajatlarning
umumiy jihatlari bor — umuminsoniy ehtiyojlar mavjud. Masalan,
ovqatlanish, kiyinish, bilim olish, bolalarni tarbiyalash, dam olish
xarajatlari hamma uchun birdek zarur. Xarajatlardagi miqdoriy
farq kishilarning daromadiga bog‘liq bo‘ladi. O‘ziga to‘q va boy
oilada sarf-xarajat ko‘p bo‘lsa, nochor oilalarda ular oz bo‘ladi.
O‘zbekiston aholisi xarajatlari tarkibini tahlil etish shuni ko‘rsat-
diki, oila sarf-xarajatlarining 82—85 % i mahsulotlar sotib olish
va xizmatlarga haq to‘lash uchun yo‘naltirilmoqda. Bunday yuqori
ulushning aholi pul xarajatlariga nisbatan yuqori bo‘lishi bozor
iqtisodiyotiga o‘tish qiyinchiliklari bilan bog‘lanyapti. Aholi
daromadlarining ko‘payishi, mahsulotlar va xizmatlar narxlarining
keyinchalik pasayishi (iqtisodiyot va infratuzilmaning rivojlanishi
tufayli) bunday sarflar salmog‘ining pasayishiga olib kelishi
mumkin. Ayni chog‘da aholi xarajatlarida xususiylashtirilayotgan
korxonalar aksiyalarini, xorijiy valutalarni sotib olish, tomosha-
xonalar xizmatiga haq to‘lash kabi chiqimlar past darajada bo‘layot-
ganligi kuzatilmoqda.
Aholi xarajatlari tarkibi doimiy, statik narsa emas, u iqtisodiy-
ijtimoiy vaziyat o‘zgarishi, islohotlar chuqurlashuvi, modernizatsiya-
lashuvi va iqtisodiyot erkinlashuvi natijasida o‘zgarishga moyildir.
Bu o‘zgarishlar maishiy xizmatlar, ma’rifiy xizmatlar, turizm xiz-
mati, aksiyalar sotib olish kabilarda ulushining o‘sib borishini
ta’minlaydi. Natijada mamlakatimizda jahon mamlakatlaridagi kabi
156
umumiy tendensiya, ya’ni aholining turmush darajasi o‘sgan sari
uning nooziq-ovqat mahsulotlariga va xizmatlarga sarf-xarajatlari
ko‘payib boradi. Shu sababli, AQSH, Yaponiya, Shveysariya,
Germaniya singari boy mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlarining
oila budjetidagi hissasi past darajada bo‘ladi (10—12 %). Bu holni
O‘zbekistonda har xil daromad oluvchi aholi qatlamlari xarajati
ham tasdiqlaydi, shirkat a’zolari va nafaqaxo‘rlar oziq-ovqat uchun
daromadning ko‘p qismini sarflasa, tadbirkorlar esa o‘z daroma-
dining kamroq qismini oziq-ovqatga sarflaydi.
Aholi xarajatlari oilaning tarkibiga va madaniy saviyasiga ham
bog‘liq bo‘ladi. Oiladagi ko‘p noo‘rin sarflar iste’mol madaniyati-
ning pastligi bilan ham izohlanadi. Masalan, turli dabdabali rasm-
rusumlar, to‘y-hashamlar uchun behuda sarf-xarajatlar qilinadi.
Aholining pul daromadi, binobarin, xarid qobiliyati cheklangan
sharoitda xarajatlar ehtiyojlarini to‘laroq qondiruvchi mahsulot
va xizmatlarni sotib olishga qaratilishi kerak bo‘ladi. Bunda mablag‘
mahsulotlarining eng arzon va zaruriga sarflanadiki, fuqarolar o‘z
imkoniyatidan kelib chiqib, ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga
intilishadi. Shu tariqa iqtisodiy tanlov qoidasiga amal qilinadi.
Aholi pul sarflash yo‘llaridan bir nechtasini taqqoslab, o‘zi uchun
eng maqbulini tanlab oladi.
Masalan, avtomashina, mebellar to‘plami yoxud uy-joy qurish
kerak bo‘lsa-da, ulardan eng zaruri, oilaning qurbi yetadigani tanlab
olinib pul sarflanadi. Aholi daromadlari o‘zgarib borishi bilan tanlov
ham o‘zgaradi. Oila imkoniyatlariga bog‘liq holda tanlanadigan
mahsulotlar doirasi har xil bo‘lishi aniq. Hayotda daromad va xarajat
o‘rtasida muvozanat bo‘lishi talab qilinadi. Chunki bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davrida uchraydigan qiyinchiliklar natijasida ko‘zda tutilmagan
xarajatlar duch kelishi mumkin. Masalan, bozor narxi ortsa, xarajatlar
ortadi, ish yurishmay qolsa, daromad kamayadi va h.k.
Shuning uchun har bir oila uchun ma’lum miqdorda pul
zaxirasi bo‘lgani ma’qul. Zaruriy xarajatlar talab qilinsa, daromad
miqdori kamayganda jamg‘arilgan pul ishlatilishi mumkin.
Xarajatlar aniqlanganda, eng avvalo, ulardan eng zaruriga pul
ajratish ko‘zda tutiladi. Bu xarajatlar muhimligiga qarab ikki
guruhdan iborat bo‘ladi:
1) ovqatlanish, davolanish, uy-joy kommunal xizmati, bog‘cha
va bilim olish sarflari;
2) kiyinish, dam olish, uyni jihozlash, to‘y-ma’raka, sayr-
sayohat sarflari va boshqalar.
157
Bunda birinchi guruh sarf-xarajatlariga ustuvorlik beriladi va undan
ortib qolgan mablag‘ hisobidan ikkinchi guruh xarajatlari qoplanadi.
Òurmush bir maromda borishi, kutilmagan qiyinchiliklarga duch kelib
qolmaslik uchun oilaning daromad va xarajatlari rejalashtirib borilishi
zarur. Bu bozor iqtisodiyotining qat’iy talabi hisoblanadi.
O‘zbek xalqida «hisobli do‘st ayrilmas» degan maqol bor.
Hisob-kitob bor joyda oila yaxshi yashaydi, kutilmagan holatlar
kam bo‘ladi. Har bir oila o‘z budjetini rejalashtirib borishi qonun-
qoidalariga oson moslashish imkonini beradi. Bu narsa, ayniqsa,
talaba va o‘quvchilar uchun taalluqlidir, zero, ular oila budjeti
xarajatlarida salmoqli o‘rin tutadi. Shuning uchun har bir talaba
o‘z oila iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib shaxsiy hayoti
ehtiyojlarini qondirib borishga mas’ullik sezishi kerak.
7.12. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Dunyoning barcha mamlakatlaridagi kabi O‘zbekistonda ham
davlat ijtimoiy siyosatining mohiyatini, jamiyatning hayotini
tartibga solishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bu
siyosatning o‘zagi jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar o‘rtasida
tabaqalashuvning o‘ta kuchayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.
Buning uchun davlat aholi daromadlarini shakllantirishning adolatli
tamoyillarini ishlab chiqib, shu asosda ish olib bormoqda.
Jamiyat a’zolarining daromad darajasi aholi farovonligining
muhim ko‘rsatkichidir. Unga qarab har bir kishining moddiy-
ma’naviy ehtiyojlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni
saqlash, ilm olish kabilarning qondirilishi amalga oshiriladi. Iste’-
moldagi farqlar faqat mehnat orqali topilgan daromadlaridagina
emas, balki oila a’zolari soni, oiladagi ishlovchilar bilan ishla-
maydiganlar nisbati, hududiy joylashuvi va milliy xususiyatlari bilan
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun davlatning o‘z ijtimoiy
siyosati bilan uni tartibga solib borishi muhim vazifa hisoblanadi.
Davlat ijtimoiy siyosati, asosan, ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1. Aholining mehnat qilish huquqini kafolatlash. Bunda davlat
mamlakat fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqi bo‘lgan mehnat
qilish huquqlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratib
berish vazifasini bajaradi. Ularning mehnat qilish, kasb-hunar
tanlash va egallashdagi erkinliklari ta’minlanadi. Fuqarolarning
bu huquqlarini ro‘yobga chiqarish uchun umumiy, o‘rta maxsus,
oliy ta’lim tizimi tashkil etildi. Aholining bandligini ta’minlash
maqsadida ish joylarini yaratish, ish joylarida mehnat qilish
158
sharoitlarini yaxshilab borish, ular mehnati uchun to‘lanadigan
ish haqlari minimum darajasini belgilash, ish vaqti, ish haftasi,
mehnat ta’tili, ishga yollanish, ishdan bo‘shatish kabi mehnat
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha munosabatlarni tartibga solish
to‘g‘risidagi tartib-qoidalarni belgilovchi qonun hujjatlarini qabul
qiladi, ularning ijro etilishini nazorat qilib boradi. Bu qonun hujjati
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi hisoblanadi.
2. Aholining eng kam ta’minlangan, o‘zlari topgan daromadlari
ularning minimal darajadagi ehtiyojlarini qondirishga yetmaydigan
qismini qo‘llab-quvvatlash. Bunda davlat tomonidan qabul qilingan
ijtimoiy himoya dasturlari asosida davlat budjeti va maxsus nobudjet
fondlar hisobidan turli nafaqalar berish, bepul xizmatlar ko‘rsatish,
oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa imtiyozlar berish chora-tad-
birlari amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda mahalla
qo‘mitalarining roli katta bo‘lib, bu yordamlar aniq va manzilli
bo‘lishini ta’minlashga ahamiyat beriladi.
Aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash uchun mablag‘lar
milliy daromadning qayta taqsimlanishi orqali tashkil etiladi. Bu
jarayonda davlat markazlashgan budjeti hosil qilinib, undan asosiy
qismi aholi ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ajratiladi. O‘zbe-
kiston Respublikasi budjetidan 2014-yilda 60 % i ijtimoiy sohalar
ehtiyoji uchun ajratildi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish uchun mablag‘larning yana
bir asosiy qismi korxonalar foydasi hisobidan tashkil etilgan
fondlardan iborat bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ijtimoiy himoyalash
siyosatini amalga oshirishda uning eng kam iste’mol, ya’ni yashash
minimumini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Uning darajasini
aniqlashda, odatda, oilaning ish haqi, turli nafaqalar, stipendiyalar
va boshqa daromadlari hisoblanib chiqiladi va uning eng kam
miqdori aniqlanadi. Aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
1) iste’mol savati asosida;
2) ekspert baholash;
3) sotsiologik;
4) regressiv model uslubi kabilar.
Jumladan, iste’mol savati uslubini ko‘radigan bo‘lsak, insonning
muayyan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan tovarlar va
xizmatlarning miqdori bo‘lib, u bozordagi joriy narxlar bilan
belgilanadi. Iste’mol savati ikki xil bo‘ladi:
159
1) jamiyat rivojlanishi ma’lum bosqichida eng kam darajada
zarur bo‘lgan miqdori, eng kam «iste’mol savati»;
2) jamiyat a’zolarining oqilona xarajatlari asosida har
tomonlama kamol topishini ta’minlay olishini hisobga olgan
«iste’mol savatidan» iborat.
Iste’mol savatini hisoblashning hozirgi vaqtda uch asosiy usuli
bor. Ular normativ, statistik, kombinatsiyalashgan usullar deyiladi
va shu asosda muayyan mamlakat uchun iste’mol savatining narxi
aniqlanadi. Bu narx unga kiritilgan eng zarur tovar va xizmatlarning
shu mamlakatdagi baholaridan kelib chiqadi. Iste’mol savatining
70 % idan ortiqrog‘i, asosan, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar va
xizmatlar qiymatidan iborat bo‘ladi. Iste’mol savati narxi shu
mamlakatda yashash minimumi chizig‘ini belgilaydi. Chiziqdan
past daromad oluvchilar kambag‘allar qatlamini tashkil etadi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, jamiyatdagi
tabaqalashuv aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad va uning
yashashi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar baholari bilan
bevosita bog‘liq bo‘lar ekan.
Ana shu bog‘lanish prussiyalik iqtisodchi olim Ernest Engel
tomonidan o‘rganib chiqilgan va shunday xulosaga kelingan:
«Olingan daromad qancha past bo‘lsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak
sarfi daromadda shuncha yuqori, uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar olish uchun qilingan xarajatlar shuncha kam bo‘ladi,
aksincha, daromad ko‘p olinsa, unda kundalik ehtiyojga sarflana-
digan xarajatlar shuncha kam, uzoq muddat foydalaniladigan
tovarlar uchun xarajatlar hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi». Bu bog‘liq-
lik, ya’ni daromadlarning xarajatlar tarkibi bilan bog‘liqligi iqtiso-
diyot nazariyasida Engel qonuni deb ataladi. Lekin Engel qonunini
mutlaq xarakterga ega deb tushunib bo‘lmaydi. Chunki aholining
turmush darajasi o‘sib borish tendensiyasiga ega. Shuning uchun
ham daromadlar o‘sishi bilan ehtiyojlar va iste’mol tizimi ham
parallel ravishda o‘zgarib boradi. Natijada, birinchidan, qisqa
muddat foydalaniladigan tovarlar iste’moliga nisbatan uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlar iste’molining o‘sib borishi kuzatiladi.
Ikkichidan esa iste’molda moddiy buyumlar ulushi kamayib,
ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishiga e’tibor berish o‘sadi. Jumla-
dan, bilim olishga, sport, dam olish, sayohatlarga borish kabilarga
ko‘proq vaqt va mablag‘ ajratiladi. Bu esa aholining turmush
darajasining o‘sib borayotganligini ko‘rsatadi.
160
Aholining turmush darajasi «Òurmush sifati indeksi» ko‘rsatki-
chida o‘z ifodasini topadi. Har bir mamlakatdagi turmush sifati
indeksi quyidagi ko‘rsatkichlar asosida hisoblanadi:
1) sog‘liqni saqlashga e’tibor;
2) ta’lim darajasi;
3) o‘rtacha yashash yoshi;
4) aholining ish bilan bandligi;
5) aholining siyosiy hayotda keng qatnashuviga imkon yaratil-
ganligida. Jahon mamlakatlari ichida hozirgi vaqtda turmush dara-
jasi indeksi eng yuqori mamlakatlar qatoriga AQSH, Yaponiya,
Kanada, Norvegiya, Shveysariya, Germaniya kiradi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Ish haqi;
• vaqtbay ish haqi;
• ishbay ish haqi;
1. Yalpi ichki milliy mahsulotning taqsimlanishini aytib bering.
2. Ish haqi to‘g‘risidagi nazariyalar va ularning mualliflari to‘g‘risida so‘zlab
bering.
3. Real ish haqi va unga ta’sir qiluvchi omillarni aytib bering.
4. Ish haqining darajasi deganda nimalarni tushunasiz?
5. Mehnat muhofazasi, ishchilarga ish haqi, ish sharoitlarini yaxshilash
masalalari bilan qaysi tashkilot shug‘ullanadi?
6. Aholi daromadlari va uning manbalarini bilasizmi?
7. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari manbalarining o‘zgarishi
va daromad turlari tarkibining o‘zgarish sabablari nimada?
8. Aholi daromadlari tarkibida ish haqi ulushining qisqarib borish sabablarini
aytib bering.
9. O‘zbekistonda aholi daromadlari tarkibining o‘zgarib borish sabablarini
aytib bering.
10. Aholi daromadi taqsimlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini bayon eting.
11. Òadbirkorlik daromadlari qanday shakllanadi?
12. Kichik biznes faoliyati va undan olinadigan daromadlar tarkibini
tushuntirib bering.
13. Oila daromadlari va xarajatlari balansini tuzib, uni tahlil qilib bering.
14. Dividend nima va uning daromad manbayi sifatida ahamiyatini aytib bering.
15. Mulkiy daromadlarni qanday qilib ko‘paytirish mumkin?
16. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering.
17. Iste’mol savati nima va uning hisoblanish tartibi qanday?
18. Engel qonuni deb nimaga aytiladi?
19. Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlarini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
20. Òurmush sifati indeksi deganda nimani tushunasiz?
• nominal ish haqi;
• real ish haqi.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
161
8-bob. RAQOBAT NAZARIYASI
8.1. Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy
asoslari va maqsadi
Bozor iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omillaridan biri —
bu raqobatdir. Iqtisodiy adabiyotlarda raqobat kurashi bozor
munosabatlari ishtirokchilarini harakatga keltiruvchi kuch deb
yuritiladi. Bozorda raqobat qanchalik kuchli bo‘lsa, tovarlar va
xizmatlar sifati yaxshi, narxlari esa shunchalik arzonlashib boradi.
Shuning uchun ham respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov «Raqo-
bat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat —
bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»
1
deb
ko‘rsatib o‘tgan. Demak, raqobat o‘z mohiyatiga ko‘ra, bozor
iqtisodiyotining asosiy obyektiv qonunlaridan biri, bozor muno-
sabatlari takomillashib borishining muhim sharti hisoblanadi.
Raqobat har bir tovar ishlab chiqaruvchilar, turli xizmat ko‘rsa-
tuvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasidagi yaxshi foyda olish,
bozorda, umuman, iqtisodiyotda o‘z mavqeyini mustahkamlash
uchun kurashdan iboratdir. Bu raqobat kurashining pirovard natijasi
iste’molchilar uchun kurash va unda ishtirok etuvchilar o‘z
manfaatlariga erishishlaridir.
Bozorda qatnashayotgan har bir subyekt, ya’ni resurslar
sotuvchi — resurslarini, xizmat ko‘rsatuvchilar — xizmatini, tovar
ishlab chiqaruvchilar — tovarlarini imkon boricha yuqori baholarda
sotish uchun kurashadilar. Firmalar, korxonalar, sotuvchilar,
iste’molchilar — barchalari o‘zaro raqobat qiladilar. Bozor iqtiso-
diyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda bu raqobat kurashi erkin va
to‘liq namoyon bo‘ladi.
Raqobat kurashi, hatto iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi,
ular eng sifatli tovarlarni arzon baholarda sotib olishga harakat
qiladilar. Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning
barcha subyektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlardan iborat.
1
I.À. Êàrimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. T., «O‘zbekiston», 1999,
34-bet.
162
Raqobat to‘g‘risida mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomoni-
dan nashr etilgan adabiyotlarda turlicha ta’rif berilgan. Jumladan,
A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot asoslari» o‘quv qo‘llanmasida raqo-
batga shunday ta’rif berilgan: «Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirok-
chilarining o‘z manfaatlarini to‘laroq yuzaga chiqarish, ya’ni
yaxshiroq daromad topish, o‘z mavqeyini mustahkamlash, o‘z
qobiliyatini namoyon etish va imij (ovoza-obro‘)ga ega bo‘lish
uchun boshqalar bilan kurashishdir»
1
deb yozadi.
Sh. Shodmonov, R. Alimov, Ò. Jo‘rayev esa «Raqobat — bozor
subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib,
ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun
kurashni anglatadi» deb yozadi. So‘ngra o‘z fikrlarini davom ettirgan
holda, «Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan xarajatlarining
har bir birligi evaziga ko‘proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana
shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni
qulay bozorlar uchun, arzon xomashyo, energiya va arzon ishchi
kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.
O‘z navbatida, xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir
so‘m xarajati evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashadilar,
ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo‘lishga
harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor
va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy
asosini tashkil etadi»
2
degan aniq va to‘liq fikrni bayon qiladilar.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xususiy mulk
egasining o‘z manfaati bo‘lib, u tovar ishlab chiqarishmi, xizmat
ko‘rsatishmi yoki boshqa qaysi sohalarda faoliyat olib bormasin, o‘z
manfaati uchun kurashadilar. Bu, avvalo, bozor iqtisodiyotining
tabiatidan kelib chiqadi. Bozor har bir iqtisodiy faoliyat yurituvchi
subyektlar uchun erkin raqobat muhitini yaratib beradi. Raqobat
kurashi bo‘lishining asosiy sharti — tovar ishlab chiqaruvchilar hamda
iste’molchilar uchun ham tanlov erkinligining mavjud bo‘lishidir.
8.2. Raqobat strategiyasi
Raqobat strategiyasi — bu ma’lum bir firmaning bozorda olib
boradigan raqobat kurashining uzoq davrga mo‘ljallangan asosiy
rejasi, yo‘l-yo‘riqlaridir. Strategiya firmaning bosh asosiy maqsad-
1
À. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. T., «Mehnat», 1997, 92-bet.
2
Sh. Shodmonov, R. Alimov, T. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. T., «Moliya»,
2002, 158-bet.
163
larini o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, unda qanday qilib foydani
eng yuqori darajaga ko‘tarish, kam xarajat qilgan holda o‘z bozorini
kengaytirish yoki boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish,
yangi bozorlarga sekin-asta kirib borishning yo‘llarini belgilab
olishdan iborat bo‘ladi. Strategik rejaga qarab, firma o‘zining kurash
taktikasi va usullarini qo‘llagan holda bozorda raqobat olib boradi.
Bozordagi holat va shart-sharoitdan kelib chiqqan holda firma
o‘z usullarini o‘zgartirib turishi ham mumkin. Misol uchun, ayrim
firmalar narxlar orqali raqobat qilsa, ayrimlari mahsulot sifati orqali
raqobat qiladilar. Jumladan, AQSH va Yevropa Ittifoqi mamlakat-
lari firmalari o‘zlari uchun narxi yuqori bo‘lgan sifatli tovarlarni
taklif etishadi, chunki bu mamlakatlarda aholining daromadlari
yuqori bo‘lganligi sababli, xarid qobiliyatlari ham ancha yuqori.
Endigina rivojlanib kelayotgan mamlakatlarda esa aholining
daromadlari past bo‘lganligi uchun ularga sifati pastroq bo‘lsa-
da, narxlari arzonroq mahsulotlar taklif etadilar.
8.3. Raqobat kurashi shakllari
Raqobat kurashi quyidagi asosiy shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Òarmoq ichidagi raqobat — bunda bir tarmoq korxonalari o‘zaro
raqobatlashadilar. Bu raqobat, eng avvalo, ishlab chiqarishni
rivojlantirish orqali olib boriladi. Korxonalar ishlab chiqarishda yuqori
unumli texnika-texnologiyalar qo‘llash yo‘li bilan mehnat unum-
dorligini oshirish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, uning tannarxini
kamaytirish orqali o‘z tovarlari sotilishining qulayroq sharoitiga ega
bo‘lish va qo‘shimcha foyda olish uchun kurash olib boradilar.
Òarmoq ichidagi raqobat orqali tovarlarning bozor qiymati
aniqlanadi va bu qiymat, odatda, muayyan tarmoqda ishlab chiqarilgan
tovarlarining o‘rtacha qiymatiga mos keladi. Shuning uchun tarmoqlar
ichidagi raqobat natijasida yangi texnika va texnologiyalardan
foydalanayotgan, mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar
qo‘shimcha foyda oladilar. Yangi texnika va texnologiyalardan
foydalanmay, mehnat unumdorligini oshirmay, mahsulot sifatini
yaxshilamagan korxonalar esa zarar ko‘rishib, raqobatda sinadilar.
Òarmoqlararo raqobat — ishlab chiqarishning turli tarmoq-
lariga tegishli bo‘lgan korxonalar o‘rtasida yuqori foyda olish uchun
olib boriladi. Bunday raqobat natijasida ayrim korxonalar foyda
me’yori kam bo‘lgan muayyan bir tarmoqdan foyda me’yori yuqori
bo‘lgan boshqa bir tarmoqqa o‘tib ketadi. Iqtisodiyot nazariyasida
bu holat kapitallarning tarmoqlararo oqib yurishi deyiladi.
164
Kapitallarning bir tarmoqdan ikkinchi, ko‘proq foyda oluvchi
tarmoqqa o‘tib, ishlab chiqarishni tashkil qilishi natijasida bu tarmoq
kengayadi va ularning tovar taklifi ortadi. Bu esa, o‘z navbatida,
bozorda mazkur tarmoqning tovarlari narxlarining pasayishiga olib
keladi va tarmoqning foyda me’yori pasayadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda me’yori past bo‘lgan
tarmoqlardan kapitalning boshqa tarmoqqa o‘tib ketishi uzluksiz sodir
bo‘lib turuvchi obyektiv jarayon hisoblanadi. Bu jarayon bozorning
talab va taklif qonunining ta’siri ostida sodir bo‘ladi. Natijada foyda
me’yori past bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmi qisqaradi va
bozorda ularning tovarlariga bo‘lgan talab oshib ketadi, buning
oqibatida narxlar ko‘tarilib, bu tarmoqda foyda me’yori oshadi. Xulosa
sifatida shuni aytish mumkinki, tarmoqlararo raqobat obyektiv jarayon
sifatida bozorda dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu
muvozanat sarflangan kapitalning qaysi tarmoqqa qo‘yilganligidan
qat’i nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishini ta’minlab beradi.
Òarmoqlararo raqobat bozorda tarmoqlararo o‘rtacha foyda me’yorini
keltirib chiqaruvchi omil deb qaraladi.
8.4. Raqobat usullari: nohalol va halol raqobat
Raqobat kurash usullari jihatidan nohalol va halol raqobat bo‘lishi
mumkin. Nohalol raqobat davlat tomonidan taqiqlangan g‘ayri-
insoniy usullardan foydalanib, bozordagi raqobatchilarga qarshi
kurash olib borishdir. Nohalol raqobatda uning ayrim ishtirokchilari
tomonidan josuslik, qo‘poruvchilik, reket, tuhmat, tovar belgisini
o‘g‘irlash, hatto qotillik kabi usullardan foydalanib o‘z raqibini
bozordan chiqarib yuborishga harakat qilishdir. Nohalol raqobatdan
foydalanadigan ayrim firmalar o‘z tovarlariga mashhur firmalarning
belgisini qo‘yib, xaridorlarni aldash bilan ham shug‘ullanadilar.
Halol raqobat — bu bozor ishtirokchilarining davlat tomonidan
qabul qilingan qonunlar doirasida yo‘l berilgan usullardan
foydalanib, o‘z faoliyatlaridan yuqori darajada foyda olishlari uchun
o‘zaro kurashuvdir. Halol raqobatda, odatda, uning ishtirokchilari
xalq tomonidan tan olingan, madaniy usullar qo‘llaniladi. Bu
usullarning keng tarqalgani tovar va xizmatlarning narxi vositasida
raqobatlashuvdir. Narx bilan raqobatlashuvda raqobatchilar o‘z
tovarlariga boshqalardan arzonroq narx yoki qimmatroq narx
qo‘yadilar. Natijada bozorda ularning tovarlariga xaridor ko‘payadi.
Lekin tovar narxini tushirishning ma’lum chegarasi mavjud bo‘lib,
u xarajatlardan pasayib ketishi mumkin emas, aks holda, zarar
ko‘riladi. Har qanday firma o‘z tovari narxini arzonlashtirish uchun
165
qilingan xarajatlarini pasaytirishi zarur bo‘ladi. Xarajatlarni
kamaytirishga esa hamma vaqt ham erishib bo‘lmaydi.
Bozorda raqobatlashuvning yana bir keng tarqalgan usuli — bu
tovar va xizmatlar sifatini oshirish orqali kurashishdir. Òovarning
sifati deganda, odatda, uning uzoq vaqt ishonchli xizmat qilishi,
uning chiroyli bo‘lishi, iste’mol uchun qulayligi, ekologik toza
bo‘lishi kabilar tushuniladi. Hozirgi vaqtda texnikaviy tovarlar
uchun esa uning energiya va yonilg‘i sarfi kamligi, uzoq va ishonchli
xizmat qilishi, ixchamlik, ko‘p joy egallamaslik kabi tomonlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, tovarlar sifati bilan
raqobatlashishda doimiy ravishda ularning tarkibini yangilab turish
orqali ham afzalligini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Halol raqobatlashuvning yana bir yo‘li servis xizmatlari ko‘rsa-
tish orqali amalga oshiriladi. Servis xizmat ko‘rsatish, ayniqsa,
texnikaviy tovarlar sotilishida yaxshi qo‘l kelmoqda va bu usuldan
raqobatchilar so‘nggi paytlarda juda keng foydalanishmoqda.
Òovarni iste’molchi uyiga yetkazib berish, ularni ishga tushirish,
bepul ta’mirlab turish kabi juda ko‘p xizmat turlari ko‘rsatilmoqda
va bu raqobatda yutib chiqishni ta’minlayapti. Raqobatning bunday
turli usullaridan foydalanishdan asosiy maqsad raqobatda yutib
chiqishdan iborat. Raqobatlashuv usuli qanchalik samarali bo‘lsa,
g‘olib chiqish imkoni ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Halol raqobat kurashining hozirgi davrda keng qo‘llanilayotgan
shakli tovar va xizmatlar reklamasidan iborat bo‘lmoqda. Òurli
firmalar, korxonalar o‘z tovarlarining sifati, xilma-xilligi, nafliligi,
kafolatlanishi, narxlari kabi ko‘p ma’lumotlarni xolisona taqdim
etish yo‘li bilan xaridorlarni qiziqtirish orqali raqobatda yaxshi
natijalarga erishmoqdalar. Reklama to‘g‘risida barcha davlatlarda,
jumladan, O‘zbekistonda ham qonunlar qabul qilingan bo‘lib,
unga bir qator talablar qo‘yiladi. Qonunga ko‘ra reklama beruv-
chilarga, eng avvalo, tovar va xizmatlar xususiyatlari haqida xolis
va halollik bilan to‘g‘ri axborot berish, boshqa raqobatchilarining
tovarlarini rad etmaslik kabi majburiyatlar yuklatiladi. Òalablarga
rioya qilish ustidan ham davlat nazorati olib boriladi.
8.5. Mukammal raqobat va uning afzalliklari
Bozor tizimida raqobatning, asosan, ikki turi mavjud bo‘lib,
ular mukammal va nomukammal raqobat deyiladi. Mukammal
raqobat iqtisodiy adabiyotlarda sof raqobat ham deb aytiladi.
Mukammal raqobat sharoitida bozorda barcha qatnashadi. Chunki
166
bozor erkin munosabat bo‘lishini talab qiladi. Bozorda sotuvchilar
va xaridorlar ko‘pchilik bo‘lib, ulardan hech biri monopol mavqega
ega bo‘lmaydi, zo‘ravonlik va majburlash yo‘li bilan o‘z izmini
yurgiza olmaydi, shuning uchun ham bunday bozor mukammal
yoki sof raqobatli bozor deb aytiladi. Ko‘p sonli tovar ishlab
chiqaruvchi korxonalar sof, erkin raqobat sharoitida, asosan, o‘z
mahsulotlari narxi, sifati orqali bozorda raqobat qiladilar. Erkin
raqobat sharoitida har qanday yangi korxonalar tarmoq bozoriga
erkin kirishi va tarmoqdan erkin chiqib ketishi ham mumkin.
Nomukammal raqobat deganda, odatda, bozorda raqobat
cheklangan holda namoyon bo‘lishi tushuniladi, chunki unda ayrim
monopoliyalar erkin, sof raqobat bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunda
bozorga tovarlarning katta qismini ko‘pchilik bo‘lmagan, ayrim
monopollashgan firmalar taklif etadi, xaridorlar esa shu cheklangan
sharoitda ularning tovarlarini olishga majbur bo‘ladilar. Nomukam-
mal raqobatning quyidagi ko‘rinishlari bor. Biz ularning ayrimlariga
to‘xtalib o‘tamiz:
a) monopolistik raqobat — bu muayyan bir tarmoqda bitta
firma yoki yirik korxona bo‘lib, u bozorni to‘la egallagan holda
hukmronlik qiladi. Shu sababli, mahsulot (xizmat) narxini firma-
ning taklif hajmidan kelib chiqqan holda belgilaydi. Bu monopol
korxonalar boshqa korxonalarning tarmoqqa kirishi uchun turli
to‘siqlar qo‘yishga harakat qiladi va bu to‘siqlar yangi raqobat-
chilarning tarmoqqa kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Òo‘siqlar har xil
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ular quyidagicha:
1) moliyaviy to‘siqlar — hozirgi zamonaviy korxonalar yirik ishlab
chiqaruvchilar bo‘lib, yangi texnika-texnologiyaga asoslangan, ishlab
chiqarish miqyosi juda katta kapital talab qiladigan bo‘lgani uchun
bu tarmoqqa kirishga boshqalarning qurbi yetmasligi mumkin;
2) qonuniy to‘siqlar — hozirgi vaqtda dunyoning barcha mam-
lakatlarida monopoliyaga qarshi qonunlar qabul qilinganligiga
qaramay, ayrim monopoliyalar davlat tomonidan litsenziya berish-
ning cheklanishiga harakat qiladilar. Bu tarmoqqa kirish uchun
qonuniy to‘siqlar yaratish hisoblanadi;
3) bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulkchilik monopoliya-
lar uchun boshqalarning ular tarmog‘iga kira olmasliklariga
samarali to‘siq yaratish imkonini beradi, chunki ayrim xomashyo
turlariga xususiy mulk sifatida egalik qilishadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan nohalol raqobat yo‘li bilan ayrim
firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka
shafqatsiz harakat qiladilar;
167
b) oligopolistik raqobatning eng muhim belgisi — bu bir tarmoqda
ozchilikni tashkil etuvchi bir guruh firmalarning hukmronlik
qilishidir. Òovarlar va xizmatlar bozorida bir guruh kam sonli firma
yoki korxonalar hukmronlik qilsa, ular oligopoliya deb aytiladi.
Oligopoliya korxonalari bir xil yoki tabaqalashgan har xil
mahsulotlar ishlab chiqarishlari ham mumkin. Hozirgi vaqtda jahon-
da oligopolistik korxonalar ko‘proq tabiiy boyliklarni qazib olish
va og‘ir sanoatda uchraydi. Ularning mahsulotlari: neft, gaz, oltin,
temir, po‘lat, alumin, qo‘rg‘oshin kabilarni qazib olish, gazni, neftni
qayta ishlash, metallurgiya sanoatlari va shu kabilardan iborat.
Oligopolistik korxonalar hukmronligi sharoitida raqobat o‘ziga
xos ravishda, ya’ni o‘zaro kelishuvchanlik asosida olib boriladi.
Ayniqsa, baho siyosati bo‘yicha hech qaysi korxona mustaqil bo‘l-
maydi. Ular o‘zaro yashirincha kelishuv asosida ish olib boradilar,
jumladan, bozorni bo‘lish yoki taqsimlash va boshqacha yo‘llar
bilan o‘zlari o‘rtasidagi raqobatni cheklashdan iborat. Yashirincha
kelishish ham bir qator shakllarda bo‘lishi mumkin. Ulardan biri
kartel bitimidir. Kartel bitimiga kirgan korxonalar, firmalar ishlab
chiqarish hajmi, mahsulotlarning narxlari va boshqa muhim
masalalarda kelishib oladilar. Bunga misol qilib OPEK va shunga
o‘xshash bir qator tashkilotlarni keltirish mumkin. Ular kelishilgan
narxni ushlab turish uchun, hatto, ishlab chiqarish hajmini ham
kengaytirib yoki kamaytirib, tartibga solib turishadi. Narxlarni
belgilashdagi o‘zaro yashirincha kelishuv norasmiy vosita hisob-
lanib, bunga jahon hamjamiyati tanqidiy qaraydi. Bunday tarmoqqa
kiruvchi barcha firmalar uchun narxni o‘zgartirish majburiy
hisoblanadi.
8.6. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom
raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi uni harakatlan-
tiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat, bozor munosabatlarining rivojlanishi
bilan ajralmas bog‘liqlikda rivojlanib boradi. Bozor iqtisodiyoti
munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarda raqobat
munosabatlarini rivojlantirish, tartibga solish ancha murakkab jarayon
sifatida uzoq davrlardan buyon davom etib kelmoqda. Natijada hozirgi
vaqtga kelib jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida raqobat bozor
tizimining ajralmas qismi sifatida takomillashib bormoqda. Shu
munosabat bilan respublikamizda bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi,
harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat munosabatlarini rivojlanti-
168
rishga katta ahamiyat berilmoqda. Chunki bozor iqtisodiyotining
obyektiv qonunlarini — talab va taklif, tovar nafliligi, raqobat qonu-
nining talabini hisobga olmasdan, bozor munosabatlarini takomillash-
tirib borishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotining raqobatsiz
samarali rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun davlat
tomonidan raqobatni rivojlantirish va tartibga solish to‘g‘risida bir
qator qonun hujjatlari qabul qilinib, ularning bajarilishi nazorat
qilib borilmoqda. Bu esa bozorda raqobatning amal qilishi uchun
shart-sharoitlar yaratilayotganligidan darak beradi.
Biz yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, bozorda raqobatlashuvning
kuchayib borishi bilan iqtisodiyotda monopollashuv jarayonlari ham
kuchayib borishi kuzatiladi va raqobatning cheklanishiga olib keladi.
Bu holat davlat tomonidan mamlakatda raqobat uchun shart-
sharoitlar yaratib berishni taqozo qiladi. Raqobatni erkin ravishda
amalga oshirishning samarali yo‘li esa davlatning monopoliyaga
qarshi kurashi siyosatida o‘z aksini topadi.
Qonunga rioya etmaslik, raqibga zarar yetkazish kabi harakatlar
uchun jazo choralari belgilangan. Qonun buzuvchilar jarima
to‘lashlari, keltirgan zararlarni qoplashlari, olgan foydasidan mah-
rum etilishlari mumkin. Monopoliyaga qarshi choralarni amalga
oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida Monopoliyadan chiqarish
va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi. Boshqar-
maga respublikamizdagi monopol mavqega ega bo‘lgan korxona-
larni ro‘yxatga olish, ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni
tartibga solib turish bo‘yicha huquqiy vakolat berildi.
Keyinchalik bu boshqarma Respublika Monopoliyaga qarshi
kurash va raqobatni rivojlantirishi davlat qo‘mitasiga aylantirildi
va hozirgi vaqtda bu qo‘mita respublikamizdagi monopol korxo-
nalarni davlat ro‘yxatiga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon
tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan
holda faoliyat olib bormoqda.
Ushbu davlat qo‘mitasi o‘z vakolatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan
monopoliyalarning bozordagi mavqeyini tartibga solishda bir qator
usullardan foydalanmoqda. Jumladan, birinchi usulda — monopol
mavqeyidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori
darajasini yoki rentabellikning chegarasini belgilab qo‘yish.
Masalan, qo‘mita tomonidan belgilangan mezonga ko‘ra, korxona
ishlab chiqargan mahsulotlarning muayyan bir turi bozordagi
shu turdagi mahsulotning 35 % idan ortiq bo‘lsa, bu korxona
monopol korxona sifatida davlat ro‘yxatiga kiritiladi va ularga
qarshi choralar ko‘riladi. Agar ular oziq-ovqat tovarlari guruhida
169
bo‘lsa, bunday tovarlar uchun mezon 20 % darajasidan oshmasligi
kerak deb belgilangan.
Ikkinchi usulga — monopol mavqeyini suiiste’mol qilgan
monopolistik birlashmalarni bo‘lib tashlash yoki maydalashtirish
kiradi. Bu ish Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-iyuldagi 366-
qarori bilan tasdiqlangan «Obyektlarning xo‘jalik yurituvchi
jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to‘g‘risida»gi
nizom asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994—1996-
yillar davomida monopol mavqeyidagi aksiyadorlar jamiyatlari,
ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqa-
rilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi. 2000-yilda xususiy-
lashtirilgan obyektlar bazasida 154 ta ochiq turdagi aksiyadorlik
jamiyatlari tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda ham bu faoliyat davom
ettirilmoqda.
Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan muhim
ish — bu O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquq-
larini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishidir. Bu
Qonunga ko‘ra, bozorlarga belgilangan talablarga javob bermay-
digan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm yaratildi.
Natijada mamlakatimizdagi tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini
tartibga solish, ya’ni ular mahsulot va xizmatlariga narxlar hamda
tariflar darajasi, shuningdek, taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar
turiga doir asosiy ko‘rsatkichlari belgilanadigan bo‘ldi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Raqobat;
• raqobat strategiyasi;
• raqobat usullari;
• tarmoq ichidagi raqobat;
1. Raqobat nima va uning bozor sharoitidagi rolini tushuntirib bering.
2. Raqobat qonuni nima?
3. Raqobat shakllari to‘g‘risida nimalar bilasiz?
4. Òarmoq ichidagi raqobatni tushuntirib bering.
5. Òarmoqlararo raqobatni qanday izohlaysiz?
6. Erkin raqobat sharoitida narxning tashkil topishi qanday sodir bo‘ladi?
7. O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish qanday amalga oshirildi?
• tarmoqlararo raqobat;
• raqobat shakllari;
• raqobat ko‘rinishlari.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
170
9-bob. NARX VA UNING SHAKLLANISH MEXANIZMI
9.1. Narxning iqtisodiy mazmuni
«Narx nima?», «Uning iqtisodiy mazmuni nimani anglatadi?»
kabi savollar nafaqat iqtisodchi olimlarni, balki har qanday tovar
va xizmatlarni sotuvchi hamda shu tovar va xizmatlarni sotib
oluvchilarni qiziqtiradi. Iqtisodchi olimlar narx tushunchasiga va
uning iqtisodiy mazmunini ochib berishga ikki xil yondashadilar:
ularning bir guruhi klassiklar va ikkinchi guruhi neoklassiklar
deb ataladi.
Klassiklar narx tushunchasi, uning mazmun-mohiyatini ishlab
chiqarish nuqtayi nazaridan yondashib tushuntirishga harakat qiladilar.
Ularning fikricha, narx ishlab chiqarish omillari, eng avvalo, mehnat
omili bilan bog‘liqdir, «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir»
deyishadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ular narx asosini qiymat tashkil
qiladi deb qaraydilar. Har qanday qiymat mehnat orqali yaratiladi,
deb o‘z fikrlarini asoslashadi. Shuning uchun ularga «mehnat va
qiymat nazariyasi» asoschilari deb qaraydilar. Bunday qarashga
A. Smit va D. Rikardo tomonidan asos solinib, keyinchalik Jon
Styuart Mill tomonidan rivojlantirilgan. Ular tovarning qiymati unga
sarflangan mehnat sarflari bilan o‘lchanadi deyishgan.
Bir jihatdan yuzaki qaralganda, bu to‘g‘ridek ko‘rinadi. Chunki
amalda tovar ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi. Lekin
uni aniq o‘lchab bo‘lmasligi tufayli amalda qiymat bilan narx
o‘rtasidagi bog‘lanish xarajatlar orqali namoyon bo‘ladi. Narx
miqdori tovar birligini ishlab chiqarish uchun barcha qilingan
xarajatlar bilan o‘lchanadi. Shu bilan bir qatorda xarajatlarga
ma’lum miqdorda olinadigan foyda ham qo‘shiladi, natijada
mahsulotning narxi kelib chiqadi. Lekin narxning bunday ta’rifla-
nishi ham uning iqtisodiy mazmunini to‘liq ochib bera olmaydi,
chunki bu holatda tovar va xizmatlarning narxi faqat mehnat mah-
suli bo‘lgan tovarlarga taalluqli bo‘lib, cheklanib qoladi. Vaholanki,
mehnatdan boshqa ma’lum omillar ham o‘z narxlariga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, narxni bunday ta’riflaydigan bo‘lsak, xarajatlar
ko‘paygan sari, narx ham uzluksiz ravishda oshib boradi qoidasini
mutlaq o‘rinli deb tan olishga to‘g‘ri keladi.
171
Neoklassik guruh vakillari (bu guruhning eng atoqli namoyandasi
Alfred Marshall) nuqtayi nazariga ko‘ra, «Narx tovarlar va xizmat-
larning nafliligini baholash vositasi bo‘lib, unga to‘lanadigan pul miq-
dorini ifodalaydi». A. Marshall qiymatni butunlay inkor qilib, faqat
almashuv qiymat bor va narxning asosini tashkil qiladi, deb ko‘rsatadi.
Uning fikriga ko‘ra, narx shakllanishining asosida, eng avvalo,
me’yoriy naflilik, so‘ngra ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va
taklif turadi.
Oldingi boblardan sizga ma’lumki, bozorda talab va taklifning
qisqa muddatli, uzoq muddatli muvozanat hollari bo‘lib turadi.
Shundan kelib chiqqan holda A. Marshall bozorda qisqa muddatli
muvozanat davrida narxga naflilik ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, agar
muvozanat uzoq muddatli bo‘lsa, narxlarning shakllanishiga ishlab
chiqarish xarajatlari ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrni asoslaydi.
Yuqoridagi nazariy asoslardan kelib chiqqan holda xulosa qilib
aytish mumkinki, hozirgi zamon iqtisodchilari ko‘proq neoklassik
nazariya tarafdorlarining fikriga qo‘shiladilar. Ular narx tushuncha-
sining iqtisodiy mazmunini ochib berishga bozor mexanizmi
nuqtayi nazaridan yondashadilar va narx bozor hamda undagi
mavjud holat ta’siri ostida kelib chiqadi deyishadi.
Iqtisodiyot nazariyasi narxni iqtisodiy toifa sifatida o‘rganadi.
Chunki bozor munosabatlari tovar va xizmatlar taklif qiluvchilari
bilan uning xaridorlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlardan iborat
bo‘lganligi uchun narx bu munosabatlarning eng muhim asosini
tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxga muayyan
mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy farovonlik darajasining
muhim ko‘rsatkichi sifatida ham qaraladi. Narxning iqtisodiy
mazmunini aniq tushunib olish uchun uning funksiyalari va
vazifalarini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.
Qiymat
Talab va taklif
Raqobat
Naflik
Narx
Narxning shakllanishi
172
9.2. Narxning funksiya va vazifalari
Narxning hisob-kitob va o‘lchov funksiyasi
Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, yuqorida narx tushunchasida
klassiklar «Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir», neoklassiklar
esa «Narx tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vositasi bo‘lib,
unga to‘lanadigan pul miqdorini ifodalaydi» deb ta’rif beradilar.
Bundan ko‘rinib turibdiki, har ikki ta’rifda ham narxning pul bilan
ifodalanishi ko‘rsatiladi. Narx tovar yoki xizmat uchun to‘lash lozim
bo‘lgan pul miqdorini bildiradi. Bu bilan narx orqali tovar va xizmatlar
yaratish uchun qilingan xarajatlar va olingan natijani, ya’ni jamiyatda
ishlab chiqarish va iste’mol hajmini o‘lchash yuz beradi.
Xarajatlar va olingan foyda miqdori narxga bog‘liq ekanligi ham
ko‘rinadi. Albatta, hamma narsaning moddiy aniq o‘lchami
bo‘lavermaydi va uning narxi shartli ravishda belgilanadi. Masalan,
o‘qituvchining, shifokorning, boshqaruvchining va shu kabi
xizmatlarning aniq moddiy o‘lchami yo‘q, uni faqat shu xizmatning
shartli ravishda belgilangan narxiga qarab pulda o‘lchash mumkin.
Moddiy o‘lchamga ega bo‘lgan hamda bo‘lmagan hamma mahsu-
lotlar, xizmatlarni faqat narx orqaligina umumiy ko‘rsatkichda
ifodalash mumkin. Umuman olganda, har bir odam, oila, firma,
korxonadan boshlab, to butun mamlakat miqyosigacha faoliyat
natijalari narxlar yordamida o‘lchanadi. Hamma alohida mamla-
katlar YIM hamda jahon YM miqdori ham bozor narxi asosida
hisoblanadi.
Narxning iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasi
Narx iqtisodiy toifa sifatida bozor iqtisodiyotini boshqarish-
ning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar ishlab
chiqarishga asoslangan iqtisodiyotdir. Bozor ishlab chiqaruvchi
bilan iste’molchini bir-biri bilan narx orqali bog‘laydi. Unda narxlar
doimo o‘zgarib turadi. Chunki bozorda narx talab va taklif bilan
bog‘liq holda kelib chiqadi. Bozor ishtirokchilari ana shu
o‘zgarishlarni hisobga olgan holda qanday tovarlar ishlab chiqarish,
xizmatlar ko‘rsatish zarurligini aniqlab faoliyat yuritadilar.
Bozorda qaysi tovarlarga talab yuqori bo‘lsa, uning narxi baland
bo‘ladi yoki aksincha, talab kam bo‘lsa, narxi past bo‘ladi. Òalabning
ko‘pligi ishlab chiqarishni kengaytirish va tovar hajmini ko‘pay-
tirish, aksincha, taklifning ko‘pligi ishlab chiqarishni qisqartirish
174
eng oxirgi darajasiga qadar, hatto vaqtincha zarar keltiruvchi, ya’ni
xarajatdan past darajadagi narxlar belgilanishi ham mumkin. Narx
orqali raqobat ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar o‘rtasida
ham olib boriladi.
Ishlab chiqaruvchilar resurslarni arzon narxlarda olish uchun
kurash olib boradilar va o‘z tovarlarini shunga mutanosib ravishda
arzonroq sotish yo‘li bilan o‘z raqiblarini bozordan siqib chiqarishga
harakat qiladilar. Iste’molchilar arzon narxlarda tovarlarni sotib
olishga harakat qilishadi. Xullas, bozor sharoitida narxning raqobat
funksiyasi iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida o‘zini
namoyon qiladi.
Narxning funksiyalari
Bunda narx bozordagi talab va taklifning
hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali
ularni muvozanat holatiga keltiradi
Bozor
muvozanatini
ta’minlash
Hisob-kitob
olchov
Qilingan xarajatlar, ko‘rilgan foyda-
zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi
ma’lum narxlar asosida hisob-kitob qi-
linadi
Narxdagi o‘zgarish bozor holatini bil-
diradi, bu esa talab va taklif nisbatiga
bog‘liq
Iqtisodiy
regulatorlik
Raqobat
vositasi
Ijtimoiy
himoya
Raqobat turlaridan eng muhimi narx
vositasida kurashdir. Firmalar o‘z raqib-
larini yengish, ularni bozordan siqib chi-
qarish uchun narxni o‘zgartirib turadilar
Narx aholining ayrim toifasini qim-
matchilikdan saqlashga yordam beradi
175
Narxning ijtimoiy himoya vazifasi
Narxning funksiyalari bilan bir qatorda ijtimoiy himoyalash
vazifasi ham mavjud bo‘lib, uning bajarilishini davlat amalga
oshiradi. Bozorda narxlarning talab va taklif ta’siri ostida o‘zgarib
turishi aholining turli oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa iste’mol
ne’matlari uchun xarajatlari hajmiga bevosita ta’sir qiladi. Narxlar
o‘zgarishiga bog‘liq ravishda aholining iste’mol budjeti, yashash
minimumi, turmush darajasi ham o‘zgarib turadi.
Shu munosabat bilan davlat tomonidan bozordagi narxlarga
bevosita va bilvosita ravishda ta’sir ko‘rsatish orqali aholining tur-
mush darajasini o‘stirib borish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.
Masalan, O‘zbekistonda aholining nochor va kambag‘al qatlam-
lariga arzonlashtirilgan narxda tovarlar sotilishi tashkil qilinadi
va u ijtimoiy dotatsiyalashgan narxlar deyiladi. Bu dotatsiyalar
davlat budjeti yoki turli xayriya mablag‘lari orqali moliyalashtiriladi.
Davlat tomonidan narx orqali bunday ijtimoiy himoya tadbirlari-
ning amalga oshirilishi iqtisodiy adabiyotlarda narxning ijtimoiy
himoyalash vazifasi deb qaraladi. Lekin bozor iqtisodiyoti sharoi-
tida bunday ijtimoiy himoyalash vaqtinchalik xarakterga ega
bo‘lib, ma’lum vaqtdan so‘ng bozorda erkin narxlar to‘la amal
qiladi.
9.3. Erkin bozorda narxning shakllanishi
Iqtisodiyot nazariyasi fani narxni iqtisodiy toifa sifatida
o‘rganib, uni bozor qonun-qoidalari, turli omillar va g‘oyat murak-
kab iqtisodiy munosabatlar ta’sirida kelib chiqishini ko‘rsatadi.
Bozor qonun-qoidalari talab va taklif qonunining hamda raqobat
kurashining ta’siri ostida kelib chiqsa, turli omillar esa bu, eng
avvalo, tovarning qiymati, uning nafliligi kabilardan iborat deb
asoslab beradi.
Ma’lumki, tovarning bir-biriga bog‘liq ikki xususiyatga, birin-
chidan, qiymatga, ya’ni ma’lum mehnat natijasiga, ikkinchidan,
iste’mol qiymati ma’lum bir naflilik xususiyatiga egadir. Òovarning
mana shu ikki xil xususiyati va narx mazmunini aniqlashda turli
iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha yondashuvlar bor. Jumladan,
klassik iqtisod maktabi vakillari narxning asosini qiymat tashkil
qiladi deyishsa, hozirgi davrda oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan
176
«Ekonomiks» darsligining mualliflari P. Samuelson, Makkonell va
S. Bryularning fikriga ko‘ra, tovar narxining asosini uning nafliligi
tashkil etadi, deb ko‘rsatadilar. Yana bir guruh olimlar esa narx
talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning har biri
o‘zlaricha turli dalillar bilan o‘z fikrlarini asoslashga harakat qilishadi.
Narxning shakllanishidagi dastlabki asos — bu qiymatdir. Qiymatni
mehnat yaratadi. Ammo har qanday mehnat qiymat yaratavermaydi.
Kishilarning ma’lum talabini qondiradigan kerakli tovarlarni yaratish
uchun zarur bo‘lgan, bir me’yorda sarflangan mehnatgina qiymat
yaratadi. Insonning ehtiyojini qondira olmaydigan, foydali bo‘lmagan
mehnatni kishilar tan olishmaydi va u mehnat qiymatni yaratmagan
holda narxga asos bo‘la olmaydi. Ma’lum bir tovarlar birligiga qilingan
mehnat sarflari turlicha bo‘lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat
sarfi sifatida to‘la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi
esa umuman tan olinmasligi ham mumkin.
Ijtimoiy zaruriy mehnat deganda ma’lum bir xil sharoitda ishlab
chiqarish omillari bilan o‘rtacha darajada ta’minlangan, o‘rtacha
mehnat unumdorligi va jadalligi darajasida sarflangan mehnat
tushuniladi. Xuddi shunday mehnat tovarning qiymatini yaratadi.
Òovar qiymatining esa o‘z mezoni yoki miqdori bo‘lib, bu miqdor
tovarlar almashinuvining asosini tashkil etadi. Biroq, tovar qiymati-
ning miqdori ilmiy-texnika taraqqiyoti, odamlar bilimi va mahorati-
ning ortib borishi, o‘zaro hamkorlik, faoliyatlar integratsiyasi natija-
sida o‘zgarib boradi.
Har qanday tovarda ikki xil mehnat gavdalanadi: birinchisi,
avvalgi qilingan mehnat, ayrim iqtisodchilar uni «o‘lik mehnat»,
«buyumlashgan mehnat» deb ham atashadilar va u ishlab chiqarish
qurol-vositalari; binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar,
texnologiya, xomashyo, yoqilg‘i, yordamchi materiallar va shu
kabilar sarfidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish vositalari qiymati
qancha past bo‘lsa, tovarning qiymati ham shunga mutanosib
ravishda pastroq bo‘ladi va aksincha, ikkinchisi, jonli mehnat, ish
kuchi sarfi, ishchi va xodimlarning mehnat sarfi bo‘lib, u ish
kunlari, ish soatlari yoki ishchi tomonidan yaratilgan mahsulot
miqdori hisobi kabi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har ikki shakldagi mehnatning
pul ko‘rinishida narxi bo‘ladi. Boshqacha aytganda, tovarda gavda-
langan ijtimoiy zaruriy mehnat tovar qiymatini yaratadi va u pulda
o‘z ifodasini topadi. Òovar qiymatining puldagi ifodasiga tovarning
narxi deyiladi. Biroq tovar narxi shunchaki iqtisodiy toifa emas,
177
ayni chog‘da u ijtimoiy toifa hamdir. Buning ma’nosi shuki, tovar
qiymati bozorda, bir tovar ikkinchisi bilan taqqoslanganda bilinadi,
ya’ni tovar taklifi va tovar talabi bilan bog‘liq aniqlanadi. Òovar
bahosining shakllanishiga uning qiymati bilan birga tovarga bo‘lgan
talab va taklif ta’sir etadi. Òovarning iste’mol qiymati, ya’ni naflilik
darajasi yuqori bo‘lganida tovar narxi yuqori bo‘ladi. Bozordagi
mavjud narxlarga undagi qiymat to‘la asos bo‘ladi deb qarash
ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Chunki unga mehnat, ya’ni qiymatdan
tashqari boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘zgarib
turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi
tebranib, uning qiymatidan ancha yuqori yoki past bo‘lishi
mumkin. Bunday holat, ko‘pincha, raqobat kurashi ta’siri ostida
kelib chiqadi. Bundan tashqari, xaridor u yoki bu tovarni sotib
olishda nafaqat uning qancha turishini, balki shu tovarning iste’mol
xususiyatlari o‘z ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, uning
nafliligini ham hisobga oladi. Bu holatda ma’lum tovar uning
qiymatidan past yoki yuqori bo‘lgan narxda sotilishi mumkin.
Òovarlar qiymati ularning nafliligi bilan bog‘liq holda bozor narxida
o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda tovarlar «iste’mol qiymatlari» deyiladi.
Bu bilan tovarning iste’molga yaroqli ne’mat ekanligi, uning naflilik
xususiyati nazarda tutiladi. Òovarning iqtisodiy nafliligi tushunchasi
tovarlarning bozordagi talabni qondirish darajasi bilan bog‘liq kelib
chiqadi va u ishlab chiqarishning ko‘payishi to‘g‘ri nisbatda bo‘lmaydi,
zero ne’matlarning miqdoran ko‘payishi ularning qadr-qimmati
pasayishiga, «iqtisodiy qadrsizlanish»iga, ya’ni kamroq nafliroq
bo‘lishiga olib keladi. Òovarning naflilik darajasi uning miqdoran
qanchalik darajada bo‘lishi bilan belgilanadi. Umuman olganda,
tovarning nafliligi bilan unga ketgan xarajatlar o‘rtasida ma’lum
bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ayrim tovarlarning ko‘p ishlab chiqarilishi
uning iqtisodiy nafliligini pasaytiradi va xarajatlar o‘sishiga olib keladi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, narx shakllanishi-
ning muhim omili — bu bozordagi talab va taklifning nisbatidir.
Agar talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, narx oshadi, agar taklif talabdan
ko‘p bo‘lsa, narx pasayishi sodir bo‘ladi. Xuddi shu jarayon tufayli
talab narxni oshirgan vaqtda unga javoban taklif ko‘payadi, chunki
yuqori narx sharoitida foydani ko‘p olish uchun ayrim ishlab
chiqaruvchilar tovar ishlab chiqarishni ko‘paytiradilar. Shu bilan
bir qatorda taklif me’yoridan ortib ketsa, narx qaytadan pasayib,
tovarni ishlab chiqarish kam foydali yoki zararli bo‘lib qoladi.
178
9.4. Narxning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
Bozorda talab xaridorning sotib olish imkoni va didiga bog‘liq
bo‘lib, o‘zgarib turadi. Xaridorning imkoniyatlari ham cheklangan
bo‘ladi. Hatto xaridorning didi, qanday tovarni tanlashi, shu tovarni
olish yoki olmasligi ham uning puli, imkoniyatiga bog‘liq. Agar
uning puli yetarli bo‘lsa, u o‘z didiga mos tovarni yuqori narxda
bo‘lsa ham sotib oladi. Lekin puli kam xaridor shu tovarning
narxi past bo‘lsa ham ololmaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hamma xarid qobiliyati doirasida
o‘zi uchun eng nafli tovarlarni tanlab oladi. Òovarning naflilik
darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, narxi ham shunchalik yuqori
bo‘ladi. Ammo naflilikning me’yoriy cheklanganlik xususiyati bor.
Har qanday tovar yoki xizmat-
ning nafliligi eng yuqori daraja-
siga chiqquncha uning narxi
oshib boradi, so‘ngra pastlay
boshlaydi.
Chizmada 0Y chizig‘i naflik
bo‘lsa, 0X chizig‘i tovar narxidir.
0Y chizig‘i bo‘ylab naflik 0 dan
5 ga yetguncha ortib borgan va
eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan.
Shunga binoan, 0X chizig‘i
bo‘yicha narx o‘zgarib 0 dan
30 gacha yetgan. Shundan so‘ng
naflik pasayishiga moyil bo‘lib
5 dan 2 gacha tushgan. Bunga
javoban narx 30 dan 15 gacha
pasaygan. Narx oldin A nuqtagacha oshib borgan, so‘ngra B nuq-
tagacha pasaygan.
Òovar nafliligi darajasini oshirish orqali uning narxiga ta’sir
ko‘rsatish mumkin bo‘lib, shulardan biri uni iste’mol qilish uchun
ketadigan vaqtni tejashga erishishdan iborat. Lekin iste’mol uchun
qulaylik yaratib, iste’molchining vaqtini tejash uchun ishlab chiqa-
ruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining xarajatlari ortib boradi va
ular tovar narxining oshib borishiga olib keladi. Masalan, hozirgi
vaqtda iste’molchi uchun qulaylik yaratish maqsadida oziq-ovqatlar
savdosida yarim tayyor mahsulotlar ko‘payib bormoqda. Bu, albatta,
ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘shimcha xarajatlar qilish va shunga
1
Naflik
3
5
3
1
0
10 15 20 25 30 25 20 15 10
X
B
Y
A
N a r x
Naflik va tovar narxining harakati
179
mutanosib ravishda ular taklif qilayotgan tovarlarining narxi ortib
borishiga olib kelmoqda.
Shunga qaramasdan, vaqtning qadri yuqori bo‘lgan iste’molchilar
ushbu tovarlarni narxining baland bo‘lishiga qaramay sotib olmoqda.
Ayrim iste’molchilar uchun narx ortishi tufayli yo‘qotgan puli ularning
shu vaqtda topadigan puliga nisbatan kamroq ekan. Bu iqtisodiyot
nazariyasining muhim qoidasi bo‘lgan vaqtni tejash qonunidan kelib
chiqadi va vaqt birligida topiladigan pul bilan o‘lchanadi.
Biz yuqorida narxning raqobat funksiyasini o‘rganib, raqobat narx
yordamida olib borilishini bildik. Bozorda raqobatchilar taklifni
ko‘paytirish orqali narxga ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatchilar tovar taklifini
ko‘paytirishsa, narx pasayadi, agar taklif kam bo‘lsa va ular o‘zaro
kelishib olishsa, narx baland bo‘ladi. Masalan, bozorda 10 ta sotuvchi
bo‘lib, ular qo‘lida jami 2 tonna shakar bor, agar shu shakar 10 ta
sotuvchi qo‘lida bo‘lsa, bir kilogramm shakarning narxi 2000 so‘m,
agar ikki kishi qo‘lida bo‘lsa, uning narxi 4000 so‘m bo‘lishi mumkin.
Oddiy tahlil qilinsa ma’lum bo‘ladiki, birinchi holda raqobat kuchli,
chunki shakarni 10 kishi taklif qilmoqda, ular ko‘pchilik va kelishib
olishlari qiyin, ikkinchi holda raqobat yo‘q, chunki taklif etuvchilar
kam va ular o‘zaro kelishib olishlari mumkin.
Biz ushbu bobning boshlanishida narxlarning shakllanishi
anchagina murakkab jarayon va u juda ko‘p omillar ta’siri ostida
sodir bo‘ladi, deb aytib o‘tgan edik. Omillardan biri qiymat hisob-
lanadi. Qiymatning pasayishi narxni arzonlashtirsa, talabning
ortishi uni qimmatlashtiradi. Agar tovarning nafliligi yuqori bo‘lib,
raqobat kuchli bo‘lsa, narx pasayishi mumkin yoki aksincha, naflilik
darajasi pasayganda raqobat bo‘lmasa, narx oshishi mumkin.
Bundan ko‘rinib turibdiki, narx turli omillarning ta’siri ostida
shakllanadi va o‘zgarib turadi. Raqobat sharoitida narxga ta’sir
etuvchi omillar erkin harakatda bo‘ladi va bozor narxining kelib
chiqishiga asosiy sabab bo‘ladi. Raqobatli bozorda sotuvchilar va
xaridorlar ko‘pchilik bo‘lganidan narxlar savdolashuv asosida kelib
chiqadi va bu muvozanat narxi deb yuritiladi.
Agar bozorda raqobat bo‘lmasa, bunday bozor monopollashgan
hisoblanadi. Monopollashgan bozorda tovarlar taklifi ozchilik
qo‘lida bo‘lganligi uchun sotuvchilar tovarlarga o‘zlariga ma’qul
bo‘lgan narxlarni o‘rnatib, kelishilgan holda belgilashib sotadilar.
Bu narxlar xaridorlar uchun ma’qul bo‘lmasa-da, ularni sotib
olishga majbur bo‘lishadi. Natijada monopol bozor sharoitida
tovarlar taklifi ozchilik qo‘lida bo‘lganligi uchun sotuvchining
180
mo‘ljallagan narxi bozor narxiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida, odatda, talab monopoliyasi ham bo‘lishi mumkin. Bu
iqtisodiy adabiyotlarda monopsoniya, ya’ni iste’molchilar monopo-
liyasi deyiladi. Bu holat tovarga talab ozchilik xaridorlar ixtiyorida
bo‘lsa, xaridor mo‘ljallagan narx bozor narxiga aylanadi.
Òovarning xarid narxi alohida olingan bir kishi uchun emas,
balki jamiyat uchun nafliligining tan olinishi muhim hisoblanadi.
Shu sababli iqtisodiyotda «ijtimoiy iste’mol qiymat» tushunchasi
mavjud bo‘lib, u biror tovar yoki xizmatning jamiyat uchun naflili-
gini ko‘rsatuvchi tushuncha sifatida ishlatiladi. Xulosa sifatida
aytish mumkinki, narx yaratilgan qiymatga qilingan xarajatlar va
uning nafliligini o‘zida mujassamlashtirgan pul ko‘rinishidagi
iqtisodiy tushunchani ifoda etadi.
Bu holatni yaxshiroq tasavvur qilish uchun quyidagi chizmaga
e’tiborni jalb etamiz:
Òovar narxining shakllanishiga ta’sir qiluvchi asosiy omillar
Chizmada tovarning narxi shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar
ko‘rsatilgan bo‘lib, undan ko‘rinib turibdiki, narx ishlab chiqaruv-
chilarning har bir tovar birligiga individual xarajatlari yoki alohida
olingan shaxslarning o‘z didi va talabi asosida uning naflilik daraja-
siga bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan
ijtimoiy xarajatlar va jamiyat uchun zarur bo‘lgan miqdorda va
sifatda yaratilgan hamda tan olingan ijtimoiy naflilik (ijtimoiy
iste’mol qiymat)da o‘z ifodasini topar ekan. Narx darajasiga bir
qator boshqa omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillar quyidagi chiz-
mada ifodalangan:
Qiymat
Ijtimoiy
qiymati
Qiymatning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy zaruriy
xarajatlar
Tovar
Narxi
Naflilikning
puldagi ifodasi
Ijtimoiy
nafliligi
Nafliligi
181
Narxga ta’sir qiluvchi omillar
Bundan xulosa shuki, tovarlar va xizmatlar uchun qilingan ijti-
moiy xarajatlarning o‘sishi yoki tovar va xizmatlar sifatining
yaxshilanishi ushbu tovar va xizmatlar narxining o‘sishiga olib keladi.
9.5. O‘zbekistonda amaldagi narx tizimi va turlari
Hozirgi vaqtda respublikamiz iqtisodiyotida amal qilib turgan
barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narx tizimi va
ularning ayrim turlarining iqtisodiy mazmunini qisqacha tavsiflab
chiqamiz.
Ulgurji (ko‘tara) narxlar. Bu narxlardan, asosan, ishlab chiqa-
ruvchilar foydalanadi. Bunda katta miqdorda tovarlar xaridorlarga
taklif etilib, o‘zaro kelishilgan holda sotiladi. Ulgurji narxlar ishlab
chiqaruvchilar va ta’minot-savdo tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro
kelishuv orqali kelib chiqadi. Ulgurji narxlar, eng avvalo, ishlab
chiqaruvchilar hamda ulgurji savdo-ta’minot korxonalarining
umumiy xarajatlarini qoplashi bilan bir qatorda ularning ma’lum
miqdorda foyda olishlarining ham ta’minlanishini o‘z ichiga oladi.
Ulgurji narxlar asosida savdo ko‘proq tovar birjalari va savdo
uylarida amalga oshiriladi.
Shartnomaviy narxlar. Shartnomaviy narxlar sotuvchi va xaridor
o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida shakllanadi va u ma’lum
muddatga tuzilgan holda amal qiladi. Faqat taraflarning roziligi
bilangina o‘zgartirilishi mumkin. Bunday narxlar milliy va xalqaro
bozorlarda qo‘llaniladi. Xalqaro bozorda shartnomaviy narxlar
Tovar ishlab
chiqarishdagi
ijtimoiy zaruriy
sarflar (qiymat)
Turli xil to‘g‘ri
soliqlar
Talab va taklif
nisbatlar
NARX
Davlat iqtisodiy
siyosati
Tovar yoki xizmatning
nafliligi
Raqobat kurashlari
Xaridorlarning didi
182
tovar va xizmatlarning jahon bozorlaridagi narxlariga asoslangan
holda kelib chiqadi. Shartnomaviy narxlar deb sotuvchi va
xaridorning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadigan va tuzilgan
shartnomada qayd qilingan narxlarga aytiladi.
Chakana narxlar. Bu narxlardan keng xalq ommasi foydalanadi.
Bozorlarda tovar va xizmatlar shu narxlar asosida bevosita iste’-
molchilarga sotiladi. Chakana narxning shakllanishi bozorda
sotuvchi bilan xaridorning o‘zaro kelishuvi asosida tashkil topadi-
yu, lekin uning tarkibiga ulgurji narx, chakana savdo tashkilot-
larining xarajatlari hamda ularning oladigan foydasi kiradi. Cha-
kana narx tovarlarga bo‘lgan talab va taklifga bevosita ta’sir
ko‘rsatib turadi.
Chegaralangan narx. Bunday narxlarning yuqori va quyi
chegarasi belgilangan bo‘lib, u davlat tomonidan amalga oshiriladi.
Ularni ba’zilar limitlangan yoki imtiyozli narxlar deb yuritadilar.
Dotatsiyalangan narx. Bular davlat budjeti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narxlardir. Bu davlatning narxlarni tartibga solish
bo‘yicha faoliyatini amalga oshirishi natijasi sifatida vujudga keladi.
Bunday narxlar yordamida davlat inflatsiyani jilovlash, kam
daromadli oilalar, ishsiz va nogironlarga iqtisodiy yordam berish
kabi tadbirlarni amalga oshirib, ularni nazorat qiladi.
Demping narx. Bu narxlardan, ko‘pincha, xalqaro savdolarda
foydalanish taqiqlab qo‘yilishiga qaramasdan, amalda uchrab
turadi. Bozorda ayrim firmalar o‘z mavqeyini mustahkamlash va
raqiblarini yengish uchun shu narxdan foydalanadilar. Demping
narxni ayrim iqtisodchilar bozorga kirib olish narxi deb ham
atashadi, chunki monopollashgan bozorlarga shu narxda, ya’ni
rasmiy narxdan anchagina arzonlashtirilgan, hatto olinadigan
foydaning bir qismidan kechib yuborish orqali kirib boriladi.
Nufuzli narx. Bu narxdan aholining yuqori daromad oluvchi
qatlami xarid qiladigan nufuzli tovarlarni sotishda foydalaniladi.
Shu bilan bir qatorda bozorda ayrim firmalar sotilayotgan
tovarlarining hajmini o‘zgartirmasdan yuqori foyda olishga erishish
uchun foydalanishadi. Bu narxdan raqobat cheklangan monopol
bozorlarda ko‘proq foydalanadilar. Monopoliya sharoitida talab
narxga bog‘liq bo‘lmaydi, shu sababli narxning ko‘tarilishi tovar
sotilishini keskin kamaytirmaydi. Bunday narxlar rivojlangan
mamlakatlarda yuqori daromad oluvchi aholi qatlami uchun
mashhur kurortlarda dam olish, yangi modeldagi avtomashinalar
183
sotib olish kabi tovar va xizmatlarni sotishda ko‘proq uchraydi.
Nufuzli narxlar odatdagi narxlardan ancha yuqori bo‘ladi.
Erkin bozor narxlari. Bu narxlar talab va taklif asosida vujudga
keladigan bozor narxlaridir. Bu narxlar hozirgi zamonaviy, mada-
niylashgan bozor sharoitlarini vujudga keltirishda, bozor munosa-
batlarining barcha ishtirokchilari manfaatlarini eng maqbul tarzda
uyg‘unlashtirishga imkon beradigan narxlar hisoblanadi.
Hududiy, milliy va xalqaro narxlar. Hududiy narx deb faqat
ma’lum bir hududiy bozorga xos bo‘lgan bozor ko‘lamini hisobga
olgan holda shu hudud doirasidagi omillar ta’siri ostida shakllana-
digan narxlarga aytiladi.
Milliy bozor narxi. Bu ma’lum bir mamlakat xususiyatlarini
hisobga olgan holda shakllangan va faqat shu mamlakat doirasida
amal qiluvchi narxlarga aytiladi. Milliy narxlar shu mamlakat
doirasidagi ijtimoiy xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni,
tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga olgan holda
shakllanadi.
Jahon narxi. Bu muayyan tovarga ketgan baynalmilal
xarajatlarni, tovarning jahon andozasi talabiga mos kelish darajasini
hamda xalqaro bozordagi talab va taklifni hisobga olgan holda
shakllanadi.
Narx diapazoni. Bu narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi bo‘lib,
uning quyi, o‘rta va yuqori chegaralari mavjud bo‘ladi. Narx
diapazoni qanchalik katta bo‘lsa, tovar muomalasi shunchalik tez
yuz beradi, chunki talab bilan narx o‘zaro bog‘lanadi.
Narx pariteti. Bu tushuncha iqtisodiyot nazariyasida narxlar
nisbati deb ham yuritiladi. Iqtisodiy jarayonlar xilma-xil bo‘lsa-
da, ular bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq holda sodir bo‘ladi
va rivojlanadi. Bu jarayonlar va ularning oxir-oqibat natijalari
narxlar orqali yuzaga chiqadi. Masalan, ma’lum bir mahsulot ishlab
chiqarish uchun ketgan boshqa mahsulotlarning xarajatlari eng
so‘nggi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi. Shuning uchun barcha
ketgan mahsulotlar narxining o‘zgarishi butun narxlar nisbatini
o‘zgartirishi mumkin va buni aniqlashda narx pariteti tushuncha-
sidan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, narx turlari xilma-xil bo‘lsa-
da, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi
iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o‘z ifodasini topadi.
Shuning uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani narxni iqtisodiy toifa
sifatida o‘rganadi.
184
Turli tovarlar o‘rtasidagi iqtisodiy jihatdan
asoslangan nisbatlar
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, o‘z mav-
qeyini mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan
maxsus narx
Muvozanatli narx
Demping narx
Firma narx qo‘yganda tovar sotilishini qisqar-
tirmagan holda yuqori narx hisobiga foyda
olish
Mamlakat doirasidagi ijtimoiy xarajatlarni,
milliy bozordagi talab va taklifni, tovar naf-
ligini va naqadar qadrliligini hisobga olgan
narx
Nufuzli narx
Milliy narx
Davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlash-
tirilgan narx
Dotatsiyalangan narx
Tovarga ketgan baynalmilal sarf-xarajatlarni,
tovarning jahon standarti talabiga mos kelishi
darajasini, talab va taklifni hisobga olgan narx
Jahon narxi
Xaridor imkoniyatini hisobga olib, ma’lum
davrgacha o‘zgarmaydigan narx
Standart narx
Har ikki tomonning roziligi bilan belgilangan
va ularning shartnomasida qayd etilgan narx
Shartnomaviy narx
O‘zgaruvchan narx
Xarajatlar va bozordagi talabning o‘zgarishini
hisobga oladigan narxlar
Iste’mol tovarlarini bevosita aholiga sotish
narxi
Chakana narx
Erkin narx
Limit narxi
Preyskurant narxi
Savdolashuv asosida vujudga keladigan narx
Yuqori va quyi chegarasi belgilangan narx
Sotuvchi uchun mo‘ljallangan narx, xaridor
uchun bildirish yoki ma’lumotnoma narxi
Narx tizimi va turlari
185
9.6. Narx belgilashda foydani maksimallashtirish
Bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona, firma, tadbir-
korlar imkon boricha, o‘z foydalarini maksimallashtirishga harakat
qilishadi. Foydani maksimallashtirish imkoniyati ko‘proq mukam-
mal raqobatli bozor sharoitida monopolistning narx ustidan to‘la
nazorat qilishi natijasida talabning elastikligi bilan bog‘liq paydo
bo‘ladi. Agar bozorda xaridorlar talabining elastiklik darajasi
qanchalik qat’iy bo‘lsa, monopolist firmaning yuqori narxlar bel-
gilash uchun imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Natijada
shunday vaziyat vujudga kelishi mumkinki, monopol firma o‘z
xaridorlarini turli guruhlarga ajratib, bir xil tovarni har xil narxlarda
sotishi mumkin. Ammo bu tovar narxlaridagi farqlar aynan shu
tovarni ishlab chiqarish xarajatlariga bog‘liq bo‘lmaydi.
Xarajatlar bir xil bo‘lgan holda turli xaridorlarga turli narxlar
bilan tovar yoki xizmatlarning sotilish amaliyoti iqtisodiy adabiyot-
larda narx diskriminatsiyasi deyiladi. Narx diskriminatsiyasi bu
biror kishi huquqini cheklashni emas, balki xaridorlarning sotib
olish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tabaqalashtirib, ularning
ayrimlariga narxni tushirib, ayrimlariga esa narxni ko‘tarib tovarni
sotishdir. Bunday yo‘l bilan firmalar o‘z tovar va xizmatlariga
qo‘shimcha xaridorlarni jalb qilishni ko‘zda tutishadi. Lekin fir-
malar boshqalar uchun tushirilgan narxning evaziga, qolgan yuqori
narx bo‘yicha sotib olish imkoniyatiga ega xaridorlardan shu farqni
qoplab oladilar. Yuqori narxda sotish orqali diskriminatsiyani
doimiy ravishda amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki xaridorlar
ma’lum vaqt ichida nisbatan past narxli bozorga o‘tib ketishlari
mumkin. Narx diskriminatsiyasi yo‘lidan foydalangan firma bozor
muvozanat narxidan yuqori narxlarda o‘z tovarlarini sotish orqali
ko‘proq foyda olishga erishadi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanida narx diskriminatsiyasi mavzusi
iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, J. Robinson
ilmiy ishlarida yagona bozorning tabaqalashtirilishi foydali ekan-
ligini ko‘rsatib o‘tadi. Uning fikricha, monopolist bir necha bozor-
da yagona narx belgilasa, uning qo‘shimcha tovar sotishdan olgan
me’yoriy daromadi tabaqalashtirilgan bozorda sotganiga nisbatan
kamroq bo‘ladi. Chunki u turli bozorda shu tovarga talabning elas-
tikligi darajasidan kelib chiqadi. Firma-monopolist tabaqalash-
tirilgan bozorlar uchun mo‘ljallangan joyda sotmasa, narxni ko‘tarsa,
shu miqdordagi tovarni sotib olishmasligi mumkin. Bu holatda
186
boshqa bozorda elastiklik yuqori, xaridorlar narx tushishiga qarab
oladigan tovarlar miqdori ko‘payadi.
Narx diskriminatsiyasidan foydalanib, foyda miqdorini
maksimallashtirish anchagina murakkab masala hisoblanadi. Bu
yerda firma arzon bozorni qimmat bozordan ajrata olmasa, foydani
maksimallashtirish g‘oyasi amalga oshmay qoladi. Xaridorlar xuddi
shu tovarni arzon bozordan sotib olib, qimmat bozorda sotishni
tashkil qilishlari mumkin.
Yuqorida keltirilgan holatlardan ko‘rinib turibdiki, monopol
firma o‘z bozorini bozorning elastiklik darajasiga qarab tanlay
bilishi va uni tabaqalashtira olishi kerak ekan. Shuning uchun
hozirgi vaqtda bozor sharoitida har bir tadbirkor bu masalaga
alohida e’tibor bergan holda ish olib boradi. Misol uchun,
zamonaviy bozorlarda keng rivojlanib borayotgan supermarket
do‘konlarida alohida tabaqalashgan tarzda xizmat ko‘rsatiladi. Bu
supermarketlarga imkoniyati katta bo‘lgan xaridorlar tovarlar
qimmatroq bo‘lsa ham nufuzi baland bo‘lgani uchun tashrif
buyurib, «arzon bozor» xizmatidan foydalanishga or qilib, shu
joylardan savdo qiladilar, shuning uchun ayrim firmalarning
foydalari maksimumlashib boradi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Narx;
• ulgurji narxlar;
• chakana narxlar;
• dotatsiyalashgan narx;
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali tushuntirib bering.
2. Narxning asosiy turlarini qisqacha tavsiflang.
3. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topish mexanizmini tushuntirib
bering.
4. Narxning shakllanishiga qanday omillar ta’sir etadi?
5. Arzonchilik yoki qimmatchilik mezonlari nima?
6. Narxning qanday darajalari bor va ularni nima belgilaydi?
7. Narx funksiyasini tushuntirib bering.
8. Narx diskriminatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
9. Narx tashkil topishining, xarajatlar va bozor mexanizmining farqini
tushuntiring.
10. Narx qanday funksiyalarni bajaradi?
• demping narx;
• nufuzli narx;
• narx diapazoni;
• erkin narxlar.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
187
10-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING TARTIBLANISHI
10.1. Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi
Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotni boshqarish, tartibga solish,
tartiblashtirish kabi tushunchalar ko‘pincha bir xil ma’noni angla-
tuvchi tushunchalar sifatida qo‘llaniladi. Jumladan, boshqarish
nazariyasining asoschisi fransiyalik Anri Feyil boshqarishga shunday
ta’rif beradi: «Boshqarish barcha imkoniyatlardan iloji boricha foyda
olgan holda mehnat ahlini korxona maqsadlari sari yetaklashdir...
Boshqarish, avvalo, hamma narsani oldindan ko‘ra bilish, keyin
rejalashtirish, tashkilotchilik, muqobillashtirish va nazoratdan iborat».
Agar biz uning bu ta’rifini iqtisodiyotni boshqarish, ya’ni tartibga
solish amaliyotiga tatbiqan qarasak, boshqarish iqtisodiy faoliyatga
muayyan yo‘nalish berib, ko‘zlangan natijaga erishish maqsadida
shu jarayonlarga hamda faoliyat ko‘rsatayotgan kishilarga ish
yurituvchilarning ongli ta’sir ko‘rsatishidir ma’nosi kelib chiqadi.
Ma’lumki, «Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiyotni ikki dara-
jada: makro va mikrodarajada o‘rganadi. Shuning uchun iqtiso-
diyotni tartiblash ham shu ikki darajada olib boriladi. Mikro-
darajada tartiblash deganda ma’lum bir korxona yoki firma faoliya-
tini boshqarib, tartibga solib borish tushuniladi. Makrodarajada
tartiblash deganda ma’lum bir mamlakatning iqtisodiyotini tartibga
solib boshqarib turish tushuniladi.
Mamlakat iqtisodiyoti bir qator iqtisodiy nisbatlarning o‘zaro bir-
biri bilan chambarchas bog‘liqligidan iborat bo‘ladi. Bu makroiqtisodiy
nisbatlarni, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini bir-biriga bog‘liq va
bir-biriga mos holda rivojlantirib borish, aniq muvozanatlashuviga
erishishni ta’minlash makroiqtisodiy tartiblash deyiladi.
Har bir mamlakat iqtisodiyoti milliy iqtisodiyot deb yuritiladi
va bozor sharoitida unda, eng avvalo, yalpi talab bilan yalpi
taklifning bir-biriga mos bo‘lishi zarur bo‘ladi. Bu vazifani baja-
rishda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki usulidan foydalaniladi:
1. Iqtisodiyotning o‘zini o‘zi tartiblashi — bozor mexanizmi usuli.
2. Davlat tomonidan tartibga solish usuli.
188
Iqtisodiyotni o‘zini o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi usulida
narx asosiy rol o‘ynaydi. Bozorda narx o‘zgarishiga qarab tovar ishlab
chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘z faoliyatlarini o‘zgartirishga
majbur bo‘lib, bozorga moslashib harakat qilishadi. Bozor
mexanizmi — bu bozordagi talab va taklifga mos ravishda, narx
orqali bozor munosabatlari ishtirokchilarining iqtisodiy xatti-
harakatlarni o‘zaro moslashtirishlaridir. Shu yo‘l bilan makroiqti-
sodiy nisbatlarning bir-biriga muvofiqlashuvi, ya’ni makroiqtisodiy
darajada yalpi talab va taklifning muvozanati kelib chiqadi. Bu
iqtisodiy adabiyotlarda erkin raqobat sharoitida to‘la amal qiladigan
bozor qonuni deb aytiladi.
Birinchi marta ingliz klassik iqtisod namoyandasi bo‘lgan
A. Smit o‘zining mashhur «Odamlar boyligining tabiati va sabablari
xususida tadqiqot» kitobida iqtisodiyotni tartibga solishning bozor
mexanizmi to‘g‘risida nazariy fikrlarini asoslab, uning uch fun-
damental qoidasi borligini ta’kidlaydi va ularni yoritib beradi.
Birinchi qoida sifatida bozor mexanizmini tartibga solishga davlat
aralashmasligi kerakligini aytadi. Bu «Olam o‘z-o‘zidan harakat-
lanadi», «Hammasi o‘z navbati bilan bo‘lgani ma’qul» deganidir.
Uning fikricha, davlat tinchlikni saqlasa, me’yorida soliqlar belgilasa,
adolatli sud qilishni ta’minlasa bo‘lgani, qolganini bozorning o‘zi
bajaradi fikrini A. Smit davlat xarajatlarini aniq belgilab berish bilan
asoslaydi va shunday deydi: «Mamlakat mudofaasi, huquqni himoya
qilish, ijtimoiy ishlar va ijtimoiy muassasalar (savdoni rivojlantirishga,
maorifga ta’sir ko‘rsatish uchun) xarajatlari iqtisodiyotni boshqarish
xarajatlari deb ko‘rsatilmagan, demak, davlat iqtisodiyotni tartibga
solishda qatnashmaydi. U holda kim yoki nima boshqaradi? Bu
«ko‘rinmas qo‘l»dir.
Ikkinchi qoida — «ko‘rinmas qo‘l» haqida bo‘lib, u butun xususiy
tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilarni jamiyat
manfaatiga xizmat qilishga undaydi. A. Smitning fikricha, o‘z
manfaati uchun qayg‘uruvchi tadbirkorni «ko‘rinmas qo‘l», umuman,
uning niyatiga kirmagan maqsadga yo‘naltirishi mumkin. «Ko‘zga
ko‘rinmas qo‘l» — bu bozor, undagi talab va taklif, raqobat. Ular
asosida narx tashkil topadi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi aniq
to‘lovga qodir talabni qondirishga intilar ekan, bu bilan jamiyatning
yalpi ehtiyojini qondirishdan manfaatdor bo‘ladi. U ishlab chiqargan
tovarni sotishi kerak. Shuning uchun foyda olish maqsadida
xohlaydimi-xohlamaydimi iste’molchi talabiga moslashishga majbur.
Bunga davlat aralashuvining keragi yo‘q deb aytadi.
189
Uchinchi qoida — bozorning o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risidagi
qoida hisoblanadi. Bu mexanizm tovar taklifi bilan bozor talabi
o‘rtasidagi to‘g‘ri va qarama-qarshi iqtisodiy aloqalarni mujassam-
lashtiradi, deb yozadi.
Ma’lumki, 8-bobda bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi
kuch — bu raqobat ekanligini va uni bozorni o‘zini o‘zi tartiblash-
ning eng asosiy vositasi deb ko‘rsatib o‘tgan edik. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida har bir korxona o‘z tovarining sotilishi yoki sotilmasligini
oldindan bilmay ishlashi mumkin emas. Hozir korxona bozor
talabini o‘rganib, aniq maqsadni ko‘zlab, xarajatlarni hisob-kitob
qilib, ishlab chiqarmaydigan bo‘lsa, u o‘z tovarini sota olmay zarar
ko‘rib qoladi. Korxonaning bozor talabiga rioya qilishining o‘zi
iqtisodiyotning mikroiqtisodiy darajada tartibga solinishini bildiradi.
Bozor mexanizmining asosiy unsuri bo‘lgan ayirboshlash, ishlab
chiqarishni iste’mol bilan bog‘laydigan hamda uyg‘unlashtiradigan
vosita hisoblanadi. Shuning uchun har bir korxona raqobatda
qatnashar ekan, xarajatlarni pasaytirish yo‘llarini qidiradi. Ishlab
chiqarayotgan tovarlarini, ko‘rsatayotgan xizmatlarini doimo tako-
millashtirib borishga, innovatsion yondashuv asosida tovar va
xizmatlarning yangi-yangi turlarini bozorga taklif qilishga harakat
qiladi. Ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozor
talabini qondirmayotgan bo‘lsa, mutlaqo yangilarini yaratishga
o‘tadilar. Ishlab chiqaruvchi korxonalar, xizmat ko‘rsatuvchi firma-
larning faoliyati bozordagi o‘zgarayotgan talab tomonga moslashib
borishi orqali iqtisodiyotni tartibga solish bozor mexanizmining
namoyon bo‘lishini ifodalaydi.
Korxonalar, firmalarning tovar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsa-
tishning bozor talabiga qarab moslashib borishi jarayonida mamlakat-
dagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishi ta’minlanadi. Nati-
jada bozor mexanizmining qiymatlar yaratishda qilinadigan xarajat-
larni kamaytirib borish bilan ishlab chiqarish zarurligini belgilashi
bozorning o‘zini o‘zi tartiblashining bir usuli sifatida ko‘rinadi.
Bozor uchun ishlayotgan har bir tadbirkor o‘z iste’molchilari-
ning talabiga muvofiq nima ishlab chiqarish, qanday, qancha va
kim uchun ishlab chiqarish kerakligini o‘zi hal qiladi. Narxni esa
bozor stixiyali tarzda talab va taklif qonuniga asosan belgilaydi.
Bu bozordan ishlab chiqarishga doimiy yuboriladigan narx — sig-
nal sifatida xizmat qiladi. Bu signalga asosan, bozordagi narxlar,
talab va taklif nisbatiga qarab, tadbirkorlar o‘z ishlab chiqarish
faoliyatlariga o‘zgarishlar kiritishadi, xaridorgir tovarlar ishlab
190
chiqarishga harakat qiladilar. Xuddi shu holatni o‘rganib chiqqan
J.B. Sey bozor qonunini ta’riflab, tovarni tovarga ayirboshlash
bozorda talab bilan taklif muvozanatini o‘rnatadi deydi. Uning
fikricha, taklif o‘z talabini vujudga keltiradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘ini
bo‘lgan korxona va firmalar faoliyatining bir-biri bilan bozor orqali
chambarchas bog‘langanligini va bozor talabi orqali moslashib,
tartiblashtirilib borilishini bildiradi. Iqtisodiy faoliyat bozor
mexanizmi orqali tartiblanishi, asosan, mikroiqtisodiy miqyosda
yuz beradi.
Ma’lumki, bozorda turli-tuman mulkchilikka asoslangan xo‘ja-
lik subyektlari bir-biri bilan bog‘liq, shu bilan birga ularning har
biri o‘z manfaatidan kelib chiqib, o‘zaro raqobatlashadilar. Bozor-
dagi raqobat korxona va firmalar oldiga sifatli mahsulotlarini iste’-
molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish uchun qattiq talab qo‘yadi.
Òovarni iste’molchiga yetkazishda xizmat ko‘rsatuvchi boshqa
firmalarni jalb etadilar. Bu esa, unda qatnashuvchilar faoliyati
bir-biriga uyg‘unlashtirilishini talab etadi. Bunda individual talab-
ehtiyojlar o‘zaro uyg‘unlashib, yalpi talabni hosil etsa, individual
ishlab chiqarishlar ham birgalikda ijtimoiy ishlab chiqarish —
yalpi taklifni vujudga keltiradi.
Bu, o‘z navbatida, mikroiqtisodiy tartiblash uyg‘unlashib,
makroiqtisodiy darajaga ko‘tarilganligini bildiradi. Lekin yuqorida
ko‘rsatilganlarga umumiy xulosa sifatida aytish mumkinki, bozor
mexanizmi iqtisodiyotni makroiqtisodiy darajada to‘la tartibga sola
olmaydi, chunki butun mamlakat miqyosida turli korxona, firmalar
faoliyatini to‘la muvofiqlashtira olmaydi. Natijada vaqt-vaqti bilan
iqtisodiy inqirozlar bo‘lib turadi. Bozor mexanizmi iqtisodiyotni
to‘la tartiblashni ta’minlay olmaganligi sababli, bu jarayonga davlat
aralashuvi zaruriyati kelib chiqadi. Natijada iqtisodiyotni davlat
mexanizmi orqali tartiblash amalga oshiriladi.
10.2. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda, davlat
o‘z iqtisodiy tadbirlari orqali iqtisodiy faoliyatga ta’sir etishi
tushuniladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
ikki asosiy yo‘li mavjud:
1. Monopol, markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslan-
gan holda rejali tartibga solish.
191
2. Erkin tadbirkorlikka asoslangan, iqtisodiyotni cheklangan
tarzda tartibga solishdan iborat.
Monopol rejali tartibga solishda davlat markazdan turib
yakkahokimlik bilan iqtisodiy jarayonni boshqaradi. Rejali iqtiso-
diyotda nima ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qanday
ishlab chiqarish va kim uchun ishlab chiqarish kabi masalalar
barchasi davlat rejasida belgilanadi. Bu reja har bir korxona,
muassasa, tashkilot, soha, tarmoq uchun majburiy bo‘lib, undan
chetga chiqib bo‘lmaydi va har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt uning
bajarilishini ta’minlashi shart bo‘ladi. Agar korxona o‘z xo‘jalik
rejasini oshirib bajarsa, mukofotlanadi, bajara olmasa, unga nisbatan
choralar ko‘riladi. Òarixiy taraqqiyot jarayoni shuni ko‘rsatadiki,
ijtimoiy xo‘jalik jarayonini boshqarishda davlat yakkahokimligi
kutilgan natijani bermas ekan. Bu sobiq Sovet imperiyasi davrida
boshqarishning markazlashtirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
misolida tasdiqlandi. Sobiq Ittifoq iqtisodiyoti asosini ishlab
chiqarish vositalarining davlat mulki va markazlashtirilgan iqtisodiy
rejalashtirish tashkil etgan edi. Ishlab chiqarishning shaxsiy-insoniy
omili faqat mehnat qilishar, ishlab chiqarish vositalariga egalik
qilishdan mahrum qilingan edi. Natijada ularning ishlab chiqa-
rishda qatnashuvidan moddiy manfaatdorligi faqatgina ish haqi
va ayrim hollardagina mukofotlar bilan chegaralanib qo‘yilgan
edi. Bu esa ularning o‘z mehnati va tashabbuskorligidan olishi
mumkin bo‘lgan manfaatdorligini butunlay yo‘q qilib qo‘ygan edi.
Mehnatga jalb qilishning iqtisodiy zo‘ravonlik usuli keng qo‘lla-
nilgan. Mamlakatdagi boy tabiiy va iqtisodiy resurslardan foydala-
nishda isrofgarchiliklar, xo‘jasizliklar, talon-tarojliklar keng avj
oldi. Iqtisodiyotda ba’zan erishilgan yutuqlar juda katta resurslar
xarajati hisobiga bo‘ldi. Oxir-oqibatda, boshqarishning markazlash-
tirilgan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi hukmronligida iqtisodiy fao-
liyat olib borgan sobiq sho‘ro va umuman, sotsialistik jamiyat
o‘zini o‘zi iqtisodiy eplay olmay, yo‘q bo‘lib ketdi. Binobarin,
jamiyatning iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlashda boshqarishning
qaysi tizimini tanlab olishning ahamiyati juda katta ekan.
Bozor tizimi sharoitida iqtisodiyotni tartiblashning bu ikki
tizimidan ham bir-birlariga muvofiqlashtirilgan holda foydalanish
o‘zining ijobiy natijasiga ega ekanligini O‘zbekiston misolida ham
ko‘rish mumkin bo‘ladi. Xususiy mulk, baholarning erkin shaklla-
nishi, foyda olishga intilish va raqobatga asoslangan boshqarishning
192
iqtisodiy tizimida resurslar taqsimoti bozorda, talab va taklif
qonunlari harakatiga muvofiq amalga oshiriladi. Shu usuldagi ko‘p
mamlakatlar iqtisodiyotini tartibga solish tajribasi ularning tez
sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlaganligini keyingi o‘n yilliklar
tajribasi tasdiqlab turibdi. Bu yerda davlatning ayrim iqtisodiy
vazifalari bozor iqtisodiyoti tizimini qo‘llab-quvvatlash va uning
amal qilishini yengillashtirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu sohada
davlatning quyidagi ikki muhim faoliyat turini ko‘rsatsak bo‘ladi:
1. Bozor tizimining samarali amal qilishiga yordam beruvchi
huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratib berish. O‘zbekiston Respub-
likasining Konstitutsiyasida qayd etilgan «Jamiyatning iqtisodiy
negizlari» to‘g‘risidagi qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining
mulkchilik to‘g‘risidagi, yer to‘g‘risidagi, tadbirkorlik to‘g‘risidagi,
banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi, soliq to‘g‘risidagi, iste’mol-
chilar huquqini himoya qiluvchi va boshqa ko‘pdan ko‘p qonunlari
bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishini ta’minlovchi huquqiy
baza bo‘lib xizmat qiladi.
2. Raqobatni himoya qilish. Raqobat bozor iqtisodiyotida asosiy
tartibga keltiruvchi mexanizm hisoblanadi. Raqobat ishlab chiqa-
ruvchilarni va resurslar yetkazib beruvchilarni xaridor hukmiga yoki
iste’molchi daxlsizligiga bo‘ysundirib beradi. Raqobatdan ishlab
chiqaruvchilar ham, iste’molchilar ham, davlat ham, jamiyat ham
manfaatdor. Shuni hisobga olgan holda davlat qonunlar orqali
raqobatni himoya qiladi, raqobat muhitini saqlashga harakat qiladi.
Raqobatni himoya qilish, raqobat muhitini yaratish vazifalarini
amalga oshira borib, davlat bozor tizimi amal qilishini kuchaytiradi,
unga o‘zgartirishlar kiritadi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, umuman olganda,
iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmi bir-
biridan farq qiladi hamda bir-birini to‘ldiradi. Iqtisodiyotni tartibga
solishning bozor mexanizmi ma’lum me’yorda bo‘lgandagina
iqtisodiyot barqaror rivojlanib, ijtimoiy e’tirozlarga o‘rin qolmaydi.
Lekin hozirgacha biror adabiyotda davlatning iqtisodiyotni
tartibga solishi me’yorlari ko‘rsatilmagan va aniq o‘lchamlari
yo‘q. Ayrim bir mamlakatda davlat iqtisodiyotni faol tartibga
solish bilan shug‘ullansa, boshqasida esa bozor mexanizmi
yetakchi bo‘ladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi va uning xusu-
siyatlari quyidagi chizmada ko‘rsatiladi:
193
i
z
‘
o
i
n
i
z
‘
o
—
i
m
z
i
n
a
x
e
m
r
o
z
o
B
i
d
a
l
o
s
a
g
b
i
t
r
a
t
t
a
l
v
a
d
—
i
m
z
i
n
a
x
e
m
t
a
l
v
a
D
a
v
r
a
l
n
u
n
o
q
m
u
l
’
a
m
n
a
d
i
n
o
m
o
t
i
d
a
n
i
l
o
s
a
g
b
i
t
r
a
t
a
d
i
s
o
s
a
r
a
l
a
j
e
r
•
k
a
r
e
k
g
n
i
n
r
a
l
t
a
m
z
i
x
-
r
a
v
o
t
a
d
r
o
z
o
B
f
i
l
k
a
t
a
v
b
a
l
a
t
i
n
i
g
i
l
s
a
m
e
k
a
r
e
k
i
k
o
y
.
i
d
y
a
l
i
g
l
e
b
•
z
‘
o
t
k
e
y
b
u
s
a
d
i
h
o
l
a
r
i
b
r
a
h
a
d
r
o
z
o
B
a
d
l
o
h
n
a
q
q
i
h
c
b
i
l
e
k
n
a
d
i
r
a
l
t
a
a
f
n
a
m
i
n
i
r
a
l
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
a
v
i
d
y
a
l
n
a
t
i
n
i
s
a
h
o
s
z
‘
o
.
i
d
a
r
i
h
s
o
a
g
l
a
m
a
i
z
‘
o
m
a
h
•
i
n
i
r
a
l
l
a
t
i
p
a
k
z
‘
o
i
r
a
l
t
k
e
y
b
u
s
r
o
z
o
B
-
a
h
o
s
z
i
s
a
r
a
m
a
s
,
n
a
g
i
d
y
a
m
r
i
t
l
e
k
a
d
y
o
f
.
r
a
l
i
d
y
a
m
y
‘
o
q
a
g
r
a
l
•
-
a
l
a
t
r
o
d
i
r
a
x
n
a
h
c
v
u
r
a
g
z
‘
o
r
o
z
o
B
.
i
d
a
h
s
a
l
s
o
m
a
d
z
e
t
a
g
i
b
•
n
u
h
c
u
m
i
k
,
a
h
c
n
a
q
,
y
a
d
n
a
q
,
a
m
i
N
,
a
m
r
i
f
i
n
i
g
i
l
k
a
r
e
k
h
s
i
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
l
i
q
a
t
s
u
m
i
r
a
l
z
‘
o
r
a
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
,
a
n
o
x
r
o
k
.
i
d
a
l
i
q
l
a
h
•
h
s
i
r
a
q
h
s
o
b
i
n
r
a
l
a
m
r
i
f
,
i
n
r
a
l
a
n
o
x
r
o
K
-
o
l
a
i
g
a
d
i
s
a
t
r
‘
o
r
a
l
k
i
r
e
h
s
a
v
l
a
t
n
o
z
i
r
o
g
.
i
d
a
l
i
t
e
l
i
k
h
s
a
t
a
d
i
s
o
s
a
r
a
l
a
q
•
-
o
l
a
i
g
a
d
i
s
a
t
r
‘
o
i
r
a
l
t
k
e
y
b
u
s
k
i
l
a
j
‘
o
X
-
o
n
t
r
a
h
s
t
a
q
a
f
h
s
i
l
o
s
a
g
b
i
t
r
a
t
i
n
r
a
l
a
q
.
i
d
a
l
‘
o
b
n
a
g
l
i
y
‘
o
q
a
g
s
o
s
a
y
i
v
a
m
•
-
o
s
a
a
j
e
r
i
n
h
s
i
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
t
a
l
v
a
D
.
i
d
a
t
e
f
i
l
k
a
t
a
g
r
o
z
o
b
a
v
i
d
y
a
l
i
g
l
e
b
a
d
i
s
•
i
g
a
d
a
j
a
r
a
d
d
o
s
i
t
q
i
o
r
k
a
m
t
a
l
v
a
D
-
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
y
i
b
i
k
r
a
t
i
g
a
d
b
a
t
h
s
s
a
m
k
i
r
i
y
a
g
i
s
a
m
m
i
z
z
‘
o
i
n
h
s
i
r
i
h
s
o
a
g
l
a
m
a
i
n
r
a
l
.
i
d
a
l
o
•
-
i
d
o
s
i
t
q
i
a
d
i
m
a
d
r
o
y
t
e
j
d
u
b
t
a
l
v
a
D
m
a
h
a
g
i
r
a
l
r
o
t
k
e
s
z
i
s
a
r
a
m
a
s
g
n
i
n
t
o
y
i
n
r
a
l
a
h
o
s
n
a
g
l
‘
o
b
r
u
r
a
z
n
u
h
c
u
t
a
y
i
m
a
j
l
a
t
i
p
a
k
n
u
h
c
u
h
s
a
l
t
a
v
v
u
q
-
b
a
l
l
‘
o
q
.
i
d
a
y
‘
o
q
•
i
n
i
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
g
n
i
n
i
b
a
l
a
t
r
o
z
o
b
t
a
l
v
a
D
a
d
a
j
i
t
a
n
,
i
d
y
a
m
l
o
a
l
i
b
q
i
n
a
a
v
z
e
t
-
l
i
r
i
d
n
o
q
i
l
t
a
f
i
s
a
v
a
d
i
t
q
a
v
z
‘
o
b
a
l
a
t
.
n
i
k
m
u
m
i
g
i
l
s
a
m
•
i
n
r
a
l
t
a
a
f
n
a
m
y
i
l
l
i
m
m
u
m
u
r
a
l
r
o
r
a
Q
.
i
d
a
n
i
l
i
q
l
u
b
a
q
a
d
l
o
h
n
a
g
a
l
z
‘
o
k
•
l
a
k
i
t
r
e
v
h
s
i
r
a
q
h
s
o
b
i
n
k
i
l
a
j
‘
o
x
y
i
l
l
i
M
b
a
r
a
q
a
g
t
s
a
p
n
a
d
i
r
o
q
u
y
i
n
’
a
y
,
a
d
i
s
o
s
a
.
i
d
a
l
i
t
e
l
i
k
h
s
a
t
•
,
n
a
g
l
i
r
i
t
h
s
a
l
a
j
e
r
a
h
c
n
i
p
‘
o
k
r
a
l
a
q
o
l
A
.
i
d
y
a
m
n
a
l
s
o
s
a
a
g
t
a
a
f
n
a
m
y
i
d
o
s
i
t
q
i
n
i
k
e
l
10.3. Davlatning iqtisodiy roli va vazifalari
Kishilik jamiyati taraqqiy etib borgan sari tabiiy va iqtisodiy
jarayonlarni tartiblash, boshqarish zaruriyati tobora kuchayib
boryapti. Jamiyat hayoti ham murakkablashib borib, iqtisodiy
faoliyatda band bo‘lganlar soni mislsiz ko‘paymoqda. Bunga sabab
shuki, davrlar o‘tib borgani sari, mamlakatlar va dunyo aholisi
ko‘payib, har bir kishining va umuman, dunyo aholisining
ehtiyojlari uzluksiz o‘sib boryapti. Aholi ehtiyojlarining cheksiz
o‘sib borishi va ularni qondirish uchun tobora ko‘proq moddiy-
ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish talab qilinadi.
Bunday talabni qondirish maqsadida kishilik jamiyati tabiiy-
iqtisodiy jarayonlarga o‘z ta’sirini kuchaytirib kelmoqda. Yangi-
yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, yirik suv inshootlarining barpo
etilishi, sanoat ishlab chiqarishining vujudga kelishi va rivojlanishi,
transport va aloqa sohalarining, savdo-sotiqning va xo‘jalikning
boshqa sohalari kengayib, murakkablashib borishi, shahar va
194
qishloqlarning vujudga kelishi va obod bo‘lishi — bu jarayonlarni
tartiblash, boshqarib borishni talab qiladi.
XXI asr insoniyat tarixiga fan-texnika inqilobi asri, sanoat
asri, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish,
robotlashtirish, kompyuterlashtirish va axborot asri kabi nomlar
bilan kirib keldi. Xuddi shu asrda boshqa asrlarda yuz bermagan,
o‘ziga xos voqelik yuz berdi, dunyo aholisining soni so‘nggi yuz
yillik davomida to‘rt barobarga yaqin ko‘paydi. Insonning cheksiz
ehtiyojlarini cheklangan resurslar asosida qondirish muammosi —
olamshumul muammolardan biriga aylandi.
Insonning cheksiz ehtiyojlarini qondirishning birdan bir vositasi
insonlarning ongli faoliyati asosida amalga oshiriladigan ishlab
chiqarish va turli xizmatlar ko‘rsatishdir. Ishlab chiqarish xodim-
larning moddiy manfaatdorligi asosida amalga oshiriladi. Ishlab
chiqarishning har bir qatnashchisi o‘z mehnat faoliyati natijasidan
ko‘proq naf ko‘rishga intiladi. Ko‘proq naf ko‘rishga intilish va
bu maqsadga erishuv haqqoniy ravishda odamlarning tabaqala-
shuviga olib keladi. Jamiyat a’zolari orasidan ko‘plab ishbilar-
monlar, tadbirkorlar, mohir boshqaruvchilar yetishib chiqib, mam-
lakat iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqlar farovonligini oshirishga
katta hissa qo‘shdilar, o‘zlari esa yirik mulkdorlarga aylandilar.
Bu jarayon, ayniqsa, XX asrning 20—30-yillarida jadal kechdi.
Bu davrga kelib, dunyoning qator mamlakatlarida ulkan iqtisodiy
ishlab chiqarish, ilmiy-texnika, texnologiya imkoniyatlariga, butun
bir davlatning kuch-qudratiga teng keladigan kuch-qudratga ega
bo‘lgan ulkan korporatsiyalar vujudga keldi. Bunday ulkan
korxonalar, birlashmalar, banklar millatlarning kuch-qudratiga
aylandi. Davlat siyosatining taqdiri, xalq taqdiri ko‘p jihatdan
xuddi shu korxonalarning faoliyati natijasiga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Qolaversa, bunday ulkan korporatsiyalar dunyo mamlakatlariaro
o‘zlarining ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, servis va
axborot turini to‘qib, transmilliy xarakterga ega bo‘lib qoldilar.
Binobarin, dunyodagi ko‘p mamlakatlar va xalqlar taqdiri ham u
yoki bu darajada transmilliy korporatsiyalar faoliyatiga aloqador.
XX asr ishlab chiqarishidagi yana bir xususiyat shuki, muayyan
mamlakat korxonalarining eng katta qismini tashkil etgan kichik
va o‘rta korxonalar aksariyat ko‘pchiligining faoliyati ulkan korpo-
ratsiyalar faoliyati bilan integrallashib ketgan. Ular ulkan korpo-
195
ratsiyalar uchun ma’lum qismlar, detallar yetkazib beruvchi korxo-
nachalarga aylanib ketgan.
Qayd etib o‘tilganlardan kelib chiquvchi xulosa shuki, hozirgi
davrga kelib, dunyo miqyosida, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda
xalq xo‘jaligi nihoyatda kengayib, murakkablashib ketdi. Mam-
lakatlar ichidagi va tashqarisidagi necha o‘nlab, necha yuzlab
korxonalarning iqtisodiy faoliyatlari bir-birlari bilan kirishib,
chirmashib, bir mexanizmga aylangan. Ishlab chiqarish jarayonida
bir necha millionlab, milliardlab qiymatga ega bo‘lgan asosiy ishlab
chiqarish fondlari qatnashadi. Korxonalar ko‘rishi mumkin bo‘lgan
foyda ham, zarar ham juda katta raqamlarda ifodalanadi.
Mabodo, qaysidir korxona tanazzulga yuz tutadigan bo‘lsa, u
keltirishi mumkin bo‘lgan zarar mamlakat iqtisodiyotining katta
qismini o‘pirib ketadi. Binobarin, hozirgi davrga kelib, iqtisodiyotni
tartibga solish, boshqarishning ahamiyati nihoyatda oshdi, uning
faoliyat doirasi o‘ta kengayib boryapti. Shuning uchun iqtisodiyot-
ning muhim tarmoqlari bir-biriga mutanosib ravishda rivojlanishini,
aholining kundan kunga uzluksiz o‘sib borayotgan ehtiyojlarini
ta’minlash kabi vazifalarni, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartib-
lashdagi rolini o‘ta dolzarb va obyektiv zarurat qilib qo‘ygan.
Davlatning quyidagi uch vazifani bajarishdagi faoliyati bozor
tizimi mustahkamlanishi va kengayishini ta’minlaydi:
1. Daromad va boyliklarni qayta taqsimlash.
2. Milliy mahsulot tarkibini o‘zgartirish maqsadida resurslar
taqsimotini tartibga keltirish.
3. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiyotdagi tebra-
nishlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish natijasida kelib chiqa-
digan ishda bandlik hamda inflatsiya darajasini nazorat qilish.
Òovarlar dunyosida individual iste’molga mo‘ljallangan tovarlar
bor. Oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, uy-joy anjomlari,
transport vositalari, zeb-ziynat buyumlari kabilar individual iste’-
mol tovarlaridir. Bu tovarlarni har kim, xohlagan paytda, xohlagan
miqdorda sotib olib, iste’mol qilishi mumkin. Òadbirkorlar har
doim individual iste’mol tovarlari ishlab chiqarib foyda olishga
intiladi. Lekin shunday tovarlar borki, ularni har kim xohlagan
paytda, xohlagan maqsadda sotib olib iste’mol qila olmaydi. Ammo
bu tovarlar insonlarning yashashlari va faoliyat ko‘rsatishlari uchun
juda zarurdir.
Òemiryo‘l va avtomobil yo‘llari, havo va suv yo‘llari, milliy
bog‘lar, ko‘chalar va ularni bezab turgan gulzorlar, elektr liniyalari,
196
umumta’lim maktablari, kollejlar, suv inshootlari ijtimoiy tovar-
lardir. Ularni hech kim sotmaydi va hech kim sotib olmaydi.
Ammo hamma ulardan bepul foydalanadi. Òezroq foyda ko‘rish
ilinjida yurgan tadbirkorlar bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan
manfaatdor emaslar. Bunday tovarlarni ishlab chiqarishga qo‘yilgan
mablag‘ tadbirkor uchun foyda keltirmaydi, keltirgan chog‘da ham
vaqtni talab qiladi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, jamiyat uchun
juda zarur bo‘lgan ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish vazifasi davlat
gardaniga yuklanadi.
Iqtisodiyot jabhasida davlat iste’molchi sifatida ham bozorga
chiqadi. Davlat buyurtma berib, kerakli tovarlarni qat’iy bahoda
sotib oladi, bu bilan tovar va xizmatlar bozori hajmiga ta’sir etadi.
Davlat buyurtmasini bajarish firmalar uchun qulay ishga aylanadi,
chunki tovarlar sotilishi, binobarin, kafolatlangan, tadbirkorlik
xatari kam bo‘ladi. Davlatning bu tadbiri bozorni kengaytiradi,
chunki qo‘shimcha pul xarid vositasi sifatida bozorga tashlanadi.
Davlat ma’lum iqtisodiy vositalar: moliya, kredit, soliq, valuta
siyosati, narx-navoni nazorat qilish va bevosita ta’sir o‘tkazish
choralari orqali iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga soladi.
Davlat iqtisodiyotga o‘zining ijtimoiy siyosati bilan ta’sir ko‘rsatadi.
Bu, asosan, ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi. Birinchidan, davlat
o‘z mablag‘lari bilan malakali ishchi kuchini tayyorlashda
qatnashadi. Davlat hisobidan hamma uchun bepul ta’lim beriladi,
ma’lum toifa bepul oliy ta’lim oladi, bepul tibbiy xizmatlardan
foydalanadi, imtiyozli uy-joyga ega bo‘ladi. Davlat hisobidan
aholini yangi kasblarga o‘rgatish joriy etiladi.
Ikkinchidan, davlat o‘z budjeti doirasida shaxsiy daromadlarni
qayta taqsimlab, boy toifa hisobidan kambag‘allarni ta’minlab turadi.
Bu bilan sinfiy kurash bartaraf etiladi, ijtimoiy totuvlik — murosa
qaror topadi. Bu esa iqtisodiy o‘sishga qulay sharoit yaratadi.
Iste’molchilar manfaatlarini himoyalash, tovarlar va xizmatlar
sifatini nazorat qilib borish, tabiiy resurslardan foydalanishni
tartiblash va atrof-muhitni muhofaza qilish, tashqi savdo opera-
tsiyalarini nazorat qilish hamda xalqaro munosabatlarda mamlakat
iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish davlatning iqtisodiy vazifalari
hisoblanadi. Qayd etib o‘tilgan barcha iqtisodiy vazifalar to‘laligicha
mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hozirgi kunga qadar
O‘zbekistonda amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga
O‘zbekiston o‘zi tanlab olgan yo‘lning talablaridan kelib chiquvchi
boshqa iqtisodiy vazifalarni ham amalga oshirib kelayotir.
197
Davlatning o‘z
vazifalarini
ado etish uchun
zarur bo‘lgan
tovarlar va
xizmatlarni
sotib olish
Tabiat resurs-
laridan samarali
foydalanishni
tartibga
solish va atrof-
muhitni
muhofaza qilish
Mamlakat pul muo-
malasini tartibga
keltirish, banklar va
mamlakat pul bozo-
ridagi holatga ta’sir eta
oluvchi boshqa tash-
kilotlar faoliyatini
nazorat qilish
Mamlakatdagi mehnat
munosabatlarini bosh-
qarish va ijtimoiy moja-
rolarning siyosiy tus
olishining oldini olish
Aholining kambag‘al
qatlamiga yordam
berish, kambag‘allik
muammosini ijtimoiy
himoyalash va siyosiy
mojaroga aylanib
ketishining oldini
olish
Iste’molchilar man-
faatini himoyalash,
tovarlar va xizmatlar
bozorini nazorat qilib
borish
Raqobat mexaniz-
mini himoyalash va
yakka hokimiyat
salbiy oqibatlarining
oldini olish
Fuqarolar va firmalar
mulkini jinoyatchi
unsurlar hujumidan
himoyalashni tashkil
etish
Iqtisodiy rivojlanish
to‘g‘risida iqtisodiy
axborotlarni to‘plash
va e’lon qilib turish.
Bu fuqarolar va
firmalarga o‘zlarining
xo‘jalik faoliyatlarini
to‘g‘ri tashkil etishga
yordam beradi
Iqtisodiy faoliyat
qonun asoslarini
shakllantirish va
chegaralash, firmalar
mulkiy manfaatla-
rining sud orqali
himoyalanishini
kafolatlash
Tashqi savdo va ope-
ratsiyalarni nazorat
qilish hamda xalqaro
munosabatlar va
mamlakat manfaatini
himoya qilish
Davlat
Davlatning iqtisodiy vazifalari
Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikning iqtisodiy asosini bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning «o‘zbek modeli»ni amalga oshirish orqali
barpo etmoqda. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga o‘tish
tamoyillaridan biri — «Davlat bosh islohotchi». Shu tamoyil talab-
laridan kelib chiqib, O‘zbekistonda davlat islohotlarining boshida
198
turib kelmoqda. Uning rahbarligida mamlakatimiz hayotining
barcha jabhalari bo‘yicha islohotlarning asosiy yo‘nalishlari ishlab
chiqildi va amalga oshirilyapti. Bular: xalq xo‘jaligidagi tarkibiy
o‘zgarishlar, pul islohoti, agrar islohotlar, moliyaviy islohotlar,
ta’lim sohasidagi, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar, tashqi
iqtisodiy aloqalar sohasidagi islohotlar va boshqalar.
Mamlakat iqtisodiy kuch-qudratining yuksalishida, xalq hayoti-
ning yaxshilanib borishida davlat sa’y-harakatlarining ahamiyati
juda kattadir. Òo‘g‘ri tanlangan iqtisodiy siyosat va uning muvaffa-
qiyatli amalga oshirilishi mamlakat iqtisodining uzluksiz, barqaror
rivojlanib borishini ta’minlaydi, xalqqa farovon hayot baxsh etadi,
davlatning xalqaro obro‘si ortib boradi.
Yuqoridagi ko‘rsatilganlarni umumlashtirgan holda fikr yurita-
digan bo‘lsak, hozirgi davrda davlatning iqtisodiyotni tartibga
solishidan asosiy maqsad mamlakat iqtisodiyotining barqaror
rivojlanishini ta’minlash orqali xalq turmush darajasini oshi-
rishdan iborat. Shuning uchun davlat bozor tizimi bajara olmay-
digan quyidagi iqtisodiy vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi:
1. Bozor mexanizmi orqali qoplanmaydigan, umumjamiyat
uchun zarur bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ijtimoiy sohalar, mudofaa
sohasi, ilm-fandagi fundamental tadqiqotlar kabilarni;
2. Davlat funksiyalarini va boshqa o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga
ko‘ra vazifalarni, ya’ni:
• talab va taklif muvozanatini ta’minlash;
• muomalaga chiqariladigan pul massasi hajmini nazorat
qilish;
• iqtisodiyot va ijtimoiy infratuzilmalarga kapital qo‘yilmalarni
rag‘batlantirish, jamg‘arma bilan sarmoyalar o‘rtasida muvoza-
natni o‘rnatish;
• aholining ish bilan to‘la bandligini ta’minlash;
• eksport va importni rag‘batlantirish;
• bozorda narxlarni barqarorlashtirish;
• iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash;
• daromadlarning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini nazorat
qilish va boshqalar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, davlat iqtisodiyotni bevosita
va bilvosita chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali tartibga solar
ekan. Uni quyidagi chizma orqali tasvirlaymiz:
199
10.4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
monetar va yangi klassik modellari
Bozor tizimi sharoitida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga
solishning eng asosiy va samarali yo‘li — bu bozor obyektiv
qonunlaridan foydalanib, maxsus pul-kredit, ya’ni monetar siyosat
yuritishidir. Bu siyosatni ishlab chiqish Markaziy bankning asosiy
funksiyasi hisoblanib, shu muassasa tomonidan amalga oshiriladi.
Monetar siyosat — bu davlatning pul-kredit siyosati bo‘lib, pul
muomalasini tartibga solish, tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvo-
zanatni ta’minlash, iqtisodiyotdagi pul aylanmalarini boshqarib
turish siyosatidir. Bu siyosatning maqsadi bozordagi narxlarni va
shunga ko‘ra milliy pul birligi — so‘mning xarid qurbini, uning
valuta kursini barqarorlashtirish, oxir-oqibatda pulga talab bilan
uning taklifini muvozanatlashtirishdan iborat. Monetar siyosat o‘z
ichiga quyidagilarni oladi:
1. Qayta moliyalashtirish yoki hisob siyosati. Bunda davlat
nomidan Markaziy bank uchot stavkasini o‘zgartiradi. Stavka
oshganda pul qimmatlashib, unga talab qisqaradi. U pasaytirilganda
pul arzonlashib, unga talab oshadi. Bu ayni paytda kreditning
arzon yoki qimmat bo‘lishini bildiradi. Bu esa iqtisodiyotga kredit
hisobidan yuboriladigan sarmoyalarni o‘zgartirib, uning o‘sishiga
ta’sir etadi. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki 2014-yildan
uchot stavkasini 12 % dan 10 % ga tushirdi. Demak, tijorat banklari
tomonidan beriladigan kreditlar arzonlashdi. O‘z navbatida,
Iqtisodiy regulatorlar
(tartibga soluvchilar)
Iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ta’sir etuvchi tadbirlar
Maqsadli
moliya-
lashtirish
Bilvosita tadbirlar
Davlat
tadbir-
korligi
Davlat
xaridlari
Pul-kredit
Fiskal
Budjet
Amortizatsiya
Valuta
Boj-xiroj
Ijtimoiy investitsiya
Tashqi
⎫
⎪
⎪⎪
⎬
⎪
⎪
⎪⎭
s
i
y
o
s
a
t
i
200
tadbirkorlar uchun banklardan kredit olish imkoniyatlari
yaxshilandi.
2. Majburiy rezerv siyosati. Bunda Markaziy bank tijorat banklar
uchun kredit resursining majburiy zaxirasini tashkil qiladi. Bu tartibga
ko‘ra, banklar kreditga beriladigan pulning bir qismini Markaziy
bank ixtiyoriga beradi. Bu zaxira oshsa, kredit puli qisqaradi, agar
u kamaysa, bu pul ko‘payadi. Bundan maqsad muomaladagi
pullarning ko‘payib ketmasligini ta’minlash va banklar tomonidan
kreditga pullarning ko‘p chiqib ketmasligiga erishishdan iborat.
3. Ochiq bozorda operatsiyalar o‘tkazish siyosati. Bu siyosat
aholi qo‘lida naqd pul ko‘payib ketganda amalga oshiriladi. Bunda
davlat tomonidan obligatsiyalar ma’lum bir muddatga chiqarilib,
banklar va aholiga sotiladi, muddati kelganda ular qaytadan sotib
olinadi. Bu obligatsiyalar yutuqli va foizli bo‘lganligi uchun aholi
tomonidan sotib olish qulay bo‘ladi, chunki ularga qat’iy belgilangan
foizni davlat to‘laydi. Bu bilan ularning daromadliligi kafolatlanadi.
Davlat obligatsiyalari sotilganda pul ularga bog‘lanib qoladi, nati-
jada uning muomaladagi miqdori qisqaradi. Aksincha, ular qayta-
dan sotib olinganda pul ulardan bo‘shab muomalaga keladi,
natijada muomaladagi pul miqdori ko‘payadi. Bu usul bilan pul
miqdori davlat tomonidan tartibga solinadi.
Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqqan holda davlat
ikki monetar siyosat olib boradi:
1. Qattiq monetar siyosat. Bu siyosat aholi qo‘lida (muomalada)
pul ko‘payib ketganda qo‘llaniladi. Bunda pul massasi qisqartiriladi,
pul emissiyasi qat’iy chegaralanadi. Natijada pul massasi qisqarib,
bozordagi tovar massasiga tenglashadi. Pul massasining qisqarishi
talabni kamaytiradi, narxlar esa o‘smaydi, pul birligining xarid
qurbi barqarorlashadi. Aholi tomonidan pul topishga intilish
iqtisodiyotning jonlanishiga olib keladi. Bu siyosat natijasida
iqtisodiyot inqirozdan chiqadi, inflatsiya jilovlanadi.
2. Yumshoq monetar siyosat. Bunda davlat pul massasining
ortishiga to‘sqinlik qilmaydi, pul emissiyasi talabga qarab amalga
oshiriladi, natijada pul ko‘payib, u arzonlashadi. Yumshoq monetar
siyosat iqtisodiyotning o‘sishi davrida bo‘lganda ko‘proq qo‘llaniladi,
chunki pul massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham o‘sadi.
Bunda tovar-pul muvozanati pulni qisqartirish hisobidan emas,
balki tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, pul bozorida pulga bo‘lgan
talab va taklif tez-tez o‘zgarib turadi. Pulga talabni iste’molchilar,
201
ya’ni aholi, korxona, firma, tashkilot, muassasalar shakllantiradi.
Òaklifni esa faqat davlat emissiya qilish orqali amalga oshiradi.
Mamlakatdagi pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish
davlat funksiyasiga kiradi. Agar bozorda biror sababga ko‘ra pul
taklifi ortib ketsa, davlat ortiqcha pul emissiya qilgan bo‘ladi va
bu inflatsiyaga olib keladi. Inflatsiyadan esa barcha bozor ishtirok-
chilari zarar ko‘radi.
10.5. Iqtisodiyotni tartibga solishda fiskal siyosat
Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi mamlakat-
dagi moliyaviy resurslarning davlat va jamiyat o‘z oldiga qo‘ygan
maqsad va vazifalarni amalga oshirishi uchun yetarli darajada taqsim-
lanishini hamda qayta taqsimlanishini ta’minlab bera olmaydi.
Shuning uchun davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi obyektiv zarur
bo‘lib qoladi. Bu davlatning fiskal siyosati orqali amalga oshiriladi.
Fiskal siyosat davlatning budjet siyosatida o‘z ifodasini topadi. Bu
siyosatni davlat soliq, budjet, sarmoya, amortizatsiya siyosati kabilar
orqali turli davlat organlari yordamida amalga oshiradi.
Fiskal siyosatning eng asosiy vazifasi — davlat pul fondlarini
markazlashgan tarzda tashkil etish va ishlatish orqali iqtisodiy-
ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat bo‘ladi. Fiskal siyosat
ikki xil bo‘ladi — avtomatik va diskretsion.
Avtomatik fiskal siyosat deganda, hukumat tomonidan ilgari
kiritilgan va hozir amalda bo‘lgan iqtisodiy barqarorlashtiruvchi
vositalar (stabilizatorlarni) qo‘llashni davom ettirish tushuniladi,
ya’ni davlat qonun yo‘li bilan shunday tartibni o‘rnatadiki, unga
binoan, moliyaviy me’yorlar joriy etiladi va ular sharoit o‘zgarishiga
qarab avtomatik ravishda amal qilaveradi. Bular jumlasiga soliq
stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning inflatsiyaga
qarab indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi
me’yorlarni kiritish mumkin. Bu mexanizmning asosini soliq tashkil
etadi. Misol uchun, soliqlar summasi daromadlar miqdoriga bog‘liq
ravishda avtomatik tarzda kamayishi yoki ko‘payishi mumkin.
Soliqqa tortishning progressiv stavkalari asosida YIM o‘sishi bilan
avtomatik tarzda soliq tushumlari ko‘payadi. Aksincha, inqirozlar
davrida soliq tushumlari avtomatik tarzda qisqaradi.
Diskretsion fiskal siyosat deganda, sharoitga qarab yangi norma-
tivlarni kiritish yo‘lidan borishga aytiladi. Bu siyosat shaklida davlat
yangi soliq stavkalari joriy qilinadi, budjet mablag‘larini sarflash
normativlari o‘zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‘zgargan sharoitga
202
moslashish siyosati hisoblanadi. Odatda, iqtisodiyot barqaror o‘sib
borayotganda avtomatik inqirozlar davrida undan chiqish uchun
diskretsion siyosat ustuvor bo‘ladi.
Fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiyotga budjet hisobidan davlat
ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘zgartirish uchun katta sarmoyalar
qiladi. Iqtisodiyotning ayrim ahamiyatli soha va tarmoqlariga sub-
sidiyalar beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam sifatida qaytarib
olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib korxonalar foydasi
ko‘payadi.
Budjet siyosati, eng avvalo, ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini
kerakli miqdorda pul bilan ta’minlab turishga qaratilgan bo‘lishi zarur.
Investitsiya siyosati — bu iqtisodiyotning kerakli sohalarga inves-
titsiya resurslari yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatdir.
Davlat bu siyosat orqali mamlakatda investitsion faollikni oshirishga
yoki kamaytirishga harakat qiladi. Natijada milliy iqtisodiyotning
tarkibini o‘zgartirish orqali ishlab chiqarishni, eksportga mo‘ljallan-
gan sohalarini rivojlantiradi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda fiskal
siyosatning har ikki shaklidan ham foydalanilmoqda.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishni budjet xarajatlari
orqali amalga oshirishi quyidagilarga:
• xarajatlarning miqdoriga, ya’ni ularning YMMga nisbatan
ulushiga;
• xarajatlar tarkibiga;
• xarajat qilingan mablag‘larning samaradorligiga bog‘liq bo‘lar
ekan.
Hozirgi zamon jahon mamlakatlarining barchasida davlat
tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishda har ikki siyosatdan
birgalikda foydalaniladi. Bu amaliyotni ta’riflab taniqli iqtisodchi
Pol Xeynening yozishicha, so‘nggi yillarda davlatning pul-kredit
siyosati bilan fiskal siyosati teng ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan-
ligini ko‘rsatadi. Chunki so‘nggi yillarda sodir bo‘layotgan iqtisodiy
inqirozlar unchalik og‘ir kechmayapti, lekin inflatsiya doimiy
xarakterga ega bo‘lib qolmoqda. Inflatsiyani pul muomalasiga ta’sir
etish orqali samaraliroq davolash mumkin deydi.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish yo‘llaridan yana biri —
boj olish va eksport uchun litsenziyalar berish orqali amalga
oshiriladi.
Hozirgi davrda davlatning iqtisodiyotni tartibga solish amaliyo-
tida muhim rolni uning valuta siyosati o‘ynaydi. Davlat bu siyosatni
valuta munosabatlarining qonun-qoidalarini ishlab chiqish orqali
203
amalga oshiradi. Bu qonunlarda valutalarni sotib olish yoki sotish,
valuta kursini belgilash yo‘llari bilan olib boradi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytsak, davlat o‘zining iqtisodiy
siyosati orqali bozor subyektlarining faoliyatiga faol ta’sir ko‘rsatish
yo‘li bilan iqtisodiyotni tartibga solishni amalga oshiradi.
10.6. Iqtisodiyotni tartibga solishning Keynscha modeli
Biz yuqorida bozor iqtisodiyotining o‘zini o‘zi tartibga solish
to‘g‘risida to‘xtalib, J.B. Seyning tovar taklifi o‘z-o‘zidan tovarga
talab yaratadi qoidasiga amal qilishini ko‘rsatib o‘tgan edik. Keyns
esa Sey qonuniga tanqidiy yondashib, bozorni tartibga soluvchi
«asosiy psixologik qonun» mavjud degan fikrni olg‘a surgan. Uning
fikricha, bozor rivojlanib borgan sari, aholi daromadlari ham o‘sib
boradi. Natijada odamlar daromadlarining bir qismini jamg‘arishga
ajrata boshlaydilar. Jamiyatda topilgan daromadidan ishlatilmay
qolgan kattagina qismini jamg‘arishga moyillik hissi paydo bo‘ladi.
Shunga ko‘ra, bozorda jami talab jami taklifga mos kelmay
qoladi. Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchilarning resurslarga tala-
bining kamayishiga olib keladi. Chunki tovar ishlab chiqaruvchilar
foydasi pasaygani uchun ularda kelajakda oladigan foydalariga
ishonchlari yo‘qoladi. Bunday holatda ular o‘z mablag‘larini endi
ishlab chiqarishga emas, banklarga qo‘yib yoki qarzga berib, barqaror,
yuqori foiz olish evaziga ham yashayverishlari mumkin bo‘ladi.
Bunday holatda J.M. Keynsning fikricha, davlatning markaziy
vazifasi aholi daromadlarining o‘sishiga olib keluvchi «samarali
talab»ni ta’minlash zarur bo‘ladi. Agar davlat shunday qilsa, buning
oqibatida aholining ish bilan bandligi va, o‘z navbatida, daromadlari
oshadi, bu ishlab chiqaruvchilarning foydasi oshishiga olib keladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Keyns bozor iqtisodiyoti
yalpi taklif bilan yalpi talab o‘rtasida mustahkam muvozanatni
ta’minlashga qodir emasligini asoslab beradi. Shuning uchun
bunday muvozanatni davlat iqtisodiyotda samarali talabni ta’min-
lash vazifasini o‘z zimmasiga olishi kerak, degan nazariy modelni
yaratadi. Bu makroiqtisodiyotni tartibga solishning tamomila yangi
modeli hisoblanib, iqtisodiyot nazariyasida u neoklassik yo‘na-
lishida yangi inqilobiy burilish deb aytiladi.
Jon Maynard Keynsning bu nazariyasi uning 1936-yil bosma-
dan chiqqan «Ish bilan bandlik, protsent va pulning umumiy naza-
riyasi» nomli mashhur asarida o‘z ifodasini topgan. Bu asarning
204
asosiy masalasini Iste’mol xarajatlari + Investitsiya + Davlat
xaridlari = Yalpi talab tashkil etadi.
J.M. Keyns iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda
eng muhim masala, bu aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni
bartaraf etish iqtisodiy o‘sishning asosiy omilidir deb qaraydi. Uning
fikricha, ish bilan band bo‘lish samarali taklif bilan, taklifning
o‘zi esa aholining va tadbirkorlarning ishlab chiqarish xarajatlari
bilan belgilanadi. Bandlik, iste’mol va investitsiya bir-biri bilan
bog‘liq. Bandlik iste’molni kuchaytiradi, iste’mol va investitsiya
o‘zgarsa bandlik ham o‘zgaradi, deydi. Keyns fikricha, iste’mol
funksiyasi nisbatan barqaror, shuning uchun davlat investitsiyani
rag‘batlantirib turishi kerak.
J.M. Keyns davlat xarajatlari masalasida mamlakatdagi ayrim
samarasiz tarmoqlarni, kommunal xo‘jalik korxonalarini budjetdan
moliyalashtirish, ayniqsa, aholining ma’lum qatlamiga yordam
berish kabilarni tavsiya etadi. Budjet orqali talabni kengaytirish
ishsizlikni, oqibatda esa, ijtimoiy qarama-qarshiliklar keskinligini
kamaytiradi. Davlat xarajatlarining zarurligi va samaradorligini
ularni ishlab chiqarish hajmi, daromadlar, bandlikka ta’siri nuqtayi
nazaridan asoslab berish uchun J. M. Keyns «multiplikator» naza-
riyasini ishlab chiqadi.
Uning fikricha, investitsiyaning o‘sishi ishlab chiqarishga qo‘shim-
cha ish kuchini jalb qiladi, u, o‘z navbatida, qo‘shimcha daromad
va iste’molni yuzaga keltiradi. Natijada sarflangan investitsiyaga
qaraganda ishlab chiqarish hajmi va daromad bir necha barobar ko‘p
o‘sadi. Bu natija esa multiplikator effekti deb ataladi. Chunki
investitsiyalar iqtisodiyotda o‘zgarish sodir qiladi va u xuddi zanjir-
simon reaksiya bo‘lib, har bir keyingi bosqichda so‘nib borayotgan
tarzda bo‘lsa ham YIMning bir necha marta o‘zgarishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda iste’mol bilan jamg‘arishning mutanosibligi
saqlanishiga davlat tomonidan muhim e’tibor qaratiladi, chunki
birining ortishi ikkinchisining kamayishiga olib keladi. Agar
mamlakatda ko‘proq jamg‘arilsa, iste’mol kamaytiriladi, bu, o‘z
navbatida, daromadning ham qisqarishiga olib keladi. Chunki
iqtisodiyotda bir subyektning xarajati ikkinchisining daromadi
bo‘ladi. Daromadning pasayishi, o‘z navbatida, jamg‘arishning
pasayishiga olib keladi, kapitallashgan tovarlarga bo‘lgan talab
qisqaradi. Bu esa investitsiyaning qisqarishiga olib keladi. Demak,
multiplikator ikki tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Investitsiyaning
o‘sishi milliy daromadning multiplikativ ko‘payishiga olib keladi.
205
Ikkinchi tomondan, investitsiyaning uncha ko‘p bo‘lmagan qisqa-
rishi keskin ravishda milliy daromadning kamayishiga olib keladi.
Shu bilan bir qatorda investitsiya kam bo‘lsa, ishsizlikning ko‘payi-
shiga, jamg‘arishdan ortishi esa inflatsiyaning o‘sishiga olib keladi.
Investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo‘lsa, pulni inves-
titsiya qilgandan ko‘ra, jamg‘arish qulay bo‘ladi. Agar investi-
tsiyadan olinadigan daromad pasaysa, investitsion faollik ham susayadi.
Aksincha bo‘lsa, faollik ham kuchayadi. Demak, davlat ana shu
faollikni ta’minlash uchun doimo sharoit yaratib turishi kerak bo‘ladi.
J.M. Keynsning bu nazariy modeli davlatning iqtisodiyotni
uzoq muddatga asoslangan tartibga solishiga qaratilgan. Uning
parametrlari va yo‘nalishlari har bir mamlakatning xususiyatidan
kelib chiqib, milliy iqtisodga moslashtirilishi kerak bo‘ladi. Hozirgi
vaqtda bozor tizimida yashayotgan davlatlar o‘zining fiskal
siyosatini Keyns nazariyasiga asoslanib olib borishmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, iqtisodiyotni tartibga solishning
Keyns modelining asosiy xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
• davlat budjeti orqali milliy daromadning qayta taqsimlana-
digan ulushi yuqori bo‘ladi;
• davlat va aralash korxonalar tashkil qilinishi, davlat tadbirkor-
ligini keng rivojlantirishga olib keladi;
• iqtisodiyotning moliya-budjet va pul-kredit mexanizmlaridan
foydalanib vaziyatni barqarorlashtirish, siklli tebranishlarni tartibga
solish, bandlik darajasini ko‘tarish, iqtisodiy o‘sish sur’atini qo‘llash
uchun keng foydalaniladi.
J.M. Keyns tomonidan taklif etilgan iqtisodiyotni tartibga solish
modeli hozirgi vaqtda ko‘p mamlakatlarda, ayniqsa, AQSH,
Angliya va boshqa g‘arb mamlakatlarida keng qo‘llaniladi va iqtiso-
diyotni tanglikdan olib chiqishga yordam bermoqda.
10.7. Iqtisodiyotni tartibga solishning monetar modeli
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish to‘g‘risidagi
hozirgi zamon nazariyalari ichida alohida o‘rin tutgan, keng tarqal-
gan mashhur va nufuzli model — bu monetarizmdir. Bu nazariya-
ning asoschisi AQSH iqtisodchisi Milton Fridmendir. U 1976-yilda
Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Monetarizm moneta, ya’ni tanga so‘zidan kelib chiqqan. Bu
nazariya pul muomalasi to‘g‘risidagi nazariya deb yuritiladi.
Nazariyaning bosh g‘oyasi iqtisodiyotning o‘sishini, bozorning
barqaror rivojlanishini ta’minlashning asosiy mexanizmi, vositasini
206
pul deb tushuntirishdan iborat. Fridmenning fikricha, davlat
iqtisodiyotga aralashuvi faqat pul muomalasi doirasida bo‘lishi
kerak. Davlat yalpi talabga muomaladagi pul miqdorini tartibga
solish bilangina ta’sir etishi kerak deydi. Muomaladagi pul miqdo-
rining esa quyidagi formula orqali aniqlanishini ko‘rsatadi:
.
Pm
YMM
0
=
Pm= YMM qiymati / Pb pul birligi va uning aylanish soni,
ya’ni
0 ga bo‘linadi, deb olinadi.
Monetaristlar pul birligi aylanish soni, odatda, kam o‘zgaradi,
shuning uchun YMM qiymatiga muomaladagi pul miqdorini
tartibga solish bilan ta’sir qilish mumkin. Pul birligi aylanish soniga
ko‘paytirilgan, emissiya qilingan pul miqdori ishlab chiqarilgan
ne’matlarni sotib olish uchun aholida mavjud pul miqdorini
ifodalaydi. Ya’ni yalpi talabni ifodalaydi. Demak, YMM qiymati
yalpi talabga bog‘liq bo‘ladi deyishadi. Fridmen erkin bozorni,
talab va taklifni iqtisodiyotni rivojlantirishning eng qudratli iqtisodiy
vositasi deb hisoblaydi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishining eng yaxshi vositasi —
bu bozorga o‘z vazifasini bajarish uchun sharoit yaratib berishdir,
ya’ni narxga aralashmaslikdir deydi. Shunda «Narx tizimi mexa-
nizmi» shunday aniq va samarali ishlaydiki, biz ko‘pincha ahamiyat
ham bermaymiz. Narx mexanizmi iqtisodiyotni markaz boshqa-
ruvisiz, odamlarga buyruq qilmay muvozanatlashtiradi deb ta’kid-
laydi. Fridmen narxning uch vazifani bajarishini ko‘rsatib beradi.
Axborot berish — bozordagi talab va taklif nisbati o‘zgarishi
haqida ishlab chiqaruvchilarga signal-axborot yuboradi.
Rag‘batlantirish — xo‘jalik yurituvchilarni iqtisodiy resurslardan
samarali foydalanish yo‘llarini qidirishga undaydi.
Òaqsimlash — daromadlarni talab va taklifga nisbatiga qarab
sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Har uch vazifa
bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Ular yordamida bozor
mexanizmi makroiqtisodiy miqyosda samarali tartibga solishni o‘z-
o‘zidan uddalaydi. Bu borada normal bozor mexanizmidan qoni-
qarli darajadagi muqobil mexanizm yo‘q. Davlat faqat muomala-
dagi pulga aralashsa bo‘ldi, deb ko‘rsatadi.
M. Fridmen A. Shvars bilan birgalikda yozgan «1867—
1960-yillarda Qo‘shma Shtatlarning monetar tarixi» kitobida xo‘ja-
207
lik faoliyatidagi yirik o‘zgarishlar pul massasi va uning harakatiga
bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
Uning nazariyasi asosida:
1. Pul barcha ishlab chiqarishning rivojlanishi va harakatining
aniqlovchisi.
2. Pulga bo‘lgan talab doimiy ravishda o‘sib boradi. Chunki
individning jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi uni doimiy ravishda
pulini ko‘paytirishga intilishiga olib keladi.
3. Pul taklifi va barqarorligi esa kredit-pul institutlarining siyosa-
tiga bog‘liqligi bilan xarakterlanadi.
Fridmen Keyns maktabi ilgari surgan fiskal siyosat iqtisodiyot-
ning ahvoli, ayniqsa, pul muomalasining yomonlashuviga, ishlab
chiqarishning pasayishiga olib keladi deydi.
Monetaristlar inflatsiyani davolashning o‘z retseptlarini ishlab
chiqib, g‘arb mamlakatlariga quyidagilarni tavsiya etishadi:
• pul taklifi va kredit berishni qattiq cheklash;
• pul emissiyasini qisqartirish (ishlab chiqarishni o‘sishga muvo-
fiq ravishdagina ko‘paytirish);
• ijtimoiy dasturlarni qisqartirish (davlatning aholiga turli
to‘lovlarini kamaytirish).
Monetaristlarning fikricha, hukumat va Markaziy bank haddan
tashqari faol pul-kredit siyosatini yuritmasligi kerak. MB qat’iy
ravishda pul massasining doimiy o‘sishini qo‘llash qoidasiga amal
qilishi lozim. Bu qoida pul hajmining ko‘payib borish sur’atini
qo‘llash, lekin inflatsiyaning oshib ketmasligi uchun bu yetarli
darajada past bo‘lishi kerak — 2,5 % dan 8 % gacha deb ko‘rsatadi.
Lekin bu chegaradan past ham bo‘lmasligi kerak, u holda ishlab
chiqarishning qisqarishi yuz beradi deb tavsiya etadilar.
Monetaristlarning nazariyalarini tahlil qilish orqali unda pul-
kredit vositalarining iqtisodiyotni tartibga solishdagi rolining haddan
ziyod bo‘rttirib yuborilganining guvohi bo‘lishimiz mumkin.
Pul siyosati pulga bo‘lgan talab va taklifning o‘rtasida muvoza-
natning yaratilishiga qaratilishi kerak. Iqtisodiyotni pul-kredit orqali
tartibga solish hozirgi davr pul-kredit nazariyasiga asoslangan holda
amalga oshiriladi. Bu nazariyalardagi u yoki bu asosiy qoidalar va
xulosalar pul-kredit siyosatini ishlab chiqishga asos bo‘ladi.
Monetaristlar fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, ular uchun bosh
masala antiinflatsion siyosatni asoslashdan iborat ekan. Pul-kredit
institutlari pul miqdorining bir me’yorda o‘sishini saqlash orqali
iqtisodiyotda yuz beruvchi keskin tebranishlarning oldini olishi
208
mumkin. Bundan Fridmen bir vaqtning o‘zida iqtisodiy o‘sishga
erishishni ta’minlash ham milliy valutaning xarid qobiliyati yuqori
darajada bo‘lishiga erishish mumkin deb hisoblaydi.
Keyns va monetarizm maktablarining farqi
r
a
l
a
l
a
s
a
m
i
g
a
d
i
y
u
Q
k
i
l
i
h
c
s
n
y
e
K
m
z
i
r
a
t
e
n
o
M
g
n
i
n
t
a
s
o
y
i
s
y
i
d
o
s
i
t
q
I
i
d
a
s
q
a
m
h
s
i
a
v
r
a
l
x
r
a
n
r
o
r
a
q
r
a
B
i
n
k
i
l
d
n
a
b
a
l
‘
o
t
,
i
q
a
h
.
h
s
a
l
n
i
m
’
a
t
y
i
b
l
a
s
i
g
a
d
t
o
y
i
d
o
s
i
t
q
I
-
a
l
f
n
i
i
s
i
h
c
b
a
b
a
s
r
a
l
t
a
l
o
h
.
h
s
i
h
s
a
r
u
k
n
a
l
i
b
a
y
i
s
t
a
g
d
a
s
q
a
m
n
a
g
l
i
y
‘
o
Q
i
r
a
l
a
t
i
s
o
v
h
s
i
h
s
i
r
e
-
d
n
a
b
,
i
n
i
s
a
l
a
m
o
u
m
l
u
P
.
1
-
i
s
‘
o
h
s
i
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
i
n
k
i
l
.
h
s
a
l
s
o
m
a
g
i
h
s
l
u
p
n
a
h
c
v
u
h
s
a
l
s
o
M
.
2
z
i
s
z
o
r
i
q
n
i
(
i
t
a
s
o
y
i
s
)
h
s
a
l
n
i
m
’
a
t
i
n
h
s
i
n
a
l
j
o
v
i
r
.
h
s
i
t
i
r
u
y
a
v
b
a
l
a
t
,
t
e
j
d
u
b
l
i
h
c
q
a
Ò
.
3
g
n
i
n
t
a
l
o
f
a
k
y
i
o
m
i
t
j
i
-
i
s
‘
o
.
h
s
i
r
i
t
h
s
a
l
a
y
i
l
o
m
i
n
i
h
s
-
r
u
t
s
a
d
y
i
o
m
i
t
j
i
t
a
l
v
a
D
.
4
.
h
s
i
r
i
t
y
a
g
n
e
k
i
n
i
r
a
l
.
5
,
h
s
i
r
i
t
y
a
p
‘
o
k
i
n
r
a
l
q
i
l
o
S
.
h
s
i
r
i
h
s
o
i
n
i
b
a
l
a
t
t
a
l
v
a
d
-
t
a
q
i
n
i
s
a
l
a
m
o
u
m
l
u
P
.
1
.
h
s
i
l
i
q
t
a
r
o
z
a
n
q
i
t
r
o
r
a
q
r
a
b
a
v
l
u
p
q
i
t
t
a
Q
.
2
.
h
s
i
t
i
r
u
y
t
a
s
o
y
i
s
l
a
k
s
i
f
i
n
i
t
a
n
a
z
o
v
u
m
t
e
j
d
u
B
.
3
r
o
z
o
b
i
g
i
l
l
i
h
c
q
a
t
t
e
j
d
u
b
(
t
a
l
v
a
d
a
g
i
m
z
i
n
a
x
e
m
a
g
i
h
s
i
s
‘
o
g
n
i
n
i
v
u
h
s
a
l
a
r
a
.
h
s
a
l
n
i
m
’
a
t
)
i
d
a
l
e
k
b
i
l
o
-
r
u
t
s
a
d
y
i
o
m
i
t
j
i
t
a
l
v
a
D
.
4
.
h
s
i
r
i
t
r
a
q
s
i
q
i
n
i
r
a
l
i
n
i
g
i
l
l
i
h
c
q
a
t
t
e
j
d
u
B
.
5
a
m
o
u
m
l
u
p
,
h
s
i
r
i
t
y
a
m
a
k
-
.
h
s
i
l
o
s
a
g
b
i
t
r
a
t
i
n
i
s
a
l
.
h
s
a
l
o
h
a
b
i
n
i
l
o
r
g
n
i
n
t
a
l
v
a
D
a
j
i
t
a
n
y
i
b
o
j
i
n
a
d
h
s
a
l
l
‘
o
Q
.
h
s
i
t
u
k
y
i
d
o
s
i
t
q
I
.
h
s
i
r
i
t
n
a
l
t
a
b
‘
g
a
R
z
u
y
r
a
l
n
o
r
h
‘
o
b
,
k
i
l
g
n
a
t
.
a
d
n
a
g
r
e
b
.
h
s
a
l
k
e
h
C
,
z
o
y
a
s
k
i
l
n
u
k
h
s
u
Ò
.
a
s
l
‘
o
b
i
l
h
c
u
k
a
y
i
s
t
a
l
f
n
i
Fridmen va umuman, monetaristlar nazariyasiga binoan, ish
yuritgan g‘arb mamlakatlarida inflatsiya sur’atlarini so‘ndirishga
erishildi, iqtisodiy faollikni oshirishga yordam berdi. Lekin bu
mamlakatlarda ishsizlik ortib borib, o‘tkir ijtimoiy muammoga
aylandi, ishchi kuchlaridan foydalanish samarasi pasaydi.
Umuman, bu ikki modelga xulosa chiqarib shuni aytish mum-
kinki, har ikki nazariy model tavsiyalari bir vaziyatda ma’lum bir
mamlakat uchun qo‘l kelsa, boshqa vaziyatda, boshqa mamlakatda
foyda bermasligi mumkin. Agar keynschilar nazariyasi iqtisodiy
tushkunlikdan chiqib ketishda qo‘l kelsa, monetaristlarning qarash-
lari iqtisodiyoti tiklanayotgan mamlakat sharoitida uning iqtiso-
diyotini o‘stirishga yordam berishi mumkin. Har ikki model
iqtisodiyotni tartibga solish zaruriyatidan kelib chiqadi.
209
Keynschilar asosiy e’tiborni davlatning tartiblash kuchiga
qaratgan bo‘lishsa, monetaristlar esa iqtisodiyotni o‘zini o‘zi
tartiblash uchun bozor mexanizmi bor, davlat esa ularga yo‘l berib,
iqtisodiyotga kam aralashgani ma’qul deydilar. Shuning uchun
iqtisodiyot nazariyasida Keyns nazariyasi fiskal siyosat nazariyasi
deyilsa, Fridmen nazariyasi monetar, ya’ni pul-kredit nazariyasi
deb ataladi.
Har ikkala nazariya modeli hozirgi zamonning eng mashhur
va keng tarqalgan nazariyalari hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi
kunda turli mamlakatlarda yuritilayotgan iqtisodiy siyosatning
asosini keynschilar va monetaristlar nazariy qoidalari tashkil etadi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish;
• iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi;
• «ko‘rinmas qo‘l»;
• «Sey qonuni».
1. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmini tushuntirib bering.
2. Iqtisodiyotga bevosita ta’sir ko‘rsatish qanday amalga oshiriladi?
3. Iqtisodiyotga bilvosita ta’sir ko‘rsatish qanday bo‘ladi?
4. Iqtisodiyotni tartibga solishning huquqiy asoslari nima va uni kim yaratadi?
5. Ma’muriy tartibga solish deganda nimani tushunasiz?
6. Bozorni qisqa muddatli tartibga solish qanday bo‘ladi?
7. Bozorni uzoq muddatli tartibga solish qanday bo‘ladi?
8. Fridmen formulasini eslab yozib bering.
9. Iqtisodiyotni tartibga solishning «Keynscha model»i mazmun-mohiyatini
tushuntirib bering.
10. Iqtisodiyotni tartibga solishning «Monetar model»i mazmun-mohiyatini
tushuntirib bering.
11. Monetar siyosat deganda nimani tushunasiz?
12. Iqtisodiyotda «Psixologik qonun» qanday rol o‘ynaydi?
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
210
11-bob. AGRAR MUNOSABATLAR
11.1. Agrar munosabatlar va ularning bozor
iqtisodiyoti sharoitidagi xususiyatlari
Ma’lumki, iqtisodiyotning boshqa sohalar kabi qishloq xo‘jaligi
bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida muayyan
iqtisodiy munosabatlar kelib chiqadi va yer bilan bog‘liq bo‘lgan
iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Iqtisodiyot
nazariyasi fani yerga egalik qilish, uni tasarruf etish, undan unumli
foydalanish va natijalarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtiso-
diy munosabatlarni agrar munosabatlar deb o‘rganadi.
Insonning iqtisodiy faoliyati dastlabki davrdanoq, bevosita yerni
ishlashdan boshlanganligi bois agrar munosabatlar ham iqtisodiy
munosabatlarning eng qadimgi shakli hisoblanadi. Bozor munosa-
batlarining iqtisodiyotning barcha jabhalariga qanchalik darajada o‘z
ta’sirini ko‘rsatishidan qat’i nazar, agrar munosabatlar bu tizimda
o‘zining muhim o‘rniga va salmoqli salohiyatiga ega bo‘lib qolmoqda.
Agrar munosabatlarning obyekti va subyektlari mavjud bo‘lib,
ular o‘ziga xos xususiyatga egadir. Agrar munosabatlarning obyekti
yer, subyektlari esa yer egalari, yerda xo‘jalik yurituvchilar yoki
yerda iqtisodiy faoliyat ko‘rsatuvchilar hisoblanadi.
Yer tovar hisoblanadi
Yerga turli mulkchilik shaklining
mavjudligi
Yerning tadbirkorlik obyekti bo‘lishi
Yerning garovga qo‘yilishi
Yer uchun pul shaklida renta undirilishi
Agrobiznes ham maxsus faoliyat turi
ekanligi
Bozor tizimi
agrar
munosabat-
larining
mohiyat-
mazmunini
ochib
beruvchi
sabablar
211
Bozor iqtisodiyoti sharoitida agrar munosabatlar yerga bo‘lgan
turli mulkchilikning shakllanishi, yerning tadbirkorlik obyekti
bo‘lganidan garovga qo‘yilishi, yer uchun pul shaklida rentaning
turli ko‘rinishlarda undirilishi hamda uning agrobiznesning max-
sus faoliyat turiga aylanishi kabi shart-sharoitlar bozor iqtiso-
diyotida agrar munosabatlarning o‘ziga xos mazmun-mohiyatga
ega ekanligini bildiradi.
11.2. Yerning resurs sifatida alohida xususiyatlari
Qishloq xo‘jaligi uchun yer asosiy va hal qiluvchi ishlab
chiqarish vositasi bo‘lganligi sababli, birinchidan, insonni iqtisodiy
faoliyat ko‘rsatishiga va ikkinchidan esa, tabiat rivojlanishi qonun
va qonuniyatlariga, tabiiy-biologik shart-sharoitlar, ya’ni iqlim
sharoiti, ob-havo holatiga, tuproqning tabiiy xossalariga, shu-
ningdek, o‘simliklarda yuz beradigan biologik o‘zgarishlarga bog‘liq
bo‘ladi. Yer mamlakatning asosiy resursi bo‘lib, uni hech bir narsa
bilan tenglashtirish yoki almashtirish mumkin emas, u tengsiz,
tanho, yagona va o‘ziga xos xususiyatga ega. Yerning cheklangan
resurs ekanligi, ko‘paytirish mumkin emasligi, hali o‘rnini bosa-
digan o‘rinbosar resurs yo‘qligi, uning o‘ziga xos bo‘lgan resurs
ekanligini ko‘rsatuvchi xususiyatidir. Yerning resurs sifatida alohida
xususiyati shundaki, u cheklangan va uning hajmi o‘zgarmas hisob-
lanadi. Masalan, butun yer kurrasining hajmi 510 mln km
2
bo‘lsa,
uning 13 % igina ishlov berishga yaroqli yerlar hisoblanadi.
Yer o‘ta noyob, qimmatli asosiy resurs, uning o‘rnini bosa ola-
digan boshqa resurs hali paydo bo‘lmagan. Lekin yerning foyda-
lanadigan qismi juda ozligi, unga qo‘shimcha mablag‘ sarflab ko‘pay-
tirish zarurligini ko‘rsatadi. Qo‘riq yerlarni sug‘orish, zax yerlarni
quritish orqali yaroqsiz bo‘lib yotgan yerlarni dehqonchilik uchun
yaroqli yerga aylantirish zarur. Yer insonlarga dehqonchilik qilish,
undirma sanoatni yurgizish, qurilish qilish, qo‘yingki, undan jamiyat
manfaati yo‘lida foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochib beradi.
Yerga kishilar tomonidan mehnat sarflanib, unga organik va
kimyoviy o‘g‘itlar solinib, sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya
kabi ishlarni amalga oshirish yo‘llari bilan uning hosildorligi
oshirilib hosil olinsa, bu iqtisodiy unumdorlik deyiladi. Yerdan
olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligi,
insonning faol mehnati va boshqa xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lar
ekan.
212
Har qanday ishlab chiqarishda bo‘lgani kabi qishloq xo‘jaligida
ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida
sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarish omillari esa davlat, xususiy, shaxsiy,
jamoa mulki shaklida bo‘lib, turli mulkchilikka asoslanadi. Shun-
dan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda hozirgi davrda qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarish korxonalari shakli, asosan, fermer,
dehqon xo‘jaligi kabi shakllarida tashkil qilingan. Ularning asosiy
kapitali turli bino, inshootlar, traktor va boshqa agregatlar, trans-
port vositalari, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari,
shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan turli xil
asbob-uskunalardan iborat bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining eng asosiy ishlab chiqarish
vositasi bo‘lgan yer qiymati, kapital qiymati tarkibida hisobga
olinmaydi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari asosiy kapitalining ayrim
turlari sanoat tarmoqlaridan farq qiladi. Ishlab chiqarish qurol va
vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar
ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadi va uning pirovard
natijasiga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Shunga binoan qishloq xo‘jaligi
korxonalari kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, mexa-
nizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining aylanma kapitali quyidagilardan
iborat bo‘ladi: urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati
bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari — asbob-
uskunalar, yoqilg‘i va moylash materiallari, boquvga qo‘yilgan
hayvonlar, yem-xashak kabilar. Ishlab chiqarish jarayoni mavsumiy
xarakterda bo‘lib, mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni sotish
davrida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni
pul shaklidan ishlab chiqarish vositalari va mehnat predmetlari
shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqa-
rilgan mahsulotlarning miqdori, uning sifati ham yerning hosildor-
ligiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy-biologik, iqtisodiy
sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan
kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning
uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir agrar xo‘jalikning
muhim vazifasi hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish
jarayoni mavsumiyligi korxona xo‘jaligida mavjud bo‘lgan qurol-
vositalaridan, ya’ni turli ekish agregatlari, hosilni yig‘ib-terib olish
kombaynlari kabilardan foydalanish ham mavsumiy bo‘ladi, qolgan
vaqtda esa ular bekor turadi.
213
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnat jarayonlarining
mavsumiyligi sababli, yil davomida aylanma mablag‘larning sarfi
bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilina-
digan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar bo‘ladi.
Masalan, qishda aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi (urug‘lik,
yem-xashak, turli oziqalar) ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida
turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning
butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib
boradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida
sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning
samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. O‘zbe-
kiston aholisining turli hududlar bo‘yicha turlicha joylashganligi,
qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli yerlarning cheklan-
ganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmadi.
Lekin bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, oqilona agrar
islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon chuqurlashtirilmoqda.
Buning natijasida hozirgi vaqtda respublikamizda dehqon, fermer
xo‘jaliklari vujudga keldi. 2014-yilning boshida fermer xo‘jalik-
larining umumiy soni 55400 taga yetdi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jami hajmga nisbatan, % da
Yanvar—dekabr
M a n b a : O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi.
2012-yil
2013-yil
63,5 %
64 %
34,4 %
2,1 %
2 %
34 %
Fermer xo‘jaliklari
Qishloq xo‘jaligi korxonalari
Dehqon xo‘jaliklari
214
11.3. Yer — mulk va xo‘jalik yuritish obyekti sifatida
Yerga egalik yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lum yer
uchastkalari tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjat-
larida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi.
Yerga egalik deganda, avvalo, yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi
ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksida ko‘rsatilganidek, «Yer
uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik
qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin».
Yerdan foydalanish huquqi — bu tarixan shakllangan urf-
odatlar yoki o‘rnatilgan qonuniy tartibda undan foydalanishni
bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real
xo‘jalik hayotida yerdan foydalanishni, ko‘pincha, har xil jismoniy
va yuridik shaxslar, xususan, hozir bizda dehqon, fermer va shirkat
xo‘jaliklari amalga oshiradi.
O‘zbekistonda amal qilayotgan Yer kodeksida yer bilan bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar, mulkchilik munosabatlarining
istiqboli aniq belgilab berilgan. Yer kodeksining 3-bob 16-modda-
sida ko‘rsatib o‘tiladiki, yer davlat mulki — umummilliy boylikdir,
undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza
etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, O‘zbekiston Respublikasining
qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno deyilgan. Qonun-
da yer fondi va uning toifalari, yer uchastkasi va uni ijaraga berish
kabi ko‘plab muammolar o‘zining qonuniy yechimini topgan.
Yer to‘g‘risidagi qonunning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak
avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda
oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishdan, tuproq unumdor-
ligini tiklash va oshirishdan, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashdan,
xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida
rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan, yuridik va jismoniy shaxs-
larning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni
ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan va
bu sohada qonun talablarini mustahkamlashdan iborat. Shuning-
dek, kodeksda yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara
shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va
foydalanishdan iborat bo‘lishi ham belgilab berilgan.
Yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar. Yerning, birinchidan, mulk
obyekti va ikkinchidan esa xo‘jalik yuritish obyekti bo‘lishi yerga
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning ikki tomonini bildiradi. Yerning
215
mulk ekanligi, uning hech qachon egasiz bo‘lmasligi, yer egasining
o‘z mulkidan naf ko‘rishini ko‘zlab mablag‘ sarflashga majbur
etadi. Egasiz yer bo‘lmagani sababli, har qanday yer ham tekinga
berilmaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yer egasiga
yerdan kimdir foydalangani uchun haq to‘lashni shart qilib qo‘yadi.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov aytganidek, «Hozirgi
paytda qishloqda xo‘jalik yuritishning asosiy uch shakli qaror
topmoqda. Bular — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yirik ishlab
chiqaruvchilari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari, fermer va
dehqon xo‘jaliklaridir. Xo‘jalik yuritishning mana shu shakllarini
amaliyotga yanada kengroq joriy etishdan asosiy maqsad —
qishloqda, avvalo, chinakam mulkdorlarni yerga, mulkka hamda
ishlab chiqarilgan mahsulotga nisbatan haqiqiy egalik tuyg‘usini
shakllantirishdan iborat».
Mahsulot ishlab chiqaruvchilar — shirkatmi, fermer yoki deh-
qon xo‘jaligi egasi bo‘ladimi, pudratchimi o‘zining qancha mehnat
qilgani, qancha mablag‘ sarflaganini, ijaraga olingan maydondagi
haqiqiy hosildorlik darajasi qancha bo‘lganini, shunga yarasha
daromad yoki sof foyda olganini, o‘z mehnatini qanchalik to‘g‘ri
hisob-kitob qilganini bilmasa, qishloqda o‘tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlar yaxshi samara bermaydi. Xo‘jalik yuritish obyekti sifatida
yer jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan egallab olinib, ularning
roziligisiz yerni ishlatish, undan foydalanish mumkin emas. Bunday
sharoitda yer o‘z egasining mulki bo‘lib qolganidan vaqtincha
foydalangani uchun haq to‘lash sharti bilan boshqa tadbirkor tomo-
nidan ishlatilishi mumkin.
11.4. Ijara munosabatlari
O‘zaro kelishilgan muddatga yerdan foydalanganlik uchun haq
to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy aloqalar ijara munosabatlari
deyiladi. Bir tomonda yerning egasi, ikkinchi tomonda oluvchi turadi
va ular o‘rtasidagi munosabatlar ijara shartnomasi orqali qonun-
lashtiriladi. Yerni ma’lum muddatga ijaraga olish orqali ijarachi mus-
taqil xo‘jalik yuritish va yerdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-
da, lekin mulk egasi bo‘la olmaydi, ya’ni bunda mulk egasi o‘zgarmaydi.
Yerdan qanday foydalanish, nima va qancha yetishtirish, kimga
sotish, kimdan qarz olish, qayerdan resurslar olish kabi ishlarni
ijarachi yerning egasiga bog‘liq bo‘lmay, mustaqil xo‘jalik yuri-
tuvchi subyekt tariqasida o‘zi hal qiladi. Yer egasi bilan ijarachi
o‘rtasidagi munosabat faqat ijara haqini o‘z vaqtida to‘lab turish
216
bilan yakunlanadi. Ijarachi ham erkin xo‘jalik yurituvchi bo‘lib,
quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
• yerga mablag‘ sarflaydi, tushgan daromadni mustaqil taqsim-
laydi va ishlatadi;
• xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladi;
• amaldagi tartib-qoidalarga rioya qiladi;
• tadbirkorlik faoliyatini yurgizib foyda oladi va undan o‘z
manfaati uchun foydalanadi.
O‘z navbatida, yer egasi ham o‘z mulki — yeri uchun ijara
haqi olib, undan o‘z manfaati yo‘lida foydalanadi.
11.5. Yer rentasi tushunchasi
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasida yer
rentasi to‘g‘risida shunday deyilgan: «Yer rentasi yer egaligini
iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning shaklidir». Shu tushuncha-
dan kelib chiqqan holda aytadigan bo‘lsak, yerning egasiga yerdan
foydalanganlik uchun ijarachi tomonidan to‘langan haq renta
deyiladi. Bundan renta — yer uchun to‘langan haq, agarda yer
uchun haq to‘lanmasa, ya’ni yer egasi yerni ijaraga bermay, o‘zi
xo‘jalik yuritsa, renta to‘lanmaydi, degan xulosa chiqadi. Shu
munosabat bilan iqtisodiy adabiyotlarda, renta yer egasi va ijarachi
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Renta agrar munosabatlarning
moddiy asosidir degan fikr yuradi.
Hozirgi davrda turli mamlakatlarda renta o‘zining kelib chiqish
sabablari va shart-sharoitlariga asoslanib quyidagi turlarga ajratiladi:
differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, mutlaq
yer rentasi, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan
olinadigan renta.
Yerlarning tabiiy unumdorligi va joylashgan joyi tufayli vujudga
keladigan qo‘shimcha daromaddagi farqlarning bir qismi renta
shaklini oladi va u differensial renta deb ataladi. Chunki biz
yuqorida aytib o‘tganimizdek, qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab
chiqarish vositasi — yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi
cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning
uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi faqat yaxshi unumdor
yerlardagina tashkil qilinmay, balki unumdorligi past bo‘lgan
joylarda ham tashkil qilinishiga majbur bo‘linadi.
Shuning uchun yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan
yomon sharoitda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga narx
shakllanishi ijtimoiy normal sharoit sifatida qabul qilinadi. Natijada
217
o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruv-
chilar hosildorligi past, ya’ni yomon yerlardagi ishlab chiqaruv-
chilarga nisbatan qo‘shimcha mahsulot va undan foyda oladilar.
Mamlakatda barcha yerlar egallab bo‘lingan va bu yerlarda alohida
egalari mustaqil xo‘jalik yuritadilar. Bu hol differensial renta
vujudga kelishining asosiy sababi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytsak, differensial renta hosil bo‘lishining tabiiy
sharti xo‘jalik yuritilayotgan yerlar unumdorligidagi farqlardan
iborat ekan. Uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan
yerlarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan yer egalarining xo‘jalik
yuritishidan iborat.
Differensial renta (daromad) kelib chiqish sharoitlarga qarab
ikkiga: differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi.
Differensial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq
holda kelib chiqadi. Quyida uning kelib chiqish sharoitini misol
bilan tushuntiramiz.
Differensial renta I ning kelib chiqishi
r
e
Y
)
a
g
1
(
y
i
o
m
i
t
j
I
b
a
l
h
s
i
h
s
i
r
a
q
i
h
c
i
r
a
l
t
a
j
a
r
a
x
)
m
‘
o
s
(
-
a
t
r
‘
O
a
h
c
a
d
y
o
f
)
m
‘
o
s
(
i
p
l
a
Y
t
o
l
u
s
h
a
m
)
a
n
n
o
t
(
y
i
o
m
i
t
j
I
,
t
a
m
y
i
q
r
o
z
o
b
i
s
o
h
a
b
i
p
l
a
Y
n
a
g
l
i
t
o
s
t
o
l
u
s
h
a
m
)
m
‘
o
s
(
-
e
f
f
i
D
l
a
i
s
n
e
r
a
t
n
e
r
I
-
a
n
n
o
t
1
(
)
n
a
d
-
m
u
n
U
.
A
t
s
a
p
i
g
i
l
r
o
d
0
0
0
0
0
1
0
0
0
1
0
1
0
0
0
1
0
0
0
0
0
0
1
—
-
m
u
n
U
.
B
i
g
i
l
r
o
d
a
h
c
a
t
r
‘
o
0
0
0
0
0
1
0
0
0
1
5
1
0
0
0
1
0
0
0
0
0
5
1
0
0
5
1
-
m
u
n
U
.
D
i
g
i
l
r
o
d
i
r
o
q
u
y
0
0
0
0
0
1
0
0
0
1
0
2
0
0
0
1
0
0
0
0
0
0
2
0
0
0
2
Misolimizda unumdorligi uch xil bo‘lgan, miqdori bir gektardan
iborat yerlarda uch dehqon kartoshka ekdi deylik. Bu yerlarga
uch dehqon bir xil 100000 so‘mdan xarajat qildi, bu iqtisodiyotda
ijtimoiy xarajat deyiladi. Olingan yalpi hosildorlik esa unumdorligi
past A uchastkasida 10 tonna, unumdorligi o‘rtacha B uchastkada
15 tonna va unumdorligi yuqori bo‘lgan D uchastkada 20 tonna
hosil olindi. Demak, har bir uchastkadan turlicha hosil olinganligi
218
tufayli ularda yetkazilgan mahsulotlarning individual qiymati ham
turlicha bo‘lib chiqadi. Ya’ni A uchastkasidan olingan mahsulot
birligining qiymati 1000 so‘m bo‘lsa, B uchastkasida 1500 so‘m,
D uchastkasida esa 2000 so‘mni tashkil qiladi. Bozorda esa
kartoshkaning bahosi o‘rtacha 1000 so‘m, ya’ni unumdorligi
pastmi, o‘rtachami, yuqorimi, qaysi uchastkada yetishtirilgandan
qat’i nazar, bozor bahosi bilan sotiladi. Natijada unumdorligi past
bo‘lgan yer uchastkasi egasi dehqon ham o‘zining yakka ishlab
chiqarish xarajatini qoplash va foyda olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu olingan qo‘shimcha daromad yerning unumdorligi bilan bog‘liq
bo‘lgan differensial renta I ni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, differensial renta I, ya’ni qo‘shimcha daro-
madni bozorlarga va yo‘llarga yaqin joylashgan ayrim yer egalari
ham oladilar. Chunki bunday yerlardan olingan hosilni bozorlarga
olib borish bilan bog‘liq xarajatlar kamroq bo‘ladi.
Differensial renta II ni, odatda, xo‘jaliklar o‘z yerlari unumdor-
ligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar qilish, ya’ni yerlarga
mineral o‘g‘itlar solish, har xil zararkunandalarga qarshi kurashish,
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, ishlab chiqarish jarayo-
nida turli texnikalardan va boshqa texnologiyalardan foydalanish
orqali oladilar. Qaysi dehqon yoki fermer xo‘jaliklari o‘z ishlab
chiqarishida bu ko‘rsatilgan omillardan yaxshi foydalansa va xo‘ja-
ligidagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalana olsa, u
differensial renta II ni olishga muvaffaq bo‘ladi. Chunki bu bilan
mahsulot birligiga sarf qilingan xarajatni kamaytirishga erishadi.
Masalan, avvalgi keltirgan misolimizdagi har uch dehqon endi
kelgusi yilda o‘z yerlariga qo‘shimcha ravishda mehnat qilishdi.
Mahalliy hamda mineral o‘g‘itlar solishib, o‘rtacha yana 100000
so‘mdan sarf-xarajatlar qilishdi. Natijada bu xo‘jaliklarda o‘tgan
yilga nisbatan kartoshka hosildorligi ortib, har biri yana qo‘shimcha
ravishda 2 tonnadan mahsulot olishdi, shu qo‘shimcha olingan
daromad differensial renta II deyiladi
Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligida bu yo‘l jadal rivojlanish
yo‘li deyiladi. Agarda hamma mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi jadal
rivojlantirilmaydigan bo‘lsa, aholining kundan kunga tez o‘sib
borayotgan talablarini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun har
bir davlatda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish uchun alohida
e’tibor beriladi. Qishloq xo‘jaligini jadallashtirishning bosh yo‘li
esa uni sanoatlashgan asosga qo‘yishdan iboratdir. Shuning uchun
O‘zbekistonda keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini zamonaviy
219
texnika va texnologiyalar bilan ta’minlashga katta e’tibor beril-
moqda. Qishloq xo‘jaligiga katta miqdorda kapital mablag‘lar
ajratilyapti.
Absolut renta qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulk-
chilik monopoliyasi yer egasi tomonidan yer uchastkalarining
yaxshi yoki yomon bo‘lishidan qat’i nazar, uni ijaraga berish orqali
alohidalashgan, ya’ni absolut (mutlaq) renta olish imkonini beradi.
Shuning uchun absolut renta deb ataladi. Absolut yer rentasi o‘z
mohiyatiga ko‘ra, yer egalarining o‘z yerini ijarachilarga foyda-
lanish uchun ijaraga berib, ulardan yerdan foydalanganlik uchun
to‘lovlar olishidan iboratdir.
Agar ijaraga berilgan yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan
bo‘lsa, ular uchun alohida ijara haqi hisoblanadi. Yer egalarining
bunday absolut, ya’ni mutlaq ravishda renta (daromad) olishlarining
sababi shundaki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi kapitalning
uzviy tuzilishi sanoatdagidan ancha past bo‘ladi. Natijada qishloq
xo‘jaligida ishlab chiqarilgan tovarlarning bozor qiymati boshqa
sohalardagi ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidan, ya’ni boshqa
sohalardagi qo‘shimcha qiymat miqdoridan, jamiyatda shakllangan
o‘rtacha foyda miqdoridan ortiq bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi tovarlarining
bozor bahosi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish bahosi o‘rtasidagi bu
tafovut absolut rentaning manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Monopol renta. Qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi —
bu monopol rentadir. Bu renta alohida tabiiy sharoitda yetishtirila-
digan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, masalan, sitrus mevalari
alohida navli boshqa mevalar kabi bozorda monopol narxlar bilan
sotilishi tufayli kelib chiqadi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishiga
yana bir sabab bozorda ko‘pincha alohida to‘lovga qodir toifa
kishilarning talab darajasi hisoblanadi. Natijada shunday mahsu-
lotlar o‘zlarining individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lgan mo-
nopol narxlarda sotilishi mumkin. Bu esa shunday yer egalariga
monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham
qo‘shimcha daromad olinadi. Ma’lumki, foydali qazilma konlari
joylashuvi (ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi
jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi
singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda
oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi.
Ijara haqi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yerga xususiy mulkchi-
likning mavjudligi, yerni ijaraga berish va undan ijara haqi olish
220
imkonini beradi. Ijara haqi esa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta (R), yerga ilgari
sarflangan kapital uchun foiz (F); yer uchastkasini ijaraga bergunga
qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada
quyidagicha ifodalash mumkin:
IH = R+F+A.
Ijaraga beriladigan yerda har xil bino va boshqa qurilishlar
qilinmagan bo‘lsa, ya’ni kapital sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va
renta miqdori bir-biriga to‘g‘ri keladi. Agarda shu yerga avval
kapital sarflanib, ma’lum qurilishlar qilingan bo‘lsa, ijara haqi yer
rentasidan farq qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yer oldi-sotdi obyektidir. Yerda
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish bilan bir qatorda, agar unda
tabiiy qazilma boyliklar bo‘lsa, uni qazib olish uchun, har xil
ishlab chiqarish va turar joy binolari, yo‘llar va boshqa inshootlar
qurish uchun ham sotib olinishi mumkin. Shuning uchun yerning
bahosini aniqlash kerak bo‘ladi.
Ma’lumki, yer inson mehnatining mahsuli emas, demak, u
almashuv qiymatga ega emas. Shu sababli yer va boshqa tabiat
in’omlari narxini iqtisodiyot nazariyasida irratsional narxlar deb
ataydilar. Irratsional narxni misol orqali tushuntiramiz. Bir gektar
yer egasi yerni sotib olingan summani bankka qo‘yganda, bankdan
foiz tarzida daromad oladi deylik, shu daromad summasi agar u
shu yerdan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina, yerni
sotadi. Boshqacha aytganda, bozorda barcha sharoitlar teng
bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yerning narxini belgilaydi. U
renta miqdoriga to‘g‘ri mutanosib va ssuda foizi me’yoriga teskari
mutanosiblikda bo‘ladi. Yerning narxini iqtisodchilar kapitallashti-
rilgan renta deb ham ataydilar. Bundan ko‘rinib turibdiki, yerning
narxi ikkita miqdorga bog‘liq ekan:
1) yer uchastkasi egasi olishi mumkin bo‘lgan yer rentasi
miqdoriga;
2) ssuda foizi me’yoriga.
Yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
100 %,
R
S
Yn
f
=
⋅
bu yerda, R—renta; Sf—ssuda foizi me’yori; Yn—yer narxi.
221
Faraz qilaylik, R—10 ming dollar, Sf—6 %. Bunda Yn—60000
AQSH dollariga teng bo‘ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina yerini
sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan
foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki,
u rentaga teng bo‘ladi.
11.6. Yer narxi va uni belgilovchi omillar
Agar renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan
taqdirda, yerning narxi ham o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning
bu usuli nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer
uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga
bog‘liq.
Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jaligi
maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan tushun-
tirilishi mumkin. Inflatsiya va asosan giperinflatsiya sharoitida
yerga talab keskin o‘sadi, bu tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga
olib keladi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 50 yil
davomida yer narxi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bor-
moqda. Bunga sabab yerga bo‘lgan talab oshsa, uning taklifi o‘zgar-
maydi, chunki yerning miqdori ko‘paymaydi.
11.7. Agrofirmalar va agrosanoat birlashmalari,
fermerlar uyushmasi
Hozirgi zamon bozorining muhim va katta qismini qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishning asosiy xo‘jalik subyektlarining bir qancha tashkiliy-
huquqiy shakllari mavjud bo‘lib, ular dehqon xo‘jaligi, fermer
xo‘jaligi, oila, shirkat, jamoa xo‘jaligi, agrofirma, fermerlar
uyushmasi va boshqa ittifoqlar kabilardan iborat bo‘ladi. Ular har
bir muayyan mamlakatning sharoiti bilan bog‘liq ravishda tashkil
etiladi va har xil rivojlanadi. O‘zbekiston sharoitida, asosan,
dehqon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi kabi shakllarda bo‘lib, ular
dehqon-fermer uyushmalarini tashkil etgan holda faoliyat olib
bormoqda.
Dehqon, fermer xo‘jaligining muhim xususiyati shundaki, ular
mulk egalari va mahsulot ishlab chiqaruvchi hisoblanishadi. Bunda
boshqaruvchi, mehnat qiluvchi bir shaxs bo‘lishi mumkin. Ularga
222
o‘z oila a’zolarining mehnatidan tashqari yollanma mehnatdan
foydalanishi qonun bilan kafolatlangan.
Bozor islohotlari davrida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini fermer-
lashtirishga katta e’tibor berilib, davlat mulki bo‘lib kelgan yerlarda
fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Davlat siyosati agrar xo‘jalikning
bu shaklini istiqbolli deb qaraydi, ularning muttasil ko‘payishi va
rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda.
Dehqon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi xo‘jalik yurituvchi mustaqil
huquqiy subyekt bo‘lib, boshqa korxonalar bilan huquqiy maqomi
tenglashtirildi. Mulk, garchi xususiy bo‘lsa-da, davlat himoyasiga
olingan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda fermer
xo‘jaliklarining ulushi tobora ko‘payib borishi tabiiy jarayondir.
11.8. Fermer xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashning
davlat dasturlari
Mamlakatimizda fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatlarining
huquqiy bazasini yaratish maqsadida maxsus qonunlar qabul
qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi
to‘g‘risida»gi Qonunida (1998-yil 30-aprel) fermer xo‘jaligini
tashkil etish shartlari, tartibi, yer berish, unga egalik qilish, yer va
suvdan foydalanish, fermer xo‘jaligi a’zolarining huquq va majbu-
riyatlari, mol-mulki, ular faoliyatining asoslari har tomonlama
to‘la ravishda o‘z ifodasini topgan.
Shuningdek, Qonunda (1-bob, 1-modda) «Fermer xo‘jaligi
o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan
Dehqon xo‘jaligi
Shirkat xo‘jaligi
Ijarachilar
uyushmasi
Fermer xo‘jaligi
Hissadorlik
assotsiatsiyasi
Agrofirma
Mustaqil dehqon
xo‘jaligi
Shaxsiy
yordamchi xo‘jaligi
Agrar
tarmoqdagi
xo‘jaliklarning
turlari
Agrar tarmoqdagi xo‘jaliklar
223
foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan
shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga
asoslangan, yuridik huquq va majburiyatlarga ega mustaqil xo‘jalik
yurituvchi subyektdir» deb ko‘rsatilgan.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, fermer
xo‘jaliklari agrobiznesning boshqa shakllariga nisbatan ancha
samarali bo‘lib, sharoitga tez moslashuvchanlik kabi bir qancha
afzalliklarga ega. Chunonchi:
• fermer xo‘jaligi, eng avvalo, mustaqil bo‘lib, u bozor qonunlari
bilan boshqariladi;
• fermer xo‘jaligi o‘zining mehnati bilan mulkini harakatga
keltirib, zarur bo‘lganda yollanma mehnatdan ham foydalanib
o‘zi uchun ishlaydi;
• fermerlik faoliyatida tadbirkorlik, mehnat qilish va ularning
natijasi bo‘lgan iqtisodiy manfaat mujassamlashgan bo‘ladi;
• fermer xo‘jaligini yurgizishda doimo davlat tomonidan qo‘l-
lab-quvvatlanib turgani uchun ba’zan ozgina daromad olib ham
normal yashashi mumkin;
• fermer xo‘jaligi u katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar,
uning oilasi yashash joyi bo‘lgani uchun bu joyga mehr qo‘yadi,
tayanadi va u joyning madaniy-maishiy sharoitini yaxshilaydi;
• fermer va uning oila a’zolarining mehnati yollanma mehnatga
qaraganda ancha samarali bo‘ladi va shu jihatdan u ko‘p daromad
olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dunyodagi qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlarda fer-
mer xo‘jaligini yuritish ustuvorlikka ega ekanligi allaqachonlar
isbotlanganligini ko‘ramiz. AQSHda 1987-yilda fermer xo‘jalik-
larida hammasi bo‘lib 2 mln 636 ming kishi ishlagan, shundan
faqat 888 ming kishi yoki 33,5 % yollanma ishchilar, qolgan 66,5 %
ini fermerlarning oila a’zolari tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida bozor tizimining xo‘jalik yurituvchi
subyektlarining muhim tarkibiy qismi tashkiliy-huquqiy shaklini
agrofirmalar tashkil etadi. Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi mahsulot-
larini ishlab chiqarish, qayta ishlash va iste’molchilarga sifatli mahsulot
yetkazib beruvchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z
ichiga oladi. Agrofirmalarning asosiy maqsadi foyda olishdir.
Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta
ishlash va sotish bilan shug‘ullanuvchilar bo‘lib, ular bozor muno-
sabatlarining faol ishtirokchilaridir. Agrofirmalar bozor ishtirok-
chilari sifatida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan, sanoatni
224
• absolut renta;
• monopol renta;
• undirma sanoatda renta;
• agrosanoat majmuasi;
• agrosanoat infratuzilmasi;
• qishloq ijtimoiy infratuzilmasi;
• agrobiznes.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
esa xomashyo bilan ta’minlaydi. Agrofirmalar qishloq xo‘jaligi
sohasida mukammal texnologiyalarni qo‘llash hisobiga rivojlanadi
va buning uchun yetarli investitsiyalarni jalb etadi.
Agrobiznes shakllaridan qaysi birining rivojlanishi har bir mam-
lakatning sharoitidan kelib chiqadi. Agar mamlakatda fermer xo‘ja-
liklarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar
yaratilgan bo‘lsa, mehnat unumdorligini oshirish hisobiga kam
sonli fermerlar bilan ko‘p mahsulot yetishtirish mumkin bo‘ladi.
AQSHda 1910-yilda jami ishlovchilarning 35 % qishloq xo‘jaligida
band bo‘lgan edi, 1997-yilga kelib faqat 2 % bo‘ldi, 2 % ishlov-
chilar mamlakatni mahsulot bilan to‘la ta’minlagani holda uni
eksportga ham yetkazib berishadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1920-yilda
AQSHning qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan bitta ishlovchi 4 kishini
boqa olgan, 1997-yilga kelib, esa u 96 kishini boqa oladigan
mahsulot yaratgan.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Agrar munosabatlar;
• agrar munosabatlarning obyekti;
• ijara munosabatlari;
• yer rentasi;
• renta munosabatlari;
• differensial renta;
• differensial renta I;
• differensial renta II;
1. Agrar munosabatlarning mazmuni, iqtisodiy munosabatlarda tutgan o‘rni
va xususiyatlarini ko‘rsatib bering.
2. Yer rentasining asl mazmunini tushuntiring.
3. Differensial I va II, absolut rentaning hosil bo‘lish shart-sharoitlari,
manbalari va taqsimlanishini bayon eting. Monopol renta nima?
4. Absolut rentaning hosil bo‘lish shart-sharoitlari, manbalari va taqsim-
lanishini so‘zlab bering.
5. «Ijara haqi» va «yer rentasi»ning farqlarini aytib bering.
6. Agrobiznesning iqtisodiy mohiyatini va uning asosiy turlarini bayon eting.
7. Yerning alohida resurs ekanligini nimalarda ko‘rish mumkin?
8. Yerga bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar nimani ifodalaydi?
9. Monopol rentaning boshqa turlardan farq qilishini aytib bering.
10. Yer bahosi va uning o‘sib borishi deganda nimani tushunasiz?
11. Fermer xo‘jaliklarining afzalliklarini aytib bering.
225
12-bob. YALPI MILLIY MAHSULOT
12.1. Milliy iqtisodiyot va uning tarkibiy tuzilishi
Milliy iqtisodiyot — bu ma’lum bir davlat aholisining moddiy
va nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan tovarlar
va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, milliy xo‘jalik
majmuasidir. Milliy iqtisodiyotning yer yuzida bir necha yuz xil
turi mavjud bo‘lib, ularning ichida yapon, nemis, shved, turk,
xitoy kabi modellari butun dunyoga mashhur. Odatda, har bir
mustaqil davlatning iqtisodiyoti milliy iqtisodiyot deyiladi. Hozirgi
vaqtda dunyoda 215 dan ortiq mustaqil davlatlar bo‘lsa, shuncha
milliy iqtisodiyot mavjud. Shu davlatlar qatorida o‘zining munosib
o‘rniga ega bo‘lgan holda O‘zbekiston ham o‘ziga xos bo‘lgan,
«O‘zbek modeli» deb nom olgan model asosida milliy iqtisodiyotini
rivojlantirib bormoqda.
Milliy iqtisodiyot muayyan mamlakatdagi firmalar, xonadonlar
va davlat ishtirokida yuz beradigan iqtisodiy faoliyatni o‘zida
mujassamlashtiradi. Milliy iqtisodiyot mamlakat mustaqilligining
asosiy tayanchi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot deyilishi uning bosh-
qalar uchun yopiqligini bildirmaydi, aksincha, u ochiq bo‘ladi,
tashqi dunyo bilan o‘zaro manfaatli aloqaga tayanadi. Biroq milliy
iqtisodiyot, asosan, o‘zining resurslariga tayanadi, milliy an’analar,
odatlar va ko‘nikmalarni o‘zida mujassamlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotini tavsiflaydigan
bo‘lsak, u boy xomashyo bazasiga ega bo‘lib, ularni qayta ishlash
va tayyor sanoat mahsulotlari darajasida o‘z aholimizning ehtiyojla-
rini to‘la qondirishga va import mahsulotlarga o‘rinbosar bo‘lgan
tovarlar ishlab chiqara olish qudratiga ega bo‘lgan milliy iqtiso-
diyotlar qatoriga kirib bormoqda. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti
hozirgi vaqtda o‘z iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash orqali mamla-
katimiz aholisi ehtiyojlarini to‘la darajada qondirishi uchun barcha
zarur chora-tadbirlarni amalga oshiryapti. Bu borada qilinishi kerak
bo‘lgan ishlarni respublika Prezidenti I. A. Karimov «O‘zbekiston
226
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» asarida tamomila
yangi xalq xo‘jaligi kompleksini yaratish bilan bog‘liq vazifalar
deb quyidagilarni ko‘rsatib bergan edi:
• boshqa mamlakatlardan xomashyolar va oziq-ovqat mahsu-
lotlari keltirishni qisqartirish, ana shunday mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish;
• xalq iste’moli mollarining hayotiy muhim turlariga, aholining
va xo‘jalikning ehtiyojlarini o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga
qo‘yish orqali qondirish;
• iqtisodiyotning mutanosib va barqaror ishlashini ta’minlash;
• iqtisodiyotning xomashyo yetishtirishga qaratilgan bir tomon-
lama yo‘nalishini bartaraf etish, pirovard, tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarishga erishish;
• respublikaning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, valuta
zaxiralarini mustahkamlash;
• tarmoqlar ichidagi va hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish,
respublika hududida ishlab chiqarish kuchlarini jadal rivojlantirish
va oqilona foydalanish;
• mehnat resurslarining oqilona band bo‘lishini ta’minlash,
milliy xususiyatlarimizga mos keladigan ishlab chiqarish sohalarini
barpo etish.
Yurtboshimiz belgilab bergan iqtisodiy islohotlar — milliy
iqtisodiyotning vujudga kelishi, uning tarkibiy o‘zgartirilishi va
rivojlanish vositasidir. Milliy iqtisodiyotni isloh qilish iqtisodiyotni
davlat tomonidan boshqarishning muhim vositasi bo‘lib, uning
asosiy maqsadi makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar aniq yo‘nalishda o‘tka-
ziladi va vaqt nuqtayi nazaridan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Bugungi
kunda O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan iqtisodiy
islohotlar ham milliy iqtisodiyot asoslari poydevorini yaratish,
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan tashqari, bozor infra-
tuzilmasini takomillashtirish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga
qaratilgandir.
Iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda asosiy e’tibor pul-kredit
siyosatiga qaratiladi. Chunki kapital mablag‘larning taqsimlanish
yo‘nalishlari moddiy resurslardan foydalanishning vazifalarini
oydinlashtiradi. Ushbu masalaga O‘zbekiston Respublikasi misolida
yondashsak, mamlakatimiz valuta fondining 70 % kapital qurilish-
227
larga, 15 % iste’mol bozorini o‘ta taqchil tovarlar bilan to‘ldirishga
sarflanmoqda. Qolgan 15 % esa zaxira sifatida ajratilyapti. Respub-
lika iqtisodiyotini davomiylik asosida isloh qilishda asosiy tarkibiy
o‘zgarishlar uning moliyaviy va ishlab chiqarish sektorlarida
o‘tkazilayotir. Davlat organlarining kredit siyosati respublika iqtiso-
diyotining bazaviy va ustuvor sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.
Bular — yoqilg‘i-energetika kompleksi, oltin qazib olish, xom-
ashyoni qayta ishlash, uy-joy qurilishi, eksportga yo‘naltirilgan
tarmoqlar va suv xo‘jaligidir. Bu siyosat islohotlarning birinchi
bosqichida O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim tarmoqlarni
tarkibiy qayta qurish zarurati bilan bog‘liq edi.
Shunday qilib, davlatning kredit siyosati nafaqat inflatsiyani
ushlab turish va moliya munosabatlarini bozor tamoyillariga emas,
O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlaydigan, milliy
iqtisodiyotimiz uchun birinchi darajali obyektlarni yaratish va
qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan edi. O‘zbekiston hukumatining kredit
siyosatida investitsiyalarning ahamiyati katta bo‘lib, budjet mab-
lag‘lari, bank kreditlaridan tashqari xorijiy investitsiyalar hisobiga
ham ko‘paytirilmoqda. Xorijiy investitsiyalar yordamida chetdan
texnologiya, texnika, asbob-uskunalar sotib olinishi iqtisodiyot
tarkibida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirishga, ishlab chiqarishni
esa sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilayotir.
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda
davlatning yetakchilik roli juda beqiyos bo‘lib, u islohotlar uchun
zarur siyosiy-huquqiy asosni yaratish, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirishning vazifalari va bosqichlarini aniqlashda faol ishtirokini
ko‘zda tutadi. O‘zbekistonda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlarning
natijasi sifatida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan «Kimyoviy tola»
ishlab chiqarish birlashmasi, «GM—O‘zbekiston» qo‘shma kor-
xonasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Qo‘qon, Andijon,
Yangiyo‘l biokimyo korxonalari, «Qizilqum fosfor», Xazorasp
shakar zavodi kabi ko‘plab korxonalarni keltirish mumkin.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi uning tarkibidagi
tarmoqlar xilma-xilligini anglatib, u mamlakatning texnologik
taraqqiyot darajasiga, iqlimi va hududidagi tabiiy boyliklar turiga
bog‘liq bo‘ladi. Òexnologik taraqqiyot milliy iqtisodiyot tarmoq-
larini ko‘paytirib, xalqaro mehnat taqsimotiga bog‘lanishiga, uning
to‘laqonli a’zosiga aylanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Odatda,
228
texnologik taraqqiyotga erishgan mamlakatlarda milliy iqtisodiyot
tarkibi xilma-xil bo‘ladi va u sanoat ishlab chiqarishning ko‘plab
sohalarini qamrab oladi. Mamlakat iqlimining milliy iqtisodiyot
tarkibiy tuzilishiga ta’siri shunda namoyon bo‘ladiki, aynan iqlim
sharoiti ayrim turdagi mehnat va ishlab chiqarish faoliyati uchun
eng qulay imkoniyatlarni yaratib beradi.
Masalan, Hindiston va Shri Lanka o‘z choyi, Hindi-Xitoy
yarimoroli davlatlari — guruch yetishtirish, Braziliya qahvasi,
Òurkiya turizm, O‘zbekiston esa o‘zining paxtasi, poliz ekinlari,
mevalari bilan olamga mashhur. Òabiiy boyliklar milliy iqtisodiyot
tarkibining biron-bir ishlab chiqarish usuliga ixtisoslashuvida katta
ahamiyatga ega. Agarda tabiiy boylik mamlakat hududida juda
katta miqdorda bo‘lsa, u mamlakatning asosiy ishlab chiqarish
tarmoqlariga va milliy daromadiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Fors
ko‘rfazidagi arab mamlakatlari neft zaxirasi ushbu mintaqa
iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri va milliy daromad
manbayi hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlar bilan bir qatorda, milliy iqti-
sodiyot o‘zining tarkibiy tuzilishiga ko‘ra industrial, agrar va agrar-
industrial deb ham tavsiflanadi. Bunday tavsiflanishi shu milliy
iqtisodiyotda sanoat va qishloq xo‘jaligining o‘rni bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda milliy iqtisodiyotlarning darajasi
farqlanadi. Shu jihatdan milliy iqtisodiyotlar yuksak rivojlangan,
o‘rtacha, o‘rtachadan pastroq darajadagi, kam rivojlangan va o‘ta
qoloq iqtisodiyotlarga ajratiladi.
Milliy iqtisodiyotning miqdoriy va sifat jihatlari mavjud bo‘lib,
ular yalpi ijtimoiy mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy
mahsulot, milliy daromad kabi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi.
12.2. Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni
Biz yuqorida milliy iqtisodiyotning miqdoriy, sifat jihatlari
uning ko‘rsatkichlarida o‘z ifodasini topishi va bu yalpi milliy
mahsulot ekanligini aytib o‘tdik. Yalpi milliy mahsulotning maz-
munini to‘liq anglab yetish uchun uning tushunchasini va qanday
tarkibiy qismlardan iborat ekanligini o‘rganib chiqishimiz zarur
bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda uning tushunchasiga shunday ta’rif
berilib, uning tarkibiy qismlari quyidagicha ifodalanadi:
229
Shuni aytib o‘tish kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda milliy
mahsulotning tarkibiy qismlarini har xil talqin qiladilar, jumladan,
butun ishlab chiqarishning bir yil ichidagi natijasi, ya’ni yaratilgan
mahsulotlar yig‘indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb ataladi. U moddiy
ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan barcha xodimlarning mehnat
mahsulidir. Shakliga ko‘ra, u iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish
vositalaridan iborat bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning yana bir miqdoriy ko‘rsatkichi yalpi milliy
mahsulotdir. U milliy iqtisodiyotning bir yil mobaynidagi ishlab
chiqarish faoliyatini to‘laligicha ifodalaydi. Yalpi milliy mahsulot
nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohasining, balki noishlab chiqarish
sohasi, maishiy xizmatlarning ham ish natijasidan iborat bo‘ladi.
Sof mahsulot ko‘rsatkichi yalpi milliy mahsulotning bir qismi
bo‘lib, u milliy iqtisodiyotda ma’lum bir vaqt mobaynida butunlay,
yangitdan yaratilgan mahsulotdir. U sarf qilingan jonli mahsulot-
ning moddiylashgan ifodasi yoki yangitdan yaratilgan mahsulot
hisoblanadi.
Yalpi milliy mahsulot bir yil davomida ma’lum bir mamlakatda
yaratilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning bozor qiymatida
hisoblangan miqdoridir.
Sof milliy mahsulot (SMM) — miqdoran yalpi milliy mahsulotdan
(YMM) amortizatsiya ajratmalari (AA)ni chegirib olingandan so‘ng
qolgan qismidir:
SMM = YMM—AA
Zaruriy
Mahsulot
Qo‘shimcha
SMMni yaratishda o‘z
mehnati bilan ishtirok
etganlarning, ishchi-dehqon
va xizmatchilarning
ishlash qobiliyatini
tiklash, oilasini
ta’minlash uchun
ketadigan mahsulot
Zaruriy
mahsulotdan
ortiqcha bo‘lgan
mahsulot
SMMning jamiyat a’zolariga ularning daromadi
sifatida tekkan qismi milliy daromad
(MD) deb yuritiladi.
230
Milliy iqtisodiyotning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida
milliy daromad ko‘rsatkichi e’tiborga loyiqdir. Milliy daromad
milliy iqtisodiyotni batafsil tavsiflovchi iqtisodiy ko‘rsatkichdir.
Milliy daromadni yaratilgan sof mahsulotlarning pul yoki qiymat
ko‘rinishidagi ifodasi deb aytish mumkin. Milliy daromad ko‘rsat-
kichini yanada kengaytirib sharhlasak, uning mamlakatlardagi aholi
jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori juda muhimdir. Dunyo
mamlakatlarida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad
turlicha bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda eng yuqori, ya’ni u
20 ming AQSH dollaridan 40 ming AQSH dollarigacha to‘g‘ri
keladi. Rivojlanayotgan davlatlarda bu ko‘rsatkich taraqqiy etgan
davlatlarga nisbatan ancha pastroq.
Milliy iqtisodiyotning sifat ko‘rsatkichlari ancha murakkab
tushuncha bo‘lib, ular mehnat unumdorligi, eksport va mamlakat
tashqi savdo almashuvining valuta samaradorligi, tarmoq va
korxonalar mahsulotining raqobatbardoshligini ifodalaydi. Asosiy
o‘lchov bo‘lib esa, mamlakatda ishlab chiqarilgan eksport mahsu-
lotlari evaziga qancha miqdordagi importni sotib olish imkoniyati
hisoblanadi. Eksportning valuta samaradorligi eksportdan tusha-
digan sof valuta tushumini, uni ishlab chiqarish va tashish uchun
ketgan transport xarajatlarini ifodalaydi.
Mamlakat tashqi savdo almashuvining valuta samaradorligi
bir mahsulotni ishlab chiqarish va uni tashish xarajatlarini hamda
uni chetdan sotib olish va tashib keltirish xarajatlari o‘rtasidagi
nisbatni ifodalaydi. Òarmoq va korxonalar mahsulotining raqobat-
bardoshliligi uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlari, o‘xshash tovarlarga
nisbatan iste’mol afzalliklari farqini ko‘rsatib beradi.
12.3. Yalpi ijtimoiy mahsulotning tarkibiy qismlari
va harakat shakllari
YIM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha
pirovard mahsulot-xizmatlarning bozor baholaridagi summasi ekan,
uning harakatini kuzatadigan bo‘lsak, u, avvalo, shu joriy yilda
sotilib ketishi kerak deb faraz qilamiz. Lekin bu barcha mahsulotlar
sotilmasligi ham mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni to‘ldiradi.
Ya’ni YIM hajmini hisoblab topishda zaxiralarning har qanday
o‘sishi hisobga olinishi zarur, chunki YIM yordamida joriy yildagi
barcha mahsulotlar, sotilgan va sotilmaganidan qat’i nazar, hisobga
olinadi.
231
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to‘g‘ri hisoblab chiqish
uchun shu yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar
bir marta hisobga olinishi zarur. YIM hajmini topishda sotilgan
va qayta sotilgan mahsulotlarni ko‘p marta hisobga olishlarni
bartaraf qilish uchun, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yara-
tilgan, qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi olinadi.
Qo‘shilgan qiymat — bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot qiymatidan sotib olingan xomashyo va boshqa material-
lar qiymatini chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor
qiymatidan iborat bo‘ladi.
YIM nominal va real milliy mahsulot deb o‘rganiladi. Joriy
bozor baholarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy
mahsulot deyiladi.
O‘zgarmas baholarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy
mahsulot deb yuritiladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YIM
qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda, o‘zaro taqqoslash
mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, narx darajasi bizga iqtisodiyotda
inflatsiya yoki deflatsiya sharoitida uning miqyosi qandayligini
bilish imkonini beradi.
Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy
yildagi ma’lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami narxlari
summasini, xuddi shunday tovarlar va xizmatlarning miqdorini
bazis davrdagi narxlar summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi.
Òaqqoslashning boshlang‘ich davri «bazis yil» deyiladi.
Iqtisodiyotda YIM deflatori degan ko‘rsatkich ham ishlatiladi.
Deflator hozirgi narxning oldingi, ya’ni bazis narxiga nisbatan
qanchalik o‘zgarganligini bildiradi. Deflator (Df) nominal YIM
(Mn) real YIMga (Mr) nisbati bilan o‘lchanadi. Bunda:
100 %
Mn
Df
Mr
=
⋅
bo‘ladi.
Milliy iqtisodiyotning pirovard natijaviy ko‘rsatkichi YIM bo‘lar
ekan, bu iqtisodiyotning yaxlitligini bildiradi va u iqtisodiy
adabiyotlarda makroiqtisodiy ko‘rsatkich deb o‘rganiladi. Bu ko‘r-
satkich barcha korxonalar, xonadon xo‘jaliklari va barcha bozorlar
faoliyatining pirovard natijasini o‘zida ifodalaydi. Shuning uchun
YIM iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilari, korxonalar, xonadon
xo‘jaliklari va davlat o‘rtasida taqsimlanadi. Buni YIMning harakati
sifatida ko‘rishimiz mumkin.
232
Ma’lumki, milliy iqtisodiyot ikki sektordan iborat bo‘ladi.
Iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq, ya’ni sanoat, qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari
real sektor deyiladi. Iqtisodiyotning turli subyektlari o‘rtasidagi
tovar va xizmatlar harakatiga qarama-qarshi ravishda yuz beradigan
pul oqimining harakatini tashkil etuvchi va boshqarib turuvchi
tizim moliya sektori deyiladi.
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida YIMni hisoblashning ikki
usuli mavjudligi ko‘rsatiladi:
1. Daromad usuli. Bunda iqtisodiyotning barcha subyektlarining
ma’lum davrdagi daromadi jamlanadi. Bundan olingan hosila
YIMga teng bo‘ladi. Bu daromadlarga xonadonlar, firmalar va
davlatning daromadlari kiradi.
2. Xarajat usuli. Bunda hamma iqtisodiyot subyektlarining
xarajatlari jamlanadi. Bular iste’mol, investitsiya, davlat xaridi va
sof eksportdan iborat bo‘ladi deydi.
YIMning biz uchun eng muhim qismi bo‘lgan milliy daromad
(MD) o‘z harakati iste’mol va jamg‘arish fondiga ajratilishidan
boshlanadi.
Iste’mol fondi — bu milliy daromadning jamiyat a’zolarining
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga ketadigan qismidir.
Jamg‘arish fondi — bu milliy daromadning ishlab chiqarishni
rivojlantirishni ta’minlaydigan qismi hisoblanadi.
Iste’mol fondi xonadonlarning tovar va xizmatlar xaridi uchun
qilgan xarajatidan iborat bo‘ladi. Bunda tadbirkorlar, mashina,
asbob-uskunalar, bino, inshootlarni, xonadonlar esa uy qurish,
tayyor uy yoki kvartiralarni sotib olish uchun xarajatlar qiladilar.
Davlat xaridi esa davlat idora va tashkilotlarining tovar va
xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajatidan iborat bo‘ladi. Bunda
davlat shifoxonalar, maktablar, kollejlar, universitetlar, Mudofaa
vazirligi kabilarning ehtiyojlari uchun tovar va xizmatlarni xarid
qilishi tushuniladi.
Milliy iqtisodiyotni barqaror va mutanosib rivojlantirish uning
samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo‘lish va shu orqali barqaror
iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish xalq farovonligini ta’minlash-
ning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish
uchun esa, eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlan-
tirish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirib borish zarur bo‘ladi.
Bu holat YIMning taqsimlanish harakatida ko‘rinadi.
233
12.4. Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy mustaqillik
Milliy iqtisodiyotning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash O‘zbe-
kiston Respublikasi sharoitida eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib,
uning yechimi mamlakat milliy boyligidan samarali foydalanish
evaziga ichki ehtiyojlarni to‘liq qondirishga erishishni anglatadi.
Iqtisodiy mustaqillik, iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan turib
qaraganda katta ahamiyat kasb etib, energetika, transport, metallur-
giya, oziq-ovqat, tibbiyot, mashinasozlik majmualari birinchi darajali
ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy
mustaqillikni ta’minlashga o‘zining xalqaro miqyosdagi manfaatlari
himoyasidan tashqari ayrim holatlarda transport izolatsiyasi
(qurshovi)ga tushib qolish xavfi ham ta’sir etmoqda.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish sohasi-
dagi ustuvor vazifalar. O‘zbekiston Respublikasining yigirma uch
yillik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, milliy iqtisodiyotimizni isloh
qilishda ayrim yangi o‘zgarishlar kiritish, ya’ni tarkibiy qayta
Milliy iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun
qilingan yalpi
investitsiyalarga
Sof investitsiya
Yalpi investitsiya
Yalpi ijtimoiy
mahsulot
Iste’mol
Ijtimoiy ishlab
chiqarish sohasida
iste’mol uchun
Jamiyatning joriy
iste’molini
qondiradi
Uzoq muddat ish-
latiladigan tovarlar
(avtomashina,
televizor, kir
yuvish mashinasi,
gilam, videomag-
nitofon, mebel va
h.k.) bilan ta’min-
lashga ketadigan
mahsulot
Turli-tuman xiz-
matlarga bo‘lgan
ehtiyojni qondiradi
Ishlab
chiqarishning
o‘sishiga xizmat
qiladi
Farovonlikning
oshirilishiga
xizmat qiladi
234
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
qurishni tezlashtirish bilan birga unga yangicha ma’no berishni
talab qiladi. Iqtisodiyotni bozorning uch muhim segmenti erkin-
lashtiradi: tovarlar va xizmatlarda erkinlashtirishni ichki islohot-
larga nisbatan olsak, unda tadbirkorlarga qulay imkoniyatlar yaratib
berish, kichik biznesning hissasini ko‘paytirish, korxonalarning
eksport faoliyatini rag‘batlantirish tushuniladi.
Islohotlarning bugungi kundagi bosqichida O‘zbekiston iqtiso-
diyotini erkinlashtirishda mulkni xususiylashtirish, modernizatsiya-
lashtirish, yalpi milliy mahsulot tarkibida kichik biznes hissasini
yanada ko‘paytirish, eksportni rag‘batlantirish, soliq yukini kamay-
tirish va korxonalarning chetga mahsulot sotishini rag‘batlantirish,
shu jumladan, kichik korxonalarning mahsulotlarini, xorijiy to‘g‘ri
investitsiyalarni jalb etishni kuchaytirish orqali eksportbop, raqobat-
bardosh tovarlar darajasiga ko‘tarish kabi asosiy vazifalar sifatida
aniqlab olingan. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda mavjud
qonunchilikni zamon talabiga mos keladigan qilib takomillashtirish
juda muhimdir.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Milliy iqtisodiyot;
• milliy iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishi;
• milliy iqtisodiyotning miqdoriy
va sifat jihatlari;
• milliy iqtisodiyotlarning darajasi;
• yalpi ijtimoiy mahsulot;
• makroiqtisodiyot;
1. Milliy iqtisodiyot deganda nimani tushunasiz?
2. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday
rol o‘ynaydi?
3. YMM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy
daromad-chi?
4. YMM harakat shakllari tavsifini bering.
5. YMM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat?
6. Nominal va real YMM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini
ko‘rsating.
• yalpi milliy mahsulot (YMM);
• qo‘shilgan qiymat;
• yalpi ichki mahsulot (YIM);
• sof mahsulot;
• milliy daromad;
• real milliy mahsulot;
• nominal YMM.
235
13-bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYALAR
13.1. Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni
Milliy iqtisodiyotda yaratilgan YIM sarflanganda, asosan, ikki
qismga ajratiladi. Birinchidan, mamlakat aholisining iste’molini
qondirishga ajratiladi va u iste’mol fondi deyiladi. Ikkinchidan,
shu milliy iqtisodiyotni kelajakda rivojlantirish uchun sarflanishga
mo‘ljallangan qismiga, u jamg‘arish fondi deyiladi.
1. Iste’mol fondi — bu jamiyat iqtisodiy-ijtimoiy ehtiyojlarini
qondirish jarayonida tovar va xizmatlardan foydalanish uchun
sarflanadigan mablag‘lardan iborat bo‘ladi va mamlakat aholisining
yillik iste’molini qondirishga ishlatiladi. Bu, asosan, ikki yo‘nalishda,
birinchidan, xususiy, ikkinchidan, davlat iste’moli uchun sarflanadi.
Xususiy iste’mol fondiga ajratilgan qismini xonadonlar, korxona
va firmalar kabi xo‘jaliklar iste’mol qiladi. Hozirgi vaqtda dunyo
mamlakatlarida xususiy iste’mol YIMning 2/3 qismini tashkil qil-
moqda. Xonadonlardagi iste’mol, asosan, ularning kundalik joriy
ehtiyojlarini qondirishdan iborat bo‘ladi. Bunda xonadon a’zosi
bo‘lgan ishchilar turli moddiy va nomoddiy mahsulotlar hamda
xizmatlarni iste’mol qilishlari orqali o‘z ish qobiliyatlarini tiklay-
dilar, farzandlarni boqib, katta qilib, mamlakatga yangi ishchi
kuchlarini yetishtirib beradilar. Bu jarayon, o‘z navbatida, shu
iste’mol fondi hisobidan xonadonda inson kapitalini investitsiya-
lashni ta’minlaydi.
Korxonalar, firmalar va boshqa xo‘jaliklarda iste’mol deganda
ularning ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar iste’moli tushuniladi,
ya’ni ular ishchi kuchlari, mashina, asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i
va turli materiallar ishlatadilar. Natijada yangi mahsulotlar va
xizmatlar yaratiladi. Shuning uchun unumli iste’mol deb yuritiladi.
Davlat iste’moli deganda, odatda, davlat idora va tashkilotlari
tomonidan turli ijtimoiy xizmatlarni bajarishlari jarayonida qilina-
digan sarf-xarajatlar tushuniladi. Bu amalda ijtimoiy sohaning iste’-
moli hisoblanadi, chunki bu soha davlat tasarrufida bo‘ladi. Bu
fonddan boshqarish va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun
foydalaniladi.
236
Iste’mol individual yoki jamoaviy bo‘ladi. Alohida kishilar,
oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo‘lgan moddiy ne’matlarni
iste’mol qilish individual tarzda iste’molga kiradi. Jamiyat a’zo-
larining guruhlari tomonidan moddiy ne’mat va xizmatlardan
foydalanish jamoaviy tarzda iste’mol qilish deyiladi.
2. Jamg‘arish fondi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish,
o‘stirishga sarflanadi.
Jamg‘arish — hayotiy zarurat. Oldingi boblarda ta’kidlandiki,
odamlarning ehtiyojlari va ularning qondirilish darajasi bo‘lgan
iste’mol miqdor va sifat jihatdan o‘zgarib turadi, ya’ni to‘xtovsiz
ravishda ortib, o‘sib turadi. Aslida kishilik jamiyatining taraqqiyoti
iste’molning qondirilishiga ham bog‘liq. Ehtiyojlarning, shundan kelib
chiqqan holda odamlar iste’molining o‘sishi zamirida ikki sabab yotadi:
birinchi sabab — Yer kurrasi aholisining yildan yilga son
jihatdan ko‘payib borishidir;
ikkinchi sabab — iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tufayli, borgan
sari odamlarning ne’matlar iste’mol qilishi tuzilishida o‘zgarishlar
yuz berishi, uning rang-baranglashib, son va sifat jihatdan o‘sib
borishidir.
Demak, o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun iste’mol
ne’matlarini tobora ko‘paytirish lozim. Xo‘sh, odamlarning o‘sib
borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyatning imkoniyatlari
yetarlimi? Bu savolning amaliy va nazariy yechimlari mavjud.
Amaliy jihatdan yechimi shuki, ishlab chiqarishning moddiy-
texnikaviy bazasini o‘stirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish,
moddiy ishlab chiqarishda va xizmatlarda band bo‘lgan xodimlar
sonini oldingi darajasidan oshirish, ishlab chiqarishga qo‘shimcha
ravishda mehnat vositalari, xomashyolarni jalb qilishdir; nazariy
jihatdan esa odamlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib
borish uchun jamg‘arishni amalga oshirmoq lozim.
Jamg‘arish deyilganda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
miqyoslarini kengaytirib borish jarayoni tushuniladi. Har qanday
jamiyatda ishlab chiqarish miqyoslarini kengaytirib borishning
ma’lum manbalari bo‘ladi. Barcha sharoitlarda ishlab chiqarishni
ko‘paytirib borishning umumiy va asosiy manbayi — olinadigan
foydadir. Ana shu foyda dastlabki oddiy takror ishlab chiqarish
hukm surgan davrda ko‘pincha mulk egalari tomonidan shaxsiy
iste’mol uchun sarflangan. Ishlab chiqarishni kengaytirish zarurati
paydo bo‘lgach, foyda ikki yo‘nalishda taqsimlana boshlandi:
1) ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy hamda shaxsiy
omillarini ko‘paytirish;
237
2) ehtiyot (rezerv) va sug‘urta (ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy
ofatlarning oqibatlarini bartaraf qilish, ekologik ahvolni yaxshilash
maqsadlari uchun) hamda ijtimoiy iste’mol (jamiyatning mehnatga
yaroqsiz a’zolari, madaniy ehtiyojlar, sog‘liqni saqlash, sog‘lomlashtirish,
xalq ta’limi, mudofaa kabilar) fondlarini tashkil etish kabilar.
Ko‘rinib turibdiki, jamg‘arish nafaqat iqtisodiy jarayon
(ne’matlarni ko‘paytirish), shu bilan birga ijtimoiy jarayon hamdir.
Mamlakatda qancha ko‘p foyda olinsa va u to‘g‘ri, maqsadga muvofiq
taqsimlansa, bu jarayon jamiyat uchun shunchalik foydali bo‘ladi.
Jamg‘arish bevosita foydaning hajmi va me’yoriga bog‘liq bo‘lsa-
da, ijtimoiy jarayon bo‘lgani uchun unga jamiyatda kechadigan
boshqa jarayonlar ham ta’sir etadi. Jamg‘arishga ta’sir etadigan
omillardan biri fan-texnika va texnologiyalar taraqqiyotidir. Bu
jarayon o‘tgan asrning 50-yillaridan boshlanib, ishlab chiqarish qurol
vositalariga, ish kuchiga shunday ta’sir o‘tkazdiki, bugungi
hayotimizdagi jiddiy o‘zgarishlar ana shu taraqqiyot natijasidir.
Ma’lumki, hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida
texnika vositalarining ulardan jadal foydalanish natijasida yemi-
rilishi, ma’naviy eskirishi tezlashadi. Demak, asosiy fondlarning
amortizatsiyasi ortadi, tezlashadi. Natijada ularni yangilash, tako-
millashtirish, kapital ta’mirlash uchun amortizatsiya fondidan
foydalanish zarurati tug‘iladi.
Sanoati rivojlangan ilg‘or mamlakatlarda jamg‘arishning bu
manbayi katta ahamiyat kasb etmoqda. Jamg‘arishda amortizatsiya
ajratmalarining hissasi ortib boryapti. Boshqacha aytganda, ishlab
chiqarishning kengayishi o‘z moddiy omiliga ko‘proq asoslan-
moqda. Bunday imkoniyatlarning borligi foydani ijtimoiy maqsad-
lar uchun, odamlarning moddiy va ma’naviy farovonligini oshirish
uchun sarflashga sharoit yaratadi. Demak, industrial mamlakatlarda
jamg‘arishning manbalari ko‘proq va kengroqdir.
13.2. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik, ularni belgilovchi omillar
Jamg‘arish fondi uchun ajratmalar YIMning bir qismini tashkil
etib, u, odatda, mamlakat iqtisodiy qudratiga bog‘liq bo‘ladi. Mam-
lakatda YIM qanchalik ko‘p yaratilsa, iste’mol uchun ham, jamg‘a-
rish uchun ham ko‘proq ajratiladi. Jamg‘arishni aholi, korxona va
firmalar, umuman, xo‘jalik yurituvchilar amalga oshiradilar. Aholi
jamg‘armalarining ma’lum bir qismiga ko‘chmas mulk va boshqa uzoq
muddat foydalanadigan buyumlar sotib oladilar yoki naqd pul sifa-
238
tida qo‘lida saqlaydilar. Bir qismi esa banklar va moliya bozori orqali
investitsiya qilinishi mumkin. Korxonalar, firmalar jamg‘armalari
o‘zlarining asosiy va aylanma kapitalini ko‘paytirishga sarflanadi.
Bu ishlab chiqarishni kengaytirishga investitsiyalash deyiladi. Davlat
jamg‘arish fondi, odatda, uning iste’molidan ortib qolgan mablag‘
hisobidan tashkil topadi va hukumatning turli rezervlari deyiladi.
13.3. Jamg‘arishning mohiyati va omillari
Mamlakatimizda yaratilgan yalpi ichki mahsulotning jamg‘a-
rilgan qismining, ya’ni asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek,
zaxiralarini ko‘paytirish uchun sarflanishiga aytiladi. Yanada bosh-
qacha qilib aytadigan bo‘lsak, jamg‘arish — takror ishlab chiqarish-
ning oddiy shakldan kengaygan shaklga aylanishi demakdir. Oddiy
takror ishlab chiqarish — ne’matlar va xizmatlarning avvalgi hajmda,
o‘zgarmas miqdorda takrorlanishidir. Kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish — ishlab chiqarish hajmining ortishi, ne’matlar miqdori-
ning ko‘payishi, tarkibi va sifatining yaxshilanib borilishidir.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy zamini —
jamg‘arishdir. Òakror ishlab chiqarishning bu shaklida jamg‘arish
imkoniyatlari o‘z-o‘zidan ko‘payib boradi. Chunki bunda iqtisodiy
taraqqiyot tezlashadi, ishlab chiqarish samaradorligi ortadi,
iqtisodiyotda o‘sish yuz beradi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning yana bir ijobiy tomoni
texnik va texnologik taraqqiyotni tezlashtirish, rag‘batlantirib borishdir.
Buning oqibatida mehnat unumdorligi o‘sadi, resurslarni tejaydigan
texnologiyalar yaratiladi, mehnat va material sig‘imi kamayadi, fondlar
samaradorligi ortadi va h.k. Rivojlangan mamlakatlar sharoitida takror
ishlab chiqarishni boshqarib turish zarurati ham kelib chiqadi, ya’ni
boshqarishning iqtisodiy mexanizmiga talab kuchayadi.
Amalda jamg‘arish kapital sarflar yoki investitsion sarflar deb
yuritiladi va u yangi asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini
kengaytirish, rekonstruksiyalash va yangilashga qilinadigan xarajat-
larni bildiradi. Odatda, kapital sarflar yoki investitsiyalar jamg‘arish
fondiga nisbatan kengroq, chunki ishlab chiqarishdagi eskirgan
obyektlarni almashtirish yoki tiklashga sarflanadigan amortizatsiya
fondining bir qismi jamg‘rish manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘a-
rilgan mablag‘larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy
kapitallarini va aylanma mablag‘larini kengaytirishga sarflangan qismi
real sektor sohasidagi jamg‘arish fondini tashkil qiladi. Real sektor
sohasidagi jamg‘arish iqtisodiy o‘sishning muhim omili hisoblanadi.
239
Ijtimoiy sohani kengaytirish, yangilashga sarflanadigan qismi
nomoddiy sektordagi jamg‘arish fondini tashkil qiladi. Bu fond,
o‘z navbatida, iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi
Jamg‘arish jarayoni juda chuqur ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keladi:
birinchi navbatda, ishlab chiqarishda ish kuchi (inson)ning roli tubdan
o‘zgaradi. Agar ilgari inson ishlab chiqarishning shunchaki bir shaxsiy
omili bo‘lgan bo‘lsa, jamg‘arish uni boshqaruvchiga, nazoratchiga
aylantiradi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishning pirovard natijaliligi,
samaradorligi, unumdorligi, ishchi kuchi sifatiga, tuzilishiga, bilimi,
tajribasi va madaniyatiga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi. Ya’ni inson
ishlab chiqarishning tom ma’nodagi, haqiqiy egasiga aylanadi.
Boshqacha aytganda, ishlab chiqarishning taqdiri mulk egasigagina
bog‘liq bo‘lmay, ishlab chiqaruvchiga ham bog‘liq bo‘lib qoladi. Bu
jamg‘arishning g‘oyat kuchli ijtimoiy oqibatidir.
Inson rolining, ishlab chiqarishdagi mas’uliyatining ortishi,
tabiiyki, fan-texnika, texnologiya ilgari surgan yangi kasblarni egal-
lashni, o‘quvchi yoshlardan puxta bilim olishni, texnika sirlarini
bilishni, jahon ilm-fani yutuqlarini chuqur o‘zlashtirishni, yuksak
ma’naviyatli bo‘lishni talab qiladi. O‘zbekistonning iqtisodiy musta-
qillikka erishishi yoshlar oldiga xuddi shu talablarni qo‘yadi.
Ishlab chiqarish insonga bog‘liq bo‘lib qolar ekan, o‘z navba-
tida, bu ishlab chiqarishning inson tomonidan uning o‘z ehtiyoj-
larini qondirishga yo‘naltirilishiga olib keladi. Hozirgi zamon ta’biri
bilan aytganda, ishlab chiqarishning insoniylashuvi yuz beradi,
bu taraqqiyot talabiga aylanadi. Buning ma’nosi shuki, ishlab chiqa-
rish tuzilishi (ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlash va inson
ehtiyojlari uchun ishlab chiqarish o‘rtasidagi nisbat) odamlar
ehtiyojlarini qondirish uchun ishlash foydasiga o‘zgaradi, iste’mol
buyumlarini ko‘paytirish ustuvorlik kasb etadi.
Jamg‘arish aholi, mehnatga yaroqli kishilar (mehnat resurslari)
bandligi masalasining boshqacha hal qilinishini taqozo etadi.
Jamg‘arish jarayonida ishlab chiqarishda band bo‘lgan jonli mehnat
(ishchi kuchi) o‘rnini texnika, texnologiya (buyumlashgan mehnat)
ko‘proq egallaydi, ishchi kuchiga bo‘lgan talab mehnat resurslari-
ning tabiiy o‘sishiga nisbatan kamayib boradi. Ayniqsa, demografik
faollik (tug‘ilish darajasining yuqoriligi) sharoitida aholi o‘rtasida
ishsizlik muammosi kelib chiqadi. Xuddi shu holat O‘rta Osiyo
davlatlariga, jumladan, O‘zbekistonga ham taalluqlidir. Òo‘g‘ri,
fan-texnika taraqqiyoti yangi-yangi tarmoqlar (informatsion
texnologiyalar, kosmonavtika, elektrotexnika, radiotexnika, sun’iy
240
tolalar ishlab chiqarish va h.k.)ni shakllantirib, yangi ishchi kasb-
larini, muhandis-texnik ixtisosliklarini, shu bilan birga yangi ish
joylarini vujudga keltiradi. Bu ijobiy holdir.
Biroq jamg‘arish tufayli mehnat resurslarining bir qismi ishlab
chiqarish ehtiyojlaridan ortiqcha bo‘lib qoldi. Bu narsa jamiyat
oldiga, davlat idoralari oldiga bandlik masalasini ijobiy hal qilish
muammosini ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Bu muammo rivojlanayot-
gan mamlakatlar uchun (jumladan, O‘zbekiston uchun ham) dol-
zarb bo‘lib turibdi. Ana shu zaruratdan kelib chiqib, respublikamiz
Prezidentining alohida ko‘rsatmasi bilan aholini ijtimoiy himoya
qilishning (shu jumladan, aholi bandligini ta’minlashning) maxsus
dasturi ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda davlat boshqaruv tizimida
aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoya qilish bilan shug‘ulla-
nuvchi maxsus idoralar tashkil etilgan. Òumanlarda faoliyat ko‘rsa-
tayotgan mehnat birjalari joylarda bandlik muammosini hal etish
bilan shug‘ullanmoqda.
13.4. Jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi optimal nisbat
Jahon tajribasiga ko‘ra, YIM turli mamlakatlarda turlicha
ishlatiladi. Bir mamlakatda iste’mol fondiga ko‘proq ajratilsa,
boshqa yerda jamg‘arishga ko‘proq ajratiladi. Agar bir mamlakatda
davlat iste’moli ko‘proq bo‘lsa, boshqasida kamroq bo‘lishi mum-
kin. Agar bir mamlakatda iste’mol sarflari ulushi qanchalik yuqori
bo‘lsa, jamg‘arish fondi hajmi shunchalik kam bo‘ladi. Agar
jamg‘arish fondiga ajratma ko‘p bo‘lsa, bu mablag‘lar investi-
tsiyalarga yo‘naltiriladi. Natijada iste’mol bilan jamg‘arish o‘rta-
sidagi nisbatning o‘zgarishi sodir bo‘lib, bu holat bir qator, ba’zan
qarama-qarshi oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Masalan, daromadlarning kattaroq qismini jamg‘arishga ajratish
oqibatida bozorlarda iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab kamayadi,
natijada iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar bundan zarar ko‘rish-
lari mumkin. Shuning uchun davlat tomonidan jamg‘arish va iste’-
mol o‘rtasidagi nisbatning mutanosib ravishda bo‘lishini ta’min-
lashga e’tibor beriladi.
13.5. Iste’mol qilish va jamg‘arma qilishga bo‘lgan
o‘rtacha va maksimal moyillik
Odatda, aholi daromadlarining ortib borishi ularning jamg‘a-
rishga ko‘proq sarf qilishiga moyilligini o‘stiradi. Iqtisodiy
241
adabiyotlarda aholining iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M)
darajasini aniqlash formulasi yaratilgan va u quyidagicha:
’
‘
‘
100
‘
100.
iste mol
jamg arma
IO M
va JO M
daromad
daromad
=
⋅
=
⋅
Bu yerda iste’molga o‘rtacha moyillik (IO‘M), aholi daromadi-
ning jamg‘armaga ketadigan ulushi jamg‘armaga o‘rtacha moyillik
(JO‘M)ni bildiradi.
Formulada keltirilgan daromad darajasi bo‘yicha IO‘M va
JO‘Mni hisoblab ko‘rsak, daromad ko‘payib borishi bilan IO‘M
tushadi, JO‘Mning esa o‘sishini ko‘rish mumkin. Haqiqatda soliq-
lar to‘langandan keyin qolgan daromad yoxud iste’mol qilinadi
yoki jamg‘armaga ketadi. Shu sababli, daromadning iste’mol
qilinadigan va jamg‘armaga ketadigan qismlari daromadning har
qanday darajasining butun miqdorini qamrab oladi, ya’ni
IO‘M+JO‘M=1,0 yoki 100 % bo‘ladi.
Daromad o‘sishining iste’mol qilinadigan qismi yoki hissasi
iste’molga qo‘shilgan moyillik deyiladi (IQM), ya’ni:
.
’
‘
‘
iste moldagi o zgarish
IQM
daromaddagi o zgarish
=
Daromad har qanday o‘sishning jamg‘armaga ketadigan his-
sasi, jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik deyiladi (JQM), ya’ni JQM
jamg‘armadagi o‘zgarish daromaddagi o‘zgarishni bildiradi.
Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro nisbiy bog‘liqlikka
boshqa bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi va ular quyidagilar:
• soliq stavkalarining o‘zgarishi;
• bozorda talab va taklifning o‘zgarishi;
• narxlar darajasi;
• uy xo‘jaliklari jamg‘argan boylik darajasi va boshqalar.
13.6. Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni va uning
darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni to‘g‘risida iqtisodiy adabiyot-
larda har xil fikrlarni uchratish mumkin. Jumladan, Sh. Shod-
monov va boshqalar «Investitsiyalar — asosiy va aylanma kapitalni
qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengay-
tirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul
mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar
ko‘rinishida amalga oshiriladi» deb tushuncha beradilar.
242
Professor D.G‘. G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy maz-
mun-mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin qilib, quyida-
gicha ta’rif beradi: «Investitsiyalar nazarda tutilgan va tutilmagan,
ammo ehtimoli bor risklar hamda ko‘zlanayotgan samaralarni
baholash asosida, o‘z va o‘zga mablag‘lar qiymatining kapitallashuvi
va jamg‘arilishini ta’minlash maqsadida moliyaviy va real aktivlarga
bog‘lanishidan dalolat beradi»
1
.
Professor N.H. Haydarov: «Investitsiya — bu mulk shaklidan
qat’i nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy
va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va ijtimoiy samara
olish maqsadida o‘z ixtiyoridagi moliyaviy, moddiy va intellektual
boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik
obyektiga sarflashidir»
2
deb e’tirof etadi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrdagi «Investitsiya
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida investitsiyalarning mazmuni
«iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va
nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar» sifatida ta’riflanadi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflarni tahlil qilish orqali shunday xulo-
saga kelish mumkinki, «investitsiyalar» tushunchasi va uning iqtiso-
diy mazmuni iqtisodchilar tomonidan keng o‘rganilgan va har
xil yondashilgan.
Bizning fikrimizcha, investitsiya — bu iqtisodiyotning moddiy
va nomoddiy sohalariga, ularni tiklash, kelajakda kengaytirish,
o‘zgartirish yoxud rivojlantirish uchun moddiy yoki moliyaviy
resurslar sarflashdan iboratdir. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqa-
rish investitsiyasi deganda ishlab chiqarishni kengaytirish yoxud
rivojlantirish uchun sarflangan moddiy va moliyaviy mablag‘larga
aytiladi. Investitsiya kapitalning jamg‘arilishini bildiradi va bu
YIMning muayyan qismini qaytadan ishlab chiqarishga joylashti-
rilishini anglatadi. Investitsiyaning YIMdagi hissasi investitsiya
me’yori deb ataladi.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikki asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiyalarga sarflardan olinadigan sof foyda me’yori.
U degani investorlar ishlab chiqarish vositalarini, ular foyda
keltirsagina, sotib oladi;
1
D.G‘. G‘ozibekov. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T., «Moliya»,
2003, 14—15-bet.
2
N.H. Haydarov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion
faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillashtirish masalalari (Iqtisod fanlari
doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya). T., 2003, 29-bet.
243
2) foiz stavkasi bu asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan
pul miqdori korxona kelajakda olishi mumkin bo‘lgan pul miqdori,
ya’ni kutilayotgan sof foyda me’yorining foizdagi ifodasidir. Masalan,
investitsiyani amalga oshirish qachon maqsadga muvofiq bo‘ladi,
agarda foiz stavkasi (aytaylik, 10 %) kutilayotgan sof foyda
normasidan (20 %) kam bo‘lsa, investitsiyalash samarali hisoblanadi.
Investitsiyaning darajasiga kutilayotgan sof foyda me’yori va
foiz stavkasidan tashqari, boshqa omillar ham ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Masalan, sotib olinadigan texnika va asbob-uskunalarni
ishlatish va ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlari miqdori, olinadigan
soliq miqdorlari va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunida investitsiyalar tayinlangan obyekti bo‘yicha tabaqalash-
tirilgan. Unga muvofiq investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan:
• kapital investitsiyalar (asosiy fondlarni vujudga keltirish va
takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning
boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘yiladigan investitsiyalar);
• innovatsion investitsiyalar (texnika va texnologiyalarning yangi
avlodini ishlab chiqarish va o‘zlashtirishga qo‘yiladigan investitsiyalar);
• ijtimoiy investitsiyalar (inson salohiyatini, malakasi va ishlab
chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlar-
ning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘yiladigan investitsiyalar).
Investitsiyalash kim tomonidan amalga oshirilganligi nuqtayi
nazaridan ikki turga, ya’ni ichki va tashqi investitsiyalarga bo‘linadi:
• ichki investitsiyalar — bu mazkur davlat hududida ichki
investorlar tomonidan yo‘naltiriladigan investitsiyalardir;
• tashqi investitsiyalar — bu xorijiy investorlar tomonidan
yo‘naltiriladigan investitsiyalar bo‘lib, chet el mulkdorlari tomoni-
dan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga (sanoat, qishloq xo‘jaligi,
transport va h.k.) uzoq muddatga qo‘yilgan kapital mablag‘laridir
1
.
Rivojlangan mamlakatlarda investitsiyalarning uch turi mavjud:
• moliyaviy investitsiyalar — mahalliy va xorijiy mamlakatlar-
ning pul birliklari, banklarga qo‘yilgan omonatlar, depozit serti-
fikatlari, aksiyalar, veksellar, zayomlar va boshqa turdagi qimmatli
qog‘ozlar va ularga tenglashtiriladigan boyliklar;
• moddiy investitsiyalar — asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-
uskunalar, inshootlar, kommunikatsiyalar va boshqa turdagi asosiy
1
Ôèíàíñîâî-êðåäèòíûé ñëîâàðü. Òîì 1. Ì., «Ôèíàíñû è ñòàòèñòèêà»,
1984, ñòð. 470.
244
ishlab chiqarish fondlarining asosiy va aylanma kapital ko‘rinishi-
dagi turlari;
• aqliy (intellektual) investitsiyalar — insonning turli aqliy
mulklaridan, ya’ni mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar va
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi shaklidagi investitsiyalar
(nou-xau, kashfiyotlar, tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar
va boshqa xil egalik huquqlari).
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar turlari, ularning shakl,
mohiyat va mazmuni juda keng tavsiflanadi hamda tasniflanadi.
Quyidagi chizmada uning tasnifini keltiramiz:
Investitsiyalar tasnifi
13.7. Investitsiyaning o‘zgaruvchanligi, investitsion
faollik, investitsion muhit, investitsiyaning
xavf-xatarini hisobga olish
Investitsiya uchun mablag‘lar ajratish mamlakatning iqtisodiy
salohiyatiga qarab amalga oshiriladi. O‘z navbatida, iqtisodiyot
rivojlanishi investitsiyaning hissasiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiya
birligining iqtisodiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi ortib borishi
uchun u iqtisodiyotning ilg‘or sohalariga, yangi texnologiyalarga,
Investitsiyalash maqsadlari
va ular bilan bog‘liq
risklar bo‘yicha
• venchur;
• bevosita;
• portfel.
Kiritish obyektlari
bo‘yicha:
• mol-mulkka;
• investitsiya;
• moliyaviy;
• nomoddiy.
Investitsiyalash subyektlari
bo‘yicha:
• davlat investitsiyalari;
• korporativ investitsiyalar;
• xususiy (yakka) investitsiyalar;
• xorijiy investitsiyalar.
INVESTITSIYALAR
Takror ishlab chiqarish
bo‘yicha:
• sof (asosiy kapitalni
ko‘paytiradigan);
• eskirishni qoplaydigan;
• yalpi.
Yo‘naltirish soha va
obyektlari bo‘yicha:
• kapital;
• innovatsion;
• ijtimoiy.
Amaliy yo‘nalishlari
bo‘yicha:
• yangi loyihalarga;
• kengaytirishga, rekonstruksiyaga,
yangilashga;
• reinvestitsiyalar.
245
novatsiyalarga, ya’ni yangilikni joriy etishga yuborilishi kerak.
Shundagina multiplikatsiya samarasi ortib boradi, ya’ni investitsiya
birligiga hisoblangan iqtisodiy o‘sish sodir bo‘ladi.
Investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlarni —
investitsiyaviy faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsni —
investor deyiladi.
Investitsiya manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
• investorlarning o‘z shaxsiy mablag‘lari;
• qarz olingan moliyaviy mablag‘lar;
• jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar;
• budjet mablag‘lari;
• chet el mablag‘lari.
Investitsiya faoliyati obyektlari — bu moddiy va nomoddiy
boyliklarni ishlab chiqarish vositalaridir.
Investitsiya faoliyati subyektlari — bu:
• jismoniy va yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi
subyektlari;
• respublika va joylardagi davlat boshqaruvi organlari;
• xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet el jismoniy va
yuridik shaxslari hamda fuqaroligi yo‘q va chet elda doimiy istiqo-
mat qiladigan shaxslardir.
Investorlar investitsiyalarni moliyalashtirishni quyidagi yo‘llar
bilan amalga oshirishlari mumkin:
• yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg‘armalari
(kapitallari)da ulushli ishtirok etish, shu jumladan, mol-mulkni
yoki aksiyalarni olish;
• qimmatli qog‘ozlarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
rezidentlari tomonidan emissiya qilingan majburiyatlarini olish;
• konsessiyalarni, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab
chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiya-
larni olish;
• mulk huquqini, shu jumladan, ular joylashgan yer uchastkalari
bilan birgalikda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari obyektlariga,
turar joylarga mulk huquqini, shuningdek, yerga hamda boshqa
tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan,
ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish;
• investitsiyalarni moliyalashtirish qonun hujjatlariga zid bo‘l-
magan boshqa shakllarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Iqtisodiyotga investitsiyalar mamlakatdagi investitsion muhitga
bevosita bog‘liq bo‘ladi va u quyidagilar bilan belgilanadi:
246
1. Siyosiy barqarorlik. Davlat tomonidan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar.
2. Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atlarda rivojlanib borayot-
ganligi. So‘nggi besh yil davomida O‘zbekiston YIM o‘sishi o‘rtacha
7—8 % ni tashkil qilmoqda.
3. Geografik va geosiyosiy joylashuv. O‘zbekiston Markaziy
Osiyoning chorrahasida joylashgan bo‘lib, samarali mintaqaviy
hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mintaqaviy va transmilliy loyiha-
larda ishtirok etish uchun qulay transport koridorlariga ega
mamlakatdir.
4. Rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi. Respublikada trans-
port infratuzilmasi bo‘lmish temiryo‘llar, avtomobil yo‘llari
hamda havo yo‘llari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Òemiryo‘llar uzunligi
6,5 ming km, avtomobil yo‘llar uzunligi 43,5 ming km.ga teng.
Milliy aviakompaniyada muntazam ravishda 40 dan ortiq chet el
shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar amalga oshiriladi, shuningdek,
jahonning 24 ta davlatida 43 dan ortiq vakolatxonasiga ega. Res-
publikamizda yiliga 48 mlrd kVt s elektr energiyasi va 10 mln Gkal
issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Bu nafaqat ichki ehtiyojimiz,
balki xorijga eksport qilishga ham imkon yaratadi
1
.
5. Qulay soliq va bojxona siyosati. O‘zbekiston iqtisodiyotiga
kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar uchun sarmoyadorlarga qator
imtiyoz va preferensiyalar yaratilib, ularning kafolati qonun bilan
mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, ular mulk solig‘idan,
tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan daromad solig‘idan hamda
bir qator bojlarni to‘lashdan ozod etilgan.
6. Yuksak salohiyatga ega ishchi kuchining mavjudligi. O‘zbe-
kiston yuqori salohiyatga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlarga ega
bo‘lib, aholi savodxonligi darajasi 100 % ni tashkil etadi. Mamlakat-
da har to‘rtinchi kishi oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega
hisoblanadi. Birgina ta’lim sohasini oladigan bo‘lsak, mamlakati-
mizda o‘z mazmun va mohiyatiga ko‘ra, noyob bo‘lgan Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ushbu
dastur o‘n ikki yillik yaxlit majburiy uzluksiz ta’lim tizimiga o‘tish
hamda ta’lim jarayonlarining sifatini tubdan va tizimli oshirishga,
kadrlarning yuksak darajadagi umumiy va kasbiy madaniyatga ega
bo‘lgan yangi avlodini tarbiyalashga qaratilgan maxsus chora-
tadbirlarni ko‘rish imkonini berdi.
1
Ñòàòèñòè÷åñêîå îáîçðåíèå Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí çà 2013 ãîä. Ò., 2014.
248
yoqilg‘i-energetika majmuyi, xususan, neft-gaz tarmog‘ida amalga
oshiriladigan loyihalar misol bo‘la oladi.
Shuningdek, loyihalar o‘z muddatlariga ko‘ra, qisqa muddatli
(2 yilgacha), o‘rta (5 yilgacha) va uzoq muddatli (5 yildan ortiq)
bo‘ladi
1
.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va moliyalashtirishdan
avval ularning xavf-xatarlilik (risklilik) darajalari chuqur tahlil qilib
chiqiladi.
13.8. Loyiha risklari va ularning tasnifi
Loyihaviy risklar — bu investitsion loyihalarni amalga oshirishga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi va uning samaradorlik darajasini pasay-
tiruvchi risklar (xavf-xatar) majmuyiga aytiladi.
Loyihaviy risklarning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
• loyihaviy faoliyatning bosqich va jarayonlariga ko‘ra;
• investitsion loyihalarni tuzish jarayonidagi risklar;
• investitsiya (qurilish) jarayonidagi risklar;
• ishlatishga tayyorgarlik jarayonidagi risklar;
• ishlab chiqarish jarayonidagi risklar.
Loyihada qatnashish imkoniyatidan kelib chiqqan holda:
• ichki;
• tashqi risklarga bo‘linadi.
Tashqi risklar darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ular orasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy-iqlim risklarni
alohida ajratib ko‘rsatish zarur. Òashqi risklar investitsion loyiha-
ning barcha jarayonlarida ishtirok etishini ko‘rish mumkin.
O‘z navbatida, tashqi sabablarning namoyon bo‘lish shakllariga
quyidagilar kiradi:
• moddiy-texnika ta’minoti;
• atrof-muhitni qo‘riqlash tadbirlari;
• loyihaviy normativlarning o‘zgarishi;
• ishlab chiqarish me’yorlarining o‘zgarishi;
• eksport-import tartibining o‘zgarishi;
• baholarni shakllantirish mexanizmining o‘zgarishi;
• soliqqa tortish tizimidagi o‘zgarishlar;
• loyiha bo‘yicha pudratchilarning bankrot bo‘lishi;
1
È.È. Ìàçóð, Â.Ä. Øàïèðî, Í.Ã. Îëüäåðîããå. Óïðàâëåíèå ïðîåêòàìè.
Ó÷åáíîå ïîñîáèå (Ïîä îáùåé ðåäàêöèåé È.È. Ìàçóðà). 3-å èçä. Ì.,
«Îìåãà-Ë», 2004.
249
• banklarning inqirozi;
• xomashyo va energiya bahosining oshishi;
• iste’molchilar talablarining o‘zgarishi;
• raqobatning kuchayishi;
• valutalar almashuv kursining o‘zgarishi;
• inflatsiyaning kuchayishi.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi risklarni chizma
shaklida keltiramiz:
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishda asosiy risklar bu
bevosita iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq bo‘lgan risklardir.
Shu jumladan, moliyaviy risklar.
Moliyaviy risklarning eng ko‘p tarqalgani quyidagilar:
• Kredit risklari — bu qarz oluvchi (loyiha egasi) tomonidan
kredit shartnomasi shartlarining bajarilmasligi, ya’ni kredit summa-
sining (qisman yoki to‘liq) va u bo‘yicha foizlarning shartnomada
ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lanmasligi tushuniladi.
• Valuta riski — agar kredit berilgan valuta, loyiha mahsuloti
realizatsiyasi valutalari bilan mos kelmaganda paydo bo‘ladi.
Risklar
Sof risklar
Sun’iy risklar
Tabiiy
risklar
Ekolo-
giya
risklari
Siyo-
siy
risklar
Trans-
port
risklari
Mulkiy
risklar
Ishlab
chiqa-
rish
risklari
Savdo
risklari
Moli-
yaviy
risklar
Tijorat risklari
Investitsiya risklari
Pulning to‘lov qobili-
yati bilan bog‘liq
risklar
Infla-
tsiya
risklari
Valuta
risklari
Likvid-
lilik
risklari
Boy beril-
gan foyda
riski
Daromad-
ning
kamayish
riski
Bevosita
moliyaviy
yo‘qotish-
lar riski
Foiz
riski
Kredit
riski
Birja
riski
Bankrotlik
riski
250
Masalan, loyiha mahsuloti realizatsiyasi milliy valutada bo‘lib,
uni moliyalashtirish uchun olingan kredit summasi chet el valu-
tasida bo‘lsa, bunda valutalar o‘rtasidagi tafovut valuta risklarini
keltirib chiqarishi mumkin.
• Foiz stavkalarining o‘zgarish risklari — investitsion loyihalarni
o‘zgaruvchan kredit stavkalari bilan moliyalashtirilganda paydo
bo‘ladi. Bunda kreditlar bilan moliyalashtirilganda investitsion
loyihalar uchun ajratilgan kapital summasining o‘sib kelish ehtimoli
katta bo‘ladi va loyihaning rentabellik darajasi pasayib ketishiga
asosiy sabab bo‘lishi mumkin.
• Mamlakat risklari — tashqi risklar turiga kiruvchi loyihaviy
risklar hisoblanadi. Uning ma’nosi shundaki, mamlakatdagi ijti-
moiy-siyosiy ahvol va davlat siyosati, shu mamlakatda loyihalashti-
rilayotgan investitsion loyihaga zarar yetkazishi va uning bekor
qilinishigacha olib boriladigan risklar tushunilishi mumkin.
Mamlakat risklarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin,
ular mamlakatning siyosiy va iqtisodiy risklaridir:
• Siyosiy risklar tarkibiga hukumatning siyosiy tomonlari bilan
bog‘liq bo‘lgan risklar kiradi;
• Iqtisodiy risklar esa, mamlakatning soliq, valuta, boj va boshqa
shunga o‘xshash iqtisodiy ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan
bog‘liqdir.
Ma’muriy risklar — tashqi risklar turkumiga kiradi. Bular
loyihaviy faoliyat olib borish uchun olinadigan litsenziya, ruxsatno-
malar va hukumat bilan kelishuv hujjatlari hisoblanadi.
Investitsion loyihalar risklarini pasaytirish uchun ularni boshqa-
rish zarur bo‘ladi. Nazariya va amaliyotda risklarni boshqarishning
to‘rt uslubi bor:
• Risklarni o‘lchash. Bunda, asosan, risklarni tahlil qilish, ularni
tartiblash masalalari ko‘rib chiqiladi.
• Riskni bartaraf qilish va nazoratlash — bunda shunday
boshqaruv olib borish lozimki, ishtirok etuvchilar riskning paydo
bo‘lishiga maksimal darajada ta’sir etmog‘i kerak yoki riskni pasay-
tirishga harakat qilishi lozim. Riskni nazorat qilish o‘z ichiga
yo‘qotishlarni chegaralash bo‘yicha chora-tadbirlarni oladi.
• Risklarni sug‘urtalash. Bu uslub, moliyaviy sug‘urta qoplama-
lari yordamida yo‘qotishlarni kamaytirishga yordam beradi.
• Risklarni ko‘tarish. Bu uslubda risklilik darajasi kichik bo‘lgan
taqdirda, ularni ishtirokchilar tomonidan qoplanishini tushunish
mumkin.
251
13.9. O‘zbekistonda investitsiya faolligini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasida «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunga muvofiq, investitsiya faolligini oshirish uchun davlat
tomonidan quyidagi chora-tadbirlar belgilanib, ularning amalga
oshirilishiga alohida e’tibor berilmoqda. Ular quyidagilar:
• investitsiya faoliyatining qonunchilik negizi doimiy ravishda
yangilab, zamon talabi asosida takomillashtirilmoqda;
• soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlariga soliq stavkalari
va ularga doir imtiyozlarni tabaqalashtiruvchi soliq tizimi qo‘l-
lanmoqda;
• korxona va boshqa xo‘jalik subyektlari asosiy fondlarini
amortizatsiya qilish qulay tartibi belgilangan;
• investitsiyalarni jalb qilish va ularni moliyalashtirishga doir
me’yorlar, qoidalar va standartlar jahon andozalari asosida belgilab
qo‘yilgan;
• tijorat banklarining uzoq muddatli kredit siyosati va narx
belgilash siyosatini o‘tkazishga alohida e’tibor beriladi;
• yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan
foydalanish shartlarining sarmoyadorlar uchun qulay bo‘lishi
ta’minlangan;
• O‘zbekiston Respublikasining davlat investitsiya siyosati
doirasida davlat va budjetdan tashqari fondlar mablag‘i hisobidan
to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalash yo‘li bilan amalga oshiriladigan investi-
tsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi
monitoringini olib borish yo‘lga qo‘yilgan;
• xorij investitsiyalari va markazlashtirilgan investitsiyalarning
davlat kafolatini ta’minlashga alohida e’tibor bilan qaralmoqda;
• umumdavlat maqsadlari uchun obyektlarni investitsiyalash
shart-sharoitlarini belgilash va ular bilan bog‘liq boshqa masalalarni
hal etishda ko‘maklashishdan iborat bo‘lmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan shart-sharoitlar sababli, O‘zbekistonda
2013-yilda jami investitsiyalar 27557,3 milliard so‘mni tashkil qilgan.
Investitsiyalarning 53,1 % ini korxonalar va aholining o‘z moliyaviy
mablag‘lari, 5,5 % budjet mablag‘lari, 11,0 % bank kreditlari va boshqa
qarz mablag‘lari, 9,7 % budjetdan tashqari va rekonstruksiya va
rivojlanish fondi, 0,4 % yerlarning meliorativ holatini yaxshilash
hamda 20,3 % xorijiy investitsiya va kreditlari hisobiga amalga
oshirilgan.
252
O‘zbekistonda investitsiyalarning moliyalashtirish
manbalari bo‘yicha tuzilishi (foiz hisobida)
1
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda investitsiya faolligini ta’minlash
va uni rivojlantirishdagi eng asosiy masala — bu investitsiya
loyihalarini moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib
qolmoqda. Hozirgi zamon ilmiy qarashlarda investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish mexanizmi o‘z mohiyatiga ko‘ra, ikki muhim
jihati bilan ajralib turadi. Birinchidan, mikrodarajada moliyalash-
ning bozor mexanizmi amal qiladi; ikkinchidan, makroiqtisodiy
darajada davlatning iqtisodiy mexanizmi ham mavjud bo‘ladi.
Shu sababli, investitsiya loyihalarini moliyalash faqat olinadigan
foyda motivlari (sabablari)dan tashqari milliy iqtisodiy rivojlanish
maqsadiga muvofiq keladigan mezonlar bo‘yicha ham baholanadi,
lekin bularning iqtisodiyotdagi roliga har xil qaraladi. Biroq, baribir,
bozor mexanizmi eng muhim umuminsoniy iqtisodiy qadriyat
tarzida e’tirof etiladi. O‘zbekistonda yuz berayotgan investitsiya
jarayonlarini asosli holda baholash uchun aytilgan har ikki mexa-
nizmni inobatga olish kerak bo‘ladi. Investitsiya jarayonlarining
moliyaviy ta’minoti investitsiya faoliyatining moliyalashtirish man-
balari hamda investitsiyalash usullarining birligidan iborat.
Xulosa qilib aytganda, respublikamiz iqtisodiyotida o‘sish
sur’atlarini oshirishning ham ichki (milliy), ham xalqaro (tashqi)
1
O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi. T., 2013, 22-bet.
-
t
a
s
r
‘
o
K
r
a
l
h
c
i
k
i
r
a
l
a
b
n
a
m
h
s
i
r
i
t
h
s
a
l
a
y
i
l
o
M
i
m
a
J
3
,
7
5
5
7
2
5
,
5
4
,
0
1
,
3
5
3
,
0
2
0
,
1
1
7
,
9
a
l
m
u
j
u
h
S
,
n
a
d
r
a
l
a
n
o
x
r
o
k
i
k
l
u
m
t
a
l
v
a
D
3
,
3
3
0
6
2
,
4
2
0
,
2
4
,
4
2
9
,
5
1
9
,
2
6
,
0
3
t
a
l
v
a
d
o
N
k
l
u
m
4
2
5
1
2
2
,
0
—
2
,
1
6
5
,
1
2
3
,
3
1
8
,
3
Jami investitsiyalar,
mlrd so‘m
Davlat budjeti
Yerlarning melio-
rativ holatini yax-
shilash fondi
Korxonalar
va aholi
Xorijiy investi-
tsiyalar va
kreditlar
Bank krediti va
boshqa qarz
mablag‘lari
Budjetdan tashqari
fondlar, rekons-
truksiya va rivoj-
lantirish fondi
253
imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilinmoqda. Iqtisodiyotda
o‘sishga qanday erishish mumkin? O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. A. Karimov bu savolga juda ham asosli, ilmiy javob
bergan: birinchidan, mamlakatda siyosiy barqarorlikka erishish;
ikkinchidan, iqtisodiyotda mo‘tadillikni ta’minlash; uchinchidan,
mamlakat ega bo‘lgan barcha moddiy, mehnat, moliyaviy, ilmiy
quvvatlarni to‘la safarbar qilish; to‘rtinchidan, xalqaro kredit va
xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotni jonlantirishga jalb etish,
barcha fuqarolarni o‘z yurti obodligi va istiqboli yo‘lida unumli
ishlashga undash, milliy g‘ururni o‘stirishdir.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Iste’mol fondi;
• xususiy iste’mol fondi;
• shaxsiy iste’mol;
• unumli iste’mol;
• davlat iste’moli;
• jamg‘arish fondi;
• jamg‘arish;
• iste’mol xarajatlari;
• jamg‘arma;
1. Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmunini tushuntirib bering.
2. Iste’mol va jamg‘arishning miqdorini aniqlovchi asosiy omillar nimalar?
3. Jamg‘arish me’yori qanday aniqlanadi?
4. Iste’molga va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz?
5. Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik deganda nimani tushunasiz?
6. Investitsiyalar darajasiga qanday omillar ta’sir etadi?
7. Jamg‘arish qanday manbalar hisobiga amalga oshiriladi?
8. Jamg‘arish inson omilining iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatiga qanday
o‘zgarishlar kiritadi?
9. Jamg‘arish jarayonida ish o‘rinlari va bandlik masalasida qanday sifat
o‘zgarishlar yuz beradi?
10. Investitsiyalashdagi risklarni tasniflang.
11. Loyihaviy risklar nima va ularni tasniflab bering.
12. Investitsiya muhiti deganda nimani tushunasiz?
13. Investitsiyalarni moliyalashtirish va uning manbalarini aytib bering.
14. O‘zbekistonda investitsiya faolligini ta’minlash qanday yechim topmoqda?
• iste’molga o‘rtacha moyillik;
• jamg‘armaga o‘rtacha moyillik;
• iste’molga qo‘shilgan moyillik;
• jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik;
• jamg‘arish normasi;
• investitsiya;
• investitsiyaviy faoliyat;
• investor.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
254
14-bob. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI
14.1. Ishchi kuchining takror yaratilishi
Avvalgi boblardan bilamizki, ishlab chiqarishning asosiy omil-
laridan biri — bu mehnat omili, ya’ni inson omilidir. Mehnat
omili deyilganda insonning o‘zi emas, uning ishlay olish qobiliyati
nazarda tutiladi. Bunday qobiliyat ishchi kuchi deb yuritiladi.
Ishchi kuchi ishlab chiqarishning boshqa omillari kabi takror ishlab
chiqarib turiladi. Òakror ishlab chiqarish jarayonida jamiyatda
ishchi kuchi miqdor va sifat jihatdan rivojlantirilgan, tako-
millashtirilgan, mukammallashtirilgan holda takroran yaratib
boriladi.
Ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishi jarayoni, odatda,
uch asosiy, bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va bir-birini taqozo
etuvchi jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U iqtisodiy adabiyot-
larda ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning uch fazasi deb
yuritiladi.
Birinchidan, ishchi kuchi moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab
chiqarilishi jarayonida qatnashib, mehnat qilish vaqtida o‘zining
jismoniy va aqliy qobiliyatlarini sarflab, qisman yo‘qotib boradi
va uning uzluksiz qayta tiklanishi hamda takomillashib borishini
ta’minlab turish uchun o‘zi yaratgan ne’matlarni iste’mol qilib,
o‘z kuchini takroran hosil qilib boradi. Shu bilan bir qatorda
mehnat qilish jarayonida uning kasbiy mehnat malakasi ham
ortib boradi.
Ikkinchidan, u o‘z oilasida yangi ishchi avlodini yetishtirishi,
tarbiyalab tayyorlashi, ya’ni ularni sog‘lom o‘stirish, bilim berish,
kasbga o‘rgatish, mehnat malakasini muttasil oshirib, yangilab
borishini ta’minlashidan iborat bo‘ladi.
Uchinchidan, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish jarayoni
mamlakatdagi mehnat resurslarini taqsimlash, qayta taqsimlash
va ulardan foydalanish jarayonidan iborat bo‘lib, bunda mavjud
ishchi kuchlarini ishlab chiqarishning turli sohalari, tarmoqlari,
255
korxonalar, hududlardagi ish joylariga joylashtirilishi orqali ularning
xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlari qondirilishi tushuniladi. Bu bilan
ishchi kuchlarining ish bilan to‘la va samarali band bo‘lishi
ta’minlanadi.
14.2. Ishchi kuchining miqdori va sifat jihatlari
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning eng muhim asosini
aholining tabiiy ko‘payishi, miqdoriy va sifat jihatlari tashkil etadi.
Ishchi kuchining miqdor jihati ko‘proq demografik jarayon bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayon ham iqtisodiy, ham ijtimoiy xarakterga
ega bo‘lib, davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida muhim o‘rin tutadi.
Aholining tabiiy o‘sishi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraq-
qiyoti darajasi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, urbanizatsiya
darajasi, tarixiy, madaniy-ma’naviy urf-odat, turmush an’analari
va boshqa shart-sharoitlar hamda boshqa bir qator omillar bilan
bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu yerda, ayniqsa, demografik omil, ya’ni
aholining tabiiy o‘sishi, ularning uy-joy hamda bolalar muassasalari
bilan ta’minlanganlik darajasi, homiladorlik, bola tug‘ilgandan
keyingi ta’tillar va bolalarga nafaqalar berish kabi bir qator masala-
larning yechilganligiga bog‘liqdir.
Ishchi kuchining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bir-biri bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, u mamlakat aholisining soni bilangina emas,
balki jinsi va yoshi, turli kasbga, zamonaviy bilimlarga egaligi kabi
tarkibiy jihatidan ham muhimdir. Bu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida,
aholining tabiiy o‘sishi bilan bir qatorda mehnat resurslari tarkibida
iqtisodiy faol yoki nofaol, malakali va malakasiz, ayollar va erkak
ishchi kuchlari kabi miqdor va sifat jihatdan ma’lumotlar bilan
ifodalanadi. Shuning uchun O‘zbekistonda yosh avlodni kelajakka
tayyorlashga muhim ahamiyat berilmoqda. Quyida O‘zbekiston
aholisining o‘sishi to‘g‘risida ma’lumotlarni keltiramiz.
O‘zbekiston aholisi 2014-yil 1-yanvar holatiga 30488,6 ming
kishini tashkil qilib, 2013-yilga nisbatan 495,1 ming kishiga, ya’ni
1,7 % ga o‘sgan. Shundan 51 % i, ya’ni 15552,8 ming kishi shahar
aholisi, 49 %, ya’ni 14935,8 ming kishi qishloq aholisidan iborat
bo‘lgan. Respublika ishchi kuchi resurslaridan 12523,3 ming kishi
iqtisodiyotda band bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi aholisining
bunday sur’atlar bilan o‘sishi, tug‘ilishning ko‘payishi va umrning
uzayishi bilan o‘limning kamayishiga, nikohdan o‘tib, yosh oila
qurayotganlarga bog‘liqdir.
256
O‘zbekiston aholisining o‘sish sur’atlari
(har 1000 kishiga nisbatan, % hisobida)
r
a
l
h
c
i
k
t
a
s
r
‘
o
K
l
i
y
-
2
1
0
2
l
i
y
-
3
1
0
2
h
s
i
l
i
‘
g
u
T
r
a
l
n
a
g
t
e
t
o
f
a
V
a
h
c
a
g
h
s
o
y
r
i
b
,
n
a
d
n
u
h
S
r
a
l
a
l
o
b
n
a
g
l
‘
o
b
h
o
k
i
N
h
s
i
l
a
r
j
A
0
,
1
2
9
,
4
2
,
0
1
0
,
0
1
6
,
0
3
,
2
2
8
,
4
5
,
0
1
0
,
0
1
8
,
0
M a n b a : O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi.
Ishchi kuchi miqdor jihatidan ishga yaroqli mehnat resurs-
laridan, sifat jihatdan esa ishlovchilarning zamonaviy kasblarga
ega bo‘lishi, bilimi, ish tajribasi, kasbiy mahorati, madaniyati,
ma’naviy qiyofasi kabi bir qator ko‘rsatkichlardan iboratdir.
Ishchi kuchining sifat ko‘rsatkichlari, odatda, ishlab chiqarish-
ning natijasi, ya’ni mahsulot miqdori va sifatida namoyon bo‘ladi.
Umuman, ishchi kuchining sifat darajasi undan foydalanish
jarayonida uning mehnat unumdorligi kategoriyasi orqali bilib
olinadi. Mehnat unumdorligi mahsulot va xizmatlar hajmining
ularni ishlab chiqarish uchun sarflagan vaqtiga nisbatan aniqlanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish jamiyat uchun juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Chunki mehnat unumdorligini o‘stirish orqali
iqtisodiy mo‘l-ko‘llik, farovonlik, ijtimoiy barqarorlikka erishish
mumkin. Mehnat unumdorligi alohida iqtisodiy kategoriya hisob-
lanadi. Mehnat unumdorligini o‘sishiga bir qator omillar ta’sir
qiladi. Ana shu omillarning eng muhimi, bizningcha, jamiyatda
unumli mehnatni taqdirlash, rag‘batlantirish, ishlash uchun yaxshi
qulay sharoitlar yaratib berishdir. Bozor iqtisodiyoti xuddi ana
shunday muhitni yaratadi, har bir ishlovchi iqtisodiy-ijtimoiy hayoti
uning unumdorligiga bog‘liq qilib qo‘yiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining sifat ko‘rsatkich-
laridan biri, bu uning tadbirkorlik qobiliyati hisoblanadi. Bu alo-
hida, o‘ziga xos sifat jihati ishchining ishlab chiqarishdagi tashab-
buskorligi, izlanuvchanligi, innovatsion fikrlashi, yangilik yaratishi,
o‘z ishiga fidoyi bo‘lishi, kezi kelganda tavakkalchilik qilishi kabi-
larda ifodalanadi. Ishchi kuchining bu sifatlari ishlab chiqarishning
boshqa barcha omillaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
257
Shuning uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega ishchi kuchlarini
yetishtirishning davlat va boshqa barcha iqtisodiy subyektlar tomo-
nidan qo‘llab-quvvatlanishi, e’zozlanishi, rag‘batlantirilishi muhim
hisoblanadi.
14.3. Aholi o‘sishining ishchi kuchi taklifiga ta’siri
Yuqorida keltirgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbe-
kiston aholisi bir yilning o‘zida 1,7 % ga o‘sgan. Aholining bun-
day o‘sishi ishchi kuchining mehnat bozoridagi taklifining ham
tez o‘sib borayotganligini bildiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
ishchi kuchini taqsimlash, qayta taqsimlash va ulardan foydalanish
mehnat bozori orqali amalga oshiriladi.
Ishchi kuchlaridan foydalanish, eng avvalo, ularning ish bilan to‘la
hamda samarali band bo‘lishiga bog‘liq. Odatda, hech qaysi mamlakatda
ishchi kuchlarining mutlaq to‘liq va samarali band bo‘lishini ta’minlab
bo‘lmaydi. Chunki mamlakatdagi mehnatga layoqatli barcha kishilar,
davlat va jamoat korxonalarida ishlab chiqarishga jalb etilgan bo‘lishi
shart emas. Ish bilan to‘la bandlik umumlashgan ma’noda aytiladi.
Ularning bir qismi, ko‘pincha, o‘z oilasida bolalar tarbiyasi, shuning-
dek, xususiy korxonalar va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarida mehnat
qilishi, yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari
mumkin. Shuning uchun ular ish bilan band deb hisoblanadilar.
Har bir mamlakat iqtisodiyoti uchun ishsizlikning ma’lum
darajasi me’yordagi hol hisoblanadi. Chunki ayrim mehnatga
layoqatli odamlar o‘z ixtiyorlari bilan ham ishlamasliklari mumkin,
ular mulkiy yoki boshqa daromadlar hisobiga yashaydilar.
Iqtisodiy adabiyotlarda ish bilan to‘la bandlik, mehnat resurslaridan
oqilona, samarali foydalanish kabi tushunchalar qo‘llaniladi. Mehnat
resurslaridan samarali foydalanishning birinchi va muhim ko‘rsatkichi
to‘la bandlikni ta’minlashni nazarda tutadi. Bunga erishish esa, eng
avvalo, ish joylari bilan mavjud mehnat resurslarining miqdor va
sifat jihatdan muvozanatlashgan bo‘lishini ta’minlash zarur bo‘ladi.
Bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish hajmini o‘stirish, yangi ish joylarini
yaratishni, ish bilan bandlikning oqilona darajada bo‘lishini hisobga
olgan holda shart-sharoitlar bilan ta’minlashni talab etadi.
Hozirgi zamon iqtisodiyoti texnik, texnologik o‘zgarishlar,
globallashuv jarayonlarining jadallashuvi va ishlab chiqarishning
intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ishchi kuch-
larining o‘rniga dasturlashtirilgan boshqaruv asosiga qo‘yilgan
texnik vositalar qo‘llanilishi natijasida ishda band bo‘lgan ishchi-
258
lar bo‘shatilib, ishsizlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.
Shu munosabat bilan ishchi kuchlarini qayta taqsimlash, qayta o‘qi-
tish va kasb tanlash tizimini yanada takomillashtirib borishni va
shu orqali ishchi kuchlarini ishga joylashtirishni samarali amalga
oshirish talab etilmoqda. Bozor iqtisodiyoti mehnat resurslaridan
samarali foydalanishga sharoit yaratadi, ularni kam samarali
sohalardan bo‘shatib, yuqori samarali tarmoqlar va korxonalarga qayta
taqsimlash mexanizmini doimo takomillashtirib borishni taqozo etadi.
14.4. Ishchi kuchiga talab va taklif. Ishsizlikning
mazmuni, kelib chiqish sabablari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, xuddi tovar va xizmatlar bozorida
bo‘lgani kabi, mehnat bozorida ham ishchi kuchiga talab bilan taklif
o‘rtasida mutanosiblik bo‘lmasa, ishsizlik kelib chiqadi. Ishsizlik
deganda aholining mehnatga layoqatli bo‘lgan, ishlashni xohlasa ham
ish topa olmagan qismi tushuniladi. Odatda, barcha mamlakatlarda
mehnat yoshidagi, ya’ni 16—59 yoshdagi erkaklar va 16—55 yoshdagi
ayollar ma’lum bir qismining ishlashga bo‘lgan talabi qondirilmaydi
va ular o‘z mamlakatlarida ishga joylasha olmaydilar, natijada ishsiz
qoladilar. Aholining mehnatga layoqatli bo‘lmagan yoshlar, keksalar,
nogironlar ishsiz deyilmaydi. Shuningdek, mehnatga layoqatli bo‘la
turib o‘z xohishi bilan ishlamayotgan kishilar ham ishsizlar qatoriga
qo‘shilmaydi. Deyarli barcha mamlakatlar mehnat qonunchiligida
ishsiz deb, mehnatga layoqatli bo‘lib ish topa olmay, mehnat birjalarida
ro‘yxatda turgan kishilarga aytiladi.
Ishsizlikning asosiy sababi, bozorda ishchi kuchiga talabning
o‘zgarib turishi hisoblanadi. Òalabning o‘zgarishi esa hozirgi vaqtda
fan va texnika hamda texnologiyalarning taraqqiyoti bilan bog‘liq.
Ishlab chiqarishda ulardan foydalanish, mehnat unumdorligini
hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirib, ko‘proq va sifatli
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlamoqda. Bu esa, o‘z navba-
tida, ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qisqartiryapti.
Ishsizlikning sabablaridan yana biri ishchi kuchiga talabning
mavsumiy o‘zgarishi bo‘lib, bu holat ko‘proq qishloq xo‘jaligida,
ayniqsa, qurg‘oqchilik fasllarida sodir bo‘ladi.
Bozor tizimida normal darajadagi ishsizlik iqtisodiyot uchun
tabiiy hol hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot holati tez-tez o‘zgarib
turadi. Iqtisodiyot rivojlanganda ishchi kuchiga talab ortadi va bu
talab ishsizlar hisobidan qondiriladi. Iqtisodiyotda rivojlanish
pasayganda ishsizlar soni ko‘payadi.
259
14.5. Ishsizlik turlari va ularning farqlari
Ishsizlikning asosiy turlari quyidagilar: friksion ishsizlik,
ayrimlar uni tarkibiy ishsizlik deb ham aytadilar. Chunki ma’lum
vaqt o‘tishi bilan bozorda iste’mol talabi va texnologiya tarkibida
o‘zgarishlar sodir bo‘lib turadi, ishlab chiqarishning yangi tarmoq-
lari rivojlanib, eski sohalar qisqaradi, bu esa, o‘z navbatida, ishchi
kuchiga va uning tarkibiga bo‘lgan talabning o‘zgarishiga ham
olib keladi. Bunday o‘zgarish natijasida kasblarning ayrim turlariga
talab kamayadi yoki ayrim boshqa yangi kasblarga talab ortadi.
Ishchilar bunga mos ravishda o‘z kasblarini tez o‘zgartira olmas-
liklari yoki moslasha olmasliklari tufayli ish joylarining yangi tarki-
biga to‘liq javob bermasligi sababli tarkibiy ishsizlik kelib chiqadi.
Bu ishsizlik vaqtinchalik ishsizlik deb yuritilib, u ishchilarning ish
joyini almashtirish paytida yuz beradi, eski ishdan ketib, yangi
ishga joylashgunlaricha davom etadi. Shunday qilib, friksion va
tarkibiy ishsizlik bozor iqtisodiyoti sharoitida ishsizlikning obyektiv
muqarrar ravishda bo‘lishini bildiradi.
Mavsumiy ishsizlik. Ishsizlikning bu turi ko‘proq qishloq xo‘ja-
ligi, qurilish va turizm, dam olish, kurort sohalarida xizmat qiluv-
chilarda bo‘ladi. Bu ishlarda band bo‘lganlarning mavsum tugagach
ishsiz qolishiga aytiladi.
Yashirin ishsizlik. Bunda ishchilar rasman ish bilan band
bo‘ladilar, lekin ular qisman ishlashi, ya’ni to‘liq ishlamay, qisqarti-
rilgan ish kuni yoki qisqa ish haftasida ishlaydilar xolos, shuning
uchun ularni yashirin ishsizlar deyiladi.
Siklik ishsizlik. Bu ishsizlik iqtisodiyotda sodir bo‘lib turadigan
siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq kelib chiqadi. Ishsizlikning bu
turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida
iqtisodiyotning rivojlanishi natijasida ish bilan bandlik ortadi va u
yo‘qolib ketadi.
Ixtiyoriy ishsizlik. Bunda ayrim mehnatga layoqatli kishilar
o‘z ixtiyorlari bilan ishlamaydilar. Ularning mulkiy yoki boshqa
daromadlari bo‘lib, shuning hisobiga yashashlari mumkin.
Òexnologik ishsizlik. Ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar
ishlatilishi natijasida kelib chiqadi.
Hududiy ishsizlik. Bu ishsizlik ko‘proq hududlarning demogra-
fik, tarixiy, milliy-madaniy va ijtimoiy-psixologik kabi xususiyatla-
ridagi farqlar bilan bog‘liq kelib chiqadi.
Òurg‘un ishsizlik. Aholining o‘z ish joyini yo‘qotgan, mehnatga
layoqatlilarning bir qismini tashkil qilib, ishsizlik bo‘yicha nafaqa
260
olish huquqidan mahrum bo‘lgan va faol mehnat qilishga hech
qanday qiziqishi bo‘lmaganlardan iborat.
Umumiy ishsizlik. Bu holat, odatda, iqtisodiy tanglik sharoitida
yuz beradi. Bozorlarda tovarlar va xizmatlarga talab juda kamayib
ketadi, natijada ularni ishlab chiqaruvchilar mehnatiga talab
qisqaradi, bu umumiy ishsizlikka olib keladi.
Iqtisodiyot nazariyasi ishsizlik darajasini o‘rganishga alohida
e’tibor bilan qaraydi, chunki ishsizlik darajasining o‘ta yuqori
bo‘lishi mamlakatning ijtimoiy barqarorligiga salbiy ta’sir etadi.
Mamlakatda ishga layoqatli kishilarning ishsizlik darajasi quyidagi
formula bilan aniqlanadi — ishsizlik darajasi ishsizlar sonining
ishchi kuchi umumiy soniga nisbatining foizidagi ifodasidir:
100,
Is
Id
Ml
=
⋅
bu yerda, Id—ishsizlik darajasi; Is—ishsizlar soni; Ml—mehnatga
layoqatli aholi soni.
Ishsizlikning muddat ko‘rsatkichi ham mavjud bo‘lib, u ishsiz-
likning davomiyligini bildiradi. Bu jihatdan qisqa muddatli va
uzoq muddatli ishsizlik bor. Ularning nisbati har bir mamlakatning
iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot rivojlangan davrlarda
ish bilan to‘la bandlikka erishiladi. Lekin bu mamlakatdagi barcha
ishchi kuchlari yuz foiz ish bilan band bo‘lganini bildirmaydi.
Odatda, ko‘p mamlakatlarda hozirgi vaqtda mehnatga layoqatli
aholining 95 % i ish bilan band bo‘lsa, u to‘liq bandlik deb
hisoblanmoqda.
14.6. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari.
Ouken qonuni
Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari mavjud bo‘lib,
uning ham ijobiy va salbiy oqibatlarini ko‘rib chiqamiz. Uning
ijobiy oqibati shundaki, ishsiz bo‘lib qolish xavfi kishilarni yaxshi
ishlashga, mehnat intizomini buzmaslikka, mehnat unumdorligini
oshirishga, ish sifatini yaxshilashga, o‘z ish joyini qadrlashga
undaydi. Ishsiz yurganlarni o‘z ustida ishlashga, bilim va malakasini
oshirishga, yangi zamonaviy kasblarni egallashga majbur qiladi.
Ishsizlik ishchi kuchining harakatchanligini oshiradi. Uni erkin,
mamlakat ichida va hatto mamlakatlararo ko‘chib yurish orqali
bo‘lsa ham o‘ziga ish topishga majbur qiladi. Buning natijasida
ishchi kuchiga muhtoj bo‘lgan korxonalar ishchi kuchiga ega
261
bo‘ladilar. Mehnat resurslari ko‘p bo‘lgan ayrim hududlardan
mehnat resurslari kam bo‘lgan hududlarga ko‘chib boradilar. Bu
jarayon orqali mehnat resurslarining samarali taqsimlanishi va
qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozordagi talab va taklif qonuniga
binoan taqsimlanish sodir bo‘ladi, bu, o‘z navbatida, mamlakatning
iqtisodiy o‘sishiga olib keladi.
Ishsizlikning salbiy oqibatlari shundaki, mamlakatdagi mehnat-
ga faol aholining bir qismi ishlamay, mahsulot va xizmatlarni
yaratishda qatnashmaydi. Agar ishsizlik uzoq vaqt davom etadigan
bo‘lsa, ishsiz yurgan kishi o‘z kasbiy malaka va tajribasini yo‘qotadi.
Ishsizlarga davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi to‘lanadi, bu, o‘z
navbatida, ishlayotganlar zimmasiga soliq yuki sifatida tushadi.
Ishsizlarning oilaviy daromadlarining pasayib ketishi bozordagi
tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keladi.
Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ishsizlar daromadlarining pasayishi ularning noroziliklariga
sabab bo‘ladi. Shuning uchun davlatimiz tomonidan har yili bir
millionga yaqin yangi ish joylari tashkil etish rejalashtirilgan. Ayniq-
sa, mamlakatimiz yoshlarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha maxsus
dastur qabul qilingan bo‘lib, uning bajarilishiga hukumatning
ustuvor vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Jumladan, kollejlar
bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani har qanday mamlakatda ishsizlik-
ning «tabiiy darajasi» mavjud bo‘lishini va u ishchi kuchi bozorida
talab va taklifning, ya’ni ish izlovchilar soni bilan bo‘sh ish o‘rinlari
soniga teng kelganda vujudga kelishini ko‘rsatib beradi. Ishsizlik-
ning «tabiiy darajasi»ni aniqlash hozirgi vaqtda anchagina murak-
kab hisoblanadi. Chunki, ko‘pincha, ishsizlik darajasi «tabiiy
daraja»dan ortiq, ayrim hollarda undan past ham bo‘lishi mumkin.
Buning sababi ishchilarning belgilangan ish vaqtidan ortiqcha
ishlashi va o‘rindoshlik ishlarida band bo‘lishi kabi holatlar bilan
bog‘liqdir.
Ishsizlikning tabiiy darajasining miqdoran aniq hisoblanishi shart
emas, u mamlakatlarda sodir bo‘ladigan tartibiy o‘zgarishlar, ya’ni
qonunlar qabul qilinishi oqibatida o‘zgarib turishi mumkin. Agar
o‘tgan asrning 80—90-yillarida friksion va tarkibiy ishsizlarning
muqarrar darajasi ishchi kuchining 4—5 % ini tashkil qilsa, bu
normal holat deb hisoblangan. Biror mamlakatda ishchi kuchining
95—96 % i band bo‘lganda, to‘liq bandlilikka erishildi deyilgan.
Hozirgi davrda jahon iqtisodchilari ishsizlikning «tabiiy darajasi»
262
8—10 % ga teng bo‘lishini ham muqarrar hol deb hisoblaydilar
va uni ijtimoiy xavfli emas deydilar.
Hozirgi vaqtda g‘arb iqtisodiy adabiyotida ishsizlarga ish bilan
band bo‘lmagan va faol ish izlayotgan hamda bu haqda mehnat
birjalarida ro‘yxatdan o‘tgan kishilar kiradi deb ko‘rsatiladi. Lekin
biz ishsizlar sonini hisoblashning shu usulidan foydalangan holda
amalga oshiradigan bo‘lsak, O‘zbekistonda, ayniqsa, qishloq joylar-
da yashovchi aholining doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan qismi
ishlashni xohlasa-da, «ishsizlar» sifatida bandlik xizmati muassasala-
ridan ro‘yxatdan o‘tmaganligini bilamiz, natijada ishsizlikning
haqiqiy darajasini to‘g‘ri aniqlay olmaymiz. Bu pirovard natijada
qo‘shimcha ish joylarini tashkil qilish va ishsizlikni bartaraf
etishning boshqa chora-tadbirlarini ishlab chiqishga xalaqit beradi.
O‘zbekistonda ishsizlik darajasi quyidagi ma’lumotlar bilan
tavsiflanadi: bandlik xizmati muassasalariga ishga joylashtirish
bo‘yicha 2014-yilda 5,4 ming kishi murojaat qilgan. Xuddi shu
yilga mamlakatda qabul qilingan «Bandlik» dasturini bajarish doira-
sida 970 mingdan ortiq kishi yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lishlari
rejalashtirilgan.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari mamlakat bo‘yicha ishlab
chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi. Iqtisodiyot
ishlashni xohlagan va ishlay oladigan barcha uchun yetarli miqdorda
ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa, tovar ishlab chiqarish
mavjud imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy adabiyot-
larda bu yo‘qotish yalpi milliy mahsulot (YMM) hajmining orqada
qolishi sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YMMning potensial
YMMdan kam bo‘lgan hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi
qanchalik yuqori bo‘lsa, YMM hajmining orqada qolishi
shunchalik katta bo‘ladi.
Ushbu makroiqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullangan
amerikalik olim Artur Ouken ishsizlik darajasi va YMM hajmining
orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik tadqiq qilishi
natijasida o‘zining Ouken qonuni deb atalmish qonunini yaratgan.
Ushbu qonunga ko‘ra, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning
tabiiy darajasidan 1 % ortiq bo‘lsa, YMM hajmining orqada qolishi
2,5 % ni tashkil qilishini ko‘rsatadi, ya’ni 1:2,5 yoki 2:5 bo‘lgan
bu nisbat, ishsizlikning har qanday darajasi bilan bog‘liq ravishda
mahsulotning mutlaq yo‘qotilish hajmini hisoblash imkonini beradi.
Masalan, 2013-yil ishsizlik darajasi 5 % ga yetgan yoki ko‘zda
tutilgan 4 % li tabiiy darajadan 1 % yuqori bo‘lgan. Bu 1 % ni
263
Ouken koeffitsiyenti 2,5 ga ko‘paytirib, shu yili YMM hajmining
orqada qolishi 8,75 % ni tashkil qilishini aniqlaymiz.
Iqtisodiyotda bundan boshqacha hollar bo‘lishi mumkin. Masa-
lan, mamlakatda ishlab chiqarishni jadallashtirish, smenali ish
tashkil qilish, texnik, texnologik, innovatsion yangiliklardan
foydalanish yo‘li bilan milliy mahsulotning haqiqiy hajmi umumiy
imkoniyati hajmidan ortib ketishi mumkin.
14.7. Inflatsiya va ishsizlikning o‘zaro bog‘liqligi.
Fillips egri chizig‘i
Ishsizlik muammolari jahon iqtisodchi olimlari tomonidan
doimo o‘rganib boriladi. Jumladan, klassik iqtisodchilar ta’limotiga
ko‘ra, mamlakatda ish haqi qanchalik yuqori bo‘lsa, ishchi kuchiga
talab shuncha kam bo‘ladi, bandlik ham shunga muvofiq ravishda
past bo‘ladi. Agar ish haqi past bo‘lsa, ish kuchiga talab ko‘p
bo‘lib, bandlik yuqori darajada bo‘ladi deyishgan. Lekin ishsiz-
likning kelib chiqishi va uning sabablari to‘g‘risida ingliz iqtisodchi
olimi Olban Fillips Buyuk Britaniya iqtisodiyotining o‘tgan asr,
ya’ni 1960-yiliga qadar bo‘lgan yuz yillik ma’lumotlarini tahlil
qilar ekan, ish haqi bilan ishchi kuchlari bandligi o‘rtasida bog‘la-
nish borligini va u teskari proporsional xarakterga ega ekanligini
aniqlab beradi. Fillips egri chizig‘i degan nom olgan grafik orqali
u buni asoslashga harakat qilgan.
Grafikka ko‘ra, nominal ish
haqining o‘sish sur’ati past bo‘l-
ganda ishsizlik yuqori, so‘ngra
ish haqining o‘sishiga qarab ish-
sizlik pasayadi. Demak, bundan
xulosa qilib aytadiki, inflatsiya
sur’atini tezlashtirish evaziga ish-
sizlikni pasaytirish mumkin ekan.
Bu bilan Fillips Angliyada ishsiz-
likning 2,5—3 % dan ortishi
narxlar va ish haqi o‘sishining
keskin sekinlashuviga olib
kelishini aniqlaydi. Lekin Fillips bu egri chiziq qonuniyati doimo
to‘g‘ri chiqmasligini ham aytib ogohlantirgan.
Keyinchalik bu yerda inflatsion jarayonda mehnat unumdorli-
gining o‘sishing notekisligi hisobga olinmaganligini aniqlashgan AQSH
iqtisodchilari P. Samuelson va R. Soloular Fillips egri chizig‘ini
9
6
4
2
0
2
6
4
8 10 12 14
A
Ishsizlik darajasi, %
Ish haqining o‘sishi, %
Fillips egri chizig‘i
264
yanada takomillashtirib, ish haqining miqdorini tovar narxlarining
o‘sish sur’atiga almashtirib, ishsizlik darajasi bilan narx o‘sishi sur’ati
o‘rtasidagi bog‘lanishni teskari proporsional bog‘lanish tarzida ifodalab
berishdi. Shundan boshlab ish haqi o‘rniga tovar narxlarining o‘sish
sur’atini qo‘yib, Fillips egri chizig‘ini iqtisodiy siyosatda tatbiq etish
uchun takliflar tayyorlashda qo‘llaniladigan bo‘ldi.
14.8. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
Ish bilan bandlikni ta’minlashda davlatning roli
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchining oldi-sotdi jarayoni
mehnat bozorida amalga oshiriladi. Mehnat bozoriga ishchilar
ishga yollanish uchun taklif bilan, ishga oluvchilar esa ularga talab
bildirib chiqadilar. Bozorda ular o‘rtasida mehnat shartnomasi
tuzilib, ishchi kuchining oldi-sotdi jarayoni yuz beradi. Savdolar
mehnat birjalari vositachiliklari orqali amalga oshiriladi.
Ishga yollovchi va ishga yollanib ishlovchilar o‘rtasidagi
shartnomalarning tuzilishi va unga qo‘yiladigan talablar, odatda,
davlat tomonidan qabul qilingan mehnat qonunlari bilan belgila-
nadi. Mehnat shartnomalari, asosan, uch turga bo‘linadi:
1. Mehnat kontraktlari — ishga yollanuvchilar va ishga yollov-
chilar o‘rtasida yakka tartibda tuzilgan shartnoma deyiladi. Bu
shartnomada ishchi tomonidan bajariladigan ishning mazmuni,
ish sharoiti, ish haqi miqdori, ish haqining to‘lanish tartibi,
ishlovchining va ish beruvchining huquq va majburiyatlari aniq
belgilangan bo‘lishi shart.
2. Jamoa bitimi — bu korxona, tashkilot, firmalar, tadbirkorlar
bilan ishchi-xizmatchilar jamoasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma deyiladi.
Bu shartnomaga binoan har ikki tomonning huquq va majburiyatlari,
ya’ni ish vaqti, mehnat intizomi, mehnat xavfsizligini ta’minlash,
ishchilarning malakalarini oshirish tartiblari, ish haqi miqdori, ish ha-
qini indeksatsiyalash, ya’ni mamlakatda narx ko‘tarilib borganini hi-
sobga olgan holda ish haqini oshirib borish kabi masalalar qayd etiladi.
3. Bosh bitim — ish beruvchilar va ishchi-xizmatchilarning
kasaba uyushmasi bilan hukumat o‘rtasidagi bitim deyiladi. Bu
bitim bosh bitim deyilib, unga ko‘ra, umummamlakat doirasida
mehnat munosabatlarining asosiy jihatlari belgilanadi.
Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan oluvchi o‘rtasida
tuziladigan shartnomaning asosida kelishilgan narx turadi va u
ish haqidir.
265
Ish haqi darajasi bozorga bog‘liq. Agar korxona va firmalarda
ishlab chiqarilgan tovarlar bozorda yaxshi sotilsa, ish haqi oshadi
yoki aksincha. Ish haqining oshishi bozorda ishchi kuchining
taklifini oshiradi. Ishchi kuchi tomonidan yaratilgan tovar yaxshi
sotilsa, ishchi kuchiga bo‘lgan talab ham oshadi. Chunki ishchi
kuchiga talab u keltirgan foydaga bog‘liq va doimo o‘zgarib turadi.
Yuqorida aytganimizdek, ishchi kuchiga talab boshqa shart-sharoit
o‘zgarmasa, talab qonuniga ko‘ra, ish haqiga bog‘liq. Ish haqi yuqori
bo‘lsa, ishchi kuchiga talab qisqaradi, agar u past bo‘lsa, aksincha,
talab ortadi. Lekin mehnat bozoridagi taklif ham narxga nisbatan elastik
bo‘ladi, ish haqi oshsa, ishchi kuchi taklifi ko‘payadi, kamaysa, taklif
qisqaradi. Ammo ishchi kuchining taklifi shu odamning nimani afzal
ko‘rishiga ham bog‘liq. Òurmush darajasi past bo‘lib, moddiy muhtojlik
sharoitida ko‘p ishlab, ko‘p pul topishga intilish ustunlik qiladi.
Moddiy to‘kinchilik va yuqori turmush darajasi muhayyo
sharoitlarda oz ishlab yaxshi yashash mumkin bo‘lganidan,
qo‘shimcha pul topishga nisbatan dam olish afzal ko‘riladi. Natijada
ish vaqti qisqarib, bo‘sh vaqt ko‘payishi mumkin. Demak, odam-
ning nimani afzal ko‘rishiga qarab mehnat bozorida taklifi o‘zga-
radi. Bu mehnat bozorida talab-taklif o‘yini deb aytiladi. Bozorda
talab va taklif tenglashganda muvozanat hosil bo‘ladi. Bu muvo-
zanat ma’lum ish haqi miqdori darajasida paydo bo‘ladi.
Òalab va taklif muvozanatiga ish haqidan tashqari boshqa omillar
ta’sir etadi. Òexnik-texnologik taraqqiyot mehnat unumdorligini
oshirib, ish kuchiga talabni qisqartiradi. Iqtisodiy turg‘unlik yoki
tanglik yuz berganda ish o‘rinlari qisqaradi, mehnatga talab
kamayadi. Yangi texnologiyaning joriy etilishi malakali ish kuchiga
talabni oshirib yuboradi. Ishlab chiqarish tarkibi o‘zgarsa, kasblarga
bo‘lgan talab nisbatlari ham o‘zgaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi
ishchilariga talab qisqargan holda, sanoatda, qurilish va xizmat
ko‘rsatish sohasidagi yangi kasblarga talab oshadi.
Ishchi kuchlarining to‘la va samarali bandlik muammolari
Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish va ulardan samarali
foydalanish to‘g‘risidagi nazariyalarda «to‘liq bandlik» tushunchasi
iqtisodiyotda ishsizlikning mutlaq mavjud bo‘lmasligini bildirmaydi
deb aytiladi — bu to‘g‘ri, albatta. Chunki biz yuqorida friksion va
tarkibiy ishsizlikning sabablarini ko‘rib chiqqanimizda, uning ishlab
chiqarishdagi tarkibiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda kelib chi-
qishini va uning obyektiv muqarrar hol ekanligini aytib o‘tganmiz.
266
Shuning uchun «to‘liq bandlik» deganda ishchi kuchining friksion
va tarkibiy ishsizlarni hisobga olmagan holda band bo‘lganlarga
nisbatangina aytilishi mumkin. «Òo‘liq bandlik» sharoitidagi ishsizlik
darajasi ishsizlikning shu davr uchun «tabiiy darajasi» deb yuritiladi
va u milliy iqtisodiyotning real hajmi, ya’ni salohiyatini bildiradi.
14.9. O‘zbekistonda demografik vaziyatning bandlikka ta’siri.
Ishsizlarni ijtimoiy himoyalash
O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va o‘ziga
xos tarkibiga egaligi mamlakatimizning muhim demografik
xususiyati hisoblanadi. Bu holat esa, o‘z navbatida, respublikamizda
mavjud ishchi kuchlaridan samarali foydalanish, ularning ish bilan
bandligini ta’minlash kabi juda muhim muammolardan biri
hisoblanadi. Shu munosabat bilan mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar ushbu masalani hal
etishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimovning Vazirlar Mahkamasida
2013-yil yakunlari va 2014-yilda mamlakatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirilishi to‘g‘risidagi ma’ruzasida aytilgan so‘zlarini
keltiramiz: «Yangi ish o‘rinlari tashkil etish, bandlikni ta’minlash
va aholi daromadlarini oshirish masalalari doimo e’tiborimiz
markazida bo‘lib qolmoqda. Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi
bandligini ta’minlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilishi
natijasida 2013-yilda qariyb 970 ming kishi ish bilan ta’minlandi.
Bu ish o‘rinlarining 60,3 % dan ortig‘i qishloq joylarida yaratildi.
Bu borada kichik korxonalar, mikrofirmalar va yakka tartibdagi
tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 480 mingdan ortiq, kasana-
chilikni kengaytirish hisobidan esa 210 mingdan ziyod ish o‘rni
tashkil etildi. O‘tgan yili biz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lmish
kasb-hunar kollejlarining 500 ming nafardan ortiq bitiruvchisi ish
bilan ta’minlandi va aytish joizki, buning ahamiyatini baholashning
o‘zi qiyin. O‘z xususiy ishini ochib, biznes bilan shug‘ullanishga
qaror qilgan kollej bitiruvchilariga 140 milliard so‘mdan ziyod
imtiyozli mikrokreditlar ajratildi».
Respublikamiz Prezidentining aytganlaridan ko‘rinib turibdiki,
mamlakatimizda ishchi kuchlari bandligini ta’minlashning asosiy
yo‘llaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish
bilan bog‘liq. Chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
267
rivojlanishi, uning ommaviy tus olishi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy
masalalarni, avvalo, ishchi kuchlarining ish bilan bandlik masala-
larini hamda pirovard natijada esa aholi farovonligini ta’minlash
imkoniyatini yaratadi. Shu bois, ushbu sohani yanada rivojlantirish
respublika hukumatining doimo diqqat-e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Bu yo‘lda mamlakatimiz Prezidentining 2010-yil 12-noyabrdagi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatining qo‘shma majlisida qonunchilik tashabbusi doirasida
taqdim etgan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsep-
siyasi»
1
ning VI bobida tadbirkorlikning yangi tashkiliy-huquqiy
shakli sifatida oilaviy biznesni tashkil qilish zarurligiga alohida
urg‘u berib o‘tgan. Shu bois, O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik (KBXÒ) subyektlariga, shu jumladan, oilaviy tadbir-
korlik faoliyatini amalga oshirish uchun munosib iqtisodiy,
tashkiliy, huquqiy sharoitlarni yaratish, ular faoliyatini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi zamonaviy mexanizm-
larini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali mamlakati-
mizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratil-
moqda. Bunda «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida»gi, «Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida»gi va «Raqobat
to‘g‘risida»gi Qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlar muhim omil
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
2013-yil 12-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «2014-yilda ish
o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash» Dasturiga
binoan, yanvar—iyun oylarida 776,2 mingta ishchi o‘rinlari
yaratilganligi, shundan 314,2 mingtasi kichik korxonalarda va
90,6 mingtasi yakka tartibdagi tadbirkorlik sohasidagi korxonalar
bilan mehnat shartnomalari bo‘yicha kooperatsiya asosida,
shuningdek, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik sohalarining
rivojlantirilishi 181,8 ming kishi, shu jumladan, kasanachilar bilan
mehnat shartnomalari asosida kooperatsiyada 45 ming kishining
bandligi ta’minlanganligi ko‘rsatilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mehnat resurs-
larining tarkibi 2012—2013-yillarda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan:
1
I.À. Êàrimov. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlash-
tirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruza.
«O‘zbekiston ovozi» gazetasi, 2010-yil 13-noyabr.
268
O‘zbekistonda mehnat resurslarining tarkibi
(ming kishi)
r
a
l
h
c
i
k
t
a
s
r
‘
o
K
l
i
y
-
2
1
0
2
l
i
y
-
3
1
0
2
i
l
o
h
a
l
o
a
f
y
i
d
o
s
i
t
q
I
1
,
0
5
8
2
1
0
,
3
6
1
3
1
i
m
a
j
,
r
a
l
d
n
a
B
8
,
3
2
2
2
1
3
,
3
2
5
2
1
,
n
a
d
a
l
m
u
j
u
h
S
a
d
r
o
t
k
e
s
y
i
m
s
a
r
4
,
9
9
8
7
8
,
5
4
9
7
:
n
a
d
r
a
l
U
)
a
d
s
e
n
z
i
b
a
t
t
a
k
(
a
d
i
r
a
l
q
o
m
r
a
t
t
o
y
i
d
o
s
i
t
q
i
1
,
3
2
5
2
9
,
5
5
5
2
r
e
m
r
e
f
a
d
m
a
h
r
a
l
a
m
r
i
f
o
r
k
i
m
k
i
h
c
i
K
a
d
i
r
a
l
k
i
l
a
j
‘
o
x
1
,
1
0
4
2
5
,
1
0
3
2
a
k
k
a
y
a
d
l
o
h
n
a
g
a
m
t
e
l
i
k
h
s
a
t
s
x
a
h
s
k
i
d
i
r
u
Y
n
a
l
i
b
i
t
a
y
i
l
o
a
f
k
i
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
i
g
a
d
b
i
t
r
a
t
r
a
l
i
h
c
v
u
n
a
l
l
u
‘
g
u
h
s
3
,
5
3
7
1
,
4
0
8
a
d
i
g
i
l
a
j
‘
o
x
n
o
q
h
e
D
1
,
2
9
7
1
5
,
6
3
8
1
l
o
m
a
r
o
q
i
l
x
o
h
s
k
i
r
i
y
,
n
a
d
a
l
m
u
j
u
h
S
i
r
a
l
n
a
g
r
o
t
a
n
h
e
m
a
d
i
t
a
f
i
s
i
h
c
v
u
r
i
t
h
s
i
t
e
y
r
a
l
n
a
g
n
i
l
o
a
g
t
a
x
y
‘
o
r
n
a
d
i
n
o
m
o
t
7
,
1
3
4
1
4
,
0
6
4
1
a
d
r
a
l
t
o
l
i
k
h
s
a
t
a
v
a
s
a
s
s
a
u
m
a
q
h
s
o
B
8
,
7
4
4
8
,
7
4
4
a
d
r
o
t
k
e
s
y
i
m
s
a
r
o
N
4
,
4
9
9
3
2
,
9
3
2
4
:
n
a
d
r
a
l
U
n
a
l
i
b
r
a
l
h
s
i
y
i
m
u
s
v
a
m
a
v
k
i
l
a
t
r
a
m
r
i
b
r
a
l
i
h
c
v
u
n
a
l
l
u
‘
g
u
h
s
3
,
3
5
5
1
5
,
6
5
6
1
n
a
l
i
b
r
a
l
h
s
i
k
i
l
a
t
r
a
m
r
i
B
r
a
l
i
h
c
v
u
n
a
l
l
u
‘
g
u
h
s
1
,
1
5
7
6
,
7
0
8
r
a
l
i
h
c
v
u
n
a
l
l
u
‘
g
u
h
s
n
a
l
i
b
r
a
l
h
s
i
y
i
m
u
s
v
a
M
2
,
2
0
8
9
,
8
4
8
i
n
i
r
a
l
t
a
b
a
s
o
n
u
m
t
a
n
h
e
M
a
g
r
a
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
a
d
l
o
h
n
a
g
a
m
r
i
t
h
s
a
l
y
i
m
s
a
r
r
a
l
i
h
c
v
u
h
s
a
l
m
a
d
r
o
y
1
,
1
5
1
1
9
,
1
7
1
1
n
a
d
i
t
a
x
y
‘
o
r
t
a
l
v
a
d
a
d
b
i
t
r
a
t
n
a
g
n
a
l
i
g
l
e
B
i
t
a
y
i
l
o
a
f
k
i
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
a
d
l
o
h
n
a
g
a
m
t
‘
o
r
a
l
i
h
c
v
u
n
a
l
l
u
‘
g
u
h
s
n
a
l
i
b
0
,
0
9
2
1
8
,
0
1
4
1
a
d
i
r
a
q
h
s
a
t
n
a
d
i
d
u
d
u
h
r
o
z
o
b
a
v
r
a
l
r
o
z
o
B
r
a
l
i
h
c
v
u
t
a
s
r
‘
o
k
t
a
y
i
l
o
a
f
y
i
n
u
n
o
q
o
n
6
,
2
8
5
0
,
6
5
6
269
M a n b a : O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, xususiy tadbirkorlik
mamlakatimizda ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlashning asosiy
yo‘nalishi sifatida rivojlanib bormoqda va aholini ijtimoiy muhofaza
qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davlat ro‘yxatidan o‘tgan obyektlar soni (ming)
k
i
l
r
o
k
r
i
b
d
a
t
y
i
n
u
n
o
q
o
n
i
g
a
d
r
u
t
a
q
h
s
o
B
,
k
i
l
d
n
a
m
r
a
n
u
h
,
h
s
i
h
s
a
t
i
h
c
v
o
l
‘
o
y
(
i
r
a
l
r
u
t
)
t
a
m
z
i
x
y
i
h
s
i
a
m
4
,
7
0
7
8
,
4
5
7
a
g
i
r
a
q
h
s
a
t
n
a
d
i
d
u
d
u
h
a
k
i
l
b
u
p
s
e
R
r
a
l
n
a
q
q
i
h
c
i
n
a
g
a
l
h
s
i
1
,
0
3
3
3
,
8
3
3
i
n
o
s
i
l
o
h
a
j
o
t
h
u
m
a
g
h
s
i
r
i
t
h
s
a
l
y
o
j
a
g
h
s
I
3
,
6
2
6
7
,
9
3
6
:
n
a
d
r
a
l
U
r
a
l
n
a
g
r
u
t
a
d
i
t
a
x
y
‘
o
r
t
a
l
v
a
d
a
d
i
t
a
f
i
s
z
i
s
h
s
i
0
,
6
4
,
5
-
y
a
m
r
u
t
a
d
i
t
a
x
y
‘
o
r
t
a
l
v
a
d
a
d
i
t
a
f
i
s
z
i
s
h
s
I
r
a
l
n
a
g
i
d
y
a
l
h
o
x
i
n
h
s
a
l
h
s
i
n
i
k
e
l
,
n
a
g
i
d
3
,
0
2
6
3
,
4
3
6
i
l
o
h
a
l
o
a
f
o
n
y
i
d
o
s
i
t
q
I
0
,
3
1
8
4
1
,
6
3
7
4
,
n
a
d
a
l
m
u
j
u
h
S
a
d
l
o
h
n
a
g
a
r
j
a
n
a
d
h
s
i
r
a
q
i
h
c
b
a
l
h
s
i
r
a
l
i
h
c
v
u
l
o
m
i
l
’
a
t
0
,
3
0
9
1
2
,
8
5
8
1
r
a
l
d
n
a
b
n
a
l
i
b
i
h
s
i
r
a
v
r
a
p
a
l
o
B
1
,
3
6
4
1
7
,
6
0
5
1
r
a
l
s
x
a
h
s
n
a
g
i
d
y
a
m
a
l
h
s
i
a
d
h
s
i
v
a
r
y
i
r
o
y
i
t
x
I
9
,
6
4
4
1
2
,
1
7
3
1
i
r
a
l
s
r
u
s
e
r
t
a
n
h
e
m
i
m
a
J
1
,
3
6
6
7
1
1
,
9
9
8
7
1
,
n
a
d
a
l
m
u
j
u
h
S
i
n
o
s
i
l
o
h
a
i
g
a
d
i
h
s
o
y
t
a
n
h
e
m
2
,
0
5
5
7
1
8
,
5
8
7
7
1
a
y
i
s
n
e
p
n
a
g
l
‘
o
b
d
n
a
b
a
d
t
o
y
i
d
o
s
i
t
q
I
n
a
d
i
h
s
o
y
i
t
a
q
o
y
a
l
t
a
n
h
e
m
a
v
i
g
a
d
i
h
s
o
y
i
l
o
h
a
t
s
a
p
0
,
3
1
1
3
,
3
1
1
2013
2012
2011
2010
2009
0
100
159
200
300
400
500
600
700
800
900
804,1
735,3
698,4
672,2
1000
270
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Davlat statistika qo‘mitasining hisobotlariga muvofiq, 2009—
2013-yillarda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar soni diagrammada
keltirilgan. Shundan kelib chiqqan holda aytish kerakki, yakka
tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun mamlakatimizda keng
sharoit yaratishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda
qishloq joylarda xomashyoni qayta ishlash, xalq iste’mol mollarini
ishlab chiqarishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Aholining ish bilan bandligini ta’minlashning yana bir yo‘nalishi
xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib
qolmoqda. Bu sohada, ayniqsa, qishloq joylarda keng tarmoqli
iqtisodiy-ijtimoiy infratuzilmani yaratish zarurligini hisobga olgan
holda ishlar olib borilmoqda.
Umumiy xulosa sifatida aytish kerakki, aholining ish bilan bandli-
gini ta’minlash, ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi ko‘p qirrali
iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy jihatlarga egadir. Bu masalalarni hal
qilishda davlat aholiga o‘z qobiliyatlarini ishga solish orqali o‘z ehtiyoj-
larini qondirish uchun teng imkoniyatlarni yaratib berishida bozor
mexanizmining barcha imkoniyatlaridan foydalanishi zarur bo‘ladi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Ishchi kuchini takror ishlab
chiqarish;
• ishchi kuchi bandligi;
• ishsizlik;
• friksion ishsizlik;
1. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish deganda nimani tushunasiz?
2. Ishchi kuchini takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
3. Ishchi kuchining sifati nima? U qanday omillarga bog‘liq?
4. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi?
5. Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?
6. Mehnat bozorining qanday xususiyatlari bor?
7. Mehnat shartnomalarining qanday turlari bor?
8. Ishchi kuchiga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
9. Ishsizlik sabablari nima?
10. Qonunchilikka ko‘ra ishsiz deb kimlarga aytiladi?
11. Fillips egri chizig‘ini tushuntirib bering.
12. O‘zbekistonda demografik holatning o‘ziga xos jihatlarini aytib bering.
• tarkibiy ishsizlik;
• siklik ishsizlik;
• ishsizlik darajasi;
• Ouken qonuni.
271
15-bob. MOLIYA TIZIMI
15.1. Moliya munosabatlarining mohiyati va vazifalari
Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy kategoriya bo‘lib, boshqa
iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, narx, tannarx, qiymat, kredit
va h.k.) kabi jamiyatdagi muayyan iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar,
ya’ni mehnat mezoni, iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘bat-
lantirish, milliy daromadni taqsimlash va qaytadan taqsimlash kabi
munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti muno-
sabatlari sharoitida moliya kategoriyasining ahamiyati kuchaya
borib, ijtimoiy ishlab chiqarishni boshqarishning asosiy mexaniz-
miga aylanadi.
Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar va pul muno-
sabatlarining amal qilishi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivoj-
lanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi,
tashkiliy-huquqiy jihatdan mustaqilligi kabi masalalar bilan bog‘liq.
Lekin moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul-moliya munosabatla-
rining barcha tomonlarini o‘z ichiga to‘la qamrab ololmaydi.
Moliya jamiyatda pul resurslari (fondlari)ni hosil qilish, taq-
simlash va foydalanish-ishlatish yuzasidan vujudga keladigan iqti-
sodiy munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Chunki har qanday iqtiso-
diy faoliyat mablag‘, pul talab qiladi. Ishlab chiqarish mahsuloti
va xizmatlar, odatda, taqsimlanganda yoki sotilganda qiymat
shaklida namoyon bo‘ladi. Natijada dastlab turli maqsadlarga mo‘l-
jallangan pul resurslari hosil bo‘ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib,
shundan so‘ng iste’mol qilinadi.
«Moliya» so‘zi lotincha «finis» so‘zidan olingan bo‘lib, «tugadi»,
«oxirgi», «finish», «yakunlash» kabi ma’nolarni bildiradi. Òarixan
bu so‘z xalq bilan davlat o‘rtasidagi pul to‘lovlarining tugallangan-
ligini, hisob-kitoblarning oxiriga yetkazilganini bildiruvchi tushun-
cha sifatida kelib chiqqan. Davlatga o‘z badallarini, o‘z daromadla-
ridan davlat hissasini bergan shaxslar «finis» degan hujjat olishgan.
Keyinchalik bu so‘z Yevropa mamlakatlarida «financia» — davlat
daromadlari hamda xarajatlarining umumiy ma’nosini anglatadigan
272
tushunchaga aylandi. Shunday qilib, moliya munosabatlari vujudga
kelib chiqdi.
Ayrimlar moliya munosabatlari deganda pul munosabatlarini
tushunadi, bu to‘la ma’noda to‘g‘ri emas. Pul munosabatlari moliya
munosabatlariga nisbatan ancha keng ma’noni anglatadi. Bino-
barin, moliyaviy munosabatlar pul munosabatlarining bir qismini-
gina tashkil etadi. Ya’ni bunga shunday izoh berish mumkinki,
biz pulni kundalik ehtiyoj tovarlari sotib olganimizda yoki trans-
portga tushganimizda ularga pul to‘laymiz yoki pul munosabatlariga
kirishamiz, ammo buni moliyaviy munosabatlar deya olmaymiz.
Chunki moliyaviy munosabatlar deganda pulning davlat budjeti,
sug‘urta fondlari, davlatning valuta zaxiralari, korxona va firma-
lar pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishi kabilar bilan bog‘liq
bo‘lgan pul munosabatlari tushuniladi.
Har qanday munosabat kabi moliya o‘z subyekti va obyektiga ega.
Moliyaviy resurslarni shakllantirish va foydalanishda ishtirok etuv-
chilar moliya munosabatlarining subyektini tashkil etadi. Ularga
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, fuqarolar, tadbirkorlar, davlat-
ning o‘zi, boshqa jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Moliya munosa-
batlarining obyekti pul fondlari va boshqa moliyaviy resurslardir.
Iqtisodiyot nazariyasi moliyaning ikki turda bo‘lishini ko‘rsatadi.
Mikromoliya. Bu — iqtisodiyotning asosini, boshlang‘ich zveno-
sini tashkil qiluvchi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish bilan
shug‘ullanuvchi korxonalar, firmalar, tashkilotlar, xonadon xo‘jaligi
kabilarning moliyasidir. Bu moliyaviy resurslar ularning topgan
daromadlari va boshqalardan olgan qarzlaridan tashkil topadi.
Makromoliya. Bu ma’lum bir mamlakatning umummilliy,
umumxalq manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan davlat moliya-
viy mablag‘i instituti hisoblanadi va u davlat budjeti sifatida namoyon
bo‘ladi.
15.2. Moliya, uning funksiya va vazifalari
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati uning funksiyalari va
vazifalari orqali namoyon bo‘ladi. Moliya qiymatni taqsimlash
orqali pul fondlarini hosil qilish va ularni ishlatishni bildirar ekan,
shunga ko‘ra, u taqsimlash va nazorat qilish kabi funksiyalariga
ega hamda rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya va iqtisodiy axborot
berish vazifalarini bajaradi.
A) Òaqsimlash funksiyasi. Bu funksiya bilan moliya ijtimoiy
ishlab chiqarishning samarali va mutanosib rivojlanishi, jamiyat
273
ehtiyojlarini to‘liq qondirish maqsadida turli tarmoqlarning jamiyat
talablariga mos ravishda rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Moliya orqali milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimla-
nishi, pul jamg‘armalarining tashkil bo‘lishi va uning ijtimoiy
rivojlanishi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, tabiatni muho-
faza qilish, aholining sog‘lig‘ini saqlash, ma’rifat va madaniyatni
rivojlantirish, mehnatga yaroqsiz va ijtimoiy muhofazaga muhtoj
shaxslarni ta’minlash, mamlakat mudofaasini zarur darajada saqlab
turish kabi muhim ishlar amalga oshiriladi.
Òaqsimlash ikki darajada amalga oshiriladi:
• birlamchi taqsimlash mikroiqtisodiy darajada, ya’ni firma,
korxona, tashkilot, muassasalar ichida yuz beradi;
• ikkilamchi taqsimlash firma, tashkilot, korxona, muassasalar
bilan davlat o‘rtasida yuz beradi.
Birlamchi taqsimlashda birlamchi daromadlar foyda, amortiza-
tsiya fondi, ish haqi fondi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari vujudga
keladi. Masalan, ishlab chiqarishda 100 mlrd so‘mlik mahsulot
yaratilsa, uning 60 mlrd so‘mi amortizatsiya fondiga, 20 mlrd so‘mi
ish haqi fondiga, 15 mlrd so‘mi foydaga va 5 mlrd so‘mi ijtimoiy
sug‘urtaga ajratiladi. Amortizatsiya fondi ishlab chiqarishni qayta
tiklashga ketadi. Hech qachon u ish haqi sifatida berilmaydi yoki
sug‘urta uchun sarflanmaydi. Shuningdek, amortizatsiya vazifasini
ish haqi fondi bajara olmaydi.
Ikkilamchi taqsimlashda davlat soliqlar va soliqdan tashqari
majburiy to‘lovlar orqali korxona mablag‘ining bir qismini o‘z
ixtiyoriga olib, uni umumjamiyat va davlat ehtiyojlarini qondirish
uchun qayta taqsimlaydi. Bunda moliyaning o‘zagi bo‘lmish budjet
asosiy rol o‘ynaydi. Avvalgi misolimizga qaytsak, birlamchi taqsim-
lash tufayli hosil bo‘lgan 20 mlrd so‘mlik ish haqi fondining
5 mlrd so‘mi daromad solig‘i shaklida, 15 mlrd so‘mdan iborat
qolgan 4 mlrd so‘mi turli to‘lovlar shaklida davlatga tegadi. Davlat
o‘ziga tekkan 11 mlrd so‘mni budjet orqali qayta taqsimlab,
uning 5 mlrd so‘mini ijtimoiy himoyaga, 5 mlrd so‘mini mudofaaga
va 1 mlrd so‘mini boshqaruv xarajatlariga ajratadi.
B) Nazorat funksiyasi. Moliyaning ushbu funksiyasi bozor
iqtisodiyoti amal qilishining muhim iqtisodiy ta’sir usuli sanaladi.
Bu orqali mamlakatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy
faoliyatlari hamda ular tomonidan soliqlar, yig‘imlar va boshqa
to‘lovlarning amaldagi qonunlar asosida to‘g‘ri to‘lanishi, tashkil
274
etilgan fondlar mablag‘larining belgilangan aniq maqsad bo‘yicha
ishlatilishining nazorati ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Moliya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Rag‘batlantirish vazifasi. Bunda moliyaviy vositalar bo‘lgan
soliq, subsidiya, subvensiya kabilar bilan iqtisodiy faoliyat qo‘llab-
quvvatlanadi. Soliqlar kamaytirilsa, firmaning xarajati qisqarib, uning
foydasi ortadi. Natijada korxonada foydani ishlab chiqarishni rivojlan-
tirishga sarflash imkoniyati paydo bo‘ladi. Boj pulini kamaytirish
orqali eksport rag‘batlantiriladi. Kerak bo‘lganda zararni qoplash
uchun subsidiya berish korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish vositasi
bo‘ladi. Davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko‘mak
berish orqali ularning ishi rag‘batlantiriladi.
2. Ijtimoiy himoyalash vazifasi. Ushbu vazifani bajarish ikki
yo‘nalishda amalga oshiriladi:
• aholiga bepul va imtiyozli xizmat ko‘rsatuvchi sohalar bo‘lgan
xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport kabi sohalarni
moliyalashga sarflaydi. Chunki bu sohalar g‘oyat serxarajat sohalar
bo‘lib, bevosita yuqori foyda olish imkonini bermaydi. Shuning
uchun shu sohalarni boshqarishni davlat o‘z zimmasiga oladi va
ularning faoliyatini moliyalash uchun mablag‘larni budjetdan yoki
budjetdan tashqari maqsadli fondlardan ajratadi;
• aholining nochor va yordamga muhtoj qatlamlariga pul bilan
ko‘mak berishga ishlatiladi. Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy
qatlamlar borki, ular o‘z daromadlari bilan o‘zlarini to‘la ta’minlay
olmaydi. Shuning uchun ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan
pul mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Masalan, ishsizlar uchun
ishsizlik nafaqasi, ko‘p bolali oilalar uchun bolalar nafaqasi, nogi-
ronlar uchun esa nogironlik nafaqasi davlat budjeti yoki budjetdan
tashqari maqsadli fondlar tomonidan to‘lanadi.
3. Iqtisodiy axborot berish vazifasi. Moliyada iqtisodiy faoliyat-
ning yakuni jamlanadi va bu moliyaviy ko‘rsatkichlar shaklini
oladi, ularga foyda, rentabellik, korxona likvidligi, uning pul mab-
lag‘lari va qarzining miqdori kabilar kiradi. Shularga qarab firma-
ning moliyaviy ahvoliga baho beriladi. Moliyaviy ahvol haqida
axborotning ikki manbayi mavjud:
a) korxona va firmaning o‘zi e’lon qiladigan moliyaviy ko‘r-
satkichlar;
b) auditorlik xizmati korxona va firmaning moliyaviy ahvoli
to‘g‘risida bergan xolisona axboroti. Moliya va uning vazifalarini
chizma tarzida ifodalaymiz:
275
15.3. Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlari tavsifi
Moliya bozorlari va ularga xizmat ko‘rsatadigan moliya
muassasalari mamlakatning moliya tizimini tashkil etadi. Moliya
tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
1. Umumdavlat moliyasi — moliya tizimida asosiy o‘rinni egal-
lab, davlat budjeti deyiladi va u, o‘z navbatida, O‘zbekiston Res-
publikasi davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat
budjeti, viloyatlar va mahalliy budjetlar (mahalliy moliya deb
yuritiladi) hamda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar,
ma’muriy-hududiy bo‘linmalarning pul jamg‘armalari hamda
umumdavlat markazlashtirilgan pul jamg‘armalaridan iborat
bo‘ladi. Bu jamg‘armalar umumdavlat, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy
reja va dasturlarni amalga oshirish, davlat harbiy mudofaasini
ta’minlash kabi ehtiyojlarni qondirishga sarflanadi, shu bilan birga
joylarda o‘zini o‘zi boshqarish ishlarini rivojlantirishga yo‘naltiri-
ladi. Budjet tizimining mablag‘lari, asosan, yuridik va jismoniy
shaxslardan olinadigan soliqlar hisobiga to‘planadi. Budjet tizimi
mablag‘larining shakllantirilishida davlat hamda bank krediti va
boshqa manbalardan foydalaniladi.
Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida pul fondlarini hosil etish,
ularni taqsimlash va foydalanish-ishlatish yuzasidan kelib
chiqadigan munosabatlarni o‘zida ifoda etadi
Moliyaviy ahvol haqida axborotning
ikki manbayi mavjud:
a) korxona va firmaning o‘zi e’lon
qiladigan moliyaviy ko‘rsatkichlar;
b) auditorlik xizmati korxona va
firmaning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida
bergan xolisona axboroti.
Moliya vositalari xo‘jalik subyektlarini
iqtisodiy faollikka undashdan iborat
(bu moliya tizimida ishlatiladigan
soliqlar, to‘lovlar, subsidiyalar va sub-
vensiyalardir).
Jamiyat a’zolari ma’lum qatlam-
larining minimal tirikchilik yuritishini
moliyaviy jihatdan ta’minlash, ya’ni
moliyaviy kafolatlashdan iborat.
Moliyaning
vazifalari
Iqtisodiy axborot
berish
Rag‘bat-
lantirish
Ijtimoiy himoya
276
Ma’lumki, umumjamiyat ehtiyojlari davlatning moliyaviy fao-
liyatini keltirib chiqaradi. Davlat moliyasining asosini davlat budjeti
tashkil qiladi va u orqali ekologiyani asrash, ijtimoiy tartibni saq-
lash, mudofaa, ijtimoiy himoya kabilarning ehtiyojlari qondiri-
ladi. Ayni chog‘da O‘zbekiston moliya tizimining hozirgi bosqich-
dagi faoliyati va rivojlanishi ko‘proq chet el tajribasi asosida olib
borilmoqda.
Hozirgi paytda ko‘plab budjetdan tashqari turli maqsadli
jamg‘armalar tashkil etilmoqda. Avval davlat monopoliyasi sanalib
kelingan bank, sug‘urta, qimmatli qog‘ozlar muomalasiga oid
sohalarda nodavlat, tijoratchi xo‘jalik subyektlari keng ishtirok
eta boshlaganligi bois, moliya bozori shakllanib, rivojlanib bormoqda.
Moliya tizimining har bir bo‘g‘ini moliya munosabatlarining
muayyan tamoyillarini ifodalab, ular yordamida jamiyatning
ma’lum ehtiyojlarini qondirish uchun pul jamg‘armalarini tashkil
etadi. Bu jamg‘armalar markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
turlarda bo‘ladi.
Markazlashtirilgan jamg‘armalar — respublika, viloyatlar,
tumanlar jamg‘armalaridan iborat bo‘lib, ular faqat shu hududlar-
ning ehtiyojlari uchun foydalaniladi.
Markazlashtirilmagan jamg‘armalar — korxona va tashkilotlar
pul jamg‘armalari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va boshqa ijtimoiy
maqsadlarda ishlatiladi.
Budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar — bu jamg‘armalar
O‘zbekiston moliya tizimida nisbatan yangi tizim hisoblanib, u
markazlashtirilgan, hududiy va boshqa darajadagi moliyaviy bo‘g‘in
bo‘lib, asosan, 1991-yildan boshlab shakllana boshladi. Bu
jamg‘armalar: Pensiya jamg‘armasi, Bandlik jamg‘armalari va
shunga o‘xshash jamg‘armalardan iborat. Bu jamg‘armalar asosan
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan beriladigan majburiy
to‘lovlardan hamda turli badallardan tashkil topadi. Umuman,
budjetdan tashqari jamg‘armalar davlatning moliyaviy zaxiralarini
ko‘paytirish va ulardan samarali hamda maqsadga muvofiq foydala-
nishga xizmat qilishi kerak. Umuman olganda, O‘zbekiston Res-
publikasi moliya tizimi mamlakatning hozirgi davrdagi iqtisodiy-
siyosiy shart-sharoitlariga mos keladigan bozor iqtisodiyoti muno-
sabatlari asosida shakllanmoqda va rivojlanmoqda.
2. Korxonalar moliyasi. Bu korxonalar, firmalar, kompaniya,
tadbirkorlar, tashkilotlar, birlashmalar, muassasalar va xalq xo‘jali-
gining boshqa tarmoqlari moliyasi ma’nosida ishlatiladi. Moliya
277
tizimining asosi, boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. Chunki u moddiy
ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish
jarayonida milliy daromad vujudga keladi, so‘ngra moliya tizimi
orqali taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Korxonalar moliyasining
moddiy ifodasi deganda, har bir korxona tomonidan o‘zining
iqtisodiy rivojlanishi, xodimlarining ijtimoiy ehtiyojlari va boshqa
turli zaruratlar uchun maxsus pul jamg‘armalari tushuniladi.
3. Xonadon moliyasi. Ayrim adabiyotlarda uy xo‘jaligi moliyasi
deb ham aytiladi. Xonadon moliyasi oila a’zolarining daromadla-
ridan tashkil topadi. Bu daromadlar: ish haqi, pensiya, stipendiya,
dividend, foiz, turli nafaqalar, mulkdan kelgan daromadlar,
tadbirkorlik daromadlari, qarz olingan pul, tomorqadan olingan
daromad, individual mehnat faoliyatidan olingan daromadlardan
iborat bo‘ladi. Xonadon moliyasi, asosan, oilaning iste’moli uchun
sarflanadi. Qolgan qismi esa oilaning jamg‘armasini tashkil etadi.
Iqtisodchilarning fikricha, hozirgi vaqtda dunyoning taraqqiy etgan
mamlakatlarida jami daromadlarning 70 % miqyosidagi moliyaviy
resurslar oilalar qo‘lidan o‘tib aylanadi.
4. Mulkiy va shaxsiy sug‘urta — odatda, sug‘urta jamg‘armalari
jismoniy hamda yuridik shaxslarning turli tabiiy ofatlardan ko‘rgan
va boshqa noxush sabablar tufayli kelib chiqqan zararlarini qoplash
maqsadida tashkil etiladi. Bu jamg‘armalarning asosiy manbalari
yuridik va jismoniy shaxslardan tushgan badallar hamda ayrim
nazarda tutilgan hollarda davlat budjeti mablag‘lari hisoblanadi.
Iqtisodiy islohotlar tufayli hozirda O‘zbekiston Respublikasida
davlat sug‘urta bosh boshqarmasi «O‘zagrosug‘urta» davlat hissa-
dorlik kompaniyasi tugatildi. Endilikda sug‘urta tadbirkorlik shakli-
dagi faoliyat bo‘lib qolmoqda. Bu bilan sug‘urta bo‘yicha davlat
monopoliyasiga barham berildi va mamlakatimizda o‘nlab xususiy
sug‘urta kompaniyalari tashkil topdi.
5. Kredit. Davlat va bank kreditlari shaklida bo‘ladi.
Davlat krediti — bu yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larining
davlat tomonidan vaqtincha ishlatib turilishidir. Bunday hollarda,
ko‘pincha, davlat ichki qarzlari vujudga keladi. Ko‘p holatlarda
davlat aholining banklarga qo‘yilmalaridan ham foydalanadi.
Davlat krediti boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin. Bu, ayniqsa,
hozirgi davrda juda keng tarqalgan iqtisodiy hodisa bo‘lib qoldi.
Bank krediti — aholining, yuridik va jismoniy shaxslarning
bo‘sh turgan mablag‘laridan shakllantiriladi va ma’lum foizlar bilan
qaytarib berish tamoyili asosida ishlatiladi.
278
6. Nodavlat notijorat tashkilotlar moliyasi — ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar (siyosiy partiya-
lar, kasaba va ijodiy uyushmalar, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar
tashkiloti kabilar)ning mablag‘lari.
7. Maxsus maqsadli fondlar («Umid», «Ustoz», «Mahalla»,
«Ekosan» jamg‘armalari, Mirzo Ulug‘bek nomli, Bobur nomli,
«Orolni qutqarish» kabi fondlar);
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan moliya tizimi o‘zining xususiyatlari
bilan mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga turlicha ta’sir
ko‘rsatadi. Moliya tizimining ko‘p bo‘g‘inliligi, uning birmuncha
egiluvchan va samarali harakat qilishiga imkon beradi. Moliya
tizimining faoliyati naqd pul hamda naqd pulsiz to‘lov va hisob-
kitoblarning amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi.
Moliya tizimi mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan quyi-
dagi vazifalarni bajaradi:
1) Jamg‘arish vazifasi — bunda moliya muassasalari tizimi aholiga,
korxonalarga foizli va foizsiz omonatlar, qimmatli qog‘ozlar, depozit
sertifikatlar, obligatsiya va aksiyalar shaklidagi pul jamg‘armalarining
xilma-xil usullarini taklif qiladi. Moliya muassasalari korxonalar va
uy xo‘jaliklari «vaqtinchalik bo‘sh turgan pullari»ning xarid qobiliyatini
saqlash va ko‘paytirish majburiyatini oladi.
2) Kreditlash vazifasi — bu moliya tizimining faol vazifasi bo‘lib,
u jamg‘arish vazifasi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan, chunki
moliya muassasalarining, xususan, banklarning kredit berish
salohiyati mamlakat iqtisodiyotida jamg‘arilayotgan moliya
mablag‘lari hajmiga bevosita bog‘liq.
3) Òo‘lovlarga xizmat ko‘rsatish vazifasi — har qanday mamlakat
iqtisodiyotida tovar, moliya operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan
to‘lovlar doimo va katta hajmda amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar (korxonalar) o‘z xodimlariga ish haqi va mukofotlar beradi,
xomashyo va tovar yetkazib beruvchilarga haq to‘laydi, soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash kabi ishlarni bajaradi. Bu hisob-
kitoblarning barchasi turli-tuman moliya vositalari, jumladan, to‘lov
topshiriqnomalari, talabnomalar, akkreditivlar, cheklar, veksellar,
kredit kartochkalari va hokazolar yordamida bajariladi.
4) Iqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirilishini
ta’minlash vazifasi — bu vazifani Moliya vazirligi, Markaziy bank,
hukumat moliya tizimining pul-kredit va fiskal dastaklariga ta’sir
ko‘rsatib, zarur bo‘lgan yo‘nalishda davlat iqtisodiy siyosatini
amalga oshiradi.
279
15.4. Davlat bilan korxonalar o‘rtasidagi
moliyaviy munosabatlar
Moliyaviy munosabatlar iqtisodiy munosabatlarning muhim
tarkibiy qismi sifatida keng qamrovli munosabatlarni o‘z ichiga
oladi. Moliyaviy munosabatlarning kelib chiqishi, eng avvalo,
davlatning mavjudligi bilan bog‘liqdir. Moliyaviy munosabatlar orqali
davlat ma’lum bir maqsadga, ya’ni mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy
rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan maxsus pul fondlarini vujudga
keltiradi. Bu fondlar iqtisodiy rivojlanishning uzluksiz davom etishini
va uning kengaytirilgan holda takrorlanishini ta’minlashga xizmat
qiladi. Moliyaviy munosabatlar yalpi milliy mahsulotni yaratish,
taqsimlash va undan foydalanish jarayonida turli xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va davlatning pul mablag‘lari fondini tashkil etishi bilan
bog‘liq ravishda vujudga keladi. Pul fondlari hosil bo‘lish manbalari
va amal qilish xususiyati, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab
moliyaviy munosabatlar turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Jumladan,
moliyaning taqsimlash funksiyasi orqali moddiy ishlab chiqarish
sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy
daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli
shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy
ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash
va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
Bundan milliy daromadning bir qismi korxona va aholi
daromadlaridan turli xil soliqlar olish, renta va bojxona to‘lovlari,
aksiz yig‘imlari kabilar orqali davlat qo‘lida to‘planadi. O‘z qo‘lida
to‘plangan milliy daromadning katta qismini davlat moliya vositasida
aholining ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy va boshqa ehtiyojlariga, milliy
mudofaaga, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi ishlarga sarflaydi.
15.5. Moliyaning takror ishlab chiqarish, taqsimot,
rag‘batlantirish, nazorat qilish vazifalari
Moliya jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning bir ko‘rinishi sifatida
ishlab chiqarish va iste’molni ta’minlovchi pul mablag‘lari hisob-
lanadi. U turli xo‘jalik yurituvchi subyektlar va davlatning pul
daromadlari, soliqlar va boshqa to‘lovlar asosida shakllantiriladi
va iqtisodiyotning kengaytirilgan miqyosda takrorlanishini ta’min-
lashga xizmat qiladi. Moliya jamiyatda yaratilgan mahsulot qiyma-
tini taqsimlash jarayonida, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash
mexanizmi vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu jarayonda moliya
280
o‘zining rag‘batlantiruvchilik vazifasini amalga oshiradi. Moliya
ushbu o‘z funksiyalari orqali ishlab chiqarishning uzluksiz hamda
kengaytirilgan holda takrorlanib turishiga, samaradorligiga, yara-
tilayotgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga, uning
pirovard natijasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari, moliya jamiyatdagi
ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol jarayonlari ustidan nazorat
qilish vositasi hamdir. Moliyaviy nazorat orqali davlat va jamiyat,
korxonalar, umuman, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya
intizomiga rioya qilishlari, moddiy javobgar bo‘lishlari, turli soliqlar
va to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashlari kabi masalalarni boshqarib
borishni amalga oshiradi.
15.6. O‘zbekistonda moliya bozorini shakllantirish jarayoni
Bozor munosabatlari rivojlanib, uning unsurlari tobora ko‘proq
tatbiq etilayotgan iqtisodiyot isloh etilib, tadbirkorlar, hissadorlik
jamiyatlari soni tez o‘sib borayotgan, bank ishi har tomonlama
rivojlanib, takomillashib kelayotgan, xalqaro aloqalar kengayib,
mamlakat jahon iqtisodiyoti tizimiga faol kirib borayotgan hozirgi
sharoitda moliyaviy aktivlar tobora ko‘proq ahamiyat kasb etib boradi.
Iqtisodiyotda shunday sohalar bo‘ladiki, ularda ma’lum payt-
larda pul mablag‘lari yetishmay turgani holda iqtisodiyotning boshqa
ayrim sohalarida mablag‘lar bo‘sh turadi. Shu bilan birga mablag‘lar-
ning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lib turishi vaqt o‘tishi bilan
navbatlashib boradi. Ya’ni pul mablag‘lari yetishmasligidan qiynala-
yotgan soha yoki korxona muayyan vaqtdan keyin ortiqcha
miqdordagi pul mablag‘lariga ega bo‘lib qolishi mumkin va aksincha.
Shu munosabat bilan ortiqcha pul mablag‘larining egalarini
ana shu mablag‘larga muhtoj bo‘lib turganlarga uchrashtirib
qo‘yishga yordam bera oladigan mexanizm bo‘lishi kerak. Ortiqcha
pul mablag‘larining egalari va shu mablag‘larning iste’molchilari
alohida bir bozorda — pul bozori, moliya bozorida uchrashadilar.
Bu bozor juda murakkab tuzilishga va yuqori-past pog‘onalarga
ega bo‘lgan maxsus bozor bo‘lib, unda juda katta miqdordagi
pullar bir vaqtning o‘zida turli yo‘nalishlarga o‘tib boradi va o‘tish
harakatlari iqtisodiyotning mikrodarajadan tortib makrodaraja-
gacha bo‘lgan ahvoliga ta’sir ko‘rsatadi.
Moliya bozorini o‘rganishni turli tomonlardan — institutsional
jihatdan, bozor subyektlaridagi investorlar va emitentlar, vositachi-
larning, turli moliyaviy dastaklarning turlari nuqtayi nazaridan
281
boshlash mumkin. Moliya bozorining eng muhim tomoni shuki,
u bozor sarmoyalar safarbar etilishini rag‘batlantirib, bo‘sh turgan
pul mablag‘larini iqtisodiyotdagi turli sohalar o‘rtasida qayta
taqsimlashni, taqsimlanganida va rivojlanib borayotgan istiqbolli
sohalar foydasiga qayta taqsimlanishini ta’minlab beradi.
Rivojlangan moliya bozori ishlab chiqarishni rivojlantirishni,
umuman, iqtisodiy taraqqiyotni rag‘batlantiradigan kuchli man-
badir. Bo‘sh turgan pul mablag‘larining egasi (investor) o‘zidagi
pullarni daromad olish maqsadida beradi. Shunday qilib, moliya
bozori rentabel korxonalarga mablag‘ berib turish orqali samarali,
jo‘shqin iqtisodiyotning shakllanib borishiga yo‘l ochadi.
Moliya bozorida pul mablag‘larining muomalada bo‘lishi, ya’ni
aylanib borish muddatlari har xil, shunga ko‘ra moliya bozorini
shu muddatlarning qanday bo‘lishiga qarab pul bozori, sarmoyalar
bozori va qimmatli qog‘ozlar bozoriga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar — bu qonunda belgilangan tartibda
chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo‘lgan pulli hujjatdir. Ular
mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qandaydir mulk yoki
pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli
qog‘ozlar dividend yoki foizlar ko‘rinishida daromad to‘plashni
hamda mazkur hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa
shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutadi. Ular blanklar,
sertifikatlar shaklida yoki schotlardagi yozuvlar ko‘rinishida bo‘lishi
mumkin. Ulardan hisob-kitob qilishda, shuningdek, kreditlar
bo‘yicha garov sifatida foydalaniladi. Qimmatli qog‘ozlar yuridik
va jismoniy shaxslar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risi-
da»gi va «Fond birjasi to‘g‘risida»gi Qonunlarida ko‘rsatilganidek,
mamlakatimiz hududida qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari
amal qiladi:
• aksiya — qimmatli qog‘oz bo‘lib, harakat muddati cheklan-
magan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan aksiyadorlik jamiyati
ustav fondiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat
mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;
• dividend ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi;
• aksiyadorning shu jamiyatni boshqarish ishiga qatnasha
olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.
Aksiyalarning oddiy va imtiyozli turlari mavjud.
Oddiy aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend
foydaga qarab har xil bo‘ladi. Uning miqdori qat’iy kafolatlan-
282
maydi, ammo u egasiga aksiyadorlik jamiyati yig‘inida ovoz berish
huquqini beradi.
Imtiyozli aksiya shunday aksiyaki, unga tegadigan dividend foydaga
qarab emas, balki zayomga to‘langani kabi, oldindan belgilangan
qat’iy foizlarda beriladi. Agar joriy yilda daromad tegmay qolsa, u
holda uning kelajakda olinishi kafolatlanadi. Ammo imtiyozli aksiya
egalari aksiyadorlar majlisida ovoz berish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Veksellar. Veksellar — bu muayyan summadagi qarzni belgilangan
muddatda to‘lash majburiyati qat’iy yuklangan, qonun bilan
tasdiqlangan holatda to‘ldirib rasmiylashtirilgan qarzdorlik tilxati,
qimmatli qog‘ozning bir turi. U tijorat-savdo operatsiyalarida
ayirboshlash va muomala vositalari o‘rnida qo‘llaniladigan kredit
hujjatidir. Demak, veksel bu bir shaxs tomonidan ikkinchisiga yozib
berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozning bir turidir.
Vekselning quyidagi turlari mavjud: davlat, ya’ni xazina vekseli,
oddiy veksellar, o‘tkazma veksellar.
Xazina veksellari — bu Markaziy bank vositachiligida davlat
tomonidan chiqariladigan qisqa muddatli qarz majburiyatlari bo‘lib,
ular kafolatlanmaydi va garov bilan ta’minlanmaydi. Odatda,
bunday veksellar bir necha haftadan to bir necha oygacha (90 kun-
dan 120 kungacha) chiqariladi.
Oddiy veksellar — bir tashkilotning (veksel beruvchining)
boshqa bir tashkilotga (dastlabki oluvchiga) yoki uning buyrug‘i
bilan so‘zsiz ravishda belgilangan muddatda yoki talab qilingan
vaqtda ma’lum pul mablag‘ini to‘lash majburiyatini o‘zida aks
ettirgan yozma hujjatdir. Bu veksel qarzdor tomonidan to‘ldiriladi.
O‘tkazma veksel — tovar oldi-sotdisida yozilgan veksel beruvchining
tovar pulining veksel qabul qilib oluvchiga (ya’ni tovar egasiga) uchinchi
bir shaxs tomonidan to‘lanishi lozimligini (veksel beruvchining
buyrug‘ini) ifodalovchi yozma hujjatdir. U qarz beruvchining qarzini
qachon va kimga qaytarish haqidagi yozma buyruqdir. O‘tkazma
veksellar (tratta) muomalasida 3 ta tomon qatnashadi.
Obligatsiyalar va ularning turlari. Obligatsiya — bu o‘z qiymatiga
nisbatan (egasiga yutuq chiqish imkoniyati bilan) qat’iy belgilangan
foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog‘ozdir. U aholi,
korxona, tashkilot qo‘lidagi pul mablag‘larini to‘plash, joriy yildagi
budjet kamomadini qoplash, aksiyadorlik jamiyati faoliyatini
moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ yaratish, mijozlarning
mazkur qimmatli qog‘ozdan daromad olishga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish kabi maqsadlarda chiqariladi.
283
Obligatsiyani quyidagi emitentlar muomalaga chiqarishlari
mumkin:
• davlat tashkilotlari (respublika hukumati va viloyat hokimliklari);
• korxona, tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlari.
Obligatsiyalarning quyidagi turlari mavjud:
• qisqa mudatli obligatsiyalar (amal qilish muddati 1 yilgacha);
• o‘rta muddatli obligatsiyalar (amal qilish muddati 1 yildan
5 yilgacha);
• uzoq muddatli obligatsiyalar (amal qilish muddati 5 yildan
30 yilgacha).
Xazina majburiyatlar mijozlarning budjetga pul mablag‘lari
berganliklarini tasdiqlovchi, mazkur qimmatli qog‘ozlarga egalik
qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish
huquqini beruvchi hujjatdir. U taqdim etuvchiga tegishli qimmatli
qog‘ozdir.
Xazina majburiyatlari davlat budjeti kassa rejasining bajarilishini
ta’minlash, budjet kamomadini to‘ldirish va moliyaviy barqaror-
likni ta’minlash maqsadlarida chiqariladi.
Xazina majburiyatlarining quyidagi turlari chiqariladi:
a) uzoq muddatli — besh yil va undan ko‘proq muddatga;
b) o‘rta muddatli — bir yildan besh yilgacha;
d) qisqa muddatli — bir yilgacha bo‘lgan muddatga (3, 6 va
12 oyga) mo‘ljallab chiqarilgan.
Bank sertifikati — bu emitent bank tomonidan uning nomiga
mijozning pul mablag‘lari qo‘yilganligi to‘g‘risida berilgan yozma
guvohnoma bo‘lib, u o‘zining egasiga belgilangan muddat o‘tishi
bilan bankka qo‘ygan pul summasini (yoki depozit summasini)
va bu qo‘yilgan pul summasi bo‘yicha foiz daromadi olish huquqi
borligi to‘g‘risida guvohlik beradi.
Bank sertifikatlari ikki turda chiqariladi:
1. Depozit sertifikati;
2. Jamg‘arma (omonat) sertifikati.
Depozit sertifikatlari — bu pul mablag‘lari bo‘lib, omonat qo‘yil-
gani to‘g‘risidagi, omonatchining belgilangan muddat tugagandan
so‘ng omonat summasi va unga tegishli foizlarni olishga bo‘lgan
huquqini tasdiqlovchi bank guvohnomasidir.
Depozit sertifikatining egasi yuridik shaxs hisoblanadi. Jamg‘ar-
ma sertifikati ham pul mablag‘lari bo‘lib, omonat qo‘yilgani
to‘g‘risidagi bankning guvohnomasidir. Jamg‘arma sertifikatining
egasi jismoniy shaxs hisoblanadi.
284
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar — bu birlamchi qimmatli qog‘oz
(aksiya, obligatsiya va h.k.)larning shu bozorda amal qilinishi
natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi qimmatli qog‘ozlardir. Hosilaviy
qimmatli qog‘ozlar o‘z egasiga birlamchi qimmatli qog‘ozlarni
sotib olish va sotish huquqini beradi.
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari mavjud:
Opsion — bu muayyan qimmatli qog‘ozni kelishilgan baho va
muddatda sotib olish yoki sotish huquqini beruvchi ikki tomonlama
shartnoma.
Fyuchers — bu qimmatli qog‘ozlarni yoki tovarlarni kelishilgan
muddatda, shartnoma tuzilgan kunda o‘rnatilgan narxda kelgusida
ma’lum bir sanada sotish yoki sotib olish majburiyligi to‘g‘risidagi
shartnoma.
Depozit tilxatlari — bu chet el emitentlarining qimmatli qog‘oz-
larining milliy valuta denomillashtirilgan ekvivalentini o‘zida aks
ettiruvchi qimmatli qog‘ozlardir.
Varrant — bu egasiga muayyan vaqt uchun yoki muddatsiz
shart bilan shartnomada ko‘rsatilgan narxda qimmatli qog‘ozni
sotib olish huquqini beruvchi guvohnomadir.
Varrant nomi yozilmagan va yozilgan (taqdim etuvchiga
tegishli) ko‘rinishlarda bo‘ladi. U qimmatli qog‘oz bozorlarida
xuddi aksiyaga o‘xshab muomalada bo‘ladi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘oz bozorining xalqaro
moliyaviy markazlari orqali baynalmilallashish natijasida yuzaga
keladi.
Privatizatsiya cheki — bu qimmatli qog‘ozlarning maxsus bir
turi bo‘lib, uni aksiyadorlik jamiyatlari emas, balki faqat davlat
muomalaga chiqaradi. Ular o‘z egasida davlat tasarrufidan chiqa-
rilgan korxonalarning maxsus auksionlar (kimoshdi savdosi) orqali
sotuvga qo‘yilgan aksiyalariga yoki maxsus investitsiya fondlarining
aksiyalariga almashtirib olish huquqini beradi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘oz bozorlarining
xalqaro moliyaviy markazlari orqali baynalmilallashishi natijasida
yuzaga keladi. Ularning nominal va bozor narxi chet el valutasida
belgilanadi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari mavjud:
Yevronota — bu o‘zgaruvchan stavkada 3 oydan 6 oygacha mud-
dat bilan chiqariladigan korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlaridir.
Yevroobligatsiyalar — bu xalqaro qimmatli qog‘ozning turi
bo‘lib, milliy bozorlar uchun chiqarilgan chet el zayomlari, xalqaro
285
bozorga joylashtirish maqsadida chiqarilgan yevrozayom (yevro-
obligatsiya)lardan iborat.
Yevroobligatsiyalar uzoq muddatlarda: 4, 7, 15, 30 va 40 yillik
muddat bilan chiqariladi. Emitent sifatida, asosan:
• hukumat;
• xalqaro tashkilot;
• transmilliy korporatsiyalar;
• mahalliy hukumatlar;
• ayrim davlat va davlatlararo tashkilotlar bo‘lishi mumkin.
Fond birjasi. Fond birjasi mas’uliyati cheklangan jamiyat bo‘lib,
qimmatli qog‘ozlar savdosini o‘tkazadigan, ular bozor bahosini
belgilaydigan hamda qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida axborotlar
tarqatadigan maxsus muassasadir. Fond birjasi O‘zbekiston
Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida»gi,
«Birja va birja faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlariga muvofiq ish
yuritadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi fond birjasining
faoliyat yuritishi uchun ruxsatnoma beradi.
Fond birjasining ta’sischilari bo‘lib qimmatli qog‘ozlar bilan
ishlash uchun ruxsatnomasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
bo‘lishi mumkin. Davlat organlari xodimlari, sud, prokuratura
xodimlari, birja ta’sischilari va a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Hozirgi vaqtda dunyoda 200 dan ortiq fond birjasi faoliyat ko‘rsat-
moqda. O‘zbekistonda yagona «Òoshkent» fond birjasi mavjud.
Fond birjasi ustav fondlarida cheklashlar bor, ya’ni fond birjasi
bajarayotgan operatsiya hajmi ustav fondidan ortib ketmasligi kerak.
Fond birjasi savdoni o‘tkazish qoidalarini o‘zi ishlab chiqadi.
Fond birjasining moliyaviy faoliyati quyidagicha:
• aksiyalar sotuvidan foiz daromadlari;
• brokerlik joylarini sotishdan tushgan daromad;
• a’zolik badallaridan tushgan daromad;
• birja savdosini rasmiylashtirishdan tushgan daromad;
• birja yig‘imlari va ma’lumotlarni sotishdan tushgan daromad;
• birja ustavida ko‘rsatilgan har xil ishlarni qilishdan keladigan
daromad.
Mablag‘larni joylashtirishning samarali yo‘llarini qidirish va
qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshirishda korxonalar
vositachilarga murojaat qiladilar. Fond birjalari tovar birjalarining
fond bo‘limlari, investitsion institutlar, banklar vositachi bo‘lib
maydonga chiqishlari mumkin.
286
Zamonaviy birjalarda dallollar kamdan kam hollarda yolg‘iz
ish olib boradilar. Ular brokerlik, dilerlik ishlarini amalga oshira-
digan kuchli firmalarga birlashadilar. Hozir jahonda 60 dan ortiq
mamlakatlarda 200 ga yaqin fond birjalari bor. Shulardan 15 tasi,
jumladan, 5 tasi Kanada birjasi, 100 dan ortig‘i Yevropada, 20 tasi
Janubiy Amerikadadir. Afrika, Osiyo, Avstraliyada ham birjalar bor.
30 dan ortiqroq birja Parijda joylashgan va qimmatli qog‘ozlar
strukturasini muvofiqlashtirib, aksiyadorlarning teng huquqlarini
ta’minlash bilan shug‘ullanadigan Fond birjalari xalqaro federatsiyasi
(FBXF)ga kiradi. FBXF qo‘mitalarining yillik kengashlarida qonun-
chilik va qimmatli qog‘ozlar savdosini tartibga solish, iqtisodiy
siyosatning fondlar bozoriga ta’siri, birja ish texnikasi va texnologiyasini
rivojlantirish singari masalalar ko‘rib chiqiladi.
Fond birjasi faoliyatining ayni muddaosi qimmatli qog‘ozlar
bilan bo‘ladigan ishlarni bitkazishdir. Fond birjalarida savdo
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
• birjada qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdini faqat vositachilar
bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar yoki bankning yuridik shaxslari,
investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalari kiradi;
• fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar olib kelinmaydi. Uning
mavjudligi soni va sifatini sotuvchining qo‘lidagi hujjat—sertifikat
tasdiqlaydi;
• fond birjasida qimmatli qog‘ozlar istalgan miqdorda sotil-
maydi. Savdo bu yerda lot (to‘p)lar, ya’ni birjadagi bir kontrakt
yoki miqdor va sifat jihatdan standart tipi bo‘yicha amalga oshiri-
ladi. Fond birjasi bu ulgurji savdo shaklidir;
• fond birjasida faqatgina kotirovka ro‘yxatida qayd qilingan
qimmatli qog‘ozlargina sotiladi. Qimmatli qog‘ozlarni mazkur
ro‘yxatga kiritish, ya’ni birjaga qo‘yish listing deb ataladi;
• fond birjasida baho ochiqdan ochiq o‘rnatiladi. Ular to‘g‘risi-
dagi axborot zallardagi tablolarda e’lon qilib turiladi.
Shunday qilib, birjada uch tomon qatnashadi, bir tomonda
birjada o‘zining qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qilishga vaqti
yo‘q yoki umuman bu ish bilan shug‘ullanish istagi bo‘lmaganlar
(emitent va tadbirkorlar), ikkinchi tomonda esa muayyan haq
evaziga shu qimmatli qog‘ozlarni sotishni o‘z zimmasiga oluvchi
brokerlar. Uchinchi tomonda qimmatli qog‘ozlarga xaridor kompa-
niyalar va xususiy shaxslar. Har uchala tomonning manfaatini
birlashtiruvchi joy — fond birjasidir.
287
15.7. Davlat budjetining xususiyatlari
Har qanday davlat o‘z oldidagi vazifalarini muvaffaqiyatli hal
etishi, funksiyalarining samarali bajarilishi uchun moddiy-moliyaviy
negizga, zaminga ega bo‘lishi kerak. Ushbu mablag‘larning
maqsadlarini ko‘zda tutuvchi huquqiy hujjat — davlat budjetidir.
Inglizcha budget atamasi pul solingan chemodan, qop ma’nosini
anglatadi va davlat ehtiyojlari uchun zarur mablag‘larni ifodalaydi.
Davlat budjeti — davlat moliyaviy tizimidagi asosiy bo‘g‘in, yetakchi
moliyaviy kategoriyadir. Budjet orqali moliyaviy resurslar safarbar
etiladi va sarf-xarajat qilinadi hamda u asosiy moliyaviy tushunchalar
(soliqlar, davlat krediti, davlat xarajatlari)ni o‘zaro birlashtiradi.
Davlat budjeti qonun kuchiga ega bo‘lgan, qonun chiqaruvchi
organ — Parlament tomonidan qabul qilinadigan, kelgusi yil uchun
mo‘ljallangan asosiy moliyaviy rejadan iborat. Davlat budjeti o‘z
iqtisodiy-moddiy mazmuniga ko‘ra, davlatning markazlashtirilgan
pul mablag‘lari tashkil topishi va foydalanilishi shaklidan, ijtimoiy
mohiyati jihatidan esa milliy daromadni taqsimlash vositasidan iborat.
Davlat budjetida — davlat pul mablag‘lari (shu jumladan, davlat
maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari)ning markazlashtirilgan
jamg‘armasi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushum-
lar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar
uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori
nazarda tutiladi.
Davlat budjeti mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi,
davlat va jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respub-
likasi budjet tizimi ikki bo‘g‘inli bo‘lib, respublika budjeti va mahal-
liy budjetlardan tashkil topadi. Respublika budjeti va budjetdan
tashqari davlat fondlari budjetlari respublika qonuni tarzida Oliy
Majlis tomonidan, mahalliy budjetlar esa tegishli mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston
Respublikasi budjeti hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari
budjetlari yig‘indisidan O‘zbekiston Respublikasining konsolida-
tsiyalashgan (yig‘indi) budjeti yuzaga keladi.
Budjet tizimi amal qilishi umumiy tamoyillarga asoslanadi. Ana
shunday umumiy tamoyillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• budjet tizimlarining yagonaligi;
• budjetlar mustaqilligi;
• turli darajadagi budjetlar daromadlari hamda xarajatlarining
o‘zaro ajratilganligi;
288
• budjetda daromadlar va xarajatlarning to‘liq aks ettirilishi;
• budjet mablag‘laridan samarali va tejamli foydalanilishi;
• budjet ko‘rsatkichlarining ishonchliligi;
• oshkoralikning ta’minlanishi;
• budjet mablag‘larining maqsadli va aniq yo‘naltirilganligi kabilar.
Demokratik, huquqiy davlatlarda budjetning muvozanatlan-
ganligi, undagi ko‘rsatkichlarning ishonchliligi, oshkoralikning
ta’minlanishi eng muhim tamoyillardan sanaladi.
15.8. Davlat budjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari
Davlat budjeti moliyaviy mexanizm, iqtisodiy taraqqiyotni
ta’minlash vositasi sifatida ma’lum funksiyalarni bajaradi. Bunday
funksiyalar qatoriga:
a) milliy daromadni qayta taqsimlash;
b) iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan boshqarish va rag‘batlantirish;
d) davlat ijtimoiy siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash;
e) pul mablag‘larining markazlashgan fondlari tashkil topishi
va ulardan foydalanilishi ustidan nazorat qilish hamda tartiblash-
tirishga ko‘maklashish kabilar kiradi.
Budjet tasnifi — bu budjet daromadlari va xarajatlarini muayyan
xususiyatlariga ko‘ra guruhlashdan iborat bo‘lib, uni tuzish va ijro
etish, turli darajadagi budjet ko‘rsatkichlarini o‘zaro taqqoslash,
moliyaviy manbalarni, budjet taqchilligini qoplash manbalarini
belgilash imkonini beradi. Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi
budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek, uning
taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iborat.
Budjet tasnifidan davlat budjetini tuzish, ko‘rib chiqish, qabul
qilish hamda ijro etish maqsadida foydalaniladi va u budjet ma’lu-
motlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari
bilan qiyoslanishini ta’minlaydi.
Budjet tasnifi:
• davlat budjeti daromadlarining tasnifi;
• davlat budjeti xarajatlarining funksional, tashkiliy va iqtisodiy
tasnifi;
• davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini
o‘z ichiga oladi.
Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvo-
fiq, ularning turlari va manbalari bo‘yicha guruhlashdan iborat
bo‘ladi. Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat
289
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu-
ningdek, boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan
asosiy vazifalar bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratila-
digan mablag‘lar ularning bevosita oluvchilar o‘rtasida taqsimla-
nishini aks ettiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar
turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat bo‘ladi.
Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi to‘lovlarning
iqtisodiy vazifasi va turlari bo‘yicha xarajatlarni guruhlashdan iborat
bo‘ladi. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari
tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari
bo‘yicha guruhlashdan iborat bo‘ladi. Budjet tasnifi qonun hujjat-
larida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazir-
ligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
15.9. Davlat budjetining shakllanishi. Budjet daromadlari
Davlat budjeti daromadlari qatoriga quyidagilar kiritiladi:
• soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
• davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi,
foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
• meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga
o‘tgan pul mablag‘lari;
• yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet el davlatla-
ridan kelgan qaytarilmagan pul tushumlari;
• rezident — yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan
budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;
• boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Budjet daromad qismining umumlashtiruvchi manbayi bo‘lib,
jamiyatning milliy daromadi hisoblanadi. Budjet tizimi daromad
qismining tarkibi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan turli daraja-
dagi budjetlarga to‘lanadigan to‘lovlarda ifodalanadi. Òurli daraja-
dagi budjetlarga kelib tushadigan daromadlarning ijtimoiy-iqtisodiy
belgilari, to‘lanish tartibi va shartlari quyidagicha tasniflanishi mumkin.
Ijtimoiy-iqtisodiy belgilariga ko‘ra daromadlar:
• tashkilotlar xo‘jalik faoliyatidan olinadigan;
• tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinuvchi;
• aksizlar;
• tashkilotlar tomonidan brokerlik va boshqa vositachilik
xizmatlaridan olinadigan;
• davlat bojlari;
290
• bank va sug‘urta faoliyatidan olinadigan;
• xususiylashtirishdan olinadigan;
• resurslar uchun to‘lovlardan;
• fuqarolar daromadlaridan;
• boshqa daromadlardan olinadigan budjet daromadlariga
bo‘linadi.
Òo‘lanish tartibi va o‘tkazilish shartlariga ko‘ra daromadlar
mustahkamlangan, boshqariladigan, dotatsiya, subvensiya, o‘z
mablag‘lari va qarzga olinadigan mablag‘larga bo‘linadi. Mustah-
kamlangan daromadlar foizlar yoki boshqa qat’iy belgilangan
miqdorlarda budjetga kelib tushadi. Boshqariladigan daromadlar
yuqori turuvchi davlat yoki mahalliy hokimiyat organi qarori bilan
quyi organ ixtiyoriga o‘tkaziladi.
Budjetning daromad qismi, shuningdek, dotatsiyalar va sub-
vensiyalar hisobiga, ya’ni yuqori turuvchi budjet tomonidan quyi
turuvchi budjetga mablag‘ ajratilishidan iborat. Yuridik shakllariga
ko‘ra, budjet daromadlari soliq va nosoliq to‘lovlarga bo‘linadi.
15.10. Davlat budjeti xarajatlari
Davlat budjeti xarajatlari o‘zining tarkibida quyidagilarni
nazarda tutadi. Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan
mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
• budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
• joriy budjet transfertlari shaklida;
• kapital xarajatlar shaklida: asosiy fondlar va vositalarni (ular
bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat
ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
• chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk
olishga va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
Budjet tizimlarining xarajatlari davlat va mahalliy xarajatlarning
asosiy qismini tashkil qiladi. Davlat budjeti xarajatlarining tarkibi
va nisbati muayyan davrda davlat oldida turgan vazifalar bilan
belgilanadi. Budjet xarajatlari daromad tarkibi, hajmiga bog‘liq
bo‘lib, ularga o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi.
Budjet tizimlari xarajatlari tarkibi quyidagi yo‘nalishlarda sarf-
xarajatlarni o‘z ichiga oladi:
• xalq xo‘jaligini moliyalashtirish xarajatlari;
• ijtimoiy-madaniy tadbirlarni moliyalashtirish xarajatlari;
• davlat va mahalliy dasturlar va investitsiya loyihalarini moliya-
lashtirish;
291
• fundamental ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar, davlat va mahalliy
ilmiy-texnikaviy dasturlarni moliyaviy ta’minlash;
• mudofaa xarajatlari;
• davlat va mahalliy hokimiyat hamda idora organlarini, huquqni
muhofaza qilish, sud, prokuratura organlarini saqlash xarajatlari;
• tashqi iqtisodiy faoliyat xarajatlari;
• fuqarolarga turli nafaqalar va tovonlar to‘lash xarajatlari;
• dotatsiya va subvensiyalar to‘lash xarajatlari va boshqalar.
15.11. Budjet taqchilligi va uni bartaraf etish yo‘llari
Qoidaga ko‘ra, davlat budjetining daromadlari va xarajatlari
muvozanatda bo‘lishi zarur hisoblanadi. Ammo budjet xarajatlariga
va uning tarkibiga ichki, tashqi, iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Omillarning ta’sir ko‘rsatishi natijasida
ayrim hollarda budjetlarda belgilangan xarajatlarga mablag‘larning
yetishmay qolishi kelib chiqadi. Bunday holat iqtisodiyot nazariya-
sida budjet taqchilligi deb aytiladi.
Budjet taqchilligining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillardan
biri bu davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining
uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining
kengayishi deb qaralmoqda. Bundan tashqari, budjet taqchilligiga
iqtisodiy hayotdagi tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz
va yuksalishlar ham ta’sir etadi. Jumladan, jahonning ayrim mam-
lakatlaridagi iqtisodiy-ijtimoiy inqirozlar davrida davlat budjet mab-
lag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sohalarini ushlab turishga,
umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarga katta investi-
tsiyalar qilishga majbur bo‘ladi.
Budjet taqchilligini bartaraf etishning asosiy yo‘li bu davlat
krediti hisoblanadi. Davlat krediti deganda, davlat tomonidan o‘z
aholisidan, boshqa davlatlardan qarz olishi tushuniladi. Davlat
qarz olishning asosiy shakli — bu davlat zayomlarini chiqarish
hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar
va boshqa xo‘jalik subyektlarining vaqtincha bo‘sh turgan pul
mablag‘larini qarz sifatida oladi.
Bundan tashqari, davlat o‘z mamlakati markaziy bankidan ham
qarz olishi mumkin. Bunday holatda markaziy bank bozordagi tovar
hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha pulni
muomalaga chiqaradi. Bu bilan davlat budjetining taqchilligi
moliyalashtiriladi. Lekin bozordagi tovar massasi bilan bog‘lanmagan
muomalaga chiqarilgan pul inflatsiyani kuchaytirishga ta’sir ko‘rsatadi.
292
Budjet taqchilligini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy
mablag‘larini davlat boshqa mamlakatlardan yoki turli moliyaviy
institutlardan, jumladan, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki
kabilardan olishi mumkin. Buning natijasida davlatning tashqi
qarzi kelib chiqadi. Agar davlat qarzlari ko‘payib borsa, milliy
daromadning foiz to‘lovlari shaklida, qayta taqsimlanishiga to‘g‘ri
keladi. Buning uchun davlat turli usullardan foydalanishi mumkin.
Jumladan, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar joriy etishi, yanada
uzoq muddatli zayomlar chiqarishi mumkin.
Budjet taqchilligini bartaraf etishning asosiy va muhim yo‘llari,
bu budjetlarning xarajat qismini ijro etish, budjet hisobidan muayyan
mablag‘larning ajratilishi bilan bog‘liqdir. Budjetni ijro etish jarayonida
uning hisobidan u yoki bu xarajatlarni qoplash maqsadida mablag‘
ajratilishi budjet krediti deb yuritiladi. Barcha kredit taqsimlovchilar
o‘zlariga ajratilgan mablag‘lardan maqsadga muvofiq va tasdiqlangan
smeta doirasida foydalanishlari lozim. Budjet mablag‘laridan foyda-
lanish paytida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligi va barcha
darajadagi budjetlar ijrosi davlat hokimiyat organlarining muntazam
nazorati ostida bo‘lishi juda muhimdir.
15.12. O‘zbekistonda budjet tizimini takomillashtirish
O‘zbekistonda budjetlar umumrespublika va muayyan hudud
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbolini belgilash ko‘rsatkichlari
hamda dasturlariga muvofiq ravishda amalga oshirilib, budjet loyihasi
tayyorlanguniga qadar tegishli milliy-davlat hamda ma’muriy-
hududiy birliklar taraqqiyoti rejalari, taxminlari ishlab chiqiladi.
Ular asosida hokimiyatning ijroiya organlari tegishli budjetning
daromadlari: xarajatlari, jamlama budjet, quyi hududiy organlarning
minimal budjet ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hokimiyatning vakillik
organlariga takliflar hamda axborotlar taqdim etadi. Bunday axbo-
rotlarning taqdim etilish muddatlari va tartiblari qonunlar bilan
belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular mamlakatimiz barcha hududlarining
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, aholi farovonligini oshirishning
ta’minlanishini nazarda tutadi.
Barcha darajadagi, bo‘g‘inlardagi budjetlarni tayyorlash, muho-
kama qilish, tasdiqlash va ularni ijro etish tartib-qoidalari budjet
jarayoni deb ataladi. Budjet jarayoni doimiy ravishda takrorlana-
digan, yangilanib turadigan bosqichlar yig‘indisini o‘z ichiga oladi.
U yoki bu bo‘g‘inga oid bo‘lgan, budjet bilan bog‘liq holda chiqa-
riladigan huquqiy akt (budjet haqidagi qonun, qaror) muayyan
293
davr davomida (budjet yili) amal qiladi va ushbu davr yakunlangach,
u yangidan ishlab chiqilishi va qabul qilinishi lozim bo‘ladi.
Budjetning shakllantirilishi to‘rt davrdan: budjet loyihasini tuzish,
loyihani muhokama qilish, uning vakolatli organ tomonidan qabul
qilinishi — tasdiqlanishi va ularning belgilangan davr davomida
ijro etilishini ta’minlash bosqichlaridan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida budjet jarayonining barcha bos-
qichlari uch yildan ortiq davrni o‘z ichiga oladi. Òasdiqlangan
budjet esa moliya yili deb atalib, 1-yanvardan 31-dekabrgacha
bo‘lgan bir kalendar yildan iborat bo‘ladi.
Budjet loyihasi tayyorlanayotgan paytda quyidagilar asos qilib
olinadi:
• tartibga solinadigan daromadlardan ajratiladigan normativ
(foiz)lar loyihasi va bu daromadlar kontingenti;
• tegishli yuqori turuvchi budjet hisobiga amalga oshirilishi
mo‘ljallanayotgan dotatsiya va subvensiyalar ko‘rsatkichlari;
• tegishli hududiy budjet daromadlari ro‘yxati va bu daromad-
larning qayd etilgan daromadlar hissasi (foizda);
• yuqori turuvchi budjet birligi tomonidan berilgan xarajatlar
ro‘yxati;
• hokimiyatning ijroiya organlari o‘zlariga yuqori organlar
tomonidan berilgan budjet ko‘rsatkichlarini chuqur va har tomon-
lama tahlil qiladi, ularga aniqlik hamda tuzatishlar kiritish haqida
o‘z taklif-mulohazalarini bildirishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida budjetning ijro etilishi budjet
jarayonining muhim tarkibiy qismi va bosqichi sanaladi. Ijroiya
hokimiyati organlari budjet ijrosini tashkil qiladi va ijro etadi.
Davlat budjetining ijrosi va uning ta’minlanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-av-
gustdagi «Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi Qonunida
nazarda tutilgan
1
. Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi
davlat budjeti (shu jumladan, davlat maqsadli jamg‘armalari)ning
va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larining
g‘azna ijrosi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat budjeti g‘azna ijrosining asosiy prinsiplari kassaning
yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning
yagonaligidan iborat. Davlat budjetining g‘azna ijrosi davlat
budjetining barcha daromadlarini yagona g‘azna hisobvarag‘iga
1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. T., 2004, ¹ 9, 164-bet.
294
kiritishdan, shuningdek, davlat budjetining xarajatlarini shu
hisobvaraqdan to‘lashdan iborat.
Davlat budjetining g‘azna ijrosi moliya yili mobaynida va
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgi-
lanadigan qo‘shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Davlat
budjetining g‘azna ijrosi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan
maxsus vakolatli moliya organi va uning Qoraqalpog‘iston Respub-
likasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlardagi hududiy bo‘linmalari
tomonidan amalga oshiriladi.
G‘aznachilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Davlat budjetining kassa ijrosi;
• Davlat budjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazo-
ratni amalga oshirish;
• Davlat budjeti mablag‘larini boshqarish, yagona g‘azna
hisobvarag‘ini va hududiy g‘azna hisobvaraqlarini yuritish;
• budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish
bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini,
shuningdek, buyurtmachining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini majburiy ro‘yxatdan
o‘tkazish;
• Davlat budjetida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxslar uchun
mablag‘lar nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik yoki jismoniy
shaxslar nomidan va ularning topshirig‘iga binoan to‘lovlarni
amalga oshirish;
• Davlat budjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobini yuritish;
• Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish, qayta
ishlash, tahlil qilish va hisobotni tuzish;
• O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga
xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasining kafolatlarini ijro etish.
Budjet kassa ijrosi deganda har bir budjetning daromadlari
mazkur budjetni ijro etuvchi tegishli kassada jamg‘arilishi tushu-
niladi. Shuningdek, ushbu budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanuvchi
barcha tashkilotlarga pul mablag‘lari ushbu kassa orqali beriladi.
Budjetlar ijrosini ta’minlashda asosiy hujjat bo‘lib, budjet
taqsimoti sanaladi. U tegishli davlat hokimiyati vakillik organi
tomonidan tasdiqlanadi hamda unda budjet daromad va xarajatlari
batafsil ko‘rsatiladi.
Budjet daromad qismini ijro etish yuridik va jismoniy shaxslar-
dan soliq va nosoliq to‘lovlar undirish hisobiga amalga oshiriladi.
Bunda yuridik shaxslar tegishli to‘lovlarni qonunda belgilangan
295
muddatlar hamda tartiblarda mustaqil ravishda hisoblaydilar va
budjetga to‘laydilar. Jismoniy shaxslardan esa ularning ish haqla-
ridan ushlab qolish yoki ular tomonidan bevosita kassaga pul to‘lash
orqali ijro etiladi. Muayyan budjet hisobiga mablag‘larni o‘tkazish
moliya organi topshirig‘i bilan amaldagi qonunlarga muvofiq
amalga oshiriladi.
15.13. Soliq tizimining vujudga kelishi. Soliqlarning mohiyati
Soliqlar davlat budjetining asosiy daromad manbayi sanaladi.
Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida milliy boylikning muayyan qismining
davlat ehtiyojlari uchun jalb etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan munosa-
batlarni o‘zida ifodalaydi. Soliqlar jamiyatdagi mavjud taqsimotga
oid munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida bozor munosabatlariga
asoslangan ijtimoiy ishlab chiqarishning obyektiv iqtisodiy qonuniyat-
laridan kelib chiqadi va shu tufayli ijtimoiy-iqtisodiy xarakterga egadir.
Soliqlar ijtimoiy mazmunga ega ekanligi tufayli uning davlat
tomonidan qabul qilinadigan qonunlar bilan belgilanishi unga
yuridik ma’no-mohiyat kashf etadi. Shuning uchun yuridik ma’noda
soliqlar deganda qonun bilan belgilangan, majburiy, tekinga, haq
to‘lanmasdan hamda qaytarilmaslik sharti bilan jismoniy va yuridik
shaxslar tomonidan davlat foydasiga amalga oshiriladigan to‘lovlar
nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, soliqlar moddiy mohiyatga ham ega bo‘lib,
davlat ehtiyojlariga ajratilayotgan aniq pul summasini o‘zida aks
ettiradi. Bu esa soliqlarning moliyaviy kategoriyasi sifatida o‘ziga
xos funksiyalarni ado etishi bilan bog‘liq namoyon bo‘ladi.
Soliqlarning funksiyalari
Fiskal (xazina to‘plash) funksiyasi. Uning yordamida davlatning
normal va bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan
davlat pul jamg‘armalari vujudga keltiriladi. Milliy daromadning
muayyan qismini ijtimoiy zaif qatlamlar foydasiga qayta taqsimlash
imkonini beradi. Davlat iqtisodiy munosabatlarda soliqlarning fiskal
funksiyasi orqali ishtirok etadi.
Òartibga solish funksiyasi. Soliqlar vositasida davlat takror ishlab
chiqarish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazadi, uning sur’atlarini jadal-
lashtiradi yoki sekinlashtiradi, kapital jamg‘arilishini tezlashtiradi
yoki sekinlashtiradi, aholining to‘lovga qobiliyatini kengaytiradi
yoki toraytiradi, mamlakat mintaqalari taraqqiyotida muvozanatni
296
ta’minlaydi. Òartibga solish funksiyasi fiskal funksiya bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Soliq mexanizmi deganda soliq solishning tashkiliy-huquqiy
me’yorlari va soliqqa tortishning boshqarish usullari yig‘indisi
nazarda tutiladi. Davlat soliq qonunchiligi orqali soliq mexanizmiga
yuridik shakl beriladi. Soliq siyosati va soliq mexanizmi soliqlarning
jamiyatdagi o‘rnini aks ettiradi.
Qayta taqsimlash funksiyasi. Jamiyat tomonidan yaratilgan
moddiy boyliklar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar va xodimlar),
davlat va jamiyat o‘rtasida qayta taqsimlanadi, ular davlat va
jamiyat taraqqiyoti maqsadlari va xalq moddiy turmush farovon-
ligining yuksaltirilishiga yo‘naltiriladi. Soliqlar vositasida davlat
iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlari, mamlakat mintaqalari, kichik
va xususiy biznesning jadal rivojlanishini ta’minlaydi.
Ijtimoiy funksiya. Soliqlar va majburiy yig‘imlar tarzida to‘p-
langan moliyaviy mablag‘lar ijtimoiy vazifalar hal etilishiga, aholi
muhtoj qatlamlarining davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilini-
shiga, ijtimoiy infratuzilma faoliyati samarali tashkil etilishiga
imkon beradi.
15.14. Soliqqa tortish tamoyillari
Soliqqa tortish tamoyillari, odatda, har bir davlatning oliy
organlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlangan qonunlarda
ko‘rsatiladi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida soliqqa
tortishning to‘rt tamoyili ko‘rsatilgan:
1. Manbalaridan qat’i nazar, hamma daromadlarni soliqqa
tortish majburiydir;
2. Umumiy davlat soliq siyosati atrofida hamma darajadagi
ma’muriy hududlarning soliq faoliyatidagi mustaqilligini hisobga
olib yagona umumdavlat soliqqa tortish siyosatini yuritish;
3. Faoliyati muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarga
hamda xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllariga qaratilgan faol
ishlovchi korxonalar imtiyozlar tizimi orqali soliqlarning rag‘batlan-
tiruvchi rolini ta’minlash;
4. Soliq to‘lovlari bo‘yicha deklaratsiyalar, tekshirishlar va
reviziyalar o‘tkazish qonunchiligini buzganlarga iqtisodiy jazolar
qo‘llash bilan moliyaviy nazorat o‘rnatishdan iborat.
Lekin jahon soliq qonunchiligida iqtisodchi va huquqshunos
olimlar soliqqa tortishning quyidagi besh tamoyili bo‘lishini ko‘r-
satib o‘tishgan:
297
1. Òenglik va samaradorlik.
2. Soliqqa tortishda aniqlik va osonlik.
3. Soliqqa tortishning arzonligi.
4. Soliqqa tortishning xazinaviy samaradorligi va egiluvchanlik.
5. Soliqqa tortishda ijtimoiy adolat.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi o‘z tamoyillariga ega
bo‘lib, ular:
• har bir shaxs (yuridik va jismoniy shaxs) qonunlarda belgilan-
gan soliqlarni to‘lashga majbur ekanligi;
• soliqlar davlat va jamiyat faoliyatini moliyaviy ta’minlash
uchun joriy etilishi;
• soliqlar siyosiy, diniy, g‘oyaviy, etnik yoki boshqa shunga
o‘xshash mulohazalarga ko‘ra, joriy etilishi mumkin emasligi;
• qonunda ko‘zda tutilmagan soliqlarning joriy etilishiga yo‘l
qo‘yilmasligi kabilardan iborat.
15.15. Soliq turlari
O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 25-dekabrda qabul
qilingan Soliq kodeksida nazarda tutilgan bo‘lib
1
, umumdavlat
soliqlaridan hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlardan iborat.
Umuman olganda, soliq tizimining tarkibi va tuzilishi jahon
amaliyotida keng qo‘llanib kelinayotgan soliq tizimlariga mos
keladi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda turli ko‘rinishdagi soliqlar
hamda majburiy yig‘imlar olinadi va ular muayyan vazifalarni
bajarishga xizmat qiladi. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari soliq
solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining
yagonaligi, soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va
soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Soliqlar deganda qonunda belgilangan, muayyan miqdorlarda
undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz
xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul
to‘lovlari tushuniladi.
Boshqa majburiy to‘lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojxona
to‘lovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxs-
lar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga
nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan, muayyan huquq-
1
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlari to‘plami. T., 2009, ¹ 52 (1).
298
larni yoki litsenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish
uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar hamda davlat boji tushu-
niladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi quyidagicha tasnifla-
nishi mumkin:
Soliq obyekti, soliq to‘lovchi va davlat o‘rtasidagi munosabat-
lariga ko‘ra, to‘g‘ri soliqlar va egri soliqlar mavjud.
Òo‘g‘ri soliqlar shaxslarning daromadlaridan, mol-mulklaridan
olinadi.
Egri soliqlar tovar yoki xizmat narxiga qo‘shiladi va soliq to‘lovchi
bu soliqni iste’molchi (xaridor, buyurtmachi)dan tovarni sotgan
paytida uning bahosiga qo‘shib qaytarib oladi. Egri soliqlarning
to‘lovchilari aslida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar hisoblanadilar.
Bunday soliqlar qatoriga aksiz, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona
to‘lovlari kiradi.
Foydalanish maqsadiga ko‘ra, soliqlar umumiy soliqlar (masalan,
daromad solig‘i, aksiz, QQS) va maxsus soliqlarga (masalan,
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i,
jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi
va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq va boshq.) bo‘linadi.
Soliq oluvchilar bo‘lgan davlat organlari turiga ko‘ra,
respublika soliqlari va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga ko‘ra, soliqlarga
quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus
to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel
yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
Boshqa majburiy to‘lovlarga quyidagilar kiradi:
1) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:
• yagona ijtimoiy to‘lov;
• fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
sug‘urta badallari;
299
• budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
2) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:
• Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;
• Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;
3) davlat boji;
4) bojxona to‘lovlari;
5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim
turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im.
Qonunda belgilangan hollarda va tartibda soliq solishning
soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan quyidagi soliqlar qo‘llani-
lishi mumkin:
• yagona soliq to‘lovi;
• yagona yer solig‘i;
• tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilan-
gan soliq.
Davlat umummilliy dasturlarini amalga oshirish davrida tegishli
jamg‘armalar tashkil etilishi mumkin bo‘lib, ularga qonun hujjat-
larida nazarda tutilgan tartibda majburiy to‘lovlar belgilanadi.
Soliqlar joriy etilishi paytida soliq to‘lovchilar doirasi belgila-
nadi. Yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar hisoblanishadi.
Korxonalarning filiallari va boshqa alohida bo‘laklari faoliyat
yuritayotgan hududda o‘z korxonalari nomidan soliq to‘lovchi
vazifasini bajaradi.
15.16. Soliq stavkasi
Soliq obyektining har bir soliq birligi uchun davlat tomonidan
belgilab qo‘yilgan me’yori soliq stavkasi deb yuritiladi. Bu stavka qat’iy
summalarda yoki foizlarda obyektga nisbatan qo‘llaniladi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida pul inflatsiyaga uchrab turganligi uchun qat’iy
summalardagi soliq stavkalarini qo‘llash ancha qiyinlashib boradi.
Shuning uchun ham soliq stavkalarining aksariyati foizlarda belgilangan.
Proporsional soliq stavkasi usulida foyda yoki oborotga ega
bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bir xil proporsiyada (ulushda)
soliq to‘laydilar. Bu yerda soliq stavkasi qat’iy o‘rnatilgan bo‘lib,
proporsional ravishda olinadi. Agar daromad yoki foyda ortib
borishi bilan soliq stavkasi ham ortib borishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa,
bunday soliq stavkasi progressiv soliq stavkasi deyiladi.
Regressiv soliq stavkalari biror faoliyat yoki sohada mahsulot
ishlab chiqarishni ko‘paytirish yoki o‘z foydasidan biror turdagi
xarajatni (masalan, investitsiyani) ko‘paytirishni rag‘batlantirish
300
maqsadida qo‘llaniladi. Ya’ni regressiv soliq stavkasi usulida
daromad ortib borishi bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmi
ko‘payishi yoki eksportga mahsulot ishlab chiqarish ko‘payishi
bilan soliq stavkasi ham kamayib boradi.
Soliq obyekti. Nimaga soliq solinsa, shu soliq obyekti hisoblanadi.
Soliq obyekti uch guruhga bo‘linadi: oborot, daromad va mulk. Ya’ni
sotilayotgan mahsulot oboroti, olingan foyda (yoki daromad), yer
maydoni, transport vositalarining quvvati va boshqalar soliq obyekti
bo‘lib hisoblanadi. Obyekt qancha ko‘p, keng va katta bo‘lsa, bir xil
soliq stavkasi sharoitida mamlakat soliq yuki soliq to‘lovchilar o‘rtasida
shuncha pasayadi. Soliqqa tortilgan obyekt, asosan, soliq nomini
ifoda etadi va ko‘p hollarda soliq manbayiga mos keladi. Masalan,
korxona foydasiga soliq solishda soliq obyekti ham, manbayi ham
foydadir. Fuqarolar daromadi solig‘ining ham, soliq obyektining ham
manbayi fuqaro olgan yalpi daromaddir. Soliq obyekti xilma-xil bo‘lib,
u bevosita davlatning iqtisodiy siyosatiga bog‘liq.
15.17. Soliq nazorati va soliq tizimini boshqarish
Soliq nazorati va soliq tizimi faoliyatini boshqarish O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va unga bog‘liq bo‘lgan organlar
tomonidan olib boriladi. Ularning faoliyati Soliq kodeksi, «Davlat
soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonun va boshqa qonun hujjatlari
1
bilan
tartibga solinadi.
Davlat soliq organlari quyidagi shakllarda soliq nazoratini
amalga oshiradilar:
• soliq to‘lovchilarni hisobga olish;
• soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni
hisobga olish;
• budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushayotgan
tushumlarni hisobga olish;
• kameral nazorat;
• naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;
• soliq tekshiruvlari;
• fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;
• aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shu-
ningdek, ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy
etish;
1
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan
yo‘riqnomalar.
301
• davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilish-
dan tushadigan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va
to‘liq tushishini nazorat qilish;
• boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshira-
digan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.
15.18. Soliq imtiyozlari
Soliq to‘lovchilarni soliqdan ozod etish, ular to‘laydigan soliq
miqdorini kamaytirish kabilar soliq qonunchiligida soliq imtiyozi
deb yuritiladi. Soliq imtiyozlari ko‘p hollarda biror ishlab chiqarish
sohasini, faoliyat turini rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘ladi. Soliq-
lar davlatning moliya resurslari miqdoriga ta’sir qiladi. Shuning
uchun agar davlatning moliya resurslarini oshirishga zaruriyat
bo‘lsa, soliq imtiyozlari kamaytiriladi.
Agar korxona va tashkilotlar faolligini oshirish zarur bo‘lsa,
soliq imtiyozlari kengaytiriladi. Lekin makroiqtisodiyot darajasida
soliq imtiyozlarining ko‘p berib yuborilishi soliq to‘lovchilarda
boqimandachilikka moyillikni keltirib chiqaradi. Qo‘shnisi soliqdan
ozod bo‘lgan korxona yoki fuqaro shunday imtiyozlarni olish uchun
hamma ochiq va taqiqlangan usullarni ishga solishi mumkin. Soliq
siyosatida davlat xilma-xil imtiyoz turlarini qo‘llaydi. Korxona,
birlashma va tashkilotlarga soliqlardan beriladigan imtiyozlarni
uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. Soliqdan batamom ozod etiluvchilar.
2. Soliqdan qisman va vaqtincha ozod etiluvchilar.
3. Soliqqa tortiladigan foyda (daromad) bazasini kamaytirish.
Masalan, korxonada ishlovchi xodimlar tarkibida 50 % dan ortig‘i
nogironlar bo‘lsa, bunday korxonalar soliqdan tamomila ozod etiladilar.
Agar korxonaning eksportga sotgan tovarlari korxona ishlab
chiqargan mahsulot hajmining 30 % idan kam bo‘lmasa, bunday
korxonalar foyda (daromad) soliq stavkasi 2 marta kamaytirilgan
holda soliq to‘laydilar.
Yangi tashkil etilgan korxonalar (birja, tayyorlov ulgurji, vosi-
tachi, savdo-tijorat korxonalaridan tashqari) birinchi tuzilgan yili
25 % va ikkinchi yili 50 % belgilangan soliq stavkasidan soliq
to‘laydilar. Uchinchi yili 100 % soliq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda, soliq yoki boshqa majburiy
to‘lov belgilanayotganda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida soliq
imtiyozlari, shuningdek, ularning soliq to‘lovchi tomonidan
qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
302
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Moliya iqtisodiy kategoriya;
• mikromoliya;
1. Moliya va moliyaviy munosabatlarning kelib chiqish sabablari va zarurligi
nimalardan iborat?
2. Moliya tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?
3. Nima uchun moliya iqtisodiy kategoriya hisoblanadi?
4. Moliya munosabatlarining o‘ziga xos xususiyati nimada?
5. Moliyaning funksiyalari nimalardan iborat?
6. Moliya tizimi haqida so‘zlab bering.
7. Davlat moliyasi, korxonalar moliyasi tushunchalari qanday farqlanadi?
8. Davlat moliyaviy faoliyati tushunchasining mazmuni nimani anglatadi?
9. Moliyaviy mablag‘larni to‘plash usullari qanday?
10. Moliya bozori qanday bozor?
11. Moliya bozori qaysi bozorlarni o‘z ichiga oladi?
12. Aksiyalarning qanday turlari mavjud?
13. Veksel qanday maqsadlarda chiqariladi?
14. Obligatsiyaning qanday turlari mavjud?
15. Obligatsiyaning aksiyadan farqi nimada?
16. Xazina majburiyatlarini kimlar muomalaga chiqaradi?
17. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar egasiga qanday huquqlarni beradi?
18. Fyuchers deganda nimani tushunasiz?
19. Fond birjasida qanday savdo o‘tkaziladi?
20. Soliqlarning zarurligi nimada?
21. Soliqlar qanday vazifalarni bajaradi?
22. Soliqlarning qanday turlari mavjud?
23. Soliq obyekti deganda nimani tushunasiz?
24. Soliq imtiyozlari nima?
25. Proporsional, regressiv va progressiv soliq stavkalarining bir-biridan farqi
nimada?
26. Budjetning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni nimada?
27. Budjetning vazifasi nima?
28. Budjetning tasnifini aytib bering.
29. Budjet tamoyillari nimalardan iborat?
30. Budjet tizimi tushunchasi nima?
31. Budjet daromadlari deganda nimalarni tushunasiz?
32. Dotatsiya va subvensiya tushunchalarini aytib bering.
33. Budjet jarayoni tushunchasini ayting.
34. Budjet jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
35. Budjet loyihasi tayyorlanishida nimalar asos qilib olinadi?
36. Budjetlar ijrosi deganda nimani tushunasiz?
37. Budjet ijrosini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?
38. Davlat budjetining kassa ijrosi tushunchasini aytib bering.
39. Budjet krediti nima?
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
• makromoliya;
• moliya tizimi.
303
16-bob. KREDIT, SUG‘URÒA VA BANK TIZIMI.
PUL MUOMALASI
16.1. Kreditning mohiyati, vazifalari
Ma’lum muddatga haq to‘lash va qaytarib berish sharti bilan
beriladigan bo‘sh turgan pul mablag‘lari kredit deb yuritiladi.
Kreditning mohiyati shundaki, iqtisodiyotning ayrim subyektlari
faoliyati uchun pulga muhtoj bo‘lib turgan vaqtda ayrimlarining
qo‘lida ma’lum miqdordagi pul mablag‘lari ishlatilmay bo‘sh turgan
bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasida shu pul shaklidagi kapital ssuda
kapitali deb atalib uning harakati kredit tarzida namoyon bo‘ladi.
Kredit o‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiyotdagi mavjud resurslardan
samarali foydalanishni va uning barqaror rivojlanishini ta’minlashga
xizmat qiladigan iqtisodiy kategoriya. Iqtisodiy kategoriya sifatida
kredit, kredit oluvchilar va kredit beruvchilar o‘rtasida kelib
chiqadigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi.
Kredit munosabatlarining obyektlari va subyektlari. Kredit
munosabatlari ishtirokchilari kredit subyektlari deb ataladi va ular
turli-tuman bo‘ladi. Kredit subyektlari kredit oluvchilar va kredit
beruvchilar hisoblanadi. Ya’ni korxonalar, firmalar, davlat, turli
tashkilotlar, transmilliy va xususiy korporatsiyalar, tadbirkor va
sohibkorlar hamda aholining boshqa turli toifalaridir.
Kredit obyekti — vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘laridir.
Ma’lumki, iqtisodiyot g‘oyat murakkab jarayondir, uning subyekt-
lari esa yana ham turli-tumandir. Ularning iqtisodiy va moliyaviy
imkoniyatlari, to‘lov qobiliyatlari bir xil emas. Shuning uchun
kredit obyektlari bo‘lib vaqtincha bo‘sh pullar emas, shu bilan
birga tovarlar, qimmatli qog‘ozlar, turli shakldagi xizmatlar ham
bo‘lishi mumkin. Kredit munosabatlari xuddi ana shu bo‘sh pul
va tovarlarni qarzga olib ishlatish va vaqti kelganda uni ma’lum
haq to‘lash orqali qaytarish borasidagi munosabatlardir.
Kredit berish tamoyillari va muddatlari. Kredit berish ma’lum
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Ular, asosan, quyidagilardan
iborat: qaytarib berish; muddatlilik; haq to‘lash (foiz to‘lash); moddiy
ta’minlanganlik; ma’lum maqsad (ishlatish obyekti)ni ko‘rsatish.
304
Bu tamoyillar kreditning barcha shakllari uchun umumiydir.
Kredit ma’lum ma’noda sotiladigan moddiy tovar yoki xizmatlar
kabilardir. Demak, u go‘yo sotiladi va sotib olinadi. Sotuvchi
tovarni sotganda ma’lum foydani ko‘zlaganidek, kredit muassasasi
ham bundan mustasno emas.
Kreditlar quyidagi muddatlarga berilishi mumkin:
1) qisqa muddatli kreditlar — bir yilga qadar (asosan, olti
oygacha, uch oygacha, bir oyga, bir haftaga) beriladi;
2) o‘rta muddatli kreditlar — bir yildan besh yilgacha muddatga
beriladi;
3) uzoq muddatli kreditlar — besh yil va undan ortiqroq
muddatga beriladi.
Kreditning vazifalari. Kreditning vazifasi kredit munosabatla-
rining xo‘jalik faoliyatidagi ko‘rinishi yoki uning harakat ifodasidir.
Kredit quyidagi vazifalarni bajaradi:
• birinchi vazifasi — pulga tenglashtirilgan to‘lov vositalari
bo‘lgan veksel, chek, sertifikat kabilarni iqtisodiyot sohasiga jalb
qilib, ularning xo‘jalik faoliyatida real harakatini yo‘lga qo‘yadi;
• ikkinchi vazifasi — turli xo‘jalik subyektlari va aholi qo‘lidagi
bo‘sh pullarni kapitalga aylantiradi, ya’ni pulning o‘z kuchi asosida
ko‘payishiga, pulga pul qo‘shilishiga xizmat qiladi;
• uchinchi vazifasi — kreditlash orqali pul mablag‘lari turli
xo‘jalik subyektlari va xalq xo‘jaligi tarmoqlari o‘rtasida qayta
taqsimlanadi. Ya’ni ishlab chiqarish omillarining samara beruvchi
sohalarga tezroq yetib borishiga turtki beradi;
• to‘rtinchi vazifasi — pulga muhtoj mijozlarga qarz berilishi
va berilgan qarzlarni vaqtida undirib olish orqali ijtimoiy ishlab
chiqarishni rag‘batlantiradi, ya’ni ishlab chiqarish va muomala
jarayonida samaradorlikka erishilishi uchun dastak bo‘ladi.
Shuni aytish kerakki, kredit o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajargan
holdagina ijobiy natijalarga olib keladi, aksincha, kreditdan foydalanish
maqsadga muvofiq kechmasa, kredit salbiy natijalarga olib keladi.
Bunga xo‘jalik hayotidan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Eng
muhim vazifa shuki, kredit berishda undan kelishi mumkin bo‘lgan
oqibatlar (natijalar)ni oldindan sarhisob qilish lozimdir.
16.2. Kredit turlari
Kredit iqtisodiy kategoriyadir, u qarz oluvchilar bilan qarz
beruvchilar o‘rtasidagi qarz pulga, undan foydalanishga (iste’mol
qilishga), undan foydalanish asosida olingan natijalarga nisbatan
305
bo‘ladigan munosabatlarni ifodalaydi. Kredit shakllari xuddi ana shu
munosabatlarning real iqtisodiyot tajribasida namoyon bo‘lishidir.
Kredit munosabatlari esa bir tomondan, uning subyektlari o‘rtasida
vosita aloqalarini, ikkinchi tomondan, kredit subyektlari o‘rtasidagi
vositachilik qiluvchi maxsus kishilar o‘rtasida amalga oshadi.
Kredit shakllari quyidagilar: bank krediti, tijorat krediti, davlat
krediti, iste’mol krediti, xalqaro kredit.
Bank krediti. Kreditning eng qulay va keng tarqalgan shaklla-
ridan biridir. Bank krediti «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonun talablari asosida tashkil etiladi. Shuni ta’kidlash kerakki,
banklar kredit muassasalari sifatida faoliyat yurituvchi tijorat
tashkilotlari deyiladi. Ular xo‘jalik subyektlari hamda aholining
bo‘sh pul mablag‘larini ma’lum foizlarda beriladigan haq evaziga
o‘zlariga jalb qilib foyda olish uchun aholining va korxona hamda
tashkilotlarning pulga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida
ularga kredit shaklida beradilar. Albatta, banklar kredit pullarini
har qanday ehtiyojmandlarga beravermaydi, ular kreditni xo‘jalik
va tijorat faoliyatida samarali ishlatib foyda ola biladigan mijozlar-
gagina taklif etishadi. Boshqacha aytganda, banklardan kredit
oluvchi subyektlar ma’lum iqtisodiy salohiyatga ega, kreditning
kafolatini ta’minlay oladigan, ustiga haq qo‘yib qaytarib to‘lay
oladigan mijozlar bo‘lishlari kerak.
Bank krediti boshqa kredit shakllaridan keskin farq qiladi. Bu
farq shundaki, bank kreditlari nisbatan cheklanmaydi, katta
hajmlarda, uzoq muddatlarga, ma’lum tartib va qoidalar bazasiga
asoslangan holda beriladi. Bank kreditlari ishonarli va kafolatlidir.
Shuning uchun kredit munosabatlari tizimida bank krediti keng
tarqalgan va rivojlanib bormoqda.
Davlat krediti. Kredit shakllaridan biri sifatida davlat krediti davlat
bilan aholi va mikroiqtisodiy tuzilmalar o‘rtasida iqtisodiy munosabatni
vujudga keltiradi. Davlatning kredit munosabatlari subyektiga aylanishi
shu bilan izohlanadiki, u bozor iqtisodiyoti sharoitida, ayniqsa, bozor
munosabatlariga o‘tish davrida, iqtisodiy markaz sifatida rol o‘ynaydi.
Davlat milliy iqtisodiyotining taqdiri va istiqboliga mas’ul tuzilma sifatida
ham qarz beradi, ham qarz oladi. U qarzni aholidan, korxonalardan,
tashkilotdan, xorijiy davlatlar va kompaniyalardan olib, uni milliy
iqtisodiyotda chuqur strukturaviy o‘zgarishlar qilish, iqtisodiyotni bozor
talablariga moslashtirish maqsadlarida safarbar qiladi.
Davlat qarzni zayom shaklida, naqd pul jamg‘armalari va
boshqa shakllarda oladi. Bunday kredit munosabatlari iqtisodiyotda
306
davlatning ichki qarzi deb yuritiladi. Shuni aytish kerakki, davlat
olgan ichki qarzni hamda uning foizini budjet daromadlari hisobi-
dan qaytaradi. Ayni chog‘da davlat o‘z budjetidan korxonalarni
iqtisodiy nochor ahvoldan chiqarish, ularning iqtisodiyotini sog‘-
lomlashtirish maqsadlarida kredit beradi. Odatda, bunday maqsad-
larda beriladigan kreditlar imtiyozli kredit bo‘ladi, ya’ni undan
naf ko‘rish ko‘zda tutilmaydi. Shunday qilib, kredit iqtisodiyotni
sog‘lomlashtirish jarayonida ham qatnashuvchi iqtisodiy dastakdir.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi hamda
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning subyekti (ishtirokchisi)ga
aylanishi kreditning xalqaro shaklidan keng foydalanish zarurligini
ko‘rsatmoqda.
Xalqaro kredit — ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosa-
batlar sohasida harakat shaklidir. Bunda kredit beruvchi va kredit
oluvchilar sifatida davlat muassasalari, banklar, firmalar, xalqaro
valuta-kredit va moliya tashkiloti qatnashadi. Xalqaro kredit ham
«kredit» kategoriyasining bir turidir va u bir qator iqtisodiy
kategoriyalar (foyda, baho, pul, valuta kursi, to‘lov balansi, savdo
balansi kabilar) bilan bog‘liqdir.
Xalqaro kredit o‘z yo‘lida bir qancha ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Masalan, ichki, tashqi, aralash kreditlash, tashqi savdoni moliya-
lash, tijorat krediti, investitsiya obyektlarini kreditlash, qimmatli
qog‘ozlarni sotib olish, tashqi qarzni uzish, tovar shaklida va valuta
shaklida kreditlash, xalqaro pul birliklarida (SDR, EKU) kredit
berish kabi shakllarda bo‘ladi.
Òijorat krediti — bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida
beriladigan kreditdir. Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini
to‘lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Òijorat kreditini nasiyaga
oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi.
Òijorat kreditida foiz nasiyaga sotiladigan tovar narxiga ustama
shaklini oladi, shu sababli tovar nasiyaga, shu davrdagi narxdan
yuqoriroq narxda beriladi. Bevosita kreditning ommaviy ko‘rinish-
laridan biri qimmatbaho tovarlarning (avtomashina, uy, televizor,
kompyuter, yaxta, videomagnitofon) aholiga nasiyaga sotilishidir.
Bunday kredit tovarlarni bo‘lg‘usi daromad hisobiga sotish uchun
qo‘llaniladi. U to‘yingan tovarlar yetarli, binobarin, taqchillik yo‘q
bozorda qo‘llaniladi.
Iste’mol krediti — tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga
qarz bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz beradi.
Buning natijasida iste’mol krediti paydo bo‘ladi. Bunda bank
307
iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga ma’lum
summaga qadar tovarlar xarid etadilar, xarid puli banklar magazin-
lar bergan schotga qarab to‘lanadi. Bunday kredit g‘oyat imtiyozli
bo‘ladi, hatto foizsiz ham bo‘lishi mumkin. Iste’mol krediti aholi-
ning iste’mol ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan.
Ipoteka krediti. Yakka tartibda uy-joy qurish maqsadlariga
beriladigan uzoq muddatli kreditlar ipoteka krediti deyiladi.
16.3. Sug‘urta tushunchasi, sug‘urta turlari
Sug‘urta moliya munosabatlarining o‘ziga xos alohida shakli
bo‘lib, u yuz beradigan turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar,
oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan hodisa va voqealar natijasida
yetkazilgan zarar va talafotlarni bartaraf etishga qaratilgan maxsus
pul resurslaridir.
«Sug‘urta» tushunchasiga O‘zbekiston Respublikasining 1993-
yil 6-mayda qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonunida
quyidagicha ta’rif berilgan: «Sug‘urta — inson faoliyatining turli
sohalarida sodir bo‘ladigan tabiiy ofatlar, favqulodda hodisa va
boshqa voqealar natijasida yetkazilgan zarar hamda talafotlarni
jismoniy va yuridik shaxslar to‘lagan sug‘urta badallari (sug‘urta
puli)dan hosil qilinadigan pul fondlari hisobidan to‘liq va qisman
qoplash yo‘li bilan jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlari
sug‘urtalanishini ta’minlashga doir munosabatlar demakdir».
Ko‘plab adabiyotlarda sug‘urta so‘zi xavf-xatar, dahshat, vahima
ma’nosida ishlatiladi, chunki ko‘rilgan tabiiy ofatlar va baxtsiz hodi-
salar natijasida jamiyat hayotiga moddiy zararlar yetkaziladi. Lekin
sug‘urta deganda ana shu ruhiy holatlar emas, balki ular orasida
vujudga keladigan va paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda
zararlar, ularning kuchini qirqishga qaratilgan tadbirlar, zarar nati-
jasida vujudga kelgan kamomadning o‘rnini to‘ldirish, bu yo‘nalishda
yuzaga keladigan sug‘urtalovchi tashkilotlar va sug‘urtalanuvchilar
o‘rtasidagi munosabatlar ko‘zda tutiladi. Bu munosabatlarning barcha
yig‘indisi sug‘urta tushunchasini hosil qiladi.
Sug‘urtaning zarurligi. Inson yashashi uchun moddiy ne’mat-
larni uzluksiz yaratib borishi lozim. Lekin ishlab chiqarishning
barqaror rivojlanishiga tabiiy ofatlar, ko‘zda tutilmagan favqulodda
hodisalar salbiy ta’sir ko‘rsatadi, uning hajmini kamaytirib, mahsu-
lotning son-sifati darajasini pasaytirib yuboradi. Ishlab chiqarish-
ning doimiyligini ta’minlash uchun yetkazilgan talafot o‘rnini tezda
to‘ldirish, korxonalar va fuqarolarga zarar oqibatlarini tugatishda
308
yordam berish kerak. Buning uchun tashqaridan, birinchi navbatda,
pulli yordam uyushtirish zarur. Zararlar esa turli xil bo‘ladi. Katta
miqdordagi zararlarni qoplash uchun shunga yetarli miqdorda
jamg‘arma (fond) shakllantirish talab etiladi. Bu jamg‘arma, asosan,
sug‘urtalanuvchining badallari asosida shakllanib, to‘planib, uning
hisobidan qoplanadi.
Sug‘urta uzoq tarixga ega bo‘lib, miloddan ancha oldin hukm-
ronlik qilib, Bobil podsholigi davrida ishlab chiqilgan va Hammurapi
joriy qilgan qoidada o‘z ifodasini topgan. Unda yirik savdo karvonlari
jamoasi uzoq safarga chiqqanda talafot ko‘rsa, zararni jamoa a’zolari
o‘rtasida barobar taqsimlash yo‘li bilan kamomadni qoplash ko‘zda
tutilgan va shu orqali hamkorlikda yordam uyushtirilgan. Ko‘zda
tutilgan bu qoida sug‘urta fondi tashkil qilingunga qadar kelib
chiqqan. Òo‘satdan yuz bergan hodisalar — qaroqchilar hujumi,
betob bo‘lib qolish kabilar natijasida kelib chiqqan zararni qoplash
usuli bir mamlakatda o‘rganilib, ikkinchi mamlakat savdogarlari
o‘rtasida ham qo‘llanila boshlangan va Markaziy Osiyo shaharlari
bo‘ylab keng tarqalgan. Keyinchalik bu qoida rivojlanib, karvonlar
safarga otlana boshlaganlarida «sug‘urta fondi»ni shakllantirish rusum
bo‘la boshlagan. Sug‘urtalash hayotiy, tarixiy zarurat tufayli kelib
chiqqan deyish mumkin.
Bu borada O‘zbekistonda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, 1993-yilda «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonun va 1997-yilda
Prezident Farmoni asosida «O‘zagrosug‘urta», «Kafolat», «O‘zbek-
invest» sug‘urta kompaniyalari vujudga keldi.
Sug‘urtaning maqsadlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi
Qonunda sug‘urtaga berilgan ta’rifda ko‘rsatilishicha, sug‘urtadan
maqsad tabiiy ofatlar va ko‘ngilsiz hodisalardan keltirilgan zarar-
larni qoplash uchun pul fondlar hosil qilishdir. Jismoniy va yuridik
shaxslar hisobidan shakllanadigan bu fondlarni hosil qilishda
sug‘urta tashkilotlari bilan sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida munosabat
yuzaga keladi. O‘zbekiston sharoitida bu munosabat yuzlab sug‘urta
tashkilotlari bilan minglab korxona va tashkilotlar, millionlab
fuqarolar o‘rtasida shakllanadi.
Ko‘rsatilgan jismoniy va huquqiy shaxslar to‘lagan badallaridan
yuzaga keladigan pul fondlari ulkan miqdorni tashkil qiladi. Fond
paydo bo‘lgandan keyin uning hisobidan ko‘rilgan zararlar qopla-
nadi. Sug‘urta tashkiloti zarar miqdoriga qarab mablag‘ ajratadi.
Sug‘urtalanuvchi bu mablag‘lar hisobidan zararlarni va ularning
oqibatlarini tugatishga harakat qiladi.
309
Sug‘urta vazifalari. Ma’lumki, sug‘urtaning iqtisodiy mazmuni
uning vazifalarida ifodalanadi. Sug‘urtaning vazifalari bu iqtisodiy
dastak bajaradigan ishlardir. Vazifani bajarish esa vaqtinchalik
xarakterga ega bo‘lib, u bajarilganidan keyin boshqasini bajarishga
o‘tiladi. Funksiya deganda esa doimiy takrorlanib turadigan vazifalar
tushuniladi. Sug‘urta tushunchasi moliya va kredit tushunchalari
bilan bog‘langanligi tufayli ularning taqsimlash va nazorat funk-
siyalari sug‘urtaning ham funksiyalari qatoriga kiradi. Shu bilan
birga sug‘urtaning o‘ziga xos quyidagi funksiyalari bor:
1. Xavf-xatar funksiyasi;
2. Ogohlantirish funksiyasi;
3. Investitsiya funksiyasi;
4. Omonat funksiyasi;
5. Axborot funksiyasi.
Sug‘urtaning xavf-xatar oqibatlarini bartaraf etish funksiyasi —
bu funksiyaning zaruriyligi shundaki, qadim zamonlardan buyon
insoniyat tabiiy ofatlarni favqulodda vayronagarchilik va ulkan
zararlar keltirishni hamda ularni ishlab chiqarishga ko‘rsatgan
ta’sirini boshidan kechirishgan. Mahsulot, mablag‘, urug‘lik, yoqilg‘i
va moddiy ne’matlardan zaxira hosil qilganlar va ular hisobidan
ofat oqibatlarini tugatish uchun muhtojlarga yordam berishgan.
Zilzila, toshqin, yong‘in oqibatlari sug‘urtaning ana shu funksiyasi
amal qilishi natijasida hosil qilingan fondlar asosida tugatilgan.
Sug‘urtaning ogohlantirish funksiyasi — sug‘urtaning bu funksiyasi
xavf-xatar funksiyasi bilan bog‘langan. Ma’lumki, irrigatsiya va
tabiatni muhofaza qilish kabi tadbirlar ko‘p mablag‘ talab qilgani
uchun budjet hisobidan ta’minlanadi. Mahalliy ahamiyatga ega
bo‘lgan ogohlantirish xavfining oldini olish tadbirlari sug‘urta to‘lov-
larining tushumidan ajratma sifatida beriladigan mablag‘lar hisobiga
qoplanadi. Bu mablag‘lardan, asosan, uch yo‘nalishda foydalaniladi:
1. Yong‘indan ogohlantirish va yong‘inga qarshi kurash
tadbirlariga.
2. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi kamayishiga qarshi
tadbirlarga.
3. Chorva mollarida uchraydigan kasalliklarning oldini olish
va ularning qirilib ketmasligi tadbirlarini bajarishga.
Sug‘urtaning ogohlantirish tadbirlariga sarflash uchun ajratila-
digan mablag‘lar favqulodda zararlarni va uning oqibatlarini
kamaytirishda katta ahamiyatga egadir.
Sug‘urtaning investitsiya funksiyasi — sug‘urtaning bu funksiyasi
shundan iboratki, sug‘urta badallarining yig‘ilishi va ular hisobidan
310
zararning qoplanishi bir vaqtda emas, balki turli muddatlarda sodir
bo‘lganligi uchun ishlatilmay bo‘sh turgan mablag‘lar hisobidan zaxira
fondlari tashkil etiladi va ularning ma’lum qismidan sug‘urta
tashkilotlari tijorat maqsadlari uchun foydalanishadi. Ya’ni bo‘sh
turgan mablag‘lardan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar
sotib olib, ular hisobidan qo‘shimcha daromad olishadi. Sug‘urtaning
investitsiya funksiyasi bo‘sh turgan mablag‘lardan samarali foydalanib,
sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvolini yaxshilashga yordam beradi.
Sug‘urtaning omonat funksiyasi. Sug‘urtaning omonat funksiyasining
omonat kassalarining funksiyasidan farqini quyidagilardan ko‘rish
mumkin: omonat kassalarida omonatlarga ma’lum muddatlarda
saqlangan davrga nisbatan shaxsiy sug‘urta va uning boshqa xillarida,
ma’lumki, foiz olish huquqi beriladi, mulk sug‘urtasida esa sug‘urta-
langan ma’lum muddatga badallarni to‘laydi va bu badallar sug‘urta
tashkiloti ixtiyorida bo‘ladi. Agar sug‘urta davrida biror sug‘urta
hodisasi ro‘y bersa, sug‘urta tashkiloti yetkazilgan zararni o‘z hisobidan
qoplaydi, omonat kassalarida esa bunday xususiyatlar mavjud emas.
Sug‘urtaning axborot funksiyasi — bu sug‘urtaning yangi funk-
siyasidir. Ilgari sug‘urta monopoliyasi borligida bunday funksiya
mavjud bo‘lmagan, chunki u davrda sug‘urtalashda faqat davlat
sug‘urta tashkiloti hukmronlik qilgan. Sug‘urtaning bu funksiyasi
vujudga kelishiga sabab shuki, O‘zbekiston mustaqillikka erishib,
o‘z hududida o‘zining iqtisodiy siyosatini yurita boshlagach, O‘zbe-
kiston sug‘urta hududida o‘nlab yangi sug‘urta kompaniyalari,
agentliklari, firmalari vujudga keldi hamda ularning har biri o‘ziga
xos sug‘urta obyektlari va shartlariga ega bo‘ldi. Ularning ko‘pchiligi
mol-mulkni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Bundan tashqari,
tibbiyot transporti va boshqa sug‘urta kompaniyalari mavjud bo‘lib,
ularning ko‘pchiligi xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ish olib
borishmoqda. Sug‘urta faoliyatini rivojlantirish sug‘urtalanuvchilarga
har bir tashkilot haqida axborot berishni talab qiladi. Buning uchun
ma’lumotnomalarni shakllantirishi, o‘zlariga ajratilgan hollarda
sug‘urta tashkilotlari birgalikda sug‘urta bozorini tashkil qilishi lozim.
Sug‘urta summasi. Sug‘urta summasi bu obyektning qancha
miqdorda (summaga) sug‘urta qilinganligidir. Majburiy sug‘urtada
summa obyektning hajmi va ta’rifi asosida hisoblab chiqiladi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urtada esa sug‘urta summasi sug‘urta tashkiloti
tomonidan belgilanib, chipta bahosi tarkibiga kiritiladi.
Sug‘urta fondi. Sug‘urta fondi shunday pul fondiki, u kutil-
magan holatlardan ko‘rilgan zararni jismoniy va yuridik shaxs-
311
larga to‘la yoki qisman qoplash imkonini beradi. Sug‘urta fondi,
asosan, sug‘urta badallari hisobidan shakllanadi. Sug‘urtalanish
uchun sug‘urta badali to‘lanishi kerak. Sug‘urta badali milliy daroma-
dini taqsimlash va qayta taqsimlash asosida ajralib chiqib, maxsus
fond bo‘lib shakllanadi. Yuridik shaxslar, fuqarolar o‘z daromad-
larining bor qismini sug‘urta to‘lovi sifatida sug‘urta tashkilotlari
ixtiyoriga o‘tkazadilar. Sug‘urtalanganlar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta
fondiga tushadigan mablag‘larning umumiy miqdori shuncha oshadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar to‘lagan badallardan sug‘urta fondi
paydo bo‘ladi, so‘ng bu fondlar hisobidan ko‘rilgan zararlar qopla-
nadi. Ya’ni sug‘urta tashkilotlari zarar miqdoriga qarab mablag‘
ajratadi. Sug‘urtalanuvchi bu mablag‘lar hisobidan zararlarni va
uning oqibatlarini tugatishga harakat qiladi. Undan tashqari,
sug‘urta fondi faqat zarar oqibatini tugatish emas, balki ularning
oldini olish, aniqrog‘i ogohlantirish tadbirlariga ham sarflanadi.
Buning uchun sug‘urta badallari tushumlaridan ma’lum foizi
ogohlantirish fondini tashkil qilishga ajratiladi va bu fond hisobidan
har yili qator tadbirlar amalga oshiriladi.
Respublika hududida har yili majburiy va ixtiyoriy sug‘urta
badallari hisobidan ulkan sug‘urta fondlari shakllanadi. Bu fondlarning
sarflanishi, avvalo, xavf-xatarga bog‘liq. Agar sug‘urta hodisasi ro‘y
bermasa, zararni qoplashga sarflanadigan mablag‘ kam miqdorni
tashkil qiladi. Yirik miqyosda sug‘urta hodisasi sodir bo‘lsa, yetkazilgan
zararni qoplash uchun sug‘urta fondidan mablag‘ sarflashga to‘g‘ri
keladi.
Sug‘urta bozori. Sug‘urta bozori bir necha sug‘urta tashkiloti
tashabbusi bilan shakllanadi. Undagi har bir sug‘urta tashkilotining
vakili o‘z ish xonasining faoliyati taklif qiladigan sug‘urta xillari
va shartlari haqida bo‘lajak sug‘urtalanuvchilarni tanishtiradi va
shulardan birortasini tanlashga yordam beradi, lozim bo‘lib qolsa,
shu yerning o‘zida sug‘urta shartnomasini rasmiylashtiradi. Sug‘urta
bozori bir shahar, mamlakat miqyosidagina emas, balki bir necha
mamlakat doirasida xalqaro sug‘urta bozori sifatida shakllanadi
va qayta sug‘urtalash tadbirlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Mustaqillikka erishganimizga qadar O‘zbekistonda sug‘urta
bozori bir tomonlama rivojlanib keldi, chunki u davrda inson
hayoti va alohida shaxslarning mol-mulki sug‘urta qilinardi, xolos.
Undan tashqari, sug‘urta ishida davlat sug‘urta tashkilotlari mono-
polist bo‘lganligi tufayli bu sohada raqobat umuman bo‘lmagan.
Respublikamiz mustaqillikka erishib, jahon xo‘jaligiga integra-
312
tsiyalashib borganligi tufayli mamlakatimiz bozoriga kirib kelgan
chet el kompaniya va firmalariga turli-tuman sug‘urta xizmatlari
zarur bo‘lib qoldi va bunday xizmatlar rivojlangan g‘arb mamlakatlari
darajasiga muvofiq kelishi kerak edi. Shu niyatda 1993-yil 6-mayda
Oliy Majlis tomonidan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonun qabul
qilinganligi O‘zbekistonda sug‘urta bozorini jonlantirish uchun
qo‘yilgan birinchi qadam bo‘ldi, 1997-yilda sug‘urta qonunchiligidagi
muhim o‘zgarishlar tufayli davlat, hissadorlik va xususiy sug‘urta
tashkilotlari vujudga keldi. Bu esa O‘zbekistonda sug‘urta bozori
jonlanib ketishiga asos bo‘ldi. Hozirda esa yuqorida keltirilgan
tarkibiy o‘zgarishlar sababli O‘zbekiston sug‘urta bozorida «O‘zagro-
sug‘urta», «Kafolat», «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyalari,
«Madad» sug‘urta agentligi hamda turli qo‘shma sug‘urta tashkilotlari
va xususiy sug‘urta tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.
Sug‘urta bozorining subyektlari. Har qanday bozor kabi bu bozor
ham o‘z subyektlariga ega. Ular, birinchidan, o‘z manfaatlaridan
kelib chiqib, sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmatlarni sotib oluvchilar
(sug‘urtalanuvchilar), ikkinchidan, bunday xizmatlarni ishlab
chiqaruvchi va sotuvchilardir (sug‘urtalovchilar), uchinchidan,
mazkur shaxslar o‘rtasidagi vositachilar (sug‘urta agentlari va
brokerlari), to‘rtinchidan, sug‘urtalangan shaxslar, beshinchidan,
manfaatdor shaxslar (naf oluvchilar), oltinchidan, uchinchi shaxslar.
Ichki sug‘urta bozori moliyaviy tarkibini sug‘urta tashkilotlari-
ning moddiy va moliyaviy resurslari tashkil qiladi. Sug‘urta bozori-
ning asosiy vazifasi sug‘urta xizmatchilariga talabni shakllantirish
(marketing, reklama), shartnomalar tuzish va sug‘urta polislarini
sotish maqsadga muvofiq va egiluvchan siyosatni olib borish, o‘z
infratuzilmasini tartibga solish tushuniladi.
Sug‘urta bozori subyektlari xilma-xil bo‘lganligi tufayli ular
ma’lum tizim va tamoyillarga rioya qilish asosida faoliyatlarini yo‘lga
qo‘yish sug‘urta munosabatlaridagi eng muhim ishlardan biridir.
Sug‘urta turlari
Aholi hayotini aralash sug‘urtalash. Hayotni aralash sug‘urtalash
deb atalishiga sabab shuki, bunda uch xil sug‘urta javobgarligi
mujassamlashtirilgan. Ularga ma’lum yoshga yetgunga qadar
sug‘urta hodisalaridan, baxtsizlik hodisalaridan, vafot hodisalaridan
sug‘urtalash kiradi. Aholi hayotini aralash, bolalar va nikoh to‘yi
sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urtalash «O‘zagrosug‘urta» davlat
313
hissadorlik sug‘urta kompaniyasi tasdiqlagan 11-qoida shartlariga
asoslangan holda olib boriladi.
Mazkur qoida shartlari asosida «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta
kompaniyasining tarkibiy bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari bilan yoki O‘zbekistonda doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilan hayotni aralash, bolalar va
nikoh to‘yi sug‘urta turlari bo‘yicha shartnoma tuzadilar.
Hayotni aralash sug‘urtalash bo‘yicha shartnoma 16 yoshdan 70
yoshgacha bo‘lgan fuqarolar bilan 1 oydan 6 oygacha, 1 yilga, 3, 5,
10, 15, 20 yil muddatga tuziladi. Bolalar sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalash
muddatining chegarasi 18 yoshgacha etib belgilangan. Nikoh to‘yining
sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli uning muddati to‘lganda,
sug‘urtalangan shaxs nikohdan o‘tganda to‘lanadi. Kasalligi bo‘yicha
I guruh nogironlari bilan sug‘urta shartnomalari tuzilmaydi.
Fuqarolarni qo‘shimcha nafaqaga sug‘urtalash. Fuqarolarni
qo‘shimcha nafaqaga sug‘urtalash shartnomasi sug‘urta tashkiloti
bilan sug‘urtalanuvchi o‘rtasida sug‘urtalanuvchining belgilangan
shakldagi yozma arizasi asosida tuziladi. Bunday shartnomalar
25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 20 yoshdan 55 yosh-
gacha bo‘lgan ayollar bilan tuziladi. Sug‘urtalanuvchining xohishi
bilan sug‘urta muddati davomida bir necha marta shartnoma
tuzilishi mumkin. Qo‘shimcha nafaqaga sug‘urtalangan fuqaro
sug‘urta muddati davomida va qo‘shimcha nafaqa olish davrida
baxtsiz hodisalardan ham sug‘urtalangan hisoblanadi.
Nafaqaga chiqqungacha o‘tgan davr sug‘urta muddati deb
aytiladi. Bu muddat tugagach, agar sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
hamma badallar to‘langan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchiga nafaqa
yoshiga to‘lgandan so‘ng umrining oxirigacha qo‘shimcha nafaqa
to‘lanadi. Nafaqa miqdori respublikada belgilangan eng kam
nafaqa miqdorida belgilanadi. Sug‘urta badali sug‘urtalanuvchining
yoshiga va nafaqa miqdoriga qarab belgilanadi.
Agar sug‘urtalanuvchi navbatdagi uch oy uchun badallarni to‘la-
masa, sug‘urta shartnomasi bekor qilinadi va to‘langan badallardan
15 % sug‘urta xarajatlari chegirilgan holda qaytarib beriladi. Sug‘urta
badali naqd pul yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanishi mumkin.
O‘quvchilar hayotini ko‘ngilsiz hodisalardan sug‘urtalash.
Sug‘urtaning bir turi bo‘yicha sug‘urta shartnomasi kunduzgi mak-
tab o‘quvchilarini ko‘ngilsiz hodisalardan sug‘urtalash maqsadida
o‘quvchining ota-onasi, qarindoshlari va ayrim yuridik shaxslar
bilan tuziladi. Sug‘urta badallarini to‘lashda ota-onalar bilan birga,
314
korxona va tashkilotlar hamda maktablar o‘z mablag‘lari hisobidan
naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan ishtirok etishlari mumkin.
Sug‘urta badali sug‘urta pulidan 0,5 % miqdorida belgilanadi.
Kasalligi tufayli vafot hodisasidan sug‘urta qildirsa, 2 % miqdorida
badal to‘lanadi. O‘quvchilar sug‘urtasi yil mobaynida o‘tkaziladi
va sug‘urta shartnomasi 1 yil muddatga tuziladi. Sug‘urta puli
miqdor jihatidan chegaralanmaydi. Sug‘urta hodisalari yuz
berganda davolash bilan bog‘liq bo‘lmagan tashxis qo‘yish, davolash
va oldini olish chora-tadbirlarining yomon oqibatlari uchun
sug‘urta qoplamasi to‘lanmaydi. Sug‘urta qildirilgan shaxsning
vafoti munosabati bilan sug‘urta qoplamasi to‘lash Fuqarolik
kodeksi me’yorlari asosida amalga oshiriladi.
Òibbiyot sug‘urtasi. Ma’lumki, insonning eng asosiy boyligi
uning salomatligidir, biroq, inson hayoti, uning doimo sog‘-omon
yurishi tabiiy kafolatlanmagan, ya’ni u turli kasalliklar tufayli og‘ir
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolga tushib qolishi mumkin. Shuning uchun
inson o‘z salomatligini saqlashi, kasallikka chalinganda davolanish
imkoniyatiga ega bo‘lishi, boshqalarga muhtoj bo‘lmaslik chora-
tadbirlarini ko‘rib qo‘yishi lozim. Uni amalga oshirishda tibbiyot
sug‘urtasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Boshqa sug‘urta
qilish turlari kabi tibbiyot sug‘urtasi ham sug‘urta idorasi bilan
sug‘urtalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali amalga oshiri-
ladi. Òibbiyot sug‘urtasi sug‘urtalanayotgan shaxsning o‘z hisobi-
dan, ishlayotgan korxonasi yoki boshqa moliyaviy imkoniyatlar
tomonidan tuzilishi mumkin.
Òadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda
tadbirkor foydani kam olishi yoki umuman ololmay qolishdan, zarar
ko‘rishdan, tuzilgan shartnomalarning turli sabablarga ko‘ra
buzilishidan, keladigan pulning vaqtida tushmasligidan, savdo-
sotiqning uzilib qolishidan, yo‘l hodisasidan keladigan zararlardan
sug‘urtalanadi. Òadbirkorlik sug‘urtasi tadbirkorlarning bozor raqobati
va turli baxtsiz hodisalar keltiradigan zararlar oqibatida xonavayron
bo‘lib ketmasligi uchun himoya vositasidir.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urta qilish. Qishloq xo‘jaligi
ekinlari hosilini sug‘urtalash sug‘urta to‘lovini hisoblashdan boshla-
nadi. Buning uchun dastlab uch ko‘rsatkichni aniqlash talab etiladi:
1. Joriy yil uchun bir gektar ekin maydonidan olinishi rejalash-
tirilgan hosil. Bunda hosildorlik miqdori keyingi uch yil ichida
olingan haqiqiy hosildorlikdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
315
2. Mahsulot sotish narxi.
3. Ekin maydoni hajmi.
Bunda har bir ekin hosilining qiymati alohida hisoblanadi.
Agar mazkur yilda rejalashtirilgan hosil so‘nggi uch yilda haqiqiy
o‘rtacha hosildorlikdan ortiq bo‘lsa, sug‘urta to‘lovlari o‘rtacha
uch yillik hosildorlik bo‘yicha hisoblanadi. Ko‘rsatilgan uch
ko‘rsatkich aniqlanganidan keyin sug‘urta to‘lovlari «O‘zagro-
sug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan belgilangan stavkalar
asosida aniqlanadi. Bu stavkalar viloyatlar bo‘yicha tarmoqlash-
tiriladi. Masalan, Farg‘ona viloyatida stavka sug‘urta puliga nisbatan
paxta 8—12 %, yem-xashak 3—5 %, silos ekinlari 15—25 % va
texnika ekinlari 20—30 % belgilangan.
Shartnomada ko‘rsatilganidek, sug‘urta to‘lovi kelib tushgan
kuni sug‘urta polisi beriladi. Polis olingan kunidan boshlab ekinlar
sug‘urtalangan hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urtalash. Qishloq xo‘jaligi
hayvonlarini yuqumli kasalliklar natijasida nobud bo‘lishdan, o‘latdan,
majburiy so‘yishdan ixtiyoriy sug‘urta qilinadi. Bu sug‘urtaga:
a) qoramollar, qo‘y-echkilar (6 oylikdan boshlab), uy parrandalari;
b) otlar, tuyalar, eshaklar va xachirlar 1 yoshdan boshlab;
d) asalari oilalari qutida;
e) cho‘chqalar va quyonlar 4 oylikdan boshlab sug‘urtalanadi.
Asosiy chorva mollari sifatida qishloq xo‘jaligi korxonasining
balansida turuvchi (01 hisob) hayvonlarining sug‘urta puli ularning
joriy yil 1-yanvardagi qiymati bo‘yicha belgilanadi. Sug‘urta to‘lovlari
stavkalari «O‘zagrosug‘urta» sug‘urta kompaniyasi tomonidan
mollarning har bir turiga ko‘ra tasdiqlangan foizlarda belgilanadi.
Sug‘urta qilingan hayvonlar nobud bo‘lganda sug‘urta qoplamasining
miqdori shartnomada ko‘rsatilganidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
16.4. Sug‘urta kompaniyasi
Sug‘urta kompaniyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Sug‘urtaning majburiy va ixtiyoriy turini amalga oshirish,
sug‘urtalanuvchilarning manfaatlarini to‘laroq qondira oladigan
sug‘urtaning yangi xillarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etib borish;
2. Ogohlantirish vazifasini bajargan holda sug‘urta obyektlarini
zararlanishi va nobud bo‘lishdan asrash tadbirlarini amalga oshirish;
3. O‘z mablag‘larini investitsiya va tijorat faoliyatining muhim
tarmoqlariga joylashtirishga harakat qilish va shu bilan birga kredit
berish asosida o‘ziga tegishli qoidalarini to‘ldirib borish;
316
4. O‘z faoliyatini amalga oshirishda respublika vazirliklari, idoralari
va boshqa sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
5. Sug‘urtaning axborot funksiyasi asosida reklama va maslahat
xizmatlarini ko‘rsatish.
Kompaniya, asosan, quyidagi sug‘urta turlarini amalga oshiradi:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari va aholisini majburiy sug‘urtalash,
ya’ni:
a) tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga
ajratiladigan kreditlarning qaytarilishi uchun qishloq xo‘jaligi
korxonalarining javobgarligini sug‘urta qilish;
b) mahsulotlarni yetishirish uchun avans tariqasida beriladigan
va fyuchers kontraktlari bo‘yicha mablag‘lar qaytarilishini sug‘urta
qilish;
d) qishloq aholisiga tegishli mol-mulklarni sug‘urta qilish;
e) garovga qarzga qo‘yilgan mol-mulkni sug‘urta qilish;
f) transport egalarining fuqarolik javobgarliklarini sug‘urta qilish.
2. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini ixtiyoriy sug‘urta qilish, ya’ni:
a) ekinlar hosilini sug‘urta qilish;
b) ekinlarni qayta ekishni va ola chiqqan ekinlarni butlashni
sug‘urta qilish;
d) chorva mollarini sug‘urta qilish;
e) asosiy vositalarni sug‘urta qilish;
f) tabiiy pichanzorni, yaylovlarni va tut bargini sug‘urta qilish;
g) pillani sug‘urta qilish;
h) bog‘lar va uzumzorlar hosilini do‘l urishidan sug‘urta qilish;
i) korxonalar, dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklarining mol-
mulkini sug‘urta qilish;
j) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
jo‘natiladigan yuklarni sug‘urta qilish.
Sug‘urta kompaniyalari naqd pulsiz shakllardan oddiy va egasi
yozilmagan aksiya chiqaradigan cheklanmagan miqdorda sug‘urta
fondlari tashkil qilish huquqiga ega. Nizom fondining 25 % i
zaxira fondlari daromadi hisobidan tashkil qilinadi. Bundan
tashqari, kompaniya o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa
fondlar ham tashkil qiladi.
O‘zbekistonda shunday kompaniyalardan biri — bu «Kafolat»
davlat hissadorlik sug‘urta kompaniyasidir. Bu sug‘urta kompaniyasi
1997-yil 14-martda tashkil etilgan bo‘lib, dastlabki ustav kapitali
500 mln so‘m qilib belgilangan. Asosan, shahardagi yuridik va jismoniy
shaxslarga majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmati ko‘rsatadi.
317
Kompaniya vazifalari quyidagilardan iborat:
a) shaharlarda aholi hayotini, salomatligini va mol-mulkini
sug‘urta qilish;
b) korxonalar, tashkilotlar va muassasalar mol-mulkini sug‘urta
qilish;
d) yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy va tadbirkorlik
tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish;
e) qonunda ko‘zda tutilgan sug‘urtaning majburiy turlarini
amalga oshirish;
f) qo‘shimcha sug‘urtalash va qayta sug‘urta operatsiyalarini
amalga oshirish, sug‘urtaviy maslahat xizmatini ko‘rsatish;
g) mahalliy sharoitni hisobga olib sug‘urtaning yangi turlarini
joriy qilish.
1. Korxonalar javobgarligi va mol-mulkini ixtiyoriy sug‘urta qilish.
Shaharlarda joylashgan davlat, xususiy, qo‘shma va kichik korxona
hamda tashkilotlarning javobgarligi va mol-mulkini sug‘urta qilish.
2. Sug‘urtaning qonunchilik hujjatlarida va hukumat qarorlarida
nazarda tutilgan majburiy turlarini sug‘urta qilish.
«O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi
1997-yil fevraldan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu kompa-
niya 1994-yil 21-yanvarda «O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompa-
niyasining mulkiy va nomulkiy huquq hamda majburiyatlari
bo‘yicha haqiqiy vorisidir. Dastlabki ustav kapitali 60 mln AQSH
dollari etib belgilangan. Uning asosiy vazifasi respublikada eksport
o‘sishini yanada rag‘batlantirish, o‘zbekistonlik eksportchilarni
sug‘urtaviy himoyalash, xorijiy mamlakat investorlari bilan aloqa
qiluvchi o‘zbek investorlarining faoliyatini kuchaytirish, iqtiso-
diyotning ustuvor tarmoqlariga jalb etilayotgan chet el investorlarini
kompleks sug‘urtaviy himoya qilish. Ushbu kompaniyaning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri shuki, u investorlarni faqat iqtisodiy
xatardangina emas, balki siyosiy xavf-xatardan ham himoya qiladi.
«Madad» sug‘urta agentligi. «Madad» sug‘urta tashkiloti ixtisos-
lashgan sug‘urta tashkiloti bo‘lib, uning asosiy maqsadi xususiy
tartibda ish olib boruvchi kichik va xususiy biznesni qo‘llab-
quvvatlash, tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish bilan aloqador
va sug‘urtaning boshqa xillarini amalga oshirishdan iboratdir.
Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash;
2. Fermer xo‘jaligini rivojlantirish;
3. Binokorlik va binokorlik industriyasi, mahalliy sanoat,
turizm, xizmat ko‘rsatish doiralari taqdim qilinadigan investitsiya
318
loyihalarini baholash va ekspertizadan o‘tkazib, biznes fond
hisobidan xususiy tadbirkorlarga va kichik biznesga yengil shartlar
bilan kredit berishga tavsiya qilish kabilar.
Shu bilan birga bu agentlik yengil shartlar asosida tadbirkorlikni
sug‘urta qiladi, o‘z vaqtida qaytarilmaydigan kreditlarni undirishga
yordam beradi. Xorijiy investorlarni sug‘urta jihatidan himoya
qilishni va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. «Madad» sug‘urta
agentligi taqdim qilingan loyihalarni ko‘rib chiqish va xaridorlarga
qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 10 dan ortiq konsalting
firmalari bilan hamkorlikda ish olib boradi. Agentlik respublikada
13 ta firmasiga egadir.
Xususiy sug‘urta tizimi. Jahon sug‘urta tizimida faoliyat
ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlariga e’tibor bersak, ularni quyi-
dagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) barcha tabaqadagi fuqarolarga xizmat qiluvchi, aksiyalari birja
va boshqa yo‘llar bilan sotiladigan erkin sug‘urta kompaniyalari;
2) xususiy hissadorlik sug‘urta kompaniyalari;
3) davlat sug‘urta kompaniyalari;
4) o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari;
5) ayrim sanoat va savdo tarmoqlariga xizmat qiluvchi
ixtisoslashgan sug‘urta tashkilotlari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish munosabati bilan O‘zbekistonda
davlat sug‘urta tashkilotlari bilan birga qator xususiy hissadorlik
sug‘urta tashkilotlari ish boshladi. Ularning faoliyati sug‘urtalash
shartlari va sug‘urtani tashkil qilish yo‘llari bo‘yicha davlat sug‘urta
tashkilotlaridan farq qiladi. Ularning bu yo‘nalishlari va xususiyat-
lari bozor iqtisodiyoti talablariga ko‘proq javob beradi.
Bunday xususiy sug‘urta tashkilotlarini barpo qilish uchun
ta’sischilar ixtiyorida bir necha o‘n million so‘m mablag‘ bo‘lishi
va bu haqda alohida ruxsatnoma olinishi kerak. Ular davlat sug‘urta
tashkilotlaridan alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Masalan,
agar davlat sug‘urta tashkilotlari sug‘urta obyektlari asosida chegara-
langan bo‘lsa, xususiy sug‘urta tashkilotlari o‘z sug‘urta obyektlarini
o‘zida belgilaydilar va uni o‘z nizomlarida ko‘rsatadilar.
Undan tashqari, sug‘urta mablag‘larining manbalari faqat sug‘ur-
talanuvchilar badallaridan iborat bo‘lib qolmay, ta’sischilarning
mablag‘lari bo‘lishi yoki sug‘urta tashkiloti ixtiyorida bo‘sh turgan
mablag‘lardan xo‘jalik ishlarida ishlatish asosida olingan foyda,
aksiyalarini sotishdan daromad va boshqa sug‘urta tashkilotlarining
qayta sug‘urtalash bo‘yicha to‘planadigan mablag‘laridan iborat
bo‘lishi mumkin.
320
boshqalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz
majburiyatlariga joylashtiradilar. Bu esa banklarni moliya bozorida
o‘zining qarz majburiyatlarini chiqarmay faoliyat yurgizuvchi
moliyaviy brokerlar va dilerlardan ajratib turadi.
Ikkinchidan, banklar yuridik va jismoniy shaxslar oldida qarzni
belgilangan summasiga doir majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladilar.
Masalan, mijozlar mablag‘larni hisob raqamlariga va boshqa
qo‘yilmalariga joylashtirayotganda, depozit sertifikatlarini chiqara-
yotganda va boshqa hollarda shunday qiladilar. Bu bilan banklar
o‘z aksiyalarini chiqarish orqali resurslarini joylashtiradigan turli
investitsiya fondlaridan farqlanib turadi. Qarz summasi bo‘yicha
belgilangan majburiyatlar vositachilar (banklar) uchun yuqori
darajali tavakkalchilikni ifodalaydi. Chunki bozor konyunkturasi-
dan qat’i nazar, summalar to‘laligicha qaytarilishi kerak. Investi-
tsiya fondlari esa aktivlar va passivlar qiymatining o‘zgarishi bilan
bog‘liq bo‘lgan barcha tavakkalchiliklarni o‘zining aksiyadorlari
orasida taqsimlaydi.
Banklar sho‘ba kredit muassasalarini tashkil etish huquqiga ega.
Sho‘ba bank (kredit muassasasi) bo‘lib, bosh bankning nizomiy
jamg‘armasining 50 % idan oshig‘ini o‘z foydasi hisobidan ta’minlab
beradigan bank hisoblanadi. Bosh bank bilan o‘zaro munosabatlar
ta’sis shartnomasi va sho‘ba bankning ustavi bilan tartibga solinadi.
Shu bilan birga sho‘ba bank yuridik shaxs hisoblanib, mustaqil
tijorat tashkiloti sifatida faoliyat yurgizadi. U o‘z mulkiga, jumladan,
o‘z kapitaliga ega, o‘z majburiyatlari bo‘yicha mas’uliyatlidir va
Markaziy bankda o‘zining korrespondent hisob raqamlariga egadir.
Nizom jamg‘armasini shakllantirish usuliga ko‘ra, banklar
aksiyador (ochiq va yopiq turdagi) va paychilik banklariga bo‘linadi.
Hissadorlik banklarda kapital egasi bo‘lib jamiyatning o‘zi, ya’ni
bank namoyon bo‘ladi. Payli tijorat banklarida esa bank kapital
egasi bo‘la olmaydi. Chunki har bir paychi kapitaldagi o‘z ulushiga
egalik qilish huquqini bankka bermaydi, o‘zida saqlab qoladi. Paychi
tijorat banklari mas’uliyati cheklangan jamiyat tamoyillari asosida
tashkil qilinadi. Bunda har bir ishtirokchi (paychi)ning mas’uliyati
bankning umumiy kapitaliga qo‘shgan hissasi bilan belgilanadi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tuzilgan banklar qoidaga
ko‘ra, aksiya va obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega emaslar.
Hissadorlik jamiyati sifatida faoliyat yurgizayotgan banklarda
nizom jamg‘armasi ma’lum miqdordagi aksiyalarga bo‘lingan bo‘ladi.
Hissadorlik banklari ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin. Òijorat
321
banki faoliyatini «boshqarma» boshqaradi. Boshqarma hissadorlar
umumiy yig‘ilishi va bank kengashi oldida javobgar hisoblanadi.
Bank daromadi va uni joylashtirish. Bank daromadlari berilgan
kreditlar uchun undirilgan foizlardan, valuta bozoridagi opera-
tsiyalardan olingan daromadlardan, hisob-kitob xizmati ko‘rsatish
daromadlaridan va boshqa turdagi daromadlardan tashkil topadi.
Foiz darajasi va xizmatlar baholari mijozlar va xaridorlar bilan
kelishilgan holda belgilanadi.
Bank daromadlaridan xarajatlar chegirib tashlangan bankning
balans foydasi hosil bo‘ladi. Barcha soliq to‘lovlari bajarilgach,
qoladigan sof foydaning taqsimoti tartibi bank ustavida belgilab
beriladi. Odatda, bank ixtiyorida qolayotgan foydaning bir qismi
aksiyalarga dividend sifatida to‘lanib, qolgan qismi iqtisodiy
rag‘batlantirish fondlariga yo‘naltiriladi (ishlab chiqarish va ijtimoiy
taraqqiyot fondi hamda moddiy rag‘batlantirish fondi, zaxira fondi).
Òijorat banklarining faoliyati tamoyillari. Òijorat banklari
faoliyatining birinchi va asosiy tamoyili bo‘lib, real mavjud resurslar
chegarasida ish yuritish hisoblanadi. Òijorat banklari boshqa banklar
foydasi uchun naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirishi, boshqa
banklarga kredit berishi va naqd pullarni qabul qilishi mumkin.
Bu operatsiyalarni bank o‘z korrespondent schotida qoldiq mab-
lag‘lar chegarasida amalga oshiradi.
Real mavjud resurslar chegarasida ish olib borish deganda, tijorat
banki nafaqat o‘z resurslari va kredit qo‘yilmalar orasida muvozanatni
ta’minlashi, balki bank aktivlari xarakteri jalb qilingan resurslarning
o‘ziga xos xususiyatiga mos kelishiga erishmog‘i kerak. Bu, birinchi
navbatda, kredit berish va olish muddatiga tegishlidir. Agar bank
mablag‘larni qisqa muddatga jalb qila turib, ularni uzoq muddatli
ssudalarga joylashtiradigan bo‘lsa, u holda uning majburiyatlari
bo‘yicha to‘lov qobiliyati xavf ostida bo‘lib qolishi mumkin.
Òijorat banklari faoliyatining ikkinchi tamoyili bo‘lib, to‘la
iqtisodiy mustaqillik hisoblanadi. Bunday iqtisodiy mustaqillik o‘z
mablag‘lari va jalb qilingan resurslarning erkin ishlatilishida, mijoz-
larni tanlashda, soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan daromaddan
o‘z ixtiyoricha foydalanishda ifodalanadi.
Amal qilayotgan bank qonunchiligi barcha tijorat banklariga
o‘z fondlari va daromadlarini o‘zlari tasarruf etishda iqtisodiy
erkinlik yaratib berdi. Soliqlar to‘langandan so‘ng qoladigan
daromadlar hissadorlar umumiy majlisining qarori bilan taqsim-
lanadi. U bankning turli fondlariga ajratmalar me’yori va hajmini,
322
shuningdek, aksiyalar bo‘yicha dividendlar miqdorini belgilaydi.
Òijorat banki o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga tegishli bo‘lgan
barcha mablag‘lar va mulklar bilan javob beradi. U olib borayotgan
moliyaviy operatsiyalarda tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil shundan iboratki, tijorat bankining mijozlari bilan
o‘zaro aloqasi oddiy bozor munosabatlari sifatida o‘rnatiladi. Ssudalarni
bera turib, tijorat banki, birinchi navbatda, foydalilikning, tavakkal-
chilikning va aylanuvchanlikning bozor mezonlariga asoslanadi.
Òijorat banklari faoliyatining to‘rtinchi tamoyili bu uning faoliyatini
tartibga solishda ifodalanadi, buni u faqat bilvosita iqtisodiy uslublar
orqali amalga oshiradi. Davlat tijorat banklari uchun «o‘yin qoida-
lari»ni aniqlab beradi, lekin ularga buyruq bera olmaydi.
16.6. Markaziy bank va uning vazifalari
O‘zbekiston Respublikasida ikki pog‘onali bank tizimi mavjud:
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki — birinchi pog‘onasi;
• O‘zbekiston Respublikasidagi hissadorlik tijorat banklari —
ikkinchi pog‘ona hisoblanadi.
Markaziy bank iqtisodiyotni boshqarish va bank tizimini nazorat
qilishda juda katta ahamiyatga ega. Shu sababli uning faoliyati
maxsus qonun bilan tartibga solinadi.
Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• monetar siyosat va valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
• O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarni samarali tashkil
etish va ta’minlash;
• O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta zaxiralarini,
shuningdek, hukumat zaxiralarini kelishuvga ko‘ra saqlash va
boshqarish;
• Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat budjetining kassa
ijrosini tashkil etish;
• emissiya faoliyati bilan shug‘ullanish, bu eng qadimgi va eng
muhim vazifalardan biridir;
• tijorat banklari kassa zaxiralarini joylashtirish va saqlab berish;
• rasmiy oltin, valutalarni saqlash;
• hisob-kitoblarni va pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirish;
• nazorat qilish vazifasi.
Demak, Markaziy bank mamlakat moliya-kredit tizimining
barqaror ishlashini ta’minlovchi, davlat iqtisodiy siyosatining
moliya-pul sohasi bo‘yicha mas’ul moliyaviy muassasadir.
323
16.7. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlashda
banklarning roli beqiyosdir. Chunki banklarning iqtisodiyot barcha
subyektlari o‘rtasidagi vositachilik vazifasi alohida ahamiyatlidir.
Iqtisodiyot subyektlari faoliyatlari bozor munosabatlari sharoitida
tavakkalchilik va noaniqliklar darajalarining yuqoriligi bilan bog‘liq.
Shundan kelib chiqqan holda mamlakatimiz banklarining muhim
vazifalaridan biri kreditda vositachilik qilishdir. Bu vazifani banklar
korxonalar fondlarining aylanishi jarayonida vaqtincha bo‘sh qol-
gan mablag‘larni taqsimlash yo‘li orqali bajaradi.
Banklarning ikkinchi muhim vazifasi — xo‘jalikda jamg‘ar-
malarni rag‘batlantirishdir. Banklar moliya bozorlarida kreditlarga
talab bilan chiqish orqali xo‘jalikda mavjud bo‘lgan jamg‘armalarni
yuqori darajada joylashtirib qolmay, balki joriy iste’molni chegara-
lash asosida mablag‘larni jamg‘arishga samarali rag‘batlar yaratadi.
Jamg‘armalarga bo‘lgan rag‘batlar tijorat banklarining izchil depozit
siyosati asosida jamlanadi. Jamg‘armalarga yuqori foizlardan
tashqari bank yana o‘z kreditorlariga bankka qo‘ygan mablag‘larni
ishonchli kafolatlash uchun xizmat qiladi. Depozitlarni sug‘urtalash
bilan birga mijozlar uchun bank faoliyati va u bera oladigan kafolatlar
haqida axborotlarga ega bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.
Banklarning yana bir muhim vazifasi alohida mustaqil subyekt-
lar o‘rtasidagi to‘lovlarda vositachilik qilishdir. Xalq mulkiga davlat
monopoliyasi sharoitida barcha subyektlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar
faqat yagona davlat banki orqali amalga oshiriladi.
Fond bozorining shakllanishi munosabati bilan tijorat banklari-
ning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarida vositachilik qilish
vazifasi rivojlanib bormoqda. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida
vositachi sifatida faoliyat yurgizadigan investitsiya institutlari sifa-
tida, investitsiya maslahatchisi, investitsiya kompaniyasi va investi-
tsiya fondi sifatida ishtirok etishi mumkin. Banklar moliyaviy bro-
ker sifatida faoliyat qilish orqali qimmatli qog‘ozlarni sotish va
sotib olishda vositachi vazifalarni bajaradi.
Investitsiya maslahatchisi sifatida bank o‘z mijozlariga qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish va muomalada bo‘lishi yuzasidan maslahat
xizmatlarini ko‘rsatadi. Agar bank investitsiya kompaniyasi rolini
bajarsa, u holda bank qimmatli qog‘ozlar chiqarishni tashkil etish
va uchinchi shaxs foydasiga ularni joylashtirish bo‘yicha kafolatlar
324
berish, qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan sotish
va sotib olishni amalga oshiradi. Agar bank o‘z resurslarini o‘z
nomidan qimmatli qog‘ozlarga joylashtirsa va bu bilan bog‘liq
holda kelib chiqadigan daromadlar va zararlarni bank hissadorlari
hisobiga yuklatsa, u holda investitsiya fondi sifatida namoyon
bo‘ladi.
Shunday qilib, banklar xalq xo‘jaligi bo‘g‘inlarining takror ishlab
chiqarish jarayoni bir maromda borishi uchun moliyaviy shart-
sharoitlar yaratadilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida banklarning
faoliyati, ayniqsa, kuchayishi, takomillashib borishi darkor.
O‘zbekistonda bank faoliyati rivojlanishining hozirgi kundagi
holati Prezident I. A. Karimovning «Iqtisodiyotni erkinlashtirish —
farovonlik poydevori» ma’ruzasida tahlil etilgan, unda ta’kidla-
nadiki, bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatini zamonaviy keng
tarmoqli, texnik jihatdan mukammal bank-moliya tizimisiz tasav-
vur qilish mumkin emas.
Bugungi kunda respublikamiz bank tizimini isloh qilish, ularga
yanada ko‘proq mustaqillik berish, banklarning o‘z aktivlarini va
ustav fondini ko‘paytirish, sarmoyalash imkoniyatlarini oshirish
muammolariga katta e’tibor berilyapti. Òijorat banklari kapitalini
yanada oshirish va aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish
jarayoni faollashdi.
Mamlakatimizda chet el sarmoyalari ishtirokidagi qo‘shma
banklar tarmog‘i keng faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yurti-
mizda Osiyo taraqqiyoti banki, «Doychebank», «Cheyzmanxetten-
bank», «Kredit servis» kabi 16 ta xalqaro va xorijiy banklarning
vakolatxonalari ochilib, respublikamiz bank tizimi bilan mustahkam
hamkorlik asosida ish olib borilmoqda.
16.8. Pul muomalasi
Iqtisodiyot nazariyasi pulning uch asosiy vazifasi borligini
asoslab beradi:
1. Pul qiymat o‘lchovi vazifasini bajarganda tovarlar va
xizmatlarga sarflangan mehnatning qiymatini o‘lchaydi va u narxda
ifodalanadi. Demak, pul tovarlar va xizmatlarning qiymatini
umumlashgan holda ifoda etadi.
2. Pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Bunda pul tovarlar
va xizmatlar oldi-sotdi jarayonida vositachilik qiladi. Bunda
odamlarga muomalaga kirishlarida vositachilik qilganini ko‘ramiz.
325
3. Pul jamg‘arish vositasi vazifasini bajarganda odamlarga boylik
to‘plashiga xizmat qiladi. Chunki pul boylikning asosiy shakli
hisoblanadi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, pul va u bilan bog‘liq
munosabatlarni tahlil qilish iqtisodiyot nazariyasi fanining eng
muhim sohasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul to‘xtovsiz harakatda bo‘lib,
tovarlar va xizmatlarni oldi-sotdi qilish jarayonida ular uchun
to‘lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyat-
larni to‘lashda pul muomala vositasi sifatida harakat qilib aylanib
turadi. Bu pul muomalasi deyiladi.
Pul muomalasi naqd va naqd bo‘lmagan pullar yordamida
amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga banknotlar va metall
tangalar davlat markaziy banki tomonidan kiritiladi. Naqd pulsiz
hisob-kitoblar plastik kartochkalar, cheklar, kredit kartochkalari,
veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabi turli pul agregat-
lari orqali amalga oshiriladi.
Muomalaga chiqariladigan pulning miqdori har bir mamlakat
iqtisodiyotining holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, taraqqiy etgan
mamlakatlarda, jumladan, AQSH va Yaponiyada katta, iqtisodiyoti
kichik mamlakatlarda kam miqdorda pul talab qilinadi. Ammo
pul muomalasi qonuniga ko‘ra, iqtisodiyotning talabi aniq ilmiy
asoslangan hisob-kitoblar formulasiga tayangan holda tashkil
qilinishi kerak. Pul emissiyasi bilan davlat shug‘ullanadi. Pul
emissiyasini mamlakat iqtisodiyotining pulga bo‘lgan talabi
belgilaydi. Iqtisodiyot uchun zarur pul miqdori ikki holatga bog‘liq:
1. Sotish uchun bozorga chiqarilgan tovar va xizmatlarning
pulga chaqilgan miqdori.
2. Pulning aylanish tezligi. Bu pul birligining yil davomida
necha marta oldi-sotdiga xizmat qilganini va «qo‘ldan qo‘lga»
o‘tib banklarga tushib qaytib yana aholiga chiqarilganligini bildiradi.
Iqtisodiyotga kerakli pul miqdori ma’lum omillar ta’sirida bo‘lib,
uni maxsus iqtisodiy qonun, ya’ni pul muomalasi qonuni belgilaydi.
Pul muomalasi qonuniga ko‘ra, muomalada bo‘lgan pul miqdori
sotiladigan tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri
mutanosib, pul harakatining tezligiga esa teskari mutanosibdir.
Boshqacha aytganda, tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa va ularning
narxi yuqori bo‘lsa, shunchalik ko‘p pul talab qilinadi va, aksincha,
qanchalik pul tez harakat qilsa, tovarlar ko‘paygan chog‘da ham,
ular narxi past bo‘lsa, shunchalik pul kam talab qilinadi, chunki
326
oz miqdordagi pul bilan ham ko‘p ishni bajarish mumkin bo‘ladi.
Bunday bog‘liqlikni quyidagi formulada ifoda etish mumkin:
,
V Q
Z
O
⋅
=
bu yerda, Z — muomala uchun zarur pul miqdori; V — tovarlar
va xizmatlarning o‘rtacha narxi; Q — sotiladigan barcha tovarlar
va xizmatlar miqdori; O — pulning aylanib turish tezligi.
Pul aylanishini tezlatish pul operatsiyalarini o‘tkazish texnika-
siga bog‘liq. Bu operatsiyalar banklarda amalga oshiriladi. Shuning
uchun respublikamizda plastik kartochkalarning joriy etilishi juda
muhim ahamiyat kasb etadi.
16.9. Inflatsiya va uning sabablari
Iqtisodchi olimlar iqtisodiyotni xuddi odam organizmiga
o‘xshatadilar. Pul shu organizm, ya’ni iqtisodiyotning qoni sifatida
uning hamma hujayralariga oziqa berib, hayot baxsh etib yuradi.
Iqtisodiyot sog‘lom bo‘lishi, rivojlanib borishi uchun sog‘lom,
yetarli miqdorda pul bo‘lishi zarur. Sog‘lom pul deganda, bu qadri
barqaror, keragidan ortiq ham, kam ham bo‘lmagan pul tushu-
niladi. Agar shunday bo‘lmasa, bu mamlakatda pul sog‘lom emas,
ya’ni inflatsiyaga uchragan deyiladi.
Inflatsiya deganda pulning keragidan ortiq muomalaga chiqa-
rilishi natijasida narxlarning to‘xtovsiz o‘sishi va pul qadrining
pasayib borishi tushuniladi. Inflatsiya davrida mamlakatda pul
miqdori sotiladigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan ortib ketadi.
Inflatsiyani bir qator sabablar keltirib chiqaradi:
1) iqtisodiyot subyektlarining o‘z xarajatlarini iqtisodiy imko-
niyatlariga nisbatan oshirib yuborishlari. Bu degani davlat, firma
va korxonalar, oilalar mavjud daromadlariga qarab sarf-xarajatlar
qilishlari kerak. Agar davlat xarajatlari ko‘payib kamomadni muo-
malaga qo‘shimcha pul chiqarish hisobidan qoplaydigan bo‘lsa,
bu pul tovarlar bilan ta’minlanmagan bo‘ladi va shu sababli pul
ko‘paygan holda tovar yetishmaydi va narx oshadi, natijada bozorda
narxlar o‘sib ketadi, pul qadri pasayadi;
2) ishlab chiqarishning qisqarishi. Ishlab chiqarish qisqarganda,
odatda, muomaladagi mavjud pul miqdori ko‘paymaydi, ammo
unga nisbatan mamlakatda tovarlar miqdori kamayadi, narx oshadi,
pul qadri pasayadi;
3) mamlakatga import qilingan tovarlar narxining ko‘tarilishi.
Bu mamlakat ichidagi o‘xshash va o‘rinbosar tovarlar narxini oshiradi.
327
Inflatsiyaning ikki turi bor:
1. Òalab inflatsiyasi. Bu holat aholi qo‘lidagi pulning ko‘pli-
gidan kelib chiqadi. Natijada odamlar tovarlarni ko‘proq xarid
qilishga harakat qilishadi.
2. Òaklif inflatsiyasi. Bunda bozorlarda resurslar qimmatlashadi,
xarajatlar oshib, foyda kamayadi. Ishlab chiqaruvchilarning tovar
ishlab chiqarishni ko‘paytirishga intilishi pasayadi, qiziqmay
qo‘yadilar. Natijada tovarlar taklifi kamayadi, narxlar esa o‘sib ketadi.
Inflatsiyaning uzoq davom etishi iqtisodiyotning inqirozga
uchrashiga olib kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun inflatsiya
darajasini aniqlash zarur bo‘ladi. Inflatsiya darajasi quyidagi for-
mula bilan aniqlanadi:
1
2
100
.
V
J
V
=
⋅
Inflatsiya darajasi ko‘rsatkichi (J) oldingi davrdagi narx o‘sishini
(V
1
) keyingi davrdagi narx o‘sishi (V
2
)ga bo‘lish yo‘li bilan to-
piladi. Agar V
1
=30, V
2
=120 bo‘lsa, bunda J = 25 % bo‘ladi.
Giperinflatsiya. Bu holat kuchli inflatsiya deyiladi va u chuqur
iqtisodiy inqirozlar davrida kelib chiqadi. Bu holatda inflatsiya
darajasi oyiga 50 % va undan ortiq ham bo‘lishi mumkin.
16.10. Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari
Inflatsiya vaqtida pul qadrsizlanganligi uchun kishilarda qo‘r-
quv va sarosima paydo bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilar xavotirlan-
ganidan ishlab chiqarishni kengaytirishdan manfaatdor bo‘lmay-
dilar, chunki ular sarflagan pullarning qaytib kelgunicha o‘z qadrini
yo‘qotib qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Bu inflatsiyaning iqtisodiy
oqibati deyilishi mumkin.
Inflatsiya sharoitida ma’lum miqdordagina qat’iy daromadga
ega bo‘lgan nafaqaxo‘rlar, stipendiya, qat’iy belgilangan ish haqi
oluvchilar turmushi yomonlashadi, ular kambag‘allashib ketadilar.
Inflatsiya davrida narxlarning oshib borishi, odamlarning pul
daromadining oshmasligi yoki narxga nisbatan sekinroq oshib
borishi odamlar tomonidan tovarlarni oldingidan kam sotib olishi
va oz iste’mol qilishiga olib keladi. Bu holat inflatsiyaning ijtimoiy
oqibati sifatida qaraladi.
Inflatsiyani bartaraf etish yo‘llari «Iqtisodiyot nazariyasi» fani
tomonidan o‘rganiladi. Inflatsiyani bartaraf etish uchun davlat
tomonidan bir qator chora-tadbirlar qo‘llaniladi:
328
1. Pul emissiyasi to‘xtatiladi. Natijada pul miqdori tovarlar va
xizmatlar narxining miqdoriga moslasha boradi, narxlar sekin o‘sadi
va so‘ngra o‘sishdan to‘xtaydi.
2. Ishlab chiqarishning o‘sishi rag‘batlantiriladi. Ishlab chiqa-
rishni jonlantirish uchun davlat uni rag‘batlantirishga e’tibor beradi.
Davlat tadbirkorlarga, korxonalar va firmalarga past foiz bilan
qarz beradi, soliqlar kamaytiriladi, eksport-import ishlari bo‘yicha
imtiyozlar joriy etiladi, natijada ishlab chiqarish rivojlanadi, tovarlar
ko‘payadi, pul qadri barqarorlashadi.
3. Aholining puli banklarga jalb etiladi. Inflatsiyani bartaraf
etishda bu tadbir ham yaxshi samara beradi. Buning uchun aholi-
ning pulini uyida saqlamay, bankka qo‘yishi uchun omonatlarning
foiz stavkalari oshirilishi zarur bo‘ladi. Buning natijasida uyda
saqlanayotgan pulni aylanmaga kiritish hisobidan ortiqcha pul
chiqarmay turib, davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlarni to‘lov
vositasi bilan ta’minlashga erishadi.
Muomalada pulning yetishmasligi va uning oqibatlari. Pulning
yetishmay qolishi xo‘jalikdagi to‘lov operatsiyalarini sekinlashtirib,
hatto to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Firmalar tovarlarini o‘z vaqtida
sota olmaydilar, kerakli resurslarni ololmay qoladilar, ish haqini,
soliqlarni vaqtida to‘lay olmaydilar. Pul yetishmasligi xo‘jalikni
izdan chiqaradi.
Pul taklifining qisqarishini quyidagilar yuzaga chiqaradi,
birinchidan, narxlar oshib ketgan sharoitda mavjud pullar oldi-
berdi uchun kamlik qiladi. Hatto tovarlar miqdori kamaygan vaqtda
ham narxlarning o‘sishi pulga talabni kuchaytirib yuboradi. O‘zaro
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun pulning yetishmay qolishi
to‘lov inqirozi deyiladi.
Korxonalar va firmalar sotgan tovarlari haqini undira
olmaydilar. Bunday paytda debitorlik qarzi kelib chiqadi. Firmalar
sotib olgan tovarlari uchun boshqalarga pul to‘lay olmay qolishadi.
Bu kreditorlik qarzi deyiladi. Òo‘lov inqirozi yuz berganda
firmalarda ham debitorlik, ham kreditorlik qarzi paydo bo‘ladi.
Shunday vaziyatdan chiqish uchun qo‘shimcha to‘lov vositasi
bo‘lmish veksellar chiqariladi, ular pul o‘rniga beriladi.
Shunday inqiroz holati O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgan
davrining dastlabki yillarida sodir bo‘lgan edi. Shunda respublika-
mizda bank veksellari chiqarilib, amalga kiritilishi debitorlik va
kreditorlik qarzlarining tubdan kamaytirilishiga va inqirozdan
chiqib ketish imkonini bergan edi.
329
16.11. O‘zbekistonda milliy pul tizimini shakllantirish va uni
mustahkamlash bosqichlari
Pul har qanday davlat va jamiyat hayotida, uning taraqqiy
topishida juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Pul — insoniyat tomonidan yaratilgan eng buyuk kashfiyot-
lardan biri sifatida ming yillardan buyon insonlar, davlatlar,
mintaqalarni bir-biri bilan bog‘lab kelmoqda, ular o‘rtasida nafaqat
iqtisodiy munosabatlar, balki madaniy-ijtimoiy aloqalarning avj
olishiga xizmat qilmoqda. Òarixda dastlabki pulning uch ming
yilga yaqin avval Xitoyda muomalaga kiritilgani haqida ma’lu-
motlar mavjud, qadimgi Hindistonda esa VIII asrlarda pul muoma-
laga kiritilgan
1
.
Sohibqiron Amir Òemur davrida pul muomalasi davlat tomo-
nidan muntazam tarzda tartibga solingan. Bu davrda puldan dav-
latni boshqarishdagi siyosiy murvat, xalqaro savdo-iqtisodiy aloqa-
larni rivojlantirish vositasi, davlatni moliyaviy ta’minlash manbayi
sifatida foydalanilgan, pul zarb qilish tizimlari keng rivojlangan
holda bo‘lgan
2
.
Hozirgi zamonda uning mavqeyi tobora mustahkamlanib bor-
moqda. Jahondagi barcha davlatlar o‘z iqtisodiy vaziyati, oldiga
qo‘yilgan vazifalarga mos keluvchi pul tizimini tashkil etishga hara-
kat qiladi. Zero, faqat ilmiy asoslangan, davlat va jamiyat manfaatlarini
yetarli hisobga oladigan pul tizimigina mamlakat iqtisodiy taraq-
qiyotiga xizmat qilishi, aholi turmush darajasining yuksalishiga
ko‘maklashuvi, moliyaviy jarayonlardagi salbiy holatlarning oldini
olishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 122-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
o‘z moliya va pul-kredit tizimiga egadir deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasida milliy valutani joriy etish va muo-
malaga kiritish bir necha yilni o‘z ichiga oldi hamda bosqichma-
bosqich amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining davlat mus-
taqilligi e’lon qilingan dastlabki yillarda mamlakat hududida sobiq
SSSRning 1961-yilgi pul birliklari hamda 1992-yildan boshlab,
Rossiya Federatsiyasi tomonidan joriy etilgan rubl va uning
modifikatsiyalari muomalada bo‘lib keldi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi «O‘zbekiston
1
Ñåðåáðî îãðàíè÷åííîé êîíâåðòàöèè. ÍÒÂ, 2001, ¹ 31.
2
Ôèíàíñîâàÿ è ìîíåòàðíàÿ ñèñòåìà èìïåðèè Òåìóðà. ÍÒÂ, 2001, ¹ 28.
330
Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida so‘m-
kuponlarni joriy etish haqida»gi 550-qarori bilan O‘zbekistonning
dastlabki pul birligi «so‘m-kupon» muomalaga kiritildi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi
195-qarori bilan esa O‘zbekiston hududida Rossiya banki bank-
notlari bilan muomala qilish taqiqlandi. Ushbu qarorga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi pul birligining chet el valutasiga nisbati
valuta birjalaridagi savdo paytidagi narx-navoga asosan belgilanishi
ko‘zda tutildi va bu tadbir respublikada pul muomalasi barqaror-
ligining ta’minlanishida muayyan ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi
«O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish
to‘g‘risida»gi Farmoniga ko‘ra, 1994-yil 1-iyuldan boshlab 100 so‘m-
kuponga 1 so‘m nisbati bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy
valutasi «so‘m» muomalaga kiritildi. So‘m dastavval 1, 3, 5, 10,
25, 50 va 100 so‘mlik qog‘oz pullar hamda 1, 3, 5, 10, 20, 50
tiyinlik tanga chaqalar shaklida muomalaga chiqarilgan bo‘lsa,
keyinchalik 200, 500, 1000 va 2013-yilga kelib, 5000 so‘mlik qog‘oz
pul va 1, 5, 10, 25, 50, 100 so‘mlik tanga pullar shaklida to‘ldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan milliy valuta —
«so‘m» xarid quvvatini va barqarorligini saqlab turish maqsadida
qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Pul-kredit siyosati sohasida
tuzilgan doimiy hukumat komissiyasi pul emissiyasini cheklash, naqd
pul massasining banklarga qaytib kelishini ta’minlash, pul muomalasini
izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni bartaraf etish sohalarida
izchil tadbirlarni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini pul-kredit vositalari
orqali tartibga solish O‘zbekiston Markaziy banki zimmasiga yuk-
langan. Ana shu maqsadda tijorat banklari uchun majburiy zaxira
fondlari, hisob stavkalari miqdorini belgilash, iqtisodiy normativlar
joriy etish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish
kabi ishlarni bajaradi.
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi
Qonunning 3-moddasiga muvofiq, Markaziy bankning bosh maq-
sadi milliy valuta so‘mning barqarorligini ta’minlashdan iborat deyil-
gan. Qonunning 33-moddasiga muvofiq pul emissiyasi bilan mutlaq
tarzda Markaziy bank shug‘ullanishi, yangi banknotlar uning tomo-
nidan muomalaga kiritilishi va chiqarib olinishi belgilab qo‘yilgan.
Naqd pul tushumlarini nazorat qilish va ularning o‘z vaqtida
bank muassasalariga topshirilishini ta’minlash yuzasidan bir qator
331
zarur choralar ko‘rilgan bo‘lib, ularning asosiy maqsadi naqd pul
emissiyasini cheklash, muomaladagi naqd pul massasi hajmini
kamaytirish va shu orqali pul qadrsizlanishi jarayonlarini sekinlash-
tirishdan iborat. Shu maqsadda 1998-yil 10-dekabrda 564-tartib
raqami bilan «O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida pul
muomalasi yuzasidan ishlarni tashkil qilish yo‘riqnomasi» O‘zbe-
kiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan bo‘lib,
naqd pul bilan bog‘liq bank operatsiyalarining amalga oshirilish
asoslari, shartlari, tartiblari ushbu yo‘riqnomada belgilab qo‘yilgan
(2000-yil 31-iyulda 564-2-tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan
¹ 7; 2000-yil 30-dekabrda 564-3-tartib raqami bilan ro‘yxatga
olingan ¹ 3; 2001-yil 27-oktabrda 564-4-tartib raqami bilan
ro‘yxatga olingan ¹ 4 qo‘shimchalari bilan).
Korxona va tashkilotlarda pul muomalasining tartibga solini-
shida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-mart-
dagi «Pul massasi o‘sishini cheklash chora-tadbirlari va moliya
intizomiga rioya etilishi uchun mas’uliyatni oshirish to‘g‘risida»gi
Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi.
Hozirgi paytda mamlakatimizda mahsulot, ish, xizmat uchun
haq to‘lashning rivojlangan mamlakatlarda keng rusum bo‘lgan
va fuqarolar o‘rtasida keng qo‘llaniladigan shakli — plastik kartoch-
kalar orqali hisob-kitob qilish keng targ‘ib qilinmoqda hamda
tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda. Uning mohiyati tijorat banklari
tomonidan emissiya qilinadigan elektron magnit kartochkalarga
kodlangan bank mijozi mablag‘lari hisobiga naqd pulsiz hisob-
kitobni yo‘lga qo‘yishdan iborat va maqsad-mohiyati bilan
muomaladagi naqd («tirik») pul massasini kamaytirish, shu yo‘l
bilan emissiyani, pul qadrsizlanishining oldini olish, pul muomalasi
barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Pul tizimlarining bir maromda ishlashini ta’minlashga qaratilgan
moliyaviy-texnik mazmundagi masalalar (pul belgilarini tayyorlash,
tashish, saqlash, inkassatsiya qilish, pul birliklari zaxira fondlarini
tashkil etish, zararlangan va yaroqsiz holga kelib qolgan pul birliklarini
almashtirish, yo‘qotib yuborish va boshq.) O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan qonunchilik aktlari asosida chiqariladigan
me’yoriy hujjatlar vositasida tartibga solinadi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1995-yil 25-yanvarda «Bank
muassasalarida pul tushumlarini inkassatsiyalash yuzasidan emissiya-
kassa ishlarini amalga oshirish va qimmatbaho buyumlarni tashish
tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma» tasdiqlangan.
332
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Kredit;
• kredit berish tamoyillari;
• kredit berish muddatlari;
• qisqa muddatli kreditlar;
• o‘rta muddatli kreditlar;
• uzoq muddatli kreditlar;
• sug‘urta;
1. Bo‘sh pullar va ularning qanday manbalarini bilasiz?
2. Kreditning qanday turlari bor?
4. Kreditning vazifalarini sanab o‘ting.
5. Bank nima?
6. Banklarning vazifalari nimalardan iborat?
7. Markaziy bankning funksiyalarini ayting.
8. Bank faoliyatining huquqiy asoslarini bayon eting.
9. Òibbiyot sug‘urtasi nima maqsadda tuziladi?
10. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalashda, avvalo, qaysi ko‘rsatkichlarni
aniqlash talab etiladi?
11. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini qaysi sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalaydi?
12. Sug‘urta shartnomasi tuzilgandan so‘ng qaysi vaqtdan boshlab amalga
kiradi?
13. Iqtisodiyotda pul qanday vazifalarni bajaradi?
14. Pul agregati deganda nimani tushunasiz?
15. Pul muomalasi qonuni qanday aloqadorlikni bildiradi?
16. Pulning qadri nimalar bilan belgilanadi?
17. Inflatsiyaning qanday sabablarini bilasiz?
18. Inflatsiyaning salbiy oqibatlari nimalardan iborat?
19. Pul muomalasining davlat tomonidan tashkil etilishining zarurligi va
huquqiy asoslarini aytib bering.
20. Pulning funksiyalarini sanab o‘ting.
21. Pul muomalasini tashkil etishda Markaziy bankning vakolatlari nimalardan
iborat?
• sug‘urta summasi;
• sug‘urta fondi;
• pul qiymat o‘lchovi;
• pul muomala vositasi;
• pul jamg‘arish vositasi;
• pul muomalasi qonuni.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
333
17-bob. JAHON BOZORI VA XALQARO SAVDO
17.1. Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi
Bozor iqtisodiyoti o‘z tabiatiga ko‘ra, ochiq iqtisodiyotdir.
Shuning uchun u butun jahon mamlakatlari miqyosida tovarlar
va xizmatlar bilan savdo-sotiq, umuman, keng iqtisodiy hamkor-
likni talab qiladi. Bunday hamkorlikning asosiy shaklini xalqaro
tovarlar va xizmatlar savdosi tashkil etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi klassik namoyandalarining, jumladan,
Adam Smit ta’limotiga ko‘ra, butun dunyo mamlakatlari iqtiso-
diyoti, eng avvalo, shu mamlakatlardagi mavjud tabiiy resurslarga
asoslangan holda rivojlanadi. Bu, o‘z navbatida, turli mamlakatlar
xo‘jalik faoliyatining ixtisoslashuviga olib keladi va bu shu mam-
lakat uchun mutlaq ustunlik imkoniyatini beradi, natijada xalqaro
mehnat taqsimoti qonuni degan obyektiv iqtisodiy qonun mavjud
ekanligini bildiradi. Bunday holat ularning o‘zlarida ishlab chiqaril-
maydigan tovarlar va xizmatlarning o‘zaro almashuvi zaruriyatini
keltirib chiqaradi.
Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi ayrim
mamlakatlarning ma’lum turdagi tovarlarni, butlovchi qismlar va
detallarni ishlab chiqarishga chuqur ixtisoslashib ketishiga olib
kelgan. Bunday ixtisoslashuv mamlakatlarning tabiiy sharoiti, ishlab
chiqarish tajribasi va taraqqiyot darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaysi
bir mamlakatda qaysi bir tovarlarni kam xarajat bilan sifatli ishlab
chiqara olish imkoniyati bo‘lsa, shu soha rivojlanib boradi. Masa-
lan, o‘rmonzorlari ko‘p bo‘lgan mamlakatda yog‘ochsozlik sanoati
rivojlangan bo‘lsa, paxta yetishtirishga mos bo‘lgan iqlimga ega
mamlakatlarda paxta sanoati rivojlangan. Shu sababli xalqaro
mehnat taqsimoti iqtisodiy qonun sifatida o‘rganiladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti iqtisodiy qonuni talabiga ko‘ra, har
bir mamlakatda qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish
qulay bo‘lsa, shu mahsulotni boshqalarga sotadi. Qaysi mahsulotni
335
ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi yuqori, xarajatlar past
bo‘lsa, shu tovar eksport qilinadi.
Muayyan tovarning nisbatan arzon yoki qimmatga tushishi
uni eksport yoki import qilishga olib keladi, tovari arzonga tushgan
mamlakat nisbiy afzallikka ega deyiladi. Nisbiy afzallikni turli
omillar yuzaga keltiradi, ular qatoriga quyidagilar kiradi:
• birinchidan, tabiiy resursga boy mamlakat undan olingan
tovarlarni arzonga tushirib, afzallikka ega bo‘ladi. Masalan,
O‘zbekiston paxta, meva-sabzavot, Qozog‘iston bug‘doy, chorva
mahsulotlari, Gruziya va Hindiston choy yetishtirishda katta
afzallikka ega, chunki bunga qulay tabiiy hamda iqlim sharoitlari
mavjud;
• ikkinchidan, mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyatining
yuqori bo‘lishi iqtisodiy afzallikni ta’minlaydi. Masalan, AQSH,
Xitoy, Yaponiya kabilar;
• uchinchidan, turli mamlakatlarda to‘plangan tarixiy tajriba
ustunlik beradi. Masalan, Angliya jun matolar, Xitoy ipak matolari
to‘qish bo‘yicha uzoq yillik tarixiy tajribaga egadirlar;
• to‘rtinchidan, resurslarning, eng avvalo, ish kuchining mamla-
katda arzonligi ham afzallik beradi. Bular jumlasiga Xitoy, O‘zbe-
kiston, Vyetnam va boshqalar kiradi.
Lekin shuni aytish kerakki, bu afzallik doimiy bo‘lmay, o‘zgarib
turadi, afzallikka ega bo‘lmagan mamlakatlar asta-sekin muayyan
sohalarda imtiyozga erishadi. Masalan, hozirgi vaqtda ayrim yangi
rivojlanib kelayotgan mamlakatlar bo‘lmish Singapur, Malayziya,
Koreya Respublikasi so‘nggi yillarda sanoatning muhim sohalarida
afzallikni qo‘lga kiritib, ular sifatli va arzon tovarlarni ishlab chiqa-
rib, jahon bozorlarini egallashmoqda.
Afzallik eksportchilarga ham, importchilarga ham qulay imko-
niyatlar yaratib, katta foyda olishni ta’minlaydi. Natijada muayyan
tovarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega mamlakatlar uni im-
port qilishlari mumkin. Iqtisodiy afzallik katta foyda keltirib, shu
mamlakatda ishlab chiqarishning o‘sishini rag‘batlantiradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston jahon bozorining faol ishtirok-
chisi sifatida, o‘zining eksport-import tarkibini ko‘proq sanoat
mahsulotlari eksportini ko‘paytirish evaziga o‘zgartirib borishga
erishmoqda.
336
O‘zbekistonning jahon bozoridagi eksport-importi
tarkibining o‘zgarishi
r
a
l
r
a
v
o
T
l
i
y
-
5
9
9
1
l
i
y
-
3
1
0
2
a
d
i
b
o
s
i
h
%
a
d
i
b
o
s
i
h
%
i
m
a
j
,
t
r
o
p
s
k
E
0
,
0
0
1
0
,
0
0
1
i
s
a
l
o
t
a
t
x
a
P
9
,
7
5
7
,
7
i
r
a
l
t
o
l
u
s
h
a
m
o
y
m
i
k
a
v
l
a
r
e
n
i
M
1
,
7
1
0
,
4
r
a
l
a
n
u
k
s
u
a
v
a
n
i
h
s
a
M
4
,
2
5
,
5
t
f
e
n
a
v
i
h
c
v
u
h
s
a
t
a
y
i
g
r
e
n
E
i
t
o
l
u
s
h
a
m
—
1
,
1
3
l
l
a
t
e
m
i
l
g
n
a
r
a
v
a
r
o
Q
6
,
5
3
,
6
i
r
a
l
t
o
l
u
s
h
a
m
t
a
q
v
o
-
q
i
z
O
—
8
,
9
r
a
l
t
a
m
z
i
X
3
,
9
2
,
6
1
r
a
l
a
q
h
s
o
B
7
,
7
4
,
9
1
i
m
a
j
,
t
r
o
p
m
I
0
,
0
0
1
0
,
0
0
1
r
a
l
t
a
q
v
o
-
q
i
z
O
2
,
8
1
7
,
9
r
a
l
a
n
u
k
s
u
a
v
a
n
i
h
s
a
M
9
,
7
4
2
,
4
4
i
r
a
l
t
o
l
u
s
h
a
m
o
y
m
i
k
a
v
l
a
r
e
n
i
M
5
,
9
3
,
4
1
t
f
e
n
a
v
i
h
c
v
u
h
s
a
t
a
y
i
g
r
e
n
E
i
t
o
l
u
s
h
a
m
—
2
,
7
r
a
l
l
a
t
e
m
i
l
g
n
a
r
a
v
a
r
o
Q
7
,
5
9
,
7
r
a
l
t
o
l
u
s
h
a
m
a
q
h
s
o
B
7
,
3
1
9
,
0
1
r
a
l
t
a
m
z
i
X
0
,
5
8
,
5
M a n b a : O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi.
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston eksportida
xomashyo, ayniqsa, paxta tolasi qisqarib, importida esa mashina-
uskunalar ko‘payib, salmoqli o‘rin egallab bormoqda. O‘zbekis-
tonning xalqaro savdodagi ishtiroki sezilarli darajada o‘sib,
eksportida tayyor mahsulotlarning, importida esa zamonaviy
texnika va texnologiyalarning salmog‘i ko‘payib borishiga harakat
qilinmoqda.
337
17.2. Òo‘lov balansi
Dunyoning har bir mamlakati jahon bozorida faol qatnashib,
tovar va xizmatlar savdosi bilan shug‘ullanar ekan, ular, albatta,
savdoning hisob-kitob ishlarini mukammal olib borishlari zarur
hisoblanadi. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani shu hisob-kitob yozuvi
ishlarini to‘lov balansi deb o‘rganadi.
Òo‘lov balansi — bu ma’lum mamlakat iqtisodiyoti subyektlari
(rezidentlari): davlat, korxonalar, firmalar, uy xo‘jaliklari, tadbir-
korlar bilan chet ellik rezidentlar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar
asosida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan barcha oldi-
sotdi va xizmat ko‘rsatish kabi ishlar natijasining tartibga solingan
yozuvidir.
Hozirgi davrda xalqaro iqtisodiy aloqalar, ya’ni tovarlar savdosi,
ko‘rsatilgan xizmatlar yoki boshqa moliyaviy aktivlarning bir davlat
rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha o‘zaro
kelishuvlar ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lganligi sababli to‘lov
balansida ikki tomonlama yozuv tartibida o‘z ifodasini topadi.
Har bir shartnoma to‘lov balansining debet va kredit qismlarida
aniq ko‘rsatiladi.
Òo‘lov balansining kredit qismida — sotilgan tovarning yoki
amalga oshirilgan xizmatning mamlakatdan chiqib ketishi va uning
hisobiga mazkur mamlakat rezidentlari chet el valutalarida uning
uchun haq olishi aks etadi. Debet qismida — tovar va xizmatning
mazkur mamlakatga kirib kelishi va uning hisobiga rezidentlar
chet el valutalarida to‘lovlar amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Òo‘lov
balansida kreditlarning umumiy summasi debetlarning umumiy
summasiga teng bo‘lishi, ya’ni balans berishi kerak, shuning uchun
to‘lov balansi deyiladi.
Òo‘lov balansi uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi. Unda barcha
kelishuvlar bo‘yicha joriy va kapital operatsiyalar hisobi o‘z aksini
topadi. Ya’ni:
1. Joriy operatsiyalar hisobi;
2. Kapital harakati hisobi;
3. Rasmiy zaxiralarning o‘zgarishi.
338
Òo‘lov balansining namunaviy tuzilishi
i
b
o
s
i
h
r
a
l
a
y
i
s
t
a
r
e
p
o
y
i
r
o
J
.
I
i
t
r
o
p
s
k
e
r
a
v
o
T
.
1
i
t
r
o
p
m
i
r
a
v
o
T
.
2
i
‘
g
i
d
l
o
q
i
s
n
a
l
a
b
o
d
v
a
s
i
q
h
s
a
T
i
t
r
o
p
s
k
e
r
a
l
t
a
m
z
i
X
.
3
a
v
r
a
l
d
a
m
o
r
a
d
n
a
d
i
m
z
i
r
u
t
l
e
t
e
h
c
(
)
r
a
l
t
a
m
z
i
x
i
l
t
i
d
e
r
k
—
.
k
.
h
i
t
r
o
p
m
i
r
a
l
t
a
m
z
i
X
.
4
a
v
r
a
l
v
o
l
‘
o
t
a
g
l
e
t
e
h
c
n
u
h
c
u
m
z
i
r
u
t
(
)
r
a
l
t
a
m
z
i
x
i
l
t
i
d
e
r
k
—
.
k
.
h
)
r
a
l
d
a
m
o
r
a
d
f
o
s
n
a
d
r
a
l
t
a
m
z
i
x
i
l
t
i
d
e
r
k
(
r
a
l
d
a
m
o
r
a
d
f
o
s
n
a
d
r
a
l
a
y
i
s
t
i
t
s
e
v
n
I
.
5
r
a
l
t
r
e
f
s
n
a
r
t
f
o
S
.
6
i
‘
g
i
d
l
o
q
s
n
a
l
a
b
a
h
c
i
y
‘
o
b
r
a
l
a
y
i
s
t
a
r
e
p
o
y
i
r
o
J
i
b
o
s
i
h
i
t
a
k
a
r
a
h
l
a
t
i
p
a
K
.
I
I
i
h
s
i
r
i
k
l
a
t
i
p
a
K
.
7
i
h
s
i
q
i
h
c
b
i
q
o
l
a
t
i
p
a
K
.
8
i
‘
g
i
d
l
o
q
i
s
n
a
l
a
b
i
t
a
k
a
r
a
h
l
a
t
i
p
a
K
i
‘
g
i
d
l
o
q
i
s
n
a
l
a
b
i
t
a
k
a
r
a
h
l
a
t
i
p
a
k
a
v
r
a
l
a
y
i
s
t
a
r
e
p
o
y
i
r
o
J
i
h
s
i
r
a
g
z
‘
o
g
n
i
n
r
a
l
a
r
i
x
a
z
y
i
m
s
a
R
.
I
I
I
17.3. Savdo balansi
Savdo balansi muayyan davlatning xalqaro iqtisodiy munosabat-
lardagi ishtirokining holatini ifodalab, uning pul-kredit, valuta, budjet-
soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirishi va davlat qarzlarini
tartibga solishi uchun indikator sifatida xizmat qiladi. Ayrim iqtisodiy
adabiyotlarda u tashqi savdo balansi deb yuritiladi. Savdo balansidagi
joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+»
belgisi bilan), import («–» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad
va sof transfertlarni oladi. Òovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi
farq savdo balansini tashkil qiladi.
Òovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el
valutalari zaxiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet»
ustunida «—» belgisi bilan) mamlakatdagi chet el valutalari
zaxirasini qisqartiradi.
Investitsiyalardan sof daromadlar kreditli xizmatlardan olinadi-
gan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy pul
kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital
mazkur mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz
va dividendlarning ko‘proq hajmini keltirsa, bunda investitsiyalardan
olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda esa salbiy bo‘ladi.
339
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larining boshqa
mamlakatlarga o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a,
chet elga pul o‘tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik
yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda mavjud chet el valutalari
zaxirasini kamaytiradi.
Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha
bo‘lsa, bu mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi
taqchilligini bildiradi. Bu taqchillik chet el qarzlari yordamida
yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga sotish yo‘li bilan
moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi.
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq
bo‘lsa, joriy operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan
barcha xalqaro bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga
aksiyalar, obligatsiyalar, ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olina-
digan daromadlar hamda chet eldan aktivlar sotib olish natijasida
vujudga keladigan sarf-xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Kapital
Aktivlar
Chetdan aktivlar
harakati =
sotishdan
—
sotib olishga
balansi
tushumlar
sarflar
Chet el aktivlarini sotish chet el valutalari zaxiralarini ko‘pay-
tiradi, ularni sotib olish esa kamaytiradi. Kapital harakati hisobi
taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi.
Òo‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank rasmiy zaxiralarini
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxira-
larning asosiylari quyidagilar:
• chet el valutalari;
• oltin;
• mamlakatning Xalqaro valuta fondidagi kredit ulushi;
• qarz olishning maxsus huquqi (SDR) va h.k.
Balans taqchilligi rasmiy zaxiralar hisobiga moliyalashtirilganda,
ichki bozorda chet el valutalari taklifi ortadi, milliy valutalar taklifi
esa nisbatan kamayadi va uning ayirboshlash kursi nisbatan o‘sib,
milliy iqtisodiyotga inqirozli ta’sir ko‘rsatadi.
Aksincha, to‘lov balansining aktiv qoldig‘i MB rasmiy valuta
zaxiralarining o‘sishi bilan birga borganda ichki bozorda chet el
valutalari taklifini kamaytiradi, milliy valuta taklifi esa nisbatan
ortadi va uning ayirboshlash kursi pasayib, iqtisodiyotga rag‘batlan-
tiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
340
MB tomonidan chet el valutalarining bunday sotilishi va sotib
olinishi rasmiy zaxiralar bilan operatsiyalar deyiladi. Rasmiy
zaxiralar bilan operatsiyalar natijasida joriy hisobdagi qoldiq
summasi, kapital harakati hisobi va zaxiralar miqdorining o‘zgarishi
«nol»ni tashkil qilishi zarur.
O‘zbekistonning tashqi savdo balansi so‘nggi yillarda ijobiy
xususiyatga ega bo‘lib, tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga
erishilmoqda. Jumladan, 2013-yil 28886,0 mln AQSH dollari
miqdorida, ya’ni 2012-yilga nisbatan 109,4 % ni tashkil etgan.
Shundan eksport 15087,2 mln AQSH dollari, ya’ni 110,9 % ni,
import esa 13798,8 mln AQSH dollari, ya’ni 107,7 % ni tashkil
etgan
1
. Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz
eksporti yildan yilga ko‘payib bormoqda.
17.4. Xalqaro valuta tizimi va valuta munosabatlari
Hozirgi zamon jahon xo‘jaligining amal qilishi, rivojlanishi,
turli mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy aloqalarining tashkil
qilinishi va barqaror rivojlanishiga bog‘liqdir. Aloqalarning
barqarorligi esa mustahkam va mukammal tashkil qilingan xalqaro
valuta tizimining amal qilishiga bog‘liq. Chunki hozirgi kunda
jahon bozoridagi savdo, ishchi kuchi va kapital migratsiyasi,
daromadlar, qarzlar va subsidiyalar oqimi, texnik va texnologik
ayirboshlash, turizm xizmati va boshqalar bilan bog‘liq iqtisodiy
munosabatlar — xalqaro valuta-kredit munosabatlarining yanada
mukammal tashkil qilinishi va takomillashtirib borilishini talab
qilmoqda. Shu munosabat bilan turli mamlakatlar pul birligi,
masalan, dollar, iyena, yuan, funt sterling, so‘m va boshqalardan
birining xalqaro miqyosda tan olingan ekvivalent sifatida rol
o‘ynashi zaruriyati paydo bo‘lgan.
Ma’lumki, har bir mamlakat o‘zining milliy valuta (pul birligi)
tizimiga ega. Milliy valuta tizimi shu mamlakat milliy qonunchiligi
bilan belgilanadi. Xalqaro valuta tizimi — xalqaro valuta munosa-
batlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkam-
langan shakli hisoblanadi va u quyidagi tarkibiy elementlarga ega
bo‘ladi: asosiy xalqaro to‘lov vositalari (milliy valutalar, oltin,
xalqaro valuta birliklari — SDR, Yevro), valuta kurslarini belgilash
va ushlab turish mexanizmi, xalqaro to‘lovlarini balanslashtirish
1
O‘zbekiston Respublikasi statistik axborotnomasi. T., 2014.
341
tartibi, valutaning qaytaruvchanlik sharoiti, xalqaro valuta bozori
va oltin bozori tartibi, valuta munosabatlarini tartibga soluvchi
davlatlararo muassasalar tizimi kabilar.
Xalqaro valuta tizimining kelib chiqishi va rivojlanishi uch
asosiy bosqichdan iborat davrni bosib o‘tgan.
Birinchi bosqich 1879—1934-yillar davrini o‘z ichiga olib, buni
iqtisodiy manbalarda ayrimlar oltin andoza davri deb ham atashadi.
Chunki bu davrda jahon pul tizimi sifatida oltin ustunlikka ega
bo‘lgan. Oltin andoza tizimi qayd qilingan valuta kursining mavjud
bo‘lishini ko‘zda tutadi. Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni
oltinga almashtirgan. Xalqaro to‘lovlarni muvofiqlashtirish vositasi
bo‘lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan. Mamlakat
uch shartni bajarsa, oltin andoza qabul qilingan deb hisoblangan:
a) o‘z pul birligining ma’lum oltin mazmunini o‘rnatadi;
b) o‘zining oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi o‘rtasidagi
qattiq nisbatni ushlab turadi;
d) oltinning erkin eksport va importiga to‘sqinlik qilmaydi.
Oltin andoza pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi.
Oltin andoza sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati
ularning rasmiy oltin mazmuni bo‘yicha o‘rnatiladi.
Ikkinchi bosqich. Ikkinchi jahon urushi oxiri (1944-yil)dan
1971-yilgacha davom etgan va bu davrda jahon puli vazifasini oltin-
devizli, ya’ni Bretton-Vuds tizimi deb nomlanuvchi tizim asosida
xalqaro hisob-kitoblar amalga oshirgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan
valuta kurslariga asoslangan. Oltin andoza barbod bo‘lgandan keyin,
xalqaro valuta tizimini tartibga solishning o‘zaro maqbul yo‘lini
topishga harakat qilindi. Yangi jahon valuta tizimi asoslarini ishlab
chiqish maqsadida, 1944-yil Bretton-Vudsda (AQSH) ittifoqchi
davlatlarning xalqaro konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiyada
o‘zaro bog‘liq valuta kurslarini tartibga solish tizimini yaratish haqidagi
kelishuvga erishildi va bu, ko‘pincha, Bretton-Vuds tizimi deb ataladi.
Mazkur tizim oldingi oltin andozadan keskin farq qilmaydi. Uning
asosida oltin-valuta andoza (AQSH dollari) yotadi va bu yerda
rezervlar sifatida oltin va dollar chiqadi.
Uchinchi bosqich. 1971-yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi
kunda ham amal qilib kelayotgan jahon valuta tizimidir. Bu tizimni
boshqariladigan suzib yuruvchi valuta tizimi deb atashadi
1
. Chunki
1
I.A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. «Xalq so‘zi»
gazetasi, 2000-yil 17-fevral.
342
bunga iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar, ko‘pincha, o‘z valuta-
larining xalqaro qiymatini o‘zgartirish uchun valuta bozorining
faoliyatiga aralashadi.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin,
valutaning qayd qilingan kursi bilan almashtirildi. Xalqaro valuta
tizimidagi bu o‘zgarish 1976-yil Kingston (Yamayka)dagi kelishuv-
ga binoan, huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz pul tizimiga
o‘tish bilan qog‘oz pullar oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar
sharoitida valuta kursi har qanday boshqa baholar kabi talab va
taklif asosida belgilanadi.
Valuta tizimining eng muhim jihati bu valuta kursi hisoblanadi.
Valuta kursi deganda bir mamlakat valutasining boshqa mamlakat
valutasidagi bahosi tushuniladi. Valuta kurslariga quyidagi asosiy
omillar bevosita ta’sir ko‘rsatadi:
• milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
• milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamla-
katdagi inflatsiya darajasi;
• mamlakat to‘lov balansining holati;
• mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
• valutaga jahon bozoridagi ishonch kabilar.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani jahon bozoridagi valuta kurslari-
ning tebranishini xarid qilish qobiliyatining paritet (turli mamlakat-
lar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida
tushuntiradi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash
uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqos-
lash talab qilinadi. Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat»,
aytaylik 25 ming so‘m, AQSHda esa 100 dollar tursa, 25 mingni
yuzga bo‘lib, 1 dollarning bahosini hosil qilamiz, bu 250 so‘mga
teng.
Agar O‘zbekistonda muomaladagi pul massasining ko‘payishi
oqibatida, tovarlar bahosi ikki marta oshsa, barcha sharoitlar teng
bo‘lganda dollarning so‘mga ayirboshlash kursi ikki marta oshadi.
Har bir davlat xorijiy valuta kursiga ta’sir ko‘rsatishga harakat
qiladi. Bu ishni u ikki yo‘l bilan olib boradi:
• birinchidan, davlat o‘z pulini kredit bozoriga tashlab yoki
kredit bozoridan chiqarib foiz stavkasiga ta’sir etadi. Agar foiz
oshsa, kredit kam olinadi, kredit puliga kamroq valuta xarid etiladi.
Natijada xorij valutasi narxi pasayib, milliy valuta kursi oshadi.
Agar foiz stavkasi kamaysa, buning aksi yuz beradi;
343
• ikkinchidan, davlat valuta intervensiyasini amalga oshiradi,
ya’ni o‘z valutasi kursini barqaror saqlash yoki oshirishni ko‘zlasa,
o‘z ixtiyoridagi chet el valutasini bozorga tashlaydi, natijada xorij
valutasi kursi pasayadi, milliy valuta kursi oshadi. Valuta ko‘paysa,
uning narxi arzonlashadi.
Valuta kurslarining barqaror bo‘lishi xalqaro aloqalar uchun
muhim hisoblanadi. Shuning uchun valuta kursini tartibga solish
orqali rivojlangan mamlakatlarda uning keskin o‘zgarishiga yo‘l
berilmaydi. Bu mamlakatlarda «suzib yuruvchi», «sirg‘aluvchan»
valuta kursi o‘rnatiladi. Bunda valuta kursining yuqori va quyi
chegarasi belgilanib, kurs shu oraliqda va me’yorda o‘zgaradi.
ASOSIY TAYANCH IBORALAR
• Xalqaro mehnat taqsimoti iqtisodiy qonuni;
• nisbiy afzallik qonuni;
• nisbiy afzallik;
• to‘lov balansining kredit qismi;
• to‘lov balansining debet qismi;
1. Xalqaro mehnat taqsimoti nima?
2. Nisbiy afzallik qonuni nimani izohlaydi?
3. Mutlaq afzallik nima?
4. O‘zbekiston eksport-importining qanday xususiyatlari bor?
5. Valuta munosabatlari deganda nimani tushunasiz?
6. Xalqaro miqyosda valutalar qanday turlarga bo‘linadi?
7. O‘zbekiston so‘mi qanday valuta turiga kiradi?
8. Valuta kursi nega o‘zgaradi?
9. Xalqaro savdo qanday ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi?
10. Xalqaro valuta tizimi va uning turlarini tushuntiring.
11. Davlat valuta kurslarini barqarorlashtirish uchun qanday usullardan
foydalanadi?
12. Chet el valutalariga talab va taklifga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
• to‘lov balansi;
• eksport;
• import;
• xalqaro valuta tizimi;
• valuta kursi.
?
ÒAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
344
FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR
I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari
1. I.A. Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Ò.,
«O‘zbekiston», 1992.
2. I.A. Karimov. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga
xos yo‘li. Ò., «O‘zbekiston», 1993.
3. I.A. Karimov. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida.
Ò., «O‘zbekiston», 1995.
4. I.A. Karimov. Maqsadimiz tinchlik, barqarorlik, hamkorlik. Ò., «O‘zbekiston»,
1995.
5. I.A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild,
Ò., «O‘zbekiston», 1996.
6. I.A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. Ò., «O‘zbekiston»,
1996.
7. I.A. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash — davr talabi. 5-jild. Ò.,
«O‘zbekiston», 1997.
8. I.A. Karimov. Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyoti yo‘lida. 6-jild. Ò.,
«O‘zbekiston», 1998.
9. I.A. Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. Ò., «O‘zbekiston», 1998.
10. I.A. Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Ò., «O‘zbekiston», 1999.
11. I.A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard
maqsadimiz. Ò., «O‘zbekiston», 2000.
12. I.A. Karimov. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish —
eng muhim vazifamiz. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2001-yil 15-fevral.
13. I.A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. «Xalq so‘zi»
gazetasi, 2001-yil 17-fevral.
14. I.A. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. Ò., «O‘zbekiston», 2009.
II. Asosiy adabiyotlar
1. Ð. Äîðíáóø, Ñ. Ôèøåð. Ìàêðîýêîíîìèêà. M., 1997.
2. O‘. Yo‘ldoshev, Q. Mamatqulov, Q. Muftaydinov. Iqtisodiyot asoslari. Ò.,
«Sharq», 2002.
3. Í. Ãðåãîðè Ìåíêþ. Ïðèíöèïû ýêîíîìèêè. M., 1999.
4. A. O‘lmasov, A. Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò., «Sharq», 2006.
5. À. Ìàðøàëë. Ïðèíöèïû ýêîíîìè÷åñêîé íàóêè. Ïåð. ñ àíã. Ì.,
èçä. ãðóïïà «Ïðîãðåññ», «Óíèâåðñ», 1993.
6. A. O‘lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Ò., «Mehnat», 1997.
7. D. Òojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò., «O‘qituvchi», 2002.
8. D. Òojiboyeva. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò., 2003.
9. Sh. Shodmonov, R. Alimov, Ò. Jo‘rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Ò.,
«Moliya», 2002.
345
III. Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Ë. Àòêèíñîí, Ä. Ñòèãëèö. Òåîðèÿ ãîñóäàðñòâåííîãî ñåêòîðà
ýêîíîìèêè. Ì., 1996.
2. Áîëüøîé ýêîíîìè÷åñêèé ñëîâàðü. Ì., 2002.
3. Ð. Áàðð. Ïîëèòè÷åñêàÿ ýêîíîìèÿ. Ò. 1. Ì., 1994.
4. À. Âîéòîâ. Ôóíäàìåíòàëüíàÿ ýêîíîìèêà. Ì., 1998.
5. Ìàéêë Ïîðòåð. Êîíêóðåíöèÿ. Ì., 2000.
6. À.È. Ïîïîâ. Ýêîíîìè÷åñêàÿ òåîðèÿ. ÑÏá, 2001.
7. Ï. Ñàìóýëüñîí, Â. Íîðäõàóñ. Ýêîíîìèêà. Ì., 1999.
8. Äæ.Ô. Ñàêñ. Ìàêðîýêîíîìèêà. Ãëîáàëüíûé ïîäõîä. Ì., 1996.
9. Òåîðåòè÷åñêàÿ ýêîíîìèêà. Ïîëèòýêîíîìèÿ. Ì., 1997.
10. Ôèíàíñû, äåíüãè è êðåäèò. Ì., 2000.
11. Ê. Ìàêêîíåëë, Ñ.Ë. Áðþ. Ýêîíîìèêñ. Ò. 1, 2. Ì., «Ðåñïóáëèêà»,
1992.
12. Ýêîíîìè÷åñêàÿ òåîðèÿ. Ó÷åáíèê äëÿ âóçîâ. Òðåòüå èçäàíèå. Ïîä
ðåä. À.È. Äîáðûíèíà è Ë.Ñ. Òàðàñåâè÷à. ÑÏá, «Ïèòåð», 2000.
13. Ñòàòèñòè÷åñêîå îáîçðåíèå Ðåñïóáëèêè Óçáåêèñòàí çà 2013 ãîä.
Ò., 2014.
IV. Internet saytlari
1. www.Econommir.ru
2. www.Econ_msu.ru
3. www.finance.com
4. www.parliament.gov.uz
5. www.qonun.uz
6. www.uwed.uz
346
MUNDARIJA
Kirish ............................................................................................................... 3
1-bob. «IQTISODIYOT NAZARIYASI» FANINING PREDMETI
VA O‘RGANISH METODLARI
1.1. Jamiyat hayotida yuz beradigan iqtisodiy
jarayonlar va iqtisodiy hodisalar ............................................................... 5
1.2. Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish — jamiyat hayotining asosi .............. 5
1.3. Iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlar .......................................................... 9
1.4. Iqtisodiy kategoriyalar ............................................................................ 12
1.5. Asosiy iqtisodiy tushunchalar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar ...................... 14
1.6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining metodologik asoslari ......................... 18
1.7. Iqtisodiy jarayonlarni bilishda matematik va
grafik usullardan foydalanish .................................................................. 23
1.8. «Iqtisodiyot nazariyasi»ning fan sifatida funksiyalari ............................ 24
1.9. «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining tarkibi ................................................ 25
1.10. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani va zamonaviy yangicha
iqtisodiy ong, tafakkurning rivojlanishi .................................................. 26
2-bob. BOZOR TUSHUNCHASI, UNING
MOHIYATI VA VAZIFALARI
2.1. Bozor tushunchasi .................................................................................. 29
2.2. Bozorning iqtisodiyot uchun ahamiyati ................................................. 32
2.3. Bevosita va bilvosita bozor aloqalari. Bozor obyektlari va subyektlari ...... 34
2.4. Òartibsiz va tartiblangan bozor belgilari ................................................. 36
2.5. Bozor orqali ishlab chiqarish va iste’molning bog‘lanishi,
qiymatning tovar shaklidan pul shakliga o‘tishi ................................... 37
2.6. Erkin, monopol raqobatli, oligopolistik va sof monopoliya bozorlari ... 38
2.7. Bozor segmenti va uning mezonlari ...................................................... 40
2.8. Bozorning obyekti jihatidan turlanishi ................................................ 40
2.9. Bozor infratuzilmasi ............................................................................... 44
2.10. O‘zbekiston milliy bozorini shakllantirish yo‘llari ............................... 45
3-bob. BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI VA UNING
O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATI
3.1. Bozor iqtisodiyotining umumiy va muhim belgilari .............................. 47
3.2. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining jahon
tajribasida sinalgan yo‘llari ..................................................................... 50
3.3. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish konsepsiyasi
va islohotlar strategiyasi — «o‘zbek modeli» ......................................... 54
347
4-bob. ÒALAB VA TAKLIF, BOZOR MUVOZANATI
4.1. Òalab tushunchasi ................................................................................... 62
4.2. Òalabning turlari. Individual va bozor talabi ......................................... 62
4.3. Òalabning o‘zgaruvchanligi (elastikligi) ................................................. 64
4.4. Òalab qonuni .......................................................................................... 65
4.5. Òalabning tabaqalashuvi. Òalabga ta’sir etuvchi omillar ....................... 66
4.6. Òaklif tushunchasi. Òaklif qonuni .......................................................... 72
4.7. Bozor muvozanati va uning iqtisodiyotga ta’siri ................................... 78
5-bob. ÒADBIRKORLIK FAOLIYATI VA KICHIK BIZNES
TUSHUNCHASI, ULARNING MOHIYATI
5.1. Òadbirkorlik faoliyati va kichik biznesning nazariy asoslari .................. 82
5.2. Òadbirkorlikka xos xususiyatlar .............................................................. 84
5.3. Òadbirkorlik turlari ................................................................................. 86
5.4. Òadbirkorlik faoliyati shakllari ............................................................... 88
5.5. Òadbirkorlik kapitali va uning harakati .................................................. 97
5.6. O‘zbekistonda kichik biznesni rivojlantirish ........................................ 104
6-bob. IQTISODIY FAOLIYAT VA UNING SAMARADORLIGI.
SARF-XARAJATLAR VA FOYDA
6.1. Iqtisodiy faoliyat, uning mazmuni va turlari ....................................... 110
6.2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni va uning
o‘ziga xosligi. Ishlab chiqarish sohalari ............................................... 110
6.3. Ishlab chiqarish omillari va uning tarkibi ............................................ 114
6.4. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijasi ............................... 118
6.5. Mehnat unumdorligi va unga ta’sir etuvchi omillar ............................ 119
6.6. Iqtisodiy xarajatlar tushunchasi ........................................................... 121
6.7. Xarajatlarning tarkibi, qisqa davrdagi ishlab chiqarish xarajatlari ....... 123
6.8. Me’yoriy xarajatlar ............................................................................... 125
6.9. Foyda mazmuni, foyda me’yori va massasi ......................................... 126
6.10. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi .............................................. 131
6.11. Zarar ko‘ruvchi korxonalar, zarar ko‘rishning me’yori,
korxonalarning bankrot bo‘lishi ......................................................... 132
7-bob. ISH HAQI. AHOLI DAROMADLARI
VA TURMUSH DARAJASI
7.1. Ish haqi — taqsimotning natijasi ......................................................... 135
7.2. Ish haqini tashkil etish shakllari .......................................................... 137
7.3. Ish haqi tizimlari .................................................................................. 140
7.4. Nominal va real ish haqi ...................................................................... 142
7.5. Ish haqi darajasining tabaqalashuvi ...................................................... 142
7.6. Ish kuchi (mehnat) bozoridagi raqobat va ish haqi ............................. 143
7.7. Kasaba uyushmalarining tadbirkorlar va davlat bilan
o‘zaro aloqasi. Mehnat shartnomalari tizimi ....................................... 144
348
7.8. Ish haqi va mehnat unumdorligining aloqadorligi. Mehnat
natijasiga qarab daromadlarning tabaqalashuvi .................................... 146
7.9. Daromadlar, uning mohiyati va turlari. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida daromadlar tengsizligining vujudga kelish sabablari ........... 147
7.10. Aholi daromadlarining tabaqalashuvi ................................................. 153
7.11. Aholining turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari ......................... 153
7.12. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari ..................... 157
8-bob. RAQOBAT NAZARIYASI
8.1. Raqobatning mohiyati. Raqobatning iqtisodiy asoslari va maqsadi .... 161
8.2. Raqobat strategiyasi .............................................................................. 162
8.3. Raqobat kurashi shakllari ..................................................................... 163
8.4. Raqobat usullari: nohalol va halol raqobat .......................................... 164
8.5. Mukammal raqobat va uning afzalliklari ............................................. 165
8.6. O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom
raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi ......................................... 167
9-bob. NARX VA UNING SHAKLLANISH MEXANIZMI
9.1. Narxning iqtisodiy mazmuni ................................................................ 170
9.2. Narxning funksiya va vazifalari ............................................................ 172
9.3. Erkin bozorda narxning shakllanishi .................................................... 174
9.4. Narxning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar .................................... 178
9.5. O‘zbekistonda amaldagi narx tizimi va turlari ..................................... 181
9.6. Narx belgilashda foydani maksimallashtirish ....................................... 185
10-bob. BOZOR IQTISODIYOTINING TARTIBLANISHI
10.1. Iqtisodiyotni tartiblashning bozor mexanizmi ................................... 187
10.2. Iqtisodiyotni tartiblashning davlat mexanizmi ................................... 190
10.3. Davlatning iqtisodiy roli va vazifalari ................................................ 193
10.4. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning
monetar va yangi klassik modellari .................................................... 199
10.5. Iqtisodiyotni tartibga solishda fiskal siyosat ....................................... 201
10.6. Iqtisodiyotni tartibga solishning Keynscha modeli ............................ 203
10.7. Iqtisodiyotni tartibga solishning monetar modeli .............................. 205
11-bob. AGRAR MUNOSABATLAR
11.1. Agrar munosabatlar va ularning bozor iqtisodiyoti
sharoitidagi xususiyatlari ..................................................................... 210
11.2. Yerning resurs sifatida alohida xususiyatlari ...................................... 211
11.3. Yer — mulk va xo‘jalik yuritish obyekti sifatida ................................ 214
11.4. Ijara munosabatlari ............................................................................. 215
11.5. Yer rentasi tushunchasi ...................................................................... 216
11.6. Yer narxi va uni belgilovchi omillar .................................................. 221
11.7. Agrofirmalar va agrosanoat birlashmalari, fermerlar uyushmasi ....... 221
11.8. Fermer xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashning davlat dasturlari .............. 222
349
12-bob. YALPI MILLIY MAHSULOT
12.1. Milliy iqtisodiyot va uning tarkibiy tuzilishi ...................................... 225
12.2. Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni ............................................ 228
12.3. Yalpi ijtimoiy mahsulotning tarkibiy qismlari
va harakat shakllari ............................................................................ 230
12.4. Milliy iqtisodiyot va iqtisodiy mustaqillik .......................................... 233
13-bob. ISTE’MOL, JAMG‘ARISH VA INVESTITSIYALAR
13.1. Iste’mol va jamg‘arishning iqtisodiy mazmuni .................................. 235
13.2. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik, ularni belgilovchi omillar .................................................. 237
13.3. Jamg‘arishning mohiyati va omillari .................................................. 238
13.4. Jamg‘arish bilan iste’mol o‘rtasidagi optimal nisbat .......................... 240
13.5. Iste’mol qilish va jamg‘arma qilishga bo‘lgan
o‘rtacha va maksimal moyillik ........................................................... 240
13.6. Investitsiyaning iqtisodiy mazmuni va uning
darajasini belgilovchi omillar .............................................................. 241
13.7. Investitsiyaning o‘zgaruvchanligi, investitsion faollik, investitsion
muhit, investitsiyaning xavf-xatarini hisobga olish ............................ 244
13.8. Loyiha risklari va ularning tasnifi ...................................................... 248
13.9. O‘zbekistonda investitsiya faolligini ta’minlash ................................. 251
14-bob. ISHCHI KUCHI VA UNING BANDLIGI
14.1. Ishchi kuchining takror yaratilishi ..................................................... 254
14.2. Ishchi kuchining miqdori va sifat jihatlari ......................................... 255
14.3. Aholi o‘sishining ishchi kuchi taklifiga ta’siri .................................... 257
14.4. Ishchi kuchiga talab va taklif. Ishsizlikning mazmuni,
kelib chiqish sabablari ........................................................................ 258
14.5. Ishsizlik turlari va ularning farqlari .................................................... 259
14.6. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari. Ouken qonuni ............ 260
14.7. Inflatsiya va ishsizlikning o‘zaro bog‘liqligi. Fillips egri chizig‘i ...... 263
14.8. Ishchi kuchini qayta taqsimlashning bozor mexanizmi.
Ish bilan bandlikni ta’minlashda davlatning roli ............................... 264
14.9. O‘zbekistonda demografik vaziyatning bandlikka ta’siri.
Ishsizlarni ijtimoiy himoyalash ........................................................... 266
15-bob. MOLIYA TIZIMI
15.1. Moliya munosabatlarining mohiyati va vazifalari .............................. 271
15.2. Moliya, uning funksiya va vazifalari .................................................. 272
15.3. Moliya tizimi va uning bo‘g‘inlari tavsifi ........................................... 275
15.4. Davlat bilan korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ............ 279
15.5. Moliyaning takror ishlab chiqarish, taqsimot,
rag‘batlantirish, nazorat qilish vazifalari ............................................ 279
15.6. O‘zbekistonda moliya bozorini shakllantirish jarayoni ...................... 280
15.7. Davlat budjetining xususiyatlari ......................................................... 287
350
15.8. Davlat budjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari ...................... 288
15.9. Davlat budjetining shakllanishi. Budjet daromadlari ......................... 289
15.10. Davlat budjeti xarajatlari .................................................................. 290
15.11. Budjet taqchilligi va uni bartaraf etish yo‘llari ................................ 291
15.12. O‘zbekistonda budjet tizimini takomillashtirish .............................. 292
15.13. Soliq tizimining vujudga kelishi. Soliqlarning mohiyati .................. 295
15.14. Soliqqa tortish tamoyillari ................................................................ 296
15.15. Soliq turlari ....................................................................................... 297
15.16. Soliq stavkasi .................................................................................... 299
15.17. Soliq nazorati va soliq tizimini boshqarish ...................................... 300
15.18. Soliq imtiyozlari ............................................................................... 301
16-bob. KREDIT, SUG‘URÒA VA BANK TIZIMI.
PUL MUOMALASI
16.1. Kreditning mohiyati, vazifalari .......................................................... 303
16.2. Kredit turlari ....................................................................................... 304
16.3. Sug‘urta tushunchasi, sug‘urta turlari ................................................ 307
16.4. Sug‘urta kompaniyasi ......................................................................... 315
16.5. Bank tizimi ......................................................................................... 319
16.6. Markaziy bank va uning vazifalari ..................................................... 322
16.7. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini
takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari ......................................... 323
16.8. Pul muomalasi .................................................................................... 324
16.9. Inflatsiya va uning sabablari ............................................................... 326
16.10. Inflatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari ................................. 327
16.11. O‘zbekistonda milliy pul tizimini shakllantirish
va uni mustahkamlash bosqichlari ................................................... 329
17-bob. JAHON BOZORI VA XALQARO SAVDO
17.1. Xalqaro tovarlar va xizmatlar savdosi ................................................ 333
17.2. Òo‘lov balansi ..................................................................................... 337
17.3. Savdo balansi ...................................................................................... 338
17.4. Xalqaro valuta tizimi va valuta munosabatlari ................................... 340
Foydalanilgan adabiyotlar .................................................................. 344
351
MUTALIBJON YO‘LDOSHEV,
SHUKURJON MAMATQULOV,
FARHOD YO‘LDOSHEV
IQTISODIYOT NAZARIYASI
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
2-nashr
Òoshkent — «ILM ZIYO» — 2016
Muharrir I. Usmonov
Badiiy muharrir M. Burhonov
Texnik muharrir F. Samadov
Musahhih T. Mirzayev
Noshirlik litsenziyasi AI ¹ 275, 15.07.2015-yil.
2016-yil 29-avgustda chop etishga ruxsat berildi. Bichimi 60
×90
1
/
16
.
«Òayms» harfida terilib, ofset usulida chop etildi. Bosma tabog‘i 22,0.
Nashr tabog‘i 20,0. 1706 nusxa. Buyurtma ¹ 50.
«ILM ZIYO» nashriyot uyi, Òoshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Shartnoma ¹ 25–2016.
«PAPER MAX» xususiy korxonasida chop etildi.
Òoshkent, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Yo‘ldoshev M. va boshq. IQTISODIYOT NAZARIYASI
(Kasb-hunar kollejlari uchun darslik) (2-nashr). T.:
«ILM ZIYO», 2016. – 352 b.
UO‘K 330. 8 (075)
ÊBÊ 65.01ya722
ISBN 978-9943-16-300-3
Y73
1>
Dostları ilə paylaş: |