Inshoat yonbag`ri qiyalik tekisliklarini yasash Turli balandlikda o`tuvchi ikki yo`l yonbag`ir qiyalik tekisliklarining
o`zaro kesishish chizig`ni yasash 39-rasmda ko`rsatilgan. Bu yo`llar tekisliklari
gorizontal bo`lib biri 24m, ikkinchisi esa 19m li belgidan o`tsin. Yo`llar atrofidagi
maydon gorizontal bo`lib 22m li belgiga ega bo`lsin. Yo`lning ko`tarma yonbag`ir
qiyaliklari 1:1,5; chuqurlik yonbag`ir qiyaliklari esa 1:1. 24m belgili yo`l atrof
maydondan baland, demak, yonbag`ir ko`tarma qiyalik, 19m belgili yo`l esa atrof
maydondan past, demak, yonbag`ir chuqurlik qiyaligiga ega bo`ladi. Yo`llar
chegara chiziqlarini ularning golrizontallari sifatida qabul qilib P i va P 1i , Q i va Q 1i qiyalik masshtablari o`tkaziladi. P va P i tekisliklar gorizontallarining intervali l q1qiq1q1q1m
Q va
Q i tekisliklar
gorizontallarining
intervali
esa
lq1qiq1q1:1,5q1,5m aniqlanadi. Avvalo yo`llar yonbag`ri tekisliklarini atrof
maydon bilan kesishuvchi 22-gorizontallarini o`tkazib ularning o`zaro
kesishishidan hosil bo`lgan A, B, C va D nuqtalarni aniqlanadi. So`ngra yuqori
yo`lning 19-gorizontalini o`tkazib uning pastki yo`l chegara chizig`i bilan o`zaro
kesishgan E, F, H va G nuqtalar aniqlanadi. Topilgan nuqtalarni 39-rasmdagidek,
ya’ni BE, FC, DH va GA birlashtirib yo`llarning ko`tarma va chuqurlik yonbag`ri
qiyaliklarining o`zaro kesishgan chiziqlari topiladi.
39-rasm 40-rasm
40-rasmda shu yo`llar qismining yaqqol tasviri keltirildi. Albatta pastki
yo`l yuqoridagi yo`l ostidan tonnel orqali o`tishi kerak. Har ikki shaklda tonnel
ko`rsatilmagan.