Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika


α-zarralar va protonlar dozimetriyasi



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/50
tarix18.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#116100
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
54baf52fc97007b313abf5d9abaa5d06 « DOZIMETRIYANING ZAMONAVIY MUAMMOLARI VA AMALIY TATBIG‟I » FANIDAN O„QUV-USLUBIY M A J M U A

α-zarralar va protonlar dozimetriyasi. 
α-zarralar va og‟ir ionlarning moddada chopish yo‟li to to‟xtaganicha taqriban 
to‟g‟ri chiziqdir. Moddaga tushayotgan zarralar dastasida bir xil energiyali zarralar 


soni doimiy bo‟ladi, faqat yo‟lning oxirida dastadagi zarralar soni kamayadi. 
Zarralar energiyasi kamayishi bilan α-zarralar, protonlar va elektronlarning 
ionlashtirish qobiliyati, energiya yo‟qotishi ortadi.
Chopish yo‟lining oxirida solishtirma ionlashish maksimumga erishadi va 
tezda nolgacha tushadi. Alfa zarralarning maksimum ionlashtirishi alfa-zarra 
energiyasi 0,6 MeV bo‟lganda hosil bo‟ladi. Protonlarning maksimum 
ionlashtirishi protonlarning 0,15 MeV energiyasiga to‟g‟ri keladi. Havoda bir juft 
ion hosil qilish uchun o‟rtacha 32,5 eV energiya kerak bo‟ladi. Aktivligi 1 mKu 
bo‟lgan alfa manba uchun yutilgan doza quvvati quyidagi kattalikka teng bo‟ladi: 
Bu formulada 
- α-zarralar energiyasi, MeV larda. α-zarralar va protonlarning 
15
℃ va 760 mm Hg da 1 sm havodagi tormozlanish ta‟siriga ekvivalent bo‟lgan 
ba‟zi moddalarning o‟rtacha qalinliklari mg/sm
2
birlikda 2-jadvalda keltirilgan. 
Moddalar 
α-zarralar 
Protonlar 
Tkan (to‟qima) 
1,0 
1,0 
Alyuminiy 
1,55 
1,48 
Mis 
2,2 
2,0 
Kumush 
2,8 
2,3 
Platina 
4,0 
3,3 
Neytron nurlanishining dozimetriyasi.
Neytronlar radioaktiv izotoplar yemirilganda chiqarilmaydi, lekin ko‟pgina 
yadroviy reaksiyalarda hosil bo‟ladi. Amalda neytron nurlanishi tezlatuvchi va 
yadro energetik qurilmalarni boshqarishda qo‟llaniladi. Zaryadga ega bo‟lmagan 
neytronlar biologic obyektlarga ta‟sir etganda biologic effekt hosil qilmaydi. 
Energiyasi yuqori neytronlar yengil yadrolar (
va b.) bilan to‟qnashganda o‟z 
kinetik energiyasining bir qismini biologik namunaga beradi, bunda atom o‟zining 
orbitasidagi elektronlarni yo‟qotadi va muhitda harakatlanib, muhitni ionlashtiradi. 
Sekin neytronlar atrof-muhitdagi yadrolarni aktivlashtiradi. Bunda neytronlar 
yadrolarga Kulon to‟sig‟isiz kirib boradi, chunki zaryadi yo‟q. Neytronni yutgan 
yadroning massa soni 1 ga ortadi, ya‟ni boshqa element izotopiga aylanadi, bu 
izotop noturg‟un izotop bo‟ladi. Bu izotopning yemirilishida zaryadli zarralar va 
ba‟zan gamma-kvantlar chiqariladi. O‟z navbatida ular ham moddani ionlashtiradi. 
Kishi organizmiga ta‟sir etadigan neytronlar ikki energetik guruhga bo‟linadi.
a) 
Sekin neytronlar, energiyasi 0-20 MeV; 
b) 
Tez neytronlar energiyasi 20 MeV dan ortiq. 
Neytronlardan himoyalanish ikki etapda boradi. 


1-etap. Neytronlar 0,1-0,01 eV energiyagacha sekinlashtiriladi (issiq 
neytronlar). Sekinlashtirgichlar sifatida paraffin, suv, organik plastmaslar va 
grafitdan foydalaniladi. 
2-etap. Issiq neytronlarning yutilishi. Turli xil vaqt oraliqlarida bir xil doza 
olinishi mumkin. Neytronlarni yutuvchi sifatida effektiv kesimi (neytronlarni 
yutish ehtimoliyati) katta bo‟lgan istalgan moddalar qo‟llaniladi (ko‟pincha 
kadmiy, bor va ularning kimyoviy birikmalari). 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin