6-ma‟ruza
Mavzu: Ionlashtiruvchi nurlarning biologik
ta‟siri va uning xavfsiz deb
belgilangan qiymati.
Reja:
1.
Tabiiy radioaktiv manbalar .
2.
Sun‟iy radioaktiv manbalar.
3.
Turli yadroviy jarayonlar chiqindilari.
4.
Turli sohalarda ishlatishidan hosil bo‟ladigan chiqindilar.
5.
Radioaktiv nurlanishlarning organizmlarga ta‟sir turlari
6.
Nurlanishlarning ruxsat etilgan chegaraviy dozasi.
Ma‟lumki radioaktiv izotoplar yemirilganda alfa, beta va gamma nurlar oqimi
hosil bo‟ladi. Bu nurlanishlarning kishilarning sog‟lom organizmiga zararli
ta‟sirlari aniqlangan. 1895-yilda rentgen nurlsari ochilgandan so‟ng, rentgen
trupkasini tayyorlovchilar rentgen nurlari qo‟lni kuydirishini aniqlaganlar. 1896-
yilda radioaktivlik hodisasini ochgan A.Bekkerel ko‟krak kistasida radiy solingan
ampulani olib yurib, ko‟kragining kuyganini ko‟radi. Alfa, beta, gamma
nurlanishlarning va neytronlar oqimining tirik organizmlarga zararli ta‟siri tirik
to‟qimalar atomlarining ionlashishi va uyg‟onishi bilan bog‟liq ekanligi olimlar
tomonidan aniqlangan. Yadroviy nurlanishlar kishi organizmidagi tirik
to‟qimalarga tushganda to‟qimalar atomlari, molekulalari bilan o‟zaro ta‟sirlashib
Kompton effekti, tormozlanish nurlanishi, fotoeffekt va boshqa effektlarni hosil
qiladi. Bunday effektlar natijasida sog‟lom to‟qimalar atomlari ionlashadi, atomlar
uyg‟ongan holatga keladi. To‟qimalar atomlarining ionlashishidan to‟qimalarda
faoliyat buzulishlari o‟zgarishlar, yemirilishlar sodir bo‟ladi. Yemirilishlar
mahsulotlari organizmda zahardek ta‟sir qila boshlaydi, masalan organizmdagi
xromasom yemirilishlari, to‟qimalar yadrolari shishishi, yemirilishi yuzaga keladi.
Kishilar organizmiga ta‟sir etadigan radioaktiv nurlanishlar nurlanishlarning
xavfsiz deb belgilangan chegaraviy qiymatidan (PDК) dan yuqori bo‟lganda kishi
organizmida ichki organlarning normal faoliyati buziladi. Organizmda patologik
jarayonlar rivojlanadi. Hayot uchun xavfli bo‟lgan saraton, nasl kasalligi, teri
kasalligi kabi turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Ionlashtiruvchi
nurlanishlarga ilik to‟qimalari, limfatik tugunlar, og‟iz bo‟shlig‟i, ichaklar, jinsiy
organlar, soch folikulalari va tana terisining sezgirligi yuqori bo‟ladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarga sezgirligi kichik bo‟lgan organlarga miya, jigar,
buyrak, muskullar moddalari, nervlar kiradi.
Har xil kattalikdagi energiyaga ega bo‟lgan turli xil nurlanishlar organizmda
turlicha yutiladi. Shuning uchun organizmning nurlanish darajasini miqdoriy
baholashda yutilgan doza tushunchasi kiritilgan, yutilgan doza birligi qilib rad
qabul qilingan. 1 rad – shunday dozaki, massasi 1 kg bo‟lgan moddada
ionlashtiruvchi nurlanishning 0,01 joul energiyasi yutiladi.
Organizmga ta‟sir qilgan ionlashtiruvchi nurlanishlarning biologik effektini
aniqlash uchun nurlanish dozasi birligi sifatida rentgen (P) qabul qilingan.
Umuman, yadroviy nurlanishlar kishi organizmiga ta‟sir qilganda quyidagi holatlar
bo‟lishi mumkinligi aniqlangan:
1. Yutilgan energiyaning yuqori effektivligi. Kichik miqdorda yutilgan
nurlanish energiyasi ham organizmda chuqur biologik o‟zgarishlarni keltirib
chiqaradi.
2. Nurlangan organizmda ionlashtiruvchi nurlanish ta‟sirining yashirin yoki
inkubatsion davri mavjud. Katta dozada nurlantirilganda bu davr qisqaradi.
3. Kichik dozalarning ta‟siri yig‟iladi, to‟planadi. Bunday effekt kumulyaniya
deyiladi.
4. Nurlanish faqat berilgan organizmning o‟zigagina ta‟sir qilmasdan, balki
uning nasliga ham ta‟sir qiladi. Bunday effekt genetik effekt deyiladi.
5. Tirik organizm turli organlarining nurlanishlarga bo‟lgan sezgirligi
turlichadir. 0,002-0,005 Grey dozadagi nurlanish ham kishiga har kunda
ta‟sir etib tursa ham qonda o‟zgarishlar yuzaga keladi.
6. Har xil organizmlar nurlanishni bir xilda sezmaydi.
7. Organizmning nurlanishi nurlanish chastotasiga bog‟liq. Katta dozadagi bir
marta nurlanishdan ham organizmda chuqur, og‟ir zararlanish vujudga
keladi.
Bir marta katta dozada nurlanish ta‟sir qilsa, organizmda o‟zgarishlar kuchli
bo‟ladi. radioaktiv yemirilishda hosil bo‟ladigan radioaktiv nurlanishlar energiyasi
atrof-muhitda yutiladi. Nurlanishning organizmga ta‟siri natijasida organizmda
murakkab fizikaviy, kimyoviy va biokimyoviy o‟zgarishlar sodir bo‟ladi.
organizmda
modda
almashinuvi,
bioximik
jarayonlar
buziladi.
Ma‟lumki, kishi organizmi tarkibining 2/3 qismini suv tashkil qiladi. Nurlar
ta‟sirida suv vodorod H va gidroksil guruh OH ga parchalanadi. Bu esa ma‟lum
aylanishlarni hosil qilib aktivligi yuqori bo‟lgan moddalarni hosil qiladi: gidrat
oksidi HO
2
va vodorod perekisi H
2
O
2
. Bu birikmalar kishi tanasi to‟qimalaridagi
organik moddalar molekulalari bilan o‟zaro ta‟sirlashadi, natijada sog‟lom
to‟qimalar buziladi.
Nurlanishning yutilgan dozasi kattaligiga va shaxsiy xususiyatlariga bog‟liq
ravishda organizmda bo‟ladigan o‟zgarishlar, jarayonlar qaytar va qaytmas bo‟lishi
mumkin. Yutilgan doza kattaligi kichik bo‟lganda organizm to‟qimalari o‟z
faoliyatini tiklay oladi, dastlabki holati qaytadi. Yutilgan dozalar uzoq vaqt
oralig‟ida ta‟sir qilsa, kishi organizmidagi alohida organlarda yoki butun
organizmda dastlabki holatiga qaytmas zararlanish vujudga keladi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning hamma xili ham organizmlarda biologik
o‟zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nurlanish manbai organizmdan tashqarida
bo‟lganda, (tashqi nurlanish yoki nurlanish manbai organizmichkarisiga
tushganda) (Ingalyatsiya yo‟li bilan va b.) ichki nurlanish turlarining har birida
ham organizmda biologik o‟zgarishlar yuzaga keladi. Organizmga ta‟sir qilgan
nurlanishlarning biologik effekti ta‟sir qilgan yig‟indi dozaga, nurlanishning ta‟sir
etish vaqtiga, nurlanish turiga, nurlanadigan sirt o‟lchamiga, organizmning shaxsiy
o‟z xususiyatlariga bog‟liq bo‟ladi.
Kishining butun tanasi bir marta nurlanganda ham nurlanishning yutilgan yig‟indi
dozasiga bog‟liq ravishda organizmda biologik buzilishlar yuzaga kelishi mumkin.
buni 1-jadvalda ko‟rish mumkin.
Kishi o‟lim dozasidan ham katta doza bilan nurlanganda nurlanish vaqtida o‟lishi
mumkin.
O‟ladigan yutilgan doza kishining har xil organlari uchun har xil: bosh uchun-20,
qorinning pastki qismi-30, qorinning yuqori qismi-50, ko‟krak to‟qimasi-100,
oxirgilar (konechnosti) -200Gr.
Organizmdagi har xil organlarning nurlanishga bo‟lgan sezgirligi turlichadir.
Kishining butun tanasi nurlantirilganda nurlanishning yutilgan dozasi 0,5 Gr
bo‟lganda bir sutkadan keyin kishi qonida limfositlar soni keskin kamayib ketishi
mumkin. Nurlanishdan ikki haftadan keyin qondagi eritrosetlar (qizil qon
tanachalari) kamayib ketadi. (Eritrosetlarning yashash taqriban 100 sutka).
Sog‟lom kishilarda qizil qon tanachalarining soni 10
14
, bir kunda ishlab
chiqariladigan qizil qon tanachalari soni 10
12
bo‟lishi kerak. Nurlanish kasalligiga
chalingan kishilarda bu sonlar buziladi, natijada organizm o‟ladi. kishi
organizmiga ionlashtiruvchi nurlarning ta‟sir etishida nurlantirish vaqti juda
muhimdir. Doza quvvati ortishi bilan nurlarning zararli ta‟siri ortib boradi.
Nurlanish vaqt bo‟yicha drobno (sochma) bo‟lsa, uning zararli ta‟siri shuncha kam
bo‟ladi.
𝛼 va 𝛽-zarralar bilan tashqaridan nurlanishning xavfi kichikroq. Bu zarralarning
organizm to‟qimalarida chopish masofasi kichik va ular qon ishlab chiqaruvchi
organlarga tushmaydi. Tashqaridan nurlanishda gamma-nurlar va neytronlar bilan
nurlanishni hisobga olish juda zarur, chunki gamma nurlar va neytronlar organizm
to‟qimalariga chuqur kirib, organizmning normal faoliyatini buzadi.
Organizmning zararlanish darajasi nurlantirilayotgan sitning sirtiga bog‟liq.
Nurlanayotgan sirtning kamayishi bilan, nurlanish ta‟siridagi biologik effekt ham
kamayadi. Masalan, 450 rad yutilgan doza bilan organizmning 6 sm
2
sirti
nurlantirilganda organizmning zararlanishi kuzatilmagan, xuddi shu doza bilan
butun organizm nurlantirilganda 50 % xollarda organizm o‟limi aniqlanadi.
Radioaktiv moddalar organizm ichkarisiga tarkibidagi radioaktiv izotoplar bo‟lgan
havodan nafas olish yo‟li bilan, oziq-ovqatlar, suv, badan terisi, ochiq yaralar
orqali o‟tishi mumkin.
Nafas organlariga qattiq zarralarning tushishi zarralarning dispersnostligiga bog‟liq
bo‟ladi. hayvonlar ustida o‟tkazilgan natijalar ko‟rsatadiki, o‟lchami 0,1 mkm dan
kichik bo‟lgan chang zarralari gaz molekulalari singari nafas olishda havo bilan
o‟pkaga o‟tadi, nafas chiqarishda havo bilan chiqariladi. O‟pkada esa qattiq
zarralarning juda ham kichik qismi qoladi. O‟lchami katta (5 Mku) bo‟lgan
zarralarning hammasi burun bo‟shlig‟ida tutib qolinadi. Ko‟pchilik xollarda
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganda radioaktiv moddalar ovqat xazm
qiluvchi organlar orqali o‟tadi. Organizmga turli yo‟llar bilan o‟tadigan radioaktiv
izotoplarning aktivligi qancha katta bo‟lsa, organizm uchun shuncha xavfli bo‟ladi.
xavflilik darajasi radioaktiv izotoplarning organizmdan chiqarilish tezligiga
bog‟liq. Kishi organizmi ichkarisiga tushadigan radioaktiv izotop kishi qabul
qiladigan oziq-ovqatlar tarkibida uchraydigan natriy, kaliy, xlor va b. elementlar
bilan bir xilda bo‟lsa, bunday radioaktiv izotoplar organizmda ko‟p vaqt
saqlanmaydi, balki o‟sha natriy, kaliy, xlor elementlari bilan birgalikda
organizmdan chiqoriladi.
Inert radioaktiv gazlar (argon, kseon, krepton va b.) nafas orqali o‟pkaga o‟tadi va
o‟pkadan qonga o‟tadi. Ular to‟qimalar tarkibiga kiradigan birikmalar emas.
Shuning uchun bunday gazlar vaqt o‟tishi bilan organizmdan to‟liq chiqoriladi.
Ayrim radioaktiv izotoplar organizmga tushganda organizmda teng taqsimlanadi,
ayrimlari esa organizmning alohida ichki organlarida to‟planadi.
Masalan, ilik to‟qimalarida
𝛼-nurlar chiqarib yemiriladigan radiy, uran, plutoniy;
𝛽-nurlar chiqarib yemiriladigan stronsiy, ittriy; gamma-nurlanish beradigan
sirkoniy radioaktiv izotoplar to‟planadi. Bu izotoplar ilik to‟qimalari bilan
kimyoviy bog‟lanishda bo‟lib, organizmdan chiqarilishi qiyin.
Atom nomeri katta bo‟lgan poloniy, uran kabi radioaktiv izotoplar organizmda
uzoq vaqt davomida ushlanib qoladi. Organizmda osin eriydigan tuzlarni va
yumshoq to‟qimalarda radioaktiv organizmdan oson chiqariladi. Radioaktiv
izotoplarning organizmdan chiqarilish tezligi izotopning yarim yemirilish davriga
(T
1/2
) bog‟liq. Agar radioaktiv izotopning organizmdan yarim chiqarilish biologik
davri T
b
bo‟lsa, organizm ichkarisidagi izotopning yemirilishini, biologik
chiqarilishini hisobga oladigan effektiv yarim yemirilish davri (T
b
) quyidagicha
aniqlanadi:
Bu formula quyidagi munosabatlardan keltirib chiqarilgan:
𝜆
𝜆 𝜆
;
𝜆
;
Bunda:
𝜆
;
𝜆
;
Bu formulalarda:
𝜆
-radioaktiv izotop yemirilishining va chiqarilishining
effektiv doimiyligi;
𝜆-berilgan (hisoblanayotgan) izotopning yemirilish doimiyligi;
𝜆
-berilgan radioaktiv izotopning chiqarilish doimiyligi (berilgan radioaktiv
izotopining vaqt birligi ichida chiqarilgan qismi).
va
dan ahamiyatli darajada farq qilishi mumkin. Lekin agar
bo‟lsa, u vaqtda
bo‟ladi.
Radioaktiv nurlarning organizmga biologik ta‟sirining asosiy xususiyatlari
quyidagi:
1. Organizmga radioaktiv nurlarning ta‟siri kishiga bilinmaydi. Kishi
ionlashtiruvchi nurlarni sezuvchi organ yo‟q. Shuning uchun kishi hech
qanday birinchi dastlabki ta‟sirni sezmasdan radioaktiv moddalarni
yutishi, nafas olishi mumkin.
2. Kishi tanasi terisining ko‟zga ko‟rinadigan jaroxatlanishi, nurlanish
kasalliklari nurlangandan birdan bilinmay, balki ma‟lum vaqt o‟tgandan
so‟ng bilinadi.
3. Kishi tanasida nurlanishdan to‟planayotgan doza yashirin ravishda
to‟planadi.
Agar kishi organizmiga radioaktiv moddalar muntazam ravishda tushib tursa,
vaqt o‟tishi bilan dozalar to‟planadi, bu esa nurlanish kasalligiga olib keladi.
Kishi organizmiga ta‟sir etuvchi ionlashtiruvchi nurlanish dozalari va ta‟sir
natijalari jadvalda keltirilgan.
Odam organizmiga ta‟sir qiluvchi ionlashtiruvchi nurlanish dozalari va ta‟sir natijalari
5-jadval
Nurlanish intensivligi
Effekt
100-200 R
200-600 R
600-1000 R
1000-5000 R
5000 R dan ortiq
Qayd qilish holatlari
100 R -5 %
200 R -50 %
300 R -100 %
100 %
100 %
100 %
Qancha vaqt o‟tgandan so‟ng ro‟y beradi
3 soat
2 soat
1 soat
1/3 soat
1/2 soat
Asosiy zararlangan organ
Qon ishlab
chiqaradigan
to‟qimalar og‟ir
leykemiya
Qon ishlab
chiqaradigan
to‟qimalar
Qon ishlab
chiqaradigan
to‟qimalar
Oshqozon
to‟qimalari
Markaziy nerv
sistemasi
Asosiy belgilar
Og‟ir qizarish,
qon oqish,
infeksiya,
tutqanoq (300 R
dan yuqori)
Ich ketish,
lixaradka
Qaltirash
uyqusirash
Nurlanishdan keying kritik davr
Ruhiy terapiya
4-6 hafta
4-6 hafta
5-14 kun
1-48 soat
Terapiya
Qon holatini
nazorat qilish
antibiotiklari
Qon quyish,
antibiotiklar
Ilik almashtirish
Elertrolitik
balansni saqlab
turish
Tinchlantiruvchi,
uxlatuvchi
Tashxis
A‟lo
Yaxshi
Ikkilamchi
chiqish
Umidsiz
Umidsiz
Sog‟ayish davri
Bir necha hafta
1-12 oy
Uzoq vaqt
-
-
O‟lim hollari
O‟lmaydi
0-80 %
80-100 %
90-100 %
90-100 %
O‟lim sodir bo‟lish vaqti
-
2 oydan so‟ng
2 oydan so‟ng
2 haftadan so‟ng
2 kundan so‟ng
O‟lim sababi
Qon ketish
infeksiya
Qon ketish
infeksiya
Aylanadigan
kollaps
Nafas
yetishmasligi
Miya endomasi
|